Научная статья на тему 'HAYDAR XORAZMIY HAYOTI VA IJODI'

HAYDAR XORAZMIY HAYOTI VA IJODI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1257
79
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma’viza / didaktik ruh / ijtimoiy-siyosiy / Sulton Iskandar / Xorazm / “Muxtasar” / temuriylar davri / tazkira / nazira / Nizomiy Ganjaviy / muqaddima / bob / xotima / “Gul va Navro‘z” / exhortation / didactic spirit / socio-political / Sultan Iskandar / Khorezm / "Mukhtasar" / Timurid period / tazkira / nazira / Nizami Ganjavi / introduction / chapter / epilogue / "Flower and Navruz"

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Tirkasheva, Maftuna, O’ralova, Nargiza

Maqolada Haydar Xorazmiyning hayoti va ijodiga doir manbalar, shoir ijodining o‘ziga xos tomonlari, “Mahzan ul-asror” va “Gul va Navro‘z” dostonlarining adabiyotshunoslikdagi o‘rni ochib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LIFE AND CREATIVITY OF HAYDAR KHOREZMI

The article reveals the sources on the life and work of Haydar Khorezmi, the peculiarities of the poet's work, the role of the epics "Mahzan ul-asror" and ";Flower and Navruz" in literature.

Текст научной работы на тему «HAYDAR XORAZMIY HAYOTI VA IJODI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

HAYDAR XORAZMIY HAYOTI VA IJODI Tirkasheva Maftuna O'ralova Nargiza

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti 1-bosqich magistrantlari Ilmiy rahbar: PhD Mashxura Xasanova

Maqolada Haydar Xorazmiyning hayoti va ijodiga doir manbalar, shoir ijodining o'ziga xos tomonlari, "Mahzan ul-asror" va "Gul va Navro'z" dostonlarining adabiyotshunoslikdagi o 'rni ochib beriladi.

Kalit so'zlar: ma 'viza, didaktik ruh, ijtimoiy-siyosiy, Sulton Iskandar, Xorazm, "Muxtasar", temuriylar davri, tazkira, nazira, Nizomiy Ganjaviy, muqaddima, bob, xotima, "Gul va Navro 'z "

The article reveals the sources on the life and work of Haydar Khorezmi, the peculiarities of the poet's work, the role of the epics "Mahzan ul-asror" and "Flower andNavruz" in literature.

Keywords: exhortation, didactic spirit, socio-political, Sultan Iskandar, Khorezm, "Mukhtasar", Timurid period, tazkira, nazira, Nizami Ganjavi, introduction, chapter, epilogue, "Flower and Navruz"

O'zbek mumtoz adabiyotining vakillaridan biri bo'lgan Haydar Xorzamiy haqida bir qator manbalarda ma'lumotlar uchraydi. Haydar Xorazmiy XIV asr oxirida Xorazmda tavallud topgan. Shu yerda bir necha yil yashagan, tahsilni davom ettirish maqsadida Sherozga, temuriy shahzodalardan bo'lmish Iskandar Sheroziy (1409 -1415) xizmatiga kirgan. Haydar Xorazmiy va uning ijodiy faoliyati haqida Tole' Imom Hiraviyning "Badoye' ul-lug'at", Mirza Maxdixonning "Sangloh", Alisher Navoiyning "Majolis un-nafois", "Muhokamat ul-lug'atayn", Davlatshoh Samarqandiyning "Tazkirat ush-shuaro", Ahmad Taroziyning "Funun ul-balog'a",

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

Suvga baliq, o 'tqa samandar kerak, G 'amg 'a muhib, dardga Haydar kerak

(Haydar Xorzamiy)

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Zahiriddin Muhammad Boburning "Muxtasar" (ayrim manbalarda "Mufassal" yoki "Risolayi aruz" deb ham nomlanadi )kabi asarlarida ma'lumot uchraydi.

Xususan, Alisher Navoiyning "Muhokamat-ul-lug'atayn" ida bu shoir haqida quyidagilarni o'qiymiz: "Shohruh sulton zamonining oxirigacha turk tili bilan shuaro paydo bo'ldilar. Va ul hazratning avlod va ahfodidin ham xushtab' salotine zuhurg'a keldi; shuaro Sakkokiy va Haydar Xorazmiy va Atoyi va Muqimiy va Yaqiniv va Amiriy va Gadoiydeklar...1 .[Navoiy. MAT. 16-jild, 32-bet]

Bilamizki, temuriy shahzodalar o'z davrida ilm-fan, adabiyot va san'atga alohida e'tibor bilan qaragan.Hatto o'zlari ham ijod bilan shug'ullanib devon sohibi ham bo'lishgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR Hazrat Navoiyning "Majolis un-nafois" tazkirasining yettinchi majlisida Amir Temurning she'riyatga aloqador avlodlari haqida ma'lumot berib o'tar ekan, Sulton Iskandar Sheroziy Amir Temurga nabira ekanini, yetti yo sakkiz yil hukronlik qilganini bayon qilib, Haydar Xorazmiyni ham tilga olib o'tadi: "Mavlon Haydar turkigo'y aning (Iskandar Mirzoning) modihi ekandur. Bu aning masnaviysidindurkim: Himmat ilidur yadi bayzo degan,

Er nafasidur damiIso degan".2.[Navoiy.MAT. 13-jild, 157-bet]

Shoir Iskandar Sultonni porlagan qo'l, himmat egasi, mard kishi hatto Iso (Masih)nafaslik deya ta'riflagan. Shundan keyin Navoiy Sulton Iskandar haqida ma'lumotni davom ettiradi: "Sulton Iskandar derlarkim, tab'i nazm erdi. Va bu tuyuqni andin naql qilurlarkim:

To 'lun oyg 'a nisbat ettim yorumi, Ul xijolatdin kam o'ldi yorumi. Tori mo 'yungning zakotin men beray

Yo Miski ,yo Halabniyo Rumi".2[Navoiy.MAT. 13-jild, 157-bet] Alisher Navoiyning Iskandar Mirzoga bergan ta'rifidan shu narsa ma'lum bo'ladiki, Haydar Xoramiy Iskandar Mirzo panohidan joy olgani uchungina emas, balki uning iste'dodli shoir bo'lgani uchun ham "himmatli", "porloq","Iso nafasli" deb madh etadi.

Haydar Xorazmiy "Gulshan ul-asror" asarinimg "Kitob yozilishining bayoni" qismida ham Iskandar Mirzo haqida shunday bayt uchraydi:

"Andaki bu azm ila yo 'ndim qalam, Shoh duosi birla urdum raqam. Ochtim aning madhina bu yaxshi fol,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Fotihasi xotimag'a keldi dol" 3 [ "Muborak maktublar" to'plam-T.:G \'afur G'ulom nashryoti.1987-yil 220-bet]

Zahiriddin Muhammad Bobur "Muxtasar" risolasida shunday ma'lumotlarni keltiradi: "Yana Mavlono Haydar Xorazmiy turkiygo'yning «Gulshan ul-asror»idur, pandu nasihatga yaxshi abyoti bor, nechukkim debtur:

Er kishiga himmat agar bo 'lsa yor,

Oqibat ul amr murodin topar.

Har kishiga himmat agar tush bo'lur,

Ko'kni talashquchi uchar qush bo 'lur.

Har g 'alat er o 'g 'lig 'a bir pand erur,

Kim g'alatin bilsaxiradmand erur".4[Bobur "Muxtasar"(nashrga tayyotlovchi S.Hasan) T.: "Fan" 1971-y 194-bet]

Ma'lumki, sharq adabiyotida didaktik ruhdagi asarlar yetakchilik qiladi. Bunday asarlar sirasiga bir qancha asarlarni misol keltirishimiz mumkin: Sa'diy Sheroziyning "Guliston" , "Bo'ston" , Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" , Alisher Navoiyning "Hayrat ul-abror", Xojaning "Miftoh ul-adl", "Gulzor" shu qatorda Haydar Xorazmiyning "Gulshan ul-asror" asaridir.

Yuqoridagi baytlarda ham axloqiy-falasafiy fikrlar aks ettirilgan. Xususan, Agar er kishi himmatli bo'lsa, u albatta, murodiga yetadi. Ya'ni himmat er kishining ziynatidir. Hazrat Navoiyning "Mahbub ul-qulub" asarida ham "Himmatsiz kishi er sonida emas; ruhsiz badanni kishi tirik demas"5 [Navoiy MAT.14jild,79-bet] degan fikrlarni ko'rishimiz mumkin. Himmatlilar uchun hamma imkonlar ochiq ekanligi keyingi baytning asosiy mazmunini tashkil etadi. Xato (g'alat-xato)lardan to'g'ri xulosa chiqarish mard kishining odati bo'lmog'i kerak. Shundagina u donishmandlik maqomiga yetadi. Oxirgi bayt ayni ana shu g'oyalarni o'zida mujassamlashtirmoqda.

Haydar Xorazmiyning "Mahzan ul-asror" (ayrim manbalarda shunday nomlangan) asari Nizomiy Ganjaviyningning "Mahzan ul-asror" asaridan ilhomlanib yozilgan. Xorazmiy o'z asarining nazm etilish sababi to'g'risida xabar berganda, Nizomiydan ilhomlanganini yozadi:

"Ulfat ila begi ulandi alif,

Vuqusidin qofiya topti radif.

"Maxzani asror" bu ramz erdi, bil,

Notiqa bu ko'zgudin o'grandi til".3[ "Muborak maktublar" to'plam-T.:G'afur

G'ulom nashryoti.1987-yil 212-bet]

Dostonning yana bir o'rnida :

Jon tishi birla qozib ul konini,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Qildim o 'zum g'avs bu ummonni.

Ul kishi qo 'yg 'ay chu Nizomiy bu ganj,

Qozg'ana olg'ay guhari dast ranj.3 [ "Muborak maktublar" to'plam-T.:G'afur

G'ulom nashryoti.1987-yil 216-bet]

Birinchi baytda jon tishi bilan konni kavladim, bu ummonda g'avvosdek bo'lib gavharga ega bo'ldim deb ta'kidlagan. Keyingi baytda Nizomiy go'yo ganjni ko'mib qo'ygan-u, Haydar Xorazmiy esa ranj chekib ganjni qo'lga kiritgan.

Haydar Xorazmiyning "Mahzan ul-asror" dostoni 1411-yili Sherozda yozilgan dostonning nomi ba'zi manbalar, xususan, Boburning «Muxtasar» asarida «Gulshan ul-asror» deb ko'rsatilgan.

Nizomiy Ganjaviyning "Mahzan ul-asror" dostoni falsafiy-ta'limiy asardir. Dostonning asliyati 59 bobdan tarkib topgan. Masnaviyning dastlabki 18 fasli an'anaviy muqaddima boblar sanaladi. Asarning asosiy qismi 20 maqolat va 20 hikoyatdan iborat bo'lib, mazmundor xotima bilan nihoyasiga yetadi.

Dostondagi maqolatlarda shoir o'zining muayyan ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta'limiy qarashlarini ixcham, o'ta purma'no baytlarda ifoda etadi. Ularda ilgari surilgan g'oyalarni esa hikoyatlar asosida oydinlashtirish va mustahkamlashga erishadi. Maqolatlarda shoir adolat, mamlakatni boshqarish va xalqqa munosabat, zolim podshohlardan shikoyat, mehnat va uning foydasi, kishilarga yaxshilik qilish va qiyinchiliklardan qo'rqrnaslik, rashk va hasadning zarari, saxovatning foydasi, baxillikning yomon oqibati haqida muhim mulohazalarini bayon etgan.

Haydar Xorazmiyning "Gulshan ul-asror" dostoni tuzilishi hamda janr xususiyatlariga ko'ra, Nizomiy Ganjaviy masnaviysiga juda yaqin turadi. Har ikkala dostonda ham falsafiy-ta'limiy mavzu yetakchilik qilib, aruzning sari' bahrida (sari'i musaddasi matvii makshuf muftailun, muftailun faulun) yozilgan. Haydar Xorazmiyning dostoni Nizomiy Ganjaviy dostoniga nisbatan hajman kichik hisoblanadi.Doston 639 baytdan iborat bo'lib, 23 bobdan tarkib topgan. Asarning dastlabki 7 fasli an'anaviy muqaddima boblardan tashkil topgan. Mazkur boblar Alloh hamdi, payg'ambar na'ti, xalifalar ta'rifi, Sulton Iskandar madhi, musannifning vasfil-holi kabi masalalarga bag'ishlangan. Dostonning asosiy qismi 16 bobni o'z ichiga oladi. Ularda mav'iza (o'git-nasihat), maqolat va hikoyatlar mavjud. Haydar Xorazmiy Nizomiy Ganjaviydan farqli o'laroq, dostonda avval hikoyat, undan so'ng shu hikoyatdan kelib chiqadigan xulosa va fIkrlarni umumlashtiruvchi bob (maqolat) keltiradi. Maqolatlar va hikoyatlarning mavzu doirasi ancha keng bo'lib, ularning ba'zilari Nizomiy Ganjaviy maqolat va hikoyatlariga ancha yaqin tursa, ba'zilari esa tamomila yangi hisoblanadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ahmad Taroziyning "Funun ul-balog'a" asarining topilishi adabiyotshunoslikda katta yangilik bo'ldi desak, mubolag'a bo'lmaydi.1993-yili taniqli tilshunos olim, filologiya fanlari doktori Ergash Umarov AQShning Blumington shahridagi Indiana universitetida ma'ruzalar o'qidi va u yerda ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi.Bu safar g'oyat muvaffaqiyatli o'tdi.Yurtga qaytish chog'ida o'zbek adabiyoti tarixi uchun g'oytda zarur bo'lgan bir qancha qo'lyozmalarning fotonusxalarini olib keldi va ularni Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot institutiga topshirdi. Bu qo'lyozmalar orasida shu paytgacha bizga noma'lum bo'lib kelgan yangi muallif - Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziyning "Funun ul- balog'a" nomli asaridir. Mazkur asar orqali biz adabiyotshunoslar uchun muhim bo'lgan Haydar Xorzamiyning hayoti va ijodiga oid ma'lumotlardir.Mazkur asardan bir necha yillardan beri Lutfiyniki deb kelingan asar aslida Haydar Xorazmiyning asari ekanligini bilib oldik.Mazkur asarda shunday ma'lumot uchraydi. " Mavlono Haydarning "Gul va Navro'z" idintur: Ushul kunlarki, vahtim erdi darham, Buzulg'on bu ko'ngulda ming tumon g'am. Parishonlik bila holim mushavvash, Tiriklik nomuloyim, umr noxush. Na bir mahramkim, ul hamroz bo 'lg 'ay,

Na bir hamdamki, ul damsoz bo'lg'ay"6 [Ahmad Taroziy "Funun ul-balog'a" T.: "Xazina" 1996-yil, 187-bet]

Bu fikrni "Muxtasar"da Zahiriddin Muhammad Bobur ham tasdiqlab o'tgan edi. Umuman, Ahmad Taroziyning "Funun ul-balog'a" asarining topilishi madaniy hayotimizda katta voqeadir.

Davlatshoh Samarqandiy (XVI asr) "Tazkirat-ush-shuaro" asarida Haydar Xorazmiy to'g'risida quyidagilarni zikr etadi: "Sulton Iskandar hukmronligida fozil kishilardan Mavlono Muiniddin Natanziy va Mavlono Haydarlar bor ekan. Mavlono Haydaming turkiy va forsiy tillarda bitgan yaxshi she'rlari bor va u Nizomiyning "Maxzan ul-asror" iga o'zbek tilida javob yozib, uni shahzoda Iskandar otiga bag'ishladi"

Davlatshoh Samarqandiy "Tazkirat-ush-shuaro" asarida Nizomiy Ganjaviyning "Mahzan ul-asror" asariga yana bir ijodkorning nazira yozganligi uchratishimiz mumkin:

"Jaloliiddin ibn Ja'far Farrahoniy donishmand shayx Sa'diy Sheroziyga nazira yozgan hamda shayx Nizomiyning "Maxzan ul-asror"iga ( "Sirlar xazinasi") ming

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

baytdan ortiq tengi yo'q she'r bilan javob aytgan" 7[Davlatshoh Samarqndiy "Tazkirat ush-shuaro" T.:1981, 81-bet]

Inson yaralibdiki, xalqlar hech qachon bir-biridan ajragan, o'z qobig'iga o'ralagan holda yashagan emas.Ular bir-biri bilan madaniy,ijtimoiy-siyosiy sohalarda aloqalarga ega bo'lgan. Bu borada Buyuk ipak yo'lining o'lkamizdan o'tishi boshqa xalqlarning madaniyati bilan uyg'unlashishini tarixdan bilamiz.Bu esa qo'shni xalqlar bilan madaniy-ma'rifiy, ijtimoiy-siyosiy va adabiyot, san'atga sezilarli ta'sir etgan. Juda ko'plab sharq xalqlaridagi eposlar va ularning obrazlari boshqa xalqlar adabiyotiga ko'chib o'tgan. Yoki buning teskari aksi kuzatilgan. Nizomiy Ganjaviyning "Xamsa"siga nazira yozish ham bunga yaqqol misol bo'la oladi. "Mahzan ul-asror"ning London, Parij, Vena, Qozon va boshqa joylarda saqlanayotgan qo'lyozma nusxalari fan olamiga rna'lum. Doston yuzasidan E.E.Bertels, H.Zarifov, AAbdug'afurov, B. Valixo'jayev, E.Rustamov, J.Sharipov, A. Hayitmetov singari bir qator olimlar ilmiy izlanishlar olib borishdi. Nizomxo'ja Abdullayev asarning qiyosiy matnini vujudga keltirdi va 1974 yilda Nizomiy Ganjaviy dostoni bilan chog'ishtirish asosida nomzodlik dissertatsiyasini yozgan. Sharq xalqlari adabiyotida ulug' ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy "Xarnsa"siga yoki uning ayrim dostonlariga javob aytish adabiy an'ana sifatida shakllandi. Bu ish shoirdan katta iste'dod, teran tafakkurni talab etardi. Qutb Xorazmiyning "Xusrav va Shirin" dostoni mana shu an'ananing samarasi o'laroq vujudga kelgan bo'lsa, ajab emas. Haydar Xorazmiy ham o'zining "Mahzan ul-asror" dostoni bilan ushbu adabiy an'ana ravnaqiga muhim hissa qo'shdi.

Xulosa o'rnida ta'kidlashimiz lozimki, Haydar Xorazmiy "Gulshan ul-asror" asarini yaratishi bilan o'zbek adabiyotida she'riy hikoyatning rivojiga munosib hissa qo'shdi. "Gulshan ul-asror"dagi hikoyatlar pand-nasihat ruhida bo'lib, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-ta'limiy masalalar qalamga olingan bo'lib bu mavzular hali ham dolzarbligini yo'qotmagan desak, mubolag'a bo'lmaydi.

REFERENCES

1. Navoiy 20 tomlik, MAT.T.; "Fan", 2000-yil, 16-jild, 32-bet

2. Navoiy 20 tomlik, MAT.T.: "Fan", 1997-yil, 13-jild 157-bet

3. "Muborak maktublar" to'plam-T.:G'afur G'ulom nashryoti.1987-yil, 220-bet

4. Bobur "Muxtasar" (nashrga tayyotlovchi S.Hasan) - T .: "Fan",1971-y 194-bet

5. Navoiy 20 tomlik, MAT.T.: Fan, 1998-yil,14-jild,79-bet

6. Ahmad Taroziy "Funun ul-balog'a" - T.: "Xazina" 1996-yil, 187-bet

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

7. Davlatshoh Samarqndiy "Tazkirat ush-shuaro" - T.: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashryoti 1981-yil, 81-bet

8. Xasanova M.J. Mumtoz epik poeziya tarkibida uchrovchi madhlarning turkiy qasidalar taraqqiyotida tutgan o'rni. Temuriylar davrida yaratilgan "Xamsa"larning komparativistik tadqiqi va ularning sharq adabiyoti taraqqiyotidagi o'rni. Xalqaro ilmiy-nazariy anjuman materiallari. Samarqand 6-7 noyabr 2020 y.

9. Vohidov R., Eshonqulov H O'zbek mumtoz adabiyoti tarixi. - T.: O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti, 2006-yil, 167-bet

10. Rahmonov N. O'zbek adabiyoti tarixi. - T.: "Sano-standart" nashriyoti, 2017-yil, 439-bet

11. Hayitmetov A. Temuriylar davri o'zbek adabiyoti. - T.: "Fan" , 1996-yil,25-bet

12. Yusupova D. Universal qo'llanma.Adabiyot. T.: 2013-yil, 171bet

13. To'xliyev B. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. - T.: O'qituvchi, 2005-yil, 210-bet

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

14. ziyouz.com

15. natlib.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.