Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY ASARLARIDA BARKAMOL AVLOD TARBIYASI'

ALISHER NAVOIY ASARLARIDA BARKAMOL AVLOD TARBIYASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2788
130
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Farhod va Shirin” dostoni / yoshlik / dunyoviy fanlar / diniy fanlar / kasb-hunar / jamiyat. / poem “Farhad and Shirin” youth / profession / society.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shomurodova, Maftuna Ubaydulloyevna

“Farhod va Shirin” dostoni Alisher Navoiy ijodining, balki, butun turkiy adabiyotning bebaho va o’lmas asaridir. Bu asar olimlar va adabiyotshunoslar tomonidan turli jihatdan tadqiq etilgan bo’lsada, ushbu maqolada aynan yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga ahamiyat berilgan. Ayniqsa, dostondagi yoshlarning hunarga, diniy va dunyoviy bilimlarga bo’lgan munosabatiga e’tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EDUCATION OF DEVELOPED GENERATION IN THE WORKS OF ALISHER NAVOI

The poem “Farhad and Shirin” is not only the creation of Alisher Navoiy, but also an invaluable work of all Turkish literature. Although this work was presented by great scientists and writers, the article pays special attention to the education of the younger generation. Especially in the poem, special attention is paid to the moral and spiritual knowledge of young.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY ASARLARIDA BARKAMOL AVLOD TARBIYASI»

Scientific Journal Impact Factor

О

ALISHER NAVOIY ASARLARIDA BARKAMOL AVLOD TARBIYASI

Shomurodova Maftuna Ubaydulloyevna Termiz davlat universiteti o'zbekfilologiyasi fakulteti adabiyotshunoslik:o'zbek adabiyoti ta'lim yo'nalishi 1-kurs magistranti

Annotatsiya: "Farhod va Shirin" dostoni Alisher Navoiy ijodining, balki, butun turkiy adabiyotning bebaho va o 'lmas asaridir. Bu asar olimlar va adabiyotshunoslar tomonidan turli jihatdan tadqiq etilgan bo 'Isada, ushbu maqolada aynan yoshlarning ta'lim-tarbiyasiga ahamiyat berilgan. Ayniqsa, dostondagi yoshlarning hunarga, diniy va dunyoviy bilimlarga bo'lgan munosabatiga e'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: "Farhod va Shirin" dostoni, yoshlik, dunyoviy fanlar, diniy fanlar, kasb-hunar, jamiyat.

Аннотация: Поема "Фарход и Ширин" это не только создание Алишера Навойиб но и бесценное произведение всей турецкой литература. Хоть это произведение било представлено со сторона великих ученых и писателей, в статье особое внимание уделено воспитанию молодого поколения. Особенно в поэме уделено оссоба внимание нравственно- духовным знанием молодых.

Ключевые слова: поэма "Фархад и Ширин", молодость, профессия, общество.

Abstract: The poem "Farhad and Shirin " is not only the creation of Alisher Navoiy, but also an invaluable work of all Turkish literature. Although this work was presented by great scientists and writers, the article pays special attention to the education of the younger generation. Especially in the poem, special attention is paid to the moral and spiritual knowledge of young.

Keywords: poem "Farhad and Shirin " youth, profession, society.

Alisher Navoiy ijodi- bebaho xazina, ma'nolar chashmasi. Uni qancha ko'p o'qisak, yana shuncha ehtiyoj sezamiz. Negaki shoir asarlarida qalamga olinmay qolgan mavzuning o'zi yo'q. Odob- axloq deysizmi, jamiyat muammolarimi, davlat va siyosatga oid masalalarmi. Ayniqsa, "Xamsa" tarkibiga kiruvchi ikkinchi "Farhod va Shirin" dostonida ishq motivlari bilan birga, hamma davr uchun ham dolzarb bo'lgan yoshlarning ta'lim-tarbiyasi va kamoloti uchun zarur bo'lgan sifatlarga alohida e'tibor qaratilgan.

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

O

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektiv usulidan foydalanildi.Mazkur tadqiqotda Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonidagi yoshlar obrazining qiyosiy tahlili berildi.

Har bir xalqning tanazzuli yoki yuksalishi shu yurtda voyaga yetayotgan farzandlarning ilimi, bilimi, ma'naviy dunyoqarashi, urf-odat va milliy qadriyatlarga bo'lgan sadoqatiga bog'liqdir. O'z zamonasida Mir Alisher Navoiy madaniyat va san'at, ilm va ma'rifatning chinakkam homiysi sifatida shuhrat topadi. Navoiyning zamondoshi bo'lmish tarixchi Xondamirning yozishicha Navoiy o'z hisobidan Hirotda va mamlakatning boshqa shaharlarida bir nechta madrasalar va xonaqohlar qurdirib, ilm ahliga sarkorlik qilgan. Jumladan, Ixlosiya madrasi haqida hazrat homiyligida: "Ul joyning talabalari xotirjamlik ila ilm kasb qiladilar "[1.63-b], -deydi. Mazkur jumlaning o'zi ham mavlononing ilm-fanga bo'lgan diqqat e'tiborining nechog'lik yuksak ekanligidan dalolatdir.

Navoiyshunos utoz-olim Ibrohim Haqqul "Navoiy badiiy ijod jabhasida qanchalik tengsiz bo'lsa, ilmda, ya'ni olimlikda ham shunchalik benazir", -deydi[2.5-b].

Navoiy "Xamsa"sidagi jamiyat, millat, madaniyat, odob-axloq, ilm-fan va kasb- hunarga doir fikrlarining qimmati oshsa oshdiki, aslo, kamaygani yo'q.

Adabiyotshunos olim Najmiddin Komilov aytganidek, "Navoiy oddiy ertakchi shoir emas,uning har bir ifoda obrazi, lavha va tamsillarida muayyan umumfalsafiy, kayhoniy-ilohiy ma'no bor"[3.88-b]. "Farhod va Shirin" dostoni qahramonlari bo'lmish yoshlar: Farhod, Shirin, Bahrom, Shopur va Shirin atrofidagi o'n dilobar xos xizmatchilarining har birini egallagan zohiriy(dunyoviy) bilimlari jihatdan tahlilga tortsa arziydi. Asarda bosh qahramon bo'lmish Farhodning tug'ilgandan ilohiy ishqqa yo'g'rilgani tasviri tengsiz chizgilarda berilgan:

Anga farzona Farhod ism qo'ydi,

Hurufi ma'xazin besh qism qo'ydi.

Firoqi rashku hajru oh ila dard,

Birar harf ibtidodin aylabon fard.[4.31-b]

Navoiy Farhod nomining arab yozuvidagi harflariga ramziy ta'rif berib, u firoq, rashk, hajr, oh va darddan iborat deydi. Negaki ilohiy ishq kishisi Haq va o'zi orasida to'siq bo'lib turgan o'tkinchi dunyo va jismdan qutilguncha shu iztiroblarni chekishi shart bo'ladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

o

Farhodning qanchalik uquvli bola bo'kib, ilm va o'qishga havasi balandligini Navoiy yorqin tasvirlarda beradi. Bir yoshida emaklashni ham qo'yib birato'la yurib ketadi, uch yoshda o'n yashar bolani eslatadi, buni ko'rib otasi unga ilmi teran ustoz tayinlaydi(Buni qarangki, hozirgi davlat siyosatimizda joriy etilgan uch yoshga to'lgan bolalarni bo'g'cha ta'limiga qamrab olingani kabi). Farhod ta'limining birinchi kuniyoq otasiga abjad hisobini o'rganganligini hadya qiladi: Agar bir qatla ko'rdi har saboqni , Yana ochmoq yo'q erdi ul varoqni.

(Har qaysi darsni bir marta ko'rishi bilan u varoqni ikkinch bor ochishga hojat yo'q erdi)

Uch oy ichida savodi raso bo'lib, birinchi yiliyoq Qur'onni yod oladi, o'n yoshida harbiy bilimlarni egallaydi. O'n to'rt yoshida u uchun otasi tomonidan qurdirilayotgan to'rt qasrning bunyod etilishini kuzatib, hunarmandlar ishiga qiziqib qoladi. Navoiy shu o'rinda hunarmandlar me'mor Boniy, naqqosh Moniy, toshkesar Qoranning o'z ishlarini nechog'lik ustasi ekanligini tasvirlar ekan, har bir inson ilm bilan birga kasb-hunar ham egallamog'i, egallaganda ham, o'z ishining ustasi darajasigacha yetmog'i lozimligini uqtiradi: Bo'lib Boniyg'a ul yanglig' mahorat, Ki sharhidin kelib ojiz iborat.

(Boniyning o'z ishidagi mahorati shunchalik o'tkir ediki, buni sharh etishga so'z topilmasdi.)

Chekib bu qasri miynokor tarhin, Kishi andoqki bir devor tarhin.

(Ustalar oddiy devorning loyihasini qanday oson chizishsa, bu me'mor bir qasrning loyihasini shunday osonlik bilan chizardi )

Navoiy boshqa hunarmand ustalar tarifini berishda ham shunday yorqin mubolag'alardan foydalanadi, maqsadki dostonni o'qigan kishi ongida ham bir kasbni egallagandan so'ng, uning piri darajasiga yetmaguncha tinmaslik kerakligini singdirib boradi. Farhod ham qisqa muddat ichida binokorlik, tosh yo'nmoqlik, rassomlik, naqoshlik kabi hunarlarni o'rganib olganligi tasvirlanadi.

Farhodning dengizda tutungan do'sti bo'lmish Shopur ham ilm-hunarda, ham aql-zakovatda, ham sadoqatda benazir edi. Hunar bobida ustodi zamona,

Zamona ichra naqqoshi yagona.(Hunar bobida u o'z zamoning ustasi,naqqoshlikda esa shu zamonning yagonasi edi). Dostondagi Farhodning

Scientific Journal Impact Factor

o

ko'kaldoshi Bahrom va do'sti Shopur yozuvchi istagidagi sadoqat, mehr va vafo timsolidir.

"Navoiyning ayollari faqatgina tashqi husn bilangina tavsiflanmaydilar. Bular o'z aql va farosatlari bilan ham atrofdagi kishilarni hayron qoldiradilar"[5.63-b]. Shirin g'zal bo'lishi bilan birga aqilli, fahm-farosatli, bunyodkor, sadoqatli, ilm-ma'rifat homiysi ham edi . Shirinning nechog'li madaniyatli va ilmliligi o'z oshig'iga yozgan ma'noli, mazmundor yozgan maktubida, eng murakkab tuyg'u va tushunchalarni ifodalashida yaqqol namoyon bo'ladi: Bitildi dard ila bir turfa maktub,

Demay har satreki, har lafzi marg'ub. (U dard ila shunday bir ajoyib xat yozdiki, har qaysi satri emas, hatto har so'zi yoqimli edi)

Mehboni haqida Navoiy bergan qisqacha ta'rif uning nechog'li madaniyatli, jiddiy aql sohibasi ekanligini dallib beradi: Mehbonu donishparvar erdi,

Bilik ahliga shohi sarvar erdi.(Fanparvar bo'lgan Mehnboni bilim ahliga yo'lboshchi shoh edi)

Navoiy bir o'rinda Shirinning atrofidagi qizlar ta'rifíni keltiradi:

Bu majlis ichra hozir o'n dilorom,

Bori ham sarv qomat, ham gulandom[3.194-b].

Navoiy o'n qiz nomini shunday keltiradi: Dilorom, Diloro, Diloso, Gulandom, Susanbo', Sumanso, Parichehr, Parizod, Parivash, Paripaykarlar bo'lib, har biri bir ilm sohasida mohir deb ta'riflaydi. Biri she'r dengizida g'avvos, biri raqqosa, biri mantiq ilmining bilimdoni, biri hayrat (astronomiya, rassomlik) ilmida qalam tebratardi. Yana birining hunari haqiqat ilmini o'zlashtirgan bo'lsa, boshqasi chiroyli so'zlashning nozik jihatlarini ko'rsatib berardi, yana biri tarixdan afsonalar so'zlasa, boshqasa hikmat fanida yagona edi, bibirining zehni hisobda o'tkir bo'lsa, boshqa biri muammolarni oson yecha olishi bilan nom qozongandi. Kishining jamiyatdagi o'rni uning atrofini o'rab turgan shaxslarga qarab ham belgilanadi. Demak, Shirin ishtirok etadigan majlislar ilmning turli sohalari bo'yich bo'ladi.

Bundan ko'rinib turibdiki, Navoiy yosh avlodning, ayniqsa, ayollarning ham har sohada yetuk bo'lishini xohlagan. O'z fikriga ega,jamiyat manfaatlari uchun xizmat qiluvchi, teran fikrlovchi avlodning yetishishi uchun shu avlodni tarbiyalovchi ayollarning o'zlari, eng avvalo, ma'rifatli bo'lishlari lozimligini chuqur anglatadi.

Scientific Journal Impact Factor

O

XULOSA

Ushbu qisqacha tadqiqotdan shu ayon bo'ladiki, buyuk mutafakkir mir Alisher Navoiy "Farhod va Shirin" dostonidagi har bir qahramon va uning dunyoqarashini ochib berishda kasb-u kamolotning nechog'li ahamiyatliligini namoyon etgan. Bildirilgan fikr va mulohazalar ummon yanglig' ijodning tomchilaridan olingan hayrat hosilalari va Navoiyning osmon qadar bepoyon ma'nolar xazinasidan olingan zarralar hayrati edi, xolos.

1.Navoiy zamondoshlar xotirasida. Tuzuvchi B.Ahmedov. Toshkent, G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1985-y., 220-bet.

2. Navoiyga qaytish. Ibrohim Haqqul,"Fan", Toshkent 2007-yil, 220-b.

3. Najmiddin Komilov. Xizr chashmasi., Toshkent "Ma'naviyat", 2005-y, 320-bet

4. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin. G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1989-y., 590-bet.

5. Maqsud Shayxzoda. Mukammal asarlar to'plami. 6 tom, 4-tom. G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1972-y., 372-bet.

6.www.ziyouz.com kutubxonasi

REFERENCES

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.