Научная статья на тему '“HAYRAT UL-ABROR”DA NAVOIYNING O„Z SALAFLARIGA MUNOSABATI'

“HAYRAT UL-ABROR”DA NAVOIYNING O„Z SALAFLARIGA MUNOSABATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

798
75
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
doston / struktura / an‟ana / novatorlik / bob / o„ziga xoslik

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sharipova Nigora Nuriddinovna

Mazkur maqolada Alisher Navoiy “Xamsa”sining ilk dostoni “Hayrat ulabror”ning muallifning salaflari Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy “Xamsa”larining ilk dostonlariga munosabati qiyosiy-tipologik kontekstda tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье в сравнительно-типологическом контексте анализируется отношение в первом дастане "Хамсы" «Хайрат ул-аброр» Алишера Навои к первым дастанам «Хамсы» его предшественников Низами Гянджеви, Хусрава Дехлеви, Абдурахмана Джами.

Текст научной работы на тему «“HAYRAT UL-ABROR”DA NAVOIYNING O„Z SALAFLARIGA MUNOSABATI»

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-320-325

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

"HAYRAT UL-ABROR"DA NAVOIYNING O'Z SALAFLARIGA

MUNOSABATI

Sharipova Nigora Nuriddinovna

NavDPI doktoranti, f.f.f.d., PhD nigora-sharipova@internetru

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Alisher Navoiy "Xamsa"sining ilk dostoni "Hayrat ul-abror"ning muallifning salaflari Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy "Xamsa"larining ilk dostonlariga munosabati qiyosiy-tipologik kontekstda tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: doston, struktura, an'ana, novatorlik, bob, o'ziga xoslik.

АННОТАЦИЯ

В данной статье в сравнительно-типологическом контексте анализируется отношение в первом дастане "Хамсы" «Хайрат ул-аброр» Алишера Навои к первым дастанам «Хамсы» его предшественников Низами Гянджеви, Хусрава Дехлеви, Абдурахмана Джами.

Ключевие слова: дастан, структура, традиция, новаторство, глава, оригинальность.

ABSTRACT

In this article, in a comparative typological context, the relation in the first dastan of "Hamsa" "Hayrat ul-abror" by Alisher Navoi to the first dastans of "Hamsa" of his predecessors Nizami Ganjavi, Khusrav Dehlavi, Abdurahmon Jami is analyzed.

Keywords: dastan, structure, tradition, innovation, chapter, originality.

Hazrat Alisher Navoiy dostonchilikda salaflari an'analarini davom ettirish bilan birga Sharq xalqlari madaniyatidagi badiiy, falsafiy, didaktik, ma'rifiy-irfoniy g'oyalarni sintez qildi. Akademik Aziz Qayumov e'tiroficha, «Navoiy «Xamsa»si garchi o'z adabiy ildizlari bilan mustahkam birlikni saqlagan bo'lsa-da, bu shohona asar avvalgi «Xamsa»larning takroriy namunasi emas. U o'zbek adabiyotining mustaqil, Alisher Navoiy dunyoqarashi, uning g'oyaviy-mafkuraviy mazmunini aniq va ayon namoyon etuvchi

8-fevral

320

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

epik asarlar yig'indisidir»[1].

Hazratning o'zlari «Muhokamat ul-lug'atayn»da «Xamsa»ning besh dostonini yozishda ruhlantirgan ijodkorlar haqida «Avvalkim «Hayrat ul-abror» bog'ida tab'im gullar ochibdur, Shayx Nizomiy ruhi «Maxzan ul-asror»idin boshimga durlar sochibdur»[2] deb, «Farhod va Shirin»ni Xusrav Dehlaviydan, «Layli va Majnun»ni Himmatiydan, «Sab'ai sayyor»ni Ashraf Marog'iydan, «Saddi Iskandariy»ni ustozi Jomiydan ilhomlanib yaratganini yozib qoldirgan. Demak, «Hayrat ul-abror» yaratilishida ko'p jihatdan Nizomiy Ganjaviy ilk dostoniga suyanilgan. Ta'kidlash joizki, «Maxzan ul-asror» ham «Hayrat ul-abror» singari axloqiy-ta'limiy, falsafiy-irfoniy dostondir. Unda Nizomiyning ko'p yillik kuzatishlari, tafakkur dunyosining zakosi, daho ijodkor sifatida teran qarashlari o'z ifodasini topgan. «Hayrat ul-abror» singari «masalalar alohida-alohida bob yoki bo'limlarda bayon etiladi. Bob va bo'limlar dostonning umumiy maqsadda, yagona g'oyaviy konsepsiyasi hamda badiiy uslub va poetik shakl (qofiya, vazn va boshqalar) bilan bir-biriga bog'lanadi, ulanadi, bir-birini rivojlantirib boradi va shu yo'l bilan dostonning umumiy - yagona kompozitsiyasini vujudga keltiradi»[3].

Alisher Navoiy «Hayrat ul-abror»da «Xamsa» an'anasini boshlovchi Nizomiyni ma'naviy ustoz deb bilib, «Maxzan ul-asror»ning vazni, g'oyaviy yo'nalishi, badiiy qurilishi - strukturasini qabul qilib, rivojlantirdi. Shu o'rinda Xusrav Dehlaviy va Abdurahmon Jomiy an'analariga ham hurmat bilan qaradi, ma'lum ma'noda va muayyan o'rinlarda salaflariga ergashdi va ulardan o'rgandi-o'zlashtirdi. Biroq Navoiy taqlidchi shoir bo'lmagan, u hamisha yangilikka intilgan va o'zidan avvalgi asarlarga tanqidiy munosabatda bo'lgan - ularning yutuqlarini rivojlantirib, xato-kamchiliklarini bartaraf etgan. Oybek turkiy til mavqeini ko'tarishda Navoiyning buyuk jasorati, mislsiz xizmatlarini tavsiflar ekan, shoirning o'z salaflariga munosabatini shunday izohlaydi: «Klassiklarga taqlidgina emas, balki mustaqil ijodiyot asarlarini ham ularning nomi bilan bog'lash traditsiya edi, ya'ni ustod shuhratini qozonish uchun o'zini ularga shogird ko'rsatish kerak edi» [4].

Turkiy «Xamsa»ning birinchi dostoni - «Hayrat ul-abror» salaflari ilk dostonlari bilan qiyosan tahlil qilinsa, uning qator o'ziga xosliklari ko'zga tashlanadi:

Nizomiy Ganjaviy ilk dostonida maqolatgacha 18 ta bob ajratilgan[5],[6], maqolatlar 19 bobdan boshlanadi, maqolat va uning g'oyasini to'ldiruvchi hikoyatlar jami 40 bobdan o'rin olgan hamda so'nggi bob xotima bob hisoblanadi. Navoiyda esa maqolatlargacha bo'lgan boblar soni 21 ta bo'lib, «Hayrat ul-abror»dagi birinchi maqolat 22 bobdan boshlanadi. Nizomiy

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-320-325

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

Ganjaviyning «Maxzan ul-asror» asari bilan «Hayrat ul-abror»

8-fevral

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-320-325 o'rganish masalalari

boblari muqoyasa qilinsa, ularning o'zaro mushtarakligi va o'ziga xosligi quyidagi o'rinlarda ham aniq ko'rinadi:

O'xshashlik: Har ikkala dostonda an'anaviy debocha (basmala bob), munojot, na't, so'z fazilati (ikkala ijodkorda ham ikkitadan bob so'z ta'rifiga atalgan), zamona sultoniga atalgan bob, ko'ngil ta'rifiga bag'ishlangan boblar mavjud; har ikkala dostonda 20 maqolat va uni to'ldiruvchi 20 hikoyat o'rin olgan.

Tafovut: Ikkala dostondagi boblar soni (Nizomiyda 59 bob, Navoiyda 63 bob), munojotlar soni (Nizomiyda 2 ta munojot, Navoiyda 4 ta munojot), na'tlar soni (Nizomiyda 4 ta na't, Navoiyda 5 ta na't) turlicha. Nizomiyda payg'ambarimiz(s.a.v.)ga bag'ishlab na'tdan tashqari qo'shimcha 2 ta bob: Rasuli akram (s.a.v.) vasfida (3-bob) hamda Me'roj kechasi tasvirida (4-bob). Zamona hukmdoriga atalgan boblar miqdori ham bir xil emas (Nizomiyda zamona shohi Malik Faxruddin Bahromshoh ibni Dovudga 2 ta bob bag'ishlansa, Navoiyda hukmdor Husayn Boyqaroga 1 bob bag'ishlangan); Nizomiy «Xamsa»ning ilk yaratuvchisi sifatida salaflariga bob kiritmagan, Navoiyda esa ikki salafi Nizomiy va Dehlaviyga bir bob ajratgan, shuningdek, Navoiy pirlari Xoja Bahouddin Naqshband va Xoja Ahror Valiyga bag'ishlab bir bob kiritgan (21 bob). Nizomiyda «Bu nomaning maqomi va martabasi bayonida» - dostonning ahamiyati xususidagi bob mavjud, Navoiyda esa bu mavzuda bob uchramaydi. Nizomiyda ikki xilvat va uning samarasi 4 bobda berilsa, Navoiy dostonida uch hayratga 3 bob ajratilgan. Aytish joizki, «Hayrat ul-abror»dagi hayratlar dostonning asosiy g'oyaviy yo'nalishini, muallif badiiy konsepsiyasini belgilashi nuqtai nazaridan Nizomiy dostonidagi xilvatlardan tubdan farq qiladi.

Amir Xusrav Dehlaviy «Matla' ul-anvor»da [7],[8] Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiydan farqli ravishda maqolatlargacha 14 bob ajratadi, doston asosiy voqealari 15 bobdan boshlanadi. «Matla' ul-anvor» dostoni bilan Alisher Navoiyning «Hayrat ul-abror» dostoni kompozitsiyasi va g'oyaviy, semantik strukturasidagi o'xshashliklari va farqlari qiyosiy tahlil qilinsa:

O'xshashlik: Bu dostonlarda an'anaviy debocha (basmala bob), munojot, na't, so'z sharafi, salaflarga atalgan bob (Dehlaviy Nizomiyga atab bir bob kiritgan, «Hayrat ul-abror»da Nizomiy va Dehlaviyga atalgan bir bob bor), hukmdorga atalgan bob, 20 maqolat, 20 hikoyat mavjud.

Farqlari: «Matla' ul-anvor»da 53 bob, «Hayrat ul-abror»da 63 bob mavjud. Navoiyda munojot va na'tlar ko'proq (Dehlaviyda 3 ta munojot, 3 ta na't; Navoiyda 4 ta munojot, 5 ta na't), so'z ta'rifi ham Amir Xusravda bir bob (SHoir uchinchi maqolatini so'z madhiga

8-fevral

322

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-320-325 o'rganish masalalari

bag'ishlaydi), Navoiyda so'z ta'rif ikki bobdan iborat, Dehlaviy maqolat qismigacha Sulton Alouddindan tashqari yana bir sultonga bob bag'ishlagan (Madhi boz yak sulton), bundan tashqari «Oid ba tartibu tarkibu doston» - dostonning tarkibi va tuzilishiga bag'ishlangan qo'shimcha bob mavjud, shuningdek, Navoiydagi uch hayratdan farqli ravishda uch xilvat berilgan. Dehlaviyda Nizomiyga ergashish dostonning yaratilishi, tuzilishi xususidagi maxsus bobning mavjudligida, ko'ngil sayru sulukiga bag'ishlangan boblarning xilvatlar deb nomlanishida ko'rinsa, Navoiyda novatorlik aynan shu ikki xususiyatda ko'rinadi. Ya'ni, Navoiyda dostonning yaratilishi, tuzilishi, tarkibi xususida maxsus bob mavjud emas. Dostonning tuzilishi va tarkibi kitobxonga aniq, ravshan bo'y ko'rsatib turganini inobatga olgan shoir shu xususida maxsus bob kiritishni joiz topmagan. Ko'ngil ta'rifiga bag'ishlangan boblar ham dostonning o'zak g'oyasi va nomlanishidan kelib chiqqan holda Navoiyda hayratlar deya atalgan.

Abdurahmon Jomiyning «Tuhfat ul-ahror» [9] asari kompozitsion qurilishi va boblar soniga ko'ra «Hayrat ul-abror»ga birmuncha yaqin.

O'xshashlik: Jomiy dostonida ham xuddi Navoiyniki singari bir hamd, to'rt munojot, besh na't, so'z fazilati haqidagi bob, Xoja Bahouddin Naqshband va Xoja Ubaydulloh duosi, 20 maqolat va 20 hikoyat mavjud.

Farqi: «Tuhfat ul-ahror»da maqolatgacha 19 ta bob mavjud bo'lib, dostonning asosiy voqealari 20 bobdan boshlanadi. Jomiy dostonida «Hayrat ul-abror»dagi mavjud uch hayrat o'rniga uch suhbat keltirilgan, Navoiy Xoja Bahouddin Naqshband va Xoja Ubaydullohga bitta bob bag'ishlasa, Jomiy har biriga alohida bob ataydi; Jomiyda Nizomiy, Dehlaviy, Navoiydan farqli ravishda zamona hukmdoriga atalgan bob mavjud emas. «Tuhfat ul-ahror»da so'z fazilatiga bag'ishlangan bobdan so'ng shoirlar (so'z san'atkorlari-N.Sh.) haqidagi bobning keltirilishi Navoiyning so'z ta'rifidagi bobidan so'ng «So'zda ma'no masalasi» xususidagi bobning keltirilishiga bevosita hamohang. Doston boblari soni ham ijodkorlarda turlicha (Jomiyda 60 bob, Navoiyda 63 bob).

Navoiy «Hayrat ul-abror»da xamsachilik an'anasining asoschilari sifatida Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviyni ulug'laydi, ularga ehtirom bildirib, o'zini shular boshlagan an'ananing davomchisi sifatida ko'radi. Biroq qiyosiy-tipologik tahlildan ko'rinib turibdiki, Navoiyning ilk dostoni salaflarinikidan g'oyaviy-semantik, kompozitsion-strukturaviy jihatdan tubdan farq qiladi. Navoiy «Hayrat ul-abror»da barcha salaflaridan andoza olgan va ayni paytda g'oya, mazmun, hajm, obrazlar nuqtayi nazaridan ularnikiga o'xshamagan original muqaddimaviy dostonni yaratgan.

8-fevral

323

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Maqolatlar soni har bir ijodkorda yigirmata bo'lib, shu jihatdan ilk dostonlar biri ikkinchisiga o'xshaydi deyish, unchalik o'zini oqlamaydi. Chunki har bir ijodkorda maqolatlar mazmun-mohiyati tubdan farq qiladi. Navoiy maqolatlarida tasavvufiy-ma'rifiy mohiyat kuchli. Shuningdek, har bir maqolat zamirida davr nuqtai nazaridan kelib chiqib, ijtimoiy-siyosiy muammolarga real munosabat aks etgan. Shu jihatdan Navoiy ilk dostoni bilan bir davrda yaratilgan Abdurahmon Jomiy «Tuhfat ul-ahror»i qisman yaqin. Biroq Navoiy dostoni navoiyona uslub («navoiyyona uslub», «oliy uslub» - Y.Is'hoqov talqini)da bitilgan, doston davomida shoir sifatida tafakkur zakosi, mutafakkir sifatida teran qarashlari, davlat arbobi sifatida salbiy toifa vakillariga o'tkir istehzo va tanbehlari, buyuk olim sifatida tengsiz nazariy tahlillari, xalq rahnamosi sifatida xalqona pand-nasihatlari o'z ifodasini topgan. Bu dostonda Navoiy shaxsi ham shoir, ham adabiyotshunos olim, ham davlat arbobi, ham xalq vakili sifatida namoyon bo'ladi.

«Xamsa»larning ilk dostonlarida Nizomiyda ikki xilvat va uning samarasi, Amir Xusravda uch xilvat, Jomiyda uch suhbat, Navoiyda esa uch hayrat keltirilgan bo'lib, bular nomlanishdagina emas, mualliflarning ijtimoiy, siyosiy, axloqiy, falsafiy, irfoniy qarashlari ko'lami va teranligi darajasi bilan ham farqlanadi. Navoiyda salaflaridan farqli ravishda ilk dostondagi hayratlarda haqiqiy ishq ko'ngilda naqshlanishiga, g'ayb olami sirlariga aql bilan emas, ko'ngil bilan erishish mumkinligiga, inson, eng avvalo, poklanishni ko'ngildan boshlashi lozimligiga asosiy e'tiborni qaratdi. Barcha shoirlar dostonida ham inson mavjudligi yoki besh sezgi a'zolari solimligi bilan emas, balki Tangri uni oqil va iymonli qilib, ko'nglini koinotdan keng va insonga xos fazilatlarga boy qilib yaratgani uchun aziz va mukarramdir, degan g'oya yetakchilik qiladi. Nizomiy, Dehlaviy, Jomiyda yigirma maqolat va unga ilova qilingan yigirma hikoyatdan so'ng xotimaviy bob keltirilsa, Navoiy bu borada ham o'zgacha yo'l tutgan. Shoir yigirma maqolatdan so'ng bir xulosaviy bob hamda «Oyog'i toyib yiqilgan qul» hikoyatini keltiradi va "Hayrat ul-abror"dagi hikoyatlar shu tufayli salaflariniki singari yigirma emas, balki yigirma bittadir. Bu ham Navoiy ilk dostonining o'ziga xosligini belgilaydi.

«Xamsa» yozish jarayonida Navoiy xamsachilik adabiy an'anasiga rioya qilganligi ilk dostonning nom, vazn va strukturasida namoyon bo'ladi. Biroq, «Xamsa» dostonlari, shu jumladan, «Hayrat ul-abror»ning har bir satri ijtimoiy-siyosiy vaziyat va hodisalar ta'sirida yaratilganini, dostonlarning yuzaga kelishi real ijtimoiy-tarixiy muhit bilan bog'liqligini yodda tutmoq lozim.1

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-320-325

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

1993. - E.164.

Ey xanga rçapaHr: X,aHHTMeTOB A. HaBOHHxoH^HK cy^ôaraapn. - TomKeHT: ykhtybhh,

8-fevral

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-320-325

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

Shuningdek, Sharq adabiyotida ma'lum ijodkor qaysidir janrda qalam tebratishi jarayonida o'zidan oldin shu janrda ijod qilgan adiblarni e'tirof etish an'anasi mavjud bo'lganligini, asar mustaqil yaratilsa-da, an'ana davom ettirilmasa-da, shoir yoki adibning novatorligi yaqqol sezilsa-da, bu e'tirof Sharq ahliga xos hurmat va ehtiromdan dalolat berganini ta'kidlash lozim.

REFERENCES

1. ^аюмов А. Узбек хамсашунослигининг адабий илдизлари // Узбек адабиётшунослигида талкин ва тахлил муаммолари // Илмий-назарий анжуман материаллари. - Т., 2014. - Б. 11-12.

2. Alisher Navoiy. "Muhokamat ul-lug'atayn". TAT. O'n jildlik. O'ninchi jild. -Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2013. - B.520.

3. Маллаев Н. Низомий Ганжавий. - Т.: А.Навоий номидаги Уз.миллий кутубхонаси нашриёти, 2015. - Б.22-23.

4. Ойбек. МАТ. Ун туккиз томлик.Ун учинчи том // Хамсанинг асосий образлари. - Тошкент.1979. - Б. 159.

5. Низомий Ганжавий. Махзан ул-асрор. Форсийдан Жамол Камол таржимаси. - Тошкент, 2016;

6. Низомий Ганжавий. Сирлар хазинаси. ("Махзан ул-асрор"). Аслиятдан Олимжон Буриев таржимаси. - Тошкент: CHASHMA PRINT, 2013.

7. Хусрав Дехлавий. Матлаъ ул-анвор. - Москва: Наука, 1975;

8. Хусрав Дехлавий. Матлаъ ул-анвор. Осори мунтахаб. Дар чахор чилд. Чилди якум. - Душанбе: Ирфон, 1971;

9. Абдурахмони Чоми. Тухфат ул-ахрор. Х,афт авранг. Чилди сеюм. - Душанбе: Ирфон, 1964.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.