Научная статья на тему 'SHE’RIYATDA LINGVOPOETIK VOSITALARNING QO‘LLANISHI'

SHE’RIYATDA LINGVOPOETIK VOSITALARNING QO‘LLANISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
818
126
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy matn / lingvopoetik vositalar / qarab fonetik poetika / leksik poetika / sintaktik poetika / o‘xshatish / jonlantirish. / literary text / linguopoietic means / depending phonetic poetics / lexical poetics / syntactic poetics / analogy / revitalization.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — G. Eshmirzayeva

O‘zbek tilshunosligida lingvopoetik vositalar til birliklari ma’no taraqqiyotining namoyon bo‘lishi bo‘lib, ularning vujudga kelishi va shakllanishida ma’lum bir so‘zning uzual yoki okkazional ma’no doirasida yangidan yangi ma’no qirralari hisobga olinadi. Lingvopoetik vositalarning badiiy matn doirasida qo‘llanishi haqida fikr yuritganda ko‘proq ularning o‘zlari qo‘llangan matnda tutgan o‘rniga, shoir yoki yozuvchining maqsadi, qolaversa, ijodkorning individual uslubi nuqtai nazaridan yondashish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki har qanday badiiy matnda ijodkorning o‘ziga xos xususiyatlari, tabiat va jamiyatga, unda bo‘layotgan o‘zgarishlar, voqea-hodisalar, odamlarga subyektiv munosabati, tafakkur doirasi, e’tiqodi va dunyoqarashi kabilar lingvopoetik vositalar yordamida o‘zining badiiy ifodasini topadi. Ushbu maqolada she’riyatda lingvopoetik vositalarning qo‘llanishini Usmon Azimning asarlari misolida ko‘rib chiqmoqchimiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

APPLICATION OF LINGUOPOIETIC MEANS IN POETRY

Linguopoietic means in Uzbek linguistics language units are manifestations of the development of meaning, in the formation and formation of which new facets of meaning are taken into account within the framework of the uzual or occasional meaning of a particular word. When thinking about the use of linguopoietic means within the framework of an artistic text, it is more expedient to approach from the point of view of the goal of the poet or writer, and, moreover, the individual style of the creator, instead of the one they hold in the text in which they are applied. Because in any artistic text, the creator finds his artistic expression using linguopoietic means, such as his own characteristics, his subjective attitude to nature and society, the changes taking place in it, Events, People, the circle of thinking, beliefs and worldview. In this article, we want to consider the use of linguopoietic means in poetry using the example of the works of Usman Azim.

Текст научной работы на тему «SHE’RIYATDA LINGVOPOETIK VOSITALARNING QO‘LLANISHI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

SHE'RIYATDA LINGVOPOETIK VOSITALARNING QO'LLANISHI Eshmirzayeva Guljamol Elxomjonovna

Toshkent shahar Yunusobod tumani 21 - sonli maktabning ona tili va adabiyoti o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7187969 Annotatsiya. O'zbek tilshunosligida lingvopoetik vositalar til birliklari ma'no taraqqiyotining namoyon bo'lishi bo'lib, ularning vujudga kelishi va shakllanishida ma'lum bir so'zning uzual yoki okkazional ma'no doirasida yangidan yangi ma 'no qirralari hisobga olinadi. Lingvopoetik vositalarning badiiy matn doirasida qo'llanishi haqida fikr yuritganda ko'proq ularning o'zlari qo'llangan matnda tutgan o'rniga, shoir yoki yozuvchining maqsadi, qolaversa, ijodkorning individual uslubi nuqtai nazaridan yondashish maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki har qanday badiiy matnda ijodkorning o'ziga xos xususiyatlari, tabiat va jamiyatga, unda bo'layotgan o'zgarishlar, voqea-hodisalar, odamlarga subyektiv munosabati, tafakkur doirasi, e 'tiqodi va dunyoqarashi kabilar lingvopoetik vositalar yordamida o'zining badiiy ifodasini topadi. Ushbu maqolada she 'riyatda lingvopoetik vositalarning qo'llanishini Usmon Azimning asarlari misolida ko'rib chiqmoqchimiz.

Kalit so'zlar: badiiy matn, lingvopoetik vositalar, qarab fonetik poetika, leksik poetika, sintaktikpoetika, o'xshatish, jonlantirish.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ЛИНГВОПОЭТИЧЕСКИХ СРЕДСТВ В ПОЭЗИИ Аннотация. В узбекском языкознании лингвопоэтические средства являются проявлением развития значения языковых единиц, при возникновении и формировании которых учитываются все новые и новые смысловые грани в рамках узуального или окказионального значения того или иного слова. Размышляя об использовании лингвопоэтических средств в рамках художественного текста, вместо того, чтобы использовать их в тексте, который они используют, целесообразно подходить к цели поэта или писателя, а также с точки зрения индивидуального стиля создателя. Потому что в любом художественном тексте с помощью лингвопоэтических средств находят свое художественное выражение такие особенности творчества, как субъективное отношение к природе и обществу, происходящим в нем изменениям, событиям, людям, кругозор, убеждения и мировоззрение. В этой статье мы хотим рассмотреть использование лингвопоэтических средств в поэзии на примере произведений Усмана Азима.

Ключевые слова: художественный текст, лингвопоэтические средства, синтетическая фонетическая поэтика, лексическая поэтика, синтаксическая поэтика, аналогия, оживление.

APPLICATION OF LINGUOPOIETIC MEANS IN POETRY Abstract. Linguopoietic means in Uzbek linguistics language units are manifestations of the development of meaning, in the formation andformation of which new facets of meaning are taken into account within the framework of the uzual or occasional meaning of a particular word. When thinking about the use of linguopoietic means within the framework of an artistic text, it is more expedient to approach from the point of view of the goal of the poet or writer, and, moreover, the individual style of the creator, instead of the one they hold in the text in which they are applied. Because in any artistic text, the creator finds his artistic expression using linguopoietic means, such as his own characteristics, his subjective attitude to nature and society, the changes taking place in it, Events, People, the circle of thinking, beliefs and

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

worldview. In this article, we want to consider the use of linguopoietic means in poetry using the example of the works of Usman Azim.

Keywords: literary text, linguopoietic means, depending phonetic poetics, lexical poetics, syntactic poetics, analogy, revitalization.

KIRISH

Badiiy matn bilan bog'liq muammolarni o'zbek xalqining ko'p asrlik tarixi davomida shakllangan o'ziga xos milliy xarakteri, urf-odatlari, milliy qadriyatlari va an'analarini yaxshi bilmasdan turib, bu haqda ilmiy-nazariy xulosalarga kelish aslo mumkin emas. Chunki badiiy ijod, adabiyot millat ma'naviy qiyofasining yorqin ifodasi bo'lib, ular bir - biri bilan chambarchas bog'liqdirki , bu bog'liqlik xalqning tarixi, ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir bo'lgan o'zgarishlar, tili lug'at tarkibidagi yangiliklar bilan ajralmasdir.

Badiiy matn deganda, ma'lum bir xalq, ijtimoiy guruh o'rtasida asrlar mobaynida avloddan - avlodga o'tib kelgan o'ziga xosliklarning badiiy tarzda, tildagi badiiy vosita va usullar yordamida o'z ifodasini topishi tushuniladi. Badiiy ijodga muayyan millat yashaydigan joy, uning turmush tarzi, siyosiy-iqtisodiy sharoiti, e'tiqodi, urf-odat va milliy qadriyatlari jiddiy ta'sir ko'rsatadi va bu o'z - o'zidan badiiy ijodda o'z aksini topadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Yuqorida qayd etilgan ichki va tashqi omillar ta'sirida har bir millatning boshqa millatlardan ajratib, farqlab turadigan o'ziga xos milliy xususiyatlari bo'ladi. Mazkur xususiyatlarni ko'rsatib berish shoir va yozuvchilarning tildagi mavjud leksik va frazeologik birliklardan foydalanish mahoratiga bog'liq bo'lib, bu ularning individual uslubini belgilab beradi.

O'zbek tilshunosligida badiiy asar tilini o'rganish borasida olib borilayotgan tadqiqotlar ham o'z ko'lamini tobora kengaytirib doimo o'sish va o'zgarishda ekanligi seziladi. Matn tahlili bilan bog'liq ishlarda shaxs va til o'rtasidagi aloqadorlikni yoritib berishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Prof. Sh.Safarov to'g'ri ta'kidlab o'tganidek, «Natijada tilshunoslikning mantiq, psixologiya, bilish nazariyasi kabi kognitiv fan sohalari bilan hamkorlikka ehtiyoji kuchaymoqda». Demak, olim tomonidan ta'kidlab o'tilgan muammo, ya'ni hozirgi kunda tilshunoslar e'tiborida turgan shaxs va til munosabati matn bilan bog'liq kuzatishlarda bevosita mavzu mohiyatini yortishda kognitiv yondashuv zarurligini ko'rsatadi. Tilshunoslar tomonidan tan olingan tadqiq usullari poetik matnlarni, xususan, Usmon Azim she'riy asarlari tilini lingvistik jihatdan tahlil qilishimizda ham yordam beradi. Alohida olingan ijodkor asarlarida qo'llanilgan til birliklarining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash, ya'ni «lingvistik tahlil -kognitiv tahlilning bir turi, uning ma'lum bir ko'rinishda namoyon bo'lishidir». O'zbek tilshunosligida lingvopoetik yo'nalishda olib borilgan tadqiqotlarda xalqimiz orasida yetishib chiqqan so'z san'atkorlarining badiiy ijodlari,ular tomonidan yaratilgan badiiy asarlar tilining uslubiy, badiiy-estetik jihatlari haqida so'z yuritilgan, ularda yozuvchi yoki shoirning o'ziga xos tili va uslubi, badiiy til vositalaridan foydalanish mahorati, milliy an'ana va qadriyatlarimizga bo'lgan munosabati, voqea-hodisalar tasvirini berishda o'ziga xos yangidan yangi so'z va iboralar yaratishi kabi masalalar to'g'risida fikr yuritilgan. A.Qahhor hikoyalari tilining badiiyatini ta'minlovchi leksik-stilistik vositalar bo'yicha kuzatishlar olib borgan A.Hasanov o'zbek tilshunosligida badiiy matnlarni o'rganish bo'yicha olib borilgan tadqiqotlarda erishilgan yutuqlarni qayd qilar ekan,shunday fikrlaydi: "Ayniqsa, M.Yo'ldoshev tomonidan badiiy matn

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

lingvopoetik xususiyatlarining o'zbek tilshunosligida birinchi marta dissertatsion planda tadqiq etilishi bu boradagi ishlarni yana bir pog'ona yuqoriga ko'tardi. Olim badiiy matnni lingvopoetik tahlil etishning yetti tamoyilini: shakl va mazmun birligi, makon va zamon birligi, matn tilining umumxalq tili va adabiy tilga munosabatini aniqlash, badiiy matnga badiiy-estetik butunlik sifatida yondashish va asar konseptini aniqlash, badiiy matnda poetik aktuallashgan til vositalarini aniqlash, badiiy matndagi eksplisitlik va implisitlik nisbatini aniqlash, badiiy matndagi intertekstuallik mexanizmlarining lisoniy va semantik xususiyatlarini aniqlash. tamoyillarini ishlab chiqdi". Darhaqiqat, har bir ijodkorning til birliklarini tanlashdagi o'ziga xosligi u tomonidan yaratilgan badiiy matnda, u qanday ko'rinishda bo'lishidan qat'iy nazar, namoyon bo'ladi. Badiiy matnni lingvopoetik tahlil qilish orqali shoir yoki yozuvchining o'ziga xos uslubiy mahorati haqida aniq tasavvurga ega bo'lish mumkin.

TADQIQOT NATIJALARI

Badiiy matnning asosiy quroli so'z hisoblanadi. "Tilshunoslik fani badiiy adabiyot bilan uzviy aloqadadir. Chunki til aloqa vositasi sifatida muayyan axborot tashuvchi oddiy belgilar sistemasigina bo'lib qolmay, balki tinglovchiga ta'sir qiluvchi qudratli vosita hamdir. Tilning birinchi funksiyasi an'anaviy va sistemstruktur tilshunoslikning o'rganish obyekti bo'lsa, ikkinchi funksiyasi lingvopoetikaning o'rganish obyektidir",-deb yozadi A.Nurmonov va Sh.Iskandarova. "Lingvopoetika — lingvistik poetikaning qisqargan shakli bo'lib, badiiy asarlarda qo'llanilgan lingvistik birliklarning (fonetik, morfemik, leksik va boshq.) badiiy-estetik vazifalarini, tilning konnotativ funksiyasini o'rganadi. Boshqacha aytganda, lingvopoetika badiiy nutqni o'rganuvchi tilshunoslikning bo'limidir.

Badiiy nutq badiiy adabiyotning bayon qilish vositasi sanaladi. Filologiya tarixida badiiy asar tili va poetik til atamalari tez-tez uchrab turadi. Bu atamalar ifodalangan tushunchalar bir-biriga juda yaqin tursa ham, lekin o'zaro ma'lum jihatlari bilan farq qiladi. "Obraz", "Uslub", "Ko'chim (trop)", "Badiiy til", "Stilistika", "Poetika" kabi tushunchalar badiiy asar tili va lingvistik poetika uchun daxldor tushunchalardir...

Amalda keng qamrovli obyektning ayrim fragmentlarigina badiiy nutqning tahliliga beriladi. Ana shunday asosiy fragment badiiy asar tili sanaladi. Ko'rinadiki, badiiy nutq badiiy asar tiliga nisbatan kengroq tushunchadir. U tilning ekspressiv funksiyasini o'z ichiga oladi.

Badiiy asar tili esa badiiy nutqning bir ko'rinishi, bir fragmenti hisoblanadi. Badiiy nutqni o'rganuvchi LP (lingvistik poetika) ham til sistemasining barcha sath birliklarining badiiy-estetik funksiyasini qamrab oladi. Fonetik-fonologik sathda fonetik birliklar ham badiiy-estetik vazifa bajarishi mumkin. Xususan, bir xil tovushlarning, bir xil bo'g'inlarning takrorlanishi she'riyatda go'zallikni, ta'sirchanlikni ta'minlovchi vosita sanaladi.Leksik sathda leksemalarning ko'chma ma'nolarda qo'llanilishi ham LPning tekshirish obyekti sanaladi. Shuningdek, gap bo'laklarining o'rinlashishi, gap tarkibida bir xil bo'laklarning takrorlanishi kabi hodisalar ham badiiy nutqni shakllantirishda xizmat qiladi.Shunday qilib, LP tilning qaysi sath birligining badiiy-estetik funksiyasini o'rganishiga qarab fonetik poetika (FP), leksik poetika (LP), sintaktik poetika (SP) kabi qismlarga bo'linadi. LPning har qaysi turini alohida-alohida o'rganish va ularning o'zaro munosabatini ochish hozirgi tilshunoslik oldida turgan muhim vazifalardan biridir". Ijodkor til birliklarini o'rinli qo'llay olsagina u tomonidan yaratilgan asar o'quvchi tomonidan yaxshi qabul qilinadi.To'g'ri tanlangan til vositalari badiiy

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

matnda qo'llanilar ekan, o'quvchiga badiiy-estetik ta'sir qilish vositasiga aylanadi va unda asarda tasvirlangan voqea-hodisa, kishilar xarakter-xususiyatlari badiiy tarzda o'z ifodasini topadi.Bu esa badiiy asar ijodkori tili va uslubi to'g'risida ma'lum bir xulosalarga kelishga asos bo'ladi. Usmon Azim ijodida lingvopoetik vositalar muhim o'rin egallaydi.

Shoir she'riyati tilini lingvopoetik jihatdan tadqiq etish jarayonida uning badiiy tasvirning usul va vositalarini yaxshi bilishi va o'z she'rlarida ulardan mohirona foydalana olishining guvohi bo'lamiz. Tahlil jarayonida shoir asarlarida lingvopoetik vositalarning keng qamrovli ekanligi, ularning xalqona ohang hosil qilishda, takrorlanmas badiiy obrazlar yaratishda hamda boshqa shoirlar ijodida uchramaydigan turli xil ma'no nozikliklarini poetik tasvirlashda eng muhim vositalardan ekanligi tobora oydinlasha boradi.Tilimizda badiiy asar tilining emotsional-ekspressivligi, obrazliligini ta'minlashga xizmat qiluvchi bunday vositalar "lingvopoetik vositalar", "troplar", "uslubiy vositalar","stilistik figuralar" kabi turli nomlar bilan yuritiladi.Tilshunos olim N.Mahmudov shunday fikrlarni bildiradi: "Nutqda so'zlarni ko'chma ma'noda ishlatishning xilma-xil ko'rinishlari mavjud bo'lib, ular ko'chimlar (yoki troplar) nomi bilan umumlashtiriladi. Ko'chimlarning asosida ikki narsa yoki tushunchani qiyoslash yotadi, ya'ni ikki narsa yoki tushuncha o'rtasidagi muayyan munosabat (o'xshashlik, umumiylik, aloqadorlik kabi) asosida tasviriylik, ifodalilik, aniqlikni kuchaytirish maqsadi bilan ulardan birining nomi ikkinchisiga ko'chiriladi. Shuning uchun ham ko'chimlar o'ziga xos tasviriy vositalar sifatida nutqning ifodaliligini ta'minlashda alohida o'rin tutadi"

Olimning bu fikrlari tilshunos S.Karimov tomonidan yanada aniqlashtirilganligi kuzatiladi. Olim badiiy uslubda ifoda-tasvir vositalarining qo'llanishini tahlil qilar ekan shunday fikrlarni bayon qiladi: "Ularning troplar deb ataluvchi qismi obraz yaratishda bevosita ishtirok etsa, ikkinchi bir qismi - uslubiy figuralar esa, garchi obraz yaratmasa-da, ana shu obrazlarning shakllanishiga, barkamol, pishiq bo'lishiga, o'quvchining matnni to'g'ri va tez tushunib olishiga ko'maklashadi. Ko'chma ma'noda qo'llanilayotgan, obraz yaratayotgan til birliklari darajasida bo'lmasa ham,ular vaziyatga qarab qo'shimcha ma'no ifodalaydi, tasvir obyektiga ijodkor bahosini beradi, yuksak emotsionallikni yuzaga keltiradi. O'quvchi yoki tinglovchidagi hissiyotlarning junbushga kelishida tezlashtiruvchi vosita rolini - katalizatorlik vazifasini bajaradi, yozuvchiga ko'makdosh bo'ladi. Badiiy ijodning qiyinchiligi ham shundaki, yozuvchi his-tuyg'ularni o'zi qanoatlanadigan darajada ifodalay oladigan til birligini axtaradi. Ularni bir-birlariga chog'ishtiradi, qaramaqarshi qo'yadi, yonma-yon qo'llaydi, takror ishlatadi va hokazo. Zero, troplarning o'zi so'zlarni asl ma'nolaridan ko'ra ko'proq ko'chma ma'noda qo'llashga intilishning natijasidir"

Usmon Azim ijodida lingvopoetik vositalarning qo'llanishini ko'rib o'tamiz. Shoirning o'xshatishlardan foydalanish mahorati. Badiiy ijod, xususan, she'riy asarlar tilining poetik ta'sirchanligini oshirishda so'z muhim ahamiyat kasb etadi. "So'z orqali inson katta yutuqni qo'lga kiritdi, bu vosita natijasida uning olami ikkilandi. So'zga ega bo'lgunga qadar faqat bevosita ko'rinib turgan narsa bilan ish ko'rgan mavjudot tilga ega bo'lishi bilan faqat borliq elementlari bilangina emas, balki bevosita kuzatmagan narsa va hodisalar bilan ham ish ko'ra oladigan bo'ldi. So'z insonga bevosita kuzatishda berilmagan narsa va hodisalar haqida ham axborot bera oladi. Shuning uchun ham hayvonot faqat bir olamga - sezgi orqali his qilish mumkin bo'lgan predmetlar olamiga ega bo'lsa, inson ikki olamga - sezgi orqali his qiladigan olam bilan birga, so'z orqali ifodalanadigan obrazlar, munosabat, sifatlar dunyosiga ega bo'ldi. Shunga muvofiq, so'zlarning borliq (denotativ) ma'nosi real va afsonaviy tushunchalar bo'lishi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ham mumkin. Qanday tushunchani ifodalashiga muvofiq so'zlar ham borliqdagi inson ongidan tashqarida bo'lgan narsa va hodisalarni nomlovchi so'zlar hamda inson tomonidan yaratilgan afsonaviy narsa va hodisalarning nomlarini ifodalovchi so'zlar sifatida ajratiladi".Badiiy asar tilining emotsional-ekspressivligini oshiruvchi , obrazlilik hosil qilishda muhim ahamiyat kasb etuvchi lingvopoetik vositalardan biri o'xshatish hisoblanadi. Badiiy matnlarda muallifning ma'lum bir voqea-hodisa, narsalarni kitobxon ko'z o'ngida aniq gavdalantirish uchun o'xshatishdan foydalanishida aniq bir maqsad - kitobxonga badiiy-estetik ta'sir etish ko'zda tutiladi. Nutqiy vaziyat uchun mos keladigan o'xshatish hosil qiluvchi til birligining to'g'ri tanlanishi uni emotsional-ekspressiv vositaga aylantiradi.Muomala jarayonida qo'llanilgan o'xshatishlar vositasida so'zlovchi mansub bo'lgan xalqning milliy-ma'naviy xususiyatlari, ijtimoiy turmush tarzi va dunyoqarashi, e'tiqodi, an'analari va urfodatlari bilan bog'liq jihatlar ham aks etadi.Bundan tashqari tasvirlanayotgan shaxsning ruhiy holati, orzu-umidlari, o'y-kechinmalarini berishda ham o'xshatishlar muhim vosita hisoblanadi. O'xshatish deb «ikki narsa yoki voqeahodisa o'rtasidagi o'xshashlikka asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining belgisini, mohiyatini to'laroq, konkretroq, bo'rttiribroq ifodalash»2ga aytiladi. Ko'rinadiki,o'xshatishlar eng qadimiy lingvopoetik tasviriy vositalardan biri sifatida yozma va og'zaki nutqimizni, ayniqsa,inson nozik his-tuyg'ulari tasvirini berish vositasi bo'lgan badiiy matnlarning badiiy-estetik ta'sirchanligini oshirishda, muallif maqsadiga xizmat qiluvchi obrazlilikning yuzaga kelishida muhim ahamiyat kasb etadi. O'xshatish etaloni o'xshatish qurilmaning poetik qimmatini,muallif mahorati bilan hosil qilingan lingvopoetik vositaning estetik salmog'ini oshiradi. Tilimizda kundalik nutqimizda faol qo'llanadigan bir qator o'xshatishlar borki, ular an'anaviy o'xshatishlar hisoblanadi. Qo'yday yuvosh, toshday qattiq, cho'chqaday semiz, tulkiday ayyor kabi o'xshatishlar ko'p qo'llanilgani bois ta'sirchanlik xususiyatini yo'qotgan deyish mumkin.Usmon Azim ijodini kuzatar ekanmiz, shoirning turli holat va hodisalar, narsalar mohiyatini anglashda takrorlanmas, o'ziga xos o'xshatishlar hosil qilganligining guvohi bo'lamiz. Shoir o'zining "She'riyat" she'rida tulpor tasvirini berishda quyidagi o'xshatishlarni qo'llaydi:

Ko'zlari chaqmoq tulpor, Tuyog'i chaqmoq tulpor.

Suvliq lablarin yirtgan, Yollari bayroq tulpor Yoki

O'jar tulpor, tong tulpor...yoki Olovli yalov tulpor kabilar Keltirilgan misolda tulporning ko'zlari va tuyog'i chaqmoqqa, yollari bayroqqa o'xshatilmoqda. Otning ko'rinishi esa tong va olovli yalovga nisbat berilmoqda. Dastlabki o'xshatishlarda, ya'ni chaqmoq so'zining ot ko'zlari va tuyog'iga o'xshatilishida ham shoirning mohirligi sezilib turadi.Shoir chaqmoq so'zini ko'zga nisbatan qo'llaganda ot ko'zining shakliy tomoni - chaqnab turishiga asoslangan bo'lsa, tuyoqqa nisbatan qo'llaganda esa otning yugurikligini chaqmoqning yalt etib ko'rinishidagi tezlikka qiyoslamoqda. Agar she'rda qo'llanilgan har bir o'xshatish leksik yoki grammmatik ko'rsatkichlar bilan keltirilganda she'rdagi poetik ohangdorlik, ta'sirchanlik unchalik kuchli bo'lmas edi. Usmon Azim "Beshafqat ballada" she'rida to'yma-to'y yuruvchi raqqosa tasvirini berar ekan, unga o'zining

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

munosabatini ifodalashda o'xshatishga murojaat qiladi va kitobxon ko'z o'ngida raqqosa obrazini gavdalantiradi:

Ishva bozori bu! Stollar — rasta! Torning g'ilofida pul dasta-dasta... Raqqosa! Davrada ildam, ildam suz!.. Nega nozing — olov, ko'zlaring — naq muz!

Shoir o'zininng "Maqsud Shayxzoda" she'rida boshqa biror ijodkor asarida uchramaydigan yangi o'xshatishni yaratadi.O'sha parchani keltiramiz: Kurashlarda garchi yondim, Shukur, vijdon beyamoq.Chizavergin imonimni: Imongoh — yurak oppoq!

Shoir bu yerda imongoh so'zini qo'llash bilan shoir qalbining Ka'ba singaripokiza ekanligiga ishora qilayotgan bo'lsa, uni yurakka o'xshatish bilan bu fikriniyanada kuchaytirishga erishgan. Bu o'xshatishni Usmon Azim ijodiga xosindividual o'xshatiish deyish mumkin. Bunday o'xshatishlarni shoirning boshqashe'rlarida ham kuzatish mumkin. MUHOKAMA

Shoir "Samarqand bo'ylab tungi sayr" she'rida kutilmagan bir o'xshatish hosil qiladiki, bu she'rdagi poetik ta'sirchanlikni, obrazlilikni yuzaga keltirgan:

— Samarqand, ildizing qayerda?

— Kechangni chiroqlar parchalab tashlagan, tun bilan nur o'rtasida

uzun arvohlar — minoralar ketib borar kelajak sari, ba'zan oyga boqib to'xtab qolishar

(azon sasi urildimi quloqlarga?) (45-bet)She'rda minoralarning arvohga o'xshatilishi biror o'quvchining xayoligaham kelmaydi. XULOSA

Shu kunga qadar amalga oshirilgan qator ishlarda o'xshatishlarning tarkibiy komponentlari, qo'llanish uslubi, obraz yaratish funksiyalari haqida qator qimmatli fikrlar maydonga keldi.

REFERENCES

1. Abdurahmonov X., Mahmudov N. Socz estetikasi. - Toshkent: Fan, 1981, -60 bet.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

2. Abdullaev A. O'zbek tilida yekspressivlik ifodalashning sintaktik usuli. - Toshkent: Fan, 1987, - 88 bet.

3. Azim Usmon. Saylanma: She'rlar. -Toshkent: Sharq, 1995.

4. Karimov S.A. Badiiy uslub va tilning ifoda tasvir vositalari. O'quv qo'llanma. - Samarqand: SamDU, 1994.

5. Karimov S. O'zbek tilining badiiy uslubi. - Samarqand: Zarafshon, 1992,- 140 bet.

6. Mirzaev I. Problembi lingvopoeticheskoy interpretatsii stixotvornogoteksta (na materiale sovremennoy uzbekskoy poezii): Diss.. .dok.fllol.nauk. - Tashkent, 1992.

7. Mahmudov N. Nutq madaniyati va tilning estetik vazifasi // Filologiya masalalari. 2006 ,N2(11).

8. Mirzaev I. Abdulla Qahhor hikoyalari matni poetikasi tahliliga bag'ishlangan yangi tadqiqot haqida. -Filologiya -10. Ilmiy maqolalar to'plami. - Samarqand: SamDU, 2010.

9. Mirzaev N.O'zbek tili etnografizmlarining izohli lug'ati. -Toshkent, Fan, 1991

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.