Научная статья на тему '“FARHOD VA SHIRIN” DOSTONIDA YOSHLAR OBRAZI'

“FARHOD VA SHIRIN” DOSTONIDA YOSHLAR OBRAZI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

18614
296
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Farhod va Shirin” dostoni / yoshlik / dunyoviy fanlar / diniy fanlar / kasb-hunar / jamiyat. / поэма “Фархад и Ширин” / молодость / профессия / общество.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Maftuna Shomurodova

Alisher Navoiy asarlaridagi maslak bugun ham dolzarbdir. Xususan, kamolotga erishish doston qahramonlarining bosh maqsadi hisoblanadi. Bu yo„ldagi riyozati, albatta, o„z natijasini ko„rsatgan. Shu bois mazkur maqolada aynan dostondagi yoshlarning ta‟lim-tarbiyasiga ahamiyat berilgan. Ayniqsa, yoshlarning hunarga, diniy va dunyoviy bilimlarga bo„lgan munosabatiga e‟tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Поэма “Фарход и Ширин” это не толко создание Алишера Навойиб но и бессенное произведение всей туреской литература. Хот это произведение било представлено со сторона великихученыхи писателей, в стате особое внимание уделено воспитанию молодого поколения. Особенно в поеме уделено оссоба внимание нравственнодуховным знанием молодых

Текст научной работы на тему «“FARHOD VA SHIRIN” DOSTONIDA YOSHLAR OBRAZI»

"FARHOD VA SHIRIN" DOSTONIDA YOSHLAR OBRAZI

Maftuna Shomurodova

O'zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA

Alisher Navoiy asarlaridagi maslak bugun ham dolzarbdir. Xususan, kamolotga erishish doston qahramonlarining bosh maqsadi hisoblanadi. Bu yo'ldagi riyozati, albatta, o'z natijasini ko'rsatgan. Shu bois mazkur maqolada aynan dostondagi yoshlarning ta'lim-tarbiyasiga ahamiyat berilgan. Ayniqsa, yoshlarning hunarga, diniy va dunyoviy bilimlarga bo'lgan munosabatiga e'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: "Farhod va Shirin" dostoni, yoshlik, dunyoviy fanlar, diniy fanlar, kasb-hunar, jamiyat.

АННОТАЦИЯ

Поэма "Фарход и Ширин" это не толко создание Алишера Навойиб но и бессенное произведение всей туреской литература. Хот это произведение било представлено со сторона великихученыхи писателей, в стате особое внимание уделено воспитанию молодого поколения. Особенно в поеме уделено оссоба внимание нравственно- духовным знанием молодых

Ключевые слова: поэма "Фархад и Ширин", молодость, профессия, общество.

ABSTRACT

The poem "Farhad and Shirin" is not only the creation of Alisher Navoiy, but also an invaluable work of all Turkish literature. Although this work was presented by great scientists and writers, the article pays special attention to the education of the younger generation. Especially in the poem, special attention is paid to the moral and spiritual knowledge of young.

Keywords: poem "Farhad and Shirin", youth, profession, society.

Alisher Navoiy asarlarida qalamga olinmay qolgan mavzuning o'zi yo'q. Ayniqsa, "Farhod va Shirin" dostonida ishq motivlari bilan birga hamma davr uchun ham dolzarb bo'lgan yoshlarning ta'lim-tarbiyasi va kamolotida zarur hisoblangan sifatlarga alohida e'tibor qaratilgan. Zero, har bir xalqning tanazzuli yoki yuksalishi shu yurtda voyaga yеtayotgan farzandlarning ilm-u ma'rifati, ma'naviy dunyoqarashi, urf-odat va milliy qadriyatlarga bo'lgan

8-fevral

244

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 j Conference Proceedings 1 j 2023

sadoqatiga bog'liqdir. O'z zamonasida Mir Alisher Navoiy madaniyat va san'at, ilm va ma'rifatning chinakkam homiysi sifatida shuhrat topadi. Navoiyning zamondoshi bo'lmish tarixchi Xondamirning yozishicha Navoiy o'z hisobidan Hirotda va mamlakatning boshqa shaharlarida bir nechta madrasalar va xonaqohlar qurdirib, ilm ahliga sarkorlik qilgan. Jumladan, Ixlosiya madrasi haqida hazrat homiyligida: "Ul joyning talabalari xotirjamlik ila ilm kasb qiladilar "[1.63-b], - deydi. Mazkur jumlaning o'zi ham mavlononing ilm-fanga bo'lgan diqqat e'tiborining nechog'lik yuksak ekanligidan dalolatdir. Navoiyshunos Ibrohim Haqqul ham "Navoiy badiiy ijod jabhasida qanchalik tengsiz bo'lsa, ilmda, ya'ni olimlikda ham shunchalik benazir"[2.5-b] ligini ta'kidlagan edi.

Bugun ham Navoiy "Xamsa"sidagi jamiyat, millat, madaniyat, odob-axloq, ilm-fan va kasb-hunarga doir fikrlarining qimmati oshsa oshdiki, aslo, kamaygani yo'q. Adabiyotshunos olim Najmiddin Komilov aytganidek, "Navoiy oddiy ertakchi shoir emas, uning har bir ifoda obrazi, lavha va tamsillarida muayyan umumfalsafiy, kayhoniy-ilohiy ma'no bor"[3.88-b]. "Farhod va Shirin" dostoni qahramonlari bo'lmish yoshlar: Farhod, Shirin, Bahrom, Shopur va Shirin atrofidagi o'n dilobar xos xizmatchilarining nafaqat botiniy, balki har biri egallagan zohiriy(dunyoviy) bilimlarini ham zamonamiz yoshlariga ibrat qilsa arziydi. Asarda bosh qahramon bo'lmish Farhodning tavalludidan ilohiy ishqqa oshnoligi tasviri alohida e'tirof etilgan:

Anga farzona Farhod ism qo 'ydi,

Hurufi ma 'xazin besh qism qo 'ydi.

Firoqi rashku hajru oh ila dard,

Birar harf ibtidodin aylabon fard.[4.31-b]

Navoiy Farhod nomining arab yozuvidagi harflariga ramziy ta'rif berib, u firoq, rashk, hajr, oh va darddan iborat deydi. Negaki ilohiy ishq egasi Haq va o'zi orasida to'siq bo'lib turgan o'tkinchi dunyo hoyu havaslaridan qutilguncha shu iztiroblarni chekishi shart bo'ladi.

Alisher Navoiy xamsanavislikda yangilik sifatida olib kirgan Farhod obrazini ham jismoniy, ham ma'naviy jihatdan barkamol tarzda yaratadi. Uni suvrat va siyratda birday go'zal tasvirlaydi. Farhodning qanchalik uquvli, ilm va o'qishga havasi balandligiga Navoiy urg'u beradi. Bir yoshida emaklashni ham qo'yib birato'la yurib ketadi, uch yoshda o'n yashar bolani eslatadi, buni ko'rib otasi unga ilmi teran ustoz tayinlaydi. Farhod ta'limining birinchi

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-244-248

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

kuniyoq otasiga abjad hisobini o'rganganligini hadya qiladi:

8-fevral

Agar bir qatla ko 'rdi har saboqni, Yana ochmoq yo 'q erdi ul varoqni.

Farhod uchun har qaysi darsni bir marta ko'rish etarli, u sahifani qayta ochishga hojat yo'q erdi. Uch oy ichida savodi raso bo'lib, birinchi yiliyoq Qur'onni yod oladi, o'n yoshida harbiy bilimlarni egallaydi. Zamonamiz ta'lim dasturlarini yaratishda, albatta, Farhodning ilm o'rganish tizimini inobatga olish foydadan xoli emas. Avvalo, otasi munosib ustoz tapadi. Chunki bolaning ongu shuuridagi taraqqiy va tanazzul ustozga ko'p tomonlama bog'liqdir. Eng ahamiyatilisi, Farhodning tahsil maktabida ta'lim va tarbiya mushtarakdir. Ular ilm cho'qqisi va axloq go'zalligiga birday intilishgan. Shu bois Navoiy uning bir yilda Qur'oni karimni yod olganiga, e'tiqodiy ma'rifati komilligiga urg'u beradi. O'n to'rt yoshida u uchun otasi tomonidan qurdirilayotgan to'rt qasrning bunyod etilishini kuzatib, hunarmandlar ishiga qiziqib qoladi. Navoiy shu o'rinda hunarmandlar me'mor Boniy, naqqosh Moniy, toshkesar Qoranning o'z ishlarini nechog'lik ustasi ekanligini tasvirlar ekan, har bir inson ilm bilan birga kasb-hunar ham egallamog'i, egallaganda ham, o'z ishining ustasi darajasigacha etmog'i lozimligini uqtiradi:

Bo 'lib Boniyg 'a ul yanglig ' mahorat, Ki sharhidin kelib ojiz iborat.

Chekib bu qasri miynokor tarhin, Kishi andoqki bir devor tarhin.

Navoiy boshqa hunarmand ustalar ta'rifini berishda ham shunday yorqin mubolag'alardan foydalanadi, maqsadki dostonni o'qigan kishi ongida ham bir kasbni egallagandan so'ng, uning piri darajasiga etmaguncha tinmaslik kerakligini singdirib boradi. Farhod ham qisqa muddat ichida binokorlik, tosh yo'nmoqlik, rassomlik, naqoshlik kabi hunarlarni puxta o'rganib olganligi aytiladi. Dostondagi barcha yoshlar ma'rifat va hunar sohibi sifatida gavdalantiriladi. Jumladan, Farhodning dengizda tutungan do'sti bo'lmish Shopur ham ilm-hunarda, ham aql-zakovatda, ham sadoqatda benazir edi.

Hunar bobida ustodi zamona,

Zamona ichra naqqoshi yagona.

Dostonda yoshlarning kasb-hunarni puxta egallashi barobarida ko'ngil sofligiga erishganligi, jamiki axloqiy fazilatlarni ham egallaganligi ko'rinadi. Ular hunar va ilmda tengsiz bo'lgani kabi insoniylikda ham benazmrdir. Jumladan, Farhodning ko'kaldoshi Bahrom va do'sti Shopur yozuvchi istagidagi sadoqat, mehr va vafo timsolidir.

8-fevral

246

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Dostonda ayollar tasviri ham o'ziga xos. "Navoiyning ayollari faqatgina tashqi husn bilangina tavsiflanmaydilar. Bular o„z aql va farosatlari bilan ham atrofdagi kishilarni hayron qoldiradilar"[5.63-b]. Shirin go'zalligi bilangina tillarda doston b^lmaydi, balki aql, fahm-farosatda ham beqiyos, bunyodkorlik, sadoqat, ilm-ma'rifat homiysi ham edi. Shirinning hayosi, jasorati, ilmu ma'rifati "Bitildi dard ila bir tufa maktub, Demay har satreki, har lafzi marg'ub" deya ta'riflangan, oshig'iga yozgan ma'noli, mazmundor birgina maktubidayoq yaqqol namoyon bo'ladi. U o'zining nozik hislarini sidqu sadoqati, mardligini xalq dostonlaridagi alp qizlar kabi ifoda etadi :

Sharafdin bo'lg 'on ermishsen Sulaymon, Mening birla unutma ahdu paymon!

Chu sen torting Sulaymonliq maqomin, Demon qil manga Bilqis ehtiromin.

Agar Bilqisdek yoru azizing

Bo 'la olmon, ham o 'Ig'aymen kanizing.

Bir ish Bilqisliqqa bo 'lsa mone', Sulaymong 'a Pari ham keldi tobe'.

Agar Bilqis bo 'lmoq yo 'qsa haddim, Pariliqdin xud o 'lmas qilsa raddim.

Mazkur maktub necha yillarki, ko'ngillarni zabt etganligi uning haqiqiy oshiqning chin nolalari ekanligidadir. Bu maktabning har bir satri alohida tahlil va talqin qilinsa ham Shirinning siymosi bus-butun gavdalanadi. Uning axloqiy go'zallikdagi yuksak martabasi ham to'lavonli his qilinadi. Mehinbonu ham har tomonlama Shiringa munosib opa, nafosat va siyosat maydonida haqiqiy malikadir. U haqidagi shoir bergan qisqacha ta'rif uning nechog'li madaniyatli, jiddiy aql sohibasi ekanligini isbotlaydi:

Mehinbonu donishparvar erdi, Bilik ahliga shohi sarvar erdi.

Xuddi shunday Shirin atrofidagi qizlarning ta'rif-tavsifi ham o'sha davr madaniyati haqida tasavvurlarimiz tiniqlashadi:

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-244-248

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Bu majlis ichra hozir o 'n dilorom,

8-fevral

Bori ham sarv qomat, ham gulandom[3.194-b].

Navoiy o'n qiz nomini shunday keltiradi: Dilorom, Diloro, Diloso, Gulandom, Susanbo', Sumanso, Parichehr, Parizod, Parivash, Paripaykarlar bo'lib, har biri bir ilm sohasida mohir deb ta'riflaydi. Biri she'r dengizida g'avvos, biri raqqosa, biri mantiq ilmining bilimdoni, biri hayrat (astronomiya, rassomlik) ilmida qalam tebratardi. Yana birining hunari haqiqat ilmini o'zlashtirganligi bo'lsa, boshqasi chiroyli so'zlashning nozik jihatlarini ko'rsatib berardi, yana biri tarixdan afsonalar so'zlasa, boshqasa hikmat fanida yagona edi, birining zehni hisobda o'tkir bo'lsa, boshqa biri muammolarni oson echa olishi bilan nom qozongandi. Kishining jamiyatdagi o'rni uning atrofini o'rab turgan shaxslarga qarab ham belgilanadi. Demak, Shirin ishtirok etadigan majlislarda ilmning turli sohalari bo'yicha etuk qizlar ishtirok etardi. Bundan ko'rinib turibdiki, Navoiy yosh avlodning, ayniqsa, ayollarning ham har sohada etuk bo'lishini xohlagan. O'z fikriga ega, jamiyat manfaatlari uchun xizmat qiluvchi, teran fikrlovchi avlodni tarbiyalovchi ayollarning o'zlari, eng avvalo, ma'rifatli bo'lishlari lozimligini chuqur anglashiladi.

Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy "Farhod va Shirin" dostonida yoshlar obraziga alohida to'xtaladi. Ularning ma'naviy olamini ochib berishda kasb-u kamolotning nechog'li ahamiyatli ekanligini ko'rsatib beradi. Dostondagi yoshlarning zakovati, jasorati, ma'rifati, axloqiy barkamolligi bugungi yoshlar uchun ham ibrat maktabidir. Avlodning ham ma'naviy, ham jismoniy yuksalishida doston yoshlarining ta'lim-tarbiya usullarini o'zlashtirish kutilgan natijalar berishi shubhasizdir.

REFERENCES

1.Navoiy zamondoshlar xotirasida. Tuzuvchi B.Ahmedov. Toshkent, G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1985-y., 220-bet.

2. Navoiyda qaytish. Ibrohim Haqqul,"Fan", Toshkent 2007-yil, 220-b.

3. Najmiddin Komilov. Xizr chashmasi., Toshkent "Ma'naviyat", 2005-y, 320-bet.

4. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin. G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1989-y., 590-bet.

5. Maqsud Shayxzoda. Mukammal asarlar to'plami. 6 tom, 4-tom. G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1972-y., 372-bet.

6.www.ziyouz.com kutubxonasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.