Научная статья на тему 'MUHAMMAD YUSUF IJODIDA QO`LLANGAN IBORALARDA MA’NO KO`CHISHI'

MUHAMMAD YUSUF IJODIDA QO`LLANGAN IBORALARDA MA’NO KO`CHISHI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
4433
171
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ученый XXI века
Область наук
Ключевые слова
she’r / ibora / ijod / lirika / lirik qahramon / badiiy adabiyot.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — M.I. Sultonova, M.H. Sharipova

Maqolada Muhammad Yusuf ijodida qo`llangan iboralarda ma’no ko`chishi haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUHAMMAD YUSUF IJODIDA QO`LLANGAN IBORALARDA MA’NO KO`CHISHI»

YneHbiH XXI BeKa • 2022 • № 4 (85)

MUHAMMAD YUSUF IJODIDA QOLLANGAN IBORALARDA MANO KOCHISHI

M.I. Sultonova1, M.H. Sharipova2

Maqolada Muhammad Yusuf ijodida qo'llangan iboralarda ma'no ko'chishi haqida ma'lumot berilgan.

Kalitso'zlar: she'r, ibora, ijod,lirika, lirik qahramon, badiiy adabiyot.

O'zbek xalqining sevimli shoiri Muhammad Yusufning ijodi, she'rlari haqida har qancha gapirsak oz. Muhammad Yusuf milliy adabiyotimiz va madaniyatimizni rivojlantirish, xalqimiz ma'naviyati va ong-u tafakkurini yuksaltirish, yosh avlod qalbida o'zlikni anglash, milliy g'urur va iftixor tuyg'ularini, ezgu fazilatlarni kamol toptirishga yorqin iste'dodi, betakror badiiy asarlari, ijtimoiy faoliyati bilan katta hissa qo'shgan, asarlari orqali o'quvchilar qalbida hayrat va hayajon uyg'otib kelayotgan betakror ijodkordir.

Muhammad Yusuf yetuk so'z san'atkori sifatida frazeologizmlardan unumli foydalanib, voqelikni real ifodalash va o'quvchiga estetik ta'sir etish vazifalarini uyg'un tarzda amalga oshirishga erishgan. Ularning ba'zilari haqida to'xtalib o'tamiz. Shoir ijodida qollangan iboralarda ma'no ko'chishining turli jihatlarini uchratish mumkin. Masalan, Bu dard yetar sizga o'la-o'lguncha, Bardoshingiz tog'dek bo'lmasa buncha? Nolang haqqa yetib qaytib kelguncha, Xursand yashash qiyin, Xursanoy opa. Misrasida "bardoshi tog'dek" iborasi chidamli, matonatli ma'nosida qo'llanilib, shakl o'xshashligini ifodalagan. Bu o'zbek tilida metoforik yol bilan ma'no ko'chishi deb izohlanadi. Shoir ijodida bunday iboralarning ko'p o'rinlarda ishlatilganini ko'rish mumkin.

"Singlimga maktub" nomli she'rida esa shoir lirik qahramon holatini ifodalashda "tosh ko'ngil" iborasidan foydalangan:

Qachon xat yozgandim senga bilmayman,

Qofiya bilan band bugun tosh ko'nglim.

Yolg'iz akang bo'lib,

Yoningda yurmayman...

Kechir meni, singlim,

Kechir meni, singlim.

Bu misrada "tosh ko'ngil" iborasini shoir yuqorida ta'kidlaganimizdek, lirik qahramonning ichki kechinmalarini ifodalashda qo'llagan. Shu bilan Muhammad Yusufga xos yana bir xususiyatni ham keltirib o'tishimiz mumkin. Shoir o'z she'rlarida iboralarni qo'llar ekan, ularning shaklini o'zgartirgan holda keltirganini ko'ramiz: Dardin tilga ko'chirmas shoir, Shoir dardin yutishi mumkin. Hech kimni zor kuttirmas shoir, Shoir yuz yil kutishi mumkin.

Parchada "dardini ichiga yutmoq" iborasi dardini yutmoq shaklida qisqartirilgan. Bu ibora harakat o'xshashligini ifodalab, metofarik usulda ma'no ko'chishiga uchragan.

Shoir ijodida achinish, befarqlik, g'azab, nafrat, hayrat kabi munosabatlarni ifodalashda ham iboralarning nozik ma'no ottenkalaridan mohirona foydalanganini ko'rishimiz mumkin. Masalan, "Hayron bo'lmam turna kishnasa" deb boshlanuvchi she'rida yuqorida keltirilgan munosabatlarni quyidagi iboralar bilan ifodalagan. "Ko'zi pishmoq", "Ko'ngli uvishmoq", "Bag'rini tilmoq", "Orzu qilmoq" kabilar. Senga qarab ko'zim pishmoqda,

íSultonova Mohigul Isroilovna - Shofirkon pedagogika kolleji ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi (Buxoro, O'zbekiston).

2Sharipova Mahliyo Hakimovna - Shofirkon tumani 2-maktab ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi (Buxoro, O'zbekiston).

Ученый XXI века • 2022 • № 4 (85)

Seni o'ylab ko'ngil uvishmoqda. Kelin orzu qilib, bag'rimni tilib To'shak qavir qari onam qishloqda... Aldab nima qilasan?

Salbiy munosabat ifodalash salbiylik-ijobiylik bo'yog'ini iboralar orqali ham ifodash mumkin. "Bag'ri tosh" bu ibora quyidagi misrada: Bir bor qosh uymagan qalam qoshligim, Sochingdagi oqlar bag'ri toshligim, Bir shirin so'z aytmay, bitta gul tutmay, Sen gulni so'ldirdi mening yoshligim.

Lirik qahramonning achchiq haqiqatni yillar o'tgandan so'ng tan olganligini ifodalagan va muallif tomonidan metoforik usulda ma'no ko'chishi hosil qilingan. Shoir asarlarida iboralarni umuman, barqaror birliklarni qo'llar ekan ularni aynan keltirish yoki shaklini o'zgartirgan holda qo'llaydi. Masalan, "Yodingga tushsam goh, yo'qlab tursang bas", "Ko'nglimni ko'chkiday bosadi bir g'am", "Qo'lim qisqa, sevgim, bo'ylarim uzun", "Ey ko'nglimga ko'rk bo'lmayin ketgan g'uncha", "Turkman qizni maqtab baloga qoldim", "Yuragim og'rir go'yo kimdir uni tig' bilan tilar" kabi. Misollarda yuqorida ta'kidlaganimizdek, iboralar o'z va shaklan o'zgargan holatda qo'llanilib, turli xil ma'no ko'chishlarini hosil qilgan.

Tahlillardan ma'lum bo'ladiki, shoir mohir so'z san'atkori sifatida ona tili imkoniyatlarini yaqqol namoyon qiluvchi frazeologik birliklarning informativ funksiyasi bilan bir qatorda ekspressiv imkoniyatini ham zukkolik bilan idrok etib, voqelikka turlicha munosabatlarni ifodalash uchun foydalanadi. Shuningdek, o'zi ham tilda mavjud so'zlar birikuvlariga obrazli ibora tusini beradiki, bu uning ona tilimiz inja imkoniyatlarini ishga solish qudratiga egaligidan dalolat beradi. Muhammad Yusufning o'ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan pozitsiyasi mavjud. Uning ijod usulida "Men" - shaxs pozitsiyasi ko'zga tashlanadi. Asarlarida "men" shaxs sifatida bayon etilgan, shaxs insonlarga murojaat qilinishi benihoyat ko'p. Muhammad Yusuf o'ziga xos uslubga ega yetuk shoir, qalami o'tkir ijodkordir. Muhammad Yusufning ijodiy mahorati she'riyatida yaqqol aks etadi. Mohir shoirning asar, doston, ijod namunalarida umumtil iboralariga murojaat qilish ko'p uchraydi. Chunki, tahlil jarayonida iboralar ijodkorning dunyoning, ijtimoiy hayotning, jamiyatning nuqsonlari va yutuqlarini "ko'ra olish" qobiliyatini ochib bergan. Zabardast qalamkash shoir Muhammad Yusuf she'rlari jozibali ruhda yozilganligini ko'rish mumkin. Muhammad Yusuf bugungi kun badiiy adabiyot, she'riyatning yorqin vakili, har bir insonga o'rnak bo'larli, barchani ma'rifatga chorlovchi badiiy - tahliliy ijod namunalari bilan zamonni aks ettirib turadi. Kimki, bugungi kunda zabardast qadam tashlashni, o'zini anglashni istasa, shoirning betakror ijod namunalaridan o'qib-o'rganib, mushohada yuritib, o'rnak olsin. Shunda o'zining fikriy darajasini, chin insoniy qiymatini belgilay oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Йулдошев Б. Узбек фразеологияси ва фразеографияси масалалари. - Тошкент: Мухэррир, 2013.

© M.I. Sultonova, M.H. Sharipova, 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.