Научная статья на тему 'XALQ MAQOLLARIDA UCHRAYDIGAN QARAMA-QARSHILIK XUSUSIYATINING O'ZIGA XOS POETIK TAMOYILLARI'

XALQ MAQOLLARIDA UCHRAYDIGAN QARAMA-QARSHILIK XUSUSIYATINING O'ZIGA XOS POETIK TAMOYILLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2253
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sintaktik va morfologik tahlil / ma'no attentliklari / madaniy saviya / nutq boyligi / so'z qo'llash / iqtibos / motivlar / folklorshunoslik. / syntactic and morphological analysis / semantic attentions / cultural level / richness of speech / word usage / quotation / motives / folklore.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Diyorbek Rozimamat Ogli Turgunpolatov, Rayhona Rasulova

Maqolada xalq maqollarining qarama qarshilik xususiyati ortidagi ma'no nozikliklarini keng tahlil etiladi. Qarama qarshi ma'no kasb etgan maqollarning ma'no imkoniyatlari naqadar kengligi ko'rsatiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIFIC POETIC PRINCIPLES OF CONTRADICTION IN PEOPLE'S PROVERBS

The article provides an extensive analysis of the subtleties of meaning behind the contradictory nature of folk proverbs. It shows how wide the possibilities of meaning of proverbs that have opposite meanings are.

Текст научной работы на тему «XALQ MAQOLLARIDA UCHRAYDIGAN QARAMA-QARSHILIK XUSUSIYATINING O'ZIGA XOS POETIK TAMOYILLARI»

XALQ MAQOLLARIDA UCHRAYDIGAN QARAMA-QARSHILIK XUSUSIYATINING O'ZIGA XOS POETIK TAMOYILLARI

Diyorbek Ro'zimamat o'g'li Turg'unpo'latov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Ilmiy rahbar: Rayhona Rasulova

ANNOTATSIYA

Maqolada xalq maqollarining qarama - qarshilik xususiyati ortidagi ma'no nozikliklarini keng tahlil etiladi. Qarama - qarshi ma'no kasb etgan maqollarning ma'no imkoniyatlari naqadar kengligi ko'rsatiladi.

Kalit so'zlar: sintaktik va morfologik tahlil, ma'no attentliklari, madaniy saviya, nutq boyligi, so'z qo'llash, iqtibos, motivlar, folklorshunoslik.

SPECIFIC POETIC PRINCIPLES OF CONTRADICTION IN PEOPLE'S

PROVERBS

Diyorbek Ruzimamat ugli Turgunpulatov

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

Research advisor: Rayhona Rasulova

ABSTRACT

The article provides an extensive analysis of the subtleties of meaning behind the contradictory nature of folk proverbs. It shows how wide the possibilities of meaning of proverbs that have opposite meanings are.

Keywords: syntactic and morphological analysis, semantic attentions, cultural level, richness of speech, word usage, quotation, motives, folklore.

KIRISH

Maqollardagi har bir xususiyat uning ta'sirchanligini, badiiyligini ta'minlash uchun xizmat qiladi. Har bir shaxs nutq tuzar ekan, kerakli o'rinlarda xalq maqollaridan, hikmatga chorlovchi aforizmlardan, mavzuga mos iqtiboslardan foydalanadi. Aynan man shunday xususiyatlar uning muomala madaniyatini, adabiy me'yor qoidalariga qay tariqa amal qilishini ko'rsatib beradi. Nutqi sof va madaniy bo'lmagan har qanday shaxs esa o'zining madaniy saviyasi, nutq boyligi, so'z qo'llash mahorati kamligini ko'rsatib qo'yadi. Buning ortidan esa so'z va gaplarni o'rinsiz, noto'g'ri qo'llab qo'yishi mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Maqollaming ma'no xususiyatlari turli - tuman mavzularda yoritiladi. Ijobiy va yaxshilikka chorlovchi maqollar e'tirof etilgani sari uning aksi bo'lgan - salbiy va xotima qismi yomonlik bilan tugaydigan maqollar ham o'ziga xos ahamiyatga ega. Rumiy aytganidek : " Hamma narsaning zidi bor, shu zid orqali bir - biri o'lchanadi. Agar zid bo'lmaganda edi hech narsani ta'riflab,tavsiflab bo'lmas edi ". Darhaqiqat, yomonlik deyishimiz bilan ko'z oldimizga yaxshilik, oq deyishimiz bilan qora, katta so'zini eshitiboq kichik so'zi xayolimizga keladi.

Xalq maqollarida ham xuddi shunday ma'nolar anglashiladi. Mardlik va nomardlik, tinchlik va notinchlik, do'st va dushmanlik, xoyinlik, yaxshi va yomon so'z, halollik va tekinxo'rlik, to'g'rilik va egrilik haqidagi maqollar shular jumlasidandir.

" Maqollar ketma - ket kelganda, biri ikkinchisini inkor etgandek, bir - biriga ziddek tuyulishi mumkin. Aslida esa qo'llanish vaziyatga qarab turli - tuman ma'no -mazmunni ifodalaganligini unutmaslik kerak. Ushbu maqolda :

Ko'pni yomonlagan ko'muvsiz qolar.

Ko'pni yomonlagan ko'milar.

Keltirilgan maqol bir l - biriga zid emas. Yoki biri ikkinchisining buzilgan varianti ham emas. Ular o'z ma'nosiga ega mustaqil maqollardir :

Ko'pni yomonlagan ko'muvsiz qolar. Ma'lumki, xalqimiz marhumlarga alohida hurmat ko'rsatadi. Tirikligida qanchalik yomon bo'lishmasin, ular haqida yomon so'z aytishdan, garchi to'g'ri bo'lsa ham, tiyiladi. Maqolda esa bunday kishilarning azasiga ham kishilar istar - istamas kelishi, tilida aytmasa ham, dilida ularning aslida kim bo'lganini unutmasligi o'z ifodasini topgan. Bunday qat'iy hukmda o'ziga xos ogohlantirish tasvirlangan.

Ko'pni yomonlagan ko'milar.

Bu yerda halok bo'lar, el nazaridan qolar degan ma'no ifodalangan.

MUHOKAMA

Qarama - qarshi ma'noli maqollarni sintaktik va morfologik tahlil qilganimizda ham ma'no nozikliklari yaqqol ko'zga tashlanadi.

Ish oshga tortar,

Yalqovlik - boshiga.

Ahmoqning kulgusi ko'p.

Dangasining - uyqusi.

Xalq qarg'asa, zor bo'lasan

Xalq qo'llasa - bor.

Yuqoridagi maqollarning birinchi satridagi oxirgi so'z ikkinchi satr oxirida takrorlanmagan. Bu esa o'ziga xos ma'no attentliklarini yuzaga chiqargan. Birinchi satr oxiridagi so'zni (har qanday so'z turkumi bo'lishi mumkin) ikkinchi satr oxirida qo'llasa, takrorlasa ham bo'ladi. Takrorlamaslikka qat'iy qoida yo'q. Yana keltirsa ham xato hisoblanmaydi. Lekin so'zlar takrori g'alizlikka olib kelgani uchun qo'llanmagan. Birinchi satrning aksi bo'lgan ikkinchi satrdagi so'zdan so'ng tire ("-") qo'yilgan. Bu esa so'zlar takroridan qochishga, o'sha ma'no anglashilishiga sababchi bo'ladi. Birinchi satr oxiridagi so'z qaysi sintaktik vazifani bajarsa, ikkinchi satr oxirida (tiredan keyin kelgan) so'z ham o'sha vazifani bajaradi. Dutorsiz baxshi bo'lmas.

Yomonsiz - yaxshi - maqolida ham xuddi shunday xususiyat qirralari yaqqol namoyon bo'lgan.

NATIJA

So'z san'atining mahsuli, folklorshunoslikning tarkibiy qismi sifatida maqollar ham badiiy hodisalardir. Ularda bir maqolning o'nlab ma'no qirralari uchratish mumkin. Qaysi maqol tarkibida kelishiga qarab birgina yomon so'zi yomonlikdan tashqari xudbinlik, tekinxo'rlik, egrilik, insofsizlik, dushmanlik, qo'rqoqlik, nodonlik, ilmsizlik, odobsizlik, baxillik, manmanlik, noshudlik, yolg'onchilik, sabrsizlik, bevafolik, ochko'zlik, nomussizlik, isrofgarchilik va hokazo ma'nolarni ifodalaydi. Bu esa maqollarda so'zlarning ma'no imkoniyatlari naqadar kengligini ko'rsatadi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin ko'p narsalar ijobiy tomonga o'zgardi. Ko'p qadriyatlarimiz to'laligicha tiklanishi ortidan maqollarning ham qo'llanishida xilma - xilliklar yuzaga keldi. Maqollarni nafaqat nutqimiz ko'rki sifatida olib kirish, balki uning barcha xususiyat va tamoyillarini to'laligicha o'rganish zarur.

REFERENCES

1. T. Mirzayev. O'zbek xalq maqollari - Toshkent "Sharq", 2016.

2. https:// uzbaza.uz

3. "O'zbek xalq maqollari" -1988. 1 -jild.

4. O'z ME - Toshkent, 2000 - yil. Birinchi jild.

5. https:// n.ziyouz.com

6. Расулова, Р. Б. (2020). Она тили фанини укитишда иктидорли укувчиларни аниклаш ва уларнинг нутк маданиятларини оширишда замонавий педагогик технологиялардан фойдаланиш. Ta'lim, fan va innovatsiya, 1(2), 37-40.

7. Rasulova, R. (2020). ADABIYOT DARSLARIDA XALQ OG 'ZAKI IJODINI O 'QITISHNING SAMARALI USLUBLARI VA YARATUVCHANLIK, IJODKORLIK QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISH. Science and Education, 7(Special Issue 3).

8. Расулова, Р. (2021). ИНСОНЛАР САДАФИ ХИММАТИДАНДУР. Academic Research in Educational Sciences, 2(1), 907-910.

9. Shayxislamov, N. (2020). Hozirgi zamon tilshunosligida til va madaniyatning talqini. Scientific progress, 7(1).

10. Шайхисламов, Н. (2020). Лингвомэдениеттанудын, тарихи мен теориялык непздерг O 'zbekistonda ilm-fan va ta'lim masalalari: muammo vayechimlar,(2), 219221.

11. Шайхисламов, Н., & Хафизова, С. (2020). Педагогика-тарбия хдкидаги фан: асосий тушунчалар хдмда унинг бошка фанлар билан богликдиги. Узбекистонда илмий-амалий тадцицотларда талабаларнинг урни, 182-184.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.