Научная статья на тему 'HALIMA AHMEDOVA SHE’RIYATIDA TAKROR SAN’ATINING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI'

HALIMA AHMEDOVA SHE’RIYATIDA TAKROR SAN’ATINING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
568
76
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
takror / anafora / assonans / konsonans / rifma / tavtologiya / epifora / obrazlilik. / repetition / anaphora / assonance / consonance / rhyme / tautology / epiphora / figurativeness.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Iroda Bekmuradova

Mazkur maqolada Halima Ahmedova she’riyatida qo‘llangan takrorning xususiyatlari o‘rganilgan. Ular orqali yuzaga chiqayotgan ma’nolar, takrorlarning qo‘llanish o‘rniga ko‘ra turlari tahlil etilgan. Takrorga stilistik vosita sifatida qaralib, og‘zaki va yozma nutqning tashkil etuvchilari bo‘lgan til birliklariga emotsional bo‘yoq va she’riy ohang berish vazifasini bajarishi ta’kidlangan. Bu fikrlar shoira Halima Ahmedovaning she’rlarida qo‘llangan takrorning anafora va epifora turlari misolida dalillangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LINGUOPOETIC PROPERTIES OF THE ART OF REPRODUCTION IN THE POETRY OF HALIMA AHMEDOVA

This article explores the features of repetition used in Halima Ahmedova's poetry. The meanings that emerge from them, the types of repetitions according to their place of use, are analyzed. Repetition is seen as a stylistic tool that serves to give emotional color and poetic tone to the language units that make up oral and written speech. These ideas are proved by the example of anaphora and epiphora types of repetition used in the poems of the poet Halima Ahmedova.

Текст научной работы на тему «HALIMA AHMEDOVA SHE’RIYATIDA TAKROR SAN’ATINING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI»

HALIMA AHMEDOVA SHE'RIYATIDA TAKROR SAN'ATINING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI

Iroda Bekmuradova

Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Halima Ahmedova she'riyatida qo'llangan takrorning xususiyatlari o'rganilgan. Ular orqali yuzaga chiqayotgan ma'nolar, takrorlarning qo'llanish o'rniga ko'ra turlari tahlil etilgan. Takrorga stilistik vosita sifatida qaralib, og'zaki va yozma nutqning tashkil etuvchilari bo'lgan til birliklariga emotsional bo'yoq va she'riy ohang berish vazifasini bajarishi ta'kidlangan. Bu fikrlar shoira Halima Ahmedovaning she'rlarida qo'llangan takrorning anafora va epifora turlari misolida dalillangan.

Kalit so'zlar: takror, anafora, assonans, konsonans, rifma, tavtologiya, epifora, obrazlilik.

LINGUOPOETIC PROPERTIES OF THE ART OF REPRODUCTION IN THE

POETRY OF HALIMA AHMEDOVA

ABSTRACT

This article explores the features of repetition used in Halima Ahmedova's poetry. The meanings that emerge from them, the types of repetitions according to their place of use, are analyzed. Repetition is seen as a stylistic tool that serves to give emotional color and poetic tone to the language units that make up oral and written speech. These ideas are proved by the example of anaphora and epiphora types of repetition used in the poems of the poet Halima Ahmedova.

Keywords: repetition, anaphora, assonance, consonance, rhyme, tautology, epiphora, figurativeness.

Tilimizda mavjud har bir uslubda qo'llanayotgan so'z anglatgan ma'noni tinglovchi yoxud o'quvchi ko'z o'ngida yanada ravshanlashtirish asosiy o'rin tutadi. Bunda anglashilayotgan ma'noni ta'kidlab, alohida ajratib, zarur o'rinlarda qayta qo'llab bu natijaga erishish mumkin. Ana shu jihatga ko'ra takror badiiy uslubda eng faol qo'llaniladigan stilistik usullardan biridir. "Badiiy uslubda takrorning vazifasi faqatgina ma'lum narsa-hodisani yoki holatni ajratib, ta'kidlab ko'rsatish bilangina chegaralanmaydi. Badiiy asarda barcha uslubiy vositalarda bo'lgani kabi, takrorning zimmasiga ham til birliklariga emotsional bo'yoq, alohida ohang, joziba berish vazifasi yuklanadi. Agar imkoniyat bo'lsa, shu vazifalarni amalga oshirish bilan bir qatorda

muallifning yoki asar qahramonining voqelikka subyektiv munosabatini ham bera olishi

kerak." [3, 55-56] Til birliklarining, xususan so'z, ba'zan so'z birikmasining qaysi

o'rinda takrorlanib kelishiga ko'ra takrorning bir qancha turlari mavjud bo'lib, umumiy

holda ular o'ttizga yaqinni tashkil qiladi. Ilmiy adabiyotlarda takrorning alliteratsiya,

anafora, epifora, rifma (qofiya), assonans, konsonans, tavtologiya kabi turli xil

ko'rinishlari farqlanadi. Shunga ko'ra, she'r yoki bandning boshida kelgan so'z, so'z

birikmasi yoki gap har bir misra yoki band boshida takrorlanib kelishi anaforani tashkil

qiladi. O'rinli takrorlari, beqiyos jozibador ohangli misralari bilan adabiyot olamida

alohida o'rin tutgan shoira Halima Ahmedova she'rlarida ham takrorning ushbu turi -

anaforadan ko'p bor foydalangan. Shubhasiz, bu orqali she'r jozibador ohang va bo'yoq

bilan ta'minlangan. Shoira qo'llagan anaforalar soddaligi bilan she'rxonning ko'z

o'ngida jonlanayotgan manzarani yanada ravshan va aniq ko'rinishda namoyon etadi:

Bunda o'zin yoqqan qirq olti bahor

Bu esa yodgordir qaysi g'animdan

Ko'zimga tik qarab o'sayotgan xor

Bunda sukunat bor...

Bunda bor umid.

Hali jon berolmay qiynalayotgan

Bunda bor kuzakdan ortgan maysalar

Nenidir aytolmay qiynalayotgan.

Bunda nur va zulmat bahsi qizigan

Kun bermay yashaydi hech bir-biriga. [1, 102]

Shoiraning ushbu misralaridagi bunda so'zining takrorlanishi uslubiy jihatdan anaforani tashkil etgan, badiiy jihatdan esa she'rdagi fikrning ifodasini ta'kidlab ko'rsatish bilan bir qatorda ohangdorlikni ham ta'minlagan. Poklaning...

Bolalikning shaffof qalbida qolgan Nafis kapalakning qanoti bilan Tog'lar sog'inchini bo'zlab yig'lagan Qafasdagi kaklik bayoti bilan.

Poklaning -

Haqorat zanjirin uzolgan so'zning G'ururday otashin haroratida Ochlikni yupatgan gado ko'zida Porlab turgan nurning saodatida

Poklaning -

Poklanish mumkin bemalol

Soyga o'ynab tushgan oyning aksidan.

Harir pardasini shamol o'ynagan

Qaro tunnning yorug' derazasidan Poklaning... [1, 98]

Yuqoridagi misolllardan ko'rinadiki, anafora nafaqat fikr ta'kidini kuchaytiruvchi stilistik vosita, balki she'rning kompozitsion asosini belgilovchi omil sifatida ham qo'llaniladi. Masalan, shoiraning "Poklaning" nomli mazkur she'rida ifodalanmoqchi bo'lgan fikr, muallifning xitobi har bir band birinchi misrasida takrorlangan poklaning so'zida aks etadi, va birgina shu so'zning o'zi orqali muallif nima demoqchiligi oydinlashadi. Navbatdagi satrlar esa bevosita birinchi misrani to'ldirib, izohlab boradi. Va shubhasiz so'z takrori jarayonida o'ziga xos ohang, ritm hosil bo'ladi. Badiiy uslubga xos takrorlarning yana bir turi epifora bo'lib, epifora so'zlar oxirida unli yoki undosh tovushlarning, misralar, gaplar oxirida esa ma'lum bir so'z, so'z birikmasi yoxud jumlaning takrorlanib kelishi orqali yuzaga keladi. Tom ma'noda oladigam bo'lsak, epifora anaforaga teskari takror hodisasidir." Anafora og'zaki va yozma nutqda, epifora esa asosan, yozma nutqda qo'llaniladi." [4, 64] Shu jihatga ko'ra, epifora she'riyatda ko'p murojaat qilinadigan takror hisoblanadi. Bo'lsa agar bir kun armonim oxir Dilimni aytmasa zabonim oxir Ketsa tashlab joni mehmonim oxir Sarvigul bargiga ko'mingiz meni. [2, 8] Ushbu to'rtlikda epifora har bir satr yakunida takrorlangan oxir so'zining qo'llanilishi orqali yuzaga kelgan.

Tunning yuragini kemirgan sog 'inch, Kunning nurlarini simirgan sog'inch, Umrim halovatin yemirgan sog 'inch, Sening mushtoqliging menga ayondir. Mening tuproqligim senga ayonmi? Hanuz izmingdaman ixtiyorim yo 'q, Qismat raftoridan kuygan zorim yo 'q, Bilaman sendayin intizorim yo 'q. Sening mushtoqliging menga ayondir Mening tuproqligim senga ayonmi? Qorachiqda mudom yonayotgan sen, Dilimning qoniga qonayotgan sen, Sevib turib mandan tonayotgan sen. Sening mushtoqliging menga ayondir Mening tuproqligim senga ayonmi? [1, 11] Mazkur misolda misralar oxirida sog'inch, yo 'q va sen so'zlari takror qo'llangan holda epifora yuzaga kelgan. Bu orqali ohangdorlik, fikr ta'sirchanligi va ta'kidga erishilgan. Bir qarashda band oxirida takrorlangan so'z radifni eslatadi. Ko'p hollarda bu ikki

tushunchani bir-biridan ajratish mushkul. Chunki radif ham she'r misralari oxirida takrorlanuvchi so'z yoki so'zlar birikmasidan iborat bo'ladi. Ammo takror qo'llangan so'z radif bo'lishi uchun o'zidan oldingi so'z albatta qofiyalangan bo'lishi va she'rning boshidan oxirigacha bitta radif takrorlanishi kerak. Epiforada esa bunday talab yo'q. U o'zidan oldin keluvchi so'zning qofiyalanishini talab qilmaydi. Ya'ni u o'zaro ohangdosh bo'lmagan so'zlardan keyin ham qo'llanilishi va bir band davomida ham kuzatilishi mumkin.

Jonimga baloni ichirgan senmu?! Ko'nglimni toshlarga ko'chirgan senmu?! Manglaydan baxt so'zin o'chirgan senmu?! Yolg'onning suvidan rangu-bo'yog'i Yelkalarim ezgan hayot oyog'i. [1, 40] Tahlillar shuni ko'rsatadiki, Halima Ahmedova she'riyatida takrorning turli shakllari o'rinli, muayyan maqsad ko'zlangan holda mahorat bilan qo'llangan. Bu esa yuqorida ta'kidlaganimizdek, ohangdorlik, jozibadorlik, musiqiy jilo beruvchi vosita sifatida she'rga o'zgacha jilva baxsh etgan. Xulosa qilib aytganda, takrorlar badiiy asarda qo'llanilganda muayyan obraz hosil qilmasa-da, ularning yaratilishiga, ifodaning go'zallashishiga, fikrning jarangdor va ta'sirchan bayon etilishiga xizmat qiladigan vositalardir.

REFERENCES

1. Ahmedova H. Umid soyasi - T.: Nihol, 2008

2. Ahmedova H. Erk darichasi - T.: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1996

3. Karimov S. Badiiy uslub va tilning ifoda tasvir vositalari. - Samarqand: 1994

4. Sultonsaidova S., Sharipova O'. O'zbek tili stilistikasi. - T.: Yurist-media markazi nashriyoti, 2009

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.