Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ERKIN VOHIDOV SHE'RIYATIDA MILLIY RUHIYATNI IFODALASHDA
METONIMIYANING O'RNI
Muzaffarova Zarrina Umarjon qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti
universiteti o'qituvchisi [email protected]
Mamlakatimizda hozirgi kunda barcha jabhalar singari ma'naviy-ma'rifiy sohalarda ham ulkan imkoniyatlar asnosida yangidan yangi o 'zgarishlarga keng yo'l ochilmoqda. Milliy mafkuramizning timsoli bo'lmish ona tilimizga bo'lgan e'tibor oshmoqda. O'zbek tilining imkoniyati shu qadar kengki, undagi ma 'no tovlanishlari, jimjimadorlik, tozalik va nafislik o'z o'rnida qo'llangandagina juda ham saviyali ulkan mohiyatga ega badiiy va ilmiy ijod namunalari yaratilishiga zamin hozirlaydi. Ushbu maqolada milliy ruhiyat ifodasidasida ko'chim turlaridan biri hisoblanmish metonimiyaning o 'rni ma 'no turlari tahlil qilingan va yetarlicha izohlab berilgan.
Kalit so'zlar: Erkin Vohidov, milliy ruhiyat, metonimiya ,she'riyat, leksik ma 'no, xususiy ma 'no, qadriyat, lingvistik vosita.
THE ROLE OF METONYMY IN THE EXPRESSION OF THE NATIONAL SPIRIT IN ERKIN VAHIDOVS POETRY
ABSTRACT
In our country, as well as in all aspects, the spiritual and educational spheres are opening a wide path for new changes due to huge opportunities. Attention to our mother tongue, which is the symbol of our national ideology, is increasing. The potential of the Uzbek language is so wide that only when its meanings, silence, purity and elegance are used in their place, it prepares the ground for the creation of artistic and scientific creations of a very high level. In this article, the role of metonymy, which is one of the types of migration in the expression of the national psyche, is analyzed and sufficiently explained.
Keywords: Erkin Vahidov, national psyche, metonymy, poetry, lexical meaning, special meaning, value,linguistic tool.
ANNOTATSIYA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
KIRISH
Mamlakatimizda hozirgi kunda barcha jabhalar singari ma'naviy-ma'rifiy sohalarda ham ulkan imkoniyatlar asnosida yangidan yangi o'zgarishlarga keng yo'l ochilmoqda.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa,uning joni va ruhi ma'naviyatdir. Biz yangi O'zbekistonni barpo etishda ana shu ikkita mustahkam ustunga, ya'ni bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyotga hamda ajdodlarimizning boy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyatga tayanamiz"1. Shunday ekan, bizda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllanishida ona tili eng asosiy vosita hisoblanadi.
Til -jamiyat,millatning o'zligini namoyon qiluvchi ko'zgusi hisoblanadi. Xalq qalbiga yo'l uning o'z ona tilini bilishi, uning urf-odat, milliy qadriyatlariga nisbatan hurmat va e'tibori, sodiqligidan boshlanadi. Zero, Yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek: "Biz milliy ma'naviyatni har tomonlama yuksaltirish masalasini o'z oldimizga asosiy vazifa qilib qo'yar ekanmiz, bugungi kunda ma'naviyatimizni shakllantiradigan va unga ta'sir o'tkazadigan barcha omil va mezonlarni chuqur tahlil qilib, ularning bu borada qanday o'rin tutishini yaxshi anglab olishimiz maqsadga muvofiq bo'ladi"2.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Dunyo adabiyotshunosligida jahon xalqlari she'riyatida milliy ruh ifodasi, ushbu poetik hodisaga xos badiiy-estetik qonuniyatlar, uning yuzaga kelish tamoyillari, obraz va motivlar mohiyatidagi talqini, muayyan millat poetik tafakkuri yangilanishiga ta'siri singari muhim masalalar o'rganilib kelinmoqda. Ushbu yo'nalishdagi izlanishlarni adabiyotshunoslik oldidagi zamonaviy talablar darajasida
"5
izchil davom ettirish har qachongidan ham muhim bo'lib turibdi .
Shoir va yozuvchilarning xalq tilini chuqur bilishi, milliy ruhiyat, qadriyat va an'analarni qay tarzda o'z asarlariga singdira olishi, tuganmas so'z boyligiga ega bo'lishi, so'zning ta'sir kuchini yurak -yurakdan his eta olishi, har bir so'zni ma'no nozikligini ilg'agan holda aynan shu so'zlardan mahorat bilan foydalana olishi muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbek she'riyatining buyuk dahosi Erkin Vohidov shaxsiyati haqida gap ketganda, bizning ko'z oldimizga she'rlarida Vatan madhini qadriyatlarini uning milliy urf-odat an'analarini tarannum etgan adib
1 Mirziyoyev Sh. Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik - milliy g'oyamizning poydevoridir. - Toshkent, 2021. - B. 4.
2 Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: O'zbekiston, 2016.-B.8.
3 YcapoBa .H. H. Aögy^a OpunoB metpuaTHga mhothh pyx u^ogacu. .^aHrapu H0M30g.. aBTope$. -TomKeHT, 2020. - E. 3.
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 12
educational, natural and social sciences fV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ~ ASI Factor = 1.7
jonlanadi.Ijodkorning so'z qo'llash uslubi,o'ziga xosligi, mahorati kabi jihatlar hozirgi kunda turli xil yo'nalishlarda o'rganilmoqda.
NATIJALAR
Metonimiya - yunoncha so'z bo'lib, "qayta nomlash" degani. Metonimiya ham ma'no ko'chish usullaridan biri bo'lib, bunda "bir predmetning, belgining , harakatning nomi boshqasiga o'xshashlik asosida emas, bog'liqlik asosida ko'chiriladi"4. Metominiya ham yangi ma'no hosil qilish jarayoni va bu jarayon natijasining barqarorligiga ko'ra lison va nutqqa dahldor hodisa, boshqacha aytganda metonimik hosila ma'no sof yoki lisoniy bo'lishi mumkin5.
1. Bir predmet nomi shu predmetdagi boshqa bir predmetga ko'chiriladi.
2. Bir predmet nomi shu predmetga soslangan o'lchov birligining nomi bilan xizmat qiladi.
3. Bir predmet nomi shu predmet asosida hosil bo'ladigan predmetga ko'chiriladi.
4. Harakatning nomi shunday harakat natijasida hosil bo'ladigan predmatga ko'chiriladi.
Metonimiyaning o'zbek tilida o'zlashma so'zlar bilan kirib kelishi faqat til faktidagina kuzatiladi.Nutq jarayonida uni kuzatish mumkin emas.Chunki qaysi tildagi so'zda nutqiy metonimiya sodir bo'lar ekan,o'sha tilda,o'sha nutqdagina ko'rinadi.Keyin o'z qimmatini yo'qotadi6. Metonimiyani olimlar turlicha tasnif etadilar.Professor M.Mirtojiyev metonimiyani tasnif etishda ma'no xususiyatiga asoslanish lozimligini ta'kidlab uni 2 ga ajratadi:
1. Leksik ma'noga asoslangan metonimiya;
2. Xususiy ma'noga asoslangan metonimiya.
Umumlashgan leksik ma'noga asoslangan metonimiya lug'aviy birlik sifatida so'z tarkibida aks etuvchi leksik ma'noga asoslanib sodir bo'luvchi metonimiyadir.Ularga hosil qiluvchi va hosila ma'nolar bir-biridan farqli sema bilan ajralib umumiy sema bilan o'zaro tutashib turadi.Xususiy leksik ma'noga asoslangan metonimiya atoqli otlarning turdosh otlarga o'tish natijasida bo'ladi. Metonimiyaning bu ko'rinishini ko'pgina tilshunoslar hosila ma'no yuzaga kelishining metafora,metonimiya, sinekdoxolar qatoridagi ko'rinishlaridan biri deb qayd etadilar.Ingliz tili mutaxasisi N.Rayevska metonimiyani sodir etuvchi hodisalardan biri ma'noning abstraksiyalanishi deb talqin etadi.Shuni unutmaslik kerakki, bunda
4 Tursunov S. va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. - Toshkent, 1992. - B. 58.
5 Shoabdurahmonov va bosh
6 Suvonova R. So'z o'zlashtirish va metonimiya. "O'zbek tili va adabiyoti" jurnali. - Toshkent, 2000. - B. 6 49-50.
949
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ham hosil qiluvchi va hosila ma'nolar referentlari o'rtasidagi aloqadorlik turadi.Bu
n
metonimiyaga xos xususiyatdir .
She'riyatda ham metonimiya hodisasidan unumli foydalaniladi. Ko'chim turlaridan biri hisoblanmish metonimiya Erkin Vohidov ijodida salmoqli o'rinni egallaydi. Adib she'rlarini tahlil qilar ekanmiz, ushbu asarlarda milliy ruh, qadriyatlar ifodalangan o'rinlarda metonimiya hodisasi lingvistik vosita bo'lib xizmat qilgan.
Yosh chinorsan, o'zni tutib olarsan,
"Ilik uzildi"dan o'tib olarsan.
Yuzlab bahorlarni kutib olarsan,
o
Vatanim, muborak bo'lsin navro'zing.
"Navro'z nashidasi" nomli she'ridan olingan yuqoridagi misralarda adib "Ilik uzildi" birikmasida aynan o'z ma'nosida emas balki aynan shu oyda kuzatiladigan ma'lum bir vaqtni ya'ni bahor oylariga kelib dasturxonda sabzavotlar ancha kamayib ketadi, shuning uchun bahorda odam o'zida vitaminlar yetishmayotganligini sezadi. Bunday fasliy toliqish, darmonsizlanishni xalqimiz "ilik uzildi davri" deb ataydi. Shoir ham aynan shu vaqtni ifodalash uchun ilik uzildi metonimiyasini qo'llagan.
Olim Chirchiq o'ylar tun bo'yi,
Tinmay chekar, vaqti juda ziq.
Erta tongdan korjoma kiyib,
Ishga tushar mehnatkash Chirchiq.9
Yuqoridagi misralarda ham Chirchiq joy nomi, hududni emas, balki shu hududning mehnatkash xalqiga ishora qilib kelyapti va shu yerda yashovchi kishilarga nisbatan qo'llanilgan. Erkin Vohidov she'riyatida joy nomlari bilan bog'liq metonimiyalarni ko'plab uchratish mumkin:
Mehmon o'zi kimdir? - Abay, Jambuldir.
Mezbon o'zi kimdir? - Jumanbulbuldir.
Fazogir, Boyqo'ng'ir mehmondir bukun,
Olim Chirchiq esa mezbondir bukun.
Ohangar, Bekobod qildi-yu taklif,
Ma'danchi ,Jezqazg'on buyurdi tashrif.
(E. Vohidov. Qozoq oqinlariga)
7 Mirtojiyev M. O'zbek tili semasiologiyasi. - Toshkent, 2010. - B. 102.
8Bo^ngoB Э. CaräaHMa. 3-^ngg. yMpnM gapecn.- TomKeHT,2000. - E.132
9Bo^ngoB Э. CaräaHMa. 1-®ngg. HmK; caßgocn. - TomKeHT, 2000.-E.38.
950
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Yuqoridagi misralarda ham adib joy nomlarini qo'llab metonimiya hosil qilgan ya'ni Chirchiq, Ohangar, Bekobod nomlari orqali shu joyda yashovchi kishilarni nazarda tutgan. Mehmondo'stlik bizda buyuk qadriyat sanaladi. "Qozoq oqinlariga" she'ri ham shu ruhda yozilgan bu she'rdagi metonimiyalar esa bizning jonajon yurtimiz kishilari tasvirida ishlatilgan.
Yana der:"Bo'sh qolsak tunlar bo'lib jam "Chordarvesh"o'qirdik qurshab tanchani. Bular tanimaydi Huvaydoni ham, Erta-yu kech o'ylar kino, tansani.10
Yoshlar tarbiyasi mavzusi bilan yo'g'rilgan yuqoridagi satrlarda adib sharq xalqlari orasida mashhur hisoblangan zarguzasht asar"Chordarvesh " nomini keltirish orqali metonimiya hosil qilgan. "Chordarvesh" sharq xalqlari orasida keng tarqalgan ishqiy-sarguzasht asar. Bu o'rinda aynan shu asar nazarda tutilgan. Bu asar ham bizning milliy mentalitetimizda alohida ahamiyatga kasb etadi. Men es-hushim yig'masdan hali Qulog'imga dilbar kuy yetdi Nakamuri - yapon go'zali "Tanovar"ga charx urib ketdi11.
Misralardagi "Tanovar" so'zi metonimik ma'noda qo'llangan. "Tanovar"o'zbek xalq lirik kuyi hisoblanadi. Farg'ona vodiysida keng tarqalgan. O'n beshdan ortiq ashula va cholg'u yo'llari ma'lum. Ashula yo'llaridan ommaviylashgan. Ushbu o'rinda ham aynan shu kuyni ifodalash uchun ishlatilgan. Bu metonimik ifoda vositasida har bir kishining ko'z oldida milliy kuyimiz jonlanadi. Yuqoridagi o'rinda ham bog'liqlik asosida ma'no ko'chgan.
Erkin Vohidov ijodida metonimik ifodalar salmoqli o'rinni egallaydi. Uning she'rlarida shunday holatlar kuzatiladiki, bir she'rning o'zida bir necha o'rinlarda metonimiya hodisasi qo'llanilgan. Masalan, "O'zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa" she'rida shunday holat kuzatiladi.
O'zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa, Oltin boshning kalla bo'lgani shudir. Bedil qolib Demyan Bedniyni suysa,
1 9
Qora sochning malla bo'lgani shudir.
10Bo^ngoB Э. CaräaHMa. 2-^rag. ffletp gyHecu. - TomKeHT, 2001. - B. 20.
11 Boxuaob Э. CaräaHMa. 3-^H^g. yMpuM gapecu. TomKeHT, 2001. - B. 64.
12 BoxugoB Э. Can^aHMa. yMpuM gapecu. - TomKeHT, 2001. - E. 151.
951
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 12
educational, natural and social sciences fV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ~ ASI Factor = 1.7
Ushbu o'rinlarda esa buyuk daho Navoiyni emas u yaratgan asarlari nazarda tutgan holda metonimiya hosil qilingan. Bedil, Demyan Bedniyda ham shaxs emas, ular yaratgan asarlarni sevib mutolaa qilish nazarda tutilgan va metonimiya hosil qilingan. Adibning aynan shu she'rida yana bir nechta metonimik hodisalarga duch kelamiz.
O'zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa, Aldangani alla bo'lgani shudir Bilgich aziz bo'lib yulg'ich xor bo'lsa,
1 "3
Paytavaning salla bo'lgani shudir.
Yuqoridagi misralarda ham adib Navoiy, paytava va salla metonimiyalaridan foydalangan. O'zbek tilining izohli lug'atida paytava qo'njli poyabzal kiyilganda,oyoqqa o'raladigan mato. Salla esa uzunligi bir yarim metrdan yetti metrgacha bo'ladigan, do'ppi, kuloh, telpak ustidan o'raladigan sidirg'a mato, doka; musulmon erkaklarning bosh kiyimi kabi ma'nolari keltirilgan. Paytava va salla leksemalari ishlatilish o'rniga ko'ra metonimiya hosil qilgan. Bunda paytava oyoq leksemasini salla esa bosh leksemasini ifodalab kelgan.Navoiy dastlab ta'kidlab o'tganimizdek,aynan Navoiy shaxsini emas, balki u yaratgan asarlarni anglatgan. Nega yapon yuz yil yashar-u O'zbek buncha yoshga bormaydi Chunki yapon bizdek qorong'u Sahar turib oshga bormaydi.14
O'zbek millatiga xos bo'lgan urf -odatlar o'rin olgan ushbu baytda ham metonimiya hodisasi uchraydi. Adib qadriyatlarimizni solishtirish jarayonida ikkita millat kishilarini nazarda tutgan holda o'zbek va yapon metonimiyasini,bundan tashqari osh metonimiyasini qo'llaydi. O'zbek va yapon so'zlarida o'zbek millatiga mansub kishi yoki yapon millatiga mansub kishini ifodalash orqali metonimiya hosil qilingan. Osh so'zining o'zbek tilining izohli lug'atida pishirilgan issiq ovqat; umuman har qanday taom ovqat; yurtga osh bermoq; to'y va boshqa ma'rakalarda katta qozonda osh damlab yurtni ziyofat qilish; ba'zi munosabatlar bilan o'tkaziladigan ziyofatlar nomining tarkibiy qismi ma'nolari keltirilgan. Mavjud ma'nolardan ajralmagan holda osh so'zi orqali ham metonimiya hosil qilingan, bunda osh o'zbek millatiga xos marosimni ifodalab kelgan. MUHOKAMA
13 O'sha manba. - Toshkent, 2001. - B. 151.
14 BOXUAOB Э. Ta6accyM: metpun Myrou6a, nyr$-y naTH^anap . TomKeHT, 2010.-E. 274.
952
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Erkin Vohidovning asarlarida milliy ruhiyat ifodasida ko'chimlaming o'rni, adibning ko'chim turlaridan hisoblanmish ko'p ma'nolilik, metafora, metonimiya hodisalardan o'z ijod namunalarini yaratishda ushbu so'zlardan foydalanish mahoratini tahlil qildik. Har bir ijodkorning milliylik, samimiylik balqib turgan ijodiy kashfiyotlari tilni betakror birliklar, tasviriy ifodalar bilan boyitishga, xalq ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Maqolada shoir she'riyatida qo'llangan metonimiyalarni tahlil qildik. Izlanishlarimiz davomida (Ilik uzildi, Chordarvesh, Tanovor, Chirchiq, Navoiy, Bedil, O'zbek,Yapon, osh) kabi metonimiyalarni ajratdik va ularning izohini keltirib o'tdik. Shu qatorda, Erkin Vohidov ijodida, yaratgan asarlarida hamo'ziga xos tiniqlik, ohanrabolik, falsafiylik va mukammallikdan xalq ruhi ufurib turadi. Asarlarning ana shunday mukammal va to'laqonli chiqishida til vositalardan hisoblanmish ko'chimlarning o'rni beqiyosdir. Badiiy adabiyotning asosiy vazifasi insonga estetik tarbiya berishdir. Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, ko'chimlar Erkin Vohidov she'riyatining asosiy ifoda vositalardan sanaladi.
Badiiy adabiyot namunalari u yoki bu shaklda inson ongiga milliy-ma'naviy ruhni singdiradi, aynan ana shu jabhada bizga Erkin Vohidovdek ijodkorlarning noyob durdona asarlari, bu asarlarni to'laqonli va mukammal chiqishida esa til vositalari yordamga keladi. Ularning asarlarini o'rganish, har jihatdan tahlil qilish badiiy asarlarning muhim qirralarini ochishga xizmat qiladi.
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh. Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik - milliy g'oyamizning poydevoridir. - Toshkent, 2021.
2. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: O'zbekiston, 2016.
3. Mirtojiyev M. O'zbek tili semasiologiyasi. - Toshkent, 2010
4. Mirziyoyev Sh. Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik - milliy g'oyamizning poydevoridir. - Toshkent, 2021. - B. 4.
5. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: O'zbekiston, 2016.
6. Вохидов Э Сайланма. 1-жилд. Иш; савдоси. - Тошкент, 2000. - 210 б
7. Вохидов Э. Сайланма. 2-жилд. Шеър дунёси. - Тошкент, 2001. -300б.
8. Вохидов Э. Сайланма. 3-жилд. Умрим дарёси. - Тошкент, 2001. - 320б.
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
9. Усарова Л. И. Абдулла Орипов шеьриятида миллий рух ифодаси. Филол .фанлари ном.. автореф. - Тошкент ,2020. - 140.б
10. Турсунов С ва бошкдлар. Хозирги узбек адабий тили- Тошкент , 1992. -280 б