Научная статья на тему 'MUHАMMАD YUSUF SHE’RIYАTI TILI VА USLUBINING O‘RGАNILISH MАSАLАLАR'

MUHАMMАD YUSUF SHE’RIYАTI TILI VА USLUBINING O‘RGАNILISH MАSАLАLАR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

221
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dilnoza Avalboyevna Kushbakova

Ushbu maqolada xalq shoiri Muhammad Yusufning lisoniy birliklardan foydalanish mahoratining badiiy matnda aks etish darajasini aniqlash, badiiy matn va uning o„ziga xos xususiyatlarini o„rganish vazifalarini bajarish maqsad qilindi. Shuningdek, shoir she‟riyati tili tili vа uslubi mаsаlаlаrining o„rgаnilishi lingvopoetik nuqtayi nazardan tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUHАMMАD YUSUF SHE’RIYАTI TILI VА USLUBINING O‘RGАNILISH MАSАLАLАR»

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni

MUHAMMAD YUSUF SHE'RIYATI TILI VA USLUBINING O'RGANILISH

MASALALARI

Dilnoza Avalboyevna Kushbakova

JDPU o'zbek tili va adabiyoti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada xalq shoiri Muhammad Yusufning lisoniy birliklardan foydalanish mahoratining badiiy matnda aks etish darajasini aniqlash, badiiy matn va uning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish vazifalarini bajarish maqsad qilindi. Shuningdek, shoir she'riyati tili tili va uslubi masalalarining o'rganilishi lingvopoetik nuqtayi nazardan tahlil qilingan.

O'zbek xalqining sevimli shoiri Muhammad Yusufning ijodida qo'llangan frazemalar to'liq tadqiqot obyekti bo'lgan emas. Tadqiqotimiz davomida shoir ijodiga va hayotiga bog'liq ayrim ma'lumotlarni aytib o'tishni lozim deb bildik. Biz quyida bildiradigan fikrlarimiz shoir ijodiga chizilgan betakror chizgilar ekanligiga hech shubhamiz yo'q. Uning ijodi, she'rlari haqida har qancha gapirsak oz. U o'z ijodi orqali chinakam xalqona o'zbek she'riyatining tamal toshini qo'yib ketdi, desak sira mubolag'a bo'lmaydi. Muhammad Yusuf milliy adabiyotimiz va madaniyatimizni rivojlantirish, xalqimiz ma'naviyati va ong-u tafakkurini yuksaltirish, yosh avlod qalbida o'zlikni anglash, milliy g'urur va iftixor tuyg'ularini, ezgu fazilatlarni kamol toptirishga yorqin iste'dodi, betakror badiiy asarlari, ijtimoiy faoliyati bilan katta hissa qo'shgan, asarlari orqali o'quvchilar qalbida hayrat va hayajon uyg'otib kelayotgan betakror ijodkordir. Manzili va maqsadi aniq karvonda yuksiz ulovning o'zi bo'lmaganidek, Muhammad Yusuf ko'nglidan el qalbiga yo'l olgan so'z karvonining har bir satrida ona Vatan - O'zbekistonga beqiyos mehr-muhabbat, el xizmatiga kamarbastalik, zahmatkash va ulug' o'zbek xalqiga chin farzandlik ehtiromi, samimiyat va jo'shqin ehtiros bilan yo'g'rilgan chuqur ma'no, ohang, rang va joziba mujassamdir. Muhammad Yusuf she'riyati haqiqiy o'zbekona she'riyat sanaladi. Muhammad Yusuf hayotni butun murakkabliklari bilan idrok etadi, jamiyatdagi va odamlardagi illatlar, noqisliklarga ham ko'z yummaydi. Ma'lumki, she'r - shoir olamining mohiyati. U ijodkorning muayyan kayfiyati kechinmasidan dunyoga keladi. Shoir kechinmalarining qog'ozga qay shaklda ko'chishi esa, uning tafakkuri yo'sinidan darak beradi, she'rlarida o'zini namoyon

December 16

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

taraqqiyotidagi o'rni

'qqtyonmg

qiladi. Xususan, Muhаmmаd Yusuf ijodidа milliy ruhning xаlqonа yo'ldа namoyon bo'lishi shoirning fikrlashi, turmush tаrzi, dunyoqаrаshi, binobаrin, ruhiyаtidаgi talqinlar, hissiyot mavjlarini boshqacha ifodalay olmasligi dalolatidir. Muhammad Yusuf she'riyat nazariyasi, badiiy san'atlar haqida ko'p gapirishni xush ko'rmasdi. Ayniqsa, birovga bunday yoz, unday yoz deb nasihat berishni juda yomon ko'rardi. Muhammad Yusuf ijodini shartli ravishda ikki davrga bo'lish mumkin:Birinchi davr: Mustaqillikgacha yaratilgan asarlari; Ikkinchi davr: Mustaqillik davri she'riyati.Uning ijodida har ikki davr tarixiy jihatdan o'zining o'chmas izini qoldirgan. Birinchi davrda ozodlikka intilish iztiroblari qalamga olinadi, ikkinchi davrda esa Mustaqillikdan masrurlik, milliy g'urur, Mustaqillikni ko'z qorachig'iday asrash tuyg'ulari madh etiladi. Muhammad Yusuf ijodida Vatan madhi alohida o'rin tutadi. Yuraklardagi tuyg'ular dastlab - onaga, qadrdon uyiga, yoriga bo'lgan muhabbat ulkanlashib, ona yurtga, Vatanga bo'lgan muhabbatga aylanadi. Ona yurt mehri kishini shoir qiladi. Shoirni esa o'tda toblaganday toblaydi. Aslida Vatan mavzusida qalam tebratmagan shoir yo'q. Ammo har bir shoir Vatan haqida o'z tilida kuylaydi, o'z mahorati darajasida talqin etadi. Muhammad Yusuf nazdidagi Vatan butunlay boshqacha. U kuylagan Vatan hamisha katta harflar bilan yoziladigan yaxlit tushunchaga aylanadi. Vatan so'zi uning tilida mutlaqo yangicha yangraydi. Muhammad Yusuf she'rlarining mavzusi hayotdagi muammolardan, odamlarning iztiroblari, dardu g'amlari, orzu-hayollaridan olinadi. She'rlarining badiiy ifodasi esa bag'oyat xalqona, sodda. U dehqonning jaydari tilida yozadi. Shuning uchun uni xalq sevadi, she'rlarini ardoqlaydi. Muhammad Yusuf haqiqiy xalq shoiri edi. Xalqning tilini topgan, dilini topgan shoirni xalq abadiy unutmaydi. Mana shunday ijodi betakror, iqtidori beqiyos shoirning she'riyati haqida biror bir fikr bildirmaslikninmg o'zi loqaydlikdir.Hozirda she'riy asarlarga ham alohida e'tibor qaratilayotganligi maqsadga muvofiqdir. Lekin ularning sonini ko'paytirish esa tilshunosligimizning dolzarb muammolaridan biri sanaladi. Shunday ishlar ichida G.Muhammadjonovaning "80-yillar oxiri 90-yillar boshlari o'zbek she'riyatining lingvopoetik tadqiqi"(2003)nomli dissertatsiyasini keltirib o'tish maqsadga muvofiqdir. Bu ishda Shavkat Rahmon, Usmon Azim, A 'zam O 'ktam, Iqbol Mirzo kabi shoirlar ijodi bilan bir qatorda Muhammad Yusuf she'riyati ham lingvopoetik jihatdan qisman bo'lsa-da tadqiq etilgan1 Bu ilmiy

1 Muhammadjonova G. 80-yillar oxiri 90-yillar boshlari o'zbek sheriyatining lingvopoetik tadqiqi: Filol.fan. nomzodi... avtoref. -T, 2004.-B.23.

December 16

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 j TMA Conference j 2G22 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

taraqqiyotidagi o'rni

'qqjyonda^

ish ham shoir ijodini o'rganishga sabab bo'la oladi. Chunki, bu ijodkorning she'riyatini ilmiy jihatdan chuqur tahlil etishga deyarli e'tibor qaratilganicha yo'q. Shu sababli biz ham shoirning ijodini, she'rlarida umumtil iboralaridan qay darajada foydalanish mahoratini o'rganib chiqishga harakat qildik. Bundan tashqari, "Muhammad Yusuf she'riyati lingvopoetikasi" (2007)

л

mavzusida Dilfuza Shadiyeva nomzodlik dissertatsiyasini ishlab chiqqan. Bu ishda Muhammad Yusuf she'rlarini lingvopoetik jihatdan o'rganib, unda tilning badiiy tasvir vositalaridan, shuningdek, umuman tildan foydalanishdagi mahoratini tahlil qilishga e'tibor qaratgan. Bu ish orqali shoirning o'zbek tili rivojidagi o'rnini belgilashga alohida ahamiyat bergan. Bu tadqiqot ishida Muhammad Yusufning antitezadan foydalanishi, she'rlarida sinonimlar, iboralar va o'zbek xalq maqollarining qo'llanilishi haqidagi fikrlarini ham bildirib o'tgan. Tadqiqot ishida muallif Muhammad Yusufning hali o'rganilishi kerak bo'lgan, yechimini kutayotgan jihatlari haqida ham to'xtalib o'tgan.O'tgan yillar ichida badiiy asar tilini tadqiq etishga doir bir qator ishlar amalga oshirilgan. O'tgan yillar ichida badiiy asar tilini tadqiq etishga doir bir qator ishlar amalga oshirilgan. Bu ishlarda badiiy asar tilini o'rganish usullari, uning maqsad va vazifalari haqida turli qarashlar asoslab berilgani haqida ham yuqoridagi nomzodlik ishida bayon etilgan, jumladan, X.Doniyorov va S.Mirzayevlar badiiy asar tilini o'rganishning ikki aspektini ko'rsatganlar:

l.Lingvistik aspekt. Bu aspektda adabiy tilning o'sish o'zgarishlarini, undagi Grammatik kategoriyalar va so'zlarning leksik-semantik o'zgarishlarini aniqlash, nazariy fikrlarni isbotlash uchun badiiy adabiyot tilidan ko'rgazmali material sifatida foydalanadilar.

2.Stilistik aspekt. Yozuvchining so'z tanlash san'ati, obrazlar xarakterini til vositasida ochish va individuallashtirish mahorati, yozuvchining umumxalq tiliga bo'lgan munosabati...kabi masalalar ustida fikr yutitilib, yozuvchining mahorati,

"3

uning o'ziga xos tili haqida hukm chiqariladi" .

Muhammad Yusufning milliy adabiyotimiz va madaniyatimizni rivojlantirish, xalqimiz ma'naviyati, ongu tafakkurini yuksaltirish, yosh avlod qalbida o'zlikni anglash, milliy g'urur va iftixor tuyg'ularini, ezgu fazilatlarni kamol toptirishga yorqin iste'dodi, betakror badiiy asarlari, ibratli ijtimoiy faoliyati bilan katta hissa qo'shganligini hech shubhasiz, e'tirof eta olamiz. Muhammad Yusuf

2 Shadieyva D.Sh. Muhammad Yusuf she'riyati lingvopoetikasi. Filol.fan. nomzodi.avtoref. -T , 2007. B.25.

December 16

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

she'riyatining eng oliy fazilati, fikrimcha, bu uning sof va pok samimiyatida mujassamdir. Samimiyat, xalqona ruh uning she'rlarini jilolantirib, bezab, ularga betakror ko'rku tarovat bag'ishlaydi. Eng yaxshi fazilatlaridan yana biri -loqaydlikdan yiroqlik, hayotga befarq emaslik. Kuykanak ko'ngil, ammo yig'loqilik, qo'l qovushtirib taqdirga tan berib o'tirish unga yot tushunchadir. U ko'rgan yoki nafratlangan narsasini darhol ifodalashga intildi, qo'liga qalam oldi.She'riyatning kuch-qudratini hech qanday mezon bilan o'lchab bo'lmaydi. U shunday san'atki, insonning eng nozik his-tuyg'ulariga ta'sir etadi. Albatta, bu shoirning badiiy mahorati bilan bog'liq. Nemis shoiri va mutaffakiri Gyote " Shoir lirikada benihoya ko'p rol ijro etuvchi aktyordir", degan fikrlarni bildirib o'tgan. Bugungi she'riyatimizning yetakchi tamoyillarini belgilab beruvchi shoirlar sirasidan joy olgan Muhammad Yusufning she'rlari yuqoridagi fikrni to'la tasdiqlaydi. Hozirgi o'zbek she'riyatida hayotni chuqur idrok etish va idrok etilgan hayotni yangicha shakl va ohanglarda badiiy aks ettirishga intilish tamoyili ko'zga tashlanadi. She'riyatimizda ana shu tamoyillarni o'z ijodida mujassamlashtirgan, o'ziga xos uslubga, o'z badiiy izlanishlariga ega bo'lgan shoirlardan biri Muhammad Yusuf edi.

Oftob inson boshiga tushishi bilan yoqimlilik hissi shakllana boshlaydi. Insonga mehr tushunchasi eshitilishi bilanoq qalbida ajib bir tuyg'uni his etish bilan ifodalanadi. Mehrning iliq holati, unga bo'lgan munosabatning samimiyligini ifodalaydi. Endi Vatan tushunchasi, biz uchratmaydigan: singil Vatan, hamdard Vatan, hamxona Vatan, mehrli Vatan tushunchalari bilan ajoyib tarzda ifoda etilganki, buni har bir o'qituvchi darslari jarayonida o'quvchilarga tushuntirib berishligi lozim. Darhaqiqat vatan atamasi muqaddasdir. Bu muqaddas tushunchani har bir san'at ahli o'ziga xos tarzda ifodalagan bo'lib ular orasida M.Yusufning o'rni o'zgacha.

REFERENCES

1.Davronova M.I. Muhammad Yusufning poetik mahorati. Filol.fan. nomzodi.. .avtoref. - Toshkent , 2008.- B.25.

2.Muhammadjonova G. 80-yillar oxiri 90-yillar boshlari o'zbek sheriyatining lingvopoetik tadqiqi: Filol.fan. nomzodi.avtoref. -T, 2004.-B.23.

3.Shadieyva D.Sh. Muhammad Yusuf she'riyati lingvopoetikasi. Filol.fan. nomzodi.avtoref. -T , 2007. -B.25.

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.