Научная статья на тему 'ERKIN VOHIDOV G‘AZALLARIDA TAZOD'

ERKIN VOHIDOV G‘AZALLARIDA TAZOD Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3544
105
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
She’riy san’atlar / tazod / g`azal janri / adabiyotlar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Diyorbek Toshtemir Ogli Mahmudov

Maqolada Erkin Vohidov g`azalarida qo`llangan tazod san`ti ba`zi misollar orqoli tahlil qilingan va tazod san`atiga oid ilmiy ma’lumotlar keltirilgan. Erkin Vohidovning so`z qo`llash mahorati, tazod san’ati orqali fikrning ta`sirchanligini oshirgani haqida fikrlar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ERKIN VOHIDOV G‘AZALLARIDA TAZOD»

ERKIN VOHIDOV G'AZALLARIDA TAZOD

Diyorbek Toshtemir o'g'li Mahmudov

O'zMu 2-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada Erkin Vohidov gazalarida qo'llangan tazod santi bazi misollar orqoli tahlil qilingan va tazod sanatiga oid ilmiy ma'lumotlar keltirilgan. Erkin Vohidovning so'z qollash mahorati, tazod san'ati orqali fikrning tasirchanligini oshirgani haqida fikrlar yuritilgan.

Kalit so'zlar: She'riy san'atlar, tazod, g'azal janri, adabiyotlar.

XX asr o'zbek adabiyoti bir qator buyuk darg'alarni kashf qildi. Bulardan biri O'zbekiston xalq shoiri, O'zbekiston qaxramoni Erkin Vohidovdir. Erkin Vohidov ijodi haqida gap ketganda, xayolga, avvalo, go'zal va latif she'rlar bilan birga mazmunan teran va betakror g'azzallar keladi. Erkin Vohidov ijodi XX asr o'zbek adabiyotida juda katta hodisa bo'ldi. U o'sha davrda deyarli ijod qilinmay qo'ygan aruz vaznini ortga qaytardi, xususan, g'azal janrida betakror she'rlar yaratdi. Shoirning umr yo'ldoshi Gulchehra Vohidovaning aytishicha, ba'zilar shoirga, hozir g'azal o'qiladigan zamonmas, barmoq turganda sening g'azallaringni hech kim o'qimaydi, deya uqtirishmoqchi bo'lishgan. Bu xususda, shoir o'zining "Debocha" nomli g'azalida shunday satrlarni bitadi: Istadim sayr aylamoqni men g'azal bo'stonida, Kulmangiz, ne bor senga deb Mir Alisher yonida.

Ammo, istedodli odamlar nimaga qo'l urmasinlar, barchasini qoyilmaqom qilib bajaradilar. Erkin Vohidov g'azallari qo'lma qo'l bo'lib ketdi. Chunki, shoirning g'azallari shaklan mukammal bo'lishdan tashqari mazmunan teran va xalqchil edi. Shoir g'azalga o'sha davr ruhini singdirdi. Bundan tashqari, badiiy san'atlardan ham ustalik bilan foydalangan. Xususan, g'azallarida tazod san'atining betakror namunalarini ko'rishimiz mumkin.

Tazod san'ati (arabcha- zidlash) zid ma'noli so'zlar yordamida yaratiladi. Klassik adabiyotda mutobiha, tiboq, talbiq, takafu, ittizod, muttazod kabi nomlar bilan ataladi, hozirda antiteza deb ham yuritiladi. Anvar Hojiahmedov o'zining "She'riy san'atlar va mumtoz qofiya" asarida tazod san'ati haqida ham fikr yuritadi: "Tazod so'zi "zid qo'yish", "qarshilantirish" ma'nolarini ifodalaydi. Shu so'z bilan ataluvchi she'riy san'at esa baytda ma'no jihatdan o'zaro zid, qarama qarshi bo'lgan so'zlarni qo'llab,ta'sirchan badiiy timsollar,lavhalar yaratishni nazarda tutadi"["Sharq" nashriyot-matbaa konserni bosh tahririyati. Toshkent—1998]. Shoir bu san'atdan biror fikrni

kuchli emotsiya bilan, bo'rttirib ifodalashda foydanadi. Erkin Vohidov ijodida, uning g'azallarida bu san'atning ham shaklan, ham mazmunan go'zal misollarini uchratamiz. Qissa aytur moziydin goh, ertadan afsona goh, Goh savol aylar ko'ngilga, goh javob aylar xayol.

Shoirning "Xayol" g'azali tarkibidagi bu satrlar yuqoridagi fikrimizga to'la asos bo'la oladi. Birinchi misradagi moziy va erta so'zlari, ikkinchi misradagi savol va javob so'zlari shakliy tazodni yuzaga keltirgan bo'lsa, xayolning goh moziydan qissa, goh ertadan afsona aytishi, ko'ngilga ham savol aylab ham javob berishi ma'noviy tazodni yuzaga keltiryapti. Yoki xuddi shu g'azalning tarkibida kelgan, Ming asrlar kori holin qilgay u bir soniya,

Lahzaning mazmunini ming bir kitob aylar xayol, kabi misralarda ham tazodning go'zal bir ifodasini ko'rishimiz mumkin.

Shoirning deyarli barcha g'azalida tazod san'atiga misollar bor. Shahr ichida holatimdan kulmagan bir oqil-u, Xilvat ichra menga ulfat bo'lmagan devona yo'q.

Bu yerda shahr ya'ni shahar va xilvat hamda oqil va devona so'zlari betakror tazodni shakllantirgan.

Bundan tashqari shoirning "O'zbegim" qasidasidan ham tazod san'atiga misol keltirish mumkin. Ilm-u she'rda shoh-u sulton, lek taqdiriga qul, O'z elida chekdi g'urbat, zor-u nolon, o'zbegim.

Yuqorida aytganimizday, Erkin Vohidov bu san'at bilan betakror mubolag'alar yaratadi.

Men seni Zuhro-yu Oy deb iltijo qildim va lek, Sen yiroqsan, garchi menga oy-u Zuhro bir qadam.

Yoki,

Toqi ishkom misli osmon, har taraf yulduz sochar, Voh ajab, bu ne sinoat, yer- uzum, osmon- uzum.

Ba'zi o'rinlarda tazod san'ati birdaniga ko'zga tashlanavermaydi. Sevgi shunday bir olovki, jonga undan yo'q orom. Gulxanida o'rtab-o'rtab, bir kun oxir kul qilur.

Shoirning "Sevgi" deb nomlangan g'azalidan olingan bu satrlarda olov va gulxan so'zlari bilan kul so'zi tazodni san'atini shakllantiryapti.

Erkin Vohidovning ba'zi g'azallari boshdan oxir tazod san'atiga qurilgan, "Barcha shodlik senga bo'lsin", "Dutorim tori ikkidur" kabi g'azallari shular jumlasidandir. Ayrimlari esa deyarli boshdan oxir tazod san'atidan iborat, "Do'st bilan obod uying", "Yaxshidir achchiq haqiqat" kabilar. Yaxshidir achchiq haqiqat, lek shirin yolg 'on yomon. Ul shirin yolg'onga mendek aldanib qolg'on yomon.

Aytgali achchiq azobing bo'lsa dildosh yaxshidir, So'z demay o'tli alamni joningga solg'on yomon. Gar qilich kelsa boshingga, qo'rqma, Erkin, rostni ayt. Yaxshidir achchiq haqiqat, lek shirin yolg 'on yomon. Erkin Vohidov ijodi ummonida bu kabi marjonlar son-sanoqsiz va turfa xildir. Buning sababi Erkin Vohidov o'zbek tilining zukko bilimdoni, u qaysi so'zdan qayerda foydalanishni biladi. O'zi aytganidek "Adabiy ijod hamisha so'z olamiga sayohatdir. Ijodkor so'zni tirik jon deb biladi va So'z bilan so'zlashadi" yoki "Zarif inson So'z qadriga yetadi. So'zning mag'zini chaqib, tub ildizini qidiradi"[Erkin Vohidov. "So'z latofati", "O'zbekiston" nashriyoti. Toshkent, 2018]

Til xususida ham shoirning "So'z latofati" nomli asari mavjud bo'lib, bu asar nafaqat xalqimiz uchun, balki tilshunoslar uchun ham muhimdir. Asarda shoir so'zlarning etemologiyasini, qayerdan kelib chiqqanini bayon qilib, bunga dalillar ham keltiradi. Bu asarning yana bir muhim jihati shundaki, muallif ba'zi chet eldan bizga o'zlashgan so'zlarning tarixda bizdan chet el tillariga o'tganligini ta'kidlaydi va dalillar keltiradi.

Xullas, Erkin Vohidov ijod ummonidagi marjonlarni yanada chuqurroq o'rganish, uni xalqimizga sofligicha targ'ib qilish biz yoshlarning zimmamizdadir. O'tar g'avg'oli bu onlar, kelar osuda davronlar, Zakiy, erkin g'azalxonlar berar bir kun baho menga.

REFERENCES

1. Erkin Vohidov. So'z chamani. —Toshkent. Akademnashr, 2020.

2. Anvar Hojiahmedov. She'riy san'atlar va mumtoz qofiya. Sharq nashriyot- matbaa konserni bosh tahririyati. Toshkent —1998.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.