Научная статья на тему 'AGATA KRISTINING “KUTILMAGAN MEHMON” ASARIDAGI TOPONIMLARNI INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDAGI MUAMMOLAR TAHLILI'

AGATA KRISTINING “KUTILMAGAN MEHMON” ASARIDAGI TOPONIMLARNI INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDAGI MUAMMOLAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
122
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
toponimlar / transliteratsiya / ingliz-o‗zbek tarjima / leksikologiya.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Shahzoda Rasul Qizi Yunusova

Mazkur maqola Agat Kristi tomonidan yozilgan ― ―Kutilmagan mehmon‖ asaridagi toponimlarning ingliz tilidan o‗zbek tiliga tarjimasi va ularning mohiyatiga lingvistik nuqtai nazardan o‗quvchi uni anglashi uchun ta‗sir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda tahlil qilingan. Obyekt sifatida tanlangan toponimlar to‗qima bo‗lgani tufayli geografik nomlarning nomalridan oldin ularning asardagi vazifasi o‗ylab topilgan, so‗ngra uni lingvistik qoliplarga solingan. Shu tufayli maqolada tarjimon ularni o‗zbek tiliga o‗girishdan oldin etimologik, leksikologik, semantik va fonetik tahlil qilishi uchun qoliplar taklif qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AGATA KRISTINING “KUTILMAGAN MEHMON” ASARIDAGI TOPONIMLARNI INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDAGI MUAMMOLAR TAHLILI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-317-322

AGATA KRISTINING "KUTILMAGAN MEHMON" ASARIDAGI TOPONIMLARNI INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDAGI MUAMMOLAR TAHLILI

Shahzoda Rasul qizi Yunusova

Termiz Davlat universiteti yunusovashahzoda@gmail .com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola Agat Kristi tomonidan yozilgan — "Kutilmagan mehmon" asaridagi toponimlarning ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjimasi va ularning mohiyatiga lingvistik nuqtai nazardan o'quvchi uni anglashi uchun ta'sir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda tahlil qilingan. Obyekt sifatida tanlangan toponimlar to'qima bo'lgani tufayli geografik nomlarning nomalridan oldin ularning asardagi vazifasi o'ylab topilgan, so'ngra uni lingvistik qoliplarga solingan. Shu tufayli maqolada tarjimon ularni o'zbek tiliga o'girishdan oldin etimologik, leksikologik, semantik va fonetik tahlil qilishi uchun qoliplar taklif qilingan.

Kalit so'zlar: toponimlar, transliteratsiya, ingliz-o'zbek tarjima, leksikologiya.

KIRISH

Toponomika (lotincha topos - joy, onoma - ism) - jo'g'rofiy nomlarning paydo bo'lishi, rivojlanishi, o'zgarishi va to'g'ri yozilishini o'rganuvchi fan. Toponomika (yun. topos - joy va onyma- ism,nom) - onomastikatt joy nomlari (geografik atoqli nomlari)ni, ularning paydo bo'lishi yoki yaratilish qonuniyatlarini, rivojlanish va o'zgarishini, tarixiy etimologik manbalari va Grammatik xususiyatlarini, ularning tuzilishini, tarqalish hududlarini hamda atalish sabablarini o'rganuvchi bo'lim.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Ingliz tili- (inglizcha: English) — hind-yevropa oilasining german guruhiga kiruvchi til. Ingliz xalqining tili. Avstraliya, AQSH, Birlashgan Qirollik, Hindiston, Irlandiya, JAR, Kanada, Liberiya, Malta va Yangi Zelandiyaning rasmiy tili. Ingliz tili dunyodagi eng ko'p ishlatiladigan tillar ichida 3-o'rinda turadi (Ispan hamda Mandarin Xitoycha tillardan keyin). Yevropa Ittifoqining asosiy tili.BMTning rasmiy

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-317-322

ish yuritish tillaridan biri, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Shim. Amerika, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Osiyo va Afrikadagi ko'pgina mamlakatlarda tarqalgan. Bu tilda yer yuzidagi 400 milliondan ortiq kishi gaplashadi (1992). Buyuk Britaniya va Shim. Irlandiya, AQSH, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada (fransuz tili bilan birga), Irlandiya (irland tili bilan birga), Hindiston va 15 ta Afrika davlati (JAR, Nigeriya, Gana, Uganda, Keniya, Tanzaniya va b.)da rasmiy til sifatida qo'llaniladi. Ingliz tili qadimgi german qabilalari (ingliz, saks va yut)ning tillaridan kelib chiqqan.

O'zbek tili-(O'zbekcha) — Oltoy tillari oilasining turkiy tillar turkumiga kiruvchi tildir. Ushbu til O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq davlat tili hisoblanadi. Davlat tili haqidagi Qonun 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan. 1995-yil 21-dekabrda takomillashtirildi.

Muammo (arab. — ko'r, ko'r qilingan) — o'zbek mumtoz adabiyotida she'riy janr; poetik san'at turi. Unda biror so'z, ism (yoki bosh harflari), sana va boshqa yashirib beriladi. Ko'pincha 1 bayt, ba'zan 2 baytdan iborat bo'lib, unda biror so'z yoxud fikr so'z o'yini asosida yashiringan bo'ladi. Agar she'riy bayt boshdan oxir shu asosga qurilgan va tugallangan bo'lsa, M. deyiladi. Shunchaki baytlar orasida kelsa, she'riy vosita, poetik san'at deb qaraladi. M.ni tuzish (yaratish) va ochish (yechish)ning bir necha usullari mavjud. Ko'pincha undagi biror so'z ochqich vazifasini o'taydi. Arab tili grammatikasi qoidalari, arab alifbosi harflarining shakliy ramzlari, abjad hisobi va boshqalarni bilish M. uchun zarur. O'zbek mumtoz adabiyotida M.chilik zexn va idrokni tarbiya qilish maktabi hisoblangan. Shoirning mahorati M.ni yecha olish qobiliyatiga qarab belgilangan. Dastlab Sharafiddin Ali Yazdiy ("Hulali mutarraz dar fanni muammo va lug'z" — "Muammo va lug'z fani to'g'risida bezatilgan ipak kiyimlar"), so'ng Abdurahmon Jomiy ("Risolai muammoi kabir" — "Muammo haqida katta risola"; "Risolai muammoi sag'ir"— "Muammo haqida kichik risola"), Alisher Navoiy ("Risolai mufradot") va boshqa M. yozish qoidalari xaqida asarlar yozganlar. Navoiyning 500 ga yaqin, Boburning 600 ga yaqin M.lari yetib kelgan.

Agata Kristi-Agata Kristi - Kutilmagan mehmon Charlz Osborning 1958 yildagi ijro etuvchi Agei tomonidan 1999 yil 6 sentyabrda, 1999 yil 1 oktyabrda AQShda 1999 yil 1 oktyabrda Buyuk Britaniyada nashr etildi sovet va rus rok guruhi, 1990-yillarning o'rtalari va ikkinchi yarmida mamlakatdagi eng mashhurlaridan biri. 1985 yilda Sverdlovskda Vadim Samoylov, Aleksandr Kozlov va Petr Mey tomonidan VIA "RTF UPI" nomi bilan asos solingan guruhning tarixi 1988 yil 20 fevraldagi kontsertdan rasman hisoblanadi. O'sha yilning boshida "Ikkinchi front"

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-317-322

albomini yozish paytida Vadimning ukasi Gleb guruhga qo'shildi. Keyinchalik guruh tarkibi bir necha bor o'zgardi, ammo aka-uka Samoylovlar doimo uning etakchilari va vokalchilari bo'lib qolishdi. Ular Aleksandr Kozlov bilan birgalikda Agata Kristining barcha qo'shiqlarining mualliflari. Viva Kalman!", "Urushdagi kabi", "Isteriya", "Hech kimga opiy", "Tayga perisi", "Qora oy", "Dengizchi", "Vertolyot gilami" va "Secret" kabi kompozitsiyalarni o'z ichiga oladi.

METODOLOGIYA

Bu asarni qo'limga ajoyib tarzda tushib qolgan. Men u paytda tarjima qilish uchun asar qidirayotgan edim. Chunki mening ustozim "Asar tarjima qilasizlar" -deb topshiriq bergan edilar. Asarning hajmi meni unchalik umuman qiziqtirmas edi. Asosiysi tanlagan asarim ustozimni lol qoldirishi kerak edi deb o'ylardim. Keyin "Play Market" dasturi orqali elektron nashrdagi kitoblarni qidira boshladim va "Echo book" programmasini yuklab oldim. U yerda kitoblar juda ko'p edi. Ko'zim Agata Kristining "Kutilmagan Mehmon" asariga tushdi va juda xursand bo'ldim. Bu ustozimga yoqishiga ishonchim komil edi. Asar menga ancha yoqib qoldi.

"Kutilmagan mehmon" asari Agata Kristi - sovet va rus rok guruhi, 1990-yillarning o'rtalari va ikkinchi yarmida mamlakatdagi eng mashhurlaridan biri. 1985 yilda Sverdlovskda Vadim Samoylov, Aleksandr Kozlov va Petr Mey tomonidan VIA "RTF UPI" nomi bilan asos solingan guruhning tarixi 1988 yil 20 fevraldagi kontsertdan rasman hisoblanadi. O'sha yilning boshida "Ikkinchi front" albomini yozish paytida Vadimning ukasi Gleb guruhga qo'shildi. Keyinchalik guruh tarkibi bir necha bor o'zgardi, ammo aka-uka Samoylovlar doimo uning etakchilari va vokalchilari bo'lib qolishdi

Tarjima ikki xil mazmunga ega : tarjima jarayoni va jarayon natijasidagi asar. Bularning ikkisini ham muvozanatda ushlash anchayin murakkab. Tarjimon yozuvchi yoki muallifning uslubini tushunib yetishiga vaqt kerak. Yozuvchi qalami qanchalik o'tkir bo'lsa, tarjimon mahorati ham shunchalik kuchli bo'lishi kerak.

Asar ichidagi toponimlarni ko'rib chiqamiz.

I seem to remember he came from Canada.

Men uning Kanadadan qachon kelganini eslashga urindim.

Ushbu gapda toponim bu Kanada. Kanada — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo'stlik tarkibidagi federativ davlat. Amaldagi Konstitutsiyasi 1982-yil 17-aprelda kuchga kirgan. Davlat boshlig'i — Buyuk Britaniya qiroli (qirolichasi), uning

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-317-322

nomidan general-gubernator davlatni boshqaradi. Qirolicha general-gubernatorni Kanada bosh vazirining tavsiyasi bilan, odatda, 5 yil muddatga tayinlaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirolicha nomidan general-gubernator va 2 palatali parlament (senat va jamoalar palatasi) amalga oshiradi. Ijroiya hokimiyatni qirolicha nomidan general-gubernator hamda bosh vazir va vazirlardan iborat hukumat amalga oshiradi (1993-yildan bosh vazir Jan Kretyen). Aholisining 1/3 qismi ingliz-kanadaliklar (44%) va fransuz-kanadaliklar (28%). Tub aholisi — indeyslar 533 ming va eskimoslar salkam 33 ming kishi qolgan. Kanadada nemislar, ukrainlar, italyanlar, gollandlar, vengerlar, ruslar va boshqalar ham yashaydi. Jami aholisi soni 2021 -yil holatiga 38,5 million kishi. Rasmiy tillar — ingliz va fransuz tillari. Fransuz-kanadaliklar katolik dinida, ingliz-kanadaliklarning asosiy qismi — protestant. Aholining 78,6% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Montreal, Kalgari, Toronto, Vankuver, Vinnipeg, Gamilton va boshqalar.

MUHOKAMA

Endi buni ingliz tilidagi ya'ni asliyat tilidagi gapni morfologik va leksikologik transformatsiya bo'yicha tahlil qilamiz.

'I' - men kishilik olmoshi Olmosh deb - ot va sifat o'rnida ishlatiladigan so'zlarga aytiladi. "I" olmoshi kishilik olmoshi u asosan ot ya'ni kishilarning ismi o'rnida qo'llaniladi.

"Seem" - " Ko'rmoq " deb tarjima qilinadi, ammo tarjimon uni " Urinmoq" deb tarjima qiladi. Bu to'g'ridan to'g'ri tarjima qilinsa uslubiy bo'yoqdorlik buzilib, baddiylikka ta'sir qilishi va yuqoridagi boshqa gaplarga mos kelmay qolishi mumkin. Ikki tarjimada " seem" - fe'l sifatida qatnashyapdi. O'timsiz fe'l hisoblanadi. Ish -harakat qilinishiga ko'ra harakat fe'liga kiradi. " seem " fe'lning ma'no guruhidan ko'rish fe'llar guruhiga mansub.

"To" - " ga" aniqlovchi bo'lib kelgan infinitivli birikmalarda predlog infinitive keyin keladi.

"Remember" - "eslamoq" fe'l so'z turkumiga oid. Shaxs yoki narsaning harakati va holatini ifodalovchi so'zlar fe'l deyiladi. O'timsiz fe'l hisoblanadi. Ish-harakatning bajarilishiga ko'ra holat fe'liga kiradi. Fe'lning ma'no guruhiga ko'ra tafakkur fe'lliga kiradi.

"He" -" u" olmoshi erkaklarga nisbatan ishlatiladi Olmosh deb - ot va sifat o'rnida ishlatiladigan so'zlarga aytiladi. "He" olmoshi kishilik olmoshi u asosan ot ya'ni kishilarning ismi o'rnida qo'llaniladi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-317-322

"Came" - " kelmoq" fe'l so'z turkumiga oid. Shaxs yoki narsaning harakati va holatini ifodalovchi so'zlar fe'l deyiladi. O'timsiz fe'l hisoblanadi. Ish-harakatning bajarilishiga ko'ra harakat fe'liga kiradi. Fe'lning ma'no guruhiga ko'ra yumush fe'lliga kiradi.

"from" - "...dan" qo'shimcha. Shakl yasovchi qo'shimcha bo'lib chqish kelishigining ham qo'shimchasini beradi.

Endi buni tarjimasini ya'ni ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjima qilingan gapni morfologik va leksikologik transformatsiya bo'yicha tahlil qilamiz.

"Men" - kishilik olmoshi. Olmosh - ot, sifat, son ba'zan fe'l o'rnida almashib qo'llanadigan , ularga ishora qiladigan so'zlardir. Olmosh boshqa so'zlar, shuningdek, so'z birikmasi va gap o'rnida almashtirilib qo'llanuvchi, ularga ishora qiladi. Kishilik olmoshi - uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshdir.

"Uning" - kishilik olmoshi. Olmosh - ot, sifat, son ba'zan fe'l o'rnida almashib qo'llanadigan , ularga ishora qiladigan so'zlardir. Olmosh boshqa so'zlar, shuningdek, so'z birikmasi va gap o'rnida almashtirilib qo'llanuvchi, ularga ishora qiladi. Kishilik olmoshi - uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshdir.

Endi Ushbu gapni sintaksis tahlil qilamiz.

"Men" - ega. . Gap kesimining qo'shimchalaridan anglashilib turgan shaxs-son ma'nosini aniqlashtiruvchi bo'lak egadir. Ega asosan, kim?, nima? So'roqlariga javob bo'lib keladi. Ega fikrning kimga, nimaga qarashli ekanligini anglatadi, shu jihatdan kesim bilan o'zaro yaqin bog'langan. Ega, odatda, kesim orqali, kesim esa ega orqali, bir-biriga nisbat berish bilan belgilanadi. Grammatik jihatdan ega boshqa bo'laklarga nisbatan hokim vaziyatni egallaydi (ba'zi ilmiy adabiyotlarda mutlaq hokim sifatida gapning kesimi ko'rsatiladi). Ega vazifasida kelgan so'z egalik va ko'plik qo'shimchalarini qabul qila oladi va bosh kelishlik shaklida qo'llanadi. U ko'pincha ot, olmosh, otlashgan so'z va so'z birikmasi bilan ifodalanadi. Ega, asosan, kesimdan avval keladi; bunday so'z tartibi eganing grammatik belgilaridan biridir. Ba'zan kesimdan keyin ishlatilishi ham mumkin; bu hodisa inversiya deyiladi. Ega ba'zan birgina so'zdan, ba'zan esa bir necha so'zdan, ya'ni sintaktik birlikdan iborat bo'ladi. Masalan: Tinchlik urushni yengadi.Ishlagan tishlar, ishlamagan kishnar (Maqol).Otlarning otxonaga olib o'tilmagani Ziyodillani taajjublantirdi (Hamid G'ulom). Ega gapda har doim biror so'z yoki so'zlar birikmasi bilan ifodalanishi shart emas. Ba'zi gaplarda ega tushib qolishi, yashirin bo'lishi mumkin. Eganing gapda qo'llanishi yoki qo'llanmasligi gapning mantiqiy mundarijasi, grammatik shakli va nutq uslubi bilan bevosita bog'liq.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-317-322

"Uning — - - to'ldiruvchi. To'ldiruvchi asosan kesimga boshqaruv usuli bilan bo'glanib, kimga?, nimaga?, kimdan?, nimadan? Singari so'roqlarga javob boluvchi gap bo'lagidir. Bu so'z vositasiz to'ldiruvchi hisoblanadi.

—Kanadadan" - aniqlovchi. Aniqlovchi hokim bo'lakdan anglashilgan narsaning qandayligi, kimga yoki nimaga qarashli ekanligini bildirib, qanday? Qanaqa? Nimaning? Singari so'roqlariga javob bo'ladi. gapning ikkinchi darajali bo'lagi. Narsa, hodisa nomiga tobelanib, uning belgisi (xususiyati, sifati)ni anglatadi. A.ning uch turi mavjud: a) izohlovchi A. (boshqa nomni bildiradi, mas, o'zbek shoiri Furqat); b) sifatlovchi A. (mas, keksa tog'lar); v) qaratuvchi A.- belgili yoki belgisiz qaratqich kelishigi shaklidagi so'z bilan ifodalanadi (mas, suvning beti yoki suv beti).

"Eslashga" - to'ldiruvchi. . To'ldiruvchi asosan kesimga boshqaruv usuli bilan bo'glanib, kimga?, nimaga?, kimdan?, nimadan? Singari so'roqlarga javob boluvchi gap bo'lagidir. Bu so'z vositasiz to'ldiruvchi hisoblanadi. To'ldiruvchi ikki guruhga bo'linadi: 1) Vositasiz to'ldiruvchi 2) Vositali to'ldiruvchi.

"Urindi" - kesim. Gapda hukmni ifodalovchi, gaplikning asosiy belgilarini ko'rastuvchi eng muhim bo'lakdir. gapning bosh bo'laklaridan biri. Ega bilan ifodalangan shaxs, predmet va xodisaning umumiy belgisini bildiradi. Kesim gapni uyushtiruvchi markaz bo'lib, predikativlikning belgisini ko'rsatadi. Ikki tarkibli gapda egaga tobe bo'ladi; o'ziga bog'lanib kelgan so'zlarga nisbatan esa hokim hisoblanadi. Kesim barcha mustaqil so'z turkumlari bilan ifodalanadi. Qaysi so'z turkumi bilan ifodalanishiga ko'ra, fe'l va ot Kesimlarga bo'linadi. Bu so'z fe'l kesim hisoblanadi.

REFERENCES

1. Agata Kristi "Kutilmagan mehmon"

2. https : //uz.m. wikipedia.org/wiki/Ega

3. https : //uz.m. wikipedia.org/wiki/Aniqlovchi

4. https://uz.m. wikipedia.org/wiki/To%CA%BBldiruvchi

5. https://uz.m. wikipedia.org/wiki/Kesim

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.