Научная статья на тему 'MAZMUNDAGI O‘XSHASHLIK VA TASVIR XILMA-XILLIGI (NAVOIY SHE’RIYATI ASOSIDA)'

MAZMUNDAGI O‘XSHASHLIK VA TASVIR XILMA-XILLIGI (NAVOIY SHE’RIYATI ASOSIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

80
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Navoiy / she‟riyat / “Navodir un-nihoya” / devon / g„azal / bayt / so„z / birikma / obraz / mazmun / tasvir / Навои / поэзия / «Наводир ун-нихоя» / деван / газель / стих / слово / сочетание / образ / содержание / образ.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Tohir Rashidovich Xo‘jayev

Ushbu maqolada Navoiy she‟riyatiga oid ba‟zi mulohazalar “Navodir unnihoya” devoni asosida bayon qilingan. Shoir she‟riyatining e‟tibor beriladigan jihatlari ko„rsatilgan. Shulardan biri bo„lgan mazmunan yaqin, ammo tasvirda farqlanadigan baytlar aniqlanib, tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье представлены некоторые комментарии к поэзии Навои на основе поэмы «Наводир ун-нихоя», показаны примечательные стороны творчества поэта.

Текст научной работы на тему «MAZMUNDAGI O‘XSHASHLIK VA TASVIR XILMA-XILLIGI (NAVOIY SHE’RIYATI ASOSIDA)»

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-148-151

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

MAZMUNDAGI O'XSHASHLIK VA TASVIR XILMA-XILLIGI (NAVOIY

SHE'RIYATI ASOSIDA)

Tohir Rashidovich Xo'jayev

Navoiy davlat pedagogika instituti tohirrashidovichxoj aev@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Navoiy she'riyatiga oid ba'zi mulohazalar "Navodir un-nihoya" devoni asosida bayon qilingan. Shoir she'riyatining e'tibor beriladigan jihatlari ko'rsatilgan. Shulardan biri bo'lgan mazmunan yaqin, ammo tasvirda farqlanadigan baytlar aniqlanib, tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Navoiy, she'riyat, "Navodir un-nihoya", devon, g'azal, bayt, so„z, birikma, obraz, mazmun, tasvir.

АННОТАЦИЯ

В данной статье представлены некоторые комментарии к поэзии Навои на основе поэмы «Наводир ун-нихоя», показаны примечательные стороны творчества поэта.

Ключевые слова: Навои, поэзия, «Наводир ун-нихоя», деван, газель, стих, слово, сочетание, образ, содержание, образ.

ABSTRACT

This article contains some comments on Navoi's Navodir un-nihoya. Some minor spelling errors in the publication, aspects that need to be considered, famous ghazals and verses from the devon, and concepts that make sense of the Navoi period are taken into account.

Keywords: Navoi, "Navodir un-nihoya", devon, ghazal, byte, word, compound, image, period, proverbs

Navoiy she'riyati, devonlari haqida ko'pdan ko„p mulohazalar bildirilgan. Maqola, tadqiqotlar yaratilgan. Hali qilinadigan ishlar, o'rganiladigan jihatlar anchagina. Ana shu tomonlar "Navodir un-nihoya" devoni asosida yoritishga harakat qilindi. Oliy o'quv yurti talabalariga "Navoiyshunoslik" fani o'qitilmoqda. G'azallar tahlili jarayonida talabalar bilishi zarur bo„lgan,ba'zi tushuncha, istiloh,obrazlar mohiyatini anglashda

8-fevral

148

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

qiynalayotgani oydinlashdi. Mana shularni yoritishda kichik maqoladan tortib, yirik tadqiqotgacha zarurligi muhim ishlardan hisoblanadi. Devonni o'qish asosida (Navoiyning boshqa devonlari ham) quyidagilarga e'tibor berish, tadqiq va tahlil etish zarurligiga e'tibor qaratildi:

1. Devondagi bugungi kunda xalqimiz orasida mashhur bo'lgan va keng tarqalgan g'azallarni aniqlash va guruhlash.

2. Ko'pchilik kitobxonlar tomonidan sevib o'qiladigan va yod olinayotgan baytlarga e'tibor qaratish.

3. O'quvchilar, talabalar anglamayotgan, tushunilishi qiyin bo'lgan tushuncha, so'z, birikma, obraz va boshqalarni sharhlash.

4. Navoiy ijodi, asarlarida ko'p uchraydigan fikr, tushuncha,bir-biriga yaqin mulohaza, umuman, variantlilikka nazar tashlash.

5. Devondagi g'azallarda hayotiy hodisa-voqealar, inson kechinmalari, xalqimiz urf-odatlari bilan bog'liq tasvirlar talqini.

6. Devondagi she'rlarda hikmatli gaplar, maqollarning singdirilishi.

7. Navoiy davri, u davr kishilari hayotini his qilish maqsadida devondagi g'azallarda tilga olingan liboslar, kiyimga e'ribor qaratish va hokazo.

Ushbu maqolada mana shu guruhlashdagi to'rtinchi masala - Navoiy ijodi, asarlarida ko'p uchraydigan fikr, tushuncha,bir-biriga yaqin mulohaza, umuman, variantlilikka nazar tashlash. Navoiy she'riyatida mazmunan yaqin, bir tushuncha doirasidagi fikrlar ko'p uchraydi. Uni variantlilik deb atash to'g'I bo'lar. Tasvirda esa, bir oz farq, shakily har xillik mavjud. Quyosh botgach, yulduz paydo bo'lishi, ishqda shohu gado tengligi, vafo qilib, jafo ko'rish, ishq daryosi poyonsiz, quyoshga qarasa ko'z qamashishi, oy-kun ota-ona, bir eshik yopilsa, yuz eshik ochiladi, gulning vafosi yo'q, baqo istasang, fano yo'lin tut, ishq aro Farhod ila Majnun, uyatdin gul qizarishi, yig'lamoqqa boda bahona, pok ko'z, pok ko'ngul, yangi olam yaratish, ko'zlarga tong otguncha uyqu kelmasligi, may qayg'uni o'ldiradi, hay deguncha umr o'tadi, bir ko'zi Sayhun, Dajla,dam bu damdur,boda ich, o'z-o'zi bilan gaplashish, dudi ohdin sobitu sayyora qizarishi kabi tushunchalar doirasida ko'pdan ko'p mulohazalar bayon qilingan. Mazmun ana shular atrofida aylansa, uni ifodalashda turlicha shakl, tasvir, qiyoslardan foydalanilgan. Bular Navoiyning lirik qahramon holati, ma'shuqa va boshqa obrazlar kechinmalarini berishda muhim vazifani bajargan. Unda shoir uslubi, tasvirdagi o'ziga xoslik, topqirlik, so'z boyligi, tashbehlardagi ranginlik va boshqalar namoyon bo'ladi.

Navoiy asarlarida eng ko'p uchraydigan tushunchalardan

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-148-151

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

biri vafo va uning zidi bo'lgan jafodir. Shoirning dostonlari,

8-fevral

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-148-151 o'rganish masalalari

ayrim nasriy asarían va,ayniqsa, she'riyatida bularning turfa talqinlarini kuzatamiz. Vafo bu lirik qahramon -oshiqning asosiy sifati. Jafo esa, ma'shuqa, davr, davr kishilari,dunyo,raqib,nafs va boshqalarga xos.Navoiyning yuzlab baytlarida bu ikki so'z deyarli yonma-yon keladi. Ayni paytda ularning qiyosi, nisbati, meyori keltiriladi. Bir vafoga yuz jafo, ming jafo, yuz ming jafo va hokazo. Mana bu baytda oshiq vafosiga qaytadigan jafoning eng baland darajasi keltirilgan: "yuz ming jafo": Kimga qildim bir vafokim, ko'rmadim yuz ming jafo, Ey ko 'ngul,gar xud havasdur ishq bu miqdor bas (1, B.201).

Ikkinchi tomoni bu misralarda variantlilik ham bor. Birinchi misradagi "Kimga qildim bir vafokim..." jumlasi ko'p uchraydi. Boshqa bir baytlarda mazmun o'zgarib keladi. Shoirning mashhur "Topmadim" radifli g'azalini eslaylik. Mana bu baytlarda ham shu mazmundagi fikr:

Aytmonkim har vafo qilsam jafoye qilmasun, Har vafog 'a ming jafo, gar aylamas izhor bas. Har vafog 'a ming jafo ham qilsa qilsun munchakim, Yor anga mahrumu mahram bo 'Imasa ag'yor bas (1, B.207).

Vafo va jafo tushunchalarining bir necha mazmun va tasviri. Har vafo va ming jafo. Lirik qahramon yor jafolaridan qo'rqmaydi. Birinchi baytda oshiq ma'shuq jafo qilsa mayli, lekin hadian oshib ketmasligini istasa, keying baytda fikr yanada rivojlantirilib, ming jafo qilsa ham mayli, faqat ag'yor bilan mahram bo'lmasa bas.

Navoiyning ko'p baytlarida olam, olam ahlida vafo yo'q degan mazmun bayon qilinadi. Ushbu baytda ana shu fikr:

Yuz jafo tong yo 'qki ul nomehribondin ko 'rgamen

Kim, vafo ko'rmish birovdinkim men ondin ko'rgamen (1, B.412).

Bu misralarda yordan oshiqqa yetadigani "yuz jafo". Lirik qahramon ma'shuqadan nomehribonlik, yuz jafo ko'rsa ham ajablanmaydi. Chunki bu olamda hech kimda vafo yo'q-da. Boshqa baytda "yuz vafo aylab xaloyiqqa, ming jafo" ko'rgani ham ta'kidlanadi. Bunaqa yaqin mazmun va tasvirdagi har xillik Navoiy she'riyatida tez-tez ko'zga tashlanadi.

Navoiy asarlarida "ishq daryosi poyonsiz" tushunchasi ham ko'p tilga olinadi.Eng mashhuri mana bu bayt:

Ishq daryosig 'a, eykim, kirding, Bilki, bu bahr erurpoyonsiz (1, B.183).

Ishqni bahrga o'xshatish an'ana. Bu uning kengligi, har jihatdan ulkanligiga ishora.Boshqa bir baytda vodiyga o'xshatiladi. Bunda ham kenglik:

8-fevral

150

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-148-151 o'rganish masalalari

Ishq vodiysi ajab vodiy erurkim, har mo 'r

Anda sher afkanu har pashsha erur pil afkan (1, B.386).

Bir o'rinda ishqni dengiz, bahr, vodiyga qiyoslansa, boshqa baytda uning kuchi, xususiyati bayon qilinadi. Ishq shunday kuchga egaki, chumolini sher, pashshani filga aylantira oladi.

Navoiyning hamma sevib yod olgan, mashhur baytini yaxshi bilamiz. "Orazin yopg'och..." deb boshlanuvchi bayti nazarda tutilmoqda. Quyosh va oy holati. Biri ketsa, ikkinchisining paydo bo'lishi. Bu oshiq holatini ifodalashda asosiy tashbih hisoblanadi. Oshiq ko„z yoshlari yulduzga, ma'shuqa yuzi quyoshga o'xshatiladi. Bu tasvirning boshqacha shakli mana bu baytda keltirilgan:

Yulduz itgandek quyosh yog 'dusig 'a itti quyosh, Orazingxurshidi chun qildi tulu' ulyog'duda (1, B.18).

Quyosh chiqqach, yulduz ko'rinmaydi. Bu hayotiy manzara. Ana shu holatdan shoir boshqacha xulosa chiqaradi. Quyosh chiqsa, yulduz yoki yulduz chiqsa, quyoshning ko'zga ko'rinmasligi bor narsa. Mazkur baytda yanada boshqacha tasvir. Shoir ta'kidicha, quyosh nuridan yulduz yo'qoladi.Endi yor yuzi ta'sirida quyosh ham ko'rinmay qolgani bayon qilinmoqda.

Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin. Bu fikrlar shoir g'azallarini sinchiklab o'rganish, mazmun yaqinligi va shakl, tasvir xilma-xilligi namoyon bo'ladigan baytlarni aniqlab, badiiy mahorat qirralarini chuqur tadqiq etishga yo'naltiradi.

REFERENCES

1. Navoiy, A. (1987). Navodir un-nihoya. Fan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.