MIRTEMIR SHE'RIYATINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI O'rinboyeva Xurshida Xayrullayevna
Namangan muhandislik-texnologiya institute O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi
o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6634350 Annotatsiya. Mirtemir she 'riyatida takroriy so 'zlar bir misrada birdan ortiq qo 'llanib, uslubiy vazifa bajarib kelgan. Bunda ma 'lum bir misrada takroriy so 'zlar yonma-yon qo 'llanishi yoki misraning turli o 'rinlarida takror kelishi mumkin. Masalan, shoirning Yorti asr qo 'shiqlaridan she 'rida takroriy so 'zlar shakliy va ma 'noviy takrorlarni yuzaga keltirgan
Kalit so'zlar: Mukarrar, Epifora, Takrir, lafziy sanat, izohli lugat, so'z birikmalari, anafora, omonim so'zlar.
ЛИНГВИСТИЧЕСКИЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ ПОЭЗИИ МИРТЕМИРА Аннотация. В поэзии Миртемира повторяющиеся слова используются более одного раза в стихе и выполняют методическую функцию. В этом случае слова, повторяющиеся в том или ином стихе, могут использоваться рядом или повторяться в разных частях стиха. Например, в стихах поэта из песен средневековья повторяющиеся слова создают формальные и духовные повторы.
Ключевые слова: Мукаррар, Эпифора, Такрир, лексическое искусство, аннотированный словарь, словосочетания, анафора, слова-омонимы.
LINGUISTIC PROPERTIES OF MIRTEMIR'S POETRY Abstract. In Mirtemir's poetry, repetitive words are used more than once in a verse and perform a methodological function. In this case, the words repeated in a particular verse may be used side by side, or they may be repeated in different parts of the verse. For example, in the poet's poems from the songs of the Middle Ages, repetitive words create formal and spiritual repetitions.
Keywords: Mukarrar, Epiphora, Takrir, lexical art, annotated dictionary, phrases, anaphora, homonymous words.
KIRISH
Mukarrar badiiy san'at Bandda qo'llangan parcha-parcha, bo'lak-bo'lak so'zlari sinonim takroriy so'zlardir. Ba'zan misraning turli o'rinlarida takroriy so'z qo'llanib, uslubiy vazifa bajarishi Cho'l kechasi she'rida quyidagicha namoyon bo'lgan: Epifora badiiy takror turlaridan biri. Epifora (gr. yepi so'ng, phoros olib boruvchi) so'zlaridan olingan bo'lib, misralar oxiridagi tovush, so'z yoki so'z birikmasi takroridan iborat.
Mirtemir she'riyatida yana bir takror turi mukarrar usuli ham qo'llaniladi.
Mukarrar badiiy san'atlarning takror usullaridan biri bo'lib, bunda takroriy so'zning qaytarilishi kuzatiladi. Mukarrar so'zi qayta-qayta, ust-ustiga ma'nolarini ifodalaydi. Shu nom bilan ataluvchi lafziy san'at esa baytning har ikki misrasida juft so'z qo'llashni nazarda tutadi. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Mirtemir she'riyatida takroriy so'zlar bir misrada birdan ortiq qo'llanib, uslubiy vazifa bajarib kelgan. Bunda ma'lum bir misrada takroriy so'zlar yonma-yon qo'llanishi yoki misraning turli o'rinlarida takror kelishi mumkin. Masalan, shoirning Yorti asr qo'shiqlaridan she'rida takroriy so'zlar shakliy va ma'noviy takrorlarni yuzaga keltirgan:
Butun edim,
Nochor bo 'ldimparcha-parcha, bo'lak-bo'lak.
Durkun edim,
Yuray desam na yo 'l qoldi, na-da yo 'lak. Sal qoldiki,
Unut bo 'lsa mo 'l-ko 'lligim, o 'z chekligim, Sal qoldiki,
Unut bo 'lsa o 'z yo 'lligim, o 'z bekligim.
Bandda qo'llangan parcha-parcha, bo'lak-bo'lak so'zlari sinonim takroriy so'zlardir. Ba'zan misraning turli o'rinlarida takroriy so'z qo'llanib, uslubiy vazifa bajarishi "Cho'l kechasi she' rida quyidagicha namoyon bo' lgan:
Shunday kun keladi, uqdim chiroqdan, Qaldiroqday dovruq, bong taralgusi, Tog'-tog' xirmonlarni lak-lak chanoqdan Faqat shu kemalar yig 'ib olg 'usi!
Ko'rinadiki, bir misrada ikki xil shakldagi takroriy so'z qo'llanib, bir-birining ma'nosini to'ldirib kelgan.
Takroriy so'zlarning qaytarilishi faqat misra yoki band doirasida emas, balki she'rning bir necha misralarida takrorlanib kelishi ham kuzatiladi. Band doirasidagi takrorlar bandda uch va undan ortiq misralarda takror kelishi ham mumkin. Bu Soz she'rida quyidagicha ifodalangan: Chal to'lg'ona-to'lg'ona Soz sehriga chulg 'ona. Tinglayin yona-yona, Tashnaday qona-qona.
Umuman olganda, Mirtemir she'riyatida mukarrar takrori maqsadli qo'llangan. Shoir she'riyatida takroriy so'zlarning qo'llanishi salmoqli bo'lib, bularning barchasi badiiylik uchun xizmat qilgan. Takroriy so'z sifatida asosan, ot, sifat, fe'l so'z turkumidagi so'zlardan ko'proq foydalanilgan.
Takrir arabcha takror so'zidan olingan bo'lib, u she'riy asarda so'zning turli shakldagi takroridan iborat.
Takrir takrorlash ma'nosini ifodalovchi lafziy san'at bo'lib, she'rda u yoki bu so'zni takror qo'llashni nazarda tutadi
Mirtemir o'z ijodida takrirdan mahorat bilan foydalangan. Jumladan, shoir oy yuzli she'rida oy va oydin so'zlari bilan bog'liq takror, ohangdoshlik, tajnisni mahorat bilan qo'llagan: Kecha oydin, ko 'z oydin! Men so 'radim so 'z oydin, Oy dedi: oy yuzliging Oydinroqdir, yuz oydin.
Bandda oydin so'zi besh marta qo'llanib, takrorni yuzaga keltirgan. Bu takrorlar faqat bir so'zning takrorlari bo'lmay, balki omonimlik holat ham yuzaga kelgan. So'z o'yini hosil qilingan. Bandning birinchi misrasi Kecha oydin, ko'z oydin! shaklida bo'lib, kecha oydin birikmasidagi oydin so'zi yorug' so'ziga sinonim bo'lib, ko'z oydin birikmasida oydin so'zi
ko'chma ma'noda aniq ko'rinib, bilinib turgan, ravshan ma'nosida qo'llangan va ma'no ta'sirchanligi ortgan.
Ikkinchi va to'rtinchi misra oxirida qo'llangan oydin so'zlari oy so'zining jo'nalish kelishigidagi shakli.
TADQIQOT NATIJALARI
Mirtemir she'riyatida takrir ko'p qo'llanib, ularda o'ziga xos shaklda namoyon bo'lgan va har birida qo'shimcha ma'no ottenkasini bajargan.
Mirtemirning ijodiy faoliyati she'rdan she'rga o'sib, mukammallashib borgan bu badiiy tasviriy vositalarining qo'llanishida ham ko'zga yaqqol tashlanadi.
Umuman olganda, mirtemir she'riyatida eng mohirona qo'llangan leksik badiiy tasviriy vositalardan biri takrirdir. Bu takror vositasi orqali she'rdagi ma'lum holatga, so'zga, umuman, til birligiga urg'u beriladi va she'r davomida aynan shu tushunchaning mohiyati yoritiladi. Shu asosida she'rda aytilmoqchi bo'lgan fikr konnotativ mazmun kasb etadi.
Epifora badiiy takror turlaridan biri. Epifora (gr. yepi so'ng, phoros olib boruvchi) so'zlaridan olingan bo'lib, misralar oxiridagi tovush, so'z yoki so'z birikmasi takroridan iborat.
Epifora she'riy misralar oxirida kelgan tovush, so'z, so'z birikmasining ohangdoshligi yoki takrori asosida uslubiy bo'yoqdorlik hosil qiluvchi takror usulidir. Epifora qat'iy tizimli takror bo'lib, misrada kelish o'rniga ko'ra anaforaga ziddir. Chunki anafora misra boshidagi so'z yoki so'z birikmasi takrori bo'lsa, epifora misra oxiridagi til birligi takrori.
Mirtemir she'riyatida epiforaning turli xil shakllarini uchratamiz. Ular turlicha uslubiy ma'no ifodalab, she'riy misralarning o'ziga xos jozibasini ta'minlagan. Shoirning Onaginam she'rida dastlab g'ashlik so'zi epifora shaklida takror qo'llanadi: Tovonimga chaqir tikanakday botguvchi g'ashlik, Bedavo sizloviqday sizlatguvchi g'ashlik. Jigarimni qiymalab ahyon-ahyon, Chuchvaraga chekkuvchi g'ashlik.
Yoki she'rning yana bir o'rnida epifora quyidagicha qo'llangan: Jon bergan onamni ko 'rishimga ko'zim yetsaydi, Tizzasiga bir nafas bosh qo 'yishimga ko'zim yetsaydi, Onalik mehriga obdon to 'yishimga ko'zim yetsaydi, Oq sutingni oqlay, deyishimga ko'zim yetsaydi. Menda g 'ashlik netardi?
Shoir ona oldidagi farzandlik burchini o'tay olmagan kishining afsus-nadomatlarini epifora takrorlarida obrazli ifodalab bergan.
Mana shunday takrorni O'ch she'rida ham uchratishimiz mumkin:
Fashist qolsa, tuproq harom.
Fashist tekkan suv harom.
Fashist ichsa, tovoq harom.
Nima bo 'lsa, shu harom!
Shoirning O'ch she'ri ham shunday she'rlaridan biri. SHe'rda shoir jangchilarimizga dalda berib, ularning fashistga bo'lgan nafratini oshirar ekan, bunda Sen fashistni o 'ldirmasang, Fashist seni o'ldirar misralarini qayta-qayta qo'llaydi.
She'r boshdan oxirigacha takror asosiga qurilgan. She'rda takrorning bir qancha turlari qo'llangan. Ayniqsa, anafora, epifora, misra va band takrorlari ko'proq qo'llangan bo'lib, har biriga uslubiy ma'no yuklangan. Shu bilan birga, biri ikkinchisining ma'nosini to'ldirib kelgan. MUHOKAMA
Yuqorida keltirilgan bandda ham anafora, ham epifora takrorlari mavjud. Bu esa yanada ta'sirchanlikni oshirishga xizmat qilgan. Har bir misra oxirida takror qo'llangan harom so'zi o'ziga xos uslubiy xususiyatga ega.
Bu so'zga O'zbek tilining izohli lug'atida quyidagicha ta'rif berilgan: Harom (arabcha foydalanish, iste'mol etish shar'an man etilgan narsa; muqaddas; noqonuniy) 1 din. Shariat hukmiga muvofiq yeyish, ichishga, foydalanishga yaramaydigan, halol emas. 2 Shariat bo'yicha, an'ana yoki tartib-qoidalarga ko'ra man etilgan ish, xatti-harakat; shu yo'l bilan topilgan narsa; hayotida shunday yo'l tutuvchi kimsa.
Shoir ifodalayotgan harom so'zi yanada kengroq ma'no ifodalagan. Ya'ni fashist yurgan tuproq, fashist ichgan suv, fashist tekkan tovoq barchasi harom, deya shoir o'zining dushmanga bo'lgan cheksiz nafratini ifodalaydi. Bu esa takrorning uslubiy vazifasini yanada oshiradi.
Badiiy asarda, barcha uslubiy vositalarda bo'lgani kabi takrorning zimmasiga ham til birliklariga emotsional bo'yoq, alohida ohang, joziba berish vazifasi yuklanadi. Agar imkoniyat bo'lsa, shu vazifalarni amalga oshirish bilan bir qatorda muallifning yoki asar qahramonining voqelikka subyektiv munosabatini ham bera olishi kerak.
Shuningdek, she'rning yana bir o'rnida epiforaning shakliy va ma'noviy takrori uyg'unligini ko'rishimiz mumkin: Jarda ko 'rsang jarda o 'ldir, Qirda ko 'rsang qirda ot! Qo 'rqit o 'ldir, alda o 'ldir, To 'g 'ri kelgan yerda ot! Kunduz o 'ldir, tunda o 'ldir, Sahar, oqshom demay ot! Qayda ko 'rsang shunda o 'ldir, Asta navbat bermay ot!
Ushbu bandda o'ldir va ot so'zlari misralar oxirida takror qo'llanib, shakliy-ma'noviy epifora takrorini hosil qilgan. Banddan anglashilgan asosiy ma'no ham shu so'zlarga qaratilgan. SHe'rning quyidagi bandiga e'tibor qilaylik: Yo 'lda ko 'rsang yo 'lda yanchgin, Cho 'lda ko 'rsang cho 'lda chop! Daryolarda, ko 'lda sanchgin, O 'ngyondan ur, so 'ldan chop!
Ushbu bandning birinchi va uchinchi misralari so'ngida qo'llangan yanchgin, sanchgin so'zlaridagi tovushdoshlik hamda ikkinchi va to'rtinchi misralar so'ngidagi omonim so'zlar esa ikkinchi misrada chop so'zi dushmanni chop, o'ldir ma'nosiga ishora bo'lsa, to'rtinchi misrada chopmoq fe'lining ikkinchi shaxs buyruq maylida kelishi so'z o'yini vositasida tovush ohangdoshligini yuzaga keltirgan. Bular vositasida dushmanga bo'lgan nafrat yanada ta'sirchanroq ifodalangan. Bu ta'sirchanlik she'rdagi takror misralarda o'z ifodasini topgan.
Ko'rinib turibdiki, shoir she'rlarida takror birliklarning qo'llanishi, ma'no anglatishi o' ziga xos shaklda yuzaga chiqqan.
Mirtemir she'riyatida epifora takrori turli xil shakllarda namoyon bo'lgan, ya'ni, asosan, band doirasida takror hosil qilib, band (to'rtlik)ning barcha misralarida, dastlabki uch misrasida, birinchi va uchinchi misralarida, ikkinchi va to'rtinchi misralarida, ikkinchi va uchinchi misralarida epifora takrorini hosil qilgan.
Mirtemir epifora takroriga ko'plab murojaat qilgan. Epiforada, asosan, so'z takrorlanadi, shuningdek, so'z birikmasi shaklida takror kelishi ham kuzatiladi.
Mirtemir she'riyatida epiforaning so'z va so'z birikmasi yordamida hosil qilingan shakllari faoldir. Shoir so'zlarni epifora vazifasida qo'llar ekan, ko'proq ot va fe'l so'z turkumlaridan foydalangan. Senga, Respublikam!.. she'rida buni yaqqol ko'rishimiz mumkin: Qo 'llari qadoq xalqim, Ko 'zlari chaqnoq xalqim, Yo 'llari porloq xalqim, Paxtakor Respublikam!
Mirtemir she'riyatida olmosh va sifat so'z turkumlari ham epifora shaklida takrorlangan. Shoir epifora sifatida kishilik olmoshlaridan oqilona foydalangan. Buni "Sevgi she'rida shunday tasvirlaydi:
Har nimadan azizroq, qadrdonim siz, Shu kunim, kelajagim, jonajonim siz, Ko 'zlarda qorachig 'day saqlaganim siz, Ey vatan, respublikam, suluvyor, sevgi...
Shoir ijodida epifora sifatida kelgan so'z birikmalarini ikki xil shaklda uchratish mumkin. Bular sodda so'z birikmalari va murakkab so'z birikmalari shaklida kelgan. Sodda so'z birikmasi takrorida ot-fe'l, fe'l-ot, sifat-ot, fe'l-fe'l, fe'l-olmosh shakllari ko'proq uchrasa; murakkab so'z birikmasida, asosan, ot-fe'l, fe'l-olmosh-ot, olmosh-ot shakllaridagi takrorlarni ko'proq uchratamiz.
XULOSA
Umuman olganda, Mirtemir she'riyatida takrorning epifora turi ko'plab qo'llangan bo'lib, har birida ma'lum uslubiy vazifa bajargan. Misralar oxiridagi ohangdoshlikni ta'minlagan.
Leksik takrorlar so'z shaklida namoyon bo'lar ekan, nazmiy tilda so'zlarning tashqi ko'rinishi ham ichki ma'no singari muhim ahamiyatga ega. SHe'rdagi misralarning mantiqan o'zaro singdirilishi, ayrim so'z fikrlarning ajratib berilishi orqali alohida ta'sirchanlikka erishiladi. Mirtemir she'riyatida so'z takrorlari o'ziga xos stilistik ma'no anglatishga xizmat qilgan. Zero, har bir takroriy qo'llangan so'zning yakka holda qo'llanganiga nisbatan ma'no ko'lami kengroq bo'lib, qo'shimcha uslubiy ma'no ottenkalariga ham ega bo'ladi.
Leksik takrorlar Mirtemir she'riyatida takrorning turli ko'rinishlari shaklida qo'llangan. Shoir anafora, mukarrar, takrir, epifora kabi takror turlari vositasida leksik takrorlarni mahorat bilan qo'llagan. Ayniqsa, anafora takrori eng ko'p qo'llangan bo'lib, har birida o'ziga xos stilistik bo'yoqdorlikka ega.
Bu kabi holatlardan ko'rinib turibdiki, Mirtemirning ko'pchilik she'rlarida, ayniqsa, anafora takrori qo'llangan she'rlarida mantiqiy urg'u misralarning boshiga tushadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. Abdurahmonov X. Maqol va matallarda takror komponentlarning qo'llanishi // O'zbek tili va adabiyoti. Toshkent, 1974. 3-son. B. 60-63.
2. Abdurahmonov G'. Yozma nutq uslublarini yaratuvchi vositalar // O'zbek tili va adabiyoti. Toshkent, 1994. 3-son. B. 29-32.
3. Adabiyot nazariyasi. Abadiy asar. Birinchi jild. T.: Fan, 1978. B. 416.
4. Azizov Q. Mirtemir. T.: Badiiy adabiyot, 1969. B. 110.
5. A'lamova M. Takror va uning ayrim xususiyatlari // O'zbek filologiyasining aktual masalalari. T., 1977. B. 169-173.
6. Boboyeva S. Hamid Olimjon poeziyasining leksik xususiyatlari. T.: Fan, 1989.
B. 54.
7.
9.
Doniyorov X., Yo'ldoshev B. Adabiy til va badiiy stil. T.: Fan, 1988. B. 208. Doniyorov X., Mirzayev S. So'z san'ati. T.: Fan, 1962. B. 316. Yo'ldoshev B. Badiiy nutq stilistikasi. Samarqand: SamDU, 1982. B. 82.
10. Yo'ldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari. T.: Fan, 2007. B.123.
11. Yo'ldoshev M., Yadgarov Q. Badiiy matnning lisoniy tahlili. T.: TDPU, 2007. B. 111.