O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-140-147
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini
ISKANDARNING SHOXI BO'LGANMI?
Ilyos Ismoilov
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti,
filologiya fanlari doktori, [email protected]
ANNOTATSIYA
Iskandar mavzusi qadimiy ildizlari va hayratomuz mazmun-mundarijasi bilan asrlar davomida dunyoning ko'plab xalqlarini o'ziga rom etgan. Bu mavzuda ko'plab qarash-u talqinlar yuzaga kelgan, ularning orasida mistik tabiatga ega, insonning ilohiyot bilan aloqadorligiga ishora qiluvchilari ham bo'lgan. Jumladan, shox (por) motivi mavzu tarixida alohida ahamiyat kasb etgan bo'lib, u folklor va yozma adabiyotda keng tasvirlangan. Maqolada ushbu motivning genezisi va sharq adabiyotidagi talqinlari o'rganilgan. Iskandar va Zulqarnayn qissalarining qo'shilib ketish jarayoni, shox motivining bu jarayondagi o'rni va talqinlari ko'rsatib berilgan. Iskandarning shoxi bor degan tasavvurlarning manbalari aniqlanib, ularning Sharq adabiyotiga ta'siri masalalari yoritilgan. Shox motiviga oid bahslarga munosabat bildirilgan, uning sharq adabiyotidagi turli talqinlari tahlilga tortilgan.
Kalit so'zlar: Iskandar (Aleksandr), shox, folklor, adabiyot, talqin.
ABSTRACT
For centuries, the theme of Iskander has captivated many peoples of the world with its ancient roots and fascinating content. Many views and interpretations arose on this topic, among which there are interpretations of a mystical nature, indicating the connection of man with the divine. In particular, the motif of the horn, which was widely described in folklore and written literature, has acquired special significance in the history of this topic. The article concerns the genesis of this motif and its interpretation in Eastern literature. The process of merging the stories about Iskander and Zulkarnain, the role and interpretation of the horn motif in this process were shown. The sources of the idea that Iskander had a horn were revealed, and the issues of their influence on Eastern literature were highlighted. Reactions to disputes about the motif of the horn were given, as well as its various interpretations in Eastern literature were analyzed.
Keywords: Iskander (Alexander), horn, folklore, literature, interpretation.
8-fevral
140
Тема Искандера веками увлекала многие народы мира своими древними корнями и захватывающим содержанием. На эту тему возникло множество взглядов и толкований, среди которых есть толкования мистического характера, указывающие на связь человека с божественным. В частности, особое значение в истории этой темы приобрел мотив рога, который широко описан в фольклоре и письменной литературе. В статье рассмотрены генезис этого мотива и его интерпретации в восточной литературе. Показан процесс слияния сюжетов об Искандере и Зулкарнайне, роль и интерпретации мотива рога в этом процессе. Выявлены источники представления о том, что у Искандера был рог, и освещены вопросы их влияния на восточную литературу. Приведены реакции на споры о мотиве рога, проанализированы его различные трактовки в восточной литературе.
Ключевые слова: Искандер (Александр), рог, фольклор, литература, интерпретация.
Sharq xalqlarida podsho Iskandarning boshida shoxi bo'lgan degan tasavvur mavjud. Shu qarash asosida turli afsona-yu ertaklar to'qilgan, badiiy talqinlar yaratilgan. Masalaning ontologik tafakkur darajasi bilan bog'liq jihatlari mavjud bo'lib, qadimgi xalqlarda podshohlarga xudolar, osmonlar homiylik qilishi haqida ishonch, ularga sirli kuch-qudrat sohibi sifatida qarash mavjud bo'lgan, shuning natijasi o'laroq shohlarda noodatiy belgilar mavjud deb ishonilgan. Sharqshunos Y.E.Bertels aytadiki, "shox eng qadimgi davrlardayoq Yaqin Sharqda ilohiy qudratning ramzi bo'lgan. Suzadan topilgan yodgorlik toshidayoq Naram-Sin ikkita shox bilan tasvirlangan" [3, 290]. Bu kabi tasavvurlar zamirida mutlaq hukmdorni ilohiylashtirish yoxud uning ilohiyot bilan aloqasini ko'rsatish psixologiyasi yotadi. Bu judda katta masala bo'lib, bizni uning bu tomoni emas, balki shox motivining mavjud manbalar, Iskandar timsoli va obraziga oid asarlardagi talqinlarining tarixiy rivoji ko'proq qiziqtiradi. Shubhasiz, Iskandar mavzusida shox motivi to'g'risidagi tasavvurlar o'z-o'zidan paydo bo'lmagan va qadimiy ildizlarga tayanadi.
Iskandarning shoxi bor degan tasavvur sharq xalqlari folklorida keng tarqalgan bo'lib, afsona-yu ertaklarda Iskandarning boshida shoxi borligi, Iskandar uni sir tutishga harakat qilgani, lekin baribir oshkor bo'lgani aytiladi. Biroq yozma adabiyotda bunday qarashlar u qadar ommalashgan emas. Adiblar bunday uydirmalarga qo'shilavermagan, aksincha, ularning
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-140-147
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
АННОТАЦИЯ
yanglish tasavvurlar hosilasi ekanini ko'rsatishga urg'u berishgan.
8-fevral
Masalan, Alisher Navoiy Iskandar mavzusiga ko'p murojaat etgan, bu borada maxsus doston yozgan bo'lsa-da, shox motivini tasvirlamagan, bu haqda so'z ochmagan. Yoki Nizomiy Ganjaviy "Iskandarnoma"da Iskandar va uning ikki tomonida farishtalar turgani chizilgan surat dunyoda keng tarqalgani, arablar suratga qarab, farishtalardan birini Iskandar deb gumon qilgani va ana o'sha farishta suratda ikki shoxli qilib tasvirlangani, shu uchun Iskandarni Zulqarnayn deb atashgani haqida yozadi [5, 323 - 326].
Sharqda Iskandarning shoxi bor tarzidagi qarash-u talqinlar, aslida, Zulqarnayn nomi va masalasi bilan bog'liq holda yuzaga kelgan. Qur'onning "Kahf ' surasi nozil bo'lgach, undagi Zulqrnayn qissasi, xususan, Zulqarnayn so'zining ma'nosini sharhlash bahonasida turli bahslar yuzaga chiqqan. Masalan, Zulqarnayn so'zi G'arb-u Sharqni egallagan, ikki shoxli, ikki kokilli, ikki uzun quloqli, jomi Jamga ikki qo'llab qilich urgan, ikki qarn yashagan odam ma'nolarini anglatishi taxmin qilingan. Garchi mazkur munozaralar Zulqarnayn ismiga oid bo'lsa-da, u doiraga Iskandar nomi ham qo'shib yuborilgan. Holbuki, Quron va sahih hadislarda Iskandar nomi tilga olingan emas [7, 302 - 303; 1, 401 - 402; 2, 393]. Buning sababi shuki, ilk islom muarrix-u mufassirlari Qur'ondagi Zulqarnaynning kimligini aniqlashtirishga intilib, Aleksandr (Iskandar) haqidagi soxta afsona-yu rivoyatlarga duch kelishgan. Isroiliyotdan boxabar odamlarning naqllariga ergashishgan, natijada sekin-asta "Zulqarnayn bu - Iskandar" tarzidagi noto'g'ri qarashlar shakllana boshlagan. Zulqarnayn va Aleksandrni bir shaxs deb tasavvur qilish oqibatida Zulqarnaynga oid farazlar, jumladan, ikki shoxlilik Iskandarga ham nisbat berila boshlagan. Ikki shoxli Iskandar to'g'risidagi tasavvurlarning Sharqdagi manshasi aynan ushbu bahslardir. Shu tariqa, bir chalg'ish ikkinchi yanglishishni keltirib chiqargan.
Zulqarnayn so'zi aslida qanday ma'noni anglatadi? Agar bu so'z va qissa shox motivi bilan aloqador bo'lmasa, shox motivi mavzuga qanday qilib qo'shilib qolgan? Dastlbaki savolga javob shuki, "Zulqarnayn" so'zi arab tilida turli ma'nolarni bildiradi. Shunga ko'ra, u so'z mana bu ma'noni bildiradi, deb qat'iy aytish qiyin. Biroq so'z "Kahf" surasida "G'arb-u Sharqni bo'ysundirgan shaxs" ma'nosida qo'llangan deyishga yetarli asoslar mavjud, chunki Muhammad s.a.v.ga aynan "G'arb-u Sharqqa qadami yetgan shaxs kim" tarzida berilgan savolga javoban Zulqarnayn qissasi nozil bo'lgan [4, 108]. Bundan tashqari, Qur'ondagi Zulqarnayn qissasida shox timsoli, u bilan bog'liq biror qayd mavjud emas.
Ikkinchi savolga javob shuki, shox motivining ushbu bahs doirasiga qo'shilib qolishi Aleksandr haqidagi ikki xristian
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-140-147
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
g
afsonasi bilan bog'liq [8, 144 - 158, 163 - 200]. Ya'ni g'arblik
8-fevral
tadqiqotchilar Aleksandr haqidagi mazkur soxta xristian afsonlardan birini suriyalik ilohiyotchi olim Serulik Yaqubga (milodiy VI asr boshlari) nisbat berish orqali, bu afsonalar Qur'on nozil bo'lishidan oldin to'qilgani va Zulqarnayn qissasi yuzaga kelishiga asos bo'lganini da'vo qilishadi [6, 30 - 33]. Ayni afsonalarda esa Xudo dunyoda tartib o'rnatish uchun Aleksandrning boshida ikkita shox o'stirgani hikoya qilinadi. Ammo bir guruh g'arblik olimlar bu afsona Yaqubga noto'g'ri nisbat berilgani, til xususiyatlari afsonalar ancha kech yaratilganini isbotlashdi [8, lxxvii]. Qolaversa, bu afsonalar mavjud bo'lgan eng qadimiy qo'lyozma XVIII asrga oid. Shu bois Aleksandr haqidagi mazkur ikki xristian afsonasi "Kahf" surasi nozil bo'lganidan so'ng, islomga qarshi kayfiyatdagi shaxslar tomonidan to'qib chiqarilgani haqiqatga yaqinroq. Shu ma'noda, ikki xristian afsonasining "Kahf' surasiga daxli yo'q, biroq ushbu afsonalarning islom muarrix-u mufassirlari, shoir-u adiblari asarlariga ta'sirini rad etib bo'lmaydi. Aynan mazkur toifa o'z asarlarida ikki xristian afsonasi tafsilotlaridan foydalandi, bu sirada Aleksandr (Iskandar)ning ikki shoxliligi haqidagi tasvirlar ham mavjud. Natijada Iskandar mavzusining Sharqdagi evolutsiyasida shox motivi muhim tarkibiy qismga aylanib ketdi.
Masalaning ikkinchi jihati, ya'ni Aleksandrning boshida ikki shoxning o'sib chiqishi haqidagi tasavvurlarning genetik asoslari ham e'tiborga molik. "Aleksandrning boshidan ikkita shox o'sib chiqqan" tarzidagi tasavvurlarni aks ettiruvchi ikki afsona xristian dunyoqarashga ega shaxslar tomonidan to'qib chiqarilgan bo'lib, buni afsonadagi Bibliyadan olingan iqtiboslar, yahudiylik tushuncha va qarashlarining ustuvorligi tasdiqlaydi. Tabiiyki, mazkur afsonalar ham birdaniga paydo bo'lib qolmagan, ular ham muayyan asoslardan o'sib chiqqan. Bizningcha, ushbu afsonalarning manbasi misr mifrlogiyasi asosida qayta ishlangan Psevdo-Kallisfen an'anasidir. Psevdo-Kallisfenga ko'ra, Aleksandr Misr hukmdori, kohin Nektanebus bilan Makedoniya malikasi Olimpiyaning g'ayriaxloqiy munosabatidan tug'ilgan farzand. Nektanebus kohin bo'lgani uchun o'zining shaxvoniy istaklarini turlicha pardalab, Olimpiyani o'ziga moyil qiladi va uning yotog'iga bir necha bor xudo Ammon qiyofasida kiradi. Nektaneb Olimpiyani avrab, tunda uning huzuriga keluvchi Liviya xudosi Ammon haqida so'zlar ekan, Ammonni ikki shoxli shaxs qiyofasida tasvirlab beradi [8, 7]. Yoki Nektaneb Olimpiya bilan qilgan axloqsizliklarini sun'iy tushlar vositasida pardalaydi, xususan, Nektaneb Filipp urushda bo'lgan paytda Olimpiyaning homilador bo'lib qolishini izohlash uchun sehr orqali Filippga tush ko'rdiradi. Filipp tushida o'rta yoshdagi, qo'chqordek shoxlari bor Ammonning Olimpiya bilan yotgani,
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-140-147
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
g
Olimpiya qornidagi homila uning zurriyodi ekanini ko'radi. Keyin
8-fevral
ta'birchilar ham homila Ammondan ekanini tasdiqlashadi [8, 8-9]. Aytish mumkinki, ikki xristian afsonasidagi Aleksandrning boshidan ikki shoxning o'sib chiqishi haqidagi qaydlar ayni mana shu tasvirlar asosida paydo bo'lgan. Psevdo-Kallisfendagi ushbu tasvirlar zamirida esa, shubhasiz, misr mifologiyasi yotadi. Qadimgi misr mifologiyasiga ko'ra, Am(m)on osmonning yashirin xudosi deb ishonilgan hamda qo'chqor va g'oz uning muqaddas hayvonlari hisoblangan. Albatta, Ammonning ikki shohli odam qiyofasida tasvirlanishi bilan qo'chqor uning muqaddas hayvoni sanalishi o'rtasida aloqadorlik bor. Ammon va uning qo'chqori to'g'risidagi qaydlarning bevosita Iskandar mavzusining Bibliyadagi asoslariga ishora qilishi esa yanada e'tiborli.
Aytish mumkinki, Psevdo-Kallisfen an'anasida Aleksandrning aynan xudo Ammon farzandi sifatida talqin etilishi bevosita Bibliyadagi Daniil payg'ambar qissasida kelgan Aleksandr haqidagi bashoratlar bilan aloqador. Chunki har ikki holatda shox motivi Aleksandr bilan bog'liq holda kelgan. Xronologik nuqtayi nazardan Aleksandr haqida ma'lumotlar uchrovchi ilk diniy manba Bibliya bo'lib [9, 942 - 946], eramizdan avvalgi XIII asrdan to I asrga qadar ibroniy tilida yozilgan deb hisoblanuvchi "Eski Ahd"ning "Muqaddas yozuvlar" (Ktuvim) qismidagi "Daniil" kitobida Aleksandrga oid ilk ma'lumotlar uchraydi. "Daniil" kitobining muallifi Daniil (Doniyor) payg'ambar deb qaraladi, lekin aksariyat bibliyashunoslar fikricha, bu kitob Danil yashagan davrdan ancha keyin yozilgan. Daniil eramizdan oldingi VII - VI asrlarda yashagan, lekin filologlar kitobning tili, undagi grammatik shakllar IV asrdan keyingi davr tiliga juda yaqin ekanini tasdiqlashadi.
"Daniil" kitobiga xos xususiyatlaridan biri shundaki, unda kelajak haqida sirli uslubda hikoya qilinadi, bayonda allegorik xarakter, ramziylik bo'rtib turadi. Mazkur jihatlar Aleksandr haqidagi xabarlarni tushunishda ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. "Daniil" kitobining 7-bo'limi bevosita Iskandar mavzusidagi "shox" (muguz) motivi bilan aloqador bo'lib, unda qadimgi davr hukmdorligi, podshoh va shox motivlari o'zaro bog'liq holda tasavvur qilinganini ko'rish mumkin: "...7 Bundan keyin tundagi vahiyda men qo'rqinchli, dahshatli va benihoya kuchli bo'lgan to'rtinchi maxluqni ko'rdim. U o'z qurbonlarini temir tishlari bilan g'ajib, parchalab tashlardi. Qoldiqlarini esa oyoqlari bilan bosib ezardi. Uning o'nta shoxi bo'lgani uchun, u oldingi maxluqlardan ajralib turar edi. 8 Men maxluqning shoxlarini tomosha qilib turganimda, ularning orasidan o'sib chiqayotgan yana bir shoxchani* ko'rdim. Unga joy berish uchun oldingi o'nta shoxdan uchtasi tag-tugi bilan uzilib tushdi. Bu yangi o'sib chiqqan shoxning
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-140-147
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
g
inson ko'zlariga o'xshagan ko'zlari va takabburona gapiradigan
8-fevral
O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini
^O:10.24412/2181-1385-2023-1-^
°g'zi bor edi" [9, 942 - 944]. Daniilning bu tushi shunday tushuntiriladi: "23 Suhbatdoshim menga shunday dedi: "To'rtinchi maxluq bu yer yuzida hukmronlik qiladigan to'rtinchi shohlikning timsolidir. Bu shohlik boshqa shohliklardan ajralib turadi. U butun dunyoni g'ajib, ezib parcha-parcha qiladi. 24 Maxluqning o'nta shoxi — shohlikni boshqaradigan o'nta hukmdordir. Keyinchalik taxtga yangi bir hukmdor o'tiradi. Bu hukmdor oldingi o'nta hukmdordan ajralib turadi va uchta hukmdorni taxtdan tushiradi. ..." [9, 942 - 944]. Umuman olganda, bu yerda shohlik va shox masalalari o'zaro bog'liq holda tasvirlanadi. Yana bir qiziq jihat shuki, keyingi bo'limda Doro va Aleksandr haqida majoziy hikoya qilinar ekan, ular aynan shoxli hayvonlar - qo'chqor (Doro) va taka (Aleksandr) timsolida tasvirlanadi. "Shox" motivi yana bu ikki hukmdor sarguzashti bilan bog'liq holda tilga olinadi.
8-bo'limda Daniil qo'chqor va echki haqidagi xabarni shunday bayon qiladi: 1 "Shoh Belshazar hukmronligining uchinchi yilida* menga yana bir vahiy keldi. 2 Bu vahiyda men Elam viloyatidagi Shushan qal'asida*, Uloy daryosining bo'yida turgan ekanman. 3 Men daryo bo'yida bir qo'chqor turganini ko'rdim. Uning ikkita uzun-uzun shoxlari bor ekan*. Ikkinchi bo'lib chiqqan shox birinchisiga
qaraganda uzunroq ekan*. 4 Qo'chqor o'zini g'arb, shimol va janubga urib, yo'lida duch kelgan hamma narsani suzar edi. Hech qanday hayvon unga bas kela olmas, uning qurbonlarini qutqara olmas edi. Qo'chqor xohlagan ishini qilar, kuchi tobora oshib borar edi. 5 Buni tomosha qilib turganimda, g'arb tomondan bir taka ko'rindi. Yelday uchib kelayotgan bu takaning tuyoqlari go'yo yerga tegmayotganday tuyular edi. Uning ikki ko'zi orasida ulkan bir shox bor edi*. 6 U quturganicha qo'chqor tomon yugurdi-da, 7 qahr-g'azab bilan unga tashlanib, suzdi. Takaning zarbasi zo'rligidan, qo'chqorning ikkala shoxi sinib tushdi. Qo'chqor takaga bas kela olmadi. Taka uni yerga yiqitib toptadi, hech kim qo'chqorni undan qutqara olmas edi. 8 Taka nihoyatda kuchayib ketdi, ammo kuch-qudrat cho'qqisida uning ulkan shoxi sinib tushdi. Sinib tushgan shoxning o'rniga dunyoning to'rt tomoniga qayrilgan to'rtta katta shox o'sib chiqdi*. ... 15 Men ko'rgan vahiyning mag'zini chaqmoqchi bo'lib, boshimni qotirib turganimda, birdaniga oldimda odam qiyofasidagi allakim paydo bo'ldi. ... 18 U gapirayotganda men hushimdan ketib, yuz tuban yerda cho'zilib yotgan edim. Ammo u qo'lini tekkizib, meni turg'izib qo'ydi-da, 19 shunday dedi: eshit, men senga oxirzamon paytida sodir bo'ladigan narsalarni ayon qilaman, o'sha davrda Xudo O'z g'azabini yer yuziga sochishni belgilagandir. Sen ko'rgan ikki shoxli qo'chqor —
8-fevral
145
bu Midiya va Fors shohliklaridir. 21 Taka esa Yunon shohligidir. Ikkala ko'zining orasidagi ulkan shox — bu Yunon shohligining taxtida o'tiradigan birinchi hukmdordir. Sinib tushgan shoxning o'rniga chiqqan to'rtta shox — Yunon shohligi to'rt qismga bo'linishini bildiradi. Taxtga o'tirgan to'rtala hukmdor oldingi hukmdorga qaraganda zaifroq bo'ladi" [9, 945 - 946].
Ta'kidlaganimizdek, Daniil payg'ambar kitobi ramziy-allegorik tasvir uslubi bilan ajralib turadi. Undagi "to'rt boshli bars", "to'rt shoxli taka" allegorik tarzda Aleksandr va uning imperiyasi haqidagi bashoratlar deb qaraladi. Ushbu xabarlardagi asosiy tezis hukmdorlik, ammo barcha fikrlarda hukmdorlik, podshohlik "shox" (muguz, rog) timsoli vositasida tasvirlangani e'tiborga molik. Xabarlar ta'birida qo'chqorning ikki shoxi Midiya va Fors shohligi, ya'ni Doro saltanatining, takaning yakka shoxi (yedinorog) esa Yunon saltanati, ya'ni Aleksandr hokimiyatining allegorik ifodasi ekani ochiq aytilmoqda. Echkining peshonasidan o'sib chiqqan ulkan shoxning kuch-qudrat cho'qqisida, tezda sinib, o'rnidan dunyoning to'rt tomoniga qaragan to'rt shoxning o'sib chiqishi - Aleksandr saltanatining shiddat bilan kuchayishi, lekin uzoqqa cho'zilmasligi, uning saltanati o'zidan so'ng to'rtga bo'linib ketishini anglatadi. Tarixdan ma'lumki, Aleksandrning imperiyasi o'zidan so'ng sarkardalari Ptolemey, Kassandr, Lisimax va Antiox (Selevk)lar tomonidan bo'lib olingan. "Tarixiy dalillarga ko'ra, Fors shohi o'z qo'shinini boshqara turib, o'z boshini qo'chqorning boshi (ko'rinishidagi dubulg'a-bosh kiyim) bilan bezatgan, shundan kelib chiqilsa, qo'chqor tasviri forsiy simvolizm bilan bog'liq bo'lishi kerak" [10].
Xulosa qilib aytganda, mana shunday tasvir va talqinlar asosida sharq adabiyotiga Iskandarning shoxi bor degan tasavvurlar transformatsiya bo'lgan va keng tarqalgan, bu haqda yangidan-yangi yanglish tasavvurlar ko'payib borgan. Bu motiv sharq xalqlari orasida, ayniqsa, Qur'on nozil bo'lganidan so'ng keng yoyilgan. Bunga Qur'ondagi "Zulqarnayn" ismi sabab bo'lgan. Islom ta'limoti tushgach, Qur'onda xabari kelgan Zulqarnayn shaxsini Eski Ahdda "bir shoxli" taka timsolida bashorat qilingan Aleksandr bilan bitta shaxs deb tushunish, "Zulqarnayn" arab tilida "ikki shoxli" ma'nosini anglatadi deb bilish natijasi o'laroq sharq xalqlarida, xususan, adabiyotida Aleksandrni "Iskandar Zulqarnayn" tarzida nomlash, Iskandar yoki Zulqarnaynning (ikki) shoxi borligi, u haqda ilohiy kitoblarda vahiylar kelgani uning ilohiy kuch-qudrat sohibi ekaniga ishora qilishi to'g'risida ertaklar, afsona-yu rivoyatlar yuzaga kelgan. Ayni shox motivi Iskandar mavzusining
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-140-147
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
g
muhim tarkibiy qismi sifatida sharq xalqlari folklori va yozma
8-fevral
O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-140-147
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini
adabiyotiga kuchli ta'sir ko'rsatdi, jumladan, unga oid muhim talqinlar xamsanavislik an'anasida ham paydo bo'ldi.
REFERENCES
1. Ал-Бухорий, Имом Исмоил. (1997). Саущи Бухорий. 2-жилд. Арабчадан Хожа Музаффар Набихон угли ва Хожа Бахтиёр Набихон угли таржимаси. ^омуслар бош тахририяти.
2. Ал-Бухорий, Имом Исмоил. (1992). Сауиуи Бухорий. 4-жилд. Арабчадан Абдулгани Абдуллох таржимаси. ^омуслар бош тахририяти.
3. Бертельс, Е.Э. (1965). Избранние труды. Том 4. Навои и Джами. Наука.
4. Er-Räzi, Fahreddin. (1993). Tefsir-i Kebir (Mefatthu'l-Gayb). 15. (Cilt). Tercüme: Prof. Dr. Suat YILDIRIM, Prof. Dr. Lütfullah CEBECI, Do?. Dr. Sadik KILIQ, Ögr. Gör. C. Sadik DOGRU. HUZUR.
5. Ганчдвй, Н. (2012). Хамса: Искандарнома. Адиб.
6. Nöldeke, Theodor. (1890). Beiträge zur Geschichte des Alexanderromans. In Commission bei F. Tempsky.
7. Куръони карим (маъноларининг таржимаси). (2001). Таржима ва изохлар муаллифи Абдулазиз Мансур. Тошкент ислом университети.
8. The History of Alexander the Great, being the Syriac Version of the Pseudo-Callisthenes. (1889). Edited from five manuscripts, with an English translation and notes by Ernest A. Walllis Budge. At the University press.
9. The Holy Bible. (2000). New international version. Gideon.
10. Толкование Далласской семинарии. URL: http s://bible. by/dallas/27/8/ (14.04.2021)