O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-307-312
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini
NAVOIYSHUNOSLIK: TAHLIL, SHARH VA TALQINLAR
Zarif Quvonov
Navoiy davlat pedagogika instituti, [email protected]
ANNOTASIYA
Maqolada adabiyotshunos Ibrohim Haqqulning navoiyshunoslik ilmiga qo'shgan hissasi, "Navoiy qaytish" kitobining ilmiy-ma'rifiy ahamiyati borasida mulohaza yuritilgan.
Kalit so'zlar: navoiyshunoslik, sharh, talqin, tahlil,germenevtika, matn, mahorat.
АННОТАЦИЯ
В статье рассматривается вклад литературоведа Ибрагима Хаккула в науку навоиведения, научно-просветительское значение книги «Возвращение Навои».
Ключевые слова: герменевтика, интерпретация, интерпретация, герменевтика, текст, мастерство.
ABSTRACT
The article discusses the contribution of the literary critic Ibrakhim Khaqqul to the science of Navoi studies, the scientific and educational significance of the book "Navoiyga qaytish".
Key words: hermeneutics, interpretation, hermeneutic's, text, skill.
Istiqlol imkoniyati tufayli Alisher Navoiy asarlarining mukammal matnlarini yaratish, janr xususiyatlari, obrazlar tizimi, syujet va kompozitsiyasi, uslubi va tasviriy vositalarini o'rganish sohasida katta yutuqlarga erishilganini e'tirof etish mumkin. Shoir asarlaridagi diniy-irfoniy, ma'naviy-ma'rifiy masalalar, asarlari g'oyaviyligini biror ijtimoiy maslakka ko'ra emas, badiiy barkamolligi o'laroq talqin va tadqiq etish imkoni yaratildi. Ilg'or adabiyotshunoslik mezonlari asnosida shoir asarlarini tahlil va talqin etish yetakchi xususiyat kasb etmoqda. Jumladan, Navoiy asarlaridagi diniy-irfoniy, badiiy-falsafiy mohiyatni anglash, idrok qilish, uning mazmuni, badiiy konsepsiyasini tushunishga qaratilgan germenevtik yondashuv usuli, ya'ni matnni tushunish
8-fevral
307
va ma'no-mohiyatiga yetib talqin hamda tahlil qilish tadqiqotlar mazmun-mohiyatini boyitmoqda.
Bu borada navoiyshunos Ibrohim Haqqul tadqiqotlarini alohida ko'rsatish mumkin. Olimning 2007-2021-yillarda yaratilgan to'rt kitobdan iborat yirik fundamental tadqiqoti "Navoiyga qaytish" asari ulug' shoir hayoti va ijodiyotini o'rganishda muhim ahamiyatga ega. To'rt qismdan iborat asarlar bir-birini to'ldiradi: buyuk mutafakkir hayoti, asarlarining yozilish tarixi bilan bog'liq yangi fakt va tahlillar, ulug' shoir ijodiyotini to'g'ri, holis tadqiq etish yo'lidagi metodologik yondashuvlar aks etgan maqolalar, g'azal, ruboiy, qit'alar talqin-sharhi, epik asarlar poetikasiga xos mulohazalar va adabiy-tanqidiy o'ylar, navoiyxonlik suhbatlarini o'z ichiga oladi.
Ibrohim Haqqulning Navoiy ijodiga doir tadqiqotlari muvaffaqiyatini ta'minlashda quyidagi ikki jihatning ham o'rni bor: birinchidan, olim Navoiy merosiga ulkan muhabbat bilan yondashib, shoir ruhiyati va qalbiga chuqurroq kirib borishga intiladi, ikkinchidan, har bir masalaga bugungi zamon talabi, davrning nigohi bilan qaraydi. Natijada Navoiy ijodining barcha zamon va makonlar uchun dolzarb bo'lgan o'lmas mohiyati kashf etiladi, uni o'rganish xalqimiz uchun zaruriy ma'naviy ehtiyoj ekanligi ko'rsatiladi.
"Navoiyga qaytish"da Ibrohim Haqqulning mohir talqinshunosligi ko'rinadi. Tarix, din, tasavvuf, madaniyat, san'at, siyosat, ma'naviyat, fan bilan bog'liq fikr-qarashlarini har bir maqolasi, tahlillari zamiriga singdiradi. Navoiy ijodiyotini real turmush bilan bog'lagan holda tadqiq etadi, fikrlarini hayotiy misollar bilan asoslaydi. Matn talqiniga tarixiy ma'lumotlar, tazkira va manoqiblardan zarur iqtiboslar, ibratli va qiziqarli hikoyat, rivoyat va naqllarni keltirish orqali ilmiy-akademik uslubni keng kitobxon auditoriyasiga olib kiradi. "Biz yoshlarga basirat sir-asrorlarini yetarli daradjada tushuntirib, dunyoga basirat ko'zi bilan boqishni o'rgatmagunimizcha, ular Navoiy she'riyatining tub mohiyati va go'zallik sirlarini mushohada qilishdan ojiz bo'lib qolaveradi" [I.Haqqul, 2007:5], deb ta'kidlaydi. Albatta, zamonaviylashib, texnogen jamiyatga aylanib borayotgan davrda insoniyat ma'naviy-ma'rifatdan uzoqlashib, o'zi yaratgan moddiyatning iste'molchisiga aylanib borayotgani har chin haqiqat. Shu bois, ijtimoiy fanlar, jumladan, adabiyotshunoslik o'z oldiga yangi metod va badiiy matnga yondashuvlarni qo'ya boshladi. Badiiy matnga germenevtik yondashuv zamonaviy va mumtoz asarlar tahlilida qo'llanila boshlandi. Bunda adabiyotshunos badiiy asarning poetik konsepsiyasini, ijodkor idealini teran tushunib,
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-307-312
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
uni eng samarali falsafiy-estetik tamoyillar, ilmiy-nazariy
8-fevral
metodlar asosida talqin qilish orqali badiiy haqiqat mohiyatga yaqin keladi. Shu bilan birgalikda tahlil va talqinlar jarayoni inson tafakkurining o'sishiga, fikr olamining kengayishiga, inson ong osti qatlamida mudrab yotgan fikrlarning uyg'onishiga, oxir-oqibat esa butun jamoatchilik saviyasining o'sishiga, ularda ham fikrlar, yangi g'oyalar paydo bo'lishiga olib keladi.
Ma'lumki, "adabiyotshunos ham talqinni o'quvchi sifatida boshlaydi, ya'ni u ham talqinni talqin qiladi - obrazlar vositasida aks ettirilgan voqelikni tasavvurida qayta yaratadi. Biroq uning talqini shu amalning o'zi bilan cheklanmaydi, u tadqiq ham etadi. Adabiyotshunos, jumladan, asardagi obrazlarni tasavvurida jonlantirish asosida qayta akslangan voqelikni real voqelik (asarda aks etgan va asar o'qilayotgan davr voqeliklari) bilan muqoyasa qilish, shu asosda muayyan xulosalar chiqarishga intiladi [Quronov, 2015: 24]. Germenevtika matnni idrok etish va tushunish masalalari bilan shug'ullanadi, ya'ni so'zlovchi va tinglovchi yoxud ijodkor va o'quvchi o'rtasidagi o'ziga xos dialogdir. Germenevtika zohiriy ma'no ostida yashiringan ma'noning ochilishi deb ta'riflanadi. Shuningdek, tushuntirish va tushunish talqin deb atash mumkin bo'lgan murakkab jarayonning nisbiy momentlarini tashkil qiladi [Ricoeur, 1986:162].
Bir maqola doirasi talqinshunos Ibrohim Haqqulning "Navoiyga qaytish" kitoblarining birinchi va ikkinchi jildlaridan o'rin olgan Navoiyning mashhur "Qaro ko'zum" radifli g'azali tahliliga bag'ishlangan "Terning siri" va "Qaro ko'zum kelu...(Bir bayt tahlili)" maqolalariga munosabat bildirish va bu orqali mumtoz matnning matnosti ma'nolari germenevtik tahlillar orqali amalga oshirilganiga guvoh bo'lamiz. Olim g'azal matni arxitektonikasidagi ter va ko'z timsollarining talqinini ikki maqola doirasida tahlilga tortadi. Germenevtik yondashuvga ko'ra bu - butunni qism orqali ko'rsatish bo'lib, asar yoki matnning har bir qismi ma'lum bir ma'noni o'z ichiga oladi va asarni o'qish davomida shu qismlar birlashtirilib, butun ma'no kashf etiladi.
"Yuzida terni ko'rib o'lsam, ey rafiq, meni, Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg'il" baytidagi ter obrazini talqini etar ekan olim uni badiiy timsol o'laroq "Muhammad alayhissalomning mo'jizalari" hamda Imom G'azzoliyning "Ihyoi ulum-id din" kitoblaridagi payg'ambarimiz Muhammad a.s hayoti bilan bog'liq voqea-hodisotlar bilan dalillaydi. "Muhammad alayhissalomning mo'jizalari" kitobida o'qiymiz: "O'n ikkinchi mo'jiza: Muborak peshonalari erdiki, andin terlar tomg'on erdi, darhol ul tikan gul bo'ldi. Onhazrat sallolohi alayhi vasallamning terlarini as'hob yuzlariga surtur edilar, toki xushbo'y bo'lg'aylar" Bu
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-307-312
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
g
hodisotni olim ishonch bilan aytadiki, "Hazrati payg'ambar
8-fevral
hayotlari, shaxsiyat va fazilatlari bilan nihoyatda chuqur qiziqqan Navoiy bu mo'jizadan, albatta, xabardor bo'lgan" [I.Haqqul, 2007:78]. Bunday ilmiy asosga ega mulohazalar kitobxonni Navoiyga bo'lgan ehtiromini yanada oshiradi. Navoiy qo'llagan bir timsol, istiloh orqali g'azalxonni bilimini, tafakkurini oshirishga xizmat qiladi. Olimga ko'ra: "Yor yuzidagi terni ko'rish va uning mo'jizaviy qudratiga ishonchning tub asosi" bu bo'lsa, yana bir jihatini Imom G'azzoliyning "Ihyoi ulum id din"ning o'ningchi kitobidagi Rasuli akramning o'lim holatidagi yuzlaridan inju donasi kabi terlarning tomgani, undan go'zal va xushbo'yi hid taralgani hamda Rasuli akramning "Mo'minning joni ter ila, kofirniki esa hayvonning joni kabi og'iz va burun teshiklaridan chiqar" degan muborak so'zlari keltiriladi. Xulosa o'laroq olim "ter" bir ramzdurki, u orqali ma'naviy-ruhiy mohiyat ilgari suriladi [I.Haqqul, 2007:80],-deydi. Navoiyshunoslik bu g'azalning ko'plab tahlillari amalga oshirilgan. Maqolada olim bu borada amalga oshirilgan tahlillarga munosabat bildiradi. Shuni aytib o'tish lozimki, badiiy talqin ijodkor aytmoqchi bo'lgan g'oyani aniqlash bilan birga ijodkorning shuurida kechgan fikrlarni ham kashf etish san'atidir. I.Haqqul Navoiy bayon qilmoqchi bo'lgan mushohadalarni, g'oyani teran anglaydi, Navoiy ruhoniyatiga yaqin boradi. O'zi ta'kidlaganidek, "Navoiy hayotga ko'ngil nigohi bilan nazar tashlar ekan, ma'no, tuyg'u, taassurot, tasvir - hamma-hammasini yo dard, yo iztirob yoki holat orqali, albatta, ko'ngilga bog'laydi" [I.Haqqul, 2011:139].
Navoiy majoz va timsol sifatida ko'zdan ilohiy ishq, irfoniy haqiqatlar mohiyatini yoritish uchun ham nihoyatda mohirlik bilan foydalangan, deydi olim[ I.Haqqul, 2011:140]. Baytdagi ko'z timsolini tahlil qilarkan, adabiyotshunos "Navoiy majoz va timsol sifatida ko'zdan ilohiy ishq, irfoniy haqiqatlar mohiyatini yoritish uchun ham nihoyatda mohirlik bilan foydalangan"ini ta'kidlaydi.Talqin asnosida ko'zning poetik obraz sifatida xalq og'zaki ijodida, dunyoviy va tasavvufiy she'riyatdagi badiiy-falsafiy mohiyatiga e'tibor qaratadi. Imom G'azzoliy, Mahmud Shabustariy, Junayd Bag'dodiy fikr-qarashlari bilan Navoiy qo'llagan ko'z timsolini g'oyaviy xususiyatlarini o'quvchiga nukdadonlik bilan yetkazadi. Navoiyni o'qish va uqishda qiynalgan kitobxonga uni tushunish u qadar imkonsiz emasligiga ishonch uyg'otadi. Tahlil mas'uliyatini olim shunday izohlaydi: "Mumtoz she'riyatda qo'llanilgan so'z, ibora va atamalarning istilohiy, ramziy-majoziy ma'nolarini eski ilmiy, tarixiy, adabiy manbalarga tayanmasdan, u yo bu shoir yashagan davr odamlarining fikr-qarashlari bilan hisoblashmay, ularni biz to'g'ri izohlashga erisholmaymiz" [ I.Haqqul, 2011:141].
Matn talqini falsafiy mushohadaga yo'l ochadi. I.Haqqul
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-307-312
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
g
tadqiqotlarida badiiyatni falsafa bilan yaqinlashtiradi, adabiyotni
8-fevral
O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini
^0:1О.24412/2Ш-1325-202З-^
falsafa bilan boyitishga e'tibor qaratadi. Falsafiy yondashuvlar esa adabiy tanqid va adabiy talqin qilishni uslubiy jihatdan kengaytiradi, filologik nuqtai nazardan ularning maqsad va vazifalarni to'g'ri belgilashga xizmat qiladi.
"Ibrohim Haqqulovning birgina adabiyot emas, balki boshqa fanlardan ham yetarli darajada xabardorligi, o'z xalqining faol fuqarosi sifatida siyosiy-ijtimoiy qarashlari mavjudligi, hayotni chuqur bilishidan dalolat beradi, deb yozadi E.Ochilov "Ilmga baxshida umr"nomli maqolasida. - O'z tadqiqotlarida Avesto, Qur'on, Injil, Talmud, kabi diniy adabiyotlar, hadislar va boshqa turli diniy adabiyotlarga ham tez-tez murojaat qilib turadi".
Demak, bitta asar haqida yaratilgan turlicha tahlil va talqinlar ichida yozuvchining badiiy niyatini to'g'ri anglay olgan, tanlangan mavzu, ilgari surilgan g'oya haqida to'g'ri xulosaga kelgan asosli fikrlargina yashovchanlik qudratiga ega bo'ladi. Shu bilan birgalikda tahlil va talqinlar jarayoni inson tafakkurining o'sishiga, fikr olamining kengayishiga, inson ongosti qatlamida mudrab yotgan fikrlarning uyg'onishiga, oxir-oqibat esa butun jamoatchilik saviyasining o'sishiga, ularda ham fikrlar, yangi g'oyalar paydo bo'lishiga olib keladi. Ibrohim Haqqulning "Yana qora rang talqini haqida" (NQ, 1-kitob), "Badiiy matn va tahlil muammolari", "She'riy matn va obraz ma'nodorligi", "Navoiy she'riyatida so'zning obrazga aylanish asoslari", "Navoiy she'riyatida so'z va ma'no", "Tamalsiz talqin g'alatdir", "Navoiy she'riyatida fano talqinlari" (NQ, 2-kitob), "Adabiy matn: munosabat va talqin", "Navoiy she'riyatida haq va shaxs munosabati" (NQ, 3-kitob), "Anosiri arba'a: mohiyat va she'riy talqin", "Navoiy she'riyatida tark tushunchasi va talqinlari", "Navoiy ijodida "adam va vujud" falsafasi", "Hadis va talqin mahorati" (NQ, 4-kitob) maqolalari bevosita matn tahlili va talqiniga bag'ishlangan. Faqat sanab o'tilganlargina emas, olimning har bir maqolasi, suhbat va sharhlarida ham badiiy tafakkur mahsulining bugungi kun nuqtai nazaridan tahlil va talqinlari beriladi. Ibrohim Haqqulning tadqiqotlarining yetakchi xususiyati teran fikrlilik, tahlilda izchillik, mushohadalarning o'tkirligi, nazariy bilimlarining chuqurligi, dalillash san'atida mohirligi, bayonda ilmiy va badiiy uslubning o'ziga xos omuxtaligi bilan ajralib turadi. Olimning Navoiy ijodiga doir asarlari shoirni xalqqa, kitobxonlar qalbiga qaytishi uchun mudom xizmat qilishi shubhasizdir.
REFERENCES
1. Хдккул, И. (2007) Навоийга кайтиш. 1-китоб. Фан.
2. Хдккул И. (2011) Навоийга кайтиш. 2-китоб Фан.
3. Хдккул И. (2016) Навоийга кайтиш. 3-китоб. Tafakkur.
8-fevral
311
4. Хдккул И. (2021) Навоийга кайтиш.4-китоб. Tafakkur.
5. Ricoeur P. (1986) Du texte à l'action. Essais d'herméneutique, II, Paris, Seuil, coll. Esprit.
6. Куронов Д. (2015) Талкин имконлари.Турон замин зиё.
7. Очилов Э. (2019) Илмга бахшида умр. // Китобда: Мохдятга мухдббат. Tafakkur.
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-307-312
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
g
8-fevral