Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIYNING MANOQIB ASARLARIDA SINONIMLARNING IFODALANISHI'

ALISHER NAVOIYNING MANOQIB ASARLARIDA SINONIMLARNING IFODALANISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1086
64
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Uns / ášnálïγ musáhib / álam / gardun / rūy / diydár / yár / abyát / at / maláhatï. / Uns / ášnálïγ musáhib / álam / gardun / rūy / diydár / yár / abyát / at / maláhatï.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xo‘janiyazova, Shahnoza Satimboyevna

Mazkur maqolada Alisher Navoiyning manoqib asarlarida qo‘llangan ma’nodosh so‘zlar qadimgi turkiy til, eski o‘zbek adabiy til va hozirgi adabiy tilidagi semantik qurilishi hamda etimologik kelib chiqishi tahlilga qilingan. Sinonimik qatordagi har bir leksik birlik o‘zining ma’no noziklari bilan aks etgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EXPRESSION OF SYNONYMS IN THE WORKS OF ALISHER NAVOI MANAKIB

This article analyzes the semantic structure and etymological origin of the words used in Alisher Navoi's manokib works in the ancient Turkic language, the old Uzbek literary language and the modern literary language. Each lexical unit in a synonymous series has its own subtleties of meaning.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIYNING MANOQIB ASARLARIDA SINONIMLARNING IFODALANISHI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences fV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ~ ASI Factor = 1.7

ALISHER NAVOIYNING MANOQIB ASARLARIDA SINONIMLARNING

IFODALANISHI

Xo'janiyazova Shahnoza Satimboyevna

Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti shahnozaxon8686@gmail .ru

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Alisher Navoiyning manoqib asarlarida qo 'llangan ma 'nodosh so 'zlar qadimgi turkiy til, eski o 'zbek adabiy til va hozirgi adabiy tilidagi semantik qurilishi hamda etimologik kelib chiqishi tahlilga qilingan. Sinonimik qatordagi har bir leksik birlik o 'zining ma 'no noziklari bilan aks etgan.

Kalit so'zlar. Uns, äsnäl'iy musahib, alam, gardun, rüy, diydar, yar, abyat, at, malahati.

ABSTRACT

This article analyzes the semantic structure and etymological origin of the words used in Alisher Navoi's manokib works in the ancient Turkic language, the old Uzbek literary language and the modern literary language. Each lexical unit in a synonymous series has its own subtleties of meaning.

Keywords: Uns, asnal'iy musahib, alam, gardun, rüy, diydar, yar, abyat, at, malahati.

KIRISH

Alisher Navoiyning manoqiblari yani, "Xamsat ul-mutahayyirin", "Holoti Sayyid Hasan Ardasher" va "Holoti Pahlavon Muhammad" asarlarining leksik tarkibi rang-barang bo'lib, unda ma'nodoshlik so'zlarninq rang-barang qo'llanishi alohida ahamiyat kasb etadi. Adib ustozlari hamda zamondoshlari Abdurahmon Jomiy, Pahlavon Muhammad, Sayyid Hasan Ardasherlarning suvrati va siyratini o'quvchiga to'laqonli etkazib berish mohirona iste'foda etgan. Oqibatda nafaqat Navoiyning so'z qo'llash mahorati, balki eski o'zbek adabiy tili so'z boyligining naqadar ko'p qirraligini kitobxonga to'laligicha tasavvur qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Alisher Navoiyning ijodini adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan o'rganish qanchalik zarur va ahamiyatli bo'lsa, uning o'zbek adabiy tilini yaratish sohasidagi buyuk xizmati va faoliyatini tilshunoslik nuqtayi nazaridan o'rganib chiqish ham shunchalik zarur va ahamiyatlidir1. Ma'lumki, ma'nodosh so'zlar ikki va undan ortiq

1 Дониёров Х. Алишер Навоий ва узбек адабий тили. - Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1972. - Б. 3.

505

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

til birligining o'zaro munosabati asosida yuzaga keladi. Alisher Navoiy asarlari leksikasini semantik jihatdan o'rganish, shu davrdagi adabiy tilning boyligi, badiiy ijoddagi imkoniyatlarini belgilashda yordamlashadi. Bunda omonimiya, antonimiya, sinonimiya va polisemiya hodisalari nazarda tutiladi. Shoir ijodida nihoyatda ko'p sinonim, antonim va omonimlar uchraydiki, bular ijodkor mahsulining badiiyligini

л

oshirishda vosita bo'ladi .

ADABIYOTLAR TAHLILI

Turkologiya va o'zbek tilshunosligida keyingi yillarda sinonimlarga bag'ishlangan bir qancha ishlar amalga oshirildi, o'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati chop qilindi. Chunonchi, N.Abdurahmonovning. "Qadimgi turkiy til", A.Hojievning "O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati", "Sh.Iskandarovaning "Leksikani mazmuniy maydon asosida o'rganish muammolari, G'.Abdurahmonov A.Rustamovning "Alisher Navoiy tilining grammatik xususiyatlari" kabi ilmiy adabiyotlar hamda G. K. Zakirovaning "Синонимы в языке тюрко-татарских писменных памятников периода Золотой Орды", D. Sh.Abukarovaning "Синонимия азербайджанского, лезгинского и английского языков" M.S.Sergalievning "Синонимия синтаксических конструксий в современном казакском литературном языке" va h.k. ilmiy tadqiqot ishlari asos qilindi.

MUHOKAMA

Alisher Navoiy manoqib asarlarida, ya'ni, "Xamsat ul-mutahayyirin", "Holoti Sayyid Hasan Ardasher" va "Holoti Pahlavon Muhammad"da sinonim so'zlardan mohirona foydalangan. Ushbu asarlardagi sinonimlarning ma'noviy xususiyatlarini tahlil qilamiz.

Sinonimiya. Ma'lum tildagi sinonimlarni o'rganish, o'sha millat tilining lug'at

"5

tarkibi qanchalik boy ekanligini ko'rsatishga xizmat qildi . Asarlarida ona tili so'z boyligidan mohirona foydalangan Alisher Navoiy o'zbek tilining arab va fors-tojik tillaridan also kam emasligi, ba'zi jihatlar bo'yicha boy ekanligini ham ta'kidlaydi. Adib asarlarida o'zbek tilida mavjud sinonimlardan unumli foydalandi4. Har bir leksik ma'noning o'ziga xos xususiyatlari sifatida uslubiy semasi bilan farq qila olishi, sinonimik, antonimik munosabatga kirisha olishini, yangi leksema har bir leksik

2 Бафоев Б. Навоий асарлари лексикаси. - Тошкент: Фан, 1983. - Б. 157.

3 Радматуллаева М. Алишер Навоий лирикасида синонимлар масаласи (XV асрда Султон Али Машдадий томонидан кучирилган "Наводирун-нидоя" девонининг уникал кулёзмаси асосида). Филол.фан.док.дисс. ... -Тошкент, 1965. - Б. 3.

4 Турсунов У., Уринбоев Б., Алиев А. Узбек адабий тили тарихи. - Тошкент: У^итувчи, 1995. - Б. 122.

506

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ma'nodan yasalishini ham ta'kidlash lozim5. Sinonimlar shaklan boshqa bo'lsa-da, ma'no jihatdan ayni bir tushuncha yoki tasavvurni ifodalab, birlashtiruvchi bir ma'noni bildiradi6.

Hozirgi o'zbek adabiy tilida emotsional bo'yoqdorlikka ega basara leksemasi "kishi boshining old qismi; bet, yuz, chehra" (O'TIL, I, 183) ma'nosini anglatadi va yüz, ruy, diydár, aft so'zlari bilan sinonimik qatorni yuzaga chiqaradi. Ushbu arabcha so'z bagar (un) shakliga ega (ARS, 72); o'zbek tilida so'z oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan: bagarat^bashara. Bu so'z asli "po'stini(terisini) shildi" ma'nosini anglatuvchi bagara fe'lidan (ARS, 143) yasalgan bo'lib, "teri, po'st" ma'nosini bildiradi; o'zbek tilida bu o'zlashma "kishining yuz ko'rinishi, qiyofa" ma'nosini anglatadi (O'TIL, I, 87; O'TEL, II, 69-70). Basara so'zining XMda hozirgi o'zbek adabiy tilidagidek salbiy ma'noni ifodalagani shubhali. Zero, Abdurahmon Jomiy uni Alisher Navoiyga nisbatan qo'llagan. Bu holat o'zlashmaning XV-XVI asrlarda neytral ma'no kasb etganidan dalolat beradi: Maxdum tasrif keltürdilär, faqir munbasit (60a2) bolub, istiqbál qïlïb, alar taskin tapïb, (60a3) dedilärkim: "Basarayda inbisáte záhir bolur, (XM, 60a4) ne hàlïy bar?". "Xamsat ul-mutahhayirin"da basara-yüz-diydár hamda ru/ruy so'zlari bilan birga sinonimik qatorni voqelantirgan: (39b9) Ul vaqtdäkim, sahzáda-i bihamta Kicik mirzá (39b10) taba saráhu zalli muzilli xatákás, devána-i siyah (XM, 39b11) ruy siyahposqa yoluqmaydur erdi; Alarnïy ...yüzlärin qibla sarï qïldïlar. Alarnïy vidá diydárlaríya musarraf (XM,70b10) bolub, Qur'án oquyalï basladï.

Kök leksemasi "yer ustida gumbaz shaklida ko'rinib turadigan havo qatlami, tiniq osmon rangidagi, moviy, zangori bo'lib ko'rinuvchi jism" ma'nosini ifodalaydi (O'TIL, II, 449-450). Kök kosmonimi aflak-gardun-falak leksemalari bilan sinonimik qatorni yuzaga keltirgan va eski o'zbek adabiy tilida 6 ma'noda qo'llangan (ANATIL, II, 149). Manoqiblar matnida faqat "osmon, falak" ma'nosida aks etgan: Kökkä mátamzadalar navhasï gär yavustï (XM, 72a13) hamda aflák-gardun-falak astroponimlari bilan sinonimik qatorni voqelantiradi: Ägär aflák havâdisï va ruzgár (34b9) navâibïdïn menïy barca nazmim (34b10) zamána sahifasidin mahv bolsa va bu (XM, 34b11) qasidam qalsa meyä basdur...

(62a2) Qasr-i kalámi cïqïb andaq baland

(XM, 62a2) Kim, aya gardun sala almay kamand;

5 Турсунов У., Мухторов А., Радматуллаев Ш. Хрзирги узбек адабий тили. - Тошкент: Узбекистан, 1992. - Б. 100-101.

6 Пинхасов Я. Х,озирги узбек адабий тили. Лексикология ва Фразеология. - Тошкент: Укитувчи, 1969. - Б. 22.

507

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Falak sayrï (49a9) iztirâbïdïn va zamân havâdisï inqilâbïdïn (XM, 49a10) bu avraq ham nâbud bolyay.

"Butun mavjudot, borliq, koinot, dunyo" ma'nosini (O'TIL, III, 105) ifodalovchi âlam leksemasi dunyâ-jahân o'zlashmalari bilan sinonimik uyani yuzaga keltirgan: Hazrat-i maxdum âlam afâzilïmy hakami, balki hâkimidûr, (XM, 16b13) alarnï musallam tutmas kisi yoqtur; Ol (3b4) umur zâhir-u bâtinïmya mujib-i mubâhât va (3b5) quvanmaq va dunyâ-yu âxiratïmya bâis-i iftixâr va ökünmaqdur

Yâr leksemasi "dilga yaqin kishi; hamdam, do'st, muhib; yordamchi" (O'TIL, II, 43) ma'nosini bildiradi. Ushbu leksema HPM matnida yârân hamda musâhib leksemalari bilan sinonimiyani voqelantirgan: Andïn maxsusraq va mulâyimraq yârï va musâhibïyoq erdi (11b1); Ba 'zi yârânlarïya bu rubâiynï bitib yubarïb erdi (5a6).

XMda ulfat o'zlashmasi uns-muhib-âsnâ-musâhib leksemalari bilan sinonimlik qatorni yzaga chiqqan: Yana "Nafahât ul-uns"durkim, âsnâlïy nasâimï (69a22) uns ravzasidin jân masâmïya kelturur va ulfat samâil-i quds gulsanidin ruh dimâyïya yetkurur; Va agar ul nav' iltifâtlarnï mahbubdïn muhïbya (3b7) xalâyiq bâvar qïlmasalar-ol hazratnïy musannafâtïda mazkurdur; Xâja Dehdâr bu faqirya musâhib boldï, ul (70b4) tusnï izhâr qïldïb.

At'ima arabcha so'z bo'lib, "ovqatlar, emishlar" ma'nosini bildiradi (NTL, I, 121). Pahlavânnïy tak'yasida xâh safarda, xâh (8b8) hazarda tabx istiyâlïdïn farâyat yoq erdi, turluk-turluk at'ima (HPM, 8b9) erdi. At'ima yizâ leksemasi bilan sinonimlik uyasini voqealantirgan.

"Osh tuzi" ma'nosidagi tub turk (o'zbek)cha tuz so'zi ayni semada dastlab Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" va Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'otit turk" da qayd etilgan (DTS, 594) . Alisher Navoiy ham ushbu leksemani "Xazoyin ul-maoniy" da "osh tuzi" ma'nosida iashlatgan:

Zaxmïn acïtqan dam-badam ol la'l-i sakarxanderur,

Vah-vah tuz ermis ulki men qïldïm gumânkim, qand erur (ANATIL, III, 252). HSHAda adib tahlil qilinayotgan leksemaga "shirinlik, yoqimlilik" ma'joziy ma'nosini ifodalash vazifasini yuklagan hamda arabcha malâhat o'zlashmasi bilan ma'nodoshlik qatorini shakllantirgan: ...dardmandâna sôzdin va nazmdïn va naymadïn mutaassir bolyaylar va (6b1) alarnïy ul hâllarï ashâb va yârânlarya asar qïlyay va bu majlisriïy (6b2) tuzï va malâhatïdur .

(XM, 3b6);

(65a2) Jahânnïkim qïla alyay tavahhum, (XM, 65a3) Ki, bolyay nuqta-i mavhum ara gum.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Diniy aqidalarga ko'ra, inson uchun "hamma narsa muhayyo bo'lgan, rohatbaxsh, xushmanzara joy" ma'nosini bildiruvchi arabcha ravza o'zlashmasi forscha-tojikcha firdavs teonimi bilan quyidagi misolda sinonomik munosabatga kirishgan: Cun (3a1) pákiza ruhlarïnï qudsiy ásyán tàirï (3a2) badan qafasidin ravza-i firdavs gulsani sarï (XM, 3a3) parváz tüzdi. Ushbu jumlada adib táir (táqir) leksemasini majoziy "jon, ruh" ma'nosida qo'llash qatori qafas va guisan so'zlarini zidlashtirib, so'z qo'llash mahoratini yana bir bor namoyish etgan.

Chaqaloq dunyoga kelishi bilan boshqalardan ajralib turish uchun har bir kishiga qo'yiladigan at va ism leksemalari ma'nodoshlik xususiyatiga ega. Ushbu leksemalar eski o'zbek adabiy tili hamda hozirgi o'zbek adabiy tilida bir xil ma'no kasb etib, mutlaq sinonimdir: Shu bilan bir qatorda laqab leksemasi ham sinonimik qatorni hosil qilgan. Ushbu istiloh arabcha bo'lib, laqab (un) shaliga ega (ARS, 726); "kishi ustidan kulish, tahqirlash maqsadida biror xususiyatini ko'zda tutib ikkilamchi nom berdi" (O'TIL, I, 429) ma'nosini anglatuvchi laqaba fe'lidan (ARS, 726) hosil qilingan (UAYa, 568). Ushbu leksema arab tilda "unvon, titul" (ARS, 726), eski o'zbek adabiy tilida "taxallus, familiya" ma'nolarini bildirgan (O'TIL, I, 429; O'TEL, II, 210). Quyida keltirilgan manoqiblar matnida laqab "ism, nom" ma'nosida qo'llangan: Sen dàyï har birisini bir (XM, 68a3) ism bila mumtáz qïl va har qaysïnï bir laqab bila jilvasáz etgil; (XM, 68b1) Faqir dàyï avvalyï deványakim, "Yaráib us-siyar" at qoydum.

"Sharq she'riyatida aruz vaznida yozilgan g'azal, qasida, masnaviy kabi asarlarning bir butun ikki misrasi, umuman, har qanday she'r, she'riy parcha" (O'TIL, I, 144) ma'nosini ifodalash uchun abyát-bayt-se'r ma'nodoshlaridan foydalanilgan: (6b10) Bu masnaviy nihàyatïn pádsáh duàsï bila xatm qïlïbdur va hál ahlï bu (HPM, 6b11) abyátdin ma'lum qïlurlarkim; Va bu se'r yetti (HPM, 12b7) bayt erdi va musavvada qïlïb jaybïmya salïb erdim.

Hozirgi o'zbek adabiy tilida "nojo'ya xatti-harakatlar uchun gap-so'z, kaltak va shu kabi bilan jazo bermoq; ta'zirini bermoq" (O'TIL, I, 38) ma'nolaridagi adab leksemasi eski o'zbek adabiy tilida "jazoga loyiq kishilarning jazosini berishda shiddat ko'rsatmoq, jazo, do'q, po'pisa qilmoq" (NAL, 556) sememasidagi siyásat istilohi bilan sinonimik qatorni hosil qilgan: Sen hec (19a1) nima demagilkim, aya adab yetgûsïdûr (XM). Ol ôz siyàsatïn tapqusïdûr, sen (XM, 70a15) hec nima dema.

NATIJALAR

Olib borilgan tahlil natijalariga ko'ra, abib manoqib asarlarida sinonimik qatorlari 80 tadan ortiqligini ko'rsatdi. Asarlar matnida asosan, sinonimik qatorlar

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

narsa-buyum nomini bildiruvchi so'zlar, rang-tus anglatuvchi so'zlar, ish-harakat bildiruvchi so'z turkumlari doirasida voqelangan.

Xulosa o'mida shuni aytish mumkinki, Alisher Navoiyning manoqib asarlari leksikasidagi ma'nodosh so'zlarning ma'no qirralarini atroflicha ochib berish muhim ahamiyat kasb etadi. Manoqiblar so'z boyligidagi leksik-semantik jarayonlarning rang-barangligi nafaqat adibning so'z qo'llash mahorati, balki eski o'zbek adabiy tili leksikasining turfaligi, boyligidan dalolat beradi.

Shartli qisqartmalar

1. ANATIL - Алишер Навоий асарлари тилининг изошли лугати, -Тошкент, I, II, III, 1983.

2. Devon - Махмуд Кошгарий. Девону луготит турк. I-II томлар. -Тошкент, 1960-1967.

3. DTS - Древнетюрский словарь. -Л, 1969.

4. HSHA - Alisher Navoiy. Holoti Pahlavon Muhammad. XX jildlik, X jild.-Toshkent, 2013.

5. HPM - Alisher Navoiy. Holoti Sayyid Hasan Ardasher. XX jildlik, X jild. -Toshkent, 2013.

6. MK - Махмуд Кошгарий. Девону луготит турк. II, III том.-Тошкент, 1961-

7. PDP - Малов С. Е. Памятники древнетюркской письменности. М.-Лгр.: 1951.

8. XM - Alisher Navoiy. Xamsat ul-mutahayyirin. XX jildlik, V jild. - Toshkent, 2013.

9. O'TIL - Узбек тилининг изохли лугати. I-V tom. - Тошкент, 2006.

10. O'TEL - Узбек тилининг этимологик лугати. - Тошкент, I. 2000.

11. ESTYA - Севортян Е. В. Этимологический словарь туреско-татарских наречей. I-II том. СПб, 1969-1971.

REFERENCES

1. Alisher Navoiy. Xamsat ul-mutahayyirin. XX jildlik, V jild. - Toshkent: 2013. -B. 742.

2. Alisher Navoiy. Holoti Pahlavon Muhammad. XX jildlik, X jild. - Toshkent: 2013. - B. 26.

XULOSA

63.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

3. Alisher Navoiy. Holoti Sayyid Hasan Ardasher. XX jildlik, X jild. - Toshkent: 2013. - B.

4. Бафоев Б. Навоий асарлари лексикаси. - Тошкент: Фан, 1983. - Б. 157.

5. Дониёров Х. Алишер Навоий ва узбек адабий тили. - Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1972. - Б. 3.

6. Пинхасов Я. Хрзирги узбек адабий тили. Лексикология ва Фразеология. -Тошкент: Укитувчи, 1969. - Б. 22.

7. Рахматуллаева М. Алишер Навоий лирикасида синонимлар масаласи (XV асрда Султон Али Машхадий томонидан кучирилган "Наводирун-нихоя" девонининг уникал кулёзмаси асосида). Филол.фан.док.дисс. ... - Тошкент, 1965. - Б. 3.

8. Турсунов У., Уринбоев Б., Алиев А. Узбек адабий тили тарихи. - Тошкент: Укитувчи, 1995. - Б. 122.

9. Турсунов У., Мухторов А., Рахматуллаев Ш. Хрзирги узбек адабий тили. -Тошкент: Узбекистон, 1992. - Б. 100-101.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.