Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY ASARLARIDA NUTQ SO„ZLASH ODOBI MASALASI'

ALISHER NAVOIY ASARLARIDA NUTQ SO„ZLASH ODOBI MASALASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

2291
113
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
so„z ta‟rifi / nutq so„zlash / aql bilan so„zlash / yaxshi muomalada bo„lish / so„z odobi / rostlik ta‟rifi / dialog / murojaat / undalma / olqish. / дефиниция слов / говорение / говорение интеллигентно / хорошие манеры / речевой этикет / дефиниция истины / диалог / обращение / поощрение / аплодисменты.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mahliyo Ibraximjonovna Djakbarova

Maqolada bugungi tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biri hisoblangan nutq so„zlash ko„nikmasi Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror”, “Lison ut-tayr”, “Mahbub ul-qulub” asarlarida hayotiy misollar, falsafiy mushohadalar bilan teran ochib berilganligi keltirilgan. So„zning qudrati, muloqot madaniyatining o„ziga xos tomonlari buyuk donishmand tomonidan salkam olti asr oldin ilgari yoritilgan bo„lsada, bugungi davr uchun ham naqadar ta‟sirli ekanligi misollar orqali bayon etilgan. Ushbu asarlarning bugungi tilimizdagi nasriy bayonlari vositasida o„quvchilarda nutq so„zlash ko„nikmasini rivojlantirishga oid topshiriqlar ishlab chiqilgan. Maqola buyuk so„z dahosining so„z va nutq so„zlash odobi haqidagi betakror hikmatlarining bugungi davr uchun naqadar dolzarb ekanligiga bag„ishlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье отмечается, что речевое мастерство, считающееся одной из актуальных проблем современного языкознания, глубоко раскрыто в произведениях Алишера Навои “Хайрат ул-аброр”, “Лисан ут-тайр”, “Махбуб ул – кулуб” с примерами из жизни и философскими наблюдениями. Хотя сила слова и уникальные аспекты культуры общения были отмечены великим мудрецом около шести веков назад, на примерах выражается, насколько оно действенно и сегодня. С использованием прозаических описаний этих произведений на современном языке были разработаны задания, связанные с развитием навыков говорения учащихся. Статья посвящена актуальности уникальных идей великого гения слова в области речи и речи для сегодняшнего времени.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY ASARLARIDA NUTQ SO„ZLASH ODOBI MASALASI»

ALISHER NAVOIY ASARLARIDA NUTQ SO'ZLASH ODOBI MASALASI

Mahliyo Ibraximjonovna Djakbarova

Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali o'qituvchisi dj akbarovamahliyo@gmail .com

Maqolada bugungi tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biri hisoblangan nutq so'zlash ko'nikmasi Alisher Navoiyning "Hayrat ul-abror", "Lison ut-tayr", "Mahbub ul-qulub" asarlarida hayotiy misollar, falsafiy mushohadalar bilan teran ochib berilganligi keltirilgan. So'zning qudrati, muloqot madaniyatining o'ziga xos tomonlari buyuk donishmand tomonidan salkam olti asr oldin ilgari yoritilgan bo'lsa-da, bugungi davr uchun ham naqadar ta'sirli ekanligi misollar orqali bayon etilgan. Ushbu asarlarning bugungi tilimizdagi nasriy bayonlari vositasida o'quvchilarda nutq so'zlash ko'nikmasini rivojlantirishga oid topshiriqlar ishlab chiqilgan.

Maqola buyuk so'z dahosining so'z va nutq so'zlash odobi haqidagi betakror hikmatlarining bugungi davr uchun naqadar dolzarb ekanligiga bag'ishlanadi.

Kalit so'zlar: so „z ta 'rifi, nutq so „zlash, aql bilan so'zlash, yaxshi muomalada bo „lish, so „z odobi, rostlik ta 'rifi, dialog, murojaat, undalma, olqish.

В статье отмечается, что речевое мастерство, считающееся одной из актуальных проблем современного языкознания, глубоко раскрыто в произведениях Алишера Навои "Хайрат ул-аброр", "Лисан ут-тайр", "Махбуб ул - кулуб" с примерами из жизни и философскими наблюдениями. Хотя сила слова и уникальные аспекты культуры общения были отмечены великим мудрецом около шести веков назад, на примерах выражается, насколько оно действенно и сегодня. С использованием прозаических описаний этих произведений на современном языке были разработаны задания, связанные с развитием навыков говорения учащихся.

Статья посвящена актуальности уникальных идей великого гения слова в области речи и речи для сегодняшнего времени.

Ключевые слова: дефиниция слов, говорение, говорение интеллигентно, хорошие манеры, речевой этикет, дефиниция истины, диалог, обращение, поощрение, аплодисменты.

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-374-380

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

8-fevral

In the article, it is mentioned that the speech skill, which is considered one of the urgent issues of today's linguistics, is deeply revealed in Alisher Navoi's works "Hayrat ul-abror", "Lison ut-tayr", "Makhbub ul-qulub" with real life examples and philosophical observations. Although the power of the word and the unique aspects of the culture of communication were highlighted by the great sage about six centuries ago, it is expressed through examples how effective it is even for today. Using the prose descriptions of these works in today's language, tasks related to the development of students' speaking skills were developed.

The article is devoted to the relevance of the unique ideas of the great word genius in the field of speech and speech for today's time.

Keywords: definition of words, speaking, speaking intelligently, good manners, speech etiquette, definition of truth, dialogue, appeal, encouragement, applause.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning "Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug 'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim" [8] degan da'vati bugun har bir pedagogning kasbiy shioriga aylanmog'i lozim. Buyuk ajdodlarimiz haqida so'z ketganda, hech shubhasiz, Alisher Navoiyning barcha asarlari barkamol shaxsni tarbiyalash yo'lidagi cheksiz ummon ekanligini dildan e'tirof etamiz. Xususan, insonning eng asosiy sifatlaridan biri hisoblangan nutq so'zlash borasidagi mushohadalari uning har bir asarida alohida mavzu sifatida yoritilgani diqqatga sazovor.

Ko „ngul maxzanining qulfi til va ul maxzanning kalidin so „z bil.

(Tilning ko'ngil xazinasining qulfi, so'zni uning kaliti deb bil). [8; 89]

Darhaqiqat, insonning tafakkuri va uning ma'naviy qiyofasi so'z vositasida jilvalanadi. Buyuk mutafakkirning "Hayrat ul-abror" dostonida bu mavzu alohida bob sifatida yoritilibgina qolmay, maqolat va hikoyatlarda ham unga oid fikr-mulohazalar keltirilgan. "Mahbub ul-qulub" asari uch asosiy qism hamda xotima bobidan iborat bo'lib, I qism "Kishilarning ahvoli, fe'l-atvori va gap-so'zlarining ahamiyati haqida" deb nomlanadi. Ushbu qismda

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-374-380

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

ABSTRACT

adib jamiyatdagi turli toifa kishilarning nutq bobidagi nuqsonlari,

8-fevral

yutuq va kamchiliklarini hayotiy dalillar vositasida sharhlab bergan. Turli kasb egalariga nutq so'zlash bobida zarur ko'rsatmalarni tavsiya etgan. "Lison ut-tayr" asarida Hudhudning boshqa qushlar bilan muloqoti orqali insonlar o'rtasidagi muomala madaniyati, ularning o'ziga xos kamchiliklari majoziy tarzda tasvirlab berilgan.

"Hayrat ul-abror" dostonini filologiya fanlari nomzodi O.Karimov: "So'z mulkining sultoni xayoliy hayratini hayotiy hayratga omuxtalab yuborish maqsadida bebaho qalamini mohirona tebratgan" [7; 289] deya ta'riflagan. Dostonda esa so'z tarifiga bag'ishlangan boblar, maqolatlar va hikoyatlar mavjudki, barchasi shoirning ko'ngil gulshanidan so'z vositasida komillik istagan qalblarga ko'chadi.

Hazrat Navoiy davrimiz uchun o'ta muhim bo'lgan ushbu masalani bu bobda mukammal ochib bergan. Shunday ekan, ona tili mashg'ulotlarida quyidagi topshiriqlarni berish orqali bu maqsadni amalga oshirish mumkin.

1-topshiriq. Berilgan nasriy parchani ifodali o'qing.

"Yolg 'onni kamroq gapiradigan kishilar koshki bizning davronda ham bo 'Isa edi. Kimki bu davronda rostgo'y bo'lsa, ishi doimo kam-u ko'stliklardan boshqa narsa bo 'Imaydi. Davr egrilikni talab qiladi, sen rostlikni tilasang, rozilik bildirmaydi. To'g'rilikni shon-sharaf deb bilgan kishilarga davron gardishi dushmanlik qiladi. Qalam to'g'rilikni talab qilgani uchun boshi kesiladi. Yangi oy egriligi tufayli hammaning diqqatini o 'ziga tortadi. Salla chirmalib-chirmalib bosh ustiga chiqishga sazovor bo 'ladi". [6; 53]

2-topshiriq. "Munozara" o'yini. Ikki guruhga bo'linib, qarama-qarshi fikrlar eshitiladi. 1-guruh a'zolari yuqoridagi mushohadalarga qo'shiladi; 2-guruh a'zolari bu fikrga qarshi chiqib, hayotiy misollar bilan uni dalillaydi. O'qituvchi tomonidan "Sizningcha, bu fikrlar to'g'rimi?", "Rost so'zlash xatarli bo'lgani uchun yolg'on gapirish kerakmi?", "Bugungi davr kishilari rost gapiradimi yoki yolg'on?", "Nega insonlar yolg'on gapiradi?" kabi o'quvchilarni nutq so'zlashga undovchi savollar berib boriladi. Tomonlar fikr-mulohazalari tinglangach, o'qituvchi tomonidan umumlashtiriladi va quyidagi topshiriq uyga vazifa sifatida beriladi.

3-topshiriq. Berilgan nasriy parchani yod oling.

"Sham to'g'riligidan xursand bo'lib kuyadi-yu, lekin boshdan oyog'i nur bo 'ladi. Chaqmoqning ishi egrilik bo 'lgani tufayli ham, garchi u ham yoritsa-da, yer ichiga kirib yo 'q bo 'ladi. Dehqon reja chekmas ekan, bog ' o 'rniga changal unadi. Dehqon molasiz urug ' sochsa, suvni teng ichmay qanchasi yakson bo'ladi. Ko'zgu yuzi qancha tekis bo'lsa, sohibjamollar yuzi

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-374-380

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

to'g'ri bo'lib ko'rinadi. Uning yuzi sayqallanmagan bo'lsa,

8-fevral

atrofidagi bezaklar uni mutavval—turli xilda: cho'ziq, yo'g'on ko'rsatadi. Quyosh jim turgan suvda to 'g'ri aks ko'rsatsa, suv qo'zg 'alsa, egri ko 'rsatadi.

Xato qilib bilmasdan yolg'on gapirib qo'yish yolg'onchi deb atashga asos bo'lolmaydi, chunki bu xil odamlar xato qilganini anglagach, o'zlari undan voz kechishadi. Yolg'on gapirishni shior qilib olgan, doim yolg'on so 'zlashga odatlangan odamlarni erkak-u musulmon deb bo'lmaydi" [6; 54]

Alisher Navoiyni yoshlikdan maftun etgan, butun umri davomida xayolini band etgan va umrining oxirlarida go'zal asar bo'lib dunyoga kelgan "Lison ut-tayr" haqida, uning yaratilishi-yu g'oyasi to'g'risida ko'plab tadqiqotlar olib borilgan bo'lsa-da, uning har safar yangitdan kashf etilayotgan olami, o'ziga xos badiiyati, ruhni yuksaltiruvchi ifori ko'plab ilm ahlini, kitobxonlarni o'ziga rom etib kelmoqda. Filologiya fanlari nomzodi S.H.Olimovning " "Lison ut-tayr"ning tub mohiyati" nomli maqolasida asarga turli davrlarda bo'lgan munosabatlar tahliliy-tanqidiy sharhlar bilan ochib berilar ekan, uning murojaatnoma, me'rojnoma asar ekanligi ta'kidlanadi. Jumladan, "Lison ut-tayr" faqat bir guruh kishilargagina tasavvufdan ta'lim beradigan dastur emas. Balki u—insonni hamisha ezguliklarnigina maqsad qilib yashashga, umrni bir pok va buyuk orzu sari intilish bilan o 'tkazishga, Alloh, butun dunyo, demakki, insonning ham asl mohiyatini anglash uchun tinimsiz harakat qilishiga chorlovchi bir buyuk badiiy asar. [9; 69] Darhaqiqat, ushbu nodir yodgorlikda nutq so'zlash masalasi ham dialoglar orqali ifodalangan. O'zaro murojaatlarda, betakror undalmalardan foydalanilgan. Jumladan, Simurg' haqida xabar berganda qushlar Hudhudga "Ey nafasi jonbaxsh-u nutqi dilkash!" deya murojaat qilishsa, ularga yo'l ko'rsatishini yolvorib so'rashganda "Ey yo'lboshchi!", "Ey peshvo!" kabi undalmalarni qo'llaydi. Hudhud ham o'z o'rnida qushlarga har birining o'zlariga xos alohida fe'li-sajiyasidan kelib chiqib quyidagicha murojaat qiladi:

1. Sayrog'il, ey To 'tii shirin kalom,

(Ey o'z nutqining shuhrati bilan oliy maqom tutgan shirinso'z To'ti, sayra! Egningdagi yashil libosing bilan shohni izla, yo'ldan ozganlarga Xizr kabi yo'l ko'rsat.)

2. Ko „rguz, ey Tovusi gulzori alast,

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-374-380

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Nutq tashrifi bila oliy maqom.

Xil 'ati axzar bila jo „yoi shah,

Yo „l oziqqonlarg „a bo „Ig „il Xizri rah. [5; 42]

Jilvayekim qilg „osen davronni mast. Ham boshing toji rayosat maskani,

8-fevral

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-374-380 o'rganish masalalari

Ham taning naqdi latofat maxzani. [5; 43] (Ey Tovus, davronni mast-u alast qiluvchi jilvalaringni ko'rsat! Boshing uzra rahnamolik toji bor, taning latofat va go'zallikka kon).

Adibning bu hikmati zamirida nutqni o'rinsiz takrorlardan tozalash g'oyasi yotibdi. So„z mulkining sultoni Alisher Navoiyning har bir asari betakrordir. Umrining oxirida yaratilgan "Mahbub ul-qulub" asarida nutq so'zlashga doir bir-birini takrorlamaydigan fikrlar bayon etilgan. Asardan olingan parchalar asosida quyidagi topshiriqlar ishlab chiqildi.

1-topshiriq. "Mosini top" usuli. "Mahbub ul-qulub" asaridan berilgan parchalarni birlashtirib muayyan matn hosil qiling va hosil bo'lgan matnda qaysi kasb egalarining nutqiga oid fikrlar berilganligi toping.

Chin gaplari—lofurish, ma 'noli so 'zlari—yolg 'onchilik. Bazmda da 'volari o 'zlarini Hotamdek, jang-jadalda o'zlarini Rustamdek tanitishdir. [3; 20]

Mamlakat yovini quvish, yurt saqlash ishimiz deb shohga minnat etishadi, bu da'volarga erishguncha nechtasini ichkilik o'ldiradi. [3; 20]

Foydalanish uchun so'zlar: beklar, mudarrislar, tabiblar, voizlar, savdogarlar.

2-topshiriq. Navoiy hikmatlari asosida nutq tayyorlang va og'zaki aytib berishga tayyorlaning.

Hazrat Navoiy nutq so'zlashda maqtanchoqlik, lof urish, hiyla-nayrang bilan so'zlash, turmush qurishda yolg'on va'dalar berish, ayollarning dag'al gapirishi, yolg'on gapirish kabi illatlarni qattiq qoralaydi. Jamiyatga bunday toifadagi kishilar ziyon yetkazishini ta'kidlaydi.

Shuningdek, Navoiyning quyidagi hikmatlarida ham nutq so'zlashda e'tibor berish kerak bo'lgan jihatlar ifodalangan:

1. Moziyu mustaqbal ahvolin takallum ayla kam,

Ne uchunkim, dam bu damdur, dam bu damdur, dam bu dam.

(O'tgan kundan-u hali kelmagan kundan kamroq so'z och, balki hozirgi damingni g'animat bil). [8; 105]

2. Kishi aybin yuziga qilma izhor, Taammul ayla o Z aybingni zinhor.

8-fevral

378

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-374-380

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

(Kishining aybini sira yuziga aytma, undan ko'ra o'z ayblaringni o'yla). [8; 96]

3. Kishi aybing desa, dam urmag'ilkim, ul erur ko 'zgu, Chu ko'zgu tiyra bo „Idi, o „zga aybing zohir aylarmu?!

(Aybingni ko'rsatuvchi kishiga qattiq tegma, chunki u oynadir. Oyna dam urish bilan xiralangach, boshqa aybingni ko'rsatolmaydigan bo'lib qoladi). [8; 83]

4. Yol g „on o'lsa m ul oyamatom iz, Vahshatangiz chindin angla aziz.

(Kishini dahshatga soluvchi chin so'zdan muloyimlik bilan aytilgan yolg'on afzal). [8; 59]

5. Gar zahr bila kishiga kom o „Isa achig „, Yuz onchaki, so „z bila mudom o „lsa achig „, Har necha mazoq aro taom o „lsa achig „, Xushroqdurur andinki, kalom o „lsa achig „.

(Kishining og'zi so'z bilan doim achchiq bo'lib yurganidan zahar bilan achchiq bo'lgani yuz marta yaxshi. Achchiq so'zdan achchiq taom yaxshiroq). [8; 45]

Nutqning madaniyligini ta'min etadigan to'g'rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik, soflik, jo'yalilik kabi kommunikativ sifatlari Navoiyning asarlarida bayon etilgan; nutq so'zlash ko'nikmasi nutq madaniyatidan kengroq tushuncha bo'lib, Alisher Navoiyning "Hayrat ul-abror", "Lison ut-tayr", "Mahbub ul-qulub" asarlarida kengroq yoritilgan va fikrlar hayotiy misollar bilan dalillangan; nutq so'zlash ko'nikmasi nutq madaniyatiga xos kommunikativ sifatlardan tashqari rost so'zlash, aql bilan so'zlash, yaxshi muomalada bo'lish, so'z odobi, murojaat, olqish, undalma kabi kommunikativ sifatlarni o'z ichiga oladi; Alisher Navoiyning "Hayrat ul-abror", "Lison ut-tayr" hamda "Mahbub ul-qulub" asarlari ona tili mashg'ulotlarida nutq so'zlash ko'nikmasini rivojlantirishga oid topshiriqlar ishlab chiqishda asosiy manba sifatida xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Alisher Navoiy Mahbub ul-qulub. - Toshkent, G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1986. 127 b.

2. Alisher Navoiy. To'la asarlar to'plami. Oltinchi jild. Xamsa. Hayrat ul-abror. Farhod va Shirin. - Toshkent, G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2012. 356 b.

3. Alisher Navoiy. To'la asarlar to'plami. To'qqizinchi jild. Lison ut-tayr. Majolis un-nafois. Mahbub ul-qulub. Munshaot. Vaqfiya.

8-fevral

379

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-374-380

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

- Toshkent, G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2012. 510 b.

4. Hojiahmedov A. Alisher Navoiy. Xamsa. - Toshkent, Yangi asr avlodi. 2018. 496 b.

5. Karimov O. "Alisher Navoiyning jahon adabiyotida tutgan o'rni" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani. Alisher Navoiyning "Hayrat ul-abror" dostonida yuksak insoniy fazilatlar madhi. Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi. -Samarqand, SamDU. 2012. 285-289- betlar.

6. MyTannHÖOB C., OHHHOB 3. Anumep HaBOHH. X,HKMaraap. -TomKeHT, fflapK. 2010. 223 6.

7. Olimov.S. "Alisher Navoiyning jahon adabiyotida tutgan o'rni" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani. "Lison ut-tayr"ning tub mohiyati. Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi. -Samarqand, SamDU. 2021. 65-91-betlar.

8. https://president.uz/oz/lists/view/4057

9. https://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2839.20

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.