Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
TURK TILIDA ZOOFRAZEOLOGIK BIRLIKLAR VOSITASIDA INSON
OBRAZINI YARATISH
Salimova Zebo Rustam qizi
Toshkent oriental universiteti "Filologiya" kafedrasi o'qituvchisi
Ushbu ilmiy maqola turk tilida inson obrazini ifodalashda zoonim va zookomponentli iboralardan foydalanish masalalariga bag'ishlanadi. Fitonimik va zoonimik lug'at orqali shaxsni obrazli nominatsiya qilish muammosi tilshunoslikda o'z ahamiyatiniyo'qotmagan. Uning lingvistik qiymatining sababi insonni o'zini o'rab turgan tirik tabiat sharoitida o'zini anglashning uzluksiz jarayonida yotadi. Ushbu jarayon zoosfera va fitosferani antropotsentrik talqin qilishning yangi shakllari bilan doimiy ravishda ta'minlanib, keng va chuqurlikda tarqalmoqda. Bir tomondan, u so'z boyligining barcha yangi qatlamlarini qamrab oladi, boshqa tomondan, turli darajadagi til darajalariga kirib boradi.Bu darajalarning eng qudratlisi - matn darajasi ham chetda qolmaydi.
Turk tilida qo'llaniladigan zoofrazeologik birliklar ma'no jihatdan tahlil qilinadi. Zoonim orqali inson qiyofasini ifodalashda til imkoniyatlarining kengligi ko'rib chiqiladi. Turk tilida inson qiyofasini aks ettirish, ularning xarakterlarini ochib berishda tilning so 'z boyligiga e'tibor qaratiladi.
Kalit so'zlar: Til, inson qiyofasi, xarakter, zoonim, zoofrazeologizm, obraz, portret, ijobiy, salbiy, tashqi ko 'rinish, o 'xshatish, obraz, muqobil, ekvivalent, ma 'no ko 'chishi.
Данная научная статья посвящена вопросам использования зоонимов и выражений с зоокомпонентами для выражения образа человека в турецком языке. Проблема образной номинации лица через фитонимическую и зоонимическую лексику не утратила своего значения в языкознании. Причина его лингвистической ценности кроется в непрерывном процессе самосознания человека в окружающей его живой природе. Этот процесс постоянно обеспечивается новыми формами антропоцентрической интерпретации зоосферы и фитосферы, распространяясь вширь и вглубь. С одной стороны, он охватывает все новые слои лексики, а с другой стороны, проникает на разные уровни языка, самым мощным из которых является уровень текста.
Tel: +998 90 936-83-63
E-pochta: [email protected]
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Зоофразеологические единицы, употребляемые в турецком языке, анализируются с точки зрения значения. Zoonm исследует широту языковых возможностей в выражении человеческого образа. В турецком языке внимание уделяется лексике языка при отражении образа людей и раскрытии их характеров.
Ключевые слова: Язык, человеческий образ, характер, эвфемизм, зооним, образ, портрет, положительный, отрицательный, внешний вид, аналогия, образ, альтернатива, эквивалент, передача значения
This scientific article is devoted to the issues of using zoonyms and expressions with zoocomponents to express the human image in the Turkish language. The problem of figurative nomination of a person through phytonymic and zoonymic vocabulary has not lost its importance in linguistics. The reason for its linguistic value lies in the continuous process of self-awareness of a person in the living nature that surrounds him. This process is constantly being provided with new forms of anthropocentric interpretation of the zoosphere andphytosphere, spreading wide and deep. On the one hand, it covers all new layers of vocabulary, and on the other hand, it penetrates to different levels of language. The most powerful of these levels is the text level.
Zoophraseological units used in the Turkish language are analyzed in terms of meaning. Zoonim explores the breadth of language possibilities in expressing the human image. In the Turkish language, attention is paid to the vocabulary of the language when reflecting the image of people and revealing their characters.
Keywords: Language, human image, character, euphemism, zoonym, image, portrait, positive, negative, appearance, analogy, image, alternative, equivalent, transfer of meaning.
Majoziy asosda paydo bo'lgan tirik tabiat ob'ektlari bilan insonning birlashmalari chuqur bilim asoslariga ega, chunki ular murakkab aqliy operatsiyalar natijalarini yozadilar, chunki inson o'simlik yoki hayvonot dunyosining turli xil vakillarini o'ziga xos fazilatlar bilan ta'minlab, keyin o'ziga xos xususiyatlarni beradi, o'ziga xos xususiyatlarini, uning fikri belgisidagi har qanday umumiylikni asos qilib oladi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, bu yo'nalishdagi shaxsni tavsiflash shunchalik har tomonlama amalga oshiriladiki, inson uchun muhim bo'lgan xususiyatlar va uning shaxsiyatini ochib beradigan xususiyatlar o'rtasida aniq chiziq chizish imkoni yo'q.
ABSTRACT
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Olamda hamma narsa bir-biriga bog'liq yaratilganidek, insoniyat ham tabiat bilan chambarchas yashaydi. Kishining xatti-harakatlari, xarakteri va tashqi ko'rinishini hayvon yoki o'simlik nomlari bilan atash yoki o'xshatish buning ya qqol isbotidir. Tarixdan hozirgi kunga qadar yomon xulqli odamlar yovvoyi yirtqich hayvonlarga, yaxshi fazilatli insonlar uy hayvonlariga, sezgir, harakatchanlar ba'zi qushlarga o'xshatilishi an'anaga aylanib qolgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Turk va o'zbek tillarida insonning turli xil belgi-xususiyatlarini, ya'ni uning axloqiy, intelektual, ijtimoiy belgilarini shaxsiy xarakterlarini anglatuvchi so'zlar turli xil hayvon nomlari (zoonimlar) va o'simliklar olami vositasida beriladi.
Hayvonot dunyosi haqiqatining nomlari bo'lgan zoonimlar ko'pgina tillarning leksik tarkibidagi eng qadimgi semantik guruhlardan birini tashkil qiladi. Ma'joziy ma'nolarning rivojlanishi tufayli zooleksemalar insonning fazilatlari va harakatlarini tavsiflash uchun faol ishlatiladi.
Inson - hayvonot dunyosi munosabati tilga ham o'z ta'sirini ko'rsatgan bo'lib, tilning leksik fondidagi zoonim komponentli iboralar guruhi shakllantirgan. Zoonim komponentli iboralar antroposentrik xususiyat bilan xarakterlanadi. Zoofrazeologizmlar tarkibida it, mushuk, qo'y, ot, ho'kiz, sigir, echki, tuya, tovuq kabi uy hayvonlari; tulki, quyon, yo'lbars, ayiq, bo'ri, sher, to'ng'iz singari yovvoyi hayvonlar; ilon, toshbaqa kabi sudralib yuruvchilar; sichqon, olmaxon singari kemiruvchilar; qushlar; suvda yashovchilar; hamda hasharot nomlarini bildiruvchi zoonimlar ishtirok etadi. Zookomponentli frazeologik birliklar ma'nosi bilan tarkibidagi so'zlarining ma'nolari orasidagi munosabatga ko'ra frazeologik chatishmalar va frazeologik butunlikka ajratiladi. Frazeologik chatishmalarning umumiy ma'nosi ularni tashkil qilgan komponent so'zlar ma'nosiga umuman mos kelmaydi. Frazeologik butunlikning ma'nosi tarkibidagi so'zlarining ma'nosi asosida izohlanadi.
"Qo'ydek yuvosh", "qo'y og'zidan cho'p olmagan" kabi birikmalar esa o'ta yuvosh, biror zarar keltirmaydigan insonlarni tasvirlashda ishlatiladi. Ba'zan qo'y so'zi yolg'iz ishlatlganda qo'pol ma'noda yuvosh, lapashang so'zlariga sinonim sifatida ishlatiladi. Qo'yning ko'zi ikki tarafga egilgan qosh-ko'z uchun ham ishlatiladi.
Zookomponentli frazeologik birliklar obyektlari bo'lmish timsollarning bu tariqa o'zaro mosligi tillarda muqoyasaviy umumiylikning mavjudligidan dalolat beradi. Binobarin, badiiy muqoyasa asosida hosil bo'lgan turk va o'zbek tillari
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
frazeologik birliklariga nazar tashlar ekanmiz, ularning ko'pchiligi muqoyasa obyektlarining o'xshashligiga guvoh bo'lamiz: Biz konu§urken, §ube müdürü keyifli keyifli gülüyor: - Bülbül gibi söylüyor Fransizcayi ma§allah. Bir Türk kizi ifin sayani takdir dogrusu, diyordu. 1 Tarjimasi: Biz so'zlashib turganimizda bo'lim mudiri nash'a qilib kulardi. - Fransuzchani bulbulday sayraydi-ya, yo olloh! Turk qizi uchun maqtovga sazovor bir fazilat, - deyardi". 2 Yoki: Deminden beri yukarida talebelerimin vazifelerini tashih ediyordum. Kapi ?alindi, Munise a§agidan: -Abacigim, misafir geldi, diye seslendi. Ta§likta siyah far§afli bir hanim geziniyor; yüzü kapali oldugu i?in tanimadim, tereddütle: - Kimsiniz efendim? diye sordum. Birdenbire ince bir kahkaha koptu; hanim, kedi gibi boynuma si?radi. Megerse Munise imi§3. Tarjimasi: Uyda o'tirib o'quvchilarimning daftarlarini ko'rayotgan edim. Eshik taqilladi. Munisa pastdan: -Opajon, mehmon keldi, - deb qichqirdi. Tashqarida qora chorshafli bir xotin aylanib yurardi. Yuzi yopiq bo'lgani uchun taniyolmadim. Taraddudlanib: - Kimsiz, afandim? - deb so'radim. Birdan kulgi ko'tarildi. Xonim mushuk singari bo'ynimga tashlandi. Tavba, Munisa ekan! Yaramas qiz meni belimdan ushlab hovlida aylantira boshladi.Hech qo'ymay yuzimni, bo'ynimni o'pa ketdi. Chorshaf kichkinamni bo'yiga yetgan qizga o'xshatib qo'yibdi4. Frazeologik birliklarni tarjima qilishda ular asosida mujassamlashgan obrazning barhayot yoki siyqaligini oydinlashtirishning ham tarjima tilida asl nusxadagi lisoniy birliklarga mazmun va uslub jihatlaridan mos til vositalarini tanlashda ahamiyati katta5 .
Muayyan uslubiy maqsadga erishish niyatida yozuvchilar goho zookomponentli frazeologik birliklarni biroz o'zgartirgan yoki ularni to'ldirgan holda qo'llaydilar. Masalan, turli lingvomadaniyatlarda itday, it kabi o'xshatish etalonidan "qopmoq, talamoq", "sadoqatli, vafodor", "akillamoq, irillamoq", "yugurmoq", "izg'imoq, sanqimoq", "ergashmoq", "ishlamoq, mehnat qilmoq", "otmoq, xor qilmoq", "charchamoq", "quturmoq", "yashamoq", "ichmoq" kabi ma'nolarni ifodalash uchun foydalaniladi. Turk va o'zbek tillarida ham aynan shu ma'nolarda ishlatiladi. Quyidagi parchada mazkur o'xshatish qo'tir so'zi bilan birga qo'llanilib, undan "pisib qolmoq" ma'nosini ifodalash uchun foydalanilgan: "Sazlar, §arkilar ba§ladi. Biz de kafalari fekiyoruz. Garsonlar etrafimizda pervane olmu§lar. Derken arkada bir gürültü koptu. Sarho§lar birbirlerine girdiler. Onlar bi?aklari fora ederken bizim
1 Re§at Nuri Güntekin. Caliku§u. Roman. - istanbul: inkilap Kitabevi, 1995. - 138 s.
2 Pamog Hypn rymeKHH. ^o^HKymH. TypKnagaH M. Hcmoh^hh Tap^HMacn. - TomKeHT: fflap^, 2002. - 136 6
3Re§at Nuri Güntekin. Qaliku§u. Roman. - istanbul: inkilap Kitabevi, 1995. - 286-287 s.
4 Pamog Hypn rymeKHH. ^o^n^ymn. TypKnagaH M. Hcmoh^hh Tap^HMacn. - TomKeHT: fflap^, 2002, - 296 6.
5 MycaeB Tap^HMa Haßapnacn acoc^apn. - TomKeHT: ®aH, 2005. - 184 6.
737
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
Musa da duduge asildi. O aslan kesilmiç kavgacilar, dudugun bir flirt etmesiyle uyuz it gibi kuyruklarim kisip oturdular"6. Aziz Nesinning "Bay duduk" hajviy hikoyasi 1969-yilda Miad Hakimov tomonidan "Hushtak afandim" nomi bilan o'zbek tiliga tarjima qilingan bo'lib, unda ekvivalent komparativ birliklar yordamiga murojaat qilinmagan va "uyuz it gibi" frazeologik birligi tushirib qoldirilgan. Bu bilan asliyatga teng qimmatli ta'sirchanlik yuzaga chiqmay qolgan: "Bir payt o'yin-kulgi boshlanib ketdi. Rohat qilib o'tiribmiz. Ofitsantlar atrofimizda parvona. To'satdan orqa tomonda shovqin ko'tarildi. Mast-alast odamlar yoqa bo'g'ishib ketishdi. Ish pichoqqa borib taqalay deganida, Musa hushtak chalib yubordi. Hozirgina bir-biri bilan sherday olishishib turgan azamatlar churillagan ovozni eshitiboq, dumlarini qisib qolishdi"7 Mazkur hikoyaning "Janob 'hushtak'" nomi bilan 2014-yilda Xayrulla Hamidov tomonidan amalga oshirilgan tarjimasida Miad Hakimov tarjimasida tashlab ketilgan turli-tuman iboralar, voqealar tasviri, personajlar xususiyatlari asliyatga monand tarzda bekami-ko'st qayta yaratilgan. Asliyatdagi milliy ruh o'zbek o'quvchilariga to'laqonli yetkazib berilgan: "Kazinoda sozlar chalindi, qo'shiq avjida. Biz esa otamlashish bilan ovoramiz. Shinavanda xizmatchilar atrofimizda girdikapalak. Shu payt orqa tomonimizda shovqin ko'tarildi. Shirakayf mijozlardan bir nechtasi janjal boshlashibdi. Bir-ikkitasi pichoq chiqarib, havoda o'ynata boshlaganda, bizning Musa hushtagini qo'liga oldi. "Sheryurak" pahlavonlar hushtak ovozini eshitishlari bilan qo'tir it kabi dumlarini qisishib, bir lahzada "in-inlariga" kirib ketishdi.8 .
Goho ma'no va uslubiy vazifa jihatlaridan mos muqobil variantlarning tayanch komponentlarigina bir-birlarinikiga o'xshash bo'lib, boshqa so'zlari farq qiladi. Bunday o'zaro muqobil frazeologik birliklar odatda bir xil voqea-hodisa, harakat-holat, xislat-xususiyatning obrazli yoki his-hayajonli ifodasi uchun yaratilgan bo'lib, bir-birlariga to'la mos keladilar9. Jumladan, turkcha it takimi frazeologik birligining ham, o'zbekcha "it yotish mirza turish" muqobil variantining ham tayanch komponentlari "it" bo'lib, ikkala lisoniy birlik ham "yashash uchun hech qanday qulayliklar yo'q" ma'nosini obrazli ifodalashga xizmat qilgan: Benim Kazliçeçme'deki odama getirdim oglani. O dort ki§i ile yatarmiç. Hep it takimi! Rahat etsin oglan, dedim. Sabaha dek inin inim inledi 10 Tarjimasi: Husayn ijarada haligi to'rt kishi bilan turar, yashashlari "it yotish mirza turish" ekan. Bolani
6 Aziz Nesin. Bay duduk. - Istanbul: Duçun, 2020.
7 Miad Hakimov tarjimasi. Hushtak afandim. - T., 1969. 11-12 b.
8 X.Hamidov tarjimasi. Janob "hushtak". - T., 103-b.
9 MycaeB Tap^HMa Ha3apnacn acoc^apn. -TomKeHT: ®aH, 2005. -B. 196. 20
10 Sait Faik. Muruvvet. - Ankara: Bilgi yayinevi, 1906. - 156 s.
738
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11
educational, natural and social sciences ÍV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
G'ozlichashmadagi uyimga olib keldim. Bir odamday yashasin shu bola, dedim. Tuni bilan og'riqdan qiynalib, ingrab chiqdi, bola bechora11.
It zoonimi o'zbek tilida sodiq kishi qiyofasida ham keladi. "It vafo-xotin jafo" maqoli buning yaqqol misolidir. Kishiga o'z umr yo'ldoshidan ko'ra itidan ko'proq vafo keladi.
It-qadr-qiymati yoq, tarbiyasiz odam. Ozbek tilida ham turk tilida ham ko'p qo'llaniluvchi zoonimlar qatorida "itday", "it kabi" metaforalari laganbardor yoki sodiq xizmatkor kishilar uchun ishlatiladi, turk tilida "yüzünü kopek yalami§", "kopek gibi" kabi iboralar va metafora orqali surbet, yuzsiz, orsiz kishilar obrazi gavdalantiriladi.
It- laganbardorlar qiyos etiluvchi hayvondir. Chunki egasiga xushomad qilib, ko'nglini ovlashga harakat qiladi. Laganbardorlar vaziyatga qarab insonlarga foyda olish maqsadida xushomad qiladilar. Och Ko'z insonlarga nisbatan esa kuchuk so'zi ishlatiladi.
Inson xarakterini ifodalovchi so'zlar ham har bir til millatining dunyoqarashi, mentalitetidan kelib chiqqan holda qo'llaniladi. Qadimdan tili, dini va qalbi bir bo'lgan, tarixiy imtihonlarda birgalikda kurashgan o'zbek va turk xalqlari kuchli tarixiy aloqalar, umumiy ma'naviy qadriyatlar va urf-odatlarga ega.
Ot, tuya, qo'y, mushuk, it, sigir kabi hayvonlarning xonakilashtiril ishi turkiy xalqlar leksikasida ijobiy ma'no belgilarini o'zida aks ettiruvchi frazeologik birliklarning ifoda va mazmun jihatidan boyishida yanada muhim bir omil bo'ldi.
"E§ek gibi" ifodasi turk tilida aqlsizz, qo'pol, o'ylamay ish qiladigan kabi ma'nolarda keladi. Tuyg'usiz, hissiz odamga nisbatan esa "e§ek derisi gibi" birikmasi qo'llaniladi. O'zbek tilida esa bu birikmalar juda mehnat qilib yuzaga chiqmagan odam yoki o'ta qaysar ma'nolarida keladi. Shu bilan birga, ko'zlari katta-katta insonga nisbatan "e§ek gozlü" ifodasi ishlatiladi.
Turk tilida shunday iboralar borki, ular insonga xos xarakterlarni badiiy tarzda va ta'sirchan ifodalash imkonini beradi. Masalan "mürekkep yalami§" (siyoh yalagan) iborasi ilm-fanga berilgan, umrini ilm olishga sarflaydigan kishilarni bildirsa, "yüzünü kopek yalami§" iborasi esa uyatsiz, orsiz kishi ma'nosini ifodalab keladi.
Yana shuni ta'kidlash joizki, turk tilida ham o'zbek tilida ham zoonimlar ishtirok etgan iboralar ko'p va ularning aksariyati har ikki tilda ham o'xshash ma'nolarda keladi.
deve yapmak- tuya qilmoq birovning pulini, molini o'zlashtirmoq;
11 S. Hamidova tarjimasi. Muruvvat. - T., 2019. - 49 b.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
deveyi havutuyla yutmak- tuyani yutib, dumini ko'rsatmoq, har qanday katta (ko'p) narsani ham o'zlashtirib, undan nishon, iz qoldirmaslik;
sagmal inek-sog'in sigir, ma'lum miqdordagi mablag' bilan muntazam ta'minlab turadigan manba;
arinin yuvasina (inine) çomak sokmak- arining iniga cho'p suqmoq xavfli odamni gij-gijlab o'ziga hujum qilishiga yo'l qo'ymoq;
siçan deligi bin altin-sichqonning ini ming tanga bo'ldi, qochib qutulgani joy topolmay qolmoq.
ôkuzun altinda buzagi aramak- "tirnoq ostidan kir izlamoq" yomon niyat bilan ayb, xato-kamchilik topishga harakat qilmoq;
e§ege gucu yetmeyip semerini dôvmek -yomonning kuchi yapaloqqa yetmoq kuchli odamlarga biron narsa qila olmay, alamini kuchsizlardan olmoq;
kôpeksiz kôyde çomaksiz gezmek -o'zi xon, ko'lankasi maydon kim nimani xohlasa, shuni qilmoq;
Turli hududlarda uchraydigan jonivorlar ham goho bir-birlaridan tafovut qiladilar: ular o'zlariga xos xususiyatlari, xatti-harakatlari bilan turli xalqlar nazarida turlicha tushunchalar timsollari sifatida namoyon bo'lib, xilma-xil muqoyasaviy iboralarning obrazli asoslari tarzida namoyon bo'ladilar. Bu, o'z navbatida, turli xalqlarning ma'no va uslubiy vazifa jihatlaridan o'zaro mos zookomponentli frazeologik birliklari obrazli asoslarining bir-birlaridan farq qilishlariga olib keladi.
Shunday qilib, olamning lisoniy manzarasini o'rganish masalasi inson va uning turmushi, uning dunyo bilan o'zaro munosabati, uning mavjudligining sharoitlarini aks ettiradigan olamning konseptual manzarasi masalasi bilan chambarchas bog'liqdir. Olamning lisoniy manzarasi insonning turli olam manzaralarini izohlaydi va umumiy olam manzarasini aks ettiradi. Olamning lisoniy manzarasini aks ettirishda esa zoonimlar va zoofrazeologik birliklar keng ahamiyat kasb etadi. Zero, inson obrazi, uning hayoti tabiat bilan chambarchas bog'liqdir.
REFERENCES
1. Исмоилов F. Зоокомпонентли фразеологик бирликларнинг этномаданий хусусиятлари // Узбек тилшунослигининг долзарб масалалари. №7. -Тошкент:
2. Шабанов Ж., Хдмидов Х. Уй хдйвонлари номига асосланган макол ва ибораларнинг таржимада берилиши // Таржима масалалари. № 2. -Тошкент: ТошДШИ, 2014.
XULOSA
2013.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
3. MycaeB K. Tap^HMa Ha3apuflCH acocnapu. - TomKeHT: OaH, 2005. - 184 6.
4. Pamog Hypu ryHTeKHH. ^onuKymu. TypKnagaH M. Hcmohhhh Tap^HMacu. -TomKeHT: fflapK, 2002 Zohidov T.Z. Zoologiya ensiklopediyasi. Qushlar. -Toshkent, 1957.
5. Ibrat. «Ergash Jumanbulbul o'g'li ijodining ma'naviy qadriyatlarni yuksaltirishdagi o'rni va ahamiyati» ilmiy-amaliy anjumanining materiallari. -Samarqand: SamDU nashri, 2006. - 84 b.
6. Ishoqov F. «Zarbulmasal»dagi qush nomlariga doir // «O'zbek tili va adabiyoti» jurnali, 1973, №1. -B.46-50.
7. S. Hamidova tarjimasi. Muruvvat. - T., 2019
8. Ömer Seyfettin. Yüksek ôkçeler.Ocak 2006.
9. Aziz Nesin. Çimdiki Çocuklar Harika, 74. 2005
1. Sait Faik. Mürüvvet. - Ankara: Bilgi yayinevi, 1906
2. http://www.ziyonet.com
3. http://tdk.gov.tr
4. http://kitob.uz
5. http://www.biblus.ru
Internet saytlari