Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(3), March, 2023
XURSHID DAVRON SHE'RIYATIDA OKSYUMORONNING POETIK-
INDIVIDUAL VAZIFASI
Qurbonova Muharram Jurabekovna
SamDU 1-bosqich magistranti Tel:+998974085234, e-mail: [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada til elementlari, sintaktik figuralar va ularning o'zbek tilshunosligidagi adabiyotdagi ahamiyati yoritilgan. Shu bilan birga til va adabiyotning aloqadorligi tahlil qilinadi. Sintaktik figuralar ijodkor metodikasini ochib beruvchi badiiy vosita sifatida o'rganiladi. Ular qo'shimcha ma'no va stilistik rang beradi. Xususan, oksimoron janrlarda kam uchraydigan, ammo kuchli pafos beruvchi sintaktik figuradir. Oksimoronda ma'no jihatidan bir-biriga mos kelmaydigan so'zlar yonma-yon qo'llanib, yangi ma'no va favqulodda ajoyib obraz yaratadi. Oksimoron - adabiy asarda kam uchraydigan sintaktik figura. Shoir Xurshid Davronning "Bahordan bir kun oldin" to'plamida quyidagi oksimoronlar topilgan: G'amgin shodlik, Qulfsiz kishanlar, soqov bo'ron, oyday g'am. Aytish mumkinki, oksimoron - bu antitezaga nisbatan shakllanishi biroz qiyin bo'lgan sintaktik figura.
Kalit so'zlar: Oksyumoron, uslub, poeziya, lingvopoetika, stilistik figura
ABSTRACT
This article explains language elements, syntactic figures and their significance in literature in Uzbek linguistics. Together with this, the relationship between language and literature is analyzed. Syntactic figures are studied as an artistic tool that reveals the artist's methodology. They give additional meaning and stylistic color. In particular, oxymoron is a syntactic figure that is rare in genres, but gives strong pathos. In an oxymoron, words that do not correspond to each other in terms of meaning are used side by side, creating a new meaning and an extraordinarily wonderful image. Oxymoron is a rarely encountered syntactic figure in a literary work. The following oxymorons were found in the poet Khurshid Davron's collection "One day before spring": Sad joy, Shackles without lock, dumb storm, moony sadness. It can be said that an oxymoron is a syntactic figure that is somewhat difficult to form compared to an antithesis.
Key words: Oxymoron, style, poetry, linguopoetics, stylistic figure
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
KIRISH
Badiiy asarlarining lingvopoetik tadqiqoti jarayonida turli xil badiiy tasvir vositalari, jumladan, sintaktik figuralarga duch kelamiz. "O'zbek tilshunosligida ayrim davr, tarixiy nuqtayi nazardan oqim yoki alohida olingan shoir yoki yozuvchilar asarlarining til xususiyatlarini ilmiy jihatdan o'rganish, konkret shoir yoki yozuvchining o'zi ijod etgan til boyligidan foydalana olishdagi mahorati, u tilning andozalanishidagi va boyishidagi ularning xizmatlarini har tomonlama yoritib berishga bag'ishlangan asarlarni hali barmoq bilan sanasa bo'ladi"1 - degan edilar tilshunos olim R.Qo'g'urov. Darhaqiqat, biz ham bu tahlillar uchun birmuncha o'rganilmagan shoir X.Davron ijodining til xususiyatlari, jumladan, badiiy tasvir vositalari orasida o'rganilishi kamroq bo'lgan sintaktik figuralarni tadqiq etishga bel bog'ladik.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
She'riyatda eng kam uchrovchi, ammo uning badiiy qiymatiga husn bag'ishlovchi sintaktik figuralardan biri bu oksyumoron hisoblanadi. Antitezaning o'ziga xos shunday bir ko'rinishi borki, unda "ikkita so'z birikma holida bo'ladi va zid ma'noli so'zlardan ularning har birining ma'nosi saqlab qolingan yangi bir kontekstual ma'no kelib chiqadi"2. Bu tilshunoslikda oksyumoron deb nomlanadi.
J.Lapasovning ta'rifiga ko'ra: "Oksimoron grekcha o'tkir ma'noli be'manilik so'zidan olingan bo'lib, u antitezaning bir ko'rinishi hisoblanadi va bir-biriga tamoman zid bo'lgan so'zlar birlashtirilib, yangi bir ma'noni keltirib chiqariladi".3 Bundan kelib chiqadiki, oksyumoron ham xuddi antitezadek zid ma'noli so'zlarning matnda kelishi, ammo matnning turli xil qismlarida emas, balki aynan ikki zid tushunchaning bir ma'noni anglatgani holda yonma-yon kelishidir.
Oksyumoronning badiiy matndagi vazifasi yuzasidan o'zbek tilshunosligida dissertatsion tadqiqotlar bajarilgan. Ana shunday ishlardan biri D.Zayniddinovaning "Rus va o'zbek tillarida g'ayriodatiy birikmalar" mavzusidagi dissertatsiyasi hisoblanadi. Mazkur ishda o'zbek va rus tillaridagi badiiy san'at turlari qiyosiy tahlili qilingan.
Shoir ijodida oksyumoron hodisasini o'rganar ekanmiz, oksyumoron dastlab so'z san'atining buzilishi sifatida qaralgan nutq hodisasi edi. Ammo keyinchalik bu badiiy asarga, poeziya va prozaga o'ziga xos ma'no va mas'uliyat yuklagan til hodisasi ekanligi aniqlandi. Shoir Xurshid Davronning "Bahordan bir kun oldin" she'riy to'plamidan aynan shu hodisani tadqiqotimiz davomida izladik:
1 Кунгуров Р. Узбек тилининг тасвирий воситалари. - Тошкент: Фан,1977. 125-б.
2 Каримов С. Бадиий услуб ва тилнинг ифода тасвир воситалари. -Самарканд. 1994. 47-бет
3 Лапасов Ж. Бадиий матн ва лисоний тадлил. -Тошкент: Укитувчи,1995. 42-б.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
Va do'stlarim ustimdan kulib, Achinganda menga dushmanim, Sizni ko'rsam, yodga tushardi Qo'limdagi qulfsiz kishanim.
Bu to'rt satrdagi oxirgi misraga e'tiborimizni qarataylik, "Qo'limdagi qulfsiz kishanim" bu yerda qulfsiz kishan so'z birikmasi tilshunoslikdagi olsyumoron hodisasini yuzaga keltirgan, ya'ni kishanlanar ekan uni qanday qulfsiz kishanlab bo'ladi? Bu yerda o'ziga xos zidlik bor. Yuqorida sintaktik figuralar haqida gap ketganda ham shunday misollar keltirilgan edi. Masalan, "Tirik murda" kabi. Oksyumoron shoir ijodida shunchaki antiteza bo'libgina qolmasdan inson ruhiyatiga xos eng nozik jihatlarni ochib berishga qaratilgan hodisa hisoblanadi. U orqali so'z o'yini yuzaga chiqadi, bu bilan esa tilshunoslikdagi hodisalarning adabiy qimmati e'tirof etiladi.
Antitezaning bir ko'rinishi sifatida baholangan oksyumoron X.Davron she'riyatida poetik individuallikni ko'rsatuvchi vosita sifatida xizmat qiladi. Shoirning "O'rxun-Enasoy toshlari" she'riga diqqatimizni qaratsak: O'tlar o'qiyverib necha sarg'aygan, Savodsiz yomg'irlar, Soqov bo 'ronlar
Harflarin manguga o'chirmoq bo'lgan -Har gal qutqargandir quyoshli tonglar.
She'rda soqov bo'ronlar birikmasiga e'tibor beramiz, odatda bo'ron tabiat hodisasi sifatida shamolning kuchli ko'rinishi bo'lib, u odatda qattiq va baland ovoz chiqaradi. Soqov so'zi esa ma'noviy jihatdan ovozsiz, gung kishiga nisbatan qo'llaniladi va demak, bu yerda bo'ron hamda soqov so'zi bir-biriga o'zaro zid bo'lgan ikki tushuncha hisoblanib, matn ichida ular zidlikni, ya'ni oksyumoronni shakllantirgan.
Shoirning "Estoniya" nomli she'rida ham mahzun quvonch birikmasini oksyumoron sifatida baholaymiz: Moviy orzu, Qora qismat, Oppoq ishonch. Shovillaydi Boltiq so 'ngsiz, Mahzun quvonch.
Mahzunlik kayfiyati sustlik, xafalik, parishonxotirlik va g'amginlikni ifodalovchi so'zdir. U bilan odatda bizning lug'at qatlamimizda mahzun kun, mahzun tun, mahzun kishi kabi so'zlar kelishi tabiiy holga aylanib qolgan, ammo
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
unga shoir tomonidan qo'yilgan sifatlanmish ma'noviy jihatdan aniqlovchisidan ijobiy bo'yoqqa egaligi bilan ajralib turadi. Shu sababli ham quvonch, ya'ni shodlikni amglatuvchi bu tushyncha bilan mahzun yonma-yon kelib zidlikni hosil qilmoqda. Bu birikmani shoirning favquloddagi topilmasi deya baholaymiz.
"Hoji Abdulaziz haqida qo'shiq" she'riga diqqatimizni qaratsak:
O, Hoji bobo sasi,
devordan oqadi rang
va rang bilan yurakni
bo'yar musavvir ohang.
Bu qo'shiqning dardidan
moychechaklar sar g'ayar, ularning bargida jim tosh ko'z yoshi sirg'alar.
Bu she'rda tosh va ko'z yoshi so'zlari o'zaro aniqlovchi-aniqlanmish munosabatiga kirishgan holda oksyumoronni yuzaga keltirgan. Bilamizki, tosh qattiq jism bo'lib, u odatda ko'z yoshi bilan aniqlovchi-aniqlanmish munosabatiga kirishishi g'aliz. Ko'z yoshi kishining turli ruhiy holatida - xursandligida, tushkunlikka tushgan paytida ko'zlaridan chiqadigan suyuqlik bo'lib, u tosh bilan o'zaro zid tushunchalarni kasb etadi. Demak shoir bu o'rinda ham o'ziga xos oksyumoronni kashf etgan.
Aynan shu she'rning boshqa bandiga e'tiborimizni qaratsak:
Qo'shiq bu yurak bayti
Va so 'zlarning faryodi.
Qop-qora oqshom payti
Yangradi "Ushshoq" dodi.
Fonusning tillari ham
jo'r bo 'lar bu qo 'shiqqa
va titrab yetib borar
hilol tilla boshoqqa.
Qora shoxli daraxtlar
silkinar kuy avjida.
Yulduzchalar cho'milar
oydin qayg'u mavjida"
She'rdagi "oydin qayg'u" birikmasi o'zaro zid tushunchalar sanaladi, chunki oydin payt yorug'lik, yaxshi kunlarga ishora bo'lib, u qayg'u, ya'ni g'am tushunchasi bilan odatda hech yonma-yon kelmaydi. Bu yerda esa ikkalasi birikib zid hodisa-oksyumoronni yuzaga keltirmoqda.
Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784
educational, natural and social sciences www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(3), March, 2023
Oksyumoronda ma'nolariga ko'ra bir-biriga yopishmaydigan so'zlar yonma-yon ishlatilib, yangi ma'no va favqulodda ajoyib obrazlilikni yuzaga keltiradi. Oksyumoron badiiy asarda kamdam-kam uchrovchi sintaktik figura hisoblanadi. Shoir X.Davronning "Bahordan bir kun oldin" to'plamida quyidagi oksyumoronlar topildi: mahzun quvonch, qulfsiz kishan, soqov bo'ron, oydin qayg'u. Aytish mumkinki, oksyumoron antitezaga nisbatan birmuncha shakllantirilishi qiyin bo'lgan sintaktik figuradir.
XULOSA
Shoir she'rlaridagi oksyumoron hodisasini tahlil qilar ekanmiz, quyidagi xulosalarni chiqaramiz:
1. Oksyumoron hodisasi faqatgina lug'atda emas, balki matn ichida ham yuzaga kela oladi va bu shoir she'riyatida ikki xil holatda keladi:
a) odatiy ;
b) noodatiy, faqatgina matnga xos bo'lgan, matn ichidagi ma'no tufayli zidlikni vujudga keltirgan holatlar.
2.Oksyumoron shoir ijodida eng kam uchrovchi sintaktik figuralardan biri hisoblanadi. Biz tahlil etayotgan "Bahordan bir kun oldin" to'plami tarkibida ham buning guvohi bo'ldik.
REFERENCES
1. Даврон Х. Бахордан бир кун олдин. -Тошкент: Шарк, 1997. -Б 223.
2. Каримов С. Бадиий услуб ва тилнинг ифода тасвир воситалари.-Самарканд. 1994. -Б 59.
3. Каримов С.Бадиий матннинг услубий аломатлари. -Самарканд: СамДУ, 1992. -Б47.
4. Каримов С.Узбек тилининг бадиий услуби.-Самарканд: Зарафшон,1992. -Б 122.
5. Комилова С. Шеърий нуткдаги айрим синтактик фигуралар хусусида./УТА. 2001-й. №1. 57-59-б.
6. Лапасов Ж. Бадиий матн ва лисоний тахлил.-Тошкент:Укитувчи,1995.-Б 86.
7. Ку^уров Р. Узбек тилининг тасвирий воситалари. - Тошкент: Фан,1977. 125-б.