Научная статья на тему 'NAVOIY HIKOYATLARI SHAKLLANISHIDA FOLKLORNING TA’SIRI'

NAVOIY HIKOYATLARI SHAKLLANISHIDA FOLKLORNING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
392
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Hikoyat / afsona / asotir / mif / ertak / Anushirvon / xalq og‘zaki ijodi / Story / legend / myth / myth / fairy tale / Anushirvan / folklore.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Tursunbekova, Nazokat Shavkatovna

Ushbu maqolada Alisher Navoiy asarlarida uchraydigan ayrim hikoyatlardan misollar ko‘rsatilgan. Alisher Navoiy asarlaridagi kichik xikoyatlarni shakllanishida folklorning tasiri borligi isbotlangan. Ayrim diniy mifologik obrazlarning Alisher Navoiy hikoyatlarida aks etishi ochib berilgan. Navoiy hikoyatlarini boyishida xalq og‘zaki ijodi namunalarining o‘rinli qo‘llanilishi dalillangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE INFLUENCE OF FOLKLORE IN THE FORMATION OF NAVOI STORIES

This article provides examples from some of the stories found in the works of Alisher Navoi. The influence of folklore on the formation of short stories in the works of Alisher Navoi has been proved. It is revealed that some religious mythological images are reflected in the stories of Alisher Navoi. In the enrichment of Navoi's stories, the appropriate use of examples of folklore has been proved.

Текст научной работы на тему «NAVOIY HIKOYATLARI SHAKLLANISHIDA FOLKLORNING TA’SIRI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

NAVOIY HIKOYATLARI SHAKLLANISHIDA FOLKLORNING

TA'SIRI

Tursunbekova Nazokat Shavkatovna

Filologiya fanlariga iqtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi ona tili va adabiyot o'qituvchisi Tel: 97-1855535 [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Alisher Navoiy asarlarida uchraydigan ayrim hikoyatlardan misollar ko 'rsatilgan. Alisher Navoiy asarlaridagi kichik xikoyatlarni shakllanishida folklorning tasiri borligi isbotlangan. Ayrim diniy mifologik obrazlarning Alisher Navoiy hikoyatlarida aks etishi ochib berilgan. Navoiy hikoyatlarini boyishida xalq og'zaki ijodi namunalarining o 'rinli qo'llanilishi dalillangan.

Kalitso'zlar: Hikoyat, afsona, asotir, mif, ertak, Anushirvon, xalq og'zaki ijodi.

ABSTRACT

This article provides examples from some of the stories found in the works of Alisher Navoi. The influence offolklore on the formation of short stories in the works of Alisher Navoi has been proved. It is revealed that some religious mythological images are reflected in the stories of Alisher Navoi. In the enrichment of Navoi's stories, the appropriate use of examples of folklore has been proved.

Keywords: Story, legend, myth, myth, fairy tale, Anushirvan, folklore.

АННОТАЦИЯ

В данной статье приведены примеры из некоторых рассказов, встречающихся в произведениях Алишера Навои. Доказано влияние фольклора на формирование новеллы в произведениях Алишера Навои. Выявлено, что некоторые религиозные мифологические образы нашли отражение в рассказах Алишера Навои. В обогащении рассказов Навои доказано уместное использование примеров фольклора.

Ключевые слова: Рассказ, легенда, миф, миф, сказка, Ануширван, фольклор.

KIRISH

Rabg'uziydan keyingi hikoyachilik asosoan tarjima adabiyotida rivojlangani

kuzatiladi. Chunonchi, Haydar Xorazmiyning "Maxzan ul-asror"idagi ko'plab

ahloqiy hikoyatlar Nizomiy Ganjaviy qalamiga mansub. Chunki bu asar shoir "Menki

Shayx Nizomiydan olib choshni, Pishurdim bu laziz oshni" degani bilan, aksariyat

748

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

hikoyatlarni Nizomiy asaridan olgani sezilib turadi. Ammo Hazrat Alisher Navoiy ijodiga kelib, an'anaviy hikoyachilikda o'ziga xos "portlash" yuzaga keldi deyilsa, mubolag'a bo'lmaydi. Alisher Navoiy epik asarlarining deyarli barchasida, adabiy asarlari jumladan, "Tarixi anbiyo va hukamo", "Mahbub ul-qulub", "Muhokamat ul-lug'atayn", "Tarixi muluki Ajam", singari asarlarida bir qator hikoyatlarga duch kelinib, hikoyachilik turkiy adabiyotning bir yo'nalishi sifatida qaror topganiga ishonch uyg'otadi. Shubhasiz, bu hikoyatlarning yuzaga kelishida xalq ijodidagi afsona, asotir, rivoyat, qissa va boshqa janrdagi asarlarning alohida o'rni borligi kuzatiladi. Alisher Navoiy asarlaridagi ko'pchilik hikoyatlar, ular qaysi manba asosida ishlangan bo'lishiga qaramay, g'oyaviy-badiiy xususiyatlari bilan xalq hikoyatlariga uyg'unlashib ketadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Anushirvon odil Sharq xalqlari adabiyotidan keng o'rin olgan an'anaviy obrazlardan biridir. Anushirvon (531-589) Sosoniy shohlaridan bo'lib, shon-shavkati bilan shuhrat qozongan edi. Tarix zaminidan adabiyot olamiga o'tgan Anushirvon yarim tarixiy, yarim afsonaviy qahramon tusini olib odillikning ramzi sifatida talqin qilinadi. U haqdagi hikoyatlar "Hayrat ul-abror" va "Tarixi muluki Ajam" asarlaridan o'rin olgan.

"Tarixi muluki Ajam"dagi hikoyatlarning birida bog' sotgan va bog' olgan kishilar o'rtasidagi muammoli holatning Anushirvon tomonidan aql va zakovat, odillik bilan hal etilishi ko'rsatilsa, ikkinchi hikoyada Anushirvon insof va adolatning homiysi va posboni sifatida gavdalanadi:

"Bir kun bir yo'lda tushub, kabob buyurdi. Tuz yo'q erdi. Yaqinroq bir kent ko'rundi. Birov bordikim tuz keturgay. No'shiravon mubolag'a qildikim, tuzni sotqun ol! Majlis huzzori ayttilar: bu tuzg'a ne miqdor baho bo'lg'anki, sotqun olg'aylar? Dedikim, muncha bemiqdor nima uchun podshoh nechuk yomon rasm qo'yg'ay, yomon rusum juzviy bo'lsa, har kishi bir nima ortturub, ani kulliy qilurlar. Badnomliq ani bunyod qilg'ang'a borur"(Alisher Navoiy, 242).

No'shiravon axloq-odob va donishmandlik bobida ham beqiyos kishilardan biri sifatida ta'rif-tavsif qilinadi. Navoiy ham Anushirvon an'anaviy obrazining bu jihatlarini ye'tibordan chetda qoldirmay, "Hayrat ul-abror" dostonida nihoyatda ibratli bir hikoyatni bayon etadi:

No'shiravon hali shoh bo'lib ko'tarilmagan vaqtda bir qizning ishqi bilan notavon ahvolga tushib qoldi. Ko'ngli g'uncha singari to'la qon edi, lekin g'am

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

sirlarini pinhon tutardi. Unga visol muyassar bo'lgunga qadar cheksiz azob-uqubat va tashvishlarni boshdan kechirdi.

Bir kun u chamanzordan xilvat joyni tanlab, gulruh yori bilan suhbat qurdi. Baxtiyor shahzoda yorini quchmoqchi bo'lgan edi, gul'uzor ham bunga rozi bo'ldi. Dilbar hamdami tomon u qo'lini uzatganda, bir tup nargisga shahzodaning ko'zi tushib qoldi. Shunda ahvoli o'zgarib, u qo'lini tortib oldi. Sumanbar yori hayron bo'lib, so'radi: - Qo'lingizni uzatganingiz nimasi-yu, yana tortib olganingiz nimasi?

Adabli shoh bunga shunday javob berdi: - Shunday bir visol damida menga mo'nelik qilgan narsa nargisning shahlo ko'zi bo'ldi. Hayo ko'zi bilan olijanoblik bu ishda unga kuch bermadi. Uning nargisdek ko'zlari yoshga to'lib, o'rnidan turdi-da, bu ishdan voz kechdi. Oxirida uning bu sof niyatliligi, shunday hayochanligining xosiyati uni butun olamga shoh qildi, adolati esa olamni panohiga oldi. Aysh, ey Navoiy, qancha dilkash bo'lsa ham, lekin adab bilan hayo undan yaxshiroqdur (Alisher Navoiy, 57).

Bu hikoyatlar ko'pdan-ko'p xalq ertaklaridagi "Bir bor ekan, bir yo'q ekan, qadim zamonda bir odil podsho bulur ekan..." deb boshlanuvchi an'anaviy syujet va obrazlarni eslatadi, g'oyaviy-badiiy xususiyatlari bilan fol'klor ildiziga bog'lanadi.

Shuningdek, adibning "Lison ut-tayr" dostonidagi hikoyatlar haqida ham shu fikrni aytish mumkin. Dostonda 63 hikoyat jamlangan bo'lib, bu hikoyatlarning ko'pchiligi xalq ijodi ta'sirida vujudga kelgan. Shu nuqtai nazardan qaraganda, "Lison ut-tayr"dagi "Majnun al-haq" hikoyasi xalq latifalari uslubida yaratilgani bilan ajralib turadi. Bu hikoyatda o'zini xudo yo'liga bag'ishlagan devonaning sarguzashtlari hazilnamo usulda hikoya qilinadi. Ushbu hikoyaga asos bo'lgan syujetning boshqacha varianti shu kunga qadar ham xalq latifasi sifatida yashab kelmoqda.

Ulug' adib hikoyatlarining xalq og'zaki ijodi bilan bog'liqligi haqida so'z borar ekan, bunda albatta, Luqmon obrazi bilan bog'liq bo'lgan hikoyat, masal, va hikmatlarning ildizlari juda qadim zamonlarga borib taqalishini unutib bo'lmaydi. Bu hikoyatlarda Luqmon eng murakkab mushkulotlarni ham o'tkir aqli va tadbiri bilan hal qiluvchi donishmand, so'zamol va hozirjavob qahramon sifatida talqin qilinadi.

"Tarixi anbiyo va hukamo"da Luqmon haqida bir necha hikoyat keltirilgan bo'lib ular hajman ixcham, mo''jaz, lekin ibratli ma'no olam-olam. Mana shulardan biri: "... Hojasi anga buyurdikim, qo'y o'lturib yaxshiroq uzvini pishurib keltur. Ul yurokini tila bila pishurib kelturdi. Yana bir qotla dedikim, qo'y o'lturib, yamonroq uzvini pishurib keltur! Hamul iki uzvdin kelturdi. Hoja nuktasin so'rdi yersa, dedikim ko'ngul noshoyista afoldin va til noboyista aqvoldin beri bo'lsa, alardin yaxshiroq

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

uzv yo'qtur, va agar bo'lmasa, alardin yamonroq uzv yo'qtur" (Alisher Navoiy, 231). Bu ibratli hikoya Sharqning juda ko'p allomalari asarlaridan o'rin olgan.

Navoiyning deyarli barcha asarlarida fol'klor yaqqol o'quvchi diqqatini tortadi. Uning "Farhod va Shirin" dostonida Farhod va ajdarning jangiga butun bir bob bag'ishlangan. Ertaklarda tasvirlanishicha, ajdar butun shahar, qishloq, hatto mamlakatni yutib yubormoqchi bo'ladi. Biroq xalq qahramoni kelib, yuhoni o'ldirib, xalqni bu ofatdan qutqaradi (M.I.Afzalov, 59). Farhod ham ana shunday qahramonlardan.

Xalq afsona va ertaklarida talqin qilinishicha ajdar xazinalar va boylik qo'riqchisi. "Farhod va Shirin"da ham u xazina qo'riqchisi. Ammo bu oddiy xazina bo'lmay, balki Faridundan qolgan afsonaviy xazinaning qo'riqchisi.

Alisher Navoiy ijodida ayrim diniy mifologik obraz va tushunchalarga ham keng o'rin berilgan. Bu ya'juj va ma'jujlar haqidagi aqsonalarga ham tegishlidir. Diniy, tarixiy va badiiy asarlarda ya'juj va ma'jujlar nomi bilan bog'liq juda ko'p afsona va rivoyatlar uchraydi. Ya'juj va ma'jujlarning odamxo'r qabilalar ekanligi dastlab "Tavrot"da aytilagan.

Mana shu vahshiy odamho'r qavm yiliga ikki marta Qirvon o'lkasini talon-taroj qilar ekan. O'lka xalqining iltimosiga ko'ra Iskandar ya'juj va ma'jujlarning yo'lini to'sib ikki tog' oralig'ida ulkan devor qurdiradi. Dostonda realistik tasvir va badiiy fantaziya ko'pincha bir-biri bilan uzviy bog'lanadi. Romantik tasvirdan realistik xulosa yasaladi. Shoir nazdida agar kishilar ahil-ittifoq bo'lishsa, har qanday ya'juj-ma'juj yo'lini - zulm va zulmat yo'llarini o'tib bo'lmas g'ov bilan to'sish mumkin.

Xulosa qilib aytganda, Navoiy hikoyatlarining shakllanib, kamol topishida folklorning beqiyos xissasi bo'lgan. Folklor asarlari va ulardagi turli-tuman motivlar hikoyachilikning tadriji va takomilida bemisl ahamiyat kasb etgan.

REFERENCES

1. Alisher Navoiy. "Tarixi muluki Ajam". "Fan" nashriyoti. - T., 2000 , 16 tom. -B. 242.

2. Alisher Navoiy. "Hayrat ul-abror" Nasriy bayon qiluvchi A.Hayitmetov. G'.G'ulom nashriyoti. T., 1974, -B. 57.

3. Alisher Navoiy. "Tarixi anbiyo va hukamo" "Fan" nashriyoti. - T.,1968, 15 tom. -B. 231.

4. Afzalov M.I. O'zbek xalq ertaklari haqida. -B. 59.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.