Научная статья на тему 'O’ZBEK XALQ MAQOLLARIDA DIFFERENSIAL SEMALARNING IFODALANISHI'

O’ZBEK XALQ MAQOLLARIDA DIFFERENSIAL SEMALARNING IFODALANISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1337
136
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Paremiologik birlik / ko’chma ma’no / tazod / maqol / grammatk qurilish / qarama-qarshilik / antonomiya / ziddiyat / sodda gap / hikmatli ibora / differensial sema. / Paremiological unit / figurative meaning / analogy / proverb / grammatical structure / contradiction / antonymy / contradiction / simplicity / wise phrase / differential sema.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Samadov Sanjar Ro’ziboy O’g’li

Maqolada differensial semali maqollar ifodalangan bo’lib,bunda bir nechta maqollar orqali ular tarkibidagi leksik-semantik qarama-qarshilik xususiyatlari ochib berilgan. Aynan mana shunday qarama-qarshliklar maqollardagi hissiy-mazmuniy ta’sir doirasini yanada orttirishi ifoda etib o’tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EXPRESSION OF DIFFERENTIAL SEMA IN UZBEK PEOPLE'S PROVERBS

The article describes the differential semantic proverbs, which reveal the features of lexical-semantic contradictions in them through several proverbs.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK XALQ MAQOLLARIDA DIFFERENSIAL SEMALARNING IFODALANISHI»

Scientific Journal Impact Factor

O'ZBEK XALQ MAQOLLARIDA DIFFERENSIAL SEMALARNING

IFODALANISHI

Samadov Sanjar Ro'ziboy o'g'li Termiz davlat universiteti lingvistika:o'zbek tili ta'limyo'nalishi 1-kurs

magistranti

Annotatsiya: Maqolada differensial semali maqollar ifodalangan bo'lib,bunda bir nechta maqollar orqali ular tarkibidagi leksik-semantik qarama-qarshilik xususiyatlari ochib berilgan. Aynan mana shunday qarama-qarshliklar maqollardagi hissiy-mazmuniy ta 'sir doirasini yanada orttirishi ifoda etib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Paremiologik birlik, ko'chma ma'no,tazod,maqol,grammatk qurilish, qarama-qarshilik, antonomiya, ziddiyat, sodda gap, hikmatli ibora, differensial sema.

Аннотация: В статье описаны дифференциально-смысловые пословицы, раскрывающие особенности лексико-семантических противоречий в них через несколько пословиц.

Ключевые слова: паремиологическая единица, образное значение, аналогия, пословица, грамматическая конструкция, противоречие, антонимия, противоречие, простая речь, мудрая фраза, дифференциальная сема.

Annotation: The article describes the differential semantic proverbs, which reveal the features of lexical-semantic contradictions in them through several proverbs.

Keywords: Paremiological unit, figurative meaning, analogy, proverb, grammatical structure, contradiction, antonymy, contradiction, simplicity, wise phrase, differential sema.

Har bir xalq o'zining ma'naviy-ma'rifiy qadriyatlarini chuqurroq anglashga, o'z tarixini ko'proq bilishga intiladi. Shuningdek, har bir millat va elatning o'ziga xos urf-odati, an'analari, milliyligi, qadriyati shu xalq tarkib topgan ya'ni shakllana boshlagan davrlardan balki, undan ham avval shakllangandir. Aynan mana shunday urf-odat va marosimlar xalqning kim ekanligini ko'rsatib beradi. Yozuvchi Tog'ay Murod aytganidek: «Xalq nimasi bilan xalq! O 'zining urf-odatlari bilan xalq! Ota-bobosidan qolgan milliy an 'analari bilan xalq!. [1. 47 b]

Maqollar esa bizga qadim o'zbek xalqining eng botiniy urf-odatlari, an'analari, marosimlari, his-tuyg'ulari, afsonalari, rivoyatlari, yurish-turishi, turmushi, mehnat faoliyati, jamiki moddiy va ma'naviy olamini aks ettirib beradi. Bunda maqollarning

923

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

afzallik jihati shundaki: Maqol oddiy so'z yoki gap orqali ifodalangan fikrdan ta'sirli va ixcham shaklga egaligi, shuningdek, xulosa yo'sinida berilishi, hukm ya'ni rad etilmaydigan, to'g'ridan to'g'ri qabul qilinadigan paremiologik birlik sifatida tilimizda muhim o'rin egallaydi.Bu xususiyatlar ayniqsa ichki qarama-qarshi semali maqollarda juda ham ta'sirli aks etadi.Differensial semali maqollar kuchli hukmni ifodalab,tinglovchining tuyg'ulariga ta'sir qiladi va uni junbushga keltiradi.Xuddi shunday maqollar orqali ifodalangan fikr va mazmunda so'zning butun qudrati namayon bo'ladi.Bunday maqollar ko'chma ma'noda yoki o'z ma'nosida ham qo'llanishi mumkin. Differensial semali maqollar ko'pincha qo'shma gap ko'rinishida,ba'zan sodda gap shaklida ham namoyon bo'ladi.

Maqolada bugungi o'zbek tilshunosligida differensial semali maqollar ifodalangan bo'lib,bunda bir nechta maqollar orqali ular tarkibidagi leksik-semantik qarama-qarshilik xususiyatlari xususida so'z boradi. Jahon tilshunosligida maqollar tadqiqiga berilgan baho va mazkur hodisaga turlicha yondashuvlar mavjudligi haqida fikr yuritiladi. Adabiyot sifatida matnning lingvistik mohiyati bilan bogliq bolgan ilmiy adabiyot, monografiya va dissertatsiyalar tahlilga tortilgan.

M.Qoshg'ariy XI asrdayoq turkiy xalqlarning hikmatli iboralaridan juda katta qismini o'zining "Devon"iga kiritib, ularni qanday vaziyatda, qaysi mazmunda qo'llanishini arab tilida izohlagan edi. "Devonu lug'otit turk"da xalq og'zaki ijodiga oid 300dan ortiq she'riy parchalar, 291ta maqol va matallar keltiriladi [2. 49 b]

Keyinroq o'zbek tilshunosligida xalq maqollari boshqa bir yo'nalishda tadqiq etila boshlandi, ya'ni yozuvchi va shoirlar asarlarining tili va uslubiga oid ko'pgina ishlarda, nomzodlik dissertatsiyalarida xalq maqollarining ma'noviy, uslubiy xususiyatlarini o'rganishga alohida e'tibor berildi. Bu borada A.Rustamov, H.Sulaymon, Sh. Shomaqsudov, Sh. Shorahmedov, H.Berdiyorov, R.Rasulov, S. Asqarov, A. Jo'raxonov, M.To'ychiyev, M.Hakimovlarning [3. 85-87 b] ishlarini keltirish mumkin. O'zbek tilshunosligida xalq maqollarining to'laqonli sinonimik lug'atini yaratish kabi muhim vazifa B.Jo'raeva tomonidan uddalandi [4. 79 b]

Maqol-hayotiy tajriba asosida xalq tomonidan yaratilgan, odatda pand-nasihat mazmuniga ega bo'lgan, ixcham obrazli, tugal ma'noli va hikmatli ibora yoki gapdir [5. 569 b]. Biz bu maqol va matallarni qanchalik ko'p o'rgansak ham ozdir,chunki biz maqollar orqali o'tmish ajdodlarimizning butun bir hayotiy faolyati ularning sezimlari,orzu o'ylarini his etamiz va ulardan kerakli darajada xulosalar chiqaramiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLARI

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

,,Maqol'' atamasi arabcha qavlun-gapirmoq ,aytmoq so'zidan olingan.Maqol orqali aytilgan fikr kishiga juda qattiq ta'sir qilishi bilan ham inkor etib bo'lmaydigan haqiqatga aylagani bois ham bu janrga e'tibor kuchlidir.

«Maqol kamida bitta gapga teng keladi, hukm xarakterida bo'lib, Grammat ik fikr ifodalaydi, o'z ichki Grammatik qurilishi jihatidan ham doim gapga teng bo'ladi, undan anlashilgan mazmun faqatgina tasviriy yo'l bilan ochiladi» [6.24 b]. Lekin maqollarning orasida oppozitsion munosabat ifodalaydigan turlari alohida ahamyatga molikdir.

Jaloliddin Rumiy aytganidek: «Har qanday «ashyo»ning qimmati zidi bilan ayon bo'ladi, zidi bo'lmagan narsani ta'rif etish imkoniyatdan tashqaridadir. Tangri nurning oshkor bo'lishi uchun qorong'u etib yaratilgan mana bu olamni mavjud ayladi [7.74 b] , - deydi. Mana shunday ziddiyat, qarama-qarshilik tushunchasi maqollarning leksik-semantik asosida ham uchraydi. Bunday maqollar orqali berilgan ibratomuz fikr kishiga kuchliroq ta'sir qiladi. Uni o'yga toldiradi, fikrlashga majbur qiladi.

Masalan shunday maqollardan biri: Achchiq bilan chuchukni totgan bilar, uzoq bilan yaqinni yurgan. [8.24 b] Bu maqoldagi achchiq-chuchuk, uzoq-yaqin so'zlari o'zaro ma'noviy antonimlikni yuzaga chiqaryapti va qarama-qarshilik orqali maqol mazmuni yanada ta'sirliroq ifodalanyapti. Bu maqol xalq orasida ko'pincha ko'chma ma'no ifodalab, biror bir voqea hodisani o'zining boshidan o'tkazgan, o'z hayotida ko'rgan, sinagan, o'sha vaziyatga tushgan inson biladi. Undan boshqa odam bu holatni to'la his qila olmaydi degan ma'no bor. Shuningdek, bu maqol ko'pni ko'rgan tajribali kishi ma'nosini ham ifodalaydi.

Ahmoqlarga bosh bo'lguncha, donolarga yosh bo'l. Bu maqolda esa ahmoq-dono, bosh-yosh so'zlari ma'noviy qarama-qarshilikni yuzaga chiqaryapti. Maqolda ibratomuz nasihat aks etgan bo'lib, bu oddiy nasihat bo'lmay, bu maqoldagi butun bir mazmun mohiyatni kuchaytiryapti va ifodaviylik, ta'sirchanlikni yanada kuchliroq yuzaga chiqishini taminlayapti. Bu maqol orqali ba'zi nodon, aqlsiz, ilmsiz, johil odamlar orasida o'zingni ko'rsatib, ularga bosh bo'lib yurgandan ko'ra, o'zingdan aqlli va bilimli, dono insonlar orasida yosh bo'l ya'ni tajribasiz bo'l va ulardan o'rgangin ma'nosini beradi, chunki bilimning, ilm-u ma'rifatning chegarasi yo'q. Faqatgina ahmoqlargina har narsani bilaman deb o'ylaydi. Aksincha, inson qanchalik ko'p bilsa, shuncha bilmasligini his qiladi.

Shakar ham tida, zahar ham. Bu maqolda shakar va zahar bir-biriga qarama qarshi so'zlar. Bizga ma'lumki, har qanday kasallikka da'vo bo'lsa ham til zahridan

Scientific Journal Impact Factor

zaharlangan insonga da'vo yo'q, chunki insonda ko'ngil, qalb nomli azolar, borki, bu insondagi eng nozik azolardir. Agarda inson qalbi yomon so'zdan yaralansa, hech qachon tuzalmaydi. Tuzalsa ham, yanggilanib ketaveradi, Shuning uchun ham ko'ngil mumtoz adabiyotining asosiy tasvir manbai hisoblanadi. Chunki tasavvuf ta'limotiga ko'ra, Alloh kishining ko'nglidagina aks etadi. Ishq ham ko'ngil ishidir. Shuning uchun ham bu maqol xulosa yanglig' insonni shirin tillilikka, boshqalarga tili bilan ozor bermaslikka undaydi.

Kattaga hurmatda bo'l, kichikka-izzatda. Bu maqolda katta va kichik so'zlari o'zaro antonimlikni yuzaga chiqarib, hissiy ta'sir yuqoriligini ta'minlab bermoqda. Maqolda o'zbek xalqiga azal-azaldan xos bo'lgan kattalarni hurmat qilish, kichiklarni izzat qilib doimo ularga g'amxo'r bo'lish kabi insoniylik xislatlari aks etgan. Kattalarga hurmat ular gapirganda gapini bo'lmasdan tinglash, ulardan oldin dasturxonga qo'l uzatmaslik, o'zidan yoshi ulug'larga salom berish, ular agar nohaq bo'lsa ham gap qaytarmaslik va yana bir qancha o'zbeklarga xos odatlar kattalarga hurmatning bir ko'rinishidir. Kichiklarga izzat esa ularni yaxshi ko'rish, ularni himoya qilish, ularning tarbiyasiga e'tibor berish, ularni shirin so'zlar bilan ruhlantirish va boshqalardir. Qisqa qilib aytganda bu maqol o'zbek millatining mentalitetiga har jihatdan xos va mosdir.

Maqollardagi bunday qarama-qashilikni yuzaga chiqarayotgan so'zlar badiiy adabiyotda tazod deb atalgan alohida san'atini yuzaga chiqaradi.

«Aksariyat maqollarda ikki mantiqiy markaz o'zaro ziddiyatli munosabatda beriladi, bunda tazod san'ati asosiy badiiy-tasviriy vosita sifatida estetik vazifani o'taydi: «Avval o 'yla, keyin so 'yla», Ko 'p o 'yla, oz so 'yla», Avval bahor, oxir xazon», Bas etgan o'zar, qasd etgan to'zar», Boyning o'g'li kelsa to'rga-to'rga, kambag'alning o'g'li-go'rga», Yomon o'g'il - molga o'rtoq, Yaxshi o'g'il- jonga», Ishlagan yerni yashnatar, ishlamagan qaqshatar» singari maqollarda o'git mag'zi yaxshi va yomon nisbatlarining o'zaro qarama-qarshi qo'yilishi natijasida yarqirab turibdi va bu maqollarda antonomiya hodisasi tarzida qaraladi [9. 297 b].

Qarama-qarshilik antik davrdanoq faylasuflar e'tiborini o'ziga jalb etib kelgan kategoriya sifatida xarakterlanadi. Sokrat, Platon, Aristotel, Protagor, Demokrit kabi faylasuflarning ilmiy qarashlarida bu kategoriya turlicha talqin etib kelingan [10. 5 b]. Ayniqsa, Aristotelning qarama-qarshilik haqidagi ilmiy qarashlari alohida e'tiborga molik. T. F. Chursunova Aristotelning falsafiy qarashlariga baho bera turib, shunday deydi: «Antanomiyaning o'rganilishi qadimgi yunon faylasufi Aristoteldan boshlangan. [11. 5 b] Qarama-qarshilik borliqdagi asosiy mezonlardan hisoblanadi.

Scientific Journal Impact Factor

Olamni anglashda qarama-qarshilik kategoriyasining o'mi beqiyos. Falsafiy nuqtayi nazardan har qanday hodisaning o'rganilishi, ertami-kechmi, ularning qarama-qarshi tomonga murojat qilinishiga olib keladi. Masalan, B. Spinoza «Etika» asarida his -tuyg'ularning tabiatini ochishda qarshilantirishdan unumli foydalanadi va ularning ifodasini so'zlarni qarshilantirish orqali tushuntiradi. Faylasuf hodisalarga kontrast asosida yondashayotganini quyidagi fikrlar orqali asoslaydi: «Aniqlash-bu qarshi qo'yish demakdir» [12. 6 b]

Gegel shunday degan: «Qarama-qarshilik - haqiqat mezoni, Qarama-qarshilikning yo 'qligi esa xatolar mezoni». Bunday fikrlar orqali Gegel falsafada qarama-qarshilikning g'oyat muhim hodisa ekanligini isbotlagan. Qarama-qarshilikning tildagi ahamiyati ayniqsa maqollarda yaqqol seziladi.

Xulosa qiladigan bo'lsak, maqollardagi differensial semalar maqollarning mazmuni va ta'sir doirasini yanada orttiradi. Insonga ta'sir doirasi oddiy so'z yoki gapga qaraganda kuchli va bo'yoqdor bo'lib, badiiylikni ifodalab, ixcham va xulosalash yo'sinida jarangdor eshitiladi. Tilimizda bu kabi maqollarning ko'pligi o'zbek xalqining naqadar ko'pni ko'rgan, hayot tajribasi nihoyat darajada yuqori ekanligidan dalolatdir. Shuningdek, bunday maqollarda fikrimizni yana bir bor foydalanib, uning tub mag'zini chaqib ko'rishimiz esa ota-bobolarimiz, ajdodlarimiz aytgan har bir ibratli va purma'no firlarga amal qilib, ularga hurmat bilan qarashimizning nishonasidir. Bundan ko'rinadiki, o'zidan kattalarni hurmat qilish, bobolar pandiga amal qilish o'zbek xalqining qon-qoniga singib ketgan muqaddas tuyg'ular hisoblanadi.Shuning uchun so'zlash jarayonida so'zlarni o'rinli qo'llash va ularning uslubiy bo'yoqdorligiga e'tibor qaratmoq lozim.Shiralilik, bo'yoqdorlik,tasirchanlik,esa aynan zid ma'noli maqollarni o'z nutqimizda qatnashtirib so'zlashda namoyon bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR(REFERENCES):

1 Tog'ay Murod. "Yulduzlar mangu yonadi". Qissalar. - Toshkent: Sharq, 2009. - B. 47.

2. Abdurahmonov G'. "Devonu lug'otit turk"asarining o'rganilish tarixidan.// O'zbek tili va adabièti. 2009, 6-son. 49-b.

3. Jo'rayeva B. O'zbek xalq maqollarining qisqacha sinonimik lug'ati. -T.: FAN,

XULOSA

2006.

Scientific Journal Impact Factor

4. O'zbek tilining izohli lug'ati (M harfi)/ A. Madvaliev tahriri asosida. -Toshkent, 1981. - B. 569.

5. O'zbek xalk maqollarining lingvistik asoslari [matn ] B. Jo'rayeva. -Toshkent: Akademnashr, 2019. - B. 24.

6. Mavlono Jaloliddin Rumiy. Ichingdagi ichingdadir: Falsafiy asar // Tarjimon Ulug'bek Hamdam; Mas'ul muharrir Najmiddin Komil. - Toshkent: Yozuvchi, 1997. - B. 74.

7. 0'zbek xalq maqollari. (Tuzuvchilar: T. Mirzayev, A. M Usoqulov, B. Sarimsoqov; Mas'ul muharrir: Sh.Turdimov. - Toshkent: Sharq, 2005. - B.

8. Safarov Oxunjon. O'zbek xalq og'izaki ijodi: pedagogika oliy o'quv yurtlari uchun darslik. - Toshkent: Musiqa, 2010. - B. 297.

9. D. Abdullayeva. O'zbek tilida antisemiya Filol. Fanlar nomzodi diss. . . avtoref. - Toshkent, 2010. - B. 5.

10. D. Abdullayeva. O'zbek tilida antisemiya Filol. Fanlar nomzodi diss. . . avtoref. - Toshkent, 2010. - B. 5.

11. D. Abdullayeva. O'zbek tilida antisemiya Filol. Fanlar nomzodi diss. . . avtoref. - Toshkent, 2010. - B. 6.

281.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.