Научная статья на тему '“KECHIKIB KELDIM MEN BU OSTONAGA”'

“KECHIKIB KELDIM MEN BU OSTONAGA” Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

326
88
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
”Kechikib keldim men bu ostonaga...” she‟ri / tasavvuf ta‟limoti / she‟rning g`oyasi / Qur‟oni Karim oyatlari / hadislar / iyhom / iqtibos / tanosub badiiy tasvir vositalari / "I came to this threshold late ..." poem / verses of the Holy Quran / hadiths / mystical doctrine / the idea of poetry inspiration / quotations / the art of using words with similar meanings

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xolida Ergashevna Bozorova

Mazkur maqolada Nodira Afoqovaning ”Kechikib keldim men bu ostonaga...” she‟ri zamonaviy she‟riyatda mumtoz adabiyot an‟analari nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Mazkur she‟r o`zida tasavvuf ta‟limoti g`oyalarini to`la ifodalagan. She‟rda hadis, iqtibos, iyhom kabi badiiy tasvir vositalaridan foydalanishda shoira mahoratiga baho berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article analyzes Nodira Afokova's poem "I'm late to this threshold ..." from the point of view of classical literary traditions in modern poetry. This poem fully expresses the ideas of mysticism. The poem assesses the poet's skill in the use of artistic means of expression, such as hadith, quotation, iyham.

Текст научной работы на тему «“KECHIKIB KELDIM MEN BU OSTONAGA”»

"KECHIKIB KELDIM MEN BU OSTONAGA"

Xolida Ergashevna Bozorova

NDKI akademik litseyi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi, mustaqil tadqiqotchi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Nodira Afoqovaning "Kechikib keldim men bu ostonaga..." she'ri zamonaviy she'riyatda mumtoz adabiyot an'analari nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Mazkur she'r ozida tasavvuf ta'limoti g'oyalarini tola ifodalagan. She'rda hadis, iqtibos, iyhom kabi badiiy tasvir vositalaridan foydalanishda shoira mahoratiga baho berilgan.

Kalit so'zlar: "Kechikib keldim men bu ostonaga..." she'ri, tasavvuf ta'limoti , she'rning g'oyasi, Qur'oni Karim oyatlari, hadislar, iyhom, iqtibos, tanosub badiiy tasvir vositalari

ABSTRACT

This article analyzes Nodira Afokova's poem "I'm late to this threshold ..." from the point of view of classical literary traditions in modern poetry. This poem fully expresses the ideas of mysticism. The poem assesses the poet's skill in the use of artistic means of expression, such as hadith, quotation, iyham.

Keywords: "I came to this threshold late ..." poem, verses of the Holy Quran, hadiths, mystical doctrine, the idea of poetry inspiration, quotations, the art of using words with similar meanings.

Zamonaviy o zbek she'riyati bisotini varaqlar ekanmiz, unda tamoman yangicha ijod uslubi, yangilanish, yasharish bilan birga o'zining ming yillik kohna tarixiga ega mumtoz adabiyotga xos an'analarga sodiqlik, izdoshlik motivlariga ham kozimiz tushadi. Bu holat buyuk daholar ijodiga bitilgan tazminlar, aruz vazniga doir janrlarda yaratilgan g'azal, ruboiy, qit'a, masnaviy kabi durdonalar, mumtoz she'riyatimiz tamoyillariga xos tushunchalar, so'zlar, obrazlar qollanishi yoki mumtoz she'riyat qaymog'i bolgan tasavvufiy g'oyalar yo'g'rilgan asarlar yaratilayotgani bilan ifodalanadi. Ayniqsa, tasavvuf ta'limoti g'oyalariga hamohanglik Asqar Mahkam, Usmon Azim, Jamol Kamol, Nodira Afoqovalar ijodida o'zining bor bo'y-bastini namoyon etib turibdi. Nodira Afoqova ijodiga mansub "Bizning era" she'rlar to'plami tarkibiga kiritilgan "Faqat sen bilursan", "Muhabbatnoma", "Hayyom

April, 2022

1129

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-1129-1133

chodirinda", "Ishq tasbehlari", "Muhammad (s.a.v.) dedilar..." kabi she'rlar fikrimiz dalilidir. Shoira qalamiga mansub "Kechikib keldim men bu ostonaga..." deb boshlanuvchi she'ri ozida islomiy madaniyatimizga xos tushuncha va g'oyalarni ifodalashi bilan ahamiyatlidir. Ma'lumki, xalqimiz uzoq yillar islom madaniyatidan uzoqlashtirib kelindi, sobiq mustabid tuzum tomonidan qattiq tazyiq va zo'rovonlik qurboniga aylantirildi. Bu shoiraning: Kechikib keldim men bu ostonaga.

Huvillardi yurak. Bo'sh edi dunyo1,- misralarida "ostona"- qalb erkinligi, e'tiqod hurligi kafolatlangan makon va zamona ma'nosini ifodalashda qo'l kelgan. "Kechikib keldim"-"huvillardi yurak"- "bo'sh dunyo" so'zlari bilan tanosub ipi hosil qilinib, yuqorida ta'rifini keltirganimiz go'zal e'tiqoddan ayro yashalgan, dinsizlik yillari hukmron bo'lgan sobiq sho'ro davriga ishora qilingan. Shoira keyingi misradayoq asosiy maqsadga ko'chadi: So'zingga kechikib keldim, Rabbano.

Misrada keltirilgan "so'z" istilohi tarjima talab qilmasa ham, izohlash joiz. Negaki, "So'z" haqida gap ketganida Olloh kalomi-Qur'on nazarda tutiladi. Matnda shoira shunga ishora qilmoqda. Ollohning birgina "Kun", ya'ni "BoT' so'zi bilan bu olam, bu borliqning yaralgani endi sir emas. Sahroning gullamog'i, yetti qat osmonning sobit bolmog'i ham, aslida, "So'z" qudratidan. Mazkur misrada "soVga shunchalar ko'p ma'no mujassamlanganki, uni "Ollohni tanishda kechikdim", "Olloh yol-yo'riqlarini anglashda kechikdim", "Ozlikni, iymonni tanishda kechikdim" kabi tushunish ham misra mazmunini tolaligicha ifodalash uchun go'yo kamlik qiladi. Negaki, amaliy hayot bu "kechikish" ortidan "musibat, mahrumlik, zulm, hijron" avj olganini ko'rsatdi. Bexos toshga qoqingan go'dak tilida "onajon" so'zi uchgani kabi kishining ham boshiga musibat tushganida Yaratganning nomini tilda takrorlab, dilda aks-sado berishi ham bor gap: Sendan xabar berdi sahrolar gullab, Sendan xabar berdi yetti qat osmon. Oxir senga olib keldi bu yo'llar-Musibat, mahrumlik, zulmlar, hijron.

Shoira mahorati shundaki, she'riyatda go'zal tasvir vositalaridan bolgan takrordan ustalik bilan foydalanadi. Insonning naqadar ojiz ekanligi u " Musibat, mahrumlik, zulmlar, hijron"ni his etganida anglanadi, najot izlaydi, najotkoriga iltijo qiladi:" Oxir senga olib keldi bu yollar - Musibat, mahrumlik, zulmlar, hijron". Ammo unutmaslik kerak: haddan ziyod og'irlik

Nodira Afoqova. Bizning era.-Toshkent: "Ijod-Press".2019.- 5bet

April, 2022

ham inson qalbini o'ldiradi. Ijodkor ana shu o'rinda misrani takror qo'llaydi va kozlangan maqsadni yorqin ifodalashning uddasidan chiqadi: Musibat, mahrumlik, zulmlar, hijron Diydam tosh etgandi, ko'ksimni-da tosh. Sening So'zlaringni topdim nogahon, Nogahon toshlardan sirqiradi yosh.

E'tiborni bir lahza "Nogahon toshlardan sirqiradi yosh" jumlasiga qaratamiz. Misrada shoira olis yillar Ollohni tanimasdan, uning borligini tan olinmasdan o'tgan davrga ishora qiladi. Ishora yodimizga "(Ey bani Isroil), so'ngra (shunday mojizalarni ko'rgandan) keyin ham (iymonga kelish o'rniga) dillaringiz qotdi"2 oyatini soladi. Misra mazmunini "Astoydil yiglasang, so'qir kozdan yosh chiqar" yoki "Olloh sinovlariga tosh ham bardosh etolmaydi" deya tushunilganda she'riyatimizning yana bir go'zal badiiy tasvir usuli - iyhomni anglash mumkin. Ammo shu misrani "iqtibos" san'ati deb olinganda esa: " Bas, u (dillar) tosh kabidir yoki undan-da qattiqroqdir. Zero, shunday toshlar borki, ulardan daryolar otilib chiqadi, yana shundaylar borki, yorilib, ichidan suv chiqadi..."(74-oyatning davomi) kabi mazmun-mohiyatni qalbda tuyish mumkin. Xudosizlik, iymonsizlik insonlar yuragidagi mehr-oqibat, do'st-birodarlik, rahm-shafqat tuyg'ularini o'ldirdi. Aka ukaga, ota bolaga, opa singilga boqmaydigan zamonlar boldi, fahsh ishlari, ma'siyat ko'paydi, achinarlisi, bu hol hech kimni tashvishga solmay qo'ydi, odamlar beparvo, loqayd, hissiz, tuyg'usiz bir buyumga aylana yozdi: Diydam tosh etgandi, ko'ksimni-da tosh...

Musulmon olamiga kirishning avvali Ollohga shahodat keltirish bilan boshlanadi. Shahodat kalimasini keltirgan odam o'zini haqli musulmon sanaydi, Ollohni taniydi. Shu bois shoira she'rning navbatdagi misrasiga:

Eridim Ismingni ayta va ayta, - satrini bitadi. Ollohni tanish bir shahodat kalimasini irod etish bilan kifoyalanmaydi - bilib yo bilmay qilingan gunohlar uchun istigfor aytish joiz:

Eridim Ismingni ayta va ayta, Yulduzlar cho'milgan daryo bo'ldim men. Istigfor so'radim qayta va qayta: Nechun sendan shuncha ayro bo'ldim men?

Bandda qollangan "Ism" borasida ba'zi mulohazalarni bayon etsak. Ollohning 99ta ismi borligi muqaddas manbalardan ma'lum. She'rda

2 Alouddin Mansur, Quroni Karim. O'zbekcha izohli tarjima. T:.- Cho'lpon nashriyoti. "Baqara" surasi 74-oyat, 45-bet

April, 2022

1131

Ollohning "G'affor" ismining qo'llanishida ham mantiq bor. "G'affor" so'zi

-5

gunohkor bandalarni o'z marhamati bilan kechiruvchi degan ma'noni anglatadi. "Ollohning go'zal ismlari bordir. Bas, Uni o'sha ismlar bilan chorlanglar (yod etinglar)"4 oyati karimada aytilgani kabi so'z yuritadi shoira.

O'o'o'h!

Gunohim-ko'ksingda yulduzlar qadar.

G'afforsan...

Dastavval muallif bu hayotda o'zining nafsi, nomayi a'moli uchun emas, Ollohdan begona tutilgani boisidan istig'for so'raydi. E'tibor qilinsa, istig'for so'rash jarayoni ham naqadar ta'sirli bayon etilgan. "Beayb Parvardigor". Gunohlar ko'kdagi yulduzlar qadar ko'p bo'lganida "Yulduzlar cho'milgan daryo bo'lib" ko'z yosh to'kish iymonli qalb sohibiga xos. Negaki, har qanday istig'for ko'z yosh bilan mukammaldir.

Hayot - murakkab hodisa. Unda yashar ekanmiz, gunohlar, savoblar, halol, nopoklikda aralash bormiz, mavjudmiz. Do st xiyonatidan, dushman ozoridan, qarindosh zahasidan, soxta e'tiqod ham e'tiqodsizlik, nafs iskanjasidan panohda bo'lish-da murakkab. Toza iymonli musulmonlik shartini bajarish murakkabligi bois: " Mo'min odam balo-qazolarga toqat etmoqlikda sabza-giyohga o'xshaydir. Chunki mo'min har tarafdan shamol esganda egilib, so'ng yana qaddini tiklab olguvchi sabza yanglig' balo-qazolarga chidab, yengilmaydir. Kofir odam ersa, mo'rt arz (kedr) daraxti kabidur, Olloh taolo uni , istasa, birdaniga sindira olur!"5 Shoira mazkur holatni:

So'zingdan tobora nurga boturman,

Maysaday muloyim mavjman, titroqman,-misralari mazmuniga singdiradi. Ma'lumki, tasavvuf ta'limotining asosiy maslagi tajalli, ya'ni Olloh diydoriga yetishishdir. Istig'for aytib, o'zdagi barcha nuqson, gunohlardan forig' bo'lish-iymonda sobitlikka erishishdan maqsad ham Yaratgan visoliga muyassar bo'lmoqlikdir. Ana shu muddao shoira Afoqova she'rining yakuniy xulosasi bo'lib, qalblarda aks-sado beradi:

Tasavvur qilolmayman, yo'q,

Bo'lgaymi jamoling bir kun muyassar!?

She'r - ko'ngil ishi. She'rda inson his-tuyg'ulari, ichki kechinmalar tasvirlanadi. Ammo hadislarda she'rga katta vazifa yuklanadi: "She'rda hikmat bor"6,

3 Dilfuza Sarvarova. Muqaddas oylar va mustajob duolar T:. "O'zbekiston" nashriyoti , 2018-yil. 462-bet

4 Alouddin Mansur, Qur'oni Karim. O'zbekcha izohli tarjima. T:.- Cho'lpon nashriyoti.

"A'rof" surasi 180-oyat, 196-bet

5 Imom Ismoil al-Buxoriy , Al-jomi' as-sahih, Hadislar to'plami, 4-jild, T:

6 Imom Ismoil al-Buxoriy

1992-yil , 339-bet

Al-jomi' as-sahih, Hadislar to'plami, 4-jild, T:. 1992-yil , 90-bob, 85-bet

April, 20221

® О

©

О

1132

biroq "She'r (she'riyat) insonni Olloh taoloning zikridan hamda ilm-u ma'rifat va Qur'ondan chalg'itadigan darajada yengib qo'ymasligi lozim!"7

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev imzosi bilan 2018-yil 16-aprelda qabul qilingan 5416-son "Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmonda "Jaholatga qarshi ma'rifat" ulug'vor g'oya asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi fazilatlar azaliy qadriyatlarimiz ifodasi ekanligini keng yoritish va bu sohadagi ilmiy-ma'rifiy faoliyatni jadal tashkil etish" day diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo'nalishi sifatida belgilangan talabga hamda yuqorida qaydini keltirganimiz hadis mantig'iga shoira Nodira Afoqovaning "Kechikib keldim men bu ostonaga" she'ri munosib javob bo'la oladi.

Shoira oz toplamini azaliy qadriyatlarimizdan bolgan muqaddas manbalar Qur'oni Karim va undan keyin ikkinchi orinda turuvchi muqaddas kitob sanalgan hadisi sharfdan olingan go'zal durdonalar bilan yuksak mas'uliyat-la yondoshib bezaganining guvohi bo'ldik. Shoira she'rlarini o'qigan o'quvchi qalbida hayotdan zavqlanish, yaxshilik va ezgulikka intilish, e'tiqodda sobit, iymonda mukammal bo'lish sifatlari sayqal topadi.

REFERENCES

1. Sh. Mirziyoyev, 16.04.2018 —yil "Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5416-sonli farmoni

2. Alouddin Mansur, Qur'oni Karim. Ozbekcha izohli tarjima. T:.- Cho'lpon nashriyoti. 1992-yil "A'rof' va "Baqara" suralari

3. Imom Ismoil al-Buxoriy , Al-jomi' as-sahih, Hadislar to'plami, 1-jild, T:. 1992-yil

4. Imom Ismoil al-Buxoriy , Al-jomi' as-sahih, Hadislar to'plami, 4-jild, T:. 1992-yil

5. Nodira Afoqova. Bizning era.-Toshkent: "Ijod-Press".2019-yil 5-bet

6. Ibrohim Haqqul, Taqdir va tafakkur, Esselar va adabiy-tanqidiy maqolalar. T:.-"Sharq" nashriyor-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2007-yil

7. Dilfuza Sarvarova. Muqaddas oylar va mustajob duolar T:. "O'zbekiston" nashriyoti , 2018-yil. 462-bet

8. Мухамеджанова Лалихон Ашуралиевна, Асадуллина Гузелия Рауфовна, Ермоченко Константин Павлович, Шкуран Оксана Владимировна, Ивентьев Сергей Иванович. (2021) "Социальная истина и духовно-нравственная сфера человека" С.111-118

9. Мухамеджанова, Лалихон Ашуралиевна (2019) «РОЛЬ НРАВСТВЕННОСТИ В ОБЩЕСТВЕННОМ СОЗНАНИИ», Научный вестник Наманганского государственного университета : Вып. 1: Вып. 9 , статья 17.

10. Каххарова, М., & Агзамова, Н. Ш. (2018). Этика.

7 Imom Ismoil al-Buxoriy , Al-jomi' as-sahih, Hadislar to'plami, 4-jild, T:. 1992-yil, 92-bob, 87-bob 1

April, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.