SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
MILLIY RUHIYAT IFODASIDA ZID MANOLI SO'ZLARDAN FOYDALANISH (ERKIN VOHIDOV SHE'RIYATI MISOLIDA)
Muzaffarova Zarrina Umarjon qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti o'qituvchisi [email protected]
Ushbu maqolada Erkin Vohidov she'riyatiga oid o 'ziga xos til xususiyatlari tahlil qilingan, adib she'riyatida milliylik va o'zlikni anglash g'oyalarining tasvirlanganiga alohida e^tibor qaratilgan. Erkin Vohidovning mustaqillik yillarida yaratilgan ijod namunalarida milliy qadriyatlarni qayta tiklash, o 'zlikni anglashga bo 'lgan mehr muhabbat ruhi qalamga olingan. Aynan shu she 'rlarda ham adib zid ma'noli so'zlardan unumli foydalangan va shu orqali she'rning ifodaliligi va ta'sirchanligining oshishiga erishgan. Maqolada adib she^rlarida uchrovchi zid ma^noli so 'zlarning milliy ruhiyat tasviridagi o 'rni tahlil qilingan.
Kalitv so'zlar: antonimlar,she^riyat, milliy ruh ,lug'aviy antonimiya, grammatik antonimiya,antiteza
USE OF OPPOSITE WORDS IN THE EXPRESSION OF THE NATIONAL SPIRIT (ON THE EXAMPLE OF ERKIN VOHIDOV'S POETRY)
ABSTRACT
This article analyzes the specific language features of Free Vahidov's poetry, with a particular focus on the depiction of the ideas of nationality and self-awareness in writer's poetry. In the examples of creativity created during the years of independence of Free Vahidov, the spirit of love for the restoration of national values, the understanding of identity is penceded. It was in these poems that the writer made effective use of contradictory words, thereby increasing the expression and effectiveness of the poem. The article analyzes the role of the three conflicting words in the image of the national psyche in adib poems.
Keywords: antonyms, poetry, national spirit, great antonymia, grammatical antonymia, antithesis
Til -jamiyat,millatning o'zligini namoyon qiluvchi ko'zgusi hisoblanadi. Xalq qalbiga yo'l uning o'z ona tilini bilishi, uning urf-odat, milliy qadriyatlariga nisbatan hurmat va e'tibori, sodiqligidan boshlanadi. Zero, Yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek:
ANNOTATSIYA
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
"Biz milliy ma'naviyatni har tomonlama yuksaltirish masalasini o'z oldimizga asosiy vazifa qilib qo'yar ekanmiz, bugungi kunda ma'naviyatimizni shakllantiradigan va unga ta'sir o'tkazadigan barcha omil va mezonlarni chuqur tahlil qilib, ularning bu borada qanday o'rin tutishini yaxshi anglab olishimiz maqsadga muvofiq bo'ladi"1
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
O'zbek tilining imkoniyati shu qadar kengki, undagi ma'no tovlanishlari, jimjimadorlik, tozalik va nafislik o'z o'rnida qo'llangandagina juda ham saviyali ulkan mohiyatga ega badiiy va ilmiy ijod namunalari yaratilishiga zamin hozirlaydi. Adabiyotimiz tarixida ulkan iste'dodli yozuvchi va shoirlar ko'pdir. Har bir ijodkorning ijodiy mahorati va saviyasi u yaratgan asarlar tilida namoyon bo'ladi. Ijodkorning atrof-muhitga, unda kechadigan voqea-hodisalarga munosabati, o'ziga xos tarzdagi dunyoqarashi, teran mulohazaviy aql va idroki, tabiatdagi boshqalar nazaridan chetda qolgan jihatlarni his eta olish qobiliyati, hamda uni takrorlanmas tarzda kitobxonga yetkazib bera olishi va yana ko'pgina boshqa jihatlar birgalikda badiiy asarning qiymatini ta'minlab beradi. Shoir va yozuvchilarning xalq tilini chuqur bilishi, milliy ruhiyat, qadriyat va an'analarni qay tarzda o'z asarlariga singdira olishi, tuganmas so'z boyligiga ega bo'lishi, so'zning ta'sir kuchini yurak -yurakdan his eta olishi, har bir so'zni ma'no nozikligini ilg'agan holda aynan shu so'zlardan mahorat bilan foydalana olishi muhim ahamiyat kasb etadi.
NATIJALAR
Til birliklarining o'zaro zid munosabatidagi ma'nolarni anglatishi asosida guruhlanishiga antonimiya deyiladi (yunoncha anti- "zid,qarashi", onyma- "ism"). Sinonim qatorida ikki va undan ortiq til birligi qatnashdi,chunki ular ayni bir voqelikni nomlaydi,ifodalaydi.Antonimiya munosabatida esa ikki til birligi qatnashadi,chunki bunday munosabat biri ikkinchisining aksi bo'lgan voqelikni nomlaydigan,ifodalaydigan til birliklari orasida voqe' bo'ladi. Antonimlarni belgilashdagi asosiy o'lchov-leksik ma'no, ya'ni so'zlarining zid ma'no bildirishi,shu bilan birga so'zlarning antonim ekanini belgilashda mantiqiy markaz prinsipidan o'rinli foydalanish lozim.2 Antonimiya 2 xil bo'ladi:
1 Lug'aviy antonimiya - lug'aviy birliklarning ya'ni so'zlarning o'zaro antonim bo'lishi: yaxshi-yomon, arzon-qimmat:
2. Grammatik antonimiya - grammatik birliklarning o'zaro antonim bo'lishi. Bu juda kam uchraydi:-dan, -ga (uydan ,uyga) kabi.
1 Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: O'zbekiston, 2016.-B.8
2 Raxmatullayev Sh., Mamatov N., Shukurov R. O'zbek tili antonimlarining izohli lug'ati. - Toshkent, 1989. - B. 10.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(3), March, 2023
Tilda zid ma'noli so'zlaming mavjudligi badiiy nutqning ifodaliligi, ekspressivligi, ta'sirchanligini ta'minlashda qulay vositalardan biridir. Sharq adabiyotida juda qadim zamonlardan buyon tildagi bu ifoda imkoniyatidan keng foydalanib kclingan. "Shoir uchun juda zarur bo'lgan san'atlardan biri tazoddir. Bu san'at yana mutobaqa, tiboq, tatbiq, muttazod, ittizod va takoju. Bu san'atda, badi'shunoslarning aytishicha, zid ma'noli so'zlardan foydalaniladi. Yevropa filologik an'anasida bu san'at "antiteza" deb yuritiladi. Badiiy asar tiliga bag'ishlangan asarlarda zidlantirish, qarshilantirish atamalaridan foydalaniladi. Zid ma'noli so'zlarni yonma-yon qo'llash orqali tushunchalar, belgilar, holatlar, obrazlar zidlantiriladi. Odatda, lisoniy va kontekstual yoki nutqiy zid ma'noli so'zlar farqlanadi.3 Ma'no jihatdan antonimlar o'zaro bog'lanishli bo'ladi: birini aytish bilan shuning ziddi ko'z oldimizda gavdalanadi, birining ma'nosi uning antonimiga ko'ra aniq namoyon bo'ladi,go'yo antonimlar biri ikkinchisini turtib turgandek.Antonimlar tilning kuchli stilistik vositalaridan biri bo'lib shoirlar voqelikni,narsa va hodisalarning sifat va xususiyatlaridagi farqni ko'rsatishda,bir-biriga qarama-qarshi qo'yib tasvirlashda-kontrastlar hosil qilishda zid manoli so'zlardan foydalanadilar.Ayniqsa, nazmda ya'ni she'riy asarlarda bir-biriga zid fikr va hissiyotlar ifodasida antiteza san'ati keng qo'llaniladi. Biz Erkin Vohidov she'riyatini tahlil qilar ekanmiz, adib she'riyatida milliylik va o'zlikni anglash g'oyalarining tasvirlanganiga guvoh bo'lamiz. Erkin Vohidovning mustaqillikyillarida yaratilgan ijod namunalarida milliyqadriyatlarni qayta tiklash, o'zlikni anglashga chaqirgan. Aynan shu she'rlarda ham adib zid ma'noli so'zlardan unumli foydalangan va shu orqali she'rning ifodaliligi va ta'sirchanligining oshishiga erishgan.
Qulluq qil demasman, Yurt tuprog'in o'p. Unga qullar emas, fidolar kerak Uning senu mendek shoirlari ko'p, Buyuk elga endi daholar kerak.
Shoir bunda qul va daho otlarini qo'llash orqali antiteza san'atini hosil qilgan. Aslida, qul "kimsaga ko'r-ko'rona xizmat qiluvchi, bo'ysunuvchi; itoatgo'y, malay, xizmatkor" ma'nosini ifodalasa, daho arabcha so'z bo'lib "favqulodda kuchli aql, xotira va ijodiy iste'dod; bilim saviyasi, dunyoqarashiga ko'ra o'z davri darajasi dan ilgari ketgan shaxs" ma'nosini ifodalagan. Bu yerda xalq uchun xizmat qiluvchi uning milliy ma'naviyatini yuksaltiruvchi kishilar yurtga qanchalik kerakligini adib uqtirib o'tgan.
Gar qilich kelsa boshinga,
3 Qurbonova M.,Yo'ldoshev M. Matn tilshunosligi. - Toshkent, 2014. - B. 60.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
Qo'rqma Erkin rostini ayt, Yaxshidir achchiq haqiqat, Lek shirin yolg 'on yomon.
4
Erkin Vohidov o'z davrida milliy ruh ufurib turgan o'lmas asarlar yarata olgan ijodkor desak yanglishmaymiz. Yuqoridagi she'rida shoir quloqqa yoqadigan shirin yolg'onlardan ko'ra achchiq bo'lsa ham, xalq manfaati, ma'naviyati uchun xizmat qiladigan haqiqatni afzal biladi. Bizga azal-azaldan qon-qonimizga singib ketgan qadriyatlar mavjud shulardan eng oliysi hisoblanmish bu rostgo'ylikdir. Yuqoridagi she'rida ham aynan rostgo'ylik, haqiqat tushunchalari zid ma'noli so'zlar orqali ochib berilgan. Bunda shoir aynan bir baytda zid ma'noli so'zlarning ikki jutligidan foydalanib, ifodaning yorqin bo'lishiga erishgan. "Yaxshi-yomon", "achchiq-shirin" so'zlari sifat turkumiga mansub. Ushbu misralarda bu so'zlar ko'chma ma'nolari antonimiyaga misol bo'lgan, haqiqatga nisbatan ishlatilib, haqiqatning qanchalik achchiq bo'lmasin yaxshi ekanligi, yolg'onning qanchalik shirin bo'lmasin yomonligini ifodalagan va doimo rost gapirishga da'vat qilgan. Yuqorida keltirilgan leksemalarimiz antonimlarning lug'aviy antonimiya turiga misol bo'la oladi.
Sizga xalqim urf-u odatin Tanishtirdim, singdirdim kam-kam , Toki qiling elning xizmatin. To 'ylarda ham,ta 'ziyada ham.5 Yuqoridagi misralarda shoir to'y va ta'ziya otlarini qo'llab antonimlikni hosil qilgan. Ushbu so'zlar ot so'z turkumining jarayon otlar guruhiga kiradi. Bu so'zlar o'zaro qarama-qarshi jarayonni ifodalaydi. To'y leksemasi xursandchilik "Oilada bazm, o'yin-kulgi va ziyofat bilan o'tkaziladigan ko'pgina marosimlaming umumiy nomi" 6 , ma'nosini bildiradi. Ta'ziya esa bu jarayonga aks marosim nomi sanaladi. Adib bu o'rinda aynan xalqimizning urf 1 odatlarini tanishtirish jarayoni sifatida she'rlarida bu marosim nomlarini qo'llagan va antonimlikni hosil qilgan. Bu antonimlar to'liq antonimlarga misol bo'la oladi.
O'zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa, Aldangani alla bo'lgani shudir.
Yulg'ich aziz bo'lib, bilgich xor bo'lsa Paytavaning salla bo'lgani shudir.7 Ushbu she'rda adib paytava va salla otlarini qo'llab kontekstual antonim hosil qilgan, bundan tashqari aynan shu bandning o'zida aziz va xor sifatlarida ham
4 BOXUAOB Э .CaräaHMa. 3-^H^g. yMpHM gapëcu. - TomKeHT, 2001. - E.17.
5 BOXUAOB Э CaräaHMa. 3-^H^g. yMpHM gapëcu. - TomKeHT, 2001. - E. 6.
6 Hojiyev A., Nurmonov A. va boshq. Hozirgi o'zbek tili faol so'zlarining izohli lug'ati. - Toshkent: Sharq. - B. 269
7 BoxugoB Э CaräaHMa. 3-^H^g. yMpHM gapëcu. - TomKeHT, 2001. - E. 157.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
antonimik munosabatni ko'rishimiz mumkin.Paytava "oyoqqa o'rash uchun mo'ljallangan mato bo'lagidir. Paytava odatda 35 sm x 90 sm o'lchovli issiq va puxta gazlamadan iborat bo'ladi. Qadimda paypoq sifatida kiyilgan. Paytavani etik bilan kiyishgan"8 .Salla "Uzunligi 1,5 metrdan 7 metrgacha bo'ladigan, do'ppi, kuloh, telpak ustidan o'raladigan sidirg'a mato, doka;. musulmon erkaklarning bosh kiyimi". Ushbu so'zlar otlarning narsa-buyum guruhiga kiradi. Bu leksemalar aynan foydalanish o'rni bilan o'zaro antonimik munosabatda bo'la oladi. Adibning mahorati shundaki, o'zbek tilini ya'ni Navoiy dahosini bilmaslik bizga shu qadar og'irki, xuddi shu holatni paytavaning salla bo'lish holatiga tenglashtirgan. Paytava va salla leksemalari kontekstual antonimga misol bo'la oladi.
Do'st qidir,do'st top jahonda, Do'st yuz ming bo'lsa oz, Ko'p erur bisyor dushman Bo'lsa u bir dona ham. Bu o'rinda shoir do'st va dushman leksemalari antonimiyasidan foydalangan.Xalqimizda do'stlik, birodarlik, hamjihatlik doimo ulug'lanib kelgan qadriyatlar sanaladi. Yuqoridagi misralarda keltirilgan do'st, dushman so'zlari ot so'z turkumiga kiradi. Do'st "Bir-biriga hurmatda bo'lgan, dili yaqin,inoq. Do'st bilan obod uying, gar bo'lsa,u vayrona ham, Do'st qadam qo'ymas esa vayronadir koshona ham (E. Vohidov)" Dushman so'zi esa aynan shu so'zning aksi sifatida talqin etiladi.
Menga begona ellarda nasib gar
O'lsa yuz rohat. Chekay bag'ringda ming ozor, "Seningdirman, seningdirman" 9 Yuqorida keltirilgan misralarda ham antonimlik hodisasi yuzaga kelgan. Ushbu she'riy parchada rohat va ozor leksemalari bir-biriga zid qo'yilgan. O'zga ellarda nasib etadigan ming rohatni adib o'z yurtida boshdan kechiradiga ming ozorga taqqoslaydi. Rohat "Kishiga zavq yoki orom beruvchi narsalardan olinadigan huzur, lazzat. Shiyponda achchiq ko'k choy ichib o'tirishning rohati o'zgacha. Tinch va to'kin-chochin turmush, farog'at ma'nosini bildiradi. Hayotda tinch-totuv yashashning aksi ma'nosida esa azob chekish ma'nosini bildiruvchi ot so'z turkumidagi so'z qo'llangan. Leksik antonimlar muhim uslubiy vositalardir. Ular matnda qarshilantirish (antiteza) vositasi rolini bajaradi, shu orqali hodisa va holatlardagi qaramalqarshiliklarni, ayrim obraz va personajlarning ichki dunyosidagi
8 Vikepediya-ochiq ensiklopediya.
9 BOXUAOB Э. CaräaHMa. 3-^H^g. yMpHM gapëcu. - TomKeHT, 2001. - B. 136.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
ziddiyatlarning badiiy talqinini ta'minlaydi10 . Antonimlar leksemalar hodisa va holatlarning ichki ziddiyatini ochishda muhim stilistik vosita bo'lib xizmat qiladi. Har bir ijodkor inson, xalq, millat ruhiyatini ochib berishda bunday vositalardan unumli foydalanadi. Erkin Vohidov o'z ijodida antonimlardan mahorat bilan foydalana olgan ijodkordir. Zero antonimlar she'r ta'sirchanligini oshirishda,ma'noni kuchaytirishda,fikrni yorqin ifodalashda va aynan shu fikrning tinglovchiga yetib borishida muhim ahamiyatga ega.
MUHOKAMA
Erkin Vohidov she'riyatida milliy ruhiyatning zid ma'noli so'zlar orqali ifodalanishini tahlil qildik. Avvalo, antonim so'zlarni ma'no ottenkasiga qarab guruhlarga ajratdik va izohladik. O'zbek tilining leksik qatlami juda boy va ma'no ifodalash ko'lami nihoyatda keng. Tilimizda har qanday aniq va mavhum tushunchalarni yoritishda ularni matnda qo'llay olishda har qaysi ijodkor o'z yo'nalishidan kelib chiqib so'z yoki vosita tanlaydi. Bizning tadqiqot ishimizning ushbu bobi ham aynan, Erkin Vohidov ijodida milliy tushunchalarni, xalqimiz turmush tarzini, yurtimiz kishilariga xos xususiyatlarni, urf - va an'analarimizni ochib berishdagi leksik vositalarning o'rnini belgilashdan iborat. Adib ijod jarayonida turli maqsadlarda leksik vositalardan foydalangan. So'z takrorini oldini olish,so'zning ma'no ifodalash qiymatini oshirish va she'rlarining rang-barang bo'yoqdorlikka ega bo'lishida leksik vositalar muhim rol o'ynaydi.
Har qanday adib yoki ijodkor o'z ijod jarayonida asarlarining ifodali, jozibali xalq ruhiga hamohang bo'lishini ta'minlash asnosida, shu xalqning millatning ruhiga mos so'z tushunchalarni tanlaydi. Erkin Vohidov ijodida ham aynan shunday tushunchalar bisyor. Bu tushunchalarni yuzaga chiqarishda esa til vositalarining o'rni va ahamiyati beqiyosdir. Ushbu kichik tadqiqotimizda ham shunday tushunchalarning umumiy til xusuyatlari, ularning milliy ruhiyat ifodasidagi o'rinlarini izohladik.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Mirziyoyev Sh. Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik - milliy g'oyamizning poydevoridir. - Toshkent, 2021.
2. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: O'zbekiston, 2016
10 Jamolxonov H. Hozirgi o'zbek adabiy tili. - Toshkent: Talqin, 2005. - B. 175
XULOSA
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
3. Hojiyev A., Nurmonov A. va boshq. Hozirgi o'zbek tili faol so'zlarining izohli lug'ati. - Toshkent: Sharq
4. Jamolxonov H. Hozirgi o'zbek adabiy tili. - Toshkent: Talqin, 2005
5. Вохидов Э Сайланма. 1-жилд. Ишк; савдоси. - Тошкент, 2000. - 210 б
6. Вохидов Э. Сайланма. 2-жилд. Шеър дунёси. - Тошкент, 2001. -300б.
7. Усарова Л. И. Абдулла Орипов шеьриятида миллий рух ифодаси. Филол .фанлари ном.. автореф. -Тошкент ,2020. - 140.6
8. Турсунов С ва бошкдлар. Хозирги узбек адабий тили-Тошкент , 1992. - 280
б