Научная статья на тему 'KOMIL INSONNI TARBIYALASHDA FUTUVVAT G‘OYALARINING O‘RNI'

KOMIL INSONNI TARBIYALASHDA FUTUVVAT G‘OYALARINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
1954
189
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Komillik / oriflik / futuvvat / fatiylik / javonmardlik / axiylik / G‘azzoliy / irfon / ruh futuvvati

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Umarov Sardorbek Akmalovich

Mazkur maqolada komil insonni axloqiy jihatdan yetuk qilib tarbiyalashda futuvvat ilmining o‘rni haqida keng to‘xtalib o‘tiladi. Futuvvat ilmi tasavvuf ilmining amaliy xalqona ko‘rinishi ekanligi aytildi. Jumladan, komillik martabasiga yetishda insonda saxovat, javonmardlik, axiylik sifatlari bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Futuvvat nazariyasi haqida sharq mutafakkirlarining fikrlari va badiiy adabiyotga kirib kelishi, shuningdek, Alisher Navoiyning “Xamsa” asari orqali atroflicha tahlil qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KOMIL INSONNI TARBIYALASHDA FUTUVVAT G‘OYALARINING O‘RNI»

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

KOMIL INSONNI TARBIYALASHDA FUTUVVAT

Ж

>

G'OYALARINING O'RNI

I )>*

Umarov Sardorbek Akmalovich

J > | > ;

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

tayanch doktaranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7264497

Annotatsiya: Mazkur maqolada komil insonni axloqiy jihatdan yetuk qilib tarbiyalashda futuvvat ilmining o'rni haqida keng to'xtalib o'tiladi. Futuvvat ilmi tasavvuf ilmining amaliy xalqona ko'rinishi ekanligi aytildi. Jumladan, komillik martabasiga yetishda insonda saxovat, javonmardlik, axiylik sifatlari bo'lishi kerakligi ta'kidlandi. Futuvvat nazariyasi haqida sharq mutafakkirlarining fikrlari va badiiy adabiyotga kirib kelishi, shuningdek, Alisher Navoiyning "Xamsa" asari orqali atroflicha tahlil qilindi.

Kalit so'zlar: Komillik, oriflik, futuvvat, fatiylik, javonmardlik, axiylik, G'azzoliy, irfon, ruh futuvvati.

Annotation: This article discusses the role of futuwwat in the upbringing of a

»

perfect human being. Futuvvat is said to be a practical popular form of mysticism. In particular, it was emphasized that in order to reach the level of perfection, a person should have the qualities of generosity, generosity and generosity. The views of Eastern thinkers on the theory of futuwwat and their entry into the literature were also analyzed through Alisher Navoi's Hamsa.

Key words: Perfection, enlightenment, Futuwwat, fatwa, bravery, ahi, Ghazali, gnosis, futuvvat of the soul.

Аннотация: В данной статье рассматривается роль футуват в воспитании совершенного человека. Футувват считается популярной формой мистицизма.

»

В частности, подчеркивалось, что для достижения уровня совершенства человек должен обладать качествами великодушия, великодушия и великодушия. Взгляды восточных мыслителей на теорию футувват и их

вхождение в литературу также были проанализированы через Хамсу Алишера УМ'-Навои.

m

Ключевые слова: Совершенство, Ариф, футуват. Фатий. Джаванмардлик, Ахыйик, Газзали, Ирфан.

Inson butun hayoti davomida har qancha ko'p kitob o'qib uni amalda qo'llamasa, bari befoyda. Xuddi yong'oqni mag'ziga kirmasdan po'stida yugurib yurishga o'xshaydi. Komillikning sharti ham unga amal qilishdir. Zero komillik hamma narsani me'yori va unga amal qilish orqali hosil bo'ladi. Misol uchun non * : j*

"-w-isr88- a |

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

yopmoqchi bo'lsangiz unga suv, achitqi va tuz solib qoriysiz. Ko'pchigan xamirni esa

rostlab qizigan tandirda yopasiz. Agar mana shu jarayonlarni amalga oshirishda biror xatoga yo'l qo'ysangiz xamiringiz pishmagan, yopgan noningiz sho'r yoki tuzi kam bo'lib mukammallik kasb etmaydi. Aslida insonning komillikka erishuvi ham shunga o'xshab ketadi.

Sharq allomalari Beruniy, Farobiy, Ibn Sino, Motrudiy, G'azzoliy, Termiziy,

- — -......... ^ ....... ...............

i l>s*:

Yusuf Xos Hojib, Naqshbandiy, Jomiy, Alisher Navoiy kabi buyuk zotlar komillikka erishishning inson fenomeni doirasida bir qancha yo'l va usullarini ishlab chiqishgan.

Ana shu komillikka olib boruvchi yo'llardan biri - bu tasavvuf va tavhid ilmining bir bo'lagi sanalgan futuvvat ilmidir.

o o

Futuvvat ilmi ko'hna Sharq adabiyotida chuqur o'rin olgan ta'limotdir. Pok

I ^J ^ V j I ^

ilohiy ishq, Haq va haqiqat, sof insoniy xislatlar, kamolot kasb etish, ishq va inson konsepsiyalari, soflik, saxovat, himmat, axiylik, fatiylik kabi sifatlarini o'zida jam etib adolat va haqiqat timsoli bo'lmish Mutlaq ilohga muhabbat zavqi ushbu mo'tabar ilmning asosini tashkil etadi. Zohiriy jihatdan futuvvatning asosini xalq ichida

ma'lum bir ijtimoiy guruhlarga uyushib, xalqning g'amlari va qayg'ulari, zolimlar zulmidan ezilgan xalqning manfaatlarini himoya qilguvchi mard, jasur yigitlar tashkil etgan bo'lsa, botiniy jihatdan esa futuvvat qalbda Allohni nomini zikr qilishni

iw -

qo'ymaydigan, saxovat va himmatli, iymonli, diyonatli, mard, saxiy komil insonni tushunamiz.

Inson tabiati faqat ruhiy dunyodan iborat bo'lmagani sababli, u agar to'liq moddiy dunyo ehtiyojlarini rad etsa, yo bu foniy dunyoni tark etmog'i, yo

ikkiyuzlamachilikni, ya'ni riyokorlikni kasb etmog'i lozim. Ahli futuvvat ushbu

— . . ,. , . „ . , . ........

ziddiyatni yengib o'ta olgan jamoadir. Futuvvat ma'naviyatini o'zlashtirgan kishi

omn1 rl n irnrn+i rnKi iro n i \ rrtirl o rl o n roolTrlir T Tninrv nvl Ami r 11 nIrl o n n-fn+i

amalda yaratuvchi va ruhiyatda darveshdir. Uning axloqiy jihatdan sifati -javonmardlik, ya'ni saxovatlilik, oliyhimmatlik, kamtarinlik, to'g'riso'zlik, mardlik kabi xislatlarning uzviy yaxlitlikda namoyon bo'lishidir. "Bu guruh mehnat bilan topgan nonini boylik deb bilgay", deb yozadi Kaykovus.

Shariat, falsafa va tasavvuf ham aslida irfoniy jihatidan bir-biriga yaqin tushunchalardir. Ilmi qol deya e'tirof e'tilgan shariat ilmlari hamda dunyoviy ilm hisoblangan falsafa komillikka intilayotgan solihni zohiriy tarbiyalasa, ilmi hol J-jt sanalgan tasavvuf ilmi solihni botiniy qalb dunyosini tarbiyalaydi. Insonning komillikka intilishi shu ikki tushunchaning qorishuvidan, amalda qo'llay olishdan va unga amal qilishidan shakllanadi. Bu haqida imom G'azzoliyning quyidagi fikrlari e'tiborlidir: "Bilgilki, hazrati Haq subhanahu va taoloni tanimoqning kalidi o'z

i >&■

nafsini tanimoqdir. Ushbu ma'nida aytibdirlarki, "Man arofa nafsahu fa qod arofa robbahu", ya'ni har kishi o'z nafsini tanisa, batahqiq Parvardigorini tanigaydir... Ikki

iuuucuiu , y a 111 iicii jvioiii w iicixcjiiii iciiiioci, uciicii iv_| i cii v aiuigui 1111 icuiigciy un . . . irv rv i

nimarsidin biri zohir badandirki, ani tan atabdurlar, muni zohir ko'z birla ko'rgali

bo'lur. Yana biri ma'nii botindirki, ani nafs derlar, jon atarlar va dil ham derlar. Bu

31><}>

U>,* ^ «KQs

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

ma'nini botinni (yashiгin ma'noni) botin (ichki) ko'z biгla tanigani bo'luг, zohiг ko'z

biгla ko'гgali bo'lmas. Va sening haqiqatining ushbu ma'nii botindir.. "

Komillikning eng asosiy sharti esa qalbni nafs qutqusidan tozalash va qo'lni

kasb-hunar bilan band etmoqlikdir. Kamollikning muhim zohiriy shartlaridan biri

ам j

ham aynan insonning kasb-hunari borligi hisoblanadi. Bu yo'lning tarixi esa komillikning timsoli bo'lgan payg'ambarlarning hayot yo'li bilan bog'liqdir. Payg'ambarlar tarixidan ma'lumki, ular qandaydir kasb-hunar bilan shug'ullanishgan.

!

Payg'ambarlar o'z qalbi va ruhini Allohning yodi bilan pok etib, halol mehnat bilan rizq topishgan. Jumladan, Odam alayhissalom dehqonchilik, Idris alayhissalom temirchilik, Muso alayhissalom cho'ponlik qilganlar. Muhammad alayhissalom cho'ponlik va tijorat bilan shug'ullanganlar. Payg'ambarlardan meros qolgan bu an'ana ma'naviy kamolotning cho'qqisini zabt etgan komillik martabasiga erishgan avliyolik, valiylik, so'fiylik, oriflik maqomiga erishgan zotlar tomonidan davom ettirilgan. Jumladan, Naqshbandiya shayxlari ishsiz, ma'lum kasb-hunar egasi bo'lmagan insonlarni shogirdlikka qabul qilmaganlar, o'zlari biror kasb-hunar bilan

mashg'ul bo'lganlar. Xoja Ali Rometaniy - to'quvchi, Muhammad Boboyi Samosiy - bog'bon, Sayyid Amir Kulol - kulol, Bahouddin Naqshband - naqqosh, to'quvchi va chorvador, Amir Kulolning o'g'li Amir Hamza - ovchi, Xoja Ubaydulloh Ahror -

iW

chorvador va savdogar bo'lishgan. Mazkur an'ana tasavvufning ko'plab tariqatlari va maqomotlarda o'z aksini topgan. Masalan, futuvvat ahli ham kasb-hunar orqali topilgan halol mehnatni komillikka erishning asosiy yo'li deb bilgan. Bu jamoaga birlashgan kishilarning ko'pi javonmardlik, axiylik, fatiylik sifatlariga ega insonlar

canoliTQii Д Ы1 fîi+ii^r\7Q+ iQmr»Qcirra V\ir1 aeVnh гмггга лл'1 V\£»rrrcm fa+ii/l or Viam ma'lum

sanalgan. Ahli futuvvat jamoasiga birlashib pirga qo'l bergan fatiylar ham ma'lum kasb-korga ega insonlar hisoblanishgan. Bu haqida Alisher Navoiy o'zining Pi "Nasoyim ul-muhabbat shamoyin ul-futuvvat" asarida avliyo va mashoyixlarning halol mehnat bilan kun kechirishini va ma'lum bir kasb bilan mashg'ul bo'lganligini e'tirof etadi: Abu Said Xarroz - etikdo'z, Muhammad Sakkok - pichoqchi, Abu Hafz Haddod - temirchi, Abulabbos Omiliy - qassob, Ibrohim Ojiriy - g'isht quyuvchi.

Tarixdan ma'lumki, tasavvuf ilmining eng gullab rivojlangan davri XI asr oxiri - XII asr boshlariga to'g'ri keladi. Bu davrning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida shaharlar aholisining asosini tashkil etgan hunarmandlar, kosiblar va o'rta hol savdo J-jt ahlining ma'rifati va ijtimoiy mavqei yuksalib borgan. Natijada ularning ma'naviy ehtiyojlari va bilim darajasi keskin oshib, ijtimoiy faolliklari har sohada sezila boshlagan. Aynan mana shu davrda futuvvat va axiylik tashkilotlari faol ishlagan. Futuvvat va axiylik jamoalari borgan sari keng tarkib topdi. Futuvvat tasavvuf

i J>:*-

g'oyalarini amaliy tadbiq eta boshladi va tasavvuf g'oyalari futuvvatga qo'l berib, xoslar doirasidan chiqib, xalq ichiga yoyildi. Xullas, jamiyatning ijtimoiy, ma'naviy ahvoli yangi bir bosqichga ko'tarildi. Bu haqida eronlik tasavvufshunos olimi

_________^.....1______1.....j________J '. ^______________i:

Muhammadkozim Yusufpuг ham shunday yozadi: "Tasavvuf tariqatining ko'p sonli

* : j*

"^isr8'- a >

: * ^ * n>

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

tarmoqlari ichida ko'proq jamiyat orasida yoyilgan va rivoj topgan oqimlardan biri

futuvvatdir. Tasavvuf xoslar (ma'rifatli tabaqa) orasida tarqalgandan so'ng, futuvvat odobi bilan ko'cha va bozorlarga kirib bordi. Darvoqe, futuvvat bu avomona tasavvuf

bo'lib, uning rasm-rusumlari oddiy va amaliy, ya'ni kosib hunarmandlar,

аи j

dehqonlarga tushunarli bo'lgan."

Bu davrda jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy o'zgarishlar adabiyotga ham ta'sir eta boshladi. Adabiyot ilohiy ishq va ma'rifatni insonning aqli bilan emas, balki qalb

V

!

oynasi orqali ko'rishni kashf etdi. Adabiyot endi Xudo va inson, olam va odam bilan bog'liq azaliy muammolarni irfoniy, ma'rifiy, tasavvufiy va ijtmoiy mezonlar asosida tahlil qila boshladi. Bu davr allomalari insonni komillikka erishish va tavhidning mohiyatni anglash yo'lida shariat, tasavvuf, falsafa aslida yagona bir ilm ekanligini va bu yo'lda irfon (bilish) barchasi uchun yagona mohiyatga eltuvchi komillik va oriflik yo'li ekanligini anglashdi. Bu murakkab jarayonni tasavvuf ahli xoslar doirasida qoldirmasdan, futuvvat tashkilotlari orqali oddiy xalq ommasiga ham

тгах rir nrrn ' 11 nr XIo + 11 олп mi ûTrrtlionl nt* nal/in nrln Кплитг 11ЛЛГГП m о т тг\ Am rvn n о m

yoyishga Crtta. Natijada bu evrilishlar «ddn-aan badiiy ijodga maytaiga tarn

ta'sir ko'rsata boshladi. Natijada bu jarayon xalq og'zaki ijodiga ham, yozma adabiyotga ham o'z ta'sirini o'tkazmay qolmadi. Xususan, Fors-tojik xalqlarining og'zaki adabiyotida "Samaki Ayyor", turkiy xalqlar og'zaki adabiyotida Nasriddin

ïw -

afandi obrazlari aslida futuvvat va javonmard insonlarning umumlasha obrazlari jumlasidandir.

Yozma adabiyotda futuvvat, axiylik tashkilotlarining g'oyalari ishq, saxovat, himmat masalalari bilan qorishib o'ziga xos g'oyaviy mazmun kasb eta boshladi. Natijada adabiyotda axiy, fatiy, javonmard, ayyor obrazlari shakllandi. Alalxusus, futuvvat haqida yozilgan ilmiy va badiiy asarlarda inson qalbining saxovati, mardligi keng yoritiladi. Xususan, Fariddin Attor, Jaloliddin Rumiy, Nasimiy, Abdulla Ansoriy, Nizomiy, Dehlaviy va Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiylar futuvvat mavzusiga bag'ishlab, ilmiy va nasriy asarlar yaratdilar. Xususan, Alisher Navoiy javonmard, fatiy insonlarda komillikka xos sifatlarini ko'radi. Bu "Xamsa" dostoning ikkinchi dostoni sanalgan "Farhod va Shirin" dostonida yaqqol ko'zga tashlanadi. Masalan, "Hayrat ul abror" da abror insonning hayot yo'li futuvvat g'oyalari asosida yoritilgan va tub mazmuniga singdirib yuborilgan. "Xamsa"ning ikkinchi dostoni

J-jt

"Farhod va Shirin" da esa Farhod obrazini bosh obraz darajasiga olib chiqib, uni komil inson sifatida tasvirlaydi. Komillikning asosi esa insonning amaliy mehnati va hunar bilan shakllanishi quyidagicha tasvirlaydi: Hunarni asrabon netgumdur oxir, Olib tufroqqamu ketgumdur oxir. Yoki:

Jahonda qolmadi ul yetmagan ilm, Bilib tahqiqini kasb etmagan ilm.

Ы> 3 ]> <}>

u>,* ^ t<ns

>q )> q )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Alisher Navoiy "Farhod va Shirin" dostoni markazida komil inson tarbiyasi

turadi. Shariat ahkomiga qurilgan tariqat rasmi rusumlari, pir muridlik an'anasi, solik odobi, poklanish, tavba tazarru, zikr-u samo - hamma hammasidan maqsad insonni komillikka yuksaltirish, ruhni yaratish, g'aybiyotning sir-u asrorini kashf etish edi. Alisher Navoiy Farhod timsolida insonni ruhiy, ma'naviy va jismoniy kamol toptirish va poklash ilmi bo'lgan futuvvat orqali poklaydi. Farhodning botinidagi barcha salbiy xislatlarni nafs tushunchasiga bog'lab izohlaydi va unga qarshi jihod e'lon qiladi. Asarda temir odam, dev obrazlari nafs timsolidir. Navoiy shuning uchun insonning

J о о

birinchi vazifasi o'z nafsini jilovlab olishi, uni mahv etishidir deb biladi. Qanoat, saxovat va himmat bilan inson o'zining ilohiy mohiyatini va ulug'ligini angl asa, eng yomon dushman nafsi ekanligini ham anglaydi. Navoiy mazkur dostonda aynan komillikka yetishning bir yo'li futuvvat ekanligi Farhod obrazi orqali ko'rsatib beradi.

"Xamsa"ning uchinchi dostoni "Layli va Majnun" dostonida Navoiy Majnunni

"futuvvat ahlidin erdi" deb ta'riflaydi. Navoiy Majnunning "ruh futuvvati"ni irfoniy

>

darajaga olib chiqadi.

Navoiyning keyingi to'rtinchi dostoni "Sab'ai sayyor" da yetti hikoyat futuvvat g'oyalari bilan boyitiladi va bir-biri bilan mantiqiy bog'lanib, yaxlit bir kompozitsiya

ïw -

hosil qiladi. Navoiy hikoyatlardagi Farrux va Axiy, Zayd Zahhob, Sad, Shoh Jo'na va Ma'sud, Mehr va Suhayl, Muqbil va Mudbir timsollari orqali axiylik, javonmardlik, saxovat va himmat masalalarini keng ochib beradi. "Xamsa"ning so'nggi dostoni yakunlovchi "Saddi Iskandariy" da esa adolatli shohning fatiyliklari va uning odamlarga ko'rsatgan saxovat va himmati tasvirlanadi. Navoiy Iskandar timsolida yuksak darajaga erishgan komil, orif, javonmard insonni mahorat bilan tasvirlaydi.

P \ >

Bugungi kunda o'sib unayotgan yosh avlodning ma'naviy dunyoqarashini tarbiyalashda futuvvat nima ekanligi va bu mo'tabar ilming mohiyatini Alisher Navoiy asarlari orqali yosh avlodga yetkazish lozim. Zero,Alisher Navoiy ijodi bir bog' bo'lsa, unga hayot berib turuvchi tuprog'i - bu futuvvat ilmidir. Futuvvatning

ш ildizi esa pok ilohiy ishq sanaladi.

Й*

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Zayniddin Muhammad G'azzoliy. Kimyoyi saodat. T.: Kamalak, 1995. B.57.

2. Алишер Навоий. Мукаммал асарлар туплами.15-жилд, с. 68.

3. Алишер Навоий. Сабьаи сайёр. Нашрга тайёрловчи: С.Хдсанов. Тошкент. Гофур Гулом номидаги нашриёт матбаа бирлашаси. 1991.

4. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin. To'la asarlar to'plami. 10 jildlik, Toshkent matbuot axborot agentligi G'ofur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.

390-

391-betlar.

> Ц >

• > Щ >

>q ] i )> >

u>,* ^ t<ns

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

5. X,acaHOB С. Швоийнинг этти тухФэси. Тошкент: Fофyр Fyлом номидaги Нaшриёт-мaтбaa бирлaшмaси 1991.

6. XycaÜH Воиз Кошифий. Фyтyввaтномaи султоний ёхyд жaвонмaрдлик тaрикaти (Тaржимон: Н.Комилов). - Т.: Узбекистон миллий энциклопедияси дaвлaт илмий нaшриёти, 2011.

7. Мухэммэдкозим Юсуфпур. Нaкди муфтий. Техрон: Рузта, 1380. Б: 119.

8. Куръони кaрим. y^e^a изохли тaржимa. Тaржимa Ba изохлэр муэллифи Aлоyддин Мaнсyр. - Т.: Чулпон, 1992.

Ж*

Ой*

-^fV-iír f.--^SfV-^ï f.—

146

jW^ У

q ж**

!>3*:

Ш

j

Ы >

q > >

wi >

Ы:> и*-

q

Ш >

Ш >

q

Ш >

m >

i> * q

Ц >p

q > >

q ж** q

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.