Научная статья на тему 'INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA ANTITEZA STILISTIK VOSITASINING KOMMUNIKATIV PRAGMATIK QURILISHI'

INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA ANTITEZA STILISTIK VOSITASINING KOMMUNIKATIV PRAGMATIK QURILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
495
102
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Stilistika / antiteza / tazod / maqol / qo’shma gap / stilema / pragmatika / Stylistics / antithesis / contrast / proverb / compound sentence / stilemma / pragmatics

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Munisa Sodiq Qizi Nazarova

Ingliz tilida antiteza stilistik vositasi o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, o’zbek tilidagi antiteza stilistik vositasining kommunikativ pragmatik jihatlari tahlil qilingan. Antiteza stilistik hodisa bo’lib asosan qo’shma gaplar da uchraydi. Maqol va she’riy asarlarda antiteza juda ko’p uchraydi. Antiteza orqali so’zlovchi o’z munosabatini qanchalik kuchli ifodalay olishi ahamiyatga ega ekanligini ifodalaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMMUNICATIVE PRAGMATIC STRUCTURE OF STYLISTIC MEANS OF ANTITHESIS IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES

The stylistic means of antithesis in English has its own peculiarities, and the communicative pragmatic aspects of the stylistic means of antithesis in Uzbek are analyzed. Antithesis is a stylistic phenomenon that occurs mainly in conjunctions. Antitheses are very common in proverbs and poems. Through antithesis, it is important to know how strongly the speaker can express his or her attitude.

Текст научной работы на тему «INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA ANTITEZA STILISTIK VOSITASINING KOMMUNIKATIV PRAGMATIK QURILISHI»

INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA ANTITEZA STILISTIK VOSITASINING KOMMUNIKATIV PRAGMATIK QURILISHI

Munisa Sodiq qizi Nazarova

O'zbekiston Milliy universiteti 2-kurs magistranti, 185-maktab ingliz tili o'qituvchisi

munisxon07@gmail. com

ANNOTATSIYA

Ingliz tilida antiteza stilistik vositasi o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, o'zbek tilidagi antiteza stilistik vositasining kommunikativ pragmatik jihatlari tahlil qilingan. Antiteza stilistik hodisa bo'lib asosan qo'shma gaplar da uchraydi. Maqol va she'riy asarlarda antiteza juda ko'p uchraydi. Antiteza orqali so'zlovchi o'z munosabatini qanchalik kuchli ifodalay olishi ahamiyatga ega ekanligini ifodalaydi.

Kalit so'zlar. Stilistika, antiteza, tazod, maqol, qo'shma gap, stilema, pragmatika

COMMUNICATIVE PRAGMATIC STRUCTURE OF STYLISTIC MEANS OF ANTITHESIS IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES

Munisa Sodiq kizi Nazarova

2nd year master's student at the National University of Uzbekistan, an English teacher at

School 185 munisxon07@gmail. com

ABSTRACT

The stylistic means of antithesis in English has its own peculiarities, and the communicative pragmatic aspects of the stylistic means of antithesis in Uzbek are analyzed. Antithesis is a stylistic phenomenon that occurs mainly in conjunctions. Antitheses are very common in proverbs and poems. Through antithesis, it is important to know how strongly the speaker can express his or her attitude.

Keywords. Stylistics, antithesis, contrast, proverb, compound sentence, stilemma, pragmatics

KIRISH

Tilshunoslikning xilma xil tarmoqlari bor. Ular orasida stilistika rang barangligi bilan ajralib turadi. Stilistika (yun. stylos — yozuv, xat tayokchasi), uslubshunoslik, uslubiyat — tilshunoslikning til uslublarini tadqiq etuvchi, tilning leksikfrazeologik, fonetik, morfologik, so'z yasalishi va sintaktik sathlarda sinxroniya va diaxroniya

nuqtai nazaridan funksional katlamlanishining mohiyati va o'ziga xosliklarini o'rganuvchi, adabiy tilni turli lisoniy vaziyatlarda, yozma adabiyotning xilmaxil tur va janrlarida, ijtimoiy hayotning turli sohalarida qo'llash me'yorlari va usullarini tavsiflovchi tarmog'i. Stilistikada parallel sinonimik til ifodalaridagi ma'noviy va ekspressiv nozikliklar, lisoniy birliklarning o'zaro munosabatdosh variantlari o'rganiladi. Bunday variantlarda ular orasidan muayyan nutqiy vaziyat uchun zarur bo'lganini tanlab olish imkoniyati mavjud bo'ladi. Tilning stilistik qurilishi unga ma'lum funktsional stillar orqali aniq nutqiy vazifalarni bajarishga imkoniyat beradi, unda so'z yurituvchilar muloqot ishtirokchilarini ma'lum bir fikr-mulohazalarga, ular o'rtasida nutqiy muloqotning ta'sirchan va samarali kechishiga yo'naltiradilarki natijada muloqotdan ko'zlangan maqsad va muddaolarga erishiladi va shu yo'sinda o'zaro tushuniladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Stilistik vositalar uslubiy bo'yoqdorlikni oshiribgina qolmay ma'noni ochib beradi. Ular orasida antiteza antonimlar orqali ma'noni kuchaytirib, badiiy san'at vositalari maqollarni yanada ta'sirchan qilib berishga yordam beradi. Ularni ixchamlashtiradi, aniq hukm ifodalashda yetakchilik qiladi.

Antiteza stilistik uslullardan biri bo'lib, qarama-qarshi ma'nolar asosiga quriladi va voqelikning yorqin va timsolli bo'lishini ta'minlaydi. Ingliz tilida antitezaning ikki turi mavjud bo'lib, ular mantiqiy antiteza va lug'aviy antonimlardir.

Lug'aviy antiteza antonim so'zlarning lug'aviy manosiga asoslanadi: "Many are called but few are chosen . "

Mantiqiy antiteza bevosita kontekst tabiatidan kelib chiqib yaratiladi. Unda ma'nosi bir-biriga zid bo'lmagan so'z va iboralar ishlatilib matndagi voqelik tazodni yuzaga keltiradi:

We are young, friend, like the flowers, You are old, friend, like the tree, What concern have you with ours? You are dying, we 're to be It is very true, I'm dying, You are roses still in bud...(J.Mansfield)

Antiteza ingliz adabiyoti, xususan, she'riyatida ham keng qo'llaniladigan san'atlardan biri hisoblanadi. Antiteza ingliz maqollarida ham ko'p qo'llaniladigan stilistik vositadir. Bunda sifatlar yoki ravish yoki ot so'z turkumlari orqali qarama qarshi ma'nolar hosil qilinadi.

Promise little , but do much (proverb)

Ushbu maqolda little and much ravishlari antiteza hosil qiladi. Mazmun antonimlar yordamida to'liq ochib berilgan . O'zbek tilidagi ekvivalenti bilan bir xil. "Kam gapir ko'p ishla" mazmuniy jihatdan ikkala maqolni o'zaro qiyoslaganimizda ikkalasi ham ravishlar yordamida antonimlik hosil qilgan.

Better an open enemy than a false friend (proverb)

Yuqoridagi maqolda esa enemy and friend qarshilantirish hosil qilmoqda. Dushman va do'st so'zlari orqali to'liq mazmunni ifodalaydi. O'zbek xalq maqollari singari ingliz xalq maqollari ham ingliz folklorning eng keng tarqalgan janrlaridan biridir. Ko'pincha tuzilishi, folklorda o'rganilishi va yana boshqa jihatlari bilan o'zbek maqollariga o'xshash holda umumiy jihatlarni ko'rsatadi.

MUHOKAMA

Xalq maqollariga murojaat etganda, ulardagi tarixiylikni hisobga olish lozim. Chunki bugungi kunda nutqimizda ishlatilayotgan maqollarning ko'pchiligi o'tmishda yaratilganligi bilan xalq psixologiyasi, dunyoqarashidagi cheklanganliklar va ziddiyatlar aniq ifodasini topgan. Binobarin, xalq maqollarini to'plash, ularning tabiatdagi turli davrlarga xos qatlamlarini izchil sinfiylik nazaridan o'rganish lozim. Masalan o'zbek xalq maqollaridan biri "Boy boyga boqar, suv soyga oqar" maqolini jamiyatning qaysi davrida va qanday sinf vakillari tomonidan aytilganligini anglash bir qarashda qiyin. Agar maqol mehnatkash xalqning nutqida qo'llanilgan bo'lsa, u shu sinf manfaatlariga xizmat qiladi yoki aksincha.

O'zbek va ingliz xalq maqollari sirasiga kiruvchi maqollardan:

Inglizcha: A bad beginning makes a bad ending

O'zbekcha: Yomonchilik bo'lganda, qor ustiga muz yog'ar.

Inglizcha: A good beginning makes a good ending.

Biror ishning natijasi qanday bo'lishi, uning qanday boshlanishiga bog'liq ekanligi maqollarda ham o'z aksini topa olgan. Odatda boshlagan ishimizning yakuni uni qanday ruhiyatda boshlashimizga va yon - atrofimizdagilarni bunga bo'lgan munosabatiga bog'liq bo'ladi. Shuning uchun ham ishni yaxshi boshlasak yaxshi, aksincha, yomon boshlasak, yomon yakun topishi maqollarda ifodalangan.

Maqol bu xulosa, lekin u hali so'nggi manzil, xayolot sarhali emas. Maqol qandaydir muayyan holatda-xulosa, boshqa holatda-faraz bo'lib, yangi muammolarni ko'ndalang ko'yadi. Maqolning qiymati uning tub-tubiga kirib borishni talab etuvchi ma'nosini sharhlab berilganda malum bo'ladi. Mulohazalarda, suhbatlarda, bahslarda maqollarni sharhlab berish xalq ichida keng yoyilgandir.

Xalq o'zining dono so'zlari bilan mehnatsevar kishilarrni ardoqlasa, yalqov va mehnatdan qochuvchi tekinxo'rlarni rosa savalaydi. Xalqning so'zi o'tkir, qurol singari ta'sir qiladi. Zotan, dunyoda mehnatkash xalqdan ulug' faylasuf ham, shoir ham oddiy

xalq orasidan yetishib chiqadi. Har ikkalasi ham xalq yaratgan donolik bulog'idan bahramand bo'ladi.

Xalq maqollarida do'stlik va birodarlik , mehnat va shijoat, shodlik va xursandchilik, qayg'u va alam, mag'lubiyat va g'alaba, muhabbat va hijron kabi tuyg'ular o'z ifodasini topadi.

O'zbek maqollarida ham antiteza ya'ni tazod san'ati qollangan maqollarni ko'plab uchratishimiz mumkin:

Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga,

yomon bilan yursang qolarsan uyatga;

Yaxshi oshini, yomon boshini yeydi;

O'zga yurtda shoh bo'lguncha o'z yurtingda gado bo'l ;

Birlashgan — o'zar,

Birlashmagan — to'zar.

NATIJA

Yuqorida keltirilgan maqollarda ma'no antonimlar yordamida qisqa lo'nda aniq qilib ochib berilgan . Bu misollardan ko'rinadiki maqollarda taqqoslash orqali tarbiyaviy jihatiga e'tibor beriladi. Qarama qarshilik orqali ifodalangan maqollar strukturaviy jihatdan 2 komponentli maqollarga kiradi bu antitezaning muhim xususiyatlaridan biri. Qo'shma gapning birinchi qismi shunday mazmun ifodalab, shunday ohang bilan aytiladiki, undan keyin ikkinchi gap kerakligi aniq sezilib turadi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda Antiteza stilistik vositalardan biri bo'lib asosan qo'shma gapli birikmalar maqollar hamda she'riyatda qo'llaniladi. Ingliz va o'zbek xalq maqollari o'ziga xos bir qancha xususiyatlari bilan xalq o'g'zaki ijodining boshqa janrlaridan farqlanib turadi. Ya'ni, ularda fikr aniq, tugal xulosa, lo'nda hukm tarzida ifodalanadi, muayyan hukmni mantiqiy izchillikda, keskin qutbiylikda ifodalash yetakchilik qiladi va o'z va ko'chma ma'nolarda qo'llana olish imkoniga ega. Bundan tashqari, maqollarda ibratlilik, pand-nasihat kabi jihatlar ustun turishi orqali o'zining umuminsoniy jihatlarini ko'rsatadi. Maqollarda stilistik vositalardan qo''anilishi ayniqsa uning ta'sir doirasini va uslubiy bo'yoqdorligini yanada oshiradi. Maqollarda, ayniqsa istiora, o'xshatish, sifatlash, qiyeslash kabi tasir vositalaridan ko'p foydalaniladi. Shuningdek, tazod vositasi faol ishtirok etadi. Natijada, xalq maqollarida shakliy va mazmuniy san'atlarning qo'llanishda mutanosiblik ko'zga tashlanadi.

REFERENCES

1. I.Galperin. Stylistics. - M.: Higher School Publishing House, 1971

2. T. Mirzayev, A. Musoqulov, B. Sarimsoqov; O'zbek xalq maqollari . — T.: «Sharq», 2005

3. Marvin, D.E. Antiquity of Proverbs. - New York and London: G.P Putnam Sons, 1922

4. Marvin, D.E. Antiquity of Proverbs. - New York and London: G.P Putnam Sons, 1922

5. Meider, W. Dundes, A. The Wisdom of Many: Essays on the Proverb. - NewYork: Garland, 1995

6. Honeck, R. A proverb in mind: the cognitive science of proverbial wit and wisdom. -USA.: Lawrence Erlbaum, 1997

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.