Научная статья на тему '“SADDI ISKANDARIY” DOSTONIDA ISKANDAR KIM EDI?'

“SADDI ISKANDARIY” DOSTONIDA ISKANDAR KIM EDI? Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
5042
140
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sharq mumtoz adabiyotida / Iskandar Zulqarnayn / Iskandar Rumiy / Iskandar Maqdon / Iskandar Maqduniy / Alisher Navoiy / “Saddi Iskandariy” / doston. / In oriental classical literature / Alexander the Great / Alexander Rumi / Alexander the Great / Alexander the Great / Alisher Navoi / Saddi Iskandarii / epos.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Umarova, Gulmalika

Sharq mumtoz adabiyotida an’anaviy obrazlar mavjud bo’lib, ular hikoya, afsona, doston va umuman ijod namunalarida takrorlanadi va barchaga ma’lum va mashhur bo’lib kelgan. Bunday obrazlardan biri Iskandar Zulqarnayn obrazidir. Iskandar Yaqin va O’rta sharq mamlakatlari adabiyoti va tarixiy kitoblarida Iskandar Zulqarnayn, Iskandar Rumiy, Iskandar Maqdon, Iskandar Maqduniy nomlari bilan atalib kelinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WHO WAS ISKANDAR IN THE EPOS "SADDI ISKANDARIY"?

In the classical literature of the East, there are traditional images that are repeated in stories, legends, epics and in examples of creation in general, which were known and popular among all. One such image is the image of Alexander the Great. Alexander is mentioned in the literature and history books of the Near and Middle East as Alexander the Great, Alexander the Great, Alexander the Great, and Alexander the Great.

Текст научной работы на тему «“SADDI ISKANDARIY” DOSTONIDA ISKANDAR KIM EDI?»

"SADDI ISKANDARIY" DOSTONIDA ISKANDAR KIM EDI?

Umarova Gulmalika

QarshiDU magistranti

ANNOTATSIYA

Sharq mumtoz adabiyotida an'anaviy obrazlar mavjud bo'lib, ular hikoya, afsona, doston va umuman ijod namunalarida takrorlanadi va barchaga ma 'lum va mashhur bo'lib kelgan. Bunday obrazlardan biri Iskandar Zulqarnayn obrazidir. Iskandar Yaqin va O'rta sharq mamlakatlari adabiyoti va tarixiy kitoblarida Iskandar Zulqarnayn, Iskandar Rumiy, Iskandar Maqdon, Iskandar Maqduniy nomlari bilan atalib kelinadi.

Kalit so'zlar: Sharq mumtoz adabiyotida, Iskandar Zulqarnayn, Iskandar Rumiy, Iskandar Maqdon, Iskandar Maqduniy, Alisher Navoiy,"Saddi Iskandariy", doston.

ABSTRACT

In the classical literature of the East, there are traditional images that are repeated in stories, legends, epics and in examples of creation in general, which were known and popular among all. One such image is the image of Alexander the Great. Alexander is mentioned in the literature and history books of the Near and Middle East as Alexander the Great, Alexander the Great, Alexander the Great, and Alexander the Great.

Keywords: In oriental classical literature, Alexander the Great, Alexander Rumi, Alexander the Great, Alexander the Great, Alisher Navoi, Saddi Iskandarii, epos.

АННОТАЦИЯ

В классической литературе Востока есть традиционные образы, которые повторяются в рассказах, легендах, эпосах и в образцах творчества в целом, которые были известны и популярны среди всех. Одно из таких изображений - изображение Александра Македонского. Александр упоминается в литературе и исторических книгах Ближнего и Среднего Востока как Александр Македонский, Александр Македонский, Александр Македонский и Александр Македонский.

Ключевые слова: В восточной классической литературе Александр Македонский, Александр Руми, Александр Македонский, Александр Македонский, Алишер Навои, Садди Искандарии, эпос.

KIRISH

O'zbek adabiyotida ham Iskandar obrazi alohida o'ringa ega. Bu obrazning adabiyotimizga kirib kelishida Alisher Navoiyning "Saddi Iskandariy" dostoni muhim ahamiyat kasb etadi. Navoiyning yozgan dostonidagi ba'zi bir kichik faktlar garchi xato bo'lsa-da, bora-bora tarixiy haqiqat sifatida qabul qilinishi ham bu dostonning naqadar yetukligini hamda ta'sir doirasi keng ekanligini ko'rsatadi. Hajman eng yirik va "Xamsa" dostonlarini umumlashtirib, xotimalab bergan bu dostonda Navoiy o'zidan oldingi salaflari va boshqa tarixiy asarlardagi Iskandar obrazini jamlaganini sezish mumkin. Hozirgi kunga qadar Iskandar obrazining kelib chiqishi haqida turli xil qarashlar mavjud. Dastavval, ushbu qarashlar haqida to'xtalib o'tamiz:

• Iskandar Zulqarnayn - bu Qur'oni Karimning "Qahf" surasida nomi keltirilgan payg'ambar;

• Iskandar Zulqarnayn - bu Makedoniyalik Aleksandr;

• Iskandar Zulqarnayn - bu Misrlik hukmdor;

• Iskandar Zulqarnayn - bu Doro II ning o'gli;

• Mushtarak qarashlar - ya'ni barchasi bir shaxs deb qaraluvchi umumiy fikrlar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ushbu turli qarashlar hamda turfa fikrlar olim va ulamolarning diniy yoki dunyoviy ilmga egaligiga ko'ra farq qiladi. Alisher Navoiy o'zining "Tarixi mulki Ajam" asarida "Iskandar nisbatida ixtilof ko'ptur"-deydi va so'zini davom ettirib qanday qarashlar mavjudligini sanaydi. "Ba'zi bir Dorob o'g'li debdurlar, andoqki Dorob zikrida o'tti. Va Banokatiyda va «Devonun-nasab» kitobidin mundoq naql qilibdurkim, Iskandar Xurmusi Rumiy o'g'lidurkim, Xurmus otasi Lafti binni Yunon binni Torax binni Yofas binni Nuhdur. Va aning umrini ming olti yuz yil debdurlar va Zulqarnaynkim, aning laqabidur, vajhi tasmiyasin mundoq debdurlarkim, ul zamonda ming yilni bir qari der ermishlar" Bundan tashqari yana Navoiy Banokatiy asarida Iskandarning otasi Iskandariya podshohi Bozur binin Albon, va onasi Afliyun binni Nuqo qizi ekanligini aytadi. Bozur hamda Afliyun degan hukmdorlar mulk talashib adovatda bo'lib, bu nizoni nikoh orqali yaxshilashga kelishib olishadi. Afliyun o'zining qizini Bozurga uzatadi, ammo Bozur keyinchalik Afliyunning qizini qaytarib yuboradi. Yo'lda Iskandar tug'ilib, uni quduq oldiga tashlab ketishadi. Uni echki emizib yuradi keyinchalik Bozur uni topib olib, saroyga olib ketadi. Iskandar va Bozur orasida kelishmovchilik paydo bo'lib, Iskandar qochib

ketadi. Afliyunning yurtiga borib onasi bilan tasodifan tanishadi. Afliyun yurtiga

329

Scientific Journal Impact Factor

podsho bo'ladi, otasining yurtini ham bosib olib, so'ng Doroga yurish qiladi. Ko'ryapmizki, Navoiyning o'zi ham bu haqida uch xil fikr bildirib o'tgan. Lekin o'zining "Tarixi anbiyo va hukamo" kitobida faqat bitta fikrni ilgari surgan -"Yofasni payg'ambari mursal debdurlar. Va ani yeti o'g'li bor erdi: Buka, Xizr, Suqlob, Rus, Bik, Chin, Kamo. Ba'zi sekiz o'g'ul debdurlar va sekizinchi Torax debdurlar. Va Iskandar Zulqarnayn Yofasning to'rtinchi o'g'lidur Rus naslidin". Demak, bunda u Iskandarni payg'ambarlarga olib borib taqagan. Bu ham bejizga emas, albatta. Chunki Qur'oni Karimning "Qahf" surasi 83-98-oyatlar aynan Iskandar Zulqarnayn haqidadir. Ba'zi islom tadqiqotchilari, masalan, Ibn al-Asir Qur'oni Karimda zikr qilingan Zulqarnaynni makedoniyalik Aleksandrning o'zi deb talqin qilishadi. Hindistonlik olim Abulkalom Ozodning fikri bo'yicha, Zulqarnayn deb, Qur'onda Ahamoniylar davlati asoschisi Kir nazarda tutilgan. Lekin bu fikr haqiqatdan ancha yiroq. Ibn Jarir Tabariyning «Jome' ul-bayon» tafsirida keltirilishicha, Zulqarnayn Misr ahlidan chiqqan bo'lib, uning ismi Marzubo ibn Marduba al-Yunoniy - Yunon ibn Yofas ibn Nuh avlodidan edi. Mashhur mufassir va tarixchi olim o'z tafsirida: - "Zulqarnayn Ibrohim alayhissalom bilan baytullohni tavof qilgan, unga birinchi iymon keltirgan, ammo rumlik Iskandar ibn Filibis al-Makduniy al-Yunoniy umuman boshqa uning ustozi taniqli olim Aristoteldir, vallohu alam" deya yozib qoldirgan. Tarixiy faktlarni qiyoslaydigan bo'lsak, Aleksandr miloddan avvalgi 356-yil tug'iladi. Yani Iso alayhissalom tug'ilish davrlariga yaqin. Quroni Karimning "Kahf" surasida nomi zikr etilgan Zulqarnayn Ibrohim alayhissalom zamonida yashagan. Demak ular orasida tafovut 2700 yildan ziyod. Bu haqida Al-Beruniy ham o'z asarida yozib qoldirgan. Tarixiy manbalarda Aleksandr bosqinchi sifatida tasvirlansa, Qur'oni Karimdagi Zulqarnayn esa mo'min Allohga ishonuvchi shaxsdir. Tarixda Zulqarnayn nomi bilann ataluvchi yana bir necha shaxslar bor. Jumladan, Suriya amiri Al-Munzir ham shunday nomga ega. Ularga bunday nom berilishiga sabab ular ham (ya'ni Makedoniyalik Aleksandr, Al-Munzir) jang-u jadallar olib borib, dunyoning burchaklarigacha hujum qilishgan. "Kahf" surasida Zulqarnayn ham jahongir sifatida tariflangan: "83. (Ey, Muhammad,) yana Sizdan Zul-qarnayn haqida so'raydilar. Ayting: "Men sizlarga u haqdagi xabarni hozir o'qib berurman". 84. Darhaqiqat, Biz unga (Zul-qarnaynga) Yerda martaba berdik va (istagan) barcha narsasiga yo'l (imkoniyat) ato etdik. 85. Bas, u (avval G'arbga qarab) yo'l oldi. 86. To (ketayotib) kun botadigan joyga yetgach, u (quyoshning) bir loyqa buloq (orti) ga botayotganini ko'rdi va (buloq) ning oldida bir qavmni uchratdi... 89. So'ngra, u (Sharqqa qarab) yo'l oldi. 90. To (ketayotib) kun chiqishga yetib borgach, uning (quyoshning) bir qavm uzra chiqayotganini ko'rdi. Biz u qavm uchun

Scientific Journal Impact Factor

quyoshdan (saqlanadigan) biror parda qilmagan edik" Aytishlaricha, butun yer yuziga yakka hukmronlik faqat to'rt kishiga muyassar bo'lgan. Bulardan ikkitasi Sulaymon (a.s) payg'ambar va Iskandar bo'lib, ikkitasi zolim va xudosiz Namrud hamda Buxtunnasrdirlar. Ushbu fikrlarni qiyoslar ekanmiz, Aleksandr va Iskandarning jihatlarining o'xshashligini ko'ramiz. Shunday o'xshashliklarni yana keltirish mumkinki, Zulqarnayn Allohga da'vat etgan va bo'ysunishni istamagan yajuj-majujlarni bir tog' orasiga qamagan. Aleksandr ham devor qurdirgan lekin u ya'juj-ma'juj uchun emas Orta Osiyo va Kavkazda ko'chmanchi qabilalar hujumini bartaraf etish uchun. Ko'ryapmizki, manbalar, qarashlar, fikrlar juda ko'p chigallikka ega. Samarqand davlat universiteti o'qituvchisi Davlatov Olimning "Alisher Navoiy she'riyatida Qur'on oyatlari va hadislarning badiiy talqini" mavzusidagi Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasi uchun tayyorlangan dissertatsiyada Navoiy va Farruxiy Sistoniyning diniy qarashlarini solishtirarkan quyidagi fikrni keltirib o'tadi. "Har qanday dindor ham diyonatli bo'lavermaganidek, har qanday badiiy asar ham adabiyotning asl mezoniga javob bera olmaydi. Xuddi shunday, Qur'on oyatlari va hadislar matnini adabiy yo'sinda ifodalash ham turli maqsad va g'arazlar bilan amalga oshirgan. Misol uchun, XI asrda yashab ijod qilgan Farruxiy Sistoniyning islomiy dalillarni qo'llashda tutgan yo'li bilan Alisher Navoiyning islomiy manbalarga bo'lgan munosabatini yagona mezon bilan o'lchab bo'lmaydi. Farruxiy Sulton Mahmud G'aznaviyga bag'ishlagan bir qasidasida shunday bir fikr bayon etadi: "Kahf" ' surasida uning haqida oyatlar nozil bo'lgan Iskandar Zulqarnaynning Mahmud G'aznaviydan tafovuti - oxirzamon payg'ambaridan avval yashab o'tganidir, xolos. Agar, deydi Farruxiy, islom payg'ambaridan keyin vahiy eshiklari yopilmaganida, Qur'onning kamida uchdan bir qismi Mahmudi G'oziyning qahramonliklari haqida bo'lardi" - degan fikrni keltiradi" Bunday shirkona so'zlar saroy shoirlariga xos, albatta. Saroy shoirlariyu mulozimlarning hukmdorga yoqish uchun turli xil afsonalar to'qishi har bir zamon uchun odatiy holdir va bundan Makedoniyalik Aleksandr ham mustasno emas. Jumladan, Natan Mallayev Yunon tarixchisi Arrianning ma'lumotlariga tayanib, shunday fikrni keltiradi: "Aleksandr Makedonskiy askarlarning ma'lum qismini vataniga qaytarib, yuborayotganida, ularga: Boringiz, forslar va midiyonlarni, baqtriyaliklar va saklarni yenggan, Kasbiy dengiziga qadar yashovchi parfiyonlarni, xorazmiylarni va girkanlarni bo'ysundirgan... shohingiz haqida hikoya qilingiz -degan ekan. Biroq hikoyachilar tarixiy faktlardan ko'ra fantaziyaga, uydirmaga ko'proq berilib ketib, turli afsona va rivoyatlardan to'qiganlar" Shu manbaga tayanib ish ko'radigan bo'lsak, Makedoniyalik Aleksandr haqidagi voqealar bo'lgan

Scientific Journal Impact Factor

voqeadan ko'ra, afsonalarga yaqinligi oydinlashib qoladi. Bu ma'lumot bizga mavzuni yortishimizda ancha yordam beradi. Lekin voqealar tizmasining bir-biriga uyqashib ketganligi sababini ochib berish uchun juda oz.

Adabiyotshunoslar Aleksandrning saroy vrachi va saroy tarixchisi Kallisfen o'z hukmdori haqidagi yozgan romani juda ko'plab, xatoliklarning yuzaga chiqishiga sabab bo'lgan deya uqtirishadi. U roman Kallisfenga tegishli emasligi vaqt o'tib aniqlangach, "Soxta Kallisfen" ("Psevdo Kallisfen") nomi bilan mashhur bo'ldi. Unda aytilishicha, Aleksandr Flippning farzandi emas, Misrdan qochib kelgan kohinning farzandi. U kohin Flippning xotini Olimpiyani sehrlab, o'ziga moyil qilib qo'yadi va Olimpiya o'g'illi bo'ladi. U Aleksandr edi. Bu asar asrlar davomida turli tillarga tarjima qilingan, tarjima chog'ida turli qo'shimchalar kiritib borilgan. Aleksandr Forslarni yenggach taxtga chiqishi uchun Eron yuqori tabaqa vakillari ayyorlik ishlatishgan. Ya'ni Forslar davlati taxtiga Eron shahanshohlari nasabidan bo'lgan insongina chiqishi mumkin, bi ilohiy qudrat amridir degan g'oya xalq miyasiga singdirilgan edi. Aleksandr esa umuman begona inson, Doro o'rnini Aleksandr egallashi uchun uni Doro II ning o'g'li deb e'lon qilishadi. Buni isbotlash uchun "Soxta Kallisfen" da keltirilgan uning otasi Misrlik kohin ekani ma'lumotini keltirishadi. Bu voqealar esa "Xudoynamak" da o'z aksini topadi va Aleksandrni goh Misrlik, goho Doroning o'g'li deya atash an'anasi paydo bo'ladi hamda har yoqqa yoyiladi. Navoiyning "Tarixi Mulki Ajam" asarida va yana boshqa adabiyotlarda keltirilgan ma'lumotlar - Doroning o'g'li, Misrlik Bozurning o'g'li ekanligi kabilar shu o'rinda afsona va yolg'on ekanligi o'z isbotini topdi. Bizda faqat mavhum va chigalligicha qolayotgan narsa "Qur'on" dagi Iskandar va Aleksandrning bir yoki boshqa insonligi haqida yanada chuqurroq fikrlashdir. Nosiruddin Rabg'uziyning "Qisas ul anbiyo" asarida Iskandar haqida ko'plab voqealar keltirilgan - urush-yurishlari, sad barpo etishi, obi hayot izlab zulmatga kirishi va boshqalar. Bu voqealarning ba'zilarini yuqorida Aleksandr bilan qiyoslab o'tdik. Rivoyatlarda Xizrning aynan Iskandar bilan "hayot suvi"ni qidirishga boradi. Ular ko'p rivoyatlarda yonma-yon tasvirlangan. Xizr bilan Iskandar haqidagi oyatlar "Kahf ' surasida ketma-ket keltirilgan. Iskandar ham Xizr kabi ismi Qur'onda zikr etilmagan. "Olamning bahru barin olib, hayvon suyi tamannosi bila zulumotqa kirdi. Aning bila kirgan mulozimlardin biri Xizr, biri Ilyos alayhumus-salom erdilar. Ul suv alarg'a nasib bo'lub, Skandar mahrum yondi va ba'zi Shahrizurda va ba'zi Bobilda derlarkim, vafot topti va Iskandariyaga naql qildilar" - deya yozgan edi Navoiy. "Saddi Iskandariy" da ham Xizr va Ilyos nomlari uchraydi. Ya'na bu dostonning boshlanish qismida boshqalariga qaraganda, hamd va na't qismlari kengroq

Scientific Journal Impact Factor

berilganligini Iskandarning payg'ambar ekaniga ishora yuqoriroq ekaniga guvoh bo'lamiz. Iskandar haqida afsona, rivoyat, hikoyalarning aksariyatida hakimlar obrazi hamrohlik qiladi. Lekin Qur'oni Karimda ularning hech qaysi biri nomi qayd etilmagan. Yana biz yuqorida qayd etgan tarixiy faktlarda davrlar bo'yicha katta tafovut borligini ko'rdik, shu jihatdan ham Iskandar va Aleksandr orasida farq mavjud. Aleksandr hayoti bo'yicha yolg'onlar ko'payib borgach, payg'ambarlik omili ham qo'shilib qolganligi ehtimoldan holi emas. Xalq og'zaki ijodida har sakkiz yuz yilda tug'iladigan Sohibqiron inson haqida rivoyat mavjud. Ular Aleksandr Mekedonskiy, Muhammad (sallalohu alayhi vassalam), Amir Temur. Ammo ushbu rivoyatda ham bu insonlarning sohibqiron ekanligi aytilgan, payg'ambarligi emas. Shundan kelib chiqsak, Aleksandr va Qur'oni Karimdagi Zulqarnayn alohida insonlar bo'lib, tarixiy faktlar va adabiyotning aralashuvidan kelib chiqqan noto'g'ri ma'lumot deya qabul qila olamiz. Alisher Navoiy esa mavjud barcha detallardan foydalangan holda o'zining orzusida mukammal shoh obrazini yaratishga harakat qilgan. Masalan, "Obi hayot" ni qidirib chiqqan Iskandarning hamrohlari Xir va Ilyos suvni topib ichgach, abadiy hayotga erishishadi, Iskandar esa bunday baxtdan mosuvo bo'ladi. Shundan so'ng Xizr quruqlikda, Ilyos esa suvliklarda insonlarga homiylik qilishi aytilgan. Bu afsonadan xabardor Navoiy Iskandarni qisqa umr ko'rgan bo'lsa-da, avval quruqlikni keyin suv ostiyu ustini egallab, ulardan ham komil inson ekanligini, obi hayotni ichmay ham bunday ishni qilish mumkinligini uqtirganday go'yo.

Demak, "Saddi Iskandariy" dostonidagi Iskandar obrazi barcha rivoyat, afsona, tarixiy voqealar va Navoiyning hayolot olamiga tegishli bo'lgan umumiy obraz, yani adolatpesha, mukammal shoh obrazidir.

REFERENCES

1. Navoiy Alisher. Mukammal asarlar to'plami. 20 tomlik. 11-tom. Saddi Iskandariy. - T.: Fan, 1993.

2. Alisher Navoiy. "Tarixi mulki Ajam" Elektron variant.

3. Alisher navoiy. "Tarixi anbiyo va hukamo". Elektron variant.

4. Rabg'uziy Nosiruddin Burhlnuddin. Qisasi Rabg'uziy. Ikkinchi kitob. - T.: Yozuvchi, 1991.

5. Qur'oni karim. O'zbekcha izohli tarjima / Tarjima va izohlar muallifi Alouddin Mansur. - T.: Cho'lpon, 1992

XULOSA

6. Davlatov Olim "Alisher Navoiy she'riyatida Qur'on oyatlari va hadislarning badiiy talqini" mavzusidagi Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasi uchun tayyorlangan dissertatsiya.2019

7. Natan Mallayev. O'zbek adabiyoti tarixi.-T.:O'qituvchi, 1965.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.