Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-430-433
ALISHER NAVOIYNING "XAMSA" ASARIDAGI "FARHOD VA SHIRIN" DOSTONINING ANTROPONIMLARNI O'ZBEK TILIDAN INGLIZ TILIGA TARJIMA QILISHDAGI MUAMMOLAR TAHLILI
Xudoyberdiyeva Aziza Murod qizi
Termiz davlat universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo'nalishi talabasi E-mail: [email protected] Termiz, Ozbekiston
Solijonov Juraali Kamoljonovich
Termiz davlat universiteti o'qituvchisi E-mail: stuard [email protected] ORCID: 0000-0001-6394-295X UDK 81.2/.4481.25
ANNOTATSIYA
Mazkur maqola Alisher Navoiy tomonidan yozilgan — "Xamsa" asaridagi "Farhod va Shirin" dostonidagi antroponimlarning o'zbek tilidan ingliz tilida tarjimasi va ularning mohiyatiga lingvistik nuqta'i nazardan o'quvchi uni anglashi uchun ta'sir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda tahlil qilingan. Obyekt sifatida tanlangan antroponimlar to'qima bo'lgani oldin ularning asardagi vazifasi o'ylab topilgan, so'ngra uni lingvistik qoliplarga solingan. Shu tufayli maqolada tarjimon ularni o'zbek tiliga o'girishdan oldin etimologik, leksikologik, semantik va fonetik tahlil qilishi uchun qoliplar taklif qilingan.
Kalit so'zlar: antroponimlar, ingliz-o'zbek tarjima, lingvokulturologik muammolar, leksikologiya, tarjima turlari.
ANALYSIS OF THE PROBLEMS IN TRANSLATING ANTHROPONYM FROM UZBEK TO ENGLISH IN THE EPIC OF "FARHAD AND SHIRIN "
IN "KHAMSA" BY ALISHER NAVOYI
ABSTRACT
This article, written by Alisher Navoi, analyzes the translation of anthroponyms from the Uzbek language into English in the epic "Farhad va Shirin" in
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-430-433
the work "Khamsa" and the factors affecting their meaning from a linguistic point of view, so that the reader can understand it. Before the anthroponyms chosen as objects became the fabric, their function in the work was thought out, and then it was put into linguistic patterns. Because of this, the article offers templates for etymological, lexicological, semantic and phonetic analysis by the translator before translating them into Uzbek.
Keywords: anthroponyms, English-Uzbek translation, linguistic and cultural problems, lexicology, types of translation.
KIRISH
Alisher Navoiy qalamiga mansub besh doston, shoiming ta'kidiga qaraganda, jami 30 oy - ikki yarim yil ichida yaratilgan bo'lsa-da, bu asarning har birini ko'p yillik ijodiy mehnatning natijasi deb qarash kerak. Shuning uchun uning besh dostoni butun xalq manfaatlarini aks ettirgan, omma uchun asrlar davomida sevikli bo'lib qoladigan o'lmas qahramonlari bilan limmo-limdir.
Zero, yoshlikdan shu ulug' maqsadni o'z oldiga qo'ygan shoir "Xamsa' yaratish ishiga avvaldan kirishgan, shu maqsadda yuzlab tarixiy, ilmiy va adabiy kitoblarni o'rganib chiqqan va ularni tadqiq etgan, bir-biri bilan qiyoslab, o'z xulosalarini ko'plab ustozlari bilan fikrdoshlari sinovidan ham o'tkazgan edi
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Ushbu maqola uchun tadqiqot davomida qiyosiy tarjima adabiyoti, talqin tahlil qilish lingvistik atamalar, adabiyotlarning stilistik tahlili ko'rib chiqildi va o'rganildi. Ushbu tadqiqot uchun "Ko'p tilli lug'at-tarjima atamalariga havola" qo'llanmasidan foydalanildi.
"Antroponimika" - onomastikaning bo'limi. Odamlar ismini, ularning tarqalganligi, kelib chiqishi, jamiyatda amalda qo'llanishini va bundan tashqari antroponimik tizimlar tuzilishi hamda rivojlanishini o'rganadi.
Farhodning Shiringa bo'lgan muhabbati — eronlik xalqlar adabiyotlarida an'anaviy mazmunga ega bo'lgan va bir necha ijodkorlar tomonidan qalamga olingan ishqiy qissa va dostonlardan birining nomi. Shirin va Farhod timsollari fors-tojik adabiyotida X-XI asrlardan boshlab Abulqosim Firdavsiyning „Shohnoma", Nizomiy Ganjaviyning „Xusrav va Shirin", Xusrav Dexlaviyning „Shirin va Xusrav", o'zbek shoiri Qutbning „Xusrav va Shirin" dostonlarida eng fidoyi oshiq va ma'shuqalar sifatida tasvirlangan. Alisher Navoiy Sharqda bu an'anaviy ishqiy qissani qayta
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-430-433
ishlab, uni yangidan shakllantirgan va Farhod va Shirinni dostonning bosh qahramonlari sifatida tasvirlagan va unga „Farhod va Shirin" deb nom qo'ygan.
NATIJA
Shirin (? - 628 y.) (fors. shyryn) — sosoniylar davridagi fors shahanshoh (shohlar shohi) Xosrov Parvizning xotini bo'lgan. Xosrovning otasi Hormizd IV vafotidan keyingi inqilobda general Bahrom Chobin Fors imperiyasi ustidan hokimiyatni egallaydi. Shirin Xosrov bilan birga Suriyaga qochib ketadi va u yerda Vizantiya imperatori Moris himoyasida yashagan. 591 yilda Xosrov imperiyani nazorat qilish uchun Fors (Eron hududuga yani o'sha paytdagi Sosoniylar imperyasini taxtini asl egasiga qaytarish uchun)ga qaytib keladi va Shirin malikaga ayladi.
MUHOKAMALAR
"Xisrav uning jamoli-yu odobini ko 'rib, jazolashni ham unitdi-da, unga qarab so 'z ochdi."
"Khisrav saw his manners, forgot to punish, and asked him a question. "
Ushbu Xisrav ismi asosan o'g'il bolalarga qo'yiladi va bu ism fors-tojikcha bo'lib, quyidagi ma'nolarga ega: Mashhur, donddor; nomdor; hukmron, podshoh.
Navoiy Xisrav obrazi talqinini ham keskin o'zgartiradi. Uning Xusravi tipik yovuzlik timsoli. Unda hech qanday ijobiy jihat yo'q. U kaltafahm, jahldor, qonxo'r mustabid, u o'z maqsadlariga aldov va xiyonat bilan erishadi. Ammo Shirin obrazi Navoiyda bir qadar pasaygan. Nizomiyda Shiringa xos ba'zi o'rinlarda ideallashtiriladi. Unda Xisravga bo'lgan muhabbatdan boshqa hech qanday kamchilik yo'q. U shu muhabbat qurboni bo'ladi. Navoiyda esa Shirin faqatgina afsonaviy darajada go'zaldir; Nizomiydagi betakror aql va nazokat, individuallik unda yo'q. Buni tushunsa bo'ladi, aks holda u Farhod obrazini kuchsizlantirib qo'yar edi. Shuni unutmaslik kerak, Nizomiyning Xisravi Shirindek kuchli yorqin shaxsga muhtoj, busiz uning o'zgarishi qiyin. Navoiyning Farhodi esa bunga muhtoj emas, u busiz ham juda faol. Shuning uchun Shirin obrazi asar syujetiga salbiy ta'sir etmaydigan darajada kuchsizlashtirilgan.
XULOSA
Navoiyning „Farhod va Shirin" dostoni u yaratgan „Xamsa"ning 2-dostoni bo'lib, unda Farhod oddiy tosh yo'nar oshiq emas, balki xoqonning o'g'li, aniqrog'i,
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-430-433
Xo'tan mamlakati podshosining qarilikda ko'rgan yakkayu yagona farzandi bo'lib, yoshligidan fanning barcha sohalariga qiziqqan, harbiy bilimlarni, ayniqsa, toshyo'narlik, kasbini egallashga uringan. U Shirinni otasi xazinasidagi sehrli oynada ko'rib, darhol sevib qoladi. Unga erishish uchun turli mashaqqatlarni boshidan kechiradi. U Arman elida Shirin uchun qazilayotgan ariqni bitkazish ishlarida o'zining nimalarga qodir ekanini ko'rsatadi. Ammo bosqinchi Eron hukmdori Xusrav bilan kurashda xiyla bilan qo'lga olinib, qahramonlarcha xalok bo'ladi. Uning sevgilisi Shirin esa uning jasadi ustida jon beradi.
REFERENCES
1. Alisher Navoiy "Xamsa" asari. - Toshkent: "Yangi asr avlodi" - 2021.
2. Solijonov J.K. Harry Potter and the Sorcerer's Stone. - Termiz: Surkhan-Nashr.
3. Solijonov Juraali Kamoljnovich. (2022). Lingua-perspective Problems and Solutions of Translating the Plant and Food Names in the "Harry Potter" books from English into Uzbek. ASEAN Journal on Science & Technology for Development, Vol 39(No 4,), 221-229. doi: 10.5281/zenodo.6607317 https://doi.org/10.5281/zenodo.6607317
4. Kamoljnovich, S. J. (2022). JK ROULINGNING FANTASTIK ASARLARIDAGI ANTROPONIMLARNING LINGVO-PERSPEKTIV MUAMMOLARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(1), 334-343. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-1-334-343
5. Kamoljonovich, S. J., & O'G, Y. N. U. B. (2022). BADIIY TARJIMA UCHUN TARJIMA USULLARI TAHLILI (IAN TUHOVISKIY ASARLARI MISOLIDA). Ta'limfidoyilari, 18(5), 32-37.
6. Jo'ramurodova, Z., & Solijonov, J. (2022, April). JK ROULINGNING "BIDL QISSANAVIS ERTAKLARI"("THE TALES OF BEEDLE THE BARD" ) ASARIDAGI ANTROPONIMLARNING O'ZBEK TILIDAN INGLIZ TILIGA TARJIMA QILISHDAGI MUAMMOLARI. In МЕЖДУНАРОДНАЯ НАУЧНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ:" СОВРЕМЕННЫЕ ФИЛОЛОГИЧЕСКИЕ ПАРАДИГМЫ: ВЗАИМОДЕЙСТВИЕ ТРАДИЦИЙ И ИННОВАЦИЙ II" (Vol. 2, No. 18.03, pp. 554560). https://doi.org/10.47100/nuu.v2i18.03.115
7. Qodirovna, A. Z., & Kamoljonovich, S. J. (2022). JK ROULINGNING, GARRI POTTER VA AFSUNGARLAR TOSHF'ROMANIDAGI SEHRGARLAR OBRAZINI INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHNING LINGVO-PERSPEKTIV TAHLILI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 176-180. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-3-176-180