Научная статья на тему 'MUHAMMAD YUSUF IJODIDAGI FOLKLORIZMLAR LINGVOPOETIKASINING O‘RGANILISH MASALALARI'

MUHAMMAD YUSUF IJODIDAGI FOLKLORIZMLAR LINGVOPOETIKASINING O‘RGANILISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
355
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
lingvopoetika / leksik / morfologik / sintaktik / doston

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Gulxumor Taxirovna Djamalxodjayeva

Mazkur maqolada Muhammad Yusuf ijodida folklorizmlar lingvopoetikasining o‘rganlish masalalari, tasnifi, qo‘llanilishi, ularni qaysi usullarda foydalanilganligi, asar harakterini, mazmun-mohiyatini ochib berishida muhim ahamiyat kasb etganligi haqida bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUHAMMAD YUSUF IJODIDAGI FOLKLORIZMLAR LINGVOPOETIKASINING O‘RGANILISH MASALALARI»

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 1 / February 2023

MUHAMMAD YUSUF IJODIDAGI FOLKLORIZMLAR LINGVOPOETIKASINING O'RGANILISH MASALALARI

Gulxumor Taxirovna Djamalxodjayeva

Annotatsiya: Mazkur maqolada Muhammad Yusuf ijodida folklorizmlar lingvopoetikasining o'rganlish masalalari, tasnifi, qo'llanilishi, ularni qaysi usullarda foydalanilganligi, asar harakterini, mazmun-mohiyatini ochib berishida muhim ahamiyat kasb etganligi haqida bayon qilingan.

Kalit so'zlar: lingvopoetika, leksik, morfologik, sintaktik, doston

QUESTIONS OF STUDYING THE LINGUOPOETICS OF FOLKLORISMS IN THE WORKS OF MUHAMMAD YUSUF

Gulkhumor Takhirovna Djamalkhodjayeva

Abstract: This article presents the issues of studying, classification, application of linguopoetics of folklorisms in the works of Muhammad Yusuf, ways of their use, disclosure of the nature and content of the work.

Keywords: linguopoetic, lexical, morphological, syntactic, epic.

So'z - taraqqiyotlar oqimida yuksalayotgan insonning xohish-irodasi, xulq-atvori, xatti-harakati, o'z o'rnida borliqning ming bir turlanuvchi oqimida, o'zini-o'zligini anglanishi hamda uning odamzod nazdida anglanishi hislatu-fazilatlarning sarchashmasi. Insondagi eng botiniy xususiyatlarni ichki olami, borliqni his qilishlik, unga bo'lgan munosabatlarni, tasavvurlarining teran va cheksizligi, hayotbaxshligini albatta so'z bilan ifodalaydi. Insonni bezab turuvchi bebaho va qudratli ne'mat so'z ekanligi diniy manbalarda e'tirof etiladi. Bu go'zal xatti-harakatlarning asosiy vositachisi bu shubhasiz tildir. Til biror bir millat uchun xos bo'lib, shu millatning tarixan qadimiyligi bilan ham baholanadi.

Til - bu nafaqat insonlarning asosiy aloqa vositasi, fikrlarni shakllantirish, his-tuyg'u, istak va shu kabilarni ifodalsh vositasi, balki, badiiy adabiyot obrazlari burkanadigan real tashqi shakl hamdir.[1.3.]

Badiiy asar tilini tilning aynan estetik vazifasi namoyon bo'lishi tarzida o'rganuvchi sohani "lingvistik poetika" - "lingvopoetika" deb nomlash filologiya ilmida ancha turg'unlashgan hamda "lingvistk poetika"ning filologik ilmlar tizimida alohida mustaqil fan sifatidagi o'rnini aniqlashtirishga bag'ishlangan ko'pgina tadqiqotlar yaratilgan. [2.18]

Lingvopoetika lingvistikaning alohida yangi sohasi sifatida badiiy asar tilini o'rganuvchi yangi yo'nalishlaridan biridir. Lingvopoetika tushunchasi ostida sohani tor tushunish tufayli poetik xarakterdagi asarlarning til xususiyatlari o'rganiladi, degan qarashlar mavjud. [3.13]

Eng avvalo "lingvistika" va "poetika" atamalari, ularning tutashgan nuqtalari yuzasidan fikr yuritish lozim. Aristotel o'zining mashhur "Poetika" asarida poetik san'at - she'riy navlar (janrlar) xususida to'xtalib, poetika - poeziya san'ati haqida so'z yuritgan.[4.39] Bu asar badiiy asar va uning tiliga oid nazariy masalalarni yorirtishda dastlabki asarlardan hisoblanadi. [5.162]

V.Jermunskiy "Poetikaning vazifalari" nomli ishida A.A.Potebnya asarlardagi, garchi uning yaxlit kontseptsiyasida e'tirozli o'rinlar ko'p bo'lishiga qaramay, poetikani til haqidagi umumiy fan - lingvistika bilan yaqinlashtirishdan iborat metodi o'ta samarador ekanligiini va shuning uchun e'tirof etilganligini alohida ta'kidlaydi.[6.15] Yana V.Jirmunskiyning poetika va lingvistika o'rtasidagi chambarchas bog'liqlik haqidagi quyidagi fikrlari alohida e'tiborga molik: "Hamonki, poeziyaning materiali so'z ekan, poetikaning sistemali tuzilishi asosiga bizga lingvistika beradigan til faktlarining tasnifi qo'yilmog'i lozim. Badiiy vazifaga bo'ysundirilgan bu faktlarning har biri shu tariqa poetik usul (priyom)ga aylanadi. Shunday qilib, til haqidagi fanning har bir bo'limi muvofiq kelishi kerak." Bunda u, albatta poetik morfologiya, poetik sintaksis kabilarni nazarda tutadi.[6.28-33]

Lingvopoetika har qanday janrning til xususiyatlari bilan bog'liq muommolarni tahlil qiladi. Xususan, epik asarlarning ham til xususiyatlari jihatidan o'rganilishi tushunchasi bilan izohlanadi. Lingvopoetika muommolariga bo'lgan qiziqish XX asrning 60-yillaridan shakllana boshlandi. Ma'lumki, o'sha davrlardan boshlab poetik tilning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganuvchi tilshunoslik yo'nalishi lingvopoetika deb yuritila boshladi. Lingopoetika terminidan foydalanish ayrim tadqiqotchilar taqdim etgan "filologikpoetika" terminidan ko'ra ma'qul deb topilgan. Chunki unda tadqiqotchi tomonidan kuzatilayotgan badiiy asar poetikasi va tili o'rtasidagi dialektik bog'lanish lingvistik birliklar yordamida aks ettirilgan.[3.4]

"Lingvopoetika" terminiga ilmiy adabiyotlarda shunday ta'rif beriladi: "filologiyaning alohida bo'limi bo'lgan lingvopoetikaning predmeti bu - yozuvchi badiiy asarda foydalanidigan va g'oyaviy-badiiy maqsadni amalga oshirish uchun kerak bo'ladigan estetik ta'sirni ta'minlovchi til vositalarning majmui hisoblanadi". [7.160]

Lingvopoetika ancha ilgari paydo bo'lgan soha bo'lib, bu termin ifodalangan tushuncha tarkibidagi fanlar qadimdan filologik sohaning tarkibida, bu soha esa ijtimoiy fanlar qatorida, xususan, falsafa tarkibida o'rganilgan. Oz fursat o'tgach, lingvistika va poetika kabi fanlarning yangi ilmiy tushunchalar va ilmiy paradigmalar sifatida mustaqil fanga aylanishi ikki fan oralig'idagi tadqiqotlarga bo'lgan ehtiyojini

kuchaytirdi. Lingvopoetika sohasiga bo'lgan bunday ehtiyoj ikki fan ham birdek hizmat qiluvchi uslubshunoslikning taraqqiyoti bilan bog'liq bo'ladi.

O'zbek xalq og'zaki ijodi namunalarining betakror badiiyati, siru sinoatga to'la qonuniyat tilsimlari, lingvofolkloristika masalalarini teran tadqiq etgan filolog B.Sarimsoqov til badiiyati muommosini o'rganishda tilshunos va adabiyotshunoslarning doimiy hamkorligini targ'ib etishdan charchamagan olim edi.[8.21] U shunday ta'kidlaydi: "...Tilshunosmi yoki adabiyotshunosmi, lingvopoetikada, badiiylik (obrazlilik) masalalarida birlashib ketishlari lozim, shundagina ular haqiqiy filologga aylanadilar. Badiiylik muammolari esa sof filolologik muammolaridir".[9.27]

Ayniqsa, M.Yo'ldoshev tomonidan badiiy matn lingvopoetik xususiyatlarining o'zbek tilshunosligida birinchi marta dissertatsion planda tadqiq etilishi bu boradagi ishlarni yana bir pog'ona yuqoriga ko'tardi. Olim badiiy matnni lingvopoetik tahlil qilishga bag'ishlangan doktorlik dissertatsiyasida badiiy matnda tilning estetik vazifasining namoyon bo'lish tarzi o'zbek adabiyotining eng sara asarlari misolida tahlil qilingan, badiiy matnning mazmuniy turlari hamda intertestuallik muammosi faktik materiallar asosida tasnif va tavsif qilingan, badiiy matnni lingvopoetik tahlili tamoyillari ishlab chiqilgan, shuningdek, badiiy matnning shakllanish tarzi va unda ishtirok etuvchi lisoniy omillar o'rganilib, badiiy matnda fono-grafik, leksik, morfologik va sintaktik vositalarning poetik aktuallashish mexanizmlari aniqlangan.[10.]

M.Yo'ldoshev lingvopoetik tahlilning quyidagi asosiy tamoyillarini ko'rsatadi: 1) shakl va mazmun birligi asosida yondashuv; 2) makon va zamon birligidan kelib chiqish; 3) umumxalq tili va adabiy til munosbati asosida baholash; 4) badiiy matnga badiiy-estetik yaxlitlik sifatida yondashuv; 5) badiiy matnda poetik aktuallashgan til vositalarini aniqlash; 6) badiiy matndagi eksplitsitlik va implitsitlik nisbatini aniqlash; 7) badiiy matndagi intertekstuallik mexanizmlarining lisoniy va semantik xususiyatlarini aniqlash. Tadqiqotchi lingvopoetik tahlilda badiiy matnda poetik aktuallashgan til vositalarini aniqlash muhim tamoyillardan ekanligini alohida ta'kidlaydi, chunki bunday vositalarning lingvistik va badiiy mohiyatini ochib berish orqali badiiy mazmunning shakllanishi va ifodalanishi mexanizmlarini aniq tasavvur qilish mumkin.[10.3] Chindan ham, badiiy matnning estetik qimmatini bevosita belgilash va baholashda ayni shu tamoyil qulay va boshqa tamoyillar asosida ish ko'rishda ham zamin vazifasini bajarishi mumkin. Buning ustiga, mazkur tamoyil asosida lisoniy badiiyatni tasavvur qila olish boshlovchi tahlilchiga ham og'irlik tug'dirmaydi, chunki tahlilga tortiladigan ob'ekt matndagi konkret til birliklaridir.

So'ngi damlarda o'zbek tilshunosligida ijodkorlar lingvopoetik tadqiq qilishga e'tibor ancha kuchayganligi sezilmoqda. Badiiy tilning aynan estetik vazifasining

namoyon bo'lishi tarzida o'rganuvchi soha hisoblangan lingvopoetika filologik ilmlar tizimida alohida mavqega ega bo'lib bormoqda.[11.7]

Kuzatuvlar natijasida, hozirgi kunga qadar bir ijodkor asarlarining lingvopoetik tilning barcha sathlari doirasida emas, asosan, leksik-semantik qatlam doirasida tahlil qilingan. Jumladan, G.Muhammadjonovaning "80-yillar oxiri 90-yillar boshlari o'zbek she'riyatining lingvopoetik tadqiq" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasida Muhammad Yusuf she'rlari o'tgan asrning 80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida adabiyotimizga kirib kelgan Shavkat Rahmon, Usmon Azim, A'zam O'ktam, Iqbol mirzo kabi shoirlar ijodi lingvopoetik tadqiq etilgan.[12.] Mazkur dissertatsiyada she'riy nutq individualligining lingvopoetik xususiyatlarini yuzaga chiqaruvchi omillar Muhammad Yusufning antiteza, sinonimlar, maqol va iboralar, takror, okkazionalizmlarni qo'llashi borasidagi mahorati bayon qilinadi.

M.Yo'ldoshevning "Cho'lponning badiiy til mahorati" ("Kecha va kunduz" romani asosida) mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasida roman tilidagi so'zlar, iboralar va badiiy-tasvir vositalarining lisoniy va badiiy estetik vazifalari tahlilga tortiladi.[13.] Cho'lponnig badiiy til mahorati, xususan, "Kecha va kunduz" romanining tili lingvopoetik aspektda o'rganilgan. Unda Cho'lponning o'zbek tilidagi leksik va frazeologik birliklar hamda asosiy badiiy-tasvir vositalardan foydalanishdagi o'ziga xosligi, undagi lingvopoetik qonuniyatlar ochib berilgan.

Hozirgi zamonaviy tilshunoslik va adabiyotshunoslik fanlari bazasida yangi soha sifatida paydo bo'lgan lingvopoetika aynan shu yo'nalishdagi tadqiqotchilar uchun chuqur ilmiy izlanishlar olib borilishini taqazo qiladi. Ayni paytda shuni ta'kidlash joizki, Muhammad Yusuf ijodida folklorizmlar lingvopoetikasi o'rganilmagan.

Masalan, D.Shadiyevaning "Muahammad Yusuf she'riyati lingvopoetikasi" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasida Muhammad Yusuf she'rlarining asosan, leksik-semantik xususiyatlari - shoir she'rlarida qo'llanilgan antiteza va sinonimlar, maqol va matallar, badiiy takror va individual yasalmalarning lingvopoetik jihatlari yoritilgan.[14.146]

M.Davronova esa "Muhammad Yusufning poetik mahorati" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasida adib she'riyati va qo'shiqchilik an'analari, badiiylik mezonlari, til va poetik ifoda imkoniyatlari tahlilga tortilgan.[15.134]

Binobarin, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020-yilning 20-may kuni Toshkent shahrida tashkil etilgan Adiblar xiyobonida tashrifi davomida berilgan topshshiriqlari va o'tkazilgan majlisning 35-sonli bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida 2020-yilning sentabr oyida alohida Muhammad Yusufga bag'ishlagan O'zDSMI xabarlari jurnalining 3-soni chop etildi, 2021-yilning 24-aprel kuni "Muhammad Yusuf - Vatan va muhabbat kuychisi" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. O'zbek xalqining sevimli ijodkori, O'zbekiston

xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodiy merosini chuqur o'rganish, keng targ'ib etish O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti jamoasiga yuklangandi. Shu maqsadda ta'lim muassasamizda alohida "Yo'l xaritasi" qabul qilindi. Shoirning ijodi va faoliyatiga bag'ishlangan mavzular fan dasturlariga kiritilib, ularni talabalarning dars mashg'ulotlari hamda mustaqil ta'lim asosida o'zlashtirishlariga keng sharoitlar yaratildi.[16.4]

Shu nuqtai nazardan dostonlar tiliga xos poetik xususiyatlar, xususan, mustaqillik davri bilan bog'liq dostonlarning badiiylik asosida maxsus tadqiq etilishi hozirgi o'zbek lingvopoetikasi oldida turgan dolzarb masalalardan biri sanaladi. Muhammad Yusuf dostonlariga xos poetik xususiyatlar, badiiy matndagi shakl va ma'no munosabati, yangi paydo bo'lgan poetik vositalarning qo'llanilishi ushbu davr o'zbek dostonchiligida o'ziga xos tomonlari bilan farqlanishi kuzatiladi.

Ijodkor, shoir yoki yozuvchi so'zning leksik, grammatik, stilistik ma'no ko'rinishlaridan eng zarur va kerakligini kontekstga muvofiq ishlatadi. Ya'ni tasvirlayotgan hayot, ya'ni epizod, obraz, xarakterning mohiyatini chuqur ochib beruvchi so'zlarni tanlaydi. [17.16] Tanlangan har qanday so'z adabiy asarda, aynan, Muhammad Yusuf dostonlarida ham, albatta, ma'lum yukni tashishi lozim bo'ladi. Muhammad Yusuf dostonlarida tasvirlanayotgan voqeaning haqqoniyligi va to'laligini, uning ahamiyati va kuchini qahramonning his-tuyg'ulari, kayfiyat va kechinmalarini o'zida mujassam etishiga - shu yukni qanchalik ko'targanligiga qarab belgilaymiz.

Badiiy mahoratning to'rtta belgisi, ya'ni aytilmoqchi bo'lgan fikr, tasvirlanayotgan predmet, so'z va ibora o'lchovlarning asosiysi bo'lib, ular har qanday badiiy poetik asarda, jumladan, Muhammad Yusuf ijodidagi folklorizmlarning murakkab turiga kiruvchi dostonlarida ham yaxlit, butun holda namoyon bo'ladi. Ushbu belgilar, bevosita, biri birini yaratuvchanlik va ta'sirchanlik xususiyatlarini zo'raytirishga, tabiiylikni yaratishga xizmat qiladi. Badiiy mahorat, bir tomondan - real hayotdagi yangilikni ko'ra bilish va uni adabiyot vositalari ila tahlil qila bilish san'ati bo'lsa, ikkinchi tomondan badiiy san'atning sirlarini, texnikasini, minglab hissiy - tasviriy vositalarni chuqur bilishga bog'liqdir. Bu ikki tomon dialektik aloqada bo'lsa, uzviy birlashgan holda tasvirlashga niyat qilingan qahramonlarning hayotini butun to'laligi va aniq nuqtalari bilan ko'ra bilishga xizmat qilsa, tasvir o'quvchini hayajonga sola bilsa, ana shundagina hayotning katta haqiqati o'zining tugal va go'zal ifodasini topadi.[17.16]

Hozirgi kunda bunday tushunchalar qatoriga so'z san'ati tili, badiiy til, badiiy matn, idiolekt, idiostil, badiiy olam singari qator tushunchalar kiradi. Bizning tadqiqot mavzuimiz badiiy tilining muhim shakllaridan biri, tilining tarixiyligi, falsafiyligi, rang-barangligi, badiiyligi, obrazlilik va ta'sirchanlik ko'lamining kengligi jihatidan o'ziga xoslikka ega bo'lgan Muhammad Yusuf dostonlariga xos

leksik-poetik ifoda vositalarining individual estetik qo'llanish sistemasiga bag'ishlanadi.

Muhammad Yusuf ijodida folklorizmlarning lingvopoetikasi haqida fikr yuritar ekanmiz, bevosita O'zbekistonning birinchi prezidenti I.A.Karimovning "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" asarida tilga bergan ta'rifini eslatib o'tishni lozim topdik: "Ma'lumki, o'zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning yuksak badiiy ifodasi va avlodlar o'rtasidagi ruhiy-ma'naviy bog'liqlik badiiy tilda yanada yaqqolroq namoyon bo'ladi". [18.17-18] Jamiyatda sodir bo'ladigan har qanday jarayon muayyan jamiyatning barcha sohalarida o'ziga xos o'zgarish yasashi tabiiydek, mustaqillik davrida yaratilgan dostonlar ham mana shunday ijobiy o'zgarishlarga boy bo'lib, o'rganish uchun o'ziga xos muhim va qimmatli manba hisoblanadi. Ba'zan tarixiy, ba'zan bugungi kun ruhi bilan sug'orilgan, ijtimoiy hayot muammolarini o'zida aks ettirgan, mustaqillik davrida yaratilgan dostonlar, o'ylaymizki, o'zbek filologiyasiga lingvopoetik hamda poetik nutq tahlili muammolarini hal qilishda ko'plab ma'lumotlar beradi.

Muhammad Yusuf dostonlari dramatik ko'rinishda ko'pincha dialogik nutqqa asoslangan, ba'zan esa monologik nutqqa asoslangan bo'lib, doston qahramonidan tashqari boshqa (ramziy) siymolarni ko'rishimiz yoki qalban his qilishimiz mumkin. Bunda liro-epik qahramon o'zining ichki ruhiy kechinmalari bilan, qalban yakka o'zi qolib, o'z qilmishlariga, kamchiliklariga iqror bo'ladi, haqiqatni tan oladi, vijdonan qiynaladi, borliq, tiriklik haqida falsafiy mushohada yuritadi, mantiqan fikrlaydi. Uning nutqi o'z o'ziga murojaat qiluvchi, so'zlovchi ichki monologik nutqi bilan xarakterlanadi.

Muhammad Yusuf dostonlari o'zining xalqchilligi, voqea-hodisalarning xaqqoniy ta'svirlanishi, tabiiyligi, milliy qadriyatlarga bo'lgan yangicha munosabatlarning tarkib topishi bilan farqlanadi. Bunday holatlarni dostonlardagi tarixiy davr, tabiat, e'tiqod va milliylikni ifodolovchi leksemalarning ko'p qo'llanishi, tarixiy (istorizm, arxaizm) so'zlarning turli xil ma'nolarda keng aks etishi, mumtoz she'riyatimiz san'atlariga ko'plab murojaat qilinishidan anglash mumkin.

Muhammad Yusuf dostonlari o'zida muayyan tarixiy davrlarda mustaqillik uchun pinhona va oshkora kurash, ziddiyatli tuyg'ular silsilasini, boy madaniy tarixiy merosimizni sog'inish va unga intilish, o'zlikni anglash, milliy iftixor hamda g'urur tuyg'usini to'la namoyon etadi. Shuning bilan birga mustaqillik davri nafaqat insonlar, balki ijodkorlarning ruhiyati, ichki ruhiy kechinmalari, yangilanishlar bilan bog'liq orzu-armonlarini o'zida mujassamlashtirdi va dostonlarda qo'llanilgan har bir satr, har bir so'z, har bir element, uning ma'nosida musiqiylik va ohangdorlik vositasida muhabbat, vatanni ardoqlash va sevish, milliy an'analarga sodiqlik,

insoniylik, ozodlik, erk, ruhiy tozarish kabi masalalar goh ramziy, goh shundayligicha bor bo'yi-basti bilan namoyon bo'ldi.

Muhammad Yusuf ijodida folklorizmlarning leksik-semantik xususiyatlari -shoir murakkab folklorizm turiga kiruvchi dotonlarida qo'llanilgan ma'nodosh, shakldosh, zid ma'noli, so'zlardan foydalanish, sintakik xususiyatlardan - dostonlarda sintaktik parallelizm, ritorik so'roq gaplar, emotsional gaplar, inversiyalar, ellipsislar, gradatsiyalar, antiteza, oksyumoronlar, ko'chimlardan foydalanish mahoratini tadqiq etishga e'tibor qaratildi. Shuningdek, uning dostonlardagi paremalardan ham tahlil etildi. Shoir ijodi tilini faqatgina ushbu tasviriy vositalagina belgilamaydi, albatta. Adib dostonlarida poetonimlarni qo'llash, antroponim, toponim, biblionim va hokazolarni jihatlar hali o'z tadqiqiy yechimini kutmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Shmelev D.N. Slovo I obraz. - M.: Nauka, 1964, c.3.

2. Yo'ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. - Toshkent: Fan, 2008. - B. 18

3. Toshxujayeva Sh. Erkin A'zam asarlari lingvopoetikasi//Fil. Fan. Diss 13-b.

4. Aristotel Poetika - Toshkent. Adabiyot va san'at, 1979. - B.39

5. Olim S. Poetika / O'zbekiston milliy entsiklopediyasi. 7-jild. Toshkent: O'zbekiston milliy entsiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti, 2004, 162-bet.

6. Жирмунский В.М. Теория литературы. Поетика. Стилистика. - Л: Наука. 1977, с.15.

7. Задорнова В.Я. Лингвопоэтика. Слово в художественном тексте.// Языб сознание, коммуникация:СБ.статей/Отв.ред.В.В.Красных, А.И.Изотов, -M:MAKC Прусс, 20056 - Вып.29. - С. 160.

8. Yo'ldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetikasi.Monografiya. -Toshkent. "O'zbekiston" NMIU, 2019. - 21-b

9. Sarimsoqov B. Badiiylik asoslari va mezonlari. - Toskent: TAI, 2004, 27-bet.

10. Юлдашев М. Бадиий матннинг лингвопоэтик таджики. Филол.фан.докт...дис.-Тошкент, 2009. Yo'ldashev M.Badiiy matnning lingvopoetik tadqiqi.Filol.fan.dokt...dis.- Toshkent, 2009.3

11. Yo'ldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari. - Т: Fan, 2007. -B.7.

12. Jumanazrova G."Shirin bilan Shakar" dostonning lug'aviy va lingvopoetik xususiyatlari: Filol.fan.nom...dis. - Toshkent, 2008

13. Yo'ldashev M.Cho'lponning badiiy til mahorati Filol.fan.nom...dis. avtoref.-Toshkent, 2000.

14. Shodiyeva D. Muhammad Yusuf she'riyati lingvopoetikasi: Filol.fan.nom...dis. - Toshkent, 2007. - 146 b.

15. Davronova M. Muhammad Yusuf poetik mahorati: Filol.fan.nom...dis. -Toshkent, 2008. - 134 b.

16. Yo'ldoshev I. Adiblar hiyoboni - adabiyot, ma'naviyat, ma'rifat, madaniyat maskani // O'zDSMI xabarlari - Toshkent, 2020. - № 3., 4-b.;

17. Qurbonova M. Mustaqillik davri dostonlari lingvopoetikasi: Filol.fan.nom...dis.- Toshkent, 2020; 16-b.

18. Karimov I.A. Adabiyotga e'tibor - ma'naviyatga, kelajakka e'tibor. -Toshkent: O'zbekiston, 2009. - B. 17-18.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.