Научная статья на тему 'HAYDAR XORAZMIYNING “GULSHAN UL-ASROR” DOSTONIDAGI DIDAKTIK RUHDAGI HIKOYATLAR VA ULARNING ADABIYOTIMIZDA TUTGAN OʻRNI'

HAYDAR XORAZMIYNING “GULSHAN UL-ASROR” DOSTONIDAGI DIDAKTIK RUHDAGI HIKOYATLAR VA ULARNING ADABIYOTIMIZDA TUTGAN OʻRNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
6347
495
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Gulshan ul-asror” dostoni / hikoyat / mavʼiza / didaktik gʻoya / sheʼriy hikoyat / tasavvufiy adabiyot. / epic “Gulshan ulasror” / storu / sermon / didactic idea / poetic story mystical literature.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Umidaxon Jumanazarova, Rayxon Baxritdinovna Rasulova

Maqolada Haydar Xorazmiyning “Gulshan ul-asror” asari va undagi didaktik ruhdagi hikoyatlar tahlili bayon etilgan. Keltirilgan hikoyatlardagi asosiy gʻoyalar ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STORIES IN THE DIDACTIC SPIRIT OFHAYDAR KHOREZMI’S EPIK “GULSHAN ULASROR” AND THER PLACE IN OUR LITERATURE GENERAL PRINCIPLES OF LANGUAGE BODY CREATION

The article discusses the work of Haydar Khorezmi “Gulshan ul-asror” and the analysis of stories in the didactic spirit. The main ideas in the narrated storiesare revealed.

Текст научной работы на тему «HAYDAR XORAZMIYNING “GULSHAN UL-ASROR” DOSTONIDAGI DIDAKTIK RUHDAGI HIKOYATLAR VA ULARNING ADABIYOTIMIZDA TUTGAN OʻRNI»

HAYDAR XORAZMIYNING "GULSHAN UL-ASROR" DOSTONIDAGI DIDAKTIK RUHDAGI HIKOYATLAR VA ULARNING ADABIYOTIMIZDA

TUTGAN O'RNI

Umidaxon Jumanazarova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar: Rayxon Baxritdinovna Rasulova

Maqolada Haydar Xorazmiyning "Gulshan ul-asror" asari va undagi didaktik ruhdagi hikoyatlar tahlili bayon etilgan. Keltirilgan hikoyatlardagi asosiy g'oyalar ochib berilgan.

Kalit so'zlar: "Gulshan ul-asror" dostoni, hikoyat, mav'iza, didaktik g'oya, she'riy hikoyat, tasavvufiy adabiyot.

STORIES IN THE DIDACTIC SPIRIT OFHAYDAR KHOREZMI'S EPIK "GULSHAN UL- ASROR" AND THER PLACE IN OUR LITERATURE GENERAL PRINCIPLES OF LANGUAGE BODY CREATION

The article discusses the work of Haydar Khorezmi "Gulshan ul-asror" and the analysis of stories in the didactic spirit. The main ideas in the narrated storiesare revealed.

Key words: epic "Gulshan ul- asror", storu, sermon, didactic idea,poetic story mystical literature.

Haydar Xorazmiy (XIV asrning oxiri — Xorazm — XV asrning 1-yarmi) — shoir. O'zbek mumtoz adabiyoti namoyandalaridan biri. Hayoti va ijodi haqida ma'lumot Davlatshoh Samarqandiyning "Tazkirat ush-shuaro", Alisher Navoiyning "Majolis un-nafois", "Muhokamat ul-lug'atayn" asarlari hamda o'zining "Mahzan ul-asror" dostonida berilgan. Haydar Xorazmiy asosan Xorazmda yashagan va og'ir hayot kechirgan. Birmuncha vaqt Hirotda temuriylardan Umar-shayxning o'g'li Sulton Iskandar (XV asr) saroyida yashagan. Turkiy va forsiyda she'rlar yozgan, devon tuzgan. Nizomiy Ganjaviyning "Mahzan ul-asror" asariga "Gulshan ul-asror" nomi bilan turkiy tilda javob yozib, Sulton Iskandarga bag'ishlagan. Asar syujeti va g'oyaviy yo'nalishi jihatidan ham Nizomiy dostoniga yaqin. Asar Nizomiynikidan farq qilib, avval hikoya,

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

so'ng shu hikoyadan kelib chiqadigan xulosa va fikrlarni umumlashtiruvchi bob bilan ta'minlangan.

ASOSIY QISM

Asar syujeti va g'oyaviy yo'nalishi jihatidan ham Nizomiy dostoniga yaqin. Asar Nizomiynikidan farq qilib, avval hikoya, so'ng shu hikoyadan kelib chiqadigan xulosa va fikrlarni umumlashtiruvchi bob bilan ta'minlangan. Haydar Xorazmiy bu asari bilan o'zbek adabiyotida she'riy hikoyani rivojlantirgan. Ko'pchilik hikoyalarida olijanob insoniy fazilatlar targ'ib qilingan, mehnat va mehnat ahli ulug'langan. Dostonda markazlashgan davlat va odil hukmdor g'oyasi ilgari surilgan; axloq-odob, mehnatsevarlik, saxiylik, rostgo'ylik targ'ib etilgan. "Gulshan ul-asror" turkiy tildagi axloqiy-falsafiy dostonchilikning yirik namunasi bo'lib, turkiy tilning boyligi, qudrati va ko'rkini namoyish qildi hamda o'zbek-ozarbayjon adabiy aloqalari rivojiga munosib hissa bo'lib qo'shildi. Asar taxminan 1409-1414-yillar oralig'ida yozilgan. Haydar Xorazmiy bu dostoni bilan o'zbek adabiyotida hikoyat janri taraqqiyotiga katta ulush qo'shdi. Jumladan, Rabg'uziyning "Qisasi Rabg'uziy", Sayfi Saroyining "Gulistoni bit-turkiy" asarlaridagi she'riy va nasriy hikoyat janrini Xorazmiyning hikoyatlari mavzu va g'oya jihatidan boyitdi. Zotan, Xorazmiy hikoyatlarining hammasi, xuddi Nizomiy hikoyatlari kabi, didaktik mazmundadir. U hikoyatlardagi didaktik mazmunni yanada takomillashtirdi. Didaktik janrni o'z davrining ijtimoiy hayoti bilan bog'ladi. Shunisi diqqatga sazovorki, Xorazmiy har bir hikoyatga mustaqil,takrorlanmas asar sifatida g'oya yuklaydi. Xorazmiy o'z asarida Nizomiy Ganjaviyni hurmat bilan tilga oladi, unga so'z ganjining podshohi sifatida yuksak ta'rif beradi. Haydar Xorazmiyning "Maxzan ul-asror' dostoni tuzilishi hamda janr xususiyatlariga ko'ra, Nizomiy Ganjaviy masnaviysiga juda yaqin turadi. Har ikkala doston ham falsafiy-ta'limiy mohiyat kasb etadi. Haydar Xorazmiyning dostoni Nizomiy Ganjaviy dostoniga nisbatan hajman ancha kichik. Haydar Xorazmiyning dostoni 639 baytdan iborat bo'lib, 23 bobdan tarkib topgan. Asarning dastlabki 7 fasli an'anaviy muqaddimaviy boblardir. Mazkur boblar Alloh hamdi, payg'ambar na'ti, xalifalar ta'rifi, Sulton Iskandar madhi, musannifning vasfil-holi kabi masalalarga bag'ishlangan. Dostonning asosiy qismi 16 bobni o'z ichiga oladi. Ularda mav'iza (o'git- nasihat), maqolat va hikoyatlar mavjud. Haydar Xorazmiy Nizomiy Ganjaviydan farqli o'laroq, dostonda avval hikoyat, undan so'ng shu hikoyatdan kelib chiqadigan xulosa va fikrlarni umumlashtiruvchi bob (maqolat) keltiradi. Maqolatlar va hikoyatlaming mavzu doirasi ancha keng bo'lib, ularning ba'zilari Nizomiy Ganjaviy maqolat va hikoyatlariga ancha yaqin tursa, ba'zilari tamomila yangidir. Shoir Nizomiy Ganjaviy dostonidan ilhom olgani, undan adabiy ta'sirlanganini quyidagicha e 'tirof etadi:

Menki pishurdim bu laziz oshni, Shayx Nizomiydin olib choshni. Shayx Nizomiy damidin jon topib, Ma'nisidin yarliq-u bullion topib

Asarning qo'lyozma nusxalari London, Parij, Vena, Qozon kutubxonalarida, fotonusxalari O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Haydar Xorazmiy o'zbek mumtoz adabiyotida she'riy hikoya yaratish an'anasining ravnaq topishida katta hissa qo'shdi. "Maxzanul-asror" dostonidagi hikoyalar axloqiy-ta'limiy mohiyat kasb etadi. Muallif ularda biror kichik hayotiy voqeani hikoya qilish orqali kitobxonga pand-nasihat qiladi, ularga o'git beradi, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-ta'limiy masalalarga doir zamonasi uchun peshqadam xulosalarini ilgari suradi. 43 baytdan tarkib topgan "Bo'z tuquvchi kampir va bazzoz hikoyati" asarda alohida ahamiyatga ega. "Mav'iza" (o'git,nasihat) bobida xalq hikmatlari, maqollaridan, hayotiy detallardan foydalangan holda o'quvchiga hayotda to'g'ri bo'lish, to'g'ri va halol yashash, Tangri bcrganiga rozi bo'lish, boylarga hasad qilmaslik, boshqalarga yomonlikni ravo ko'rmaslik, birning ustiga o'nni qo'yib sotmaslik va boshqa bir qator misollarni keltiradi. Bu mav'iza orqali Xorazmiy "Bo'z to'quvchi kampir va bazzoz hikoyati"ga zamin yasaydi, hikoyaning asosiy g'oyasiga, aytmoqchi bo'lgan voqeaga ishora qiladi. Hikoyatning mazmuni quyidagicha: Kufa shahrida ilohiy ilmlami egallagan bir shayx bozorga bordi. U yurib borib, bir bazzozning do'koni qarshisida o'tirdi. Bazzozning do'koni asl mollar bilan to'la ekanini ko'rdi. Bazzozning butun umri savdo bilan o'tgan edi. Shu payt bazzozning oldiga bir qari, arang nafas olayotgan, so'zlashga ham madori yo'q, ko'zlarida hayot uchquni so'ngan kampir oyog'ini sudrab kelib qoldi. Kampir qo'ynidan bir parcha bo'zni chiqarib bazzozga uzatarkan: "Manovini olgin-u bahosini aytgin", dedi. Bazzoz bo'zni qo'liga olib, kampirga bir talay yolg'onni so'zlay ketdi: "Bo'zingizning momig'i past, iplari ham dag'al ekan. To'n qilishga ham yaramaydi, yuvsa ishdan chiqadi. Bu matongizdan ko'ylak ham tikib bo'lmaydi, tuzukroq narxga arzimaydi" Shundan keyin kampir do'kondor bazzozga dardini to'kib soldi: "Ey sohib karam xojam, boshing omon bo'lsin, bu dunyoda aslo g'am ko'rmagin. Men bir bechora tul ayolman, ojiz, bechoraman. Jonimni jabborga berib, ikki hafta shu bo'zni to'qidim. Bir nechta farzandim yo'limga termulib o'tiribdilar. Mayli, nima desang deyaver, Xudoga soldim. Qancha baholasang, bo'pti, pulini bergin" Bazzoz o'lchagich gazini olib, matoning bo'yi-enidan ham urib qoldi va kampirga bir-ikki dirham berdi. Kampir oyog'ini arang sudrab bosganicha, uyiga yo'l oldi. Shu payt bo'z sotib olgani bir odam kelib, do'kondorga dedi: "Ey xojam, menga shunday bo'z kerakki, bu dunyoda undan yaxshisi bo'lmasin. Mayin, tekis to'qilgan bo'lsin, ipida aslo nuqsoni boimasin". Do'kondor bazzoz qaysi bo'zni ko'rsatsa, xaridor aybini topaverdi. Shunda do'kondor: "Shoshmay

turing, hozir sizga shunday bo'z berayinki, ilgari bunaqasini ko'rmagansiz. Momig'i pillaning tolasidan ham mayin, iplari nihoyatda nozik" Xaridor bo'zni ko'rgandan keyin, lol bo'lib qoldi va bahosini so'radi. Bazzoz bo'zni ancha qimmat bahoga sotib olib, o'z yo'liga ketdi. Shunda Haq yo'lini tutgan pir bazzozning oldiga kelib dedi: "Ey birodar, ijozat bersang, do'koningga kiray. Agar menga o'xshaganini istasang, yer yuzini qidirib topolmaysan. Mening a'molim zohiriy va botiniy ilmlardir, o 'zim bir mo'minman. Bu olamni qancha kezdim, ammo sen singari komil avliyoni ko'rmagan edim. O'sha bo'z matoning momig'i, seningcha, ravshan emas, ipi nursiz, mato xuddi bo'yraga o'xshaydi. Sen bo'z matoga bir nazar solding-u eng nafis matodan ham a'lo bo'z ekanini bilgan eding. Bo'zning momig'i bilan ipi bir xilda nafis, mayin, bir tekisda to'qilgan edi". Pirning bu gaplaridan bazzoz qattiq xijolat bo'ldi, muammoni bir yoqli qilishga jazm etdi va bu qilig'ini tark etdi. Bu hikoyatdan keyingi mav'iza har qanday odamzodni insofga chorlaydi. Xorazmiy Haq yo'liga kirgan pirning bazzozga bergan nisihatini davom ettirib, xoja singari ortig'ini istagan odamning puli tezlik bilan qo'lidan chiqib ketadi, savdoda foydani ziyon bilan baravar tutgin va yordamga muhtoj, bechoralarga yordamingni ayama, deya nasihat qiladi. Ayniqsa, quyidagi baytlari mazkur mav'izaning eng diqqatga sazovor baytlaridir: Xayr etagina uzun tut qo'lung, Mo'ru malaxdin ayama sarquting.

Hikoyatdagi darvesh chol haq yo'lida, komillik yo'lida umrini bag'ishlagan so'fiylar timsolidir. Yuqoridagi hikoyatda qalloblik va ta'magirlik qoralanadi.Birovning haqini yeyish yaxshilikka olib kelmasligi uqtiriladi. Bu hikoyatda Haqparast darveshning adolatli va kinoya bilan yo'g'rilgan so'zlari bazzozni qattiq uyaltiradi va uning butun mol-mulkidan voz kechib, haq yo'liga kirishiga sababchi bo'ladi. Shoir bazzozning qilgan nojo'ya sa'y-u harakatlarini darvesh tilidan kinoyaomuz hajv ostiga oladi. Ammo bu tanqid keskin emas. Balki sokin holatda, donishmand, komillik yo'lini ixtiyor qilgan darvesh chol tilidan ifoda etilganki, bu ham hikoyatning badiiy pishiq, g'oyaviy ta'sirchan va irfoniy axloq talablariga muvofiq chiqishini ta'min etgan. Hikoyatning, shubhasiz, tasavvuf ta'limoti ta'sirida yozilganligi undagi atamalar va majoziylikdan ochiq ko'rinib turibdi. Shoir dostondagi "Hotami Toyi" hikoyatida ham saxovatni ulug'laydi. Shuningdek, mav'izadagi baytlarda insonni komillikka erishuvi uchun eng xavfli dushmani bo'lgan nafs bilan doimo murosasiz bo'lishga chorlashi ahamiyatlidir: Yarim oyoq oshki, toparsen nasib, Yarimini berki, yesun bir g'arib.

Ya'nikim, bu baytda saxiylik ulug'lanib biror narsa topsang, yarmini g'aribga ham ulash shundagina nafsingni yenggan bo'lasan va komillikka erishasan deyilmoqda.

Bunday fikrlarni Alisher Naviyning "Mahbub ul-qulub" asarida ham uchratishimiz mumkin.

"Hotam Toy hikoyati" yuqoridagi hikoyatning aksi bo'lib, saxiylikni ulug'laydi, saxiylik orqali yaxshi nom qoldirish mumkinligini ko'rsatadi.

Hikoyatda aytilishicha, arab mamlakatidan kelayotgan karvon, yo'lda oziq-ovqatdan qiynalib qolmaylik, deb o'ylab, Hotam Toy xonadoniga tushdilar. Karvon orasida bir tentak odam ham bor edi. U: "Ey Hotam, noming karaming tufayli olamga mashhur bo'ldi, biz ham bugun senga mehmonmiz",- dedi. U gapini tugatmagan ham ediki, karvonning semiz tuyalaridan biri xastalanib qoldi. Odamlar haligi tentakka, sen mehmonsan, tilingni tiysang, yaxshi bo'lardi, deb tanbeh berdilar. Xullas, Hotam tuyani so'yib, karvonni mehmon qildi. Erta tongda karvon yana yo'lga otlandi. Shu payt uzoqdan ot choptirib kelayotgan odamlar ko'rindi, ular bir tuyani ham olib kelayotgan edilar. Bu tuya kechagi tuyaning aynan o'zi edi. Karvon bu ahvolni ko'rib, otliqlardan so'radilar. Otliqlar shunday javob berdilar: "Kechasi Hotam tushimizga kiribdi, ko'zlari yoshlangan. U bizga aytdiki, bugun mehmonlar kelgan edi, men ulardan bir tuya qarz olib so'yib, ularni mehmon qildim dedi va tuyaning belgilarini so'zladi. Hotam bizga, tezroq bo'linglar, karvon tong otishi bilan ketadi, aynan ularning tuyasiga o'xshaganini olib kelib, karvonga yetkazinglar, deya bizni shoshirdi. Kechagi so'yib yegan tuyasidan ularga og'irlik kelmasin, menga esa halol bo'lsin, dedi".

Hikoyat qisqa bo'lsa-da, bitta detal - Hotam Toyning saxovatpeshaligidan bir qirrasini hikoya qilish orqali katta ma'noni chiqargan. Hikoyatdan keyin keltirgan birinchi ma'vizada insonni dirham emas, saxovat va karam boy qilishi, odamning dushmani nafsi ekani, odamni tomoq tashvishi xor qilishi, ortiqcha yegan odam qusishi bir qator axloqiy-ta'limiy masalalarni yoritadi. Jumladan, mav'izada quyidagi baytni uchratish mumkin:

Boy dagulsen diraming bor esa, Faqr g'aniydir karami bor ersa

Ya'ni, sen faqat mol-davlating bor bo'lsa boy deb o'ylaysan, lekin saxovating va karaming bo'lmasa bari bekor. Bunday boydan karamli va saxovatli faqir ustundir ya'ni boydir deb aytadi. Hikoyatda aytilmagan, ammo inson tabiatida mavjud ko'z ochligi bilan Xotamning saxiyligi bir-biriga zid qo'yilgan.

Ikkinchi ma'vizada Xorazmiy falsafiy masalalarni ilgari suradi. Mol-u davlat yig'ishga hamma talabgor, ammo boylikni sarf qilish ular uchun xuddiki o'limdan ham og'ir; bu dunyoda ko'p kulib, vaqtini bekor o'tkazgan odam oxirida yuz ming marta yig'laydi; boylikni ortidan quvib, mol-dunyoga ruju qo'yish yaxshilik bilan yakunlanmaydi. Insonda nafs ustunlik qilar ekan undagi insoniylik sekin asta yo'qolib boradi. Shu singari bir-biriga bog'liq, biri ikkinchisini yetaklab keladigan illatlar Xorazmiyning falsafiy qarashlari shakllanishiga asos bo'igan. Inson o'zini nazorat qila olgandagina,

o'zini o 'zi mol-mulkka ruhan tobelikdan ozod qiladi. "Maxzan ul-asror"da Mahmud G'aznaviy haqida ham hikoyat bor. Xorazmiy bu hikoyatda shoh Mahmuddan ko'ra miskin pir ma'naviy jihatdan ancha boy va yuksak ekanini ko'rsatgan. Mahmud G'aznaviy a'yonlari bilan qish kunida ovga chiqdi. Ular bir xaroba kulba qarshisidan chiqib qoldilar. Mahmud G'aznaviy xarobaga kirib, sochlari to'zib ketgan, nihoyatda badbashara bir pirni ko'rdi. U Mahmudga e'tibor bermadi, "kel,o'tir" yoki "kef ' deb aytmadi. Pir ibodatini tugatgandan keyin, Mahmuddan: "Oting kim? Nima uchun bu yerga kelding? Bu yerga hech kim kelmas edi", deb so'radi. Mahmud o'zini tanishtirdi. U pirga, bunday sovuq kunda bu yerda yashashingiz umringizga zomin bo'ladi, sizga shahardan biron go'sha topib berayin, deb aytdi. Shunda pir: Bilki, bu yo'l ustida o'tguchimiz, Ayla kelduk, yana ketguchibiz.

deya javob berib, shohga ta'nalar qildi: "Yaratgan meni hech narsaga muhtoj qilmadi. Sen esa muhtojlikda yashaysan, men faqr-u fano davlatida boyman, agar sendan biron narsa ta'ma qilsam, sendan battar bo'laman, undan ko'ra, rizq ilinjida darbadar kezganim yaxshi. Qani aytchi, mabodo ajal kelib qolsa, davlatingni qaytara olasanmi yoki ajalnimi?" Shoh pirning bu gapidan qattiq xafa bo'lib, unga, agar sening boshingga ajal kelib qolsa-chi, sen nima qilasan, deb savol berganda: Pir tabassum qilibon urdi jo'sh, To'tisi uchtiyu qafas qoldi bo'sh. Bu hikoyatdan keyin keltirilgan ma'vizada pirning zohiriy olami emas, balki botiniy olami boy ekanini ko'rsatishni maqsad qilib, "surati vayronayu ma'nisi ganj" deya ta'riflaydi. Ya'ni insonda tashqi dunyosi emas, balki ichki olami boy bo'lishi kerakligi uqtirlgan. Pir singari ishqqa doimiy hamroh bo'lgan zotlaring doimiy hamrohi, otasi-yu onasi va yori ham ishq, ya'ni Ollohga bo'lgan ishq ekanini ta'kidlaydi.

Haydar Xorazmiy "Maxzan ul-asror" asarini yozishda xalq tili boyliklaridan, xalq og'zaki ijodidan unumli foydalandi. Ya'ni xalq maqollari, matallari va hikmatli so'zlaridan keltirilgan namunalar asarning asosiy bo'lib xizmat qildi. Asar g'oyaviy jihatdan tasavvufiy, axloqiy-didaktik asarlar sirasiga kiradi. Asardagi rivoyatlardagi asosiy motiv ishq, ya'ni Ollohga bo'lgan ishq.

Obrazlar tizimining tazod asosiga qurilgani ham Haydar Xorazmiy hikoyatlarining muhim qirralaridan biridir. Har bir hikoyatda tazod san'ati bor. Yuqoridagi hikoyatlarda bazzoz bilan kampir, befarosat odam bilan Xotam Toy, Mahmud G'aznaviy bilan pir kabi obrazlar tazodning bir namunasidir. Haydar Horazmiy "Maxzan ul-asror" asarini yaratish bilan o 'zbek adabiyotida she'riy hikoyatning rivojiga munosib hissa qo'shdi. "Maxzan ul-asror"dagi hikoyatlarda u falsafiy, ijtimoiy-siyosiy va axloqiy ta'limiy

XULOSA

masalalarni ilgari surgan. Uning mazkur hikoyatlari komil insonni tarbiyalashga xizmat qiladi.Haydar Xorazmiy bu asari bilan uzoq tarixga ega bo'lgan falsafiy-didaktik dostonchilikning yangi davrini boshlab berdi.

Haydar Xorazmiy "Maxzanul-asror"da badiiy ifoda etgan fikr- mulohazalar, asarda ilgari surilgan g'oyalari bilan o 'z zamonasining katta bilimdoni, o 'zbek til i ravnaqi uchun kurashgan shoir, arab, fors-tojik tillarini chuqur o 'rgangan, yetuk ma'rifatli kishi sifatida namoyon bo'ladi. Nafaqat o'z zamonasida balki hozirgi davr muammolari uchun ham kerakli asar ekanligini ta'kidlash joiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. Haydar Xorazmiy. Gulshan ul-asror.

2. Nasimxon RAHMONOV.(2017)0'zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning birinchi yarmigacha).O'quv qo'llanma. - Т.: "Sano-standart" nashriyoti, 556 bet.

3. Расулова Р.Б.(2021) У^УВЧИЛАРДА МАТН ЯРАТИШ КОМПЕТЕНЦИЯЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШГА ЙУНАЛТИРИЛГАН ТАЪЛИМ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ. Chirchik, Uzbekistan International Conference Pages: 204.

4. Rasulova Raykhon Bahritdinovna.(2021) Reference to the Layers of Classical Literature in the Formation of Text Creation Skills. International Journal of Academic Pedagogical Research (IJAPR) ISSN: 2643-9123 Vol. 5 Issue 5, May -Pages:150-151 150.

5. www.ziyouz.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.