Научная статья на тему 'ABDULLA AVLONIY ASARLARINING LINGVOPOETIKASI XUSUSIDA'

ABDULLA AVLONIY ASARLARINING LINGVOPOETIKASI XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
531
86
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lingvopoetika / leksik poetika / fonetik poetika / antonim / metafora / metonimiya. / lingvopoetics / lexical poetics / phonetic poetics / antonyms / metaphors / metonymy.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Muxamatova, Dilbar Xayot Qizi, Dosanov, N.X.

Ushbu maqolada Abdulla Avloniy ijodining leksik-grammatik jihatlari yoritilib, she’rlarining lingvopoetik xususiyatlari masalasi tahliliga alohida e’tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ON THE LINGVOPOETICS OF ABDULLA AVLONI’S WORKS

This article highlights the lexical and grammatical aspects of Abdulla Avloni's work and pays special attention to the analysis of the linguopoetic features of his poems.

Текст научной работы на тему «ABDULLA AVLONIY ASARLARINING LINGVOPOETIKASI XUSUSIDA»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

ABDULLA AVLONIY ASARLARINING LINGVOPOETIKASI XUSUSIDA

Muxamatova Dilbar Xayot qizi

Nizomiy nomidagi TDPU Tillar fakulteti O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 202-guruh talabasi Taqrizchi: Nizomiy nomidagi TDPU katta o'qituvchisi, f.f.n. N.X.Dosanov

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Abdulla Avloniy ijodining leksik-grammatik jihatlari yoritilib, she 'rlarining lingvopoetik xususiyatlari masalasi tahliliga alohida e'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlari: lingvopoetika, leksikpoetika, fonetikpoetika, antonim, metafora, metonimiya.

ON THE LINGVOPOETICS OF ABDULLA AVLONI'S WORKS

ABSTRACT

This article highlights the lexical and grammatical aspects of Abdulla Avloni's work and pays special attention to the analysis of the linguopoetic features of his poems.

Keywords: lingvopoetics, lexical poetics, phonetic poetics, antonyms, metaphors, metonymy.

KIRISH

Tilshunoslikning lingvopoetika sohasi har bir adabiy davrning muhim ilmiy-nazariy masalalari, muammolari bilan boshqa tilshunoslik sohalaridan ajralib turadi va bu masalalar uning o'ziga xos xarakterli xususiyati hisoblanadi, desak yanglishmaymiz. Zero, badiiy ijod namunalarimiz, mukammal adabiy merosimiz lingvopoetik xususiyatlarini to'laqonli tahlil qilish bugungi o'zbek tilshunosligining muhim vazifalaridan biridir.

Jahon tilshunosligida o'tgan asrning 60-yillaridan boshlab badiiy matnning til xususiyatlari o'rganishga e'tibor kuchaydi. Buning natijasida lingvopoetika deb ataluvchi tilshunoslik tarmog'i shakllanib, istiqbolli bir yo'nalishga aylanib ulgurdi. Ma'lumki, nutqiy faoliyatning o'ziga xos noyob turi- bu badiiy adabiyotdir. Uning til birliklari tadbiq etishda lingvopoetik tahlil muhim ahamiyatga ega. Lingvopoetika tilning qaysi sath birligining badiiy-estetik funksiyasini o'rganishga qarab fonetik poetika, leksik poetika, sintaktik poetika kabi qismlarga bo'linadi1.

1 Nurmonov A., Iskandarova Sh. Tilshunosliknazariyasi.-Toshkent: Fan.2008.-B.152

316

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Lingvopoetikaning poetik fonetika yo'nalishi yozuvchi tomonidan tanlab olingan uslubni yaratishda ma'lum tovushning o'ziga xos tarzda o'zgarishi, orttirilishi va shunga o'xshash holatlarning yuzaga chiqishi yordamida hosil bo'ladi.

Buning yorqin misolini Abdulla Avloniy ijodida ko'rishimiz mumkin:

1.Dushun joni azizing, ehtiyot et,

Musaffo bo'l, pay(g')ambar ortidan ket. ("Safohat — ayni falokat")

2. Ahsan to'g'ri ilma, to'g'ri fana, to'g'ri dina,

Jon sadqa bo'(l)sun xulqina, fazl-u karamina.(" Na'ti hazrati rasuli akram")

3. Bir firqa e(y)tar: «Sa'yi jadal vasla eturgay»,

Bir firqa buni «soyai taqdir» qilurlar.(" Hofizdan tarjima")

Poetik leksikologiya yo'nalishining tadqiqot ko'lami juda keng qamrovlidir.U o'z doirasida sinonim, omonim, antonim so'zlarni, ma'no ko'chishlarining barcha jabhalarini(metafora, metonimiya,sindekdoxa, vazifadoshlik, kinoya ), chegaralangan leksikalarni(dialektizmlar, istorizmlar, arxaizmlar...) tahlil qiladi.

Ma'no ko'chishi bir predmet nomining keyinchalik boshqa predmetni anglatish xususiyatiga ega bo'lishidir. Bunday ko'chish shu nom bilan atalayotganlik yoki undan ortiq predmet o'rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. Ma'no ko'chishning metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik kabi turlari mavjud.

Nutqqa obrazlilik, ekspressiv bo'yoq berish niyatida narsa va hodisalar o'rtasidagi o'xshashlikka asoslanib, so'z yoki iboralarni ko'chma ma'noda qo'llash metafora deyiladi.Voqelikdagi narsa-hodisalar orasidagi bizga ko'rinmagan, biroq san'atkorona o'tkir nigoh bilan ilg'angan o'xshashlik, aloqadorlik asosidagi ko'chimlar o'quvchini hayratga soladi, unga zavq bag'ishlaydi. Badiiy asarda eng ko'p qo'llanuvchi ko'chim turlaridan biri metaforadir. Tabiatan, metaforani yashirin o'xshatish deb atash mumkin2. (2. Dilmurod Quronov.Adabiyotshunoslikka kirish.-Toshkent 2004. 129-bet)

Ma'rifatparvar shoirimiz ijodida betakror yashirin o'xshatishlar(metaforalar) bisyordir:

1. Yengil ishlarni qilurlar o'zgalar san'at bilan,

Qof-qaro xidmat bizimkidurki, o'lmas joni bor.(" Bizlarda nimalar bor")

2. Bir tarafdan ilmsizlik, bir tarafdan xorlik

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Tutdi millatning yaqosindin — qutulmog'i mahol.(" Millat holidan bir jigarso'z" )

3. Ketdi g'aflat, keldi ulfat — tug'di davri intiboh, Qayda ko'rsang yoshlari, bir tug'madek qardoshlar.(" Sayohat samarasi") Ma'no ko'chishining keng tarqalgan turlaridan yana biri metonimiyadir. Metonimiya usulida ma'no ko'chganida narsa-hodisalar o'rtasidagi aloqadorlik asos qilib olinadi. Bu aloqadorlik turlicha ko'rinishlarda namoyon bo'lib, bunda narsa-hodisa, holat yoki harakat bilan ular egallagan joy ; vaqt ; harakat bilan u amalga oshiriladigan vosita; narsa va uning egasi, yaratuvchisi; narsa va u yasalgan modda kabi aloqalarga asoslaniladi. Badiiy adabiyotda, ayniqsa, metaforik tafakkur yetakchilik qilayotgan zamonaviy adabiyotda metonimiya metaforaga nisbatan kamroq uchraydi, o'zining estetik funksiyaliligi jihatidan ham u metaforadan quyiroq turadi. Shunday bo'lsa-da, badiiy matnda metafora bilan yondosh qo'llangan holda u katta badiiy samara beradi, fikrni lo'nda va ta'sirli ifodalashga xizmat qiladi3.( 3.Dilmurod Quronov.Adabiyotshunoslikka kirish..Toshkent:2004 127-bet)Avloniy Turkistonimizning rangsiz, jonsiz hayotini tasvir ekan, tasvir manzarasining jozibadorligini metonimiya orqali aks ettiradi:

1. Har kun chiqib samovarga, ulfat bo'ldim yamonlarga, O'rgandim qimor o'ynashni, yo'ldosh bo'lub chafanlarga. ("Jaholat qurboni")

2. Samovarga chiqishub yosh-qari chuldirashur,

Ertadan kechg'acha choyni ichadur sho'ldur-sho'ldur O'z maishatimizdan")

3. To'ldi tobe'lig'imiz Rusiyaga ellik yil,

Bilmayin rus lisonin, ko'zimiz mo'ldur-mo'ldur.(" O'z maishatimizdan") Avloniy asarlarining lirik qahramoni zulm ostida ezilayotgan Turkistonni ziyo tomon yetaklovchi , millatining qoloqligidan azoblanuvchi,mustabid tuzum siyosatidan qoniqmaslik hissini tuyuvchi elparvar, millatparvar insondir. Ijodkor ilmsizlik botqog'iga botayotgan millatiga ma'rifatni, ilm-u urfonni tilar ekan, bu jabhada ancha oldinlab ketib ," so'yi samo4"( H.H.Niyoziy )da hikmat topib uchib yurgan o'zga ellarni ibrat qilib ko'rsatadi.

Ana shu o'rinda antonim so'zlardan mohirona foydalanadi: 1. Xazon bolg'on gulistondur, gulini ixtiyor etmaz,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Sizingdek bing muxotib dodi faryodi mador etmaz. ("Ushbu "Adabiyot''a Turkiston ahlindan javob")

2. Bu vatan — shoh-u gado, yaxshi-yamon yaksonidur,

Bu vatan hajrinda har kun necha jon qurbonidur.(" Bir qabristina nazar")

3. Mehr-u shafqat o'zgada, bizlardadur kin-u nifoq,

Qaysi ummatning bizimdek besar-u somoni bor?(" Bizlarda nimalar bor") Abdulla Avloniy she'riy asarlarida mazmundorlikni yana-da oshirish, lirik qahramon holatini asar bilan tanishib chiqayotgan kitobxonga "yuqtirish" uchun uyadosh so'zlardan yetarlicha foydalanadi:

1. Olma-anor, anjir, uzum — mevalaring, Ot-u ho'kuz, echki, taka, tevalaring. Bizlar uchun xizmat qilur barchalari,

Har birlari noz-u ne'mat parchalari. ("Vatan")

2. Bog'laridur shirin-sharbat,

Anjir, uzum, anor, nashvat. ("Hijron so'zi")

3. Faqirlar siylanur har yerda joriy xayr ila ehson, G'arib-u benavo, miskin, yetimlar shod ila xandon. ("Haj")

Xulosa qilib aytganda, ma'rifatparvar ijodkor, milliy Uyg'onish davri o'zb ek adabiyotining taniqli vakili, jamoat arbobi Abdulla Avloniyning ijodini tahlil qilish jarayonida ijod tilining betakrorligi, lingvopoetik tadqiq asoslarining barcha yo'nalishlarini o'zida jamlaganligining guvohi bo'lamiz. Avloniy asarlaridagi fonetik poetika ,asosan ,fe'llarda hosil bo'lishini ko'rishimiz mumkin. Leksik poetika orqali shoir tazod, tanosub, tashbeh, istiora kabi sa'natlarda yangidan yangi topilmalar kashf etganligi mahoratli qalam sohibi ekanligidan dalolat beradi.

Abdulla Avloniy she'riyatida mustamlaka davr pafosi, jonkuyar millat farzandlarining ichki kechinmalari, ilm-u ma'rifat sohibqadamlarining ruhiyati juda ta'sirli ravishda ochib berilgan. Asarlarining tili juda sodda va o'ynoqi. Bu soddalik o'qilishda yengillik yaratishi bilan bir qatorda yodda ham tez qoladi.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Abdulla Avloniy - o'zbek farzandi. Xalqi dardiga hamdard bo'libgina qolmay, xalqiga baxt va ozodlik yo'lini izlagan, muqaddas g'oyalar uchun kurashishga da'vat etgan millat o'g'loni. Chin ma'noda o'zbek tamadduniga tamal toshini qo'ygan jadid.

REFERENCES

1. Abdulla Avloniy.Tanlangan asarlar 1-jild.- Toshkent :Ma'rifat, 2009.

2. Nurmonov A., Iskandarova Sh. Tilshunoslik nazariyasi.-Toshkent: Fan. 2008.-B.152.

3. H.Jamolxonov. Hozirgi o'zbek adabiy tili.- Toshkent. 2005.- B. 156.

4. Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish.- Toshkent: ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI XALQ MEROSI NASHRIYOTI, 2004.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.