Научная статья на тему 'SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARIDA MUROJAAT UNDALMALARINING LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI'

SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARIDA MUROJAAT UNDALMALARINING LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
581
92
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Undalma / murojaat birliklari / baho ottenkasi / konnotativ ma’no / lingvopragmatik tahlil / Motivation / units of reference / evaluation ottenka / connotative meaning / lingvopragmatic analysis

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ulugmuradova Noila Azamatovna

Maqolada matnda undalmaning ahmiyati, vazifasi ko’rsatib berilgan. Shukur Xolmirzayev hikoyalaridagi murojaat birliklari ya’ni undalmalar lingvopragmatik tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LINGUPROGRAMIC FEATURES OF APPEALS IN SHUKUR KHOLMIRZAYEV'S STORIES

The article describes the importance and role of the appeal units in the text. In Shukur Kholmirzaev's stories, the units of appeal, ie motivations, are analyzed linguistically and pragmatically.

Текст научной работы на тему «SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARIDA MUROJAAT UNDALMALARINING LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI»

Scientific Journal Impact Factor

SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARIDA MUROJAAT UNDALMALARINING LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI

Ulugmuradova Noila Azamatovna SamDU Filologiya fakulteti magistranti

Annotatsiya: Maqolada matnda undalmaning ahmiyati, vazifasi ko'rsatib berilgan. Shukur Xolmirzayev hikoyalaridagi murojaat birliklari ya 'ni undalmalar lingvopragmatik tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: Undalma, murojaat birliklari, baho ottenkasi, konnotativ ma'no, lingvopragmatik tahlil

LINGUOPRAGMATIC FEATURES OF APPEALS IN THE STORIES OF SHUKUR KHOLMIRZAEV

Ulugmuradova Noila Azamatovna Master of Philology, SamSU

Annotation: The article describes the importance and role of the appeal units in the text. In Shukur Kholmirzaev's stories, the units of appeal, ie motivations, are analyzed linguistically and pragmatically.

Keywords: Motivation, units of reference, evaluation ottenka, connotative meaning, lingvopragmatic analysis

Gapda ba'zan, gapning bo'lagi vazifasidagi so'zlardan tashqari, shunday so'z yoki so'z guruhi ham bo'ladiki, ular shu gapda mazmun jihatdan bog'lansa ham, grammatik jihatidan bog'lanmaydi. Bularga undalmalar kiradi. Undalma dialogik nutqda, monologik nutqda, muallif nutqida, murojaat, shior, buyruq, chaqiriq, e'lonlarda ishlatiladi.

Undalma o'zining leksik-grammatik tabiati bilan undashdan tashqari, bu vazifada kelgan shaxs, predmetlarni xarakterlaydi ham. Ularning ko'pchiligi ekspressiv xarakterda bo'lib, qo'llanishiga ko'ra turli xususiyatga egadir. Shunga ko'ra, badiiy adabiyotda undalmalarga murojaat birliklari deyiladi. Murojaat birliklari kundalik hayotimizda, nutq faoliyatida - nutq jarayonida keng qo'llaniladigan, o'zaro aloqa aralashuvga faol xizmat qiladigan, so'zlovchining tinglovchiga bo'lgan munosabatini ifodalaydigan, o'zida turli modal ma'nolarni tashiydigan o'tkir, ta'sirchan vositadir. Murojaat birliklaridan nutqda tinglovchi e'tiborini tortish, xitob qilish, undash kabi maqsadlarda foydalaniladi. Bunday birliklarda so'zlovchi va

KIRISH

MUHOKAMA VA NATIJALAR

tinglovchi o'rtasidagi yaqinlik, hurmat, ishonch; hurmatsizlik, ishonchsizlik kabi kommunikativ munosabatlar ham ifodalangan bo'ladi. Shunga ko'ra, doimiylik belgisiga ega bo'lgan murojaat birliklari nutqda appelyativ (xitob va murojaat orqali muloqotni boshlash), konnotativ (subyektiv munosabat - salbiy va ijobiy munosabatlarni ifodalash), emotiv (hissiy munosabat) funksiyalarni bajaradi.1 Undalmalarni baho xarakteristikasi ottenkasini ifodalashiga ko'ra, ikki katta guruhga ajratish mumkin:

1.Uslubiy neytral undalmalar. Bunday undalmalarda so'zlovchining baho xarakteristikasi neytral bo'ladi. Yuqoridagi kabi ularni appelyativ (xitob va murojaat orqali muloqotni boshlash) vazifa yetakchilik qiladi - Kelinglar, otinoyilar ! Yaxshiyam sakkizinchi mart bor ekan. Shu kundayam diydor ko'rishmasanglar, bilmadim. (Qushlar qishlovdan qaytdi)

Yoki

- Habibjon, kemaysanmi endi?.. Turnalar ke-etdi. Lekin bir narsa yog 'adi. (Qushlar qishlovdan qaytdi)

Xotinning eriga, erning xotiniga nisbatan

ishlatadigan dadasi, onasi leksemashakllari bilan ifodalanadi; bunday leksemashakl tarkibidagi III shaxs nisbatlovchisidan ko'rinib turibdiki, bular asli bolamning otasi, bolamning onasi birikmashakllari tarkibidagi qaratuvchining tushirilishi (ellipslanishi) natijasida yuzaga kelgan. O'zbek xalqida xotinning erini yoki erning xotinini to'ng'ich farzandining ismi bilan chaqirish urf sanalgan, bu orqali hurmat, uyat-andisha ifodalangan, bu kabi muomalani badiiy asarlarda ham kuzatish mumkin:

-Hamid?

Habibullo xotinining o'g'lining nomi bilan chaqirayotganini eshitib va uningyoniga kelganini bilib, qomatini ko 'tardi. (Qushlar qishlovdan qaytdi) .

2.Baho xarakteristikasi ifodalovchi undalmalar emotsional-ekspressiv bo'yoqqa ega bo'lib, faqat nutq adresatini ifodalamay, uni xarakterlaydi, unga munosabat bildiradi. Ularni konnotativ, ya'ni sub'ektiv munosabat - salbiy va ijobiy munosabatlarni ifodalash uchun qo'llaymiz.

Bu hol quyidagi faktorlar bilan bog'liq:

1)Undalma o'z leksik ma'nosiga ko'ra baho ifodalaydi. Bu ijobiy yoki salbiy bo'lishi mumkin: - Ha, esa mayli , og'ajon. Ehtiyot bo'lasiz-da. Tag'in chiqib-netib

1 Yo'ldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari. Toshkent , 2007.

bizning... (Bandi burgut) . Yoki E, qadrdon, haliyam shu gaplarga ishongim keladi. Siz ishonmang, mayli. (Bandi burgut)

2) Baho xarakteri, undalmaning obrazliligi unga qo'shilgan sub'ektiv munosabat ifodalovchi affikslarda yoki aniqlovchi olgan undalmalarda ko'rinadi: -Kimni so 'kdingiz, Zumradbonu? (Kuzda bahor havosi). - Xolajon, yirtqich qushlar o 'zlarining atrofidagi tovuq jo jalariga teginmaydi, - dedi Yo'ldosh. (Bandi burgut)

Aniqlovchi olgan undalmalarda: - Hurmatli o 'rtoqlar! - deb palag 'da, xuddi keksalargaxos vazmin-shang'i ovozda boshladi. (Qushlar qishlovdan qaytdi).

Ko'rinadiki, undalmalar tinglovchini biror narsaga undash bilan birga, so'zlovchining subyektiv munosabatini ham ifodalaydi, yani "...murojaat birliklari... konnotativ ma'noga egadir"2, bunga ekspressivlikni sintaktik yo'l bilan ifodalash deb ham qaraladi3.

3) Baho ifodalashda intonatsiyaning ham roli kattadir. Undalmaning turli intonatsiya bilan aytilishi uning turli ma'no ottenkalari ifoda qilishini ta'minlaydi. Bu, ayniqsa, undalma undov so'zlar bilan kelganda yaqqol seziladi: E, qadrdon, haliyam shu gaplarga ishongim keladi. Siz ishonmang, mayli. (Bandi burgut) Rahmat, xola,-dedi u. ko 'zi qanotlarini yozganicha bizga tikilib yotgan burgut-da. - U nima? Nima qilasiz uni? Qayerdan ushladingiz? (Bandi burgut)

Ba'zan undov so'zlarning o'zi undalma vazifasida keladi. Bu vaqtda so'zlovchi nutqi qaratilgan shaxs kontekst yoki situatsiyadan bilinib turadi va asosan personaj nutqida qo'llanadi: Hoy, menga to'g'risini ayt, ayollarning lozim kiyishiga ruxsat berilganmi? (Qushlar qishlovdan qaytdi) yoki Hoy, esingizni yig 'ib, a, o 'tiring (Qushlar qishlovdan qaytdi).

4)Undalmaning baho xarakteristikasini ifoda qilishida egalik hamda -jon, -xon, -cha, -choq affikslaridan foydalaniladi: - Xolajon, yirtqich qushlar o'zlarining atrofidagi tovuq jo'jalariga teginmaydi, - dedi Yo'ldosh. (Bandi burgut); Ha, esa mayli, og'ajon. Ehtiyot bo'lasiz-da. Tag'in chiqib-netib bizning... (Bandi burgut). -He, enaboyim-e... Bu bayramda, menimcha, paranji nomi tilga olinishi kerak edi-da. (Qushlar qishlovdan qaytdi)

-cha affiksli so'zda salbiy ma'no bo'rtib turadi: - Kir-e, yetimcha! Zaharingga ellik gramm otib ol! (O'zbek bobo)

So'zlashuv uslubida undalmaning III shaxs egalik affiksi bilan kelshi kuzatiladi: Voy, otasi, keldingizmi? kabi. Bu holat Sh.Xolmirzayev hikoyalarida kuzatilmadi.

2Ahmedova N. O'zbek tilida murojaat birliklarining semantik-konnotativ tadqiqi: Filol.fanlari nomzodi diss. ...avtoref. -T., 2008. -B.14.

3 Abdullayev A. O'zbek tilida ekspressivlik ifodalashning sintaktik usuli.-T.: Fan, 1987. -B.15.

461

Scientific Journal Impact Factor

5)So'zlashuv uslubida buyruq maylining II shaxs birlik formasining undalma vazifasida kelish hollari uchraydi: -Hu, enag'arlar, - deb shodlanib kuldi Habibullo.

6)Undalmalarning takrorlanib kelishi ham baho xarakteristikasi ottenkasini kuchaytiradi. Bu badiiy uslub uchun xarakterlidir. Takroriy so'z holida keladi: Domla-domla, qizishmang, - Sulton u kishiga mute' ekanini anglatish uchun yelkasini qiyshaytirdi. (Navro'z, Navro'z..).

7)Undalmalar gradatsiya (kuchaytirish) uchun xizmat qiladi. Bunda undalmalar ma'no jihatidan yaqin, ko'chma yoki sinonim so'z bo'ladi: Senga ko'nglimni ochyapman-da, bolam. Jigarim. (Qushlar qishlovdan qaytdi) - Rahmat, chirog'im, rahmat, - dedi Aleksandra qat 'iyat bilan (Tanholik).

Ma'lum shaxsga qaratilgan undalmalar ba'zan so'zlashuv uslubida jon so'zi bilan keladi. Bu vaqtda undalma iltijo ottenkasiga ega bo'ladi: -Menga qara, baraka topkur. Meni- tinch qo 'ying. Jon uka, tinch qo 'ying(Tanholik)

kabi. Sh.Xolmirzayev asarlarida bu kabi tuzilish kuzatilmadi.

Undalma badiiy adabiyotda personajlar nutqini xarakterlash uchun ham xizmat qiladi. Masalan, maishiy mavzuda yozilgan asarlarda dialektal so'z bo'lgan undalmalarga murojaat qilinadi: - Yo'q, bu kattarib qolgan, ulim. Bu erkinlikning havosini olgan. (Bandi burgut)

8)Undalmalarning gapdagi o'rni (gap boshida, o'rtasida, oxirida) ham bahoni kuchaytirishda muhimdir. Odatda, baho undalmalari gap oxirida kelib, gapdan pauza bilan ajratiladi: - O 'ylamang, Roziq bobo, - deya chapdagi tor ko 'chaga yo 'l olgan Polvon boboga ergashdi Qismatillo. - Ollohning karami keng emish. (O 'zbek bobo)

Badiiy asarlarda qo'llangan undalmalarni semantik va stilistik funktsiyasiga ko'ra uch guruhga bo'lish mumkin.

a) shaxs;

b) shaxs bo'lmagan jonli predmet;

v) jonsiz predmet.

Shaxsni ifodalagan undalmalarni ham o'z navbatida ikkiga bo'lish mumkin: birinchi: tinglovchiga qaratilgan undalma; ikkinchi: so'zlovchining o'ziga qaratilgan undalma. Tinglovchiga qaratilgan undalma kishining nomi, familiyasi, taxallusi, qarindoshligi, yoshi, kasbi, unvoni va boshqa xususiyatlarini ko'rsatish mumkin.

Minnatdorchilik mazmuni: - Rahmat, xola, - dedi u. ko 'zi qanotlarini yozganicha bizga tikilib yotgan burgut-da. - U nima? Nima qilasiz uni? Qayerdan ushladingiz? (Bandi burgut);

Scientific Journal Impact Factor

o

Salbiy ma'noda: Balo bormi u yerda?.. To'raqul, bularga qo'shilma! (Bandi burgut); murojaat ma'nosida: -Mayli. - keyin ijirg'anib ayvon to'siniga bordi. -Gulnazar! -deb chaqirdi (Bandi burgut) kabi.

Shukur Xolmirzayevning "O'zbek xarakteri" hikoyasiga e'tibor qaratsak, yozuvchi kitobxonga "qadrdon", "mehribonim", "do 'stim ", "azizim " deb murojaat qiladi: Toshkentda bu so 'zlarni eshitmaysiz-da, mehribonim.

"Qadrdon, bizdayam bir momo bo 'Igich edi."

E, do'stim, menga mana shunday kun zarda berib chiqayotganda namxush so 'qmoqlardan yurish ham yoqadi-da!

E, azizim, menga - bir faqir studentga shunday tuyulgan-da!

Bundan tashqari hikoyada bolaning onasiga nisbatan "opa" deya murojaat qilishi qishloq aholisi nutqiga xos jihat:

Men ham hozir paxta teraman. Opamga terishaman.

Bu ham o'zbek millatiga xos bo'lgan jihatning ko'rsatib berilishi. Bunga yana bir misol keltirsak, hikoya qahramonining qo'shni ayolga "opa", qo'shni ayolning esa, hikoya qahramoniga "uka", "og'ajon" deya yaqinlik ma'nosida murojaat qilishi ham o'zbeklarga xos jihat. Ushbu birliklar orqali o'zbeklarning garchi u bir birini ko'rmgan bo'lsa ham yuz yillardan buyon tanishdek o'tirib suhbatlashishi, ko'nglida suhbatdoshiga nisbatan ko'ngli xiraligi yo'qligi, samimiyati ko'rsatilgan.

Yoki, ayolning eri haqida gapirganda "xo'jayin ", "u kishi" so'zlarini ishlatishi ham bunga misol bo'ladi.

-Keling uka, -dedi u.

-Xo jayin molga ketgan.

- Ha, endi chidaymiz-da, og'ajon.

Xulosa qilib aytganda, undalmada so'zlovchining tinglovchiga qo'shimcha munosabati mavjud bo'ladi, shuningdek, undash bilan bir o'rinda, ekspressivlik ham ifodalanadi. Undalmalar o'zida turli modal ma'nolarni tashiydigan o'tkir, ta'sirchan vositadir. Bunday birliklarda so'zlovchi va tinglovchi o'rtasidagi yaqinlik, hurmat, ishonch; hurmatsizlik, ishonchsizlik kabi kommunikativ munosabatlar ham ifodalangan bo'ladi.

1. Abdullayev A. O'zbek tilida ekspressivlik ifodalashning sintaktik usuli.-T.: Fan, 1987.

2. Ahmedova N. O'zbek tilida murojaat birliklarining semantik-konnotativ tadqiqi: Filol.fanlari nomzodi diss. ...avtoref. -T., 2008.

XULOSA

REFERENCES

3. Yo'ldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari. Toshkent , 2007.

4. XonMHp3aeB ffl. CafinaHMa. 1-^Hng. - TomKeHT, «fflapK», 2003.

5. XonMHp3aeB ffl. CafinaHMa. 2-^Hng. - TomKeHT, «fflapK», 2005.

6. XonMHp3aeB ffl. CafinaHMa. 3-^Hng. - TomKeHT, «fflapK», 2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.