Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIYNING “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDAGI HIKOYATLARDA ORIFLAR TIMSOLI'

ALISHER NAVOIYNING “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDAGI HIKOYATLARDA ORIFLAR TIMSOLI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
20943
606
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
”Hayrat ul-abror” / so’fiyona / orifona / iymon / islom / Ibrohim Adham / Robiya Adviya / Abdulloh Ansoriy / Boyazid Bistomiy. / ”Hayrat ul-abror” / sufi / arifana / fait / islam / Ibrahim Adham / Robiya Adviya / Abdullah Ansari / Boyazid Bistomiy.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nazarova, Hilola

Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” asari qomusiy asar bo'lib, uning asosiy qismini tashkil etuvchi maqolat va hikoyatlarda barcha zamonlar uchun o'ta dolzarb bo'lgan barkamol avlod, komil inson haqidagi ulug' mutafakkirning teran axloqiy-ma'naviy, ijtimoiy-falsafiy mulohazalari badiiy ifodasini topgan. Turkiy adabiyot tarixida bunday asarlar ramziy-majoziy obrazlarning turli masalalarga oid savol-javobi (Yusuf Xos Hojibning “Qutadg'u bilig”) yoki asar muallifining hadislarga tayanib insonning ma'naviy kamolatga yetkazuvchi fazilatlari hamda uni jaholat botqog'iga chorlovchi nuqsonlarini qiyoslash (Ahmad Yugnakiy “Hibat ul-haqoyiq”) uslubi bilan vujudga kelgan bo'lsa, Nizomiy Ganjaviyning “Maxzan ul-asror”dostoni kuzatilgani singari “Hayrat ul-abror”da ham ijodkorning barkamol shaxs haqidagi o'ylari maqolatlarda yorqin in'ikosini topgan. Asardagi hikoyatlar esa maqolatlarda ilgari surilgan tayanch g'oyalarni kitobxon shuuriga yanada teranroq ta'sir etishi, uning mavzu bilan mukammalroq tanishishiga imkon yaratadi. “Hayrat ul-abror” (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”) janr xususiyati va kompozitsiya tuzilishi jihatidan “Xamsa”ning boshqa dostonlaridan tubdan farq qiladi. “Hayrat ul-abror” falsafiy-ta’limiy dostondir. Bu asarida Navoiy falsafiy, ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-ta’limiy qarashlarini bayon etish, kishilarga ta’lim va o’git berishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Doston boshdan oyoq orifona ruxda ifodalangan.Navoiy “Hayrat ul-abror”da o’zi e’tiqod qilgan shayxlar ,valiylar siymosini chizib ular orqali iymon va e’tiqod g’oyalarini ilgari surgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMAGE OF THE SAGES IN THE STORIES IN THE EPIC “HAYRAT UL-ABROR” BY ALISHER NAVOI

The work of “Hayrat ul-abror” by Alisher Navoi is an encyclopedic work, the articles aud stories of which form the main part of it shows the philosoph ical consideration found artistic axpression. In the history of Turkish literature such works are a question-andanswer session on varides issues of symbolic metaphors ( Yusuf Khos Hajib’s “Qutadg’u bilig”) ar a comparison of the author’s hadith-based qualities of spiritual maturity and shortroming sthatlead him to the swamp of ignorance (Ahmad Yugnakiy’s “Hibat ul-haqoyiq “) in the style of Nizami Ganjavi’s “Makhzan ul-asror”, as well as in the poem “Hayrat ul-abror” , the authoris thanghts on the perfect person are reflected in the articles. The stories in the work have a deeper effect on the reader’s conscioreshers of the basic ideas put forward in the articels , allaving him to get acquainted with the subjeet more thoroughly. “Hayrat ul-abror” (“Surprise of good people”) is radically different from other epics of “Khamsa “ in terms of genre and compotition “Hayrat ul-abror” is a philosophical-educational epic . In this work ,Navoi aims to express his philosophical , socio-political and moral –educational vielvs , to educate and instruct people From beginning to the end , the epic is expressed in the spirit of perfectly .

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIYNING “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDAGI HIKOYATLARDA ORIFLAR TIMSOLI»

ALISHER NAVOIYNING "HAYRAT UL-ABROR" DOSTONIDAGI HIKOYATLARDA ORIFLAR TIMSOLI

Nazarova Hilola

Samarqand davlat universiteti magistranti (O'zbekiston) ANNOTATSIYA

Alisher Navoiyning "Hayrat ul-abror" asari qomusiy asar bo'lib, uning asosiy qismini tashkil etuvchi maqolat va hikoyatlarda barcha zamonlar uchun o'ta dolzarb bo'lgan barkamol avlod, komil inson haqidagi ulug' mutafakkirning teran axloqiy-ma'naviy, ijtimoiy-falsafiy mulohazalari badiiy ifodasini topgan. Turkiy adabiyot tarixida bunday asarlar ramziy-majoziy obrazlarning turli masalalarga oid savol-javobi (Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig") yoki asar muallifining hadislarga tayanib insonning ma'naviy kamolatga yetkazuvchi fazilatlari hamda uni jaholat botqog'iga chorlovchi nuqsonlarini qiyoslash (Ahmad Yugnakiy "Hibat ul-haqoyiq") uslubi bilan vujudga kelgan bo'lsa, Nizomiy Ganjaviyning "Maxzan ul-asror"dostoni kuzatilgani singari "Hayrat ul-abror"da ham ijodkorning barkamol shaxs haqidagi o'ylari maqolatlarda yorqin in'ikosini topgan. Asardagi hikoyatlar esa maqolatlarda ilgari surilgan tayanch g'oyalarni kitobxon shuuriga yanada teranroq ta'sir etishi, uning mavzu bilan mukammalroq tanishishiga imkon yaratadi.

"Hayrat ul-abror" ("Yaxshi kishilarning hayratlanishi") janr xususiyati va kompozitsiya tuzilishi jihatidan "Xamsa"ning boshqa dostonlaridan tubdan farq qiladi. "Hayrat ul-abror" falsafiy-ta'limiy dostondir. Bu asarida Navoiy falsafiy, ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-ta'limiy qarashlarini bayon etish, kishilarga ta'lim va o 'git berishni o 'z oldiga maqsad qilib qo 'ygan. Doston boshdan oyoq orifona ruxda ifodalangan.Navoiy "Hayrat ul-abror"da o'zi e'tiqod qilgan shayxlar ,valiylar siymosini chizib ular orqali iymon va e'tiqod g 'oyalarini ilgari surgan.

Kalit so'zlar: "Hayrat ul-abror",so'fiyona, orifona, iymon,islom, Ibrohim Adham, Robiya Adviya, Abdulloh Ansoriy, Boyazid Bistomiy.

THE IMAGE OF THE SAGES IN THE STORIES IN THE EPIC "HAYRAT UL-ABROR" BY ALISHER NAVOI

Nazarova Khilola

Master student of Samarkand State Unversity ABSTRACT

The work of "Hayrat ul-abror" by Alisher Navoi is an encyclopedic work, the articles aud stories of which form the main part of it shows the philosoph ical

696

Scientific Journal Impact Factor

consideration found artistic axpression. In the history of Turkish literature such works are a question-and- answer session on varides issues of symbolic metaphors ( Yusuf Khos Hajib's "Qutadg'u bilig") ar a comparison of the author's hadith -based qualities of spiritual maturity and shortroming sthatlead him to the swamp of ignorance (Ahmad Yugnakiy's "Hibat ul-haqoyiq ") in the style of Nizami Ganjavi's "Makhzan ul-asror", as well as in the poem "Hayrat ul-abror" , the authoris thanghts on the perfect person are reflected in the articles. The stories in the work have a deeper effect on the reader's conscioreshers of the basic ideas put forward in the articels , allaving him to get acquainted with the subjeet more thoroughly.

"Hayrat ul-abror" ("Surprise of good people") is radically different from other epics of "Khamsa " in terms of genre and compotition "Hayrat ul-abror" is a philosophical-educational epic . In this work ,Navoi aims to express his philosophical, socio-political and moral -educational vielvs , to educate and instruct people From beginning to the end, the epic is expressed in the spirit of perfectly .

Keywords: "Hayrat ul-abror",sufi, arifana, fait, islam,Ibrahim Adham, Robiya Adviya, Abdullah Ansari, Boyazid Bistomiy.

ХАЙРАТ УЛЬ-АБРОР" АЛИШЕРА НАВОИ ВОПЛОЩЕНИЕ МУДРЕЦОВ В ДАННОМ ПРОИЗВЕДЕНИИ

Назарова Хилола

Самаркандский Государственный Университет Магистрантка (Узбекистан) АННОТАЦИЯ

"Хайрат уль-аброр" Алишера Навои - энциклопедический труд, статьи и рассказы которого составляют его основную часть, его социально-философские соображения нашли свое художественное выражение во всех временах и сферах жизни. В истории турецкой литературы такие произведения представляют собой вопрос и ответ символических образов по разным вопросам ( "Qutadgu bШg' Юсуфа Хас Хаджиба) или сравнение основанных на хадисах качеств автора: духовной зрелости и недостатков, которые ведут его в болото невежества (Ахмад Югнакий "Хибат уль-Хакайик"), а также в эпосах Низами Гянджеви "Махзан уль-Асрор и "Хайрат уль-Аброр" ярко отражены в статьях мысли автора об идеальном человеке. Рассказы в произведении глубже влияют на осознание читателем основных

Scientific Journal Impact Factor

идей, выдвинутых в статьях, позволяя более основательно познакомиться с предметом.

"Хайрат уль-аброр" ("Смятение праведных") кардинально отличается от других эпосов "Хамсы" по жанру и композиции. "Хайрат уль-аброр" -философская и просветительская эпопея. В этом произведении Навои стремится выразить свои философские, общественно-политические и нравственно-просветительские взгляды, обучить и наставить людей. От начала до конца эпос выражен в духе любви к Аллаху.

Ключевые слова:"Хайрат уль-аброр ",суфий,ариф,вера,ислам,Ибрагим Адхам, Робия Адвия, Абдулла Ансари, Боязид Бистоми.

"Hayrat ul -abror" ("Yaxshi kishilarning hayratlanishi") dostonida Nizomiy so'zining nuri ham Xusrav sehri ham Jomiyning oriflik nafasi ham iz qoldirgan va boz ustiga ulug' o'zbek shoirining o'z qarashlari , buyuk istedodi , namoyon etilgan.

Ta'kidlash o'rinliki, Navoiy "Hayrat ul-abror"da barcha salaflaridan andoza oldi va ayni paytda uslub ,g'oya ,mazmun , hajm, badiiyat va obrazlar nuqtai nazaridan ularnikiga o'xshamagan orginal muqaddimaviy dostonni yaratdi. Navoiy maqolotlarida tasawufiy-ma'rifiy mohiyat kuchli . Shuningdek, har bir bob,maqolot va hikoyat zamirida o'z davri ijtimoiy-siyosiy muommolariga real munosabat aks etgan.

"Hayrat ul-abror"dagi hikoyatlarni ko'zdan kechiradigan bo'lsak , bizni dastavval orifona mazmundagi hikoyatlar ,ya'ni so'fiylar hayotidan olingan va tasavvuf g'oyalari aks etgan hikoyatlar qiziqtiradi. Hikoyatlar odatda qisqa sujetli bo'lib , tafsilotlardan holi bo'lgan .2[99]

"Hayrat ul-abror" dostonidagi maqolat va hikoyatlarda insonni ezgu amallar sohibi bo'lib, noqisliklardan mosuvo bo'lishga da'vat etilar ekan, fikrining tasdig'i sifatida dostondagi qahramonlar haqiqiy orifona ruxda tasvirlangan.Shuning uchun ham turli ijtimoiy tabaqa vakillari tanlangan. Shoh G'oziy (Sulton Husayn Boyqaro), Anushirvon odil, Sulton Muhammad Xorazmshoh, Iskandar, Bahrom singari hukmdorlar, Boyazid Bistoniy, Ibrohim Adham, Robiya Adviya, Xoja Abdulloh

1 A^nmep HaBOHH . "X,anpaT y^-a6pop. TAT. yh ^H^g^HK. oothhhh ®ugg.-T.: Y36eKHCTOH MaT6yoT Ba ax6opoT areHraHiu F.Fy^OM HOMugaru HampueT-Map6aa h^oahh ynu, 2013

2 My^ugguHOB M.K^. komh^ hhcoh - aga6ueT ugea^u. - T.: MatHaBHHT, 2005.

KIRISH

Hayrati abror ko 'rib zotini 'Hayrat ul-abror"dedim otini. 1[94]

Ansoriy, Shayx Iroqiy, Imom Faxr Roziy, Abdulloh Muborak, Hasan Robi', Muhammad Porso, Xoja Abu Nasr kabi tasavvuf ahli namoyandalari, shuningdek, darvesh va mehnatkash inson timsoli bo'lgan o'tinchi chol, oddiy xalq vakili hisoblangan ikki vafoli yor, yuksak insoniy fazilatlami o'zida mujassamlashtirgan "qoni' javonmard" va boylikka hirs qo'ygan "tomi' jahongard" kabi obrazlar ishtirokida maydonga kelgan g'oyatda sermazmun badiiy lavhalarda insonni komillik rutbasida ko'rish g'oyasi hayotiy timsollar bilan boyitiladi. Ko'rinadiki, ulug' shoir dunyoqarashicha, inson qaysi tabaqa vakili bo'lishidan qat'iy nazar, ma'naviy kamolot pillapoyalaridan odimlab bashariyatning oriflik darajasini egallashga haqli.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Navoiy dostonida birinchi maqolati iymon kalimasining sharhidan iborat. Iymon kalimasida ollohning yakka-yagonaligiga, uning farishtalariga va kitoblariga, payg'ambarlariga va oxirat - qiyomat kunning muqarrarligiga, yaxshilik va yomonlik taqdirdan ekanligiga, so'ngra o'limdan keyin qayta tirilishga iymon keltirilgan. Navoiy buni "maqolat"ning nasriy sarlavhasida to'liq keltiradi, so'ngra mana bu baytlar bilan bobni boshlaydi:

Kimki jahon ahlida inson erur, Balki nishoni anga iymon erur. [50]

Demak, insoniylikning birinchi nishonasi iymonli bo'lish. Iymon - insonni hayvondan ajratuvchi asosiy sifat, chunki Navoiy fikricha, garchi nutq, so'z insonni hayvondan ajratuvchi belgisi bo'lsa-da, agar kishida iymon bo'lmasa, u inson emas, balki gapiruvchi hayvondir.

"Hayrat ul-abror" dostonning Islom bobida maqolatida Ibrohim Adhamning Ka'baga safari va Makkada Ka'baning joyida yo'qligi haqida hikoyat keltirilgan. Qarasaki Ka'baning Robiya Adviya bilan birga ekanligi tasvirlangan.Navoiy bu hikoyatda namoz va niyoz tushunchalarini qiyoslaydi.

Robiya dedi anga: "Ogoh bo'l, Kim necha yil bodiyada borcha yo'l, Bo'ldi ishing arzi namoz aylamak, Sheva manga arzi niyoz aylamak. Sanga samar berdi namozu riyo, Bizga bu bar berdi niyozu fano" 3[15]

Najmiddin Komilov so'fiyona she'riyat VIII-XI asrlarda Robiya Adviya ,

3 A^Hmep HaBOHH.XaMca ,TaHRHgHH MaTH, Hampra TaHëp^OBHH n.fflaMCHHeB.T.:"®aH",1960H

699

Mansur Halloj singari ulug' so'fiylar ijodi bilan boshlanganini ta'kidladi. 4

Ibrohim Adham Xudoga xizmatning yo'li deb namoz va ibodatga beriladi . Robiya Adviya esa niyozmand, ya'niki u oshiq , yonib-kuyib faqat Xudoni sevgan , u olloh ishqidan ha o'zini,na olamni, na nomozni ,na ibodatni bilardi. Navoiy mana shunday oshiqona sadoqatni zohiriy toat-ibodatdan ustun qo'ygan . Bu bilan Navoiyni islom dininig mohiyatini so'fiyona ruhda idrok etgan.

Navoiy dostonining to'rtinchi maqolati Riyoyi xirqapo'shlar haqida bo'lib hirotlik mashhur xoja Abdulloh Ansoriy haqidagi hikoyat orqali yoritilgan. Navoiy bu zotni olloh vasliga yaqinlashgan ("Muqarrabi bori") avliyo biladi va qattiq hurmat qilgan. Abdulloh Ansoriy "piri hirot" laqabi bilan nom qozongan edi, tasavvuf tariqatida u kishining alohida o'rni bor. U tariqat odobi va maqomatning yuzta bosqichini ishlab chiqqan bo'lib,tasavvufning qariyib barcha savollariga javob yozgandir.Hikoyatda Navoiy keltiradiki, Abdulloh Ansoriy jannat umidida yoki do'zaxdan qo'rqib, tama yuzasidan mol-mansab uchun emas, balki "Tangrining amriga itoat" yuzidan toat qilar edi. U qo'rqishdan emas, muhabbatdan xudojo'ylik qilardi. Tama umidida so'fiylik qilish chin so'fiylik emas, Ansoriy deydi:

Menki ishim bo 'ldi parastish mudom, Biymu umid ikkisi bo 'Imush harom. Bandaliq amriga chu ma'murmen, Tun-kun ishim bu esa ma'zurmen. [60] Qalbim amri bilan Tangri amring bajaraman, "raddu qabuli bila ishim yo'q", deydi u. 5[103]

"Hayrat ul-abror"dostonidagi inson va iymon masalasiga Boyazid Bistomiy haqidagi hikoyada to'xtalgan. U iymonning asosini insoniylikda ko'radi: Kim chu fido aylagusi jon anga, Hamrah o'lur yo'qsa yo'q imon anga. [94]

Dostonda Boyazid Bistoniy g'amgin ifodalangan.U hayoti davomida ko'p riyozatlar ,ibodatlar qilgan bo'lsa ham ,olloh huzuriga qaytganda imon bilan bo rish nasib etadimi deb g'am tashvishda yashagani hikoya qilingan. Fariddin Attorning "Tazkirat ul-anbiyo" asarida Boyazid Bistoniy hayotiga doir yetmishdan ortiq katta-kichchik hikoya va hikmatlar keltirilgan. 6

XULOSA

4 Ha^MHggHH komMob .TacaBBy$ .-T.: MOBAPOHHAXP-Y3BEKHCTOH, 2009h.

5 My^HggHHOB M.K^. komhïï hhcoh - agaônëT ngea^H. - T.: MatHaBHHT, 2005.

6 ®apnggHH attop . "Ta3KHpaT yn -aBïïHë".-T.:2013H.

Scientific Journal Impact Factor

1. Dostonda tasavvuf ta'limoti g'oyalari va undan hosil bo'lgan orifona olam hukmron bo'lgan. Dostonda asosan ko'ngil,qalb iymon va axloq masalalariga to'xtalgan.

2. Hikoyatlar "maqolat"dagi g'oyani tasdiqlaydi. Ular qisqa-qisqa shaklda bo'lib, asosiy voqeani bayon etishga e'tibor qilingan. Biroq shu qisqa syujet ichida ham shoir qahramonining xatti-harakati, asosiy xislat va karomat hozirjavobligini ko'rsata olgan. Hikoyatlar muhim timsol sifatida muayyan ijobiy g'oyani yoyish, ibrat bo'lishga xizmat qilgan.

REFERENCES

1. Алишер Навоий. Хамса, Танкидий матн, Нашрга тайёрловчи П. Шамсийев. Т.:"Фан", 1960 й.

2. Нажмиддин Комилов .Тасаввуф .-Т.: МОВАРОННАХР-УЗБЕКИСТОН, 2009й.

3. Фариддин Аттор . "Тазкират ул -авлиё" -Т.:2013й.

4. Алишер Навоий . "Хдйрат ул-аброр. ТАТ. Ун жилдлик. Олтинчи жилд.-Т.: Узбекистон Матбуот ва ахборот агентлиги Г.Гулом номидаги нашриёт-марбаа ижодий уйи, 2013.

5. Мухдддинов МД. Комил инсон - адабиёт идеали. - Т.: Маънавият, 2005.

6. Mukhiddinov M.K. Love is the cleansing power. Science and Engineering Research Support Society. ISSN: 2005-4238 (Print);ISSN: 2207-6360

7. Khasanova Mashkhura Jumanovna. The role of praises in the development of turkic odes. .Journal of critical reviews, 2020.07. 948-951

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.