Научная статья на тему 'SHE’RIY OBRAZ VA BADIIY TASVIR IMKONIYATLARI'

SHE’RIY OBRAZ VA BADIIY TASVIR IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

393
60
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
gul / bulbul / oshiq / ma‟shuq / timsol / g„azal / flower / nightingale / lover / lover / symbol / ghazal.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Muslima Xolboyeva

Ushbu maqolada mutafakkir Nizomiddin Mir Alisher Navoiy ijodida gul va bulbul obrazlari janrlar tarkibida qay ma‟noda qo„llanilganligi tahlil qilingan. Tahlil doirasida turkiy xalqlar adabiyotidagi gul va bulbul haqidagi afsonaga murojaat qilingan. Maqolada Alisher Navoiy qalamiga mansub “Badoyi‟ ul-bidoya”, “G„aroyib us-sig„ar” va “Navodir unnihoya” devonlaridagi baytlardan foydalanilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article analyzes how the images of flowers and nightingales are used in the works of the thinker Nizamiddin Mir Alisher Navoi in the composition of genres. As part of the analysis, the myth of the flower and the nightingale in the literature of the Turkic peoples is referred to. In the article, verses from the books "Badayi' ulbidoya", "Gharaib us-sigar" and "Navodir un-nihoya" written by Alisher Navoi were used.

Текст научной работы на тему «SHE’RIY OBRAZ VA BADIIY TASVIR IMKONIYATLARI»

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-241-243

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

SHE'RIY OBRAZ VA BADIIY TASVIR IMKONIYATLARI

Muslima Xolboyeva

O„zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tayanch doktoranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada mutafakkir Nizomiddin Mir Alisher Navoiy ijodida gul va bulbul obrazlari janrlar tarkibida qay ma'noda qo'llanilganligi tahlil qilingan. Tahlil doirasida turkiy xalqlar adabiyotidagi gul va bulbul haqidagi afsonaga murojaat qilingan. Maqolada Alisher Navoiy qalamiga mansub "Badoyi' ul-bidoya", "G'aroyib us-sig'ar" va "Navodir un- nihoya" devonlaridagi baytlardan foydalanilgan.

Kalit so'zlar: gul, bulbul, oshiq, ma'shuq, timsol, g'azal

ABSTRACT

This article analyzes how the images of flowers and nightingales are used in the works of the thinker Nizamiddin Mir Alisher Navoi in the composition of genres. As part of the analysis, the myth of the flower and the nightingale in the literature of the Turkic peoples is referred to. In the article, verses from the books "Badayi' ul-bidoya", "Gharaib us-sigar" and "Navodir un-nihoya" written by Alisher Navoi were used.

Keywords: flower, nightingale, lover, lover, symbol, ghazal.

Ma'lumki, ulug' mutafakkir shoir Alisher Navoiy she'riyati obrazlarning ko'pligi va o'ziga xosligi bilan ham o'zbek mumtoz adabiyotida alohida ahamiyatga ega. Ular orasida, ayniqsa, gul va bulbul timsollari estetik ta'sir quvvati, bir-birini hamisha to'ldirib turishi bilan ham ajralib turadi. Mazkur maqolada ana shu obrazlar haqida to'xtalmoqchimiz. Gul va bulbul obrazi, bulbulning gulga tashnaligi mavzusi turkiy xalqlar adabiyotida juda ko'hna va nihoyat darajada qiziqarli mavzulardandir. Bu obrazlar turli rivoyatlar, afsonalar ham yaratilgan. Bir afsonaga ko'ra, o'tmishda atirgulning rangi qizil emas, oq rangda bo'lgan ekan. Oppoq atirgul g'unchasi o'zi uchun yonib kuylayotgan bulbulga parvo qilmay, unga o'zining go'zal chehrasini ko'rsatishni xohlamabdi. Butun qishni mahbubasining ishqida o'rtanib, atirgulning ochilishi, yuzini ko'rsatishini umid qilib o'tkazgan bulbul bahorda atirgul shoxiga o'tirib, uning gullashini

8-fevral

241

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 j Conference Proceedings 1 j 2023

kuta boshladi. Nima uchundir o'jar atirgul ochilmadi. Bechora bulbul uning gullashini kuta-kuta, qattiq uyquga ketdi. Biroz vaqt o'tgach , bulbul uyqudan uyg'onib, ko'zini ochsa, atirgul ochilib, butun chiroyini boshqa bir oshiqqa ko'z-ko'z qilayotgan emish. Bulbul bundan shu qadar xafa va behol bo'libdiki, o'zi qo'ngan atirgul shoxidan bemajol yiqila boshlabdi. Yiqilish asnosida atirgulning tikanlari bulbulning butun vujudini tilib qonga belabdi. Bulbul atirgulning oyoqlari ostiga qulab, jon taslim qilibdi. Afsonaga ko'ra, o'sha kundan keyin bulbul qonidan barcha atirgullar qip-qizil gullay boshlagan ekan. Navoiyning quyidagi misralari mazmuni ham afsona ma'nosi bilan uyg'un:

Gul va bulbul obrazlari irfoniy adabiyotda ham o'ziga xos o'ringa ega. Tasavvufda gul (atirgul) ko'pincha mahbuba tamsil qiladi. Mahbuba haqiqiy ma'shuq bo'lgan Alloh taolo, undan so'ng esa o'z mavqeiga ko'ra barcha ustozlarga yo'l ko'rsatuvchi, ustozlarning ustozi, chinakam komil inson bo'lgan Habibi Kibriyo (Rasululloh sollallohu alayhi vasallam)dir. Bulbul esa oh-u zor, nola qiluvchi oshiq timsoli bo'lib, bulbulning kuylashi ishq yo'iga kirgan solikning goh Allohga, goh Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo'lgan muhabbatini ifodalaydi. Gul (atirgul) qalbda yuzaga kelgan ilmning natijasi va mevasini ham bildiradi. Ya'ni oshiqning qalbi gulzordir. Boshqacha aytganda, uning qalbi gulzorga o'xshaydi. Mumtoz adabiyotimizda gul va bulbul obrazidan murojaat qilmagan shoir yo'q, hisobi. Ammo Navoiy ijodida bu timsollar alohida mavqe tutadi:

Navoiyning lirik qahramoni juda ko'p o'rinlarda o'zini bulbulga qiyoslaydi. Jumladan, ulug' shoir ijodining ilk bosqichlarida bulbul timsoli orqali firoqda qolgan, yaqinlaridan uzoqda bo'lgan lirik qahramon kayfiyati yoritilgan mashhur ruboiysiga e'tibor qarataylik:

Professor A.Hayitmetovga ko'ra, ruboiyda shoirning "goh Mashhadda bir xilvat joyda, goh Hirotda bir oddiy boshpanada, hech bir kimsaning yordamisiz yashab yurgan yillarda yozilgani, unga

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-241-243

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

Bu humrat birla ermas otashin gul, oq gul erdikim, Yuzung barqidin o't tushti angakim, bo'ldi gulnoriy [1, 760].

Chaman otashgahiga otashin guldin chu o't solding, Samandardek ul o'tdin kulga botti bulbuli shaydo[2,13].

G'urbatda g'arib shodmon bo'lmas emish, El anga shafiqu mehribon bo'lmas emish.

Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa, Bulbulga tikondek oshiyon bo'lmas emish.

o'zining butun dard-alamlarini, nafratini to'kib solgani sezilib

8-fevral

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

turadi" [3,71]. E'tibor qilsak, ruboiyda Navoiy o'zini "bulbul"ga, "Vatan"ni "gul"ga qiyoslamoqda. Demak, Navoiy ijodida "gul" obrazi Vatan ma'nosini ham ifodalydi. Adabiyotshunos Y.Is'hoqov "Navoiy poetikasi" asarida ushbu ruboiyni "Saddi Iskandariy" dostonida keltirilgan kabutar haqidagi hikoyat bilan o'zaro qiyoslab, shunday yozgan edi: "Alisher Navoiy ijodining dastlabki bosqichida yozilgan she'rlarida asosan "shikoyat motivining yuzaga kelishi konkret asosga ega bo'lib, Mashhaddagi hayoti bilan chambarchas bog'langan [4,37]". Mana bu baytda esa hijron kayfiyatidagi bulbul obrazi tasvirlanmoqda:

Gar Navoiy bulbule erdi xush ilhon, ko'rki, hajr Navha rangi ko'rguzur har dam oning ilhonida[5,728]. Boshqa bir g'azalga "yor-u diyordan ayriliqdagi lirik qahramonning ahvoli bulbulsiz qolgan gulshanga qiyoslanadi:

Navbahor ayyomi bo'lmish , men diyoru yorsiz, Bulbul o'lg'andekxazon fasli gulu gulzorsiz [2,204]. Adabiyotshunos I.Haqqulga ko'ra, mazkur g'azal "navbahor faslida, ilk bahor taassurotlaridan tug'ilgan. Lekin she'r qahramoni o'zini "xazon fasli"da gulu gulzorsiz qolgan bulbul holatida tasavvur aylaydi. Negaki, u yoru diyoridan uzoqda. Navbahor haqidagi bir "xabar" tabiiy ravishda "gul-gulzor", yor-diyor", "bulbul-oshiq", "vasl-hijron" to'g'risidagi tasvir va ta'riflar bilan uyg'unlashadi" [6,124].

Xulosa qilib aytganda, Alisher Navoiy ijodida gul va bulbul obrazlari juda qiziqarli va lirik qahramonning turli kayfiyatini ifoda etuvchi betakror timsollardir. Ularni atroflicha tadqiq etish esa nafaqat Alisher Navoiyning yuksak badiiy mahorat sirlarini, balki o'zbek mumtoz she'riyatining tasvir yo'li, o'ziga xos ifoda imkoniyatlarini bilishga ham keng imkon yaratadi.

REFERENCES

1. Alisher Navoiy.Badoyi' ul-bidoya. MAT. 20-jildlik.1-jild. -T.: "Fan", 1983.

2. Alisher Navoiy. G'aroyib us-sig'ar. MAT. 20-jildlik.3-jild. -T.: "Fan", 1988.

3. Hayitmetov A. Navoiy lirikasi. -T.: "O'zbekiston", 2015.

4. Ishoqov Y. Navoiy poetikasi ("Xazoyin ul-maoniy" asosida). -T.: "Fan", 1983.

5. Alisher Navoiy. Navodir un-nihoya. MAT. 20-jildlik.2-jild. -T.: "Fan", 1987.

6. Haqqulov I.Navoiyga qaytish-1. -T.: "Fan", 2008.

7. https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/matbuot/hozirgi-davr-matbuoti/xosiyat-bekmirzayeva- gul-va-bulbul

8. https://www.aydinlik.com.tr/koseyazisi/gul-ile-bulbul-aski-52700

9. https://islamansiklopedisi.org.tr/gul-u-bulbul

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-241-243

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

8-fevral

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.