INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
VOLUME 1, ISSUE 4, 2023
OKSYUMORON HAQIDA MULOHAZA
Sadinova Nigina Safarovna
SamDCHTI O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi E-mail: [email protected]
Annotatsiya: Maqolada oksyumoronning kontrast hosil qiluvchi birliklar orasida tutgan o'rni, antitezadan farqli xususiyatlari yoritilgan. Oksyumoronlarning badiiy matnlarda tasvirlanayotgan kishilar faoliyati, xarakteridagi qusurlar, xulq-atvori to'g'risida aniq ma'lumot berishi va badiiy, obrazli, estetik ta 'sirchan vosita sifatida qo'llanishi misollar asosida ko'rsatilgan. Ular alohida olingan ijodkorlarning individual uslubi, ularning voqelik faktlarini qay darajada idrok etishi va badiiy matnlarda qo'llay olish mahoratini ko'rsatib turishi haqida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: oksyumoron, kontrast, semantik, stilistika, leksik, sintaksis, antonim, antiteza.
Аннотация: В статье выделено место оксюморона среди единиц, формирующих контрастность, его отличия от антитезы. На примерах показано, что оксюмороны дают достоверную информацию о деятельности, недостатках характера, поведении людей, изображенных в художественных текстах, и используются как художественно-образное и эстетически-выразительное средство. Обсуждается индивидуальный стиль отдельных художников, их способность воспринимать факты действительности и их умение использовать их в художественных текстах.
Ключевые слова: оксюморон, контраст, семантика, стилистика, лексика, синтаксис, антоним, антитеза.
Annotation: The article highlights the place of oxymoron among contrast-forming units, its differences from antithesis. The examples show that oxymorons provide reliable information about the activities, character flaws, behavior of people depicted in literary texts, and are used as an artistic-figurative and aesthetic-expressive means. The individual style of individual artists, their ability to perceive the facts of reality and their ability to use them in artistic texts are discussed.
Key words: oxymoron, contrast, semantics, stylistics, vocabulary, syntax, antonym, antithesis.
Ijtimoiy fan sohalarida tadqiqotchilarni birday qiziqtirib kelayotgan muammolardan biri kontrast hodisasidir. Mohiyatida narsa va predmetlarga xos bo'lgan harakat, holat va belgilarni o'zaro qarama-qarshi qo'yish orqali ularning o'ziga xos xususiyatlarini belgilash aks etgan ziddiyat hodisasi keng qamrovli tushuncha sifatida inson faoliyati bilan bog'liq barcha san'at turlari va fanlarga aloqadordir. "Kontrast hissiy (timsollar, tasvirlar, obrazlar) va aqliy, mavhumiy (so'z, tuhuncha, qonuniyat tariqasida) tarzda namoyon bo'ladi hamda jismlar,
https://doi.org/10.5281/zenodo.7526455
JOl 1RNA L-RESEA RCHS. COM
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
VOLUME 1, ISSUE 4, 2023
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
hodisalar o'rtasidagi farqlanuvchi alomatlarni mujassamlashtiradi. Bu hol inson idrokida timsolning qarama-qarshisi paydo bo'lishiga olib keladi. Agarda inson "shirin"ni idrok qilsa, unga kontrast bo'lgan "achchiq" beixtiyor yodga tushadi. Odam "tinchlik" tushunchasini o'z nutqida qo'llasa, ixtiyorsiz tarzda "urush" atamasi gavdalanadi. Xarakterning fazilatlari yuzasidan mulohaza yuritilsa, albatta, illatlari ham idrok qilinadi. Kontrast insonning salohiyati, aql-zakovati, turmush tajribasi, umumiy saviyasi, tabiat va jamiyatga nisbatan munosabatiga bog'liq qonuniyat sifatida ijtimoiy hayotda vujudga kelaveradi hamda hukm suraveradi. [1,584] Tilshunoslikka doir lug'atlarda uning semantik, stilistik va ritmik-sintaktik kontrast kabi turlari mavjudligi qayd etiladi. Unga ko'ra semantik kontrast deyilganda, ziddiyat hosil qiluvchi tushunchalarning oppozitsiyada ekanligi odatda birga qo'shila olmaydigan tarzda idrok etilishiga asoslaniladi. Bu hodisaning tilning leksik sathida lug'aviy birliklar vositasida aks etishi oksyumoron deb tushuniladi. Stilistik kontrast esa til birliklarining turli uslubiy maqsadlarda qo'llanilishi tufayli sodir bo'ladi. Unga ko'ra kontrastning uslubiy vazifasi nutqda obrazli, metaforik ifodalarni hosil qilish usuli sifatida xizmat qilishida ko'rinadi. [2, 438] Ritmik-sintaktik kontrastning hosil bo'lishi bevosita matn bilan bog'liq bo'lib, unda ritm va sintaksis o'rtasidagi kuchli to'qnashuv nazarda tutiladi. Kontrastning bu turini hosil bo'lishida qatnashuvchi zidlik ifodalovchi juft komponentlar o'ziga xos struktursemantik belgi sifatida kontrastda struktur simmetriklikni ta'minlaydi. [3,15]
Bugungi kunda tilshunoslik ilmida ziddiyat hodisasiga nisbatan "kontrast", "antonimiya", "antiteza", "antonim" singari atamalar keng qo'llanilayotgan bo'lsa-da, ularda harakat, holat va belgilar o'rtasidagi farqni ko'rsatish mumkin. Tilshunoslik nuqtai nazaridan mazkur hodisaning turli lingvistik sathlarga oid birliklar vositasida namoyon bo'lishi tadqiq etilsa, adabiyotda keng ma'noda kontrastga oid tushunchalarni umumlashtirgan hodisa sifatida tushiniladi. U "Adabiyotda inson harakterini, narsa va hodisalarning sifat va xususiyatlarini bir-biriga qarama-qarshi qo'yib tasvirlash usuli" sifatida talqin etilsa [4,165-226] uslubiyatda, ifodada so'zlarning uslubiy bo'yoqlari o'zaro mos kelmay qolishiga asoslangan, umumiy qonuniyatlarga ko'ra o'zaro bog'liq bo'lgan muhim birliklar sifatida qaraladi. [5,483]
Kontrast doirasida qaraluvchi oksyumoron yunoncha so'z bo'lib, zakiy, nodon degan ma'noni bildiradi. U leksik birliklarning ma'nosiga ko'ra zid birikishini ifodalaydi va natijada yangi ma'noli tushuncha hosil bo'ladi. Oksyumoronning asosiy vazifasi muallifning tasvirlanayotgan hodisaga bo'lgan shaxsiy munosabatini ifodalashdir. [6,123] Oksyumoron kontrast doirasida qaraluvchi boshqa hodisalardan farqli ravishda mazmunan zid bo'lgan komponentlarni biriktirgan holda yangi ma'no ifodalaydi. Ana shu xususiyatidan kelib chiqib u adabiyotshunoslikda "badiiy ko'chim turlaridan biri bo'lib, tarkibidagi qarama-qarshi ma'noli tushunchalar yangi bir kutilmagan ma'noni keltirib chiqaradi". Oksyumorondagi mana shu xususiyat kuchli obrazlilik kasb etadi. Masalan:
Uyg'on, ey malagim, tur o'rningdan tur, Otashin muzlarda isinaylik yur. Yong'inli daryoda quloch otaylik, Bu yerdan ketaylik, faqat ketaylik. (Rauf Parfi)
JOl 1RNA L-RESEA RCHS. COM
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
VOLUME 1, ISSUE 4, 2023
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Ko'pincha badiiy asar nomlari ham oksyumoron asosida qo'yiladi. Masalan: "Optimistik tragediya", "Tirilgan murda", "Barhayot o'liklar" kabi. [4,165-226] Oksyumoronda muallifning voqelik faktlariga , turli hodisalarga munosabati, ularni ma'lum pozitsiyada turib baholashi badiiy tarzda aks etadi. Tilshunoslik bo'yicha yaratilgan lug'atlarda ham uni izohlashda funksional uslubiy xususiyatlari e'tiborga olinadi: "Mantiqan biri ikkinchisini inkor etadigan, bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan ikki tushunchani (ma'nosi bir-biriga zid ikki so'zni) o'zaro qo'shishdan iborat uslubiy figura; badiiy adabiyotda obrazlilik, ifodalilik kabi maqsadlarda keng qo'llanadi" : Kezadir bulutlar boshim ustida. Havo dim. Baqirgan sukunat... (R.Parfi). Go'zalim, negadir ko'zingda nam bor? Bu kun ko'zlaringda nozik bir g'am bor. (M.Shayxzoda) [8,114].
Umuman, qarama-qarshi ma'nolarni ifodalash xususiyati oksyumoron va antitezani o'zaro kontrast maydonida birlashtirib tursa-da, ular orasida ma'lum farqlar mavjud. Antitezaning o'ziga xos jihati shundaki, unda muallif ifodalanayotgan narsa, voqea-hodisaning ma'lum tomoniga o'quvchi e'tiborini qaratish, ana shu xususiyatini ta'kidlashda uni boshqa narsa, voqea-hodisaning xuddi shunday jihati bilan taqqoslaydi. "Oksyumoronda esa ko'rganimizdek, ikki bir-biriga qarama-qarshi ma'noli so'z bir-biriga birlashtiriladi, biri ikkinchisiga nisbatan aniqlovchi sifatida qo'llanadi. Ammo unda ko'proq birikishdan kelib chiqqan ko'chma ma'noga ahamiyat beriladi". [8,114]
Ko'rinadiki, oksyumoronlar leksik-semantik xususiyatlariga ko'ra antonimlarga o'xshaydi. Ammo ular nutq ko'rinishlarida qo'llanish immoniyatlari, maqsadi hosil bo'lish usuli hamda vazifasiga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Ularning badiiy-estetik ta'sirchanlik vazifasi poetic matnlarda yaqqol namoyon bo'ladi. Atoqli shoir Usmon Azim ijodida qo'llanilgan "yumshoq nur", "do'zaxiy jannat", Azim Suyun ijodidagi "muz nuri" kabi noodatiy birikmalar individual oksyumoronlardir.
Oksyumoronlarning go'zal namunasini shoir Muhammad Yusufning "Qora quyosh" dostonida ko'rish mumkin:
Asarda o'tgan asrda sho'rolar tuzumi tarixida iz qoldirgan Stalinning ziddiyatli shaxs sifatida tutgan o'rni, uning xulq-atvoridagi qusurlarni tasvirlashda oksyumoronlar nuhim vosita
U - yorug' dunyoda Tengi yo'q inson, Qadrdon begona. Yovuz mehribon... O'sha mushtipardan so'rash lozim bu -Buyuk inson, Buyuk jallod haqida... Uning butun umri Jumboqdan iborat,
U ayni adolat, U ayni g'orat. U oqil buzg'unchi, u mohir me'mor -Inson suyagidan solgan imorat. Menga juda aziz Uning siymosi, Bir qarasam, Yo'qdek sira qiyosi. U bir bag'ri daryo, Bir bag'ritoshdir, U bir quyosh, Ammo -Qora quyoshdir!
JOl R\A L-RESE A RCHS. COM
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
VOLUME 1, ISSUE 4, 2023
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
sifatida ishtirok etgan. She'r oxirida muallifning falsafiy xulosalari "qora quyosh" oksyumoronida umumlashtirilgan.
Xullas, lisoniy olam manzarasini badiiy matnda aks ettirishda zidiiyat voqelikning muhim o'rinlariga kitobxon e'tiborini qaratish bilan badiiy-estetik ta'sirchanlikni ta'minlaydi. Tilshunoslik fanining hozirgi davrdagi taraqqiyoti matnlarni nutqning turli ko'rinishlariga xos xususiyatlarni o'zida aks ettirishini tadqiq etishga qiziqishning tobora ortib borayotganligi bilan xarakterlanadi. Ijtimoiy fan sohalarida matnga murakkab birlik, struktur-semantik hosila, uyushgan kommunikativ yaxlitlik, mantiqiy, grammatik va semantik aloqalardagi ma'noviy tugallanish sifatida qaralishi oksyumoronning o'ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish matn semantikasini o'rganishning dolzarb masalalardan biri ekanligini ko'rsatadi.
ADABIYOTLAR
1. Узбекистан миллий энциклопедияси. К хдрфи. Б.584. www.ziyouz.com
кутубхонаси.
2. Стилистический энциклопедический словарь русского языка/Под ред.
М.Н.Кожиной. М.:Флинта: Наука, 2003. С.483.
3. Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. - М., 1969. - С.15.
4. Хотамов Н., Саримсоков Б. Адабиётшунослик терминларининг русча-узбекча
изошли лугати. - Тошкент: Укитувчи, 1979. - 165-226 б.
5. Стилистический энциклопедический словарь русского языка/Под ред.
М.Н.Кожиной. М.:Флинта: Наука, 2003. С.483.
6. Кухаренко В.А. Интерпретация текста. - Л.: Просвещение, 1979. - 123 с.
7. Хржиев А. Тилуунослик терминларининг изох,ли лугати. Тошкент:
"Узбекистан миллий энциклопедияси". Давлат илмий нашриёти, 2002. Б.74
8. ^унгуров Р. Узбек тилининг тасвирий воситалари. Тошкент. "Фан", 1977.
Б.114.
9. Soxatmurotovna, E. O. (2022). Use of Blum's Taxonomy in Studying Oybek's Life
and Work. European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 4, 157-159.
10. Зайниддинов, М., & Холицулова, Г. Ё. (2022). ГАП ТА^ЛИЛИНИНГ УЗИГА ХОС ЖЩАТЛАРИ. Gospodarka i Innowacje., 25, 7-9.
JOURNAL-RESEARCHS.COM
134
JANUARY, 2023