Научная статья на тему 'OT SO‘Z TURKUMIDA METONIMIYA HODISASI'

OT SO‘Z TURKUMIDA METONIMIYA HODISASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
863
167
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma’no ko‘chish usuli / ko‘chma ma’no / hosila ma’nolar denotati / ellipsis / til va nutq hodisasi / semantik ma’no va boshqalar. / semantic transfer method / portable meaning / derivative denotation / ellipsis / language and speech phenomenon / semantic meaning and so on.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nursulton Shayxislamov

Mazkur maqolada ma’no ko‘chish usullaridan biri metonimiya hodisasi,uning o‘ziga xos xususiyatlari,ot so‘z turkumi doirasida kuzatiladigan metonimiya hodisasi, metonimiya sodir bo‘lishida hosil qiluvchi va hosila ma’nolar denotati o‘rtasidagi aloqadorlik nomi bilan atash,joy munosabatiga egalik, zamon va makon birligi va boshqalar xususida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE METONYMICAL EVENT IN THE WORD SYSTEM

One of the methods of semantic transfer in this article is the name of the phenomenon of metonymy, its peculiarities, the phenomenon of metonymy observed in the context of the noun phrase , ownership of space, unity of time and space, and so on. anak yang meanings .

Текст научной работы на тему «OT SO‘Z TURKUMIDA METONIMIYA HODISASI»

OT SO'Z TURKUMIDA METONIMIYA HODISASI

Nursulton Shayxislamov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada ma'no ko'chish usullaridan biri metonimiya hodisasi,uning o'ziga xos xususiyatlari,ot so'z turkumi doirasida kuzatiladigan metonimiya hodisasi, metonimiya sodir bo'lishida hosil qiluvchi va hosila ma'nolar denotati o'rtasidagi aloqadorlik nomi bilan atash,joy munosabatiga egalik, zamon va makon birligi va boshqalar xususida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: ma'no ko'chish usuli, ko'chma ma'no, hosila ma'nolar denotati, ellipsis, til va nutq hodisasi, semantik ma'no va boshqalar.

THE METONYMICAL EVENT IN THE WORD SYSTEM

ABSTRACT

One of the methods of semantic transfer in this article is the name of the phenomenon of metonymy, its peculiarities, the phenomenon of metonymy observed in the context of the noun phrase , ownership of space, unity of time and space, and so on. anak yang meanings .

Keywords: semantic transfer method, portable meaning, derivative denotation, ellipsis, language and speech phenomenon, semantic meaning and so on.

So'zning ma'nosi, unda yuz beradigan o'zgarishlar mexanizmi murakkab va serqirradir. So'z ma'nosining taraqqiyotini belgilab beruvchi va yuzaga keltiruvchi vositalardan biri metonimiyadir. Metonimiya barcha mustaqil ma'noli so'zlarda -ot, sifat, son, olmos ravish va fe'llarda yuz beruvchi ma'no o'zgarishlarida faol ishtirok etadi, shu sababli uning lingvouslubiy xarakterini to'la ochib berish muhimdir.

Metonimiya (grekcha metanymia-qayta nomlash)-narsa va hodisalar o'rtasida makon va zamondagi o'zaro aloqadorlik asosida birining nomi ikkinchisiga ko'chishidir. Turmushda har doim ikkita narsa birgalikda qo'llansa, ular orasida aloqadorlik vujudga keladi. Natijada ulardan birining nomi aytilsa, ikkinchisi tushuniladi. Navoiyni qo'lga oldim deganda shoir bilan uning yaratgan asarlari o'rtasidagi aloqadorlik mavjud bo'lgani sababli Navoiy emas, uning asarini qo'lga olish tushuniladi. Metonimiya so'z ma'nosi taraqqiyoti bilan bo'g'liq hodisalardan biridir. Ma'no taraqqiyoti esa turli ko'rinishlarga ega bo'ladi. So'z ma'nosi o'z ifoda doirasini kengaytishi yoki toraytirishi, shuningdek, mavhum holatga kelishi yoki aniq ifodaga ega bo'lishi mumkin. Ushbu hollar so'zlarning o'z turkumidan boshqa turkumga ko'chishi

jarayonida ham, boshqa tillardan so'z o'zlashtirishda ham kuzatiladi. So'z ma'nosining taraqqiyoti faqat mavjud ma'nodagi o'zgarishlar bilangina kuzatilmaydi. U yangi ma'nolarni ham hosil qilishi mumkin. So'z ma'nosiga subyektning ijobiy yoki salbiy munosabatini ilova qilish ham ma'no taraqqiyoti hisoblanadi. Metonimiya shu ma'no taraqqiyotlarining bir ko'rinishidir. Metonimiyaning mohiyatini belgilash uchun uning mazkur ma'no taraqqiyotlari ichidagi o'rnini va unga yondosh kelgan hodisalardan farqini aniqlab olish zarur...

Metonimiya muayyan bir so'zning bir turkumdagi semantik taraqqiyoti hisoblanadi. U son so'z turkumida kuzatilganda bunday bo'lmasdan, boshqa turkumga xos ma'no hosil bo'lishi bilan ajralib turadi...

Metonimiya hodisasi asosan ot turkumida keng tarqalgan. Buning ustiga metonimiyaga xos belgilar ot turkumlaridagi ma'no ko'chishida yaqqol ko'zga tashlanib turadi. Shuning uchun ko'pgina asarlarda tilshunoslar metonimiyani ot turkumidan olingan metonimiyalar doirasida tahlil etishga harakat qilganlar. Uning ko'rinishlarini ajratganda ham ko'proq ot turkumida sodir bo'lgan metonimiyalarga ustuvorlik berilgan. Shuning uchun birinchi o'rinda ot metonimiyalarini tahlil etish maqsadga muvofiq bo'lgan.

Ot turkumidagi metonimiyalar atoqli otlar doirasida salmoqli miqdorda uchraydi. Buning ustiga, u turli sabablarga ko'ra sodir bo'lishi kuzatiladi. Metonimiyaning atoqli otlarda sodir bo'lishi boshqa hosila ma'no beruvchi so'zlar ichida o'ziga xos tarzda namoyon bo'ladi. Chunki atoqli otlarda hosila ma'noning yuzaga kelishi metonimiyadan tashqari ko'rinishlarda kuzatilmaydi. Jumladan:

1. Atoqli otlarda metonimiyaning sodir bo'lishi til hodisasi sifatida faqat bir holdagina qayd etiladi. Qolgan holatlarda esa nutq hodisasi sifatida uchraydi.

Kishi nomida joyning atalishi metonimiya bo'lib, bu lingvistik hodisadir. Masalan: Ikki daryo tutashgan joyga/ Oybek deya qo'yibsizlar nom fA.Oripovj. Bu gapdagi Oybek so'zi asli taniqli yozuvchining nomi. Mazkur she'rda shu nom bilan joy atalgan. Oybek so'zining bu ma'nosi mazkur misrani tarkib toptirgan gapda yuzaga kelmagan, balki unda namoyon bo'lgan. Bu hosila ma'noning yuzaga kelishi garchi metonimiya deb atalsa ham, bu ikki ma'no asosida ikki so'z mavjud: biri-yozuvchi nomi, ikkinchisi-joy nomi. Ammo metonimiyaga ko'ra hosila ma'no yuzaga kelar ekan, bu jarayon polisemantik so'zni tarkib topdiradi. Yuqorida esa rasmiyat nuqtai nazaridan ikki so'z sifatida qayd etilgan edi... Kishi nomlarining hosila ma'no berishi ko'proq nutqiy holatda kuzatiladi. Bunda kishilarning kashfiyoti,xarakteri,ramziy tomonlari uning asari va hokazolarga ko'chiriladi va oqibatda metonimiya sodir bo'ladi.Masalan,yozuvchilarga xos asarlarni uning nomi bilan qayd etish orqali metonimiya yuz berishi mumkin. Bunda nutq tarkibidagi aniqlanmish- asar bilan bog'liq so'z ellipsisga uchragani uchun nutqda uning aniqlovchisi -yozuvchi nomida "asar" ma'nosi o'z ifodasini topgan bo'ladi: Chol-chi, ko'zoynagin artgancha bot-bot

kitob varaqlaydi: Bedilmi, Mashrab (A.Oripov). Menga Pushkin bir jahon-u, menga Bayron bir jahon (E.Vohidov). Bu misralardagi Bedil, Mashrab, Pushkin, Bayron kabi atoqli otlar metonimik hosila ma'no bilan ifodalangan.

Ayrim shaxslar o'z kasbi, xarakteri, kechmishi bilan shu sohaning ramzi bo'lib qoladi va ularning nomi nutqda ramz ma'nosida qo'llanishi kuzatiladi: Nechun bu tuproq deb yig'ladi Furqat. Chunki haligacha Otello rosti, Yagoni o'qitib qo'yguchilar bor. Sen-Nurxon, Sen-Sora, turibsan shoyon? Ulug' mamlakatning sardaftarida (A.Oripov). Bu misralardagi Furqat so'zi "Vatanidan judo bo'lgan kishi" ma'nosida, Otello so'zi "aldangan rashkchi" manosida, Yago so'zi "ig'vogar" ma'nosida, Nurxon, Sora so'zlari "aktyor ayol" ma'nosida qo'yilgan.

2. Joy nomi va joy bildiruvchi so'zlarda metonimiya sodir bo'lishi nutqda ko'plab uchraydi. Ayniqsa, joy nomini bildiruvchi so'zlar o'sha joyda ishlab chiqarilgan mahsulotni bildirish orqali metonimiya sodir bo'lar ekan, bu jarayon til hodisasi sifatida kuzatiladi. Masalan: Qorakol so'zi asli Buxorodagi bir tumanning nomidir. U hozir qo'zi terisidan ishlangan jingalak yungli mo'ynani bildiradi. Bunday mo'yna olingandan qo'zilar dastlab shu tumanda yetishtirilgan. Bu hosila ma'no joy munosabatiga ko'ra yuzaga kelgan.

Joy nomi bilan o'sha joyda yashovchi aholini atash orqali ham metonimiya sodir bo'ladi. Lekin ular deyarli nutqiy hodisa sifatida kuzatiladi:^gar kerak bo'lsa,Sharqni va G'arbni /Yolg'iz bir she'riga eta olur jo( A.Oripov).Bu gapdagi Sharq va G'arb so'zlari o'sha yerlarda yashovchi barcha aholini ifoda_etgan.Toshkent chiqdi Shastri yo'liga(E.Vohidov).Bu gapda ham_Toshkent so'zi Toshkent aholisini_ifoda etgan. Quyidagi misolda berilgan Osiyo so'zini ham shunday izohlash mumkin : Zabtga olib keng Osiyoni,/Bir zot chiqdi mag^rur, davangir (A.Oripov) .

Nutqiy hodisa sifatida sodir bo'lgan metonimiyalar -joy nomini bildiruvchi so'zlar Vatan ma'nosini bildirishi orqali ham kuzatiladi: Bu jonning bor erur na Qorabogl?/ Na O^zgan, na O^sh-u Farg^onasi bor (A.Oripov). Bu gapdagi O^zgan, O^sh, Farg^ona, Qorabog so'zlari " Vatan " metonimik ma'nosini ifoda etgan.

3.Joy munosabatiga ko'ra metonimiyaning sodir bo'lishi ancha keng tarqalgan. So'zlar leksik ma'no jihatdan taraqqiy etib, joy bildiruvchi hosila ma'noni yuzaga keltiradi. Kishining bir a'zosi nomi bilan joy ifodalanadi. Bunda kishining biror a'zosi o'zi o'rnashgan joy bilan tutash joyni nomdosh qilib oladi. O'sha tutash joyni bildirgan hosila ma'no yuzaga kelishi joy munosabatiga ko'ra sodir bo'lgan metonimiya hisoblanadi. Masalan:#oji Kumushning boshiga kelib o'tirdi(A.Qodiriy), U har qachon yonboshimda ( U. Nosir), Ulug'lar qoshida goh bo'ldi joyim(A.Oripov) gaplarida bosh so'zi qosh bilan tutash,yonbosh so'zi yonbosh bilan tutash,qosh so'zi qosh bilan tutash joyni ifoda etgan.Hosila ma'no joy aloqadorligiga ko'ra yuzaga kelgan.

Buyum nomi bilan joy atalishi orqali ham metonimiya sodir bo'lishi mumkin:Mamajon yalqov samovarda yotib tush ko'radi (G'. G'ulom). Bu gapdagi

samovar so'zining leksik ma'nosi buyumni bildiradi. Uning hosila ma'nosi esa shu buyum o'rnashishiga asoslangan maishat joyini bildiradi. Bu o'rinda hosila ma'no o'rin munosabatiga ko'ra yuzaga kelganligi uchun u metonimiya hodisasi deb qaraladi.

4. Shaxs o'ziga oid bo'lgan xarakterli narsasi , buyumi, kiyimi nomi bilan atalishi orqali metonimiya sodir bo'ladi. Bunday metonimiyalar ham odatda nutqda kuzatiladi. Ular til hodisasi sifatida uchramaydi. Chunki shaxsni tanimaslik , nomini bilmaslik murojaatda uning belgili tomoni bilan atalishiga sabab bo'ladi va shu nutqiy jarayonda metonimiya sodir qilinadi. Masalan: Huv ko'zoynakka boq (S.Abduqahhor),Olim buva ertasiga ertalab yo'lakda shovqin soldi: Hoy shaytonarava! (A.Qahhor). Bu gaplarning birinchisida ko'zoynak so'zi, ikkinchi gapda shaytonarava so'zi shu buyumga ega shaxsni atash uchun qo'llangan. Shunga o'xshash yana chopon, shlyapa, do'ppi kabi kiyim nomlari bilan murojaat qilish ham metonimiyaga ko'radir: Jannatlar yaratgay tashlangan janda(Cho'lpon).Bu gapdagi janda so'zining o'zlashga paytidagi dastlabki ma'nosi yamoq kiyimni bildirgan.Keltirilgan misolda esa u faqir odamni ifoda etgan.Chunki faqir odamning libosi ham o'ziga yarasha bo'ladi.Shu aloqadorlikka ko'ra metonimiya sodir bo'lgan.

5. Ma'lum hodisa ifoda etuvchi hosila ma'nolar shu hodisani yuzaga keltiruvchi narsa, organizm, hodisa, kechmish nomlari bilan ataladi va natijada metonimiya sodir bo'ladi:

a) asos bo'luvchi vosita narsa bo'lishi mumkin: Ona o'tar. Unga yodgor / Marmar toshlar qo'yarlar.( O.Hojiyeva), Bir afsona so'zlay sizga/ Bir burda non topganda (U.Nosir). Birinchi misoldagi marmar tosh "esdalik", ikkinchi misoldagi non "yashash vositasi" hosila ma'nolarida namoyon bo'lgan. Qabristonda esdalik toshga bitiladi. Yashash vositasi asosan nondir. Shunga ko'ra ularda metonimik ma'no hosil qilingan;

b) hosila ma'no bilan namoyon bo'luvchi so'zning asli ma'nosi organizm bo'ladi:^gar sen qiblaga burmasang yuzni/Besh mahal sajda-yu namozing bekor(A.Oripov),Bilaguzuk taqibdi otang/Qo'ling bog'lab bir yo'la(A.Oripov).Bu gaplarning birinchisidagi yuz so'zi "e'tiqod",ikkinchi misoldagi qo'l so'zi "ixtiyor"hosila ma'nolari bilan namoyon bo'lgan.Chunki e'tiqod yuzda,ixtiyor qo'lda o'z ifodasini topadi.

6.Hosila ma'no payt bildirib keladi.U payt bilan aloqador ma'noga ega so'zlarning taraqqiyoti natijasi bo'ladi.Bu so'z farz namozlaridan birining nomi bo'lishi mumkin:Domla har kuni bomdoddan qaytganida jinnilarni shu xilda o'qir ekan(A.Qahhor).Bu gapdagi bomdod so'zi ertalabki namoz vaqtini ifoda etgan.Ya'ni kun davomidagi so'nggi namoz bilan payt aloqadorlikka ega.Ayrim holatlarda hayotiy kechimlarning har takti bir xilda bo'ladi.Shuning uchun ular nomi bilan vaqt birligi ham belgilanadi.Demak,vaqt birligi harakat kechimi davomiyligi bilan teng bo'lganligi holda shunga ko'ra o'zaro aloqadordir.Bunga kun,oy,nafas so'zlaridagi ko'chma ma'no hosil

bo'lishini ko'rsatish mumkin.Misol:Istasang,ko'rsat-u sabot/Yonimda o'ltir bir nafas(Uyg'un).

7.Asar nomlari ham nutq talabiga ko'ra u qayd etilgan kitob,ijro,polotno kabilarni ifodalovchi hosila ma'noni yuzaga keltirishi mumkin.Misol: "Faust"yondi gurillab, "Xamsa" o'tga tutashdi (E.Vohidov). Bu misoldagi Faust, Xamsa so'zlari shu nomdagi asar yozilgan kitobni bildiruvchi hosila ma'no bilan namoyon bo'lgan.Bu hosila ma'no yuzaga kelishi uchun kitobda mazkur nomli asarlar qayd etilishi sabab bo'lgandir.Mana shu aloqadorlik metonimiyani sodir qilgan.Quyidagi misolda esa "O'rtar"kuyining ijrosi hosila ma'no sifatida ifodalangan:"O'rtar"jaranglaydi-Mashrab fig'oni./Haydalish kuyini chaladi mashshoq(M.Jo'ra).

8.Metonimiyaga ko'ra so'zlarda nutq,ijod,mushohada bilan bog'liq kechimlarni ifoda etuvchi ma'no hosil bo'lishi mumkin.Bunday hosila ma'nolar aniq ifodali leksik ma'noga ega so'zlarda yuzaga keladi.Masalan:Uzun qishni kitob bilan o'tkazgan(Cho'lpon),Yubordim bir xat(Cho'lpon),Tildan uchgan so'zlar ko'klab /Ko'k yaproqqa aylandi(O.Hojiyeva).Bu misollardagi kitob so'zi"mutolaa",xat so'zi "xabar",til so'zi "nutq"hosila ma'nolari bilan namoyon bo'lgan.Chunki mutolaa kechimi kitob bilan,xabar kechimi xat bilan ,nutq kechimi til bilan obyektiv holda aloqadorlikka ega.Bu aloqadorlik ma'no taraqqiyotini yuzaga keltirgan.Quyidagi misolda ham kishining kechmishi,taqdiri kishi organizmini bildiruvchi leksik ma'noga ega bosh so'zida hosila ma'no sifatida namoyon bo'lgan:Lekin shum qutqulardin chiqmadi/Sho'rlikning boshi.. .(A.Oripov).

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki,ot turkumida metonimiyaning sodir bo'lishi keng tarqagan:u til hodisasi sifatida ham,nutq hodisasi sifatida ham kuzatiladi.Metonimiya sodir bo'lishida hosil qiluvchi va hosila ma'nolar denotati o'rtasidagi aloqadorlik yaratuvchi nomi bilan atash ,joy munosabatiga egalik,zamon va makon birligi,kechim va unga sarflangan vaqt birligi,joy va mahsulot birligi,yaralish asosi kabilardan iboratdir.Metonimiyaning mohiyati universal xarakterda,ya'ni barcha tillar uchun bir xil belgilangan bo'lsa ham uning sodir bo'lishidagi aktualizatorlari o'zbek tilida milliy xarakterga egaligi bilan ajralib turadi.

REFERENCES

1. Erkaboyeva N.O'zbek tilidan ma'ruzalar to'plami.-T.:"Yosh kuch",2019.

2. Aliqulov T.Metonimiya va polisemiya//Tilshunoslik va adabiyotshunoslikka oid tadqiqotlar.//FA TAI to'plami,6-kt.-Toshkent :FAN,1965.

3. Aliqulov T.Yana ma'no ko'chish usullari haqida//O'zbek tili va adabiyoti,1974,1-son.

4. Mirtojiyev M.Metonimiyaning sodir bo'lishi//O'zbek tili leksikologiyasi va grammatikasi masalalari. -Toshkent:TUN,1978.

5.Миртожиев М.Переносные значения и их манифестация в узбекском языке. Автореф.дисс.. ..докт.филол.наук.-Ташкент,1989.

6. Suvonova R.A. O'zbek tilida metonimiya. -T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti , 2003.

7. Oripov A.Tutash dunyolar.Yangi she'rlar.-"Sharq"NMAK, 2015.

8. Vohidov E.Saylanma.1-jild.Ishq savdosi.-T.:"Sharq" NMAK, 2000.

9. Shayxislamov, N. (2021). JAHON LINGVISTIK EKSPERTOLOGIYASIDA TARKIBIY QISMLAR MASALASINING O 'RGANILISHI. Scientific progress, 2(5), 333-337.

10. Шайхисламов, Н. (2021). ДУНЁ ТИЛЛАРИНИНГ МОРФОЛОГИК (ТИПОЛОГИК) ТАСНИФИ. Scientific progress, 2(4), 961-965.

11. Shayxislamov, N. (2021). Ona tili fanini o'qitishda interfaol usullardan foydalanishning samarasi. The 21st Century Skills for Professional Activity,(9), 23-25.

12. Шайхисламов, Н. (2020). Укувчиларнинг нутрий компетенцияларни ривожлантиришда нуткнинг илмий-назарий изохи. Science and Education, 1(5).

13. Shayxislamov, N. (2021). ONA TILI FANINI O 'QITISHDA INNOVATSION VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O 'RNI VA VAZIFALARI. Scientific progress, 2(3), 933-937.

14. Shaykhislamov, N. (2021). IMPROVING B1 LEVEL LEARNER'S VOCABULARY COMPETENCE. Ilm-fan va ta'limni rivojlantirish: imkoniyat va tendensiyalar,(1), 3739.

15. Шайхисламов, Н. (2021). ИЗУЧЕНИЕ ФРАЗЕОЛОГИЗМОВ С ИМЕНАМИ ЧИСЛИТЕЛЬНЫМИ. The 21st Century Skills for Professional Activity,(8), 69-73.

16. Шайхисламов, Н., & Норбоева, Д. (2021). ПЕДАГОГИК ТАЪЛИМ КЛАСТЕРИ-ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ АСОСИ. Pedagogik ta'lim klasteri: muammo vayechimlar,(1), 350-354.

17. Shayxislamov, N. (2020). LINGVISTIK^ UNING ZAMONAVIY TURLÄRI HAMDA ULARNING O 'ZBEK TILSHUNOSLIGIDAGI TALQINI. Scientific progress, 1(2).

18. Shayxislamov, N. (2021). Lingvomadaniyatshunoslikning shakllanishi va vujudga kelishi. The 21st Century Skills for Professional Activity,(2), 274-276.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.