Научная статья на тему '"XAMSA" DOSTONLARIDA BAHROM HAQIDAGI RIVOYATLAR'

"XAMSA" DOSTONLARIDA BAHROM HAQIDAGI RIVOYATLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

172
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
faoliyat / qahramon / mezbon / xaroba / koshona / adolat / dehqonchilik / imorat / ov / jasur. / действие / герой / хозяин / руины / дворец / справедливость / сельское хозяйство / замок / охота / храбрый.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Tojixon Sabitova, Dilfuza Anisbekova

Ushbu maqolada Alisher Navoiyning "Hayrat ul-abror" va "Saddi Iskandariy" dostonlarida Bahrom Go'r mavzusidagi rivoyatlarni keltirilgani va bularda Bahromning ijobiy fazilatlari borligi ko'rsatib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В этой статье показано, что эпосы Алишера Навои "Хайрат уль-Аброр" и "Садди Искандарий" содержат повествования на тему Бахрома Гор, и что в них Бахрам обладает положительными качествами.

Текст научной работы на тему «"XAMSA" DOSTONLARIDA BAHROM HAQIDAGI RIVOYATLAR»

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-209-2013

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

"XAMSA" DOSTONLARIDA BAHROM HAQIDAGI RIVOYATLAR

Tojixon Sabitova

CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti, O'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti,

filologiya fanlari nomzodi sabitovatadj ikhon0805@gmail.com

Dilfuza Anisbekova

Gumanitar fanlar fakulteti 2-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Alisher Navoiyning "Hayrat ul-abror" va "Saddi Iskandariy" dostonlarida Bahrom Go'r mavzusidagi rivoyatlarni keltirilgani va bularda Bahromning ijobiy fazilatlari borligi ko'rsatib berilgan.

Kalit so'zlar: faoliyat, qahramon, mezbon, xaroba, koshona, adolat, dehqonchilik, imorat, ov, jasur.

АННОТАЦИЯ

В этой статье показано, что эпосы Алишера Навои "Хайрат уль-Аброр" и "Садди Искандарий" содержат повествования на тему Бахрома Гор, и что в них Бахрам обладает положительными качествами.

Ключевые слова: действие, герой, хозяин, руины, дворец, справедливость, сельское хозяйство, замок, охота, храбрый.

ABSTRACT

This article shows that the epics of Alisher Navoi "Khairatul-Abror" and "Saddi Iskandari" contain narratives on the theme of Bahrom Gor, and that in them Bahram has positive qualities.

Keywords: action, hero, host, ruins, palace, justice, agriculture, castle, hunting,

brave.

Ulug' mutafakkir shoir Alisher Navoiy "Xamsa" ning to'rtinchi dostoni "Sab'ai sayyor"da Bahrom timsolini asosiy qahramon sifatida bergan. Buyuk shoir Navoiy hamma asarlarni o'rganib chiqib, salaflarning yutug'u kamchiliklarini aniqlab, shundan so'nggina o'z dostoniga yangicha rejalar tuzib Bahrom hikoyasini qoliplovchi hikoya qilib haftaning

8-fevral

209

yetti kunida yetti xil rangdagi qasrlar ichida yetti musofir-darveshlarning hikoyasini xalq og'zaki ijodi pafosi orqali tinglaydigan qilib tasvirlaydi. "Xamsa"sining birinchi dostoni bo'lgan "Hayrat ul-abror" va beshinchi dostoni bo'lgan "Saddi Iskandariy" dostonlarida ham Bahrom mavzusidagi rivoyatlarni keltirgan. Shular haqida qisqacha mulohazalarimizni bayon qilsak.

Aslida tarixda o'tgan Sosoniylar sulolasidan bo'lgan "Varaxran" (doriy tilida "Bahrom" deb ataladi) eramizning 418-438-yillarida hukimronlik qilgan. U go'r-qulon, ya'ni yovvoyi eshak oviga o'ch bo'lgani uchun Bahrom Go'r laqabini olgan. U haqida dastlab Eron va qo'shni mamlakatlarda turli-tuman afsona va rivoyatlar paydo bo'lgan. Bahrom bu manbalarda shon-shavkatli podsho, mohir ovchi va ishratparast kishi sifatida tasvir etiladi. Bahrom Go'r haqidagi afsona va rivoyatlar "Xudoynamak" va "Shohnoma" lardan o'rin oladi.

Shuningdek, ayrim olimlar S.A.Orbeli Bahromning badiiy obraz sifatida keng shuhrat topishini Varaxran so'zining momoqaldiroq va jang ma'budi bo'lgan Vertragna so'ziga hamohangligi bilan bog'liq. Varaxran bilan Vertragna qadimiy rivoyat va afsonalarda bir-biriga qo'shilib, mujassamlashib ketgan deb ko'rsatadilar. I.A.Orbeli va Y.E.Bertels ta'kidlaganidek, Kavkaz xalqlari orasida ham bu timsol keng tarqalgan, uning nomi arman pahlavoni Vaxonga va gruzin qahramoni Vaxtanga obrazlarida saqlanib qolgan.

Birinchi bo'lib yozma adabiyotda Abulqosim Firdavsiy o'zining "Shohnoma" asarida Bahrom Go'r haqida doston yaratdi. Albatta, afsona va rivoyat , yozma manbalardan ijodiy foydalangan xolda. Keyin Nizomiy, Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy, Ashraf Marog'iy, Kotibiy Turshiziy, Abdulloh Xotifiy, Muhammad Avfiy va boshqalar o'z asarlarida Bahrom Go'r obrazini turli mazmunda berganlar.

Alisher Navoiygacha folklor va badiiy adabiyotda Bahrom timsoli bo'yicha katta ijodiy tajriba to'plangan, adabiy an'ana vujudga kelib anchagina takomil bosqichlarini bosib o'tgan edi.

Alisher Navoiy "Sab'ai sayyor" dan boshqa "Hayrat ul-abror" va "Saddi Iskandariy" dostonlarida ham Bahrom mavzusini bergan. Biz ushbu maqolada shu asarlardagi Bahrom timsolini tahlil qildik.

Eron tarixida bir necha Bahrom ismli podsho o'tgan. Biz fikr yuritmoqchi bo'lgan Bahrom ibn Yazdijird bo'lib u haqda Alisher Navoiy o'zining "Tarixi muluki Ajam" asrida ism-sharifi, faoliyati va sifatlari haqida to'htalgan va uni "Xamsa" sining to'rtinchi dostoni bo'lgan "Sab'ai sayyor" dostonining bosh qahramoni qilib beradi.

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-209-2013

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

Navoiy "Hayrat ul-abror"da shunday hikoya qiladi:

8-fevral

Bahrom bir kuni ovga chiqdi va o'lja ortidan quvib, bir xarobaga borib qoldi. Alisher Navoiy xaroba bu maskanni chotma - chayla, chodir deb ataydi. Hodisa toroji bu maskanni vayronaga aylantirgan edi.

Shoir ayrim o'rinlarda "hodisa toroji" so'z birikmasini qo'llaydi. Bu so'z birikmasini hodisalar sababli toroj bo'lgan, xaroba holga tushgan deb tushunish joiz.

Bahromni kutib olgan mezbon suv va qotgan non keltirdi, xizmatga kirishdi. Shoh undan bu xaroba holning sababini so'radi. Mezbon: "avval holimiz yaxshi edi, ammo shoh mayxo'rlikka berilib, hukumat ishlarini zolimlarga topshirdi, u mutriblaru (ashulachi) va maydan boshqani sevmaydi, uning odamlari esa og'zini katta ochib, mamlakatni yer bilan teng qildilar", - deya javob beradi.

Shu chog' shohning ko'zi shu atrofdagi koshonaga tushdi. Hozir bu imorat vayrona bo'lgan edi. "Avval bu binoning holi qanday edi?"- deya savol qildi.

"Bu bir saroy bo'lib, tegrasi bog' bilan qurshalgan edi. Qadimiy daraxtlar, navxiz (yangi ochilgan) gullar bor edi. Yer tagidagi bir anhor (koriz)dan ikki tegirmonni aylantiradigan suv chiqar edi. Odamlar dehqonchilik qilib bu makonni obod bir qishloqchaga, balki shaharchaga aylantirdilar. Ammo to'satdan koriz quridi, dehqonchilik to'xtadi, odamlar bu yerni tark qildilar. Chunki yurtda zulm kuchaydi. Zulm sababli biz shunday holga tushdik", - deya tushuntirdi mezbon.

Bu so'zlardan Bahrom qattiq ta'sirlandi. G'am qilich kabi bag'rini o'ydi. Xijolat uni o'lar ahvolga soldi. Qalbida zolimlarning jazosini berib, yurtda adolat o'rnatishga qasd qildi. Asosiysi, "Haq bila chun qildi bu niyat durust", ya'ni niyat chog'i Xudoni guvoh sifatida o'rtaga qo'ydi. Shu niyat qalbidan o'tishi bilan bir kishi keldi va koriz (er osti anhori) yorilib, yana suv chiqa boshlagani haqida xushxabar aytdi. Uy egasi Allohga hamd aytib: "hozir shohimiz zulmni to'xtatib, adolat o'rnatishga qalbi bilan to'g'ri niyat qildi. Ana shuning xosiyati bilan qurigan ariqqa suv qaytib chiqdi", deydi.

Shohga bu so'z juda katta saboq bo'ldi va ortga qaytib ishlarini adolat mezoni bilan yurita boshladi.

Ushbu hikoyatdan quyidagilarni xulosa qilish mumkin:

1. Tarixda mamlakatning obod va farovon bo'lishida saltanat sultonining o'rni o'ta muhim hisoblangan.

2. Alisher Navoiy adolatni ilohiy lutf deb bilgan. Shohning adolati so'zida emas, balki avvalo qalbida uyg'onishi kerak. Agar Sulton adolatni chin dildan Alloh uchun qasd qilsa, niyati rost va to'g'ri bo'lsa, unga Xudoning o'zi har ishda madadkor bo'ladi, ishlarini osonlashtirib, yo'lini ochadi. [HaBonfi

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-209-2013

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

A.2021.438-441]

8-fevral

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-209-2013

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

Alisher Navoiy "Saddi Iskandariy" dostonida boshqa rivoyat haqida quyidagicha Bahrom haqida ma'lum qiladi:

Bahromi go'r hikoyatikim, uch olachuq eliga mehmon bo'ldi, ikisi ifrot va tafrit ko'rguzub, muxotab va mat'un bo'ldilar va birisi adolat tariqidin Qorun Erur naqlkim, shoh Bahrom go'r1, Magar sayd uchun surdi bir kun sutur. Ul ov ichra tushti sipahdin yiroq, Ani bir qulon soldi eldin qiroq. Chopib erdi ko'p shohi sahronavard, Iki-uch olochuq aro etti fard [Haeouu A.1993. 388].

Navoiyning bu bo'limdagi baytlarni shunday mazmunda izohlashimiz mumkin: "u uch uylikdan bittasi Qorunday badavlat bo'lsa ham, ammo nazari past odam edi. U shohning aytganlariga ahamiyat bermadi. Ikkinchisi esa, isrofkunanda edi: u qo'ylar so'ydirib, katta qozonlar osdirib, zo'r bir ziyofatning tayyorgarligini ko'ra boshladi. Ochlik mehmonning dimog'ini kuydirib, ichini achitib turgan paytda, uning ertaga pishadigan oshidan nima foyda edi? Valekin, uchinchi xonadonning egasi aqlli odam edi. Zotan, aqldan madad oluvchi odamlar xushbaxtdirlar. U baxtiyor odam, shohni o'z uyiga olib kirib, o'sha ondayoq uning oldiga uyida tayyor turgan non bilan qatiqni qo'ydi. Mohazar (tayyor turgan ovqat) ni yegach, shohdan ochlik ranji, mashaqqati ketib, joni huzur topti. Binobarin, shoh mana shu mohazar bilan mehmon qilgan mehmondo'stga behaddu-hisob mol-dunyo hadya etgani holda, haligi past odamga juda qattiq tanbeh berdi" [HaBOHH A. 1993.617].

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Bahrom Go'r haqidagi afsona, ertak va rivoyatlarda bu obrazni ijobiy tomonlarini, uning adolatli va odil podsho ekanligi tasvirlanadi. Darhaqiqat, yuqorida keltirilgan rivoyatlarda ham Bahrom Go'rning ijobiy tomonlari, oddiy xalqning noroziliklaridan yahshi xulosa chiqarib, Allohdan madad kutgani va iltijosi amalga oshganini ko'ramiz.

Keyingi doston "Saddi Iskandariy"da ham o'zining kamtarona, samimiy, kambag'al insonni qadrlaganini guvohi bo'ldik.

Demak, xalq har doim yuksak axloqli, mehr-muruvvatli podshohlarni orzu qilgan va rivoyat afsonalar vositasida o'z o'y-xayollarini ifoda etgan.

REFERENCES

1. HaBOHH A. (2021). X,aHpar yn-a6pop Mara, HacpHH 6aëH,mapx„ nyrar, 3 khto6, TaMaggyH. 438-4416

2. HaBOHH A. (1992). MyKaMMan acapnap TynnaMH, 10 tom, OaH, 73-74 6

8-fevral

212

3. Навоий A. (1992). Мyкaммaл асарлар туплами, 11 том, Фан, 388б, 617б

4. Каюмов A. (2009) Aсaрлaр. 3 жилд, "Mumtoz so'z", 2009

5. Маллаев H. (1991) Суз санъатининг гултожи. мFофyр Fyломм

6. Мадаев О. (2018) Навоий сyx1бaтлaри. "Укшувчи"

7. Sirojiddinov Sh., Yusupova D., Davlatov O., (2019). Navoiyshunoslik. Tamaddun

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-209-2013

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

8-fevral

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.