Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-358-361
BADIIY ASARLARNING TOPONIM VA ANTROPONIMLARNING O'ZBEK TILIDAN INGLIZ TILIGA TARJIMASIDAGI MUAMMOLAR TAHLILI
Visola Uchqun qizi Nazarova
Termiz davlat universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo'nalishi talabasi E-mail: [email protected]
Juraali Kamoljonovich Solijonov
Termiz davlat universiteti o'qituvchisi E-mail: stuard [email protected] ORCID: 0000-0001-6394-295X UDK 81.2/.4481.25
ANNOTATSIYA
Mazkur maqola Alisher Navoiy tomonidan yozilgan — "Xamsa" asaridagi "Saddi Iskandariy" dostonidagi toponim va antroponimlarning o'zbek tilidan ingliz tilida tarjimasi va ularning mohiyatiga lingvistik nuqta'i nazardan o'quvchi uni anglashi uchun ta'sir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda tahlil qilingan. Obyekt sifatida tanlangan toponim va antroponimlar to'qima bo'lgani oldin ularning asardagi vazifasi o'ylab topilgan, so'ngra uni lingvistik qoliplarga solingan. Shu tufayli maqolada tarjimon ularni o'zbek tiliga o'girishdan oldin etimologik, leksikologik, semantik va fonetik tahlil qilishi uchun qoliplar taklif qilingan.
Kalit so'zlar: toponimlar, antroponimlar, ingliz-o'zbek tarjima, lingvokulturologik muammolar, leksikologiya, tarjima turlari.
ABSTRACT
This article, written by Alisher Navoi, analyzes the translation of toponyms and anthroponyms from the Uzbek language into English in the epic "Saddi Iskandariy" in the work "Khamsa" and the factors affecting their meaning from a linguistic point of view, so that the reader can understand it. Before the toponyms and anthroponyms chosen as objects became the fabric, their function in the work was thought out, and then it was put into linguistic patterns. Because of this, the article offers templates for etymological, lexicological, semantic and phonetic analysis by the translator before translating them into Uzbek.
Keywords: toponyms, anthroponyms, English-Uzbek translation, linguistic
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-358-361
and cultural problems, lexicology, types of translation.
KIRISH
Alisher Navoiy qalamiga mansub besh doston, shoirning ta'kidiga qaraganda, jami 30 oy - ikki yarim yil ichida yaratilgan bo'lsa-da, bu asarning har birini ko'p yillik ijodiy mehnatning natijasi deb qarash kerak. Shuning uchun uning besh dostoni butun xalq manfaatlarini aks ettirgan, omma uchun asrlar davomida sevikli bo'lib qoladigan o'lmas qahramonlari bilan limmo-limdir.
Zero, yoshlikdan shu ulug' maqsadni o'z oldiga qo'ygan shoir "Xamsa' yaratish ishiga avvaldan kirishgan, shu maqsadda yuzlab tarixiy,ilmiy va adabiy kitoblarni o'rganib chiqqan va ularni tadqiq etgan, bir-biri bilan qiyoslab, o'z xulosalarini ko'plab ustozlari bilan fikrdoshlari sinovidan ham o'tkazgan edi
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Ushbu maqola uchun tadqiqot davomida qiyosiy tarjima adabiyoti, talqin tahlil qilish lingvistik atamalar, adabiyotlarning stilistik tahlili ko'rib chiqildi va o'rganildi. Ushbu tadqiqot uchun "Ko'p tilli lug'at-tarjima atamalariga havola" qo'llanmasidan foydalanildi.
«Toponomika» (yunoncha «topos» — «joy» va «onyma» — «nom, nom») — joy nomlari (geografik nomlar), ularning paydo bo'lish yoki yaratilish, rivojlanish va o'zgarish qonuniyatlarini onomastika, tarixiy fanlarning etimologik manbalar va grammatik xususiyatlar, ularning tuzilishi, tarqalish sohalari va nomlanish sabablarini o'rganuvchi bo'lim.
"Antroponimika " - onomastikaning bo'limi. Odamlar ismini, ularning tarqalganligi, kelib chiqishi, jamiyatda amalda qo'llanishini va bundan tashqari antroponimik tizimlar tuzilishi hamda rivojlanishini o'rganadi.
"SADDI ISKANDARIY" ("Iskandar devori") — "Xamsa" (Navoiy)ning yakunlovchi dostoni (1485). Asar 89 bob, 7215 baytdan iborat bo'lib, Navoiy ijodidagi hajman eng yirik epik asardir. Doston aruzning mutaqorib bahrida turkiyada yozilgan. Kohvvb Xamsanavislikning buyuk namoyandalari: Nizomiy Ganjaviy, Hisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar Iskandar to'g'risida doston yozib, o'z "Xamsa"lariga kiritganlar. Dastlab musulmon dunyosida Qur'oni karimning Kahf surasida nomi zikr etilgan hukmdor Zulqarnayn (Ikki shoxli, 18sura, 83 —98oyatlar) hamda yunon sarkardasi va davlat arbobi Aleksandri bitta shaxs deb bilishgan va u sharkda Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhur bo'lgan. Mazkur Iskandarnomalarga Iskandar timsolidagi Aleksandr faoliyati mavzu qilib olingan.
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-358-361
Ammo asarlarda Iskandar timsoli tarixiylikdan tobora uzoqlashib, badiiy to'qima obrazga aylana borgan. Har bir Xamsanavis Iskandar timsolida o'z ideallarini talqin etishga harakat qilgan.(Shayxlar va domlalar tasdiqlashadiki, Iskandar Zulqarnayn va Aleksandr Makedonskiy farqli odamlardir, sababi Aleksandr Makedonskiy kofir bo'lgan. Iskandar Zulqarnayn esa bir necha bor Allohning yagonaligiga ishonch bildirgan)
NATIJA
"Saddi Iskandariy" dostoni jahonni yorituvchi Jamshid jomi, Chin olimlari ishlagan ikki ajoyib ko'zgu, Rum donishmandlari yaratmish ajoyibjom va usrlublob asboblari tasvirlanadi. Mallu qo'shinlariga qarshi Iskandar olimlari tomonidan ishlanagan sirli qurol atom bombasini eslatadi.
Navoiy o'z asari avvalida, salaflaridan farqli o'laroq, tarixiylikka, ko'proq tarix kitoblariga tayanib ish ko'rganini yozadi. Navoiy bu o'rinda o'z asarida Iskandar haqidagi boblar izchilligining Qur'ondagi Zulqarnayn haqidagi oyatlarga hamda tarixiy shaxs Aleksandr faoliyatiga muvofiq kelishini nazarda tutgan. Dostonning "S.I." deb nomlanishida ham Qur'oni karimning Navoiy uchun birlamchi manba bo'lganligi seziladi.
MUHOKAMALAR
"Hamonki, Iskandar burun Rum taxtiga shoh bo 'lgan edi."
"However, Iskander was a shah on the throne of Rome today ".
Ushbu gapdagi toponim - —Rome" , antroponim esa "Iskander" so'zidir. Rim — Italiya davlatining poytaxti. Rim provinsiyasi va Latsio viloyatining ma'muriy markazi. Rimning g'arbiy qismida Vatikan shahardavlati joylashgan. Rim — dunyoda eng qadimiy va tarixiy hamda madaniy yodgorliklarga boy shaharlardan bo'lib, "mangu shahar" nomini olgan.
Navoiy talqinida Iskandar - odil shoh, u dunyoni kufrdan, jaholatdan tozalab, butun dunyoda adolatni joriy etish, bashariy tartib qoidalarni katta olamdagi tartib qoidalarga muvofiqlashtirish maqsadida xalqlar ustiga yurishlar qilgan. Bu esa sufiyona talqin bo'lib, dostondagi muqaddima boblar, Iskandar voqealari hikoya qilingan boblar hamda unga ilova boblarda ham shoirning tasavvufiy qarashlari ustuvorligini ko'rish mumkin.
XULOSA
Bunday tasvirlarni biz boshqa shoirlar ijodida ishlatmaymiz. To'g'ri, shoir
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-358-361
salaflari Iskandarning shisha idish yasatib, unga arqon ulab, suv ostida yuz kun baliqlar hayotini o'rganganini ta'kidlashgan edi, lekin Navoiy bu xil tasvir ilmiy-xayoliy timsolga nisbat berilsa, o'quvchini ishontirmasligini his etib, shohning bu xil faoliyatini uning payg'ambarlik quvvati ifodasi sifatida ko'rsatishni ma'qulroq ko'radi.
REFERENCES
1. Alisher Navoiy "Xamsa" asari. - Toshkent: "Yangi asr avlodi" - 2021.
2. Solijonov J.K. Harry Potter and the Sorcerer's Stone. - Termiz: Surkhan-Nashr.
3. Solijonov Juraali Kamoljnovich. (2022). Lingua-perspective Problems and Solutions of Translating the Plant and Food Names in the "Harry Potter" books from English into Uzbek. ASEAN Journal on Science & Technology for Development, Vol 39(No 4,), 221-229. doi: 10.5281/zenodo.6607317 https://doi.org/10.5281/zenodo.6607317
4. Kamoljnovich, S. J. (2022). JK ROULINGNING FANTASTIK ASARLARIDAGI ANTROPONIMLARNING LINGVO-PERSPEKTIV MUAMMOLARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(1), 334-343. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-1-334-343
5. Kamoljonovich, S. J., & O'G, Y. N. U. B. (2022). BADIIY TARJIMA UCHUN TARJIMA USULLARI TAHLILI (IAN TUHOVISKIY ASARLARI MISOLIDA). Ta 'lim fidoyilari, 18(5), 32-37.
6. Jo'ramurodova, Z., & Solijonov, J. (2022, April). JK ROULINGNING "BIDL QISSANAVIS ERTAKLARI"("THE TALES OF BEEDLE THE BARD") ASARIDAGI ANTROPONIMLARNING O'ZBEK TILIDAN INGLIZ TILIGA TARJIMA QILISHDAGI MUAMMOLARI. In МЕЖДУНАРОДНАЯ НАУЧНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ.:" СОВРЕМЕННЫЕ ФИЛОЛОГИЧЕСКИЕ ПАРАДИГМЫ: ВЗАИМОДЕЙСТВИЕ ТРАДИЦИЙ И ИННОВАЦИЙ II" (Vol. 2, No. 18.03, pp. 554-560). https://doi.org/10.47100/nuu.v2i18.03.115
7. Qodirovna, A. Z., & Kamoljonovich, S. J. (2022). JK ROULINGNING, GARRI POTTER VA AFSUNGARLAR TOSHP'ROMANIDAGI SEHRGARLAR OBRAZINI INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHNING LINGVO-PERSPEKTIV TAHLILI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 176-180. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-3-176-180