XITOY VA O'ZBEK TILLARIDA FE'L FRAZEOLOGIZMLARINING ANTONOMIYA HODISASI
d https://doi.org/10.5281/zenodo.7460802
Shahzoda XASANOVA,
TDSHU o'qituvchisi, Toshkent, O'zbekiston.
Tel: +998978447818; E-mail: shaxzoda [email protected]
Annotatsiya. Tildagi tizimli munosabatlarning eng muhim ko 'rinishlaridan biri uning qarama-qarshiligidir. Tillar orasida o'ziga xoslikni tahlil qilish birligining o'zgaruvchanligi jarayonida, talafuzzida, mazmun doirasida xususiyatni ochib berish maqolamizning asosi hisoblanadi. Shuni ta 'kidlash joizki, fe'l frazeologizmlar va iboralarning o'ziga xoslik tushunchalarining birlashtiruvchi xususiyati lingvistik ob 'ektlarga lisoniy tuzilmaning yaxlitligi, hamda, shakl va mazmun birligi nuqtai nazaridan yondashiladi.
Kalit so'zlar: fe'l frazeologizmlari, МШ chengyu., Ш/Ш xiehouyu, ШШШ guanyong, frazeologik antonimlar.
Аннотация: Одним из важнейших проявлений систематических отношений в языке является его противопоставление. В основе нашей статьи лежит выявление особенности в процессе варьирования единицы анализа уникальности между языками, в произношении, в содержании. Стоит отметить, что объединяющим признаком понятий уникальности глагольной фразеологии и словосочетаний является подход к языковым объектам с точки зрения целостности языковой структуры, а также единства формы и содержания.
Ключевые слова: глагольная фразеология, МШ chengyu, ^k/inxiehduyu., Ш ШШ guanyong, фразеологические антонимы.
Abstract: One of the most important manifestations of systematic relations in the language is its opposition. The basis of our article is to reveal the feature in the process of variation of the unit of analysis of uniqueness among languages, in pronunciation, within the content. The unifying feature of the concepts of the uniqueness of verb phraseology and phrases is that we approached linguistic objects from the point of view of the integrity of the linguistic structure, as well as the unity of form and content.
Keywords: verb phraseology, M Ш chengyu,, Ш/Ш xiehouyu, ШШ Ш guanyong, phraseological antonyms.
Tildagi tizimli munosabatlarning eng muhim ko'rinishlaridan biri uning qarama-qarshiligidir. Abdug'afur Mamatov hammualliflikda yozgan monografiyasida quyidagi so'zlarni zikr qilib o'tadi: "Taniqli tilshunos L.V.Sherba "kontrastlar o'ziga diqqatimizni kuchli jalb qiladi" [1] deya ta'kidlagan edi. "Antonimning zamirida bir jinsli narsalar, hodisalar, harakatlar, sifatlar, belgilardagi sezilarli farqlarni aks ettiruvchi qarama-qarshi assotsiatsiya yotadi. Antonim eng muhim lingvistik universallardan biri, turli tillarning leksik-semantik tizimining muhim o'ichovlaridan biridir" [2,6] Haqiqatdan ham frazemik antonimlar bir tomondan uslubiy vosita sifatida o'zaro zid tasvir, taqqoslash, keskin qarama-qarshilikni ifodalasa, ikkinchi tomondan dunyodagi real qarama-qarshilikni aks ettiradi. tSÀil^I, l Ta zhè rén
yâochânwànguàn, chushôu dàfang, yïzhïqiânjïn, bù huï kuïdài nin de[3,138].
Uning puli achib yotibdi, saxiylik bilan hammaga ulashadi, xovuch-xovuch ulashadi va sizni albatta xursand qiladi [4,181.
U va puli oshib toshib yotgan sahiy inson bo'lib, juda ko'p pul sarflaydi va sizni xafa qilmaydi. (T)
Keltirilgan misolda MM^m yâochânwànguàn - puli achib yotibdi, puli oshib toshgan deb tarjima qilinadi ya'ni boy, badavlat ma'no kelib chiqadi. Ushbu fe'l frazeoloik birlikka quyidagi frazeologik birikma antonim bo'la oladi: ^^№^[5,73] chï pin ru xi - bir tiyinsiz qolish, qashshoq bo 'lish ma'nolarini anglatadi
Frazeologik antonimlar inson fikr almashinuvi jarayonida keng qo'llanilib, insonning individual va ijtimoiy faoliyati va sifatlari, his-hayajoni, borliqni anglashi hamda uning ma'naviy hayotga u yoki bu tarzdagi munosabati asosida shakllanadi. Qarama-qarshilik tushuncha sifatida inson ongining xarakterli ko'rinishlaridan biri bo'lib, kundalik hayotdagi turli g'oyalar, ilmiy bilimlar asosida yotadi. Antonimiya inson tafakkurining umumiy qonuniyatlari bilan belgilanadi, chunki bu mantiqiy muammodir. Til vositalari yordamida ko'pgina murakkab hodisalarning qarama-qarshi mohiyatini moslashuvchan tushunchalarda aks ettirish mumkin.
^^ ^, M Hliléfo Tâ dehuà kàn qilâi ji
zhông le xuéyuánmen de yao hài, tamen chôngxïn jùjïnghuishén, yïshou ná bi, yïshou àn bënzi, shuangyân wàngzhe wo de yuèmu[3,191].
Aftidan, uning so'zlari nishonga tegdi, chunki talabalar yana diqqatlarini bir joyga to'playdilar, ruchkalarini oldilar, qo'llari bilan daftarni changallaydilar va nigohlarini qaynonamga qadaydilar [4,250].
Ko'rinishidan uning so'zlari talabalarning e'tiborini o'ziga tortdi, ular diqqatlarini bir joyga jamlab, qo'llariga ruchka va daftarni olib, nigohlarini qaynonamga qaratdilar. (T)
M ffi ê tt jùjïnghuishén fikrini jamlamoq, diqqatini bir joyga jamlamoq kabi ma'nolarni anglatadi. Bu frazeologik birlikka antonim so'z esa quyidagicha: xïnbùzàiyan - fikri tarqoq, hayoli joyda emas
deb tarjima qilinadi.
Semantika nuqtai nazaridan mantiqiy va lingvistik antonimlar o'z mohiyatiga ko'ra baholovchi kategoriyalardir. ^ shirûpôzhû
biron-bir ishni osonlik bilan amalga oshirish; anov-manov ish unga cho 't emas deya tarjima qilinadi bunga antonim sifatida ^^^^ yóuyí bùding biron bir ishni osonlik bilan amalga oshira olmaslik. Ushbu misollarni gapda berilishini ko'ramiz:
Women shi yïqùn chuncái shàng néng rúci, hékuàng yúlín shàoniân tianshëng qí qícái, yôu jia shàng xïnhuâi shënchôudàhèn, wèile fùchôu
T • > v r 7a ï > t > — 7 > • 7 ^ r > 7 r
liàn ji, qi neng bù shibàngongbèi, shimpôzhù.
Kasd olish uchun u o'z mahoratini charxlayapti, shu boisdan barakali harakat qilyapti, qariyb kuch sarflayapti, shu boisdan u bu ishni qiynalmasdan bajaryapti, anov-manov ish unga cho't emas[4,178].
Biz bir guruh bo'lib buni qila olamiz, qolaversa, endi tug'ilgan go 'dakning ham istedodi bo 'ladi, chuqur nafrat va nafrat bilan, qasd olish ko'nikmalarini mashq qilish uchun, qanday qilib yarmi kuch bilan ikki barobar natijaga erisha olmaysiz, bambuklarni sindirgandek osonlik bilan amalga oshiring. (T)
lK®^.i[3,109](Mo Yan 109) 0 Lâorén mômô de zhànzhe, liân shàng nà
liäng diän lü guâng youyi bùdïng, häoxiäng liäng zhï jïngpilïjié de yinghuöchöng.
Chol uning ro parasida churq etmay turar, holdan toygan tillaqo 'ng'izlarga o 'hshab, ko 'zlari alang-jalang qilardi [4,178].
Chol indamay turardi, nima qilishini bilmaydigan xuddi tillaqo'ng'izlar kabi ko'zlari miltillardi (T).
Antonimlar asosan biror bir ish harakatni maqtash, baholash yoki taqqoslashda keng qo'llaniladi. L.A.Novikov ham o'zining "Rus tili antonimi: qarama-qarshiliklarni semantik tahlil qilish" nomli qo'llanmasida ushbu fikrlarni ilgari surgan: "Baholash tuzilmasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: a) baholash predmeti, baholashni ifodalash orqali aniqlanayotgan ob'ektga qiymat beruvchi; b) ma'lum bir qiymat berilgan baholash predmeti; s) baholashning o'zi: mutlaq (yaxshi, yomon) va qiyosiy (yaxshiroq, yomonroq); d) asoslar - baho beriladigan nuqtai nazardan" [6, 36].
Antonimlar badiiy mantda qarama-qarshiliklarni hosil qilishga xizmat qilib, nutqning ifodaliligini kuchaytirishga yo'naltirilgan bo'ladi. Frazeologik antonimlar vositasida esda qolarli, yorqin obrazlar yaratiladi. Tilshunos olim X.Hamidov o'z monografiyasida quyidagi fikrlarni ilg'or surgan: "Iboralarning shakllanishi, ma'no xususiyatlarini tashkil etuvchi komponentlar orasidagi ma'no munosabatlari, frazeologik ma'no kasb etuvchi elementlarning bog'lanish turlari tashqi frazeologik munosabatlar bilan bir qatorda frazeologik antonomiya, frazeologik omonomiya, frazeologik sinonomiya va iboralarda variantlashish hodisalari ustida alohida to'xtalish kerak bo'ladi"[7,112] .
Antonimlarning o'ziga xos bo'lgan xususiyati shundaki, ular barcha so'zlarning inkori bilan bog'lanishidir, lekin keltirilgan antonim umumiy gapni butun qolgan qismi inkor qilsa, bu ularning farqlovchi xususiyati bo'lib xizmat qiladi. Antonimlarning xususiyati ularning barcha antonimlarga xos bo'lgan inkor bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'lanishidir, lekin bu antonim bilan nomlanmagan umumiy to'plamning butun qolgan qismi inkor qilinsa, bu ularning farqlovchi xususiyati bo'lib xizmat qiladi. Antonimik inkor qarama-qarshilikning iboralar mazmunida salbiy va ijobiy xususiyatlarini birga qo'llaniladi, uning ma'nosini inkor etadi.
Butun mazmuni bilan bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan antonimik ma'nolar faqat bitta xususiyatga ko'ra paradigmatik jihatdan farqlanadi. Antonimiya leksik birliklarning semantik tarkibiy qismi bo'lib, qarama-qarshiliklardan birini uning juftligisiz tushunish mumkin emas. Har bir antonim o'ziga xos qarama-qarshilikni o'z ichiga oladi. Antonimlarning paradigmatik munosabatlari nuqtai nazaridan semantik yaqinligi sintaksisda - sintagmatikada - boshqa so'zlar bilan sintaktik va leksik jihatdan mos kelishining katta o'xshashligida ham namoyon bo'ladi. Antonimlar leksik moslik sohalarining deyarli to'liq mos kelishi bilan tavsiflanadi, bu ularning qarama-qarshilikni ifodalovchi kontekstlarda birga qo'llanilishini talab qiladi. *ùM^^ xïnhénshôulà - yuragi tosh qo'li qaltiramaydigan (shafqatsiz), ^^^^ chlzï zhï xïn - yangi tug'ilgan go'dakdek yuragi pok; MËi^M xing zhèng yïng zhi - tanasi to'g'rining soyasi ham to'g'ri, jàngléngjiàn - sovuq o'qni otish.
Yu.A. Gvozdarev frazeologik birliklarning bir jixatlarini sanab o'tgan: 1) frazeologik birliklarning grammatik ma'nolarining umumiyligi; 2) frazeologik ma'nolarning umumiyligi; 3) frazeologik birliklarning kontekstga mos kelishi[8,352].
A.F.Axatovna o'zining nomzodlik dissertatsiyasida frazeologik antonimlarni 4 ga bo'lib izohlaganini shohidi bo'ldik: "Frazeologik antonimlardan foydalanish shakllari va usullari har xil, ammo ularni shakllantirishning to'rt turi eng keng tarqalgan:
1. Leksik antonimlar asosida tuzilgan frazeologik antonimlar. Bunda frazeologik birliklar mazmunining qarama-qarshiligi og'zaki antonimiya tufayli yuzaga keladi.
2. Idiomaning integral ma'nosi asosida tuzilgan frazeologik antonimlar
3. Tasdiq va inkor fe'l shakllari asosida tuzilgan frazeologik antonimlar.
4. Mantiqiy va semantik qarama-qarshilik asosida tuzilgan frazeologik antonimlar. Bunda frazeologik birliklar o'z tarkibidagi so'zlarga ma'no jihatdan o'xshamaydi"[9, 164].
Ushbu fikrlarga misollarni keltiramiz: ^h^ft sanxin'eryl bir fikrli bo'lmaslik; ^h^ft yixinyiyl bir fikrli bo'lish; ^^^^ chushl bu yi shakshubxasiz biron bir ishni amalga oshirish...
Bu borada turlicha fikrlar ilg'or surilgan masalan Yu.A.Gvozdarev, "....frazeologiyada antonimik munosabatlar majburiydir, chunki frazeologik birliklar ongda juft bo'lib ifodalangan mavhum tushunchalarni bildiradi" [10,352], - deya o'z fikrini bildirgan.
Yuqorida keltirilgan misollar hamda fikrlardan ma'lm bo'ladiki frazeologizmlar ma'noning umumiy yoki qarama-qarshi ma'nolariga ega bo'lsa, shuningdek, atonim mazmunida qo'llanilsa, leksik jixatdan bir xil bo'lsa, antonim hisoblanadi. Frazeologik antonimlar, birinchidan, frazeologik ma'noning individual xususiyati, kelib chiqishi obrazlarning bir-biridan farq qilishi nuqtai nazaridan ko'p qo'llanilmaydi, shuningdek keng tarqalmagan deb ham fikr bildirishimiz mumkin. Shuningdek, Emirova A.Z. ham o'z frazeologik antonimlar haqida quyidagi fikrlarni ilgari surgan: "Frazeologik antonimiya, shubhasiz, leksikadan ko'ra murakkabroq hodisaligi bilan izohlanadi. Frazeologik birliklar. ma'nosining o'ziga xos xususiyatiga ega turg'un so'z birikmasi sifatida tilning yuqori darajadagi birligidir"[11,171]. Frazeologizmlar ma'no jihatdan qarama-qarshi bo'lishi mumkin, ammo antonim bo'lolmaydi, chunki ularning antonimlik tasvirlari bir-biriga bog'liq emas. Frazeologizmlar, agar ularning qarama-qarshiligi barcha ma'no elementlariga taalluqli bo'lsa, antonim frazeologizmlar qatoriga kiritishimiz mumkin deb hisoblaymiz. ^ ^ ^ R chöng'erbuwen -quloqlarini yopmoq, eshitmaslik ushbu so'zga mos antonomik feel frazeologik birlik ^^^^ xi'ergongting - quloqlarini yuvib eshitmoq so'zma-so'z tarjima qilinganda diqqat bilan tinglamoq deb ham tarjima qilsa maqsadga muvofiq bo'ladi; ben zuizhuo she - tili boshini
yeydi (ahmoq og'iz bidirlar) deb tarjima qilinsa unga antonim frazeologik birlik sifatida W ^ ffl ^ lingyällchi - tili o 'tkir (xitoy tilida tishga nisbatan tishi o'tkir) olindi. Xitoy tilining frazeologik lug'atida ushbu turdagi frazeologik antonimlardan tashqari boshqa turdagi frazeologik antonimlar ham mavjud. Unda antonimlar o'zaro semantik mazmun bo'lib
birikadi[12,108]1. xï xin gé miàn - qalbini poklab o'zini
o'zgartirish ya'ni tavba qilish; si bù huïgài - o'lganda ham
o 'zgarmaslik tavbasiga tayanmagan
Ayrim frazeologik birliklarning bir necha ma'nolari bor masalan qo 'l ostida frazeologik birligining 3 xil ma'nosi bor 1) qo'liga yaqin ya'ni qo'li yetadigan darajada yaqin; 2) qo'l ostida bo'lmoq kimgadir kimningdir nazoratida bo'lmoq, tobe bo'lmoq; 3) qo'l ostidagi sirini saqlamoq bundan ko'rinadiki har bir ma'nosiga xitoy tilida alohida antonimlari mavjud. Birinchi ma'nosi juda yaqin so'zining antonimi juda uzoq qo'li yetmaslik iborasini keltiramiz tianyâhàijiào
dunyoning narigi burchagi; ikkinchi ma'nosi kimgadir tobe bo'lmoq ma'nosiga antonim ibora o'ziga-o'zi bosh bo'lish, hech kimga qaram bo 'lmaslik f^ÈÎT tè ll duxing hech kimga qaram bo 'lmaslik; uchinchi ma'nosi qo'l ostida (sir saqlamoq) iborasiga antonim frazeologik birlik sifatida hammaning ko 'z oldida frazeologik birlik olindi & § zhôngmùkuikui. Bundan ko'rinadiki o'zbek tilida ko'p ma'noli fe'l frazeologik birliklar soni ko'proq.
A.A.Reformadskiy o'zining "Tilshunoslikka karish"[13,95] asarida antonimlar bir yoki bir nechta umumiy komponentlarga ega bo'lishi mumkin. Tuzilishiga ko'ra 2 turga bo'ladi, ya'ni butunlay sodda tuzilgan frazeologik birliklarning antonimlari ular emas, yo 'q kabi inkorlarlar xitoy tilida S, ^ so'zlari bilan yasaladi, tadqiqotlarimiz nuqtai nazaridan fe'l frazeologik birliklarni yuqorida keltirilgan so'zlar bilan ifodalanishi antonim frazeologik birligini yoqotadi va bu guruh xitoy tiliga xos emasligi yuzaga chiqadi. Ikkinchi turi esa, tuzilishi jihatdan bir turdagi struktur frazeologik antonimlar: fM M M § héng méi nùmù -(qoshlar chimirilgan qovog'i solingan) qovoq tumshuq qilmoq, jaxli chiqmoq aynan shu so'zning antonimi ciméishànmù - (qosh va qarashlari
muloyim) ko'ngli ochiq; yïxïnyïyl - (bir yurak bir qalb) tili dili
bir bo'lmoq, H ^ ^ m sanxïn'èryl - (uchta yurak, ikki qalb) ikkiyuzlamachi bo'lmoq, chin qalb egasi bo'lmaslik. Ushbu keltirilgan misollarda tuzilish jihatdan bir xil fe'l frazeologik birliklarda faqatgina
1 Сидоренко М.И. Парадигматические отношения фразеологических единиц в современном русском языке. Ленинград, 1982. 108 с.
birinchi va uchinchi qism o'zgarishi bilan yasalgan bo'lib, ffi heng va ^^ nu so'zlariga antonim qilib M ci# shan so'zlari olingan, keyingi misolda esa — yi bir soni va H san H er ikki va uch sonlari qo'llanilgan. Bir soni domiy o'zgarmas yagona degan ma'noni anglatsa, ikki va uch sonlari frazeologik birlikda doimiy emasligi o'zgarishi mumkunligini bidirib kelgan.
^^^^^o Ta you la kaile jiaceng de lalian, mo chule nage nUren de zhaopian. Ta shuo: Kuai lai kan ya!
~T 7" r > • W • • W 1 — V — V f _ J f /71- / S*\ 1 7
Hongse xiaojiemen ju dao yiqi, qi zui ba she yilun. la de fennu daole dingdian, yong yilianchuan de zanghua zhduma tamen, dan tamen hunran bu jue[3,76] o
Qizaloq to 'pponchani qayta joyladi va ichki cho'ntagidagi shirildoqni surib ochib, xaligi xotinning fotosuratini chiqardi.
- Xoy, bu yoqqa qaranglar, nima bor ekan! - dedi qiz.
Ofitsiant qizlar uni o'rab olishdi va biri olib-biri qo'yib, har kim ko'nglidagini ayta boshladi.
Azbaroyi g'azabdan u qizlarni changitib so'ka ketdi, ammo qani endi ularni eshitgani qulog'i bo 'lsa[4,98].
U(ayol kishi) yana hamyonidan o'sha ayolning suratini chiqardi. -"Tezroq kela qolinglar! Ofitsiant qizlar yig'ilib, biri olib biri qo'yib har nima deya ketishdi. Uning g'azabi chiqib, ularni bir qator bo'ralab so'kdi, lekin ular buni sezishmadi. (T)
Ushbu ^«AS qi zui ba she - biri olib biri qo 'yib har nima deya ketishdi fe'l frazeologik birlikka antonim frazeologik birlik sifatida^P ^ yikoutongsheng - ko 'plam odamlar bir narsa haqida gapirishi, hamma bir yoqadan bosh chiqarmoq, hamma bir ovozdan mos bo'la oladi. Keltirilgan frazeologik birliklar tuzilishi jihatdan bir-biridan farq qiladi lekin ma'no jihatdan ular aynan fe'l frazeologik antonimlar hisoblanadi. Yana bir misol keltiramiz: o'zbek tilida (biron bir narsani) kaftidek biladi qilmoqchi bo'lgan ishini yaxshi biladi, qiladigan ishi tayin; bu frazeologik birlikka qarama-qarshi frazeologik birlik esa u qo'lini bu qo'liga urib o'tirish hech narsa qilmaslik, erinchoqlik qilmoq. Xitoy tilida P^h^
köushrnnßi - dili boshqa tili boshqa (ikkiyuzlamachi); ^П^П^ xmköu rûyï- qalbi tili bir bo 'lmoq (sofdil).
O'zbek va xitoy tillarida fe'l frazeologik antonimlarning tahlili jarayonida, ma'no jihatdan bir biriga antonim bo'lgan frazeologik birliklar o'ziga xosdir. Shuningdek, tillar o'rtasida antonim ekvivalentlik topish bir muncha mushkullikni keltirib chiqardi. Fe'l frazeologizmlarning antonimlari analoglarni keltirib chiqaradi va buning asosiy sababi o'zbek va xitoy xalqlarining milliy madaniyatlaridagi tafovutlar, shu tillarda so'zlashuvchilarning tushunchalari va mentalitetidagi bir mavzu, hodisaga oid turli tushunchalarning mavjudligi bilan bog'liqdir.
REFERENCES
1. Щерба Л.В. Избранные работы по русскому языку. -M., 1957.
2. Львов, MP. Словарь антонимов русского языка - M.: Русский язык, 1985.
- 384 с.
3. ЖзоЩЩоШ 72o
4. Aмир Файзулла, Севара Aлижанова (таржимаси) MоЯн. Mусаллас мамлакати. -Тошкент: Узбекистон 2018, 185 б
5. Готлиб О. M., Mу Хуаин. Китайско-русский фразеологический словарь. -Иркутск, ул. Лермонтова Издательство "ИГУ" 2019, 73 с. (596).
6. Новиков, ЛА. Aнтонимия в русском языке: семантический анализ противоположности в лексике - M.: ЖГУ, 1973. -36 с. -290 с.
7. Хдмидов Х.Х.Турк фразеологияси масалалари./Mонография.-Тошкент: Bayoz, 2019. 112 б
S. Xasanova, S. (2021). Rus tilshunosligida frazeologizmlarning tadqiqi: rus tilshunosligida frazeologizmlarning tadqiqi. Журнал иностранных языков и лингвистики, 2(7).
9. [9] - Гвоздарёв, ЮА. Современный русский язык. Лексика и фразеология.
- Ростов-на-Дону: 2009. - 352 с. -С 248
10. Axмедова ФА. Глагольные фразеологизмы, обозначающие чувства, в русском, английском и таджикском языках//дис// -M.: 2013. -164 с.
11. Гвоздарёв, ЮА. Современный русский язык. Лексика и фразеология. -Ростов-на-Дону: 2009. - 352 с. -С 247
12. Эмирова A.M. Об антонимических противопоставлениях в сфере фразеологии//Вопросы семантики фразеологических единиц (на материале русского языка): Тезисы докл. и сообщений. Новгород, 1971. -с 171-175.
13. Сидоренко M.K Парадигматические отношения фразеологических единиц в современном русском языке. Ленинград, 1982. 108 с.
14. Реформатский A.A. Введение в языковедение. -M.: 1967. 542 с.
196
15. Khodjaeva, N. (2019). SEMANTICS OF KINSHIP TERMS AS A FORM OF ADDRESS IN UZBEK TRANSLATIONS OF PREMCHAND. Theoretical & Applied Science, (8), 107-110.
16. KHODJAEVA, N. B. (2021). PREMCHAND'S VARDAAN IN UZBEKISTAN: TRANSLATION ISSUES OF SOME CULTURAL SPECIFIC WORDS. THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука, (12), 374-377.
17. KHODJAEVA, N. The Development of Indian Literature in Uzbekistan: Historiography of Translation. History of Translation in India, 431.
18. Ходжаева, Н., & Губаева, Х. (2020). ISSUES ON TRANSLATION OF CHARACTER SPEECH (ON THE EXAMPLE OF KOREAN-UZBEK LITERATURE). МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(4).
19. Khodjayeva, N. (2021). The issues of stylistics on translation of historical costumes. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 534-543.