Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY "XAMSA" SIDA RADIF QOʻLLASH MAHORATI'

ALISHER NAVOIY "XAMSA" SIDA RADIF QOʻLLASH MAHORATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1469
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
radif / doston / qisqa radif / yoyiq radif / qofiya / nazm / nasr. / radif / epic / short radif / common radif / rhyme / verse / prose.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Isoqjonova Mahliyo Shuhratjon Qizi

Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Xamsa” asarida qo’llangan radiflar va ularning o’ziga xos xususiyatlari haqida so’z boradi. Maqola davomida radifning turlariga misollar keltirilgan va xususiyatlari ochib berilgan. Navoiyning radif qo’llash mahoratiga alohida urg’u berilganligini ko’rishimiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ALISHER NAVOI'S SKILL IN USING RADIF IN "KHAMSA"

This article discusses the radifs used in Alisher Navoi's "Khamsa" and their peculiarities. Throughout the article, examples of the types of satellites are given and their features are explained. We can see that Navoi's skill in using satellites is emphasized.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY "XAMSA" SIDA RADIF QOʻLLASH MAHORATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ALISHER NAVOIY "XAMSA" SIDA RADIF QO'LLASH MAHORATI Isoqjonova Mahliyo Shuhratjon qizi

Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti, O'zbek adabiyoti yo'nalishi 1-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.6757476

Annotatsiya. Ushbu maqolada Alisher Navoiyning "Xamsa" asarida qo'llangan radiflar va ularning o'ziga xos xususiyatlari haqida so'z boradi. Maqola davomida radifning turlariga misollar keltirilgan va xususiyatlari ochib berilgan. Navoiyning radif qo'llash mahoratiga alohida urg'u berilganligini ko'rishimiz mumkin.

Kalit so'zlar: radif, doston, qisqa radif, yoyiq radif, qofiya, nazm, nasr.

МАСТЕРСТВО АЛИШЕРА НАВОИ В ИСПОЛЬЗОВАНИИ РАДИФА В "ХАМСЕ"

Аннотация. В данной статье рассматриваются радифы, использованные в «Хамсе» Алишера Навои, и их особенности. На протяжении всей статьи приводятся примеры типов спутников и поясняются их особенности. Мы видим, что подчеркивается мастерство Навои в использовании спутников.

Ключевые слова: корень, эпос, короткий корень, общий корень, рифма, стих, проза.

ALISHER NAVOI'S SKILL IN USING RADIF IN "KHAMSA"

Abstarct. This article discusses the radifs used in Alisher Navoi's "Khamsa" and their peculiarities. Throughout the article, examples of the types of satellites are given and their features are explained. We can see that Navoi's skill in using satellites is emphasized.

Keywords: radif, epic, short radif, common radif, rhyme, verse, prose.

KIRISH

Musulmon Sharqi epik poeziyasi tarixi xamsachilik an'anasi bilan chambarchas bog'liq. Dastavval XII asrda vujudga kelgan xamsa janri sakkiz asrga yaqin vaqt davomida yuzlab javob dostonlarga ega bo'ldi. Sharq adabiyotida birinchi bo'lib «Xamsa» yozgan shaxs buyuk ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviydir. U 1170 - 1204-yillar 200 oralig'ida birin-ketin 5 ta doston yaratdi, bu dostonlar shoir vafotidan so'ng yaxlit bir to'plamga birlashtirilib «Panj ganj» (Besh xazina) deb atala boshlandi va keyinchalik xamsa nomi bilan mashhur bo'ldi. Alisher Navoiy «Xamsa»sidagi birinchi doston «Hayrat ul-abror» (Yaxshi kishilarning hayratlanishi) 1483-yili yaratilgan edi. Doston 3988 baytdan iborat bo'lib, 63 bob, 20 maqolat va 20 hikoyatdan tashkil topgan. Shundan KIRISh (muqaddima) 21 bobni o'z ichiga oladi. Dostonning birinchi bobi Qur'oni Karimdagi bosh ilohiy jumla «Bismillahir rohmanir rohim» (Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman)ning poetik sharhiga bag'ishlangan. Bu bob nafaqat «Hayrat ul-abror» uchun, umuman, «Xamsa» uchun ham kirish vazifasini o'taydi, chunki keyingi dostonlarda biz bu ilohiy jumlani uchratmaymiz. Hazrat Navoiy mazkur jumlani ikki nuqtayi nazardan tahlil qiladi, ya'ni qabul qiluvchilar va rad etuvchilar.

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

Ushbu asarda shoir radifning go'zal na'munalaridan foydalangan va nazm so'zi radifga olingan. Bu qisqa radif hisoblanadi. Alisher Navoiy bir o'rinda so'zning mahsuli bo'lgan adabiy turlar haqida ham to'xtalar ekan, nazm va nasrga alohida ta'rif beradi, nazmni nasrdan ustun qo'yib, gulshanda gullarning saf tortib turishini nazmga, sochilib, to'kilib yerda yotishini nasrga o'xshatadi. Shoirning e'tiroficha, nazm bu qadar e'zozlanmasa, Tangri so'zida she'r bo'lmas edi: Bo'lmasa e'joz maqomida nazm, Bo'lmas edi Tengri kalomida nazm.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Asarning eng avvalgi maqolat iymon sharhiga bag'ishlanadi. Bu bejiz emas, zero, dostonning

bosh g'oyasi komil inson timsolini vasf etishdir, komillikning bosh belgisi esa iymondir. Ushbu

baytda qisqa radif qo'llangan. Erur so'zi tovushlar vositasida o'ziga xos ohang hosil qilgan.

Kimki jahon ahlida inson erur,

Bilki, nishoni anga iymon erur.

Quyidagi misrada ham qisqa radifdan foydalangan:

Qushlar aro shohki anqo durur,

Nuktaye bu amrda paydo durur.

Shoh boshining sharafi toj emas,

Angla ani shohki muhtoj emas.

TADQIQOT NATIJASI

Asarning 63-bobda oyog'i toyib ketib kosadagi oshni shohning boshiga to'kib yuborgan va olijanob shohning xijolatdan o'lar holatga yetgan bu qulni afv etgani haqidagi hikoyat beriladi, bu hikoyat bevosita 62-bobga hamohang tarzda, unga ilovadek keltiriladi. Navoiy Allohni olijanob shohga, o'zini oyog'i toyib ketgan qulga o'xshatar ekan, bu baytlarda ham radifning qisqa turidan foydalanadi va shunday yozadi: Har necha ko'p bo'lsa gunohim mening, Shukrki, bor sendek ilohim mening. Xijlat ila qolmadi xud jom manga, Yeri durur aylasang ehson manga.

Alisher Navoiy «Xamsa»sidagi ikkinchi doston «Farhod va Shirin» deb atalib, 1484- yili yozib tugallangan.

Navoiyning «Farhod va Shirin» dostoni 54 bob, 5782 baytdan iborat. Shundan muqaddima 11 bobni o'z ichiga oladi. Doston an'anaviy hamd - Allohning maqtovi bilan boshlanadi. Dostonda ikkita hamd mavjud. Birinchi hamdda Alisher Navoiy Yaratuvchining qudratini ta'riflab, uning irodasi bilan qalamga olmoqchi bo'lgan g'oyaviy niyati haqida so'z yuritar ekan, birinchi misrani arabcha kalima bilan boshlaydi, lekin bu baytda radifdan foydalanmagan: Bihamdik fath abvob ul maoniy, Nasib et ko'ngluma fath o'lmak oni.

Ikkinchi hamdda shoir yozishga kirishayotgani «Farhod va Shirin» dostonining umumiy talqini, undagi qahramonlarning muxtasar tavsifini beradi, «dard bog'i» deb ta'riflangan ishq bilan aloqador barcha hayajon va iztiroblar haqida yozadi. Shoir Xoliq maqtoviga kirishar ekan, eng avvalo, u inson ko'nglini ishq gulshani, bu gulshanda esa ishqni xazinaga aylantirganligini madh etadi va ishq so'zini radif sifatida keltiradi: Ki inson ko'nglin etti gulshani ishq, Bu gulshanning harimin maxzani ishq.

To'rtinchi bob Muhammad payg'ambar (s.a.v.) madhiga bag'ishlangan. Bob payg'ambarning muborak chehrasi tavsifi bilan boshlanib, uning o'qish va yozish bilan shug'ullanmaganligi ajoyib badiiy san'atlar vositasida bayon qilib beriladi. Xususan, qalam payg'ambar unga mayl ko'rsatmaganidan, ya'ni uni qo'lida tutmaganligidan keyin yoqasini chok etib, ko'z yoshlarini to'kib afg'on qilganligi, uning qo'lini o'payin deb qancha og'zini ochmasin, uning orzusi amalga oshmaganligi husni ta'lil san'ati asosida keltirilganligini ko'ramiz. Ushbu baytda qo'shma fe'l qofiya sifatida keltiriladi va xoma so'zi radifga olinadi: Necha choki giribon qildi xoma,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

To'kub ashkini afg'on qildi xoma. MUHOKAMA

9-bob asar rejasini tuzib olgani, turli afsonalar, tarixiy manbalarni ko'rib chiqqani, shu mavzuda yozilgan dostonlarda yo'l qo'yilgan xatolarni tuzatib, o'z g'oyalarini qay tarzda ifoda etmoqni niyat qilgani bayonidadir. Bunda Navoiy yozilajak asari yangi bo'lishi lozimligini, avval shu mavzuda yaratilgan dostonlarni takrorlamaslik kerakligini ta'kidlaydi, baytda radif qofiya bilan birlashib ketgan, chunki qo'shma fe'l, ya'ni toza bo'lg'ay va beandoza bo'lg'ay so'zlarining bir qismi qofiya, ikkinchi qismi esa radifni hosil qilgan. Bu baytning ohang ustuvorligini kuchaytirib berishga xizmat qilagan: Ani nazm etki, tarhing toza bo'lg'ay, Ulusqa mayli beandoza bo'lg'ay. Ushbu holatni keying baytda ham ko'rishimiz mumkin: Anga farzona Farhod ism qo'ydi, Hurufi ma'xazin besh qism qo'ydi.

Farhod bolaligidan favqulodda xislatlari bilan atrofdagilarni hayratga soladi. O'n yasharligida: Jahonda qolmadi ul yetmagan ilm,

Bilib tahqiqini kasb etmagan ilm, - darajasiga erishadi. Asarda Farhod ham cheksiz jismoniy qudrat, benazir iste'dod egasi, ham yuksak fazilatlar sohibi sifatida tasvirlanadi va bayt mazmuniga mos ravishda ilm so'zi radifga olinadi.

Quyidagi misralarda shoir fikrini yanada kuchaytirganligini, Farhod timsolida ilgari surilgan qarashlarini oydinlashtirganini ko'rish mumkin. Baytdagi yetti radifi va qofiyasi qo'sh undoshlardan tashkil topgan bo'lib, baytning o'qishligini ta'minlagan: Baqo shahrida sultonliqqa yetti, Haqiqat mulkida xonliqqa yetti.

Quyidagi baytda radifning go'zal na'munasidan foydalanilgan. Radifning o'zida talmeh san'atidan foydalanilgan: Ko'rgach bu tilism sohiri Hind, Jodulig' ishida mohiri Hind...

Keyingi baytda «ishq» so'zi «et» ko'makchi fe'li bilan birikib radif vazifasida kelgan va endi ritmik zarb radif bilan birlik kasb etgan: Ko'nglumga fazo harimi ishq et, Jonimg'a g'izo nasimi ishq et! XULOSA

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, Navoiyning "Xamsa" asarida har bir bayt o'ziga xos tuzilishga ega. Har bir baytda radifning takrorlanmas turlarini ko'rishimiz mumkin. "Xamsa" tarkibidagi dostonlarning ko'pgina baytida radifning qisqa turidan foydalanilgan. Bu ohangni kuchaytirgan va o'qish ritmini oshirishga xizmat qilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. l.B.To'xliyev. Adabiyot (darslik) / Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun. - T.: —O'qituvchill, 2010. - 288 b.

2. Adabiyot (Majmua): Akademik litseylarning birinchi bosqich o'quvchilari uchun / Tuzuvchilar: B.To'xliyev, B.Abdurahmonova. O'zR Oliy va O'rta maxsus ta'lim 463 vazirligi, O'rta maxsus kasb-hunar ta'lim markazi. - T.: Cho'lpon nomidagi nashriyotmatbaa ijodiy uyi, 2010 - 216 b.

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

3. 3.O'zbek mumtoz adabiyoti tarixi (Alisher Navoiy davri) / D.Yusupova. - Toshkent: Akademnashr, 2013. - 272 b.

4. 4.Adabiyot (Majmua): Akademik litseylar o'quvchilari uchun o'quv qo'llanma / R.M.Yusupaliyev; O'zR Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi, O'rta maxsus kasb-hunar ta'lim markazi. - T.: Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010 - 688 b.

5. Adabiyot qoidalari: Akademik litseylar uchun o'quv qo'llanma / B.Umurov; O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, O'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim markazi. - Qayta ishlangan va to'ldirilgan nashri. - T.: —O'qituvchil NMIU, 2010. -240 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.