Научная статья на тему 'MARIO РUZONING “CHO’QINTIRGAN OTA” ASARIDAGI TOРONIMLARNING INGLIZ TILIDAN O’ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDAGI MUAMMOLAR TAHLILI'

MARIO РUZONING “CHO’QINTIRGAN OTA” ASARIDAGI TOРONIMLARNING INGLIZ TILIDAN O’ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDAGI MUAMMOLAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
169
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
toрonimlar / ingliz – o‘zbek tarjima / lingvokulturologik muammolar / leksikologiya / tarjima turlari. / toрonyms / English-Uzbek / translation / linguocultural рroblems / lexicology / tyрes of Translation.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Matluba Ismat Qizi Sariboyeva

Mazkur maqola Mario Рuzo tomonidan yozilgan–―Cho‘qintirgan ota―asaridagi toрonimlarning ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjimasi va ularning mohiyatiga lingvistik nuqtai nazardan o‘quvchi uni anglashi uchun ta‘sir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda tahlil qilingan.Obyekt sifatida tanlangan toрonimlar to‘qima bo‘lgani tufayli geografik nomlarning nomlaridan oldin ularning asardagi vazifasi o'ylab toрilgan,so'ngra uni lingvistik qoliрlarga solingan.Shu tufayli maqolada tarjimon ularni o'zbek tiliga o'girishdan oldin etimologik,leksikologik,semantik va fonetik tahlil qilishi uchun qoliрlar taklif qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AN ANALYSIS OF THE РROBLEMS OF TRANSLATING TOРONIMIES FROM MARIO РUZO “THE GODFATHER” FROM ENGLISH TO UZBEK

This article analyzes translation рroblems of toрonyms ―The Godfather‖ which was written Mario Рuzo,from English into Uzbek and analyzes their meaning from a linguistic рoint of view, taking into account the factors that influence the reader‘s comрrehension. Because the toрonyms selected as objects are textured, their function in the work was invented before the names of geograрhical names,and then it was рut into linguistic рatterns. As a result, the article offers temрlates for the translator to analyze them etymologically, lexicologically, semantically and рhonetically before translating them into Uzbek.

Текст научной работы на тему «MARIO РUZONING “CHO’QINTIRGAN OTA” ASARIDAGI TOРONIMLARNING INGLIZ TILIDAN O’ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDAGI MUAMMOLAR TAHLILI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-439-443

MARIO PUZONING "CHO'QINTIRGAN OTA" ASARIDAGI TOPONIMLARNING INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDAGI MUAMMOLAR TAHLILI

Matluba Ismat qizi Sariboyeva

Termiz davlat universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo'nalishi talabasi E-mail: matlubasariboyeva3 0 @gmail .com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola Mario Puzo tomonidan yozilgan-'Cho'qintirgan ota"asaridagi toponimlarning ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjimasi va ularning mohiyatiga lingvistik nuqtai nazardan o'quvchi uni anglashi uchun ta'sir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda tahlil qilingan.Obyekt sifatida tanlangan toponimlar to'qima bo'lgani tufayli geografik nomlarning nomlaridan oldin ularning asardagi vazifasi o'ylab topilgan,so'ngra uni lingvistik qoliplarga solingan.Shu tufayli maqolada tarjimon ularni o'zbek tiliga o'girishdan oldin etimologik,leksikologik,semantik va fonetik tahlil qilishi uchun qoliplar taklif qilingan.

Kalit so'zlar: toponimlar, ingliz - o'zbek tarjima, lingvokulturologik muammolar, leksikologiya, tarjima turlari.

AN ANALYSIS OF THE PROBLEMS OF TRANSLATING TOPONIMIES FROM MARIO PUZO "THE GODFATHER" FROM ENGLISH TO UZBEK

ABSTRACT

This article analyzes translation problems of toponyms "The Godfather" which was written Mario Puzo,from English into Uzbek and analyzes their meaning from a linguistic point of view, taking into account the factors that influence the reader's comprehension. Because the toponyms selected as objects are textured, their function in the work was invented before the names of geographical names,and then it was put into linguistic patterns. As a result, the article offers templates for the translator to analyze them etymologically, lexicologically, semantically and phonetically before translating them into Uzbek.

Keywords: toponyms, English-Uzbek, translation, linguocultural problems, lexicology, types of Translation.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-439-443

KIRISH

Savodsiz va kambag'al immigrant ota-onaning Neapoldagi Avellino o'g'lining o'g'li Mario 1920-yil 15-oktabrda Nyu-Yorkning "Jahhanam oshxonasi" deb nomlangan hududda tug'ilgan. Otasi tashlab ketgan yoshligida oila Bronksdagi uy-joy fondiga o'tdi. Garchi Marioning onasi uni temir yo'l xodimi bo'lishini xohlasada, Mario kutubxonada vaqt o'tkazish va turli adabiy asarlarini kashf etishga qiziqqan. U urushdan keyin Germaniya havo kuchlari uchun fuqarolik bilan aloqalar bo'yicha mutaxassis bo'lib ishlagam. AQSHga qaytgach, Puzo yangi ijtimoiy tadqiqot maktabida va Kolumbiya universitetida adabiyot va ijodiy yozish bo'yicha darslarni davom ettirdi. Dunyodagi eng mashhur roman muallifi, Mario Puzo italyalik yozuvchi va ssenarist edi. Uning shon-shuhrati jinoyati haqidagi fantastika va italyan mafiyasi haqidagi hikoyalar bilan bog'liq. Garchi Puzo o'z hayotida hech qachon haqiqiy gangstern uchratmagan bo'lsa-da, uning kitoblarida gangster qahramon Amerika jamiyatiga chuqur ta'sir ko'rsatuvchi voqelikni anglatadi.

"Cho'qintirgan ota" romani 1972-yilda katta ekranlarga chiqqan hamda Mario Puzo qalamiga mansub 1969-yilda yozilgan shu nomdagi asari asosida suratga olingan tomonidan jinoyat haqidagi Amerika filmidir. "Cho'qintirgan ota yoki mafiya sardori''- italyan-amerika yozuvchisi Mario Puzo qalamiga mansub roman. Ilk bor 1969-yil "G. P. Putnam's Sons" nashriyotida chop etilgan. Asarda Nyu-York shahrida yashovchi Don Vito Korleone boshchiligidagi mafiya oilasi haqida so'z yuritiladi. Romandagi hodisalar 1945-1955-yillarda sodir bo'ladi. Bundan tashqari, unda Don Vito Korleonening bolaligi va o'smirligi haqida ham hikoya qilinadi.

Roman asosida 1972-yil film suratga olingan. 1974- hamda 1990-yillarda Puzo ko'magi bilan filming davomi suratga olingan. Birinchi va ikkinchi filmlar eng sara filmlar qatoriga kiradi.

Asarni rus tilidan o'zbek tiliga Tursunboy Adashboyev va Muhammadjon O'rinboyev tarjima qilgan. O'zbekcha nashr 2000-yil Toshkent shahrida „Sharq" nashriyotida chop etilgan. 2015-yil „Yangi asr avlodi" nashriyot-matbaasida qayta nashr qilingan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METADOLOGIYASI

Mazkur maqola uchun tadqiqot davomida tarjima qiyosiy adabiyot, qarama-qarshi tavsifli tarjima va lingvistik atamalarning izohli tahlili, adabiyotning stilistik tahlili ko'rib, o'rganilib chiqildi. Ushbu tadqiqot uchun, "Tarjimashunoslik terminlarining ko'p tilli lug'at-ma'lumotnomasi" qo'llanmasidan foydalaniladi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-439-443

Toponimika — onomastikat joy nomlarini, ularning paydo bo'lishi yoki yaratilish qonuniyatlarini, rivojlanish va o'zgarishini, tarixiy etimologik manbalari va grammatik xususiyatlarini, ularning tuzilishini, tarqalish hududlari hamda atalish sabablarini o'rganuvchi bo'lim. Muayyan bir hududdagi joy nomlari majmui — "toponimiya", alohida olingan joy nomi esa "toponim" deb ataladi. Toponimlar ham, til leksikasining bir qismi sifatida boshqa hamma so'zlar singari til qonuniyatlariga bo'ysunadi, lekin o'zining paydo bo'lishi va ba'zi ichki xususiyatlari jihatidan jamiyatning kundalik moddiy va ma'naviy holati, iqtisodiy turmushi, orzu va intilishlariga aloqador bo'lib, ma'lum darajada boshqa guruh so'zlardan farq qiladi. Shu bilan birga, toponimlarda milliy tilimizga xos bo'lgan qadimiy fonetik, leksik va morfologik elementlar ko'proq saklangan bo'ladi. Joyning tabiiy geografik sharoiti, aholining etnik tarkibi, kishilarning kasbi va mashg'uloti, qazilma. boyliklar, tarixiy shaxslar va voqealar toponimlar vujudga kelishining asosiy manbalari hisoblanadi.

Ingliz tili - hind-yevropa oilasining german guruhiga kiruvchi til. Ingliz xalqining tili. Avstraliya AQSH Birlashgan qurollik Hindiston Irlandiya JAR Kanada Liberiya Malta va Yangi Zelandiyaning rasmiy tili. Ingliz tili dunyodagi eng ko'p ishlatiladigan tillar ichida uchinchi o'rinda turadi.

O'zbek tili - Oltoy tillari oilasining turkiy tillar turkumiga kiruvchi tildir. Ushbu til O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq davlat tili hisoblanadi. Davlat tili haqidagi qonun 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan. 1995-yil 21-dekabrda takomillashtirildi.

Adabiyot - arabcha so'zdan olingan bo'lib, ko'proq "adab" ma'nosini beradi. Fan va amaliyotining biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui. Texnikaviy adabiyot, qishloq xo'jaligi adabiyot, siyosiy adabiyot va boshqa turlari. Shuningdek, san'atning bir turi "badiiy adabiyot" ham deb ataladi.

NATIJA

Britaniya kriminalist yozuvchilari assotsiatsiyasi talqiniga ko'ra, dunyoning eng buyuk kriminal asarlari yuztalik reytingiga kiritilgan. Asar asosida 1972-yilda rejissor Frensis Ford Koppola bosh rollarda Marlon Brando va Al Pachino o'ynagan filmni suratga olgan va hozirda dunyo kinomatografiya tarixidagi kinolar ichida IMDB tomoshabinlar reytingi bo'yicha 2-o'rinda turibdi. Bu asar juda qiziqarli. Bu kabi asarlardan o'quvchi drayvdan boshqa yana nima olish mumkin? Hamma narsa be'manaviyat va zo'ravonliklardan iborat bo'lsa deb o'ylovchilar ham borligigiga ishonchim komil. Lekin biz asar konteksti va u yerdagi odamlar arxetipidan kelib

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-439-443

chiqib yondoshishimiz kerak. Misol uchun, hozirgacha jamiyatimizda ayrim jabhalarda bo'layotgan ishlar shu klassik mafiya uslubida namoyon bo'lishda davom etmoqda. Tanish bilishchilik, "muomalasini qilish", korrupsiya, poraxo'rlik, oligrax manfaatlariga ishlash kabi holatlar mavjud. Bu kitob Amerikaning qo'rqinchi yillarini o'z ichiga olgan bo'lsa-da, bu narsalarga o'sha davrda yovuz jinoyatchilar kirdikorlari deb qaraladi. Detallarning to'liqligi, qahramonlarning yorqinligi diqq atga sazovordir. Asarning yakuni esa juda kuchli va qiziqarli.

MUHOKAMA

Mario Puzo juda yengillik bilan italyan mafiyasi olamiga olib kiradi. Asarda Don Korleone va Maykl Korleonelar bosh qahramonga o'xshasa-da, nazarimda, haqiqiy bosh qahramon yo'qday. Lekin ko'pgina qahramonlar bor. Mening fikrimcha, Puzoning o'zi asar muqovasidagi qo'g'irchoqboz: u o'z qo'g'irchoqlarini shunday yengil harakatlar bilan o'ynatadiki, hech narsa birdaniga yuz bermaydi. Hamma narsa o'z vaqti soatini kutib turadi.

Tarjima ikki xil mazmunga ega: tarjima jarayoni va jarayon natijasidagi asar. Bularning ikkisini ham muvozanatda ushlab turish kerak. Tarjimon yozuvchi yoki muallifning uslubini tushinib yetishiga vaqt kerak. Yozuvchi qalami qancha o'tkir bo'lsa, tarjimon mahorati ham shuncha o'tkir bo'ladi. Endi esa asardagi toponimlarni ko'rib chiqamiz.

"Tom wondered,"Why am I going to California ?"

"Tom hayron bo 'ldi'': "Nega men Kaliforniyaga ketyapman?'

Ushbu jumlada toponim bu - Kaliforniyadir. "Kaliforniya" - AQSH janubi-g'arbidagi shtat, Tinch Okean sohilida joylashgan. Ma'muriy markazi - Sakramento shahri. Yirik daryolari - Sakramento va San - Xoakin. Sharqda Syerra - Nevada tog'lari, janubda Moxave qumli cho'li va chuqur tektonik botiqlar, Ajal vodiysi, Solton - Si ko'li bilan chegaradosh. Iqlimi yozi issiq va qishi sernamdir.

XULOSA

Mario Puzo asar uchun o'tkir sujet tayyorlagan. Romanda omerta, mafiya oilasi prinsiplari kabi mavzular juda chuqur ochib berilgan. Ularning qonunlarida shunday bo'lishi kerakday, tabiiy qabul qilasan. Bu kitob hayotimga juda ko'p narsalarni olib kelgan. Ko'p narsalarga to'g'ri burchak ostidan qarash, tahdidlarni o'lchab ko'rish, oqibatlarni chamalash kabi miyani hamma vaqt ishlatishga majbur qiladigan prinsiplarni sovg'a qilgan. Oila boshlig'i bo'lgan Don Vito Korleone qizini

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-439-443

turmushga chiqaradi. Bu vaqtda Korleonening sevimli o'g'li Maykl ikkinchi jahon urishidan uyga qaytadi. Maykl, urush qahramoni bo'lganligi uchun oilaviy biznesi,zo'ravonlik va oilaviy g'ururni himoya qilishni xohlamaydi. Don Korleone ishlarni eski qoidalar bilan olib boradi. Lekin eski vaqtlar o'tib ketgandi. Belgilangan tartibni o'zgartirmoqchi bo'lgan odamlar paydo bo'la boshlaydi. Don Korleone o'ldiriladi

REFERENCES

1. https://24smi.org/celebrity/5510-mario-piuzo.html

2. https://uzmax.net/films/drama/294-choqintirgan-ota-1972.html

3. Jo'ramurodova, Z., & Solijonov, J. (2022, April). JK ROULINGNING "BIDL QISSANAVIS ERTAKLARI"("THE TALES OF BEEDLE THE BARD") ASARIDAGI ANTROPONIMLARNING O'ZBEK TILIDAN INGLIZ TILIGA TARJIMA QILISHDAGI MUAMMOLARI. In МЕЖДУНАРОДНАЯ НАУЧНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ.:" СОВРЕМЕННЫЕ ФИЛОЛОГИЧЕСКИЕ ПАРАДИГМЫ: ВЗАИМОДЕЙСТВИЕ ТРАДИЦИЙ И ИННОВАЦИЙ II" (Vol. 2, No. 18.03, pp. 554-560). https://doi.org/10.47100/nuu.v2i18.03.115

4. Qodirovna, A. Z., & Kamoljonovich, S. J. (2022). JK ROULINGNING, GARRI POTTER VA AFSUNGARLAR TOSHP'ROMANIDAGI SEHRGARLAR OBRAZINI INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHNING LINGVO-PERSPEKTIV TAHLILI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 176-180. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-3-176-180

5. Kamoljnovich, S. J. (2022). JK ROULINGNING FANTASTIK ASARLARIDAGI ANTROPONIMLARNING LINGVO-PERSPEKTIV MUAMMOLARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(1), 334-343. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-1-334-343

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.