Научная статья на тему 'TURK TILIDA XARAKTERNI BILDIRUVCHI ZOOFRAZEOLOGIZMLAR SEMANTIKASI'

TURK TILIDA XARAKTERNI BILDIRUVCHI ZOOFRAZEOLOGIZMLAR SEMANTIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
121
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Til / inson qiyofasi / xarakter / zoonim / obraz / portret / ijobiy / salbiy / ko‘rinish / o‘xshatish / obraz / muqobil / ekvivalent / til sohasi / ma’no ko‘chirish / metafora. / Language / human image / character / zoonym / image / portrait / positive / negative / appearance / analogy / image / alternative / equivalent / scope of language / transfer of meaning / metaphor.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Salimova, Zebo Rustam Qizi

Ushbu ilmiy maqola turkiy tilda inson qiyofasini ifodalashda zoonimlarning qo‘llanilishiga bag‘ishlangan. Ijobiy va salbiy xususiyatlarni tavsiflash uchun ishlatiladigan lug'at birliklari tahlil qilinadi. Zoonimlar orqali shaxs qiyofasini ifodalashda lingvistik imkoniyatlarning kengligi ko‘rib chiqiladi. Turkiy tilda tilning so‘z boyligi va boshqa tilda qanday ifodalanishiga urg‘u beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SEMANTICS OF ZOOFRAZEOLOGISM IN TURKISH LANGUAGE

This scientific article is devoted to the use of zoonyms in the expression of the human image in Turkish. The word units used to express positive and negative traits are analyzed. The breadth of language possibilities is considered in the expression of the human image through zoonyms. In Turkish, the emphasis is on the vocabulary of the language and the ways in which it is expressed in another language.

Текст научной работы на тему «TURK TILIDA XARAKTERNI BILDIRUVCHI ZOOFRAZEOLOGIZMLAR SEMANTIKASI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

TURK TILIDA XARAKTERNI BILDIRUVCHI ZOOFRAZEOLOGIZMLAR

SEMANTIKASI

Salimova Zebo Rustam qizi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti "Turk filologiyasi"

kafedrasi o'qituvchisi

Ushbu ilmiy maqola turkiy tilda inson qiyofasini ifodalashda zoonimlarning qo'llanilishiga bag'ishlangan. Ijobiy va salbiy xususiyatlarni tavsiflash uchun ishlatiladigan lug'at birliklari tahlil qilinadi. Zoonimlar orqali shaxs qiyofasini ifodalashda lingvistik imkoniyatlarning kengligi ko'rib chiqiladi. Turkiy tilda tilning so Z boyligi va boshqa tilda qanday ifodalanishiga urg'u beriladi.

Kalit so'zlar: Til, inson qiyofasi, xarakter, zoonim, obraz, portret, ijobiy, salbiy, ko 'rinish, o 'xshatish, obraz, muqobil, ekvivalent, til sohasi, ma 'no ko 'chirish, metafora.

Эта научная статья посвящена использованию зоонимов в выражении человеческого образа на турецком языке. Анализируются словарные единицы, используемые для описания положительных и отрицательных черт. Рассмотрена широта языковых возможностей в выражении образа человека через зоонимы. В турецком языке акцент делается на словарном запасе языка и способах его выражения на другом языке.

Ключевые слова: Язык, человеческий образ, персонаж, зооним, образ, портрет, позитив, негатив, внешний вид, аналогия, образ, альтернатива, эквивалент, языковая область, передача значения, метафора.

This scientific article is devoted to the use of zoonyms in the expression of the human image in Turkish. The word units used to express positive and negative traits are analyzed. The breadth of language possibilities is considered in the expression of the human image through zoonyms. In Turkish, the emphasis is on the vocabulary of the language and the ways in which it is expressed in another language.

Tel: +998 90 811-26-87

E-pochta: [email protected]

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Keywords: Language, human image, character, zoonym, image, portrait, positive, negative, appearance, analogy, image, alternative, equivalent, scope of language, transfer of meaning, metaphor.

Tillar, adabiyotlar, madaniyatlar o'zaro muloqotga kirishganda biri ikkinchisining rivojiga, boyishiga xizmat qiladi. Tillararo, madaniyatlararo, adabiyotlararo o'zaro ta'sir tarjimachilik sohasida yaqqol namoyon bo'ladi. Bugungi kundagi kuchayib borayotgan globallashuv, integratsiyalashuv jarayonlari o'zbek tarjimonlari oldiga muhim vazifalarni qo'ymoqda.

Olamda hamma narsa bir-biriga bog'liq yaratilganidek, Insoniyat ham tabiat bilan chambarchas yashaydi. Kishining xatti-harakatlari, xarakteri va tashqi ko'rinishini hayvon yoki o'simlik nomlari bilan atash yoki o'xshatish buning yaqqol isbotidir. Tarixdan hozirgi kunga qadar yomon xulqli odamlar yovvoyi yirtqich hayvonlarga, yaxshi fazilatli insonlar uy hayvonlariga, sezgir, harakatchanlar ba'zi qushlarga o'xshatilishi an'anaga aylanib qolgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Frazeologik birliklar ifodalanishi va tuzilishiga ko'ra turli guruh va bo'limlarga ajratib o'rganiladi. Frazeologizmlar tarkibida turli komponentlar, xususan, somatik so'zlar, o'simliklar, gullar, tabiat hodisalari, hayvon nomlari va h.k. ishtirok etadi. Zookomponentli frazeologik birliklar nutqda faolligi jihatidan somatik frazeologizmlardan keyingi o'rinda keladi. Zookomponentli frazeologik birliklar inson va hayvonlarning uzoq ming yillik munosabatlari natijasida rivojlangan. Bugungi kunda ham inson faoliyatining aksariyat sohalari, xususan, qishloq xo'jaligi, sanoat, sport, ilm va h.k. hayvonlar bilan bog'liqdir. Inson - hayvonot dunyosi munosabati tilga ham o'z ta'sirini ko'rsatgan bo'lib, tilning leksik fondidagi zoonim komponentli iboralar guruhi shakllantirgan. Zoonim komponentli iboralar antroposentrik xususiyat bilan xarakterlanadi. Zoofrazeologizmlar tarkibida it, mushuk, qo'y, ot, ho'kiz, sigir, echki, tuya, tovuq kabi uy hayvonlari; tulki, quyon, yo'lbars, ayiq, bo'ri, sher, to'ng'iz singari yovvoyi hayvonlar; ilon, toshbaqa kabi sudralib yuruvchilar; sichqon, olmaxon singari kemiruvchilar; qushlar; suvda yashovchilar; hamda hasharot nomlarini bildiruvchi zoonimlar ishtirok etadi. Zookomponentli frazeologik birliklar ma'nosi bilan tarkibidagi so'zlarining ma'nolari orasidagi munosabatga ko'ra frazeologik chatishmalar va frazeologik butunlikka ajratiladi. Frazeologik chatishmalarning umumiy ma'nosi ularni tashkil qilgan

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

komponent so'zlar ma'nosiga umuman mos kelmaydi. Frazeologik butunlikning ma'nosi tarkibidagi so'zlarining ma'nosi asosida izohlanadi.

Zoofrazeologizmlar tarkibida uy hayvonlari: it, mushuk, qo'y, ot, ho'kiz, sigir, echki, tuya, tovuq; yovvoyi hayvonlar: tulki, quyon, yo'lbars, ayiq, bo'ri, sher, to'ng'iz; sudralib yuruvchilar: ilon, toshbaqa; kemiruvchilar: sichqon, olmaxon; qushlar: chumchuq, qarg'a, bulbul, bedana, mayna, g'oz, o'rdak, tovus; suvda yashovchilar: baliq, qurbaqa; hasharotlar: pashsha, chivin, bit, burga, ari va h.k. zoonimlar ishtirok etadi. Turkiy tillardagi "zookomponentli frazeologik birliklar jismoniy sifat, tashqi ko'rinish, xarakter belgilari, intellekt, inson faoliyati kabilarni aks ettiradi" Ot, tuya, qo'y, mushuk, it, sigir kabi hayvonlarning xonakilashtirilishi turkiy xalqlar leksikasida ijobiy ma'no belgilarini o'zida aks ettiruvchi frazeologik birliklarning ifoda va mazmun jihatidan boyishida yanada muhim bir omil bo'ldi. Turk va o'zbek tillaridagi zoonim komponentli iboralarning semantik guruhlari Turk va o'zbek tillaridagi zoonim komponentli iboralarni semantik jihatdan uch guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga shakl va mazmun jihatidan to'liq muqobil iboralar kiradi. Mazkur guruhdagi frazeologik birliklar turk va o'zbek lingvomadaniyatida bir xil vaziyatlarda qo'llaniladi. Bunday iboralarda milliy kolorit farqlari kuzatilmagani uchun ham ularni tarjima qilish qiyinchilik tug'dirmaydi. Zero, ularning aksariyati ayni manbadan o'sib chiqqan bo'ladi. Bu o'rinda S.Vlaxov va S.Florinlar ta'kidlaganidek, ikki qiyoslanilayotgan tildagi frazeologizmlarda to'liq ekvivalentlik namoyon bo'ladi1

Turkcha iboralar o'zbekcha birliklar bilan taqqoslaganda "deve yapmak"-birovning pulini, molini o'zlashtirmoq, ya'ni "tuya ko'rdinmi- yo'q"; "deveyi havutuyla yutmak" tuyani yutib, dumini ko'rsatmoq har qanday katta (ko'p) narsan i ham o'zlashtirib, undan nishon, iz qoldirmaslik; "ku§ uykusu"- qush uyqusi biz zumlik uyqu, "tav§an yürekli" -quyon yurak o'ta qo'rqoq, jur'atsiz, "sagmal inek"-sog'in sigir, ma'lum miqdordagi mablag' bilan muntazam ta'minlab turadigan manba, "arinin yuvasina (inine) fomak sokmak"- arining inini to'zitmoq, xavfli odamni gij-gijlab o'ziga hujum qilishiga yo'l qo'ymoq, "si?an deligi bin altin"- sichqonning ini ming tanga bo'ldi, qochib qutulgani joy topolmay qolmoq kabi o'xshash va aynan mos keluvchi iboralar ko'pdir. Bu esa o'zbek va turk tillarining o'zaro yaqin tillardan kelib chiqqanligi asosidadir. Zookomponentli frazeologik birliklar obyektlari

1 2 Turkcha-o'zbekcha zookomponentli й'^ muqobil йжео^1к birliklar: 1 Сакаева Л.Р. Сопоставительный анализ фразеологических единиц антропоцентрический направленности (на материале русского, английского, таджикского и татарского языков). Автореф... докт. филол. наук. -Уфа, 2009. -С. 11. 5 Исмоилов F. Зоокомпонентли фразеологик бирликларнинг этномаданий хусусиятлари // Узбек тилшунослигининг долзарб масалалари. №7. -Тошкент: 2013. -В. 98.3. Влахов С., Флорин С. Непереводимое в переводе. -М., 2005. -С184.

838

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bo'lmish timsollarning bu tariqa o'zaro mosligi tillarda muqoyasaviy umumiylikning mavjudligidan dalolat beradi. Binobarin, badiiy muqoyasa asosida hosil bo'lgan turk va o'zbek tillari frazeologik birliklariga nazar tashlar ekanmiz, ularning ko'pchiligi muqoyasa obyektlarining o'xshashligiga guvoh bo'lamiz: Biz konu§urken, §ube müdürü keyifli keyifli gülüyor: - Bülbül gibi soylüyor Fransizcayi ma§allah. Bir Türk kizi ifin sayani takdir dogrusu, diyordu (Re§at Nuri Güntekin. Qaliku§u, 138). Tarjimasi: "Biz so'zlashib turganimizda bo'lim mudiri nash'a qilib kulardi. -Fransuzchani bulbulday sayraydi-ya, yo olloh! Turk qizi uchun maqtovga sazovor bir fazilat, - deyardi" (M.Ismoiliy tarjimasi. Choliqushi, 138). Yoki: "Deminden beri yukarida talebelerimin vazifelerini tashih ediyordum. Kapi ?alindi, Munise a§agidan:

- Abacigim, misafir geldi, diye seslendi. Ta§likta siyah far§afli bir hanim geziniyor; yüzü kapali oldugu i?in tanimadim, tereddütle: - Kimsiniz efendim? diye sordum. Birdenbire ince bir kahkaha koptu; hanim, kedi gibi boynuma si?radi. Megerse Munise imi§" (Re§at Nuri Güntekin. Qaliku§u, 286-287). Tarjimasi: "Uyda o'tirib o'quvchilarimning daftarlarini ko'rayotgan edim. Eshik taqilladi. Munisa pastdan: -Opajon, mehmon keldi, - deb qichqirdi. Tashqarida qora chorshafli bir xotin aylanib yurardi. Yuzi yopiq bo'lgani uchun taniyolmadim. Taraddudlanib: - Kimsiz, afandim?

- deb so'radim. Birdan kulgi ko'tarildi. Xonim mushuk singari bo'ynimga tashlandi. Tavba, Munisa ekan! Yaramas qiz meni belimdan ushlab hovlida aylantira boshladi.Hech qo'ymay yuzimni, bo'ynimni o'pa ketdi. Chorshaf kichkinamni bo'yiga yetgan qizga o'xshatib qo'yibdi" (M.Ismoiliy tarjimasi. Choliqushi, 294). Frazeologik birliklarni tarjima qilishda ular asosida mujassamlashgan obrazning barhayot yoki siyqaligini oydinlashtirishning ham tarjima tilida asl nusxadagi lisoniy birliklarga mazmun va uslub jihatlaridan mos til vositalarini tanlashda ahamiyati katta 9 . Har ikki tilda ham "takrorlamoq, qaytarmoq, bir gapni hadeb aytavermoq" ma'nosini ifodalash uchun to'tiday o'xshatish etalonidan keng foydalaniladi: Babam, agzi ali§mi§, her sozün ba§inda -Ulan, Ulan be..., -Vay anasini! diye konu§ur. Yani dili biraz argoya ka?ar. Fato§da, kimden ne duyarsa papagan gibi tekrarliyor, ne gorürse oyle yapiyor, Fato§'un babami taklit ederek peltek peltek -Ulan be... -Vay anasini! gibisozler soylemesine bizim evde herkes bayiliyor2 Tarjimasi: Dadamning qiziq odati bor - har ikki gapning birida "ho'v", "voy zang'aryey!" degan bo'lmag'ur so'zlarni ishlatib turadi. Fatosh bo'lsa naq to'tining o'zi, kimdan nimani eshitsa, darrov shuni qaytaradi. U "ho'v falonchi", "voy zang'aryey!" deb chuldirib qolsa,

2 Aziz Nesin. §imdiki Qocuklar Harika, 74. 9 MycaeB Tap^HMa Ha3apnacn acoc^apn. -TomKeHT: ®aH, 2005. -B.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

uydagilar o'zlarida yo'q suyunib ketishadi (M. Hakimov tarjimasi. G'aroyib bolalar,157).

Mazkur tillar tarkibidagi zoonimlarning "xulq-atvori" tahlili bizga quyidagilarni aytishga imkon beradi:

Ko'rib chiqilgan zooleksemalar har ikkala tilning matnlarida faol ishlatiladi va turli xil insoniy illatlarning timsoli sifatida xizmat qiladi;

Ikkala tilning zoonimlari odamning fe'l-atvorini, holatini, xatti-harakatlarini va xulq-atvorini salbiy ham ijobiy baholash uchun ishlatiladi, bu hayvonot dunyosi vakili idrokining o'ziga xosligi bilan izohlanadi, bunda xuddi shu hayvon o'xshash belgilar bilan tavsiflanadi.

REFERENCES

1. Исмоилов F. Зоокомпонентли фразеологик бирликларнинг этномаданий хусусиятлари // Узбек тилшунослигининг долзарб масалалари. №7. -Тошкент:

2. Шабанов Ж., Хдмидов Х. Уй хдйвонлари номига асосланган макол ва ибораларнинг таржимада берилиши // Таржима масалалари. № 2. -Тошкент: ТошДШИ, 2014.

3. Шомаксудов Ш., Шорахдоедов Ш. Маънолар махзани. - Тошкент: Узбекистон миллий энциклопедияси, 2001.

4. Jumanazarova G.U. «Shirin bilan Shakar» dostonining lug'aviy va lingvopoetik xususiyatlari (Fozil Yo'ldosh o'g'li varinti asosida):Filol. fan. nomz. ...dis. avtoref. -T., 2008. -26 b.

5. Zohidov T.Z. Zoologiya ensiklopediyasi. Qushlar. - Toshkent, 1957.

6. Ibrat. «Ergash Jumanbulbul o'g'li ijodining ma'naviy qadriyatlarni yuksaltirishdagi o'rni va ahamiyati» ilmiy-amaliy anjumanining materiallari. -Samarqand: SamDU nashri, 2006. - 84 b.

XULOSA

2013.

Internet saytlari

1. http : //www.ziyonet.com

2. http://tdk.gov.tr

3. http://kitob.uz

4. http://www.biblus.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.