Научная статья на тему 'O‘QUVCHI YOSHLARNING DUNYOQARASHINI SHAKILLANTIRISHDA VA ULARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA HADIS ILMINING O‘RNI VA ROLI'

O‘QUVCHI YOSHLARNING DUNYOQARASHINI SHAKILLANTIRISHDA VA ULARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA HADIS ILMINING O‘RNI VA ROLI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
765
76
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yosh avlod / o‘quvchi / ta’lim / tarbiya / odob-axloq / Islom dini. Qur’oni karim / hadis / sahih hadis / muhaddis / payg‘ambar / sahobalar / tobeinlar / xalifa / vudu’ / mazoh / madrasa / nashot. / Young generation / student / education / upbringing / morality / Islam / the Quran / hadith / muhaddith / prophet / companions / followers / caliph / voodoo / mazah / madrasa / nashot.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Qulmatov Norqobil Eshmamatovich

Ushbu maqolaning mazmunida mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimida yosh avlodning dunyoqarashini shakillantirishda hadis ilmining o‘rni va roli, jumladan o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda odob-axloqqga doir hadis namunalarining bugungi kun yoshlari uchun naqadar katta ahamiyatga ega ekanligi bayon etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PLACE AND ROLE OF HADITH SCIENCE IN FORMING THE STUDENTS 'WORLD VIEWS AND EDUCATING THEM IN THE SPIRIT OF PATRIOTISM

In the context of this article the author examines the great role of examples of hadith jn moral and ethical topics in patriotic education in modern youth as well as the place and role of hadith teaching in shaping the educational system of our country.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHI YOSHLARNING DUNYOQARASHINI SHAKILLANTIRISHDA VA ULARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA HADIS ILMINING O‘RNI VA ROLI»

Scientific Journal Impact Factor

О

O'QUVCHI YOSHLARNING DUNYOQARASHINI SHAKILLANTIRISHDA VA ULARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA HADIS

ILMINING O'RNI VA ROLI.

Annotatsiya:Ushbu maqolaning mazmunida mamlakatimiz ta'lim-tarbiya tizimida yosh avlodning dunyoqarashini shakillantirishda hadis ilmining o 'rni va roli, jumladan o'quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda odob-axloqqga doir hadis namunalarining bugungi kun yoshlari uchun naqadar katta ahamiyatga ega ekanligi bayon etiladi.

Kalit so'zlar:Yosh avlod, o'quvchi, ta'lim,tarbiya, odob-axloq, Islom dini. Qur'oni karim, hadis, sahih hadis, muhaddis, payg'ambar, sahobalar, tobeinlar, xalifa, vudu', mazoh, madrasa,nashot.

Аннотация: В контексте этой статьи рассматривается большая роль образцов хадисов на морально-этические темы в патриотическом воспитании современной малодёжи а также место и роль учения хадисов в формировании мировоззрения молодого покаления в учебно-воспитательной системе нашей страны.

Ключевые слова: покаление, учащиеся,воспитание, образование, этика, религия ислама, хадисы, хадисовед, пророк, халифа.

Abstract: In the context of this article the author examines the great role of examples of hadith jn moral and ethical topics in patriotic education in modern youth as well as the place and role of hadith teaching in shaping the educational system of our country.

Key words: Young generation, student, education, upbringing, morality, Islam, the Quran, hadith, muhaddith, prophet, companions, followers, caliph, voodoo, mazah, madrasa, nashot.

Islom dinining asosiy qonuni bo'lgan Qur'oni karimdan keyin uni izohlovchisi va bayon etuvchisi bo'lmish Rasullullohning so'zlagan hikmatli gaplari va va qilgan ishlari, ya'ni qavllari, fe'llari va taqrirlari - ul zotning hadislari hisoblanadi.

Qulmatov Norqobil Eshmamatovich katta o'qituvchi, dekan o'rinbosari

Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo 'lur. Mahmudxo 'ja Behbudiy.

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

0

Hadislarda islom dini ahkomlari, ya'ni farz, vojib, sunnat, mustahab, halol, harom, makruh, muboh kabilardan tashqari, odob-axloqqga doir ko'rsatmalar ham talqin etiladi. Ularda ibodatning tartib-qoidalari va ularni mukammal bajarishga da'vat etish bilan birga insoniy fazilatlar ham keng tashhiq qilinadi, insoniylik shaniga dog' tushiradigan razil sifatlar qoralanadi. SHuning uchun ham islom dinining ilk davrlaridanoq musulmonlar hadislarga juda katta ahamiyat berishgan. Eshitgan har bir hadisni xatosiz, asl holicha boshqalarga etkazishga rioya qilingan. Bu to'g'rida Muhammad (s.a.v) payg'ambarimizning o'zi musulmonlarni tez-tez ogohlantirib turgan. Lekin keyinchalik turli sinfiy va ijtimoiy ziddiyatlar, islom dinidagi ichki g'oyaviy kurashlar natijasida ko'pgina soxta hadislar ham yuzaga kelgan. Natijada yirik muhaddislar hadislarni ishonchli manbalar asosida qayta ko'rib chiqish va ularning haqiqiylarini soxtalaridan ajratish uchun ancha xizmat qilganlar.

Hadislarni og'zaki an'anadan dastxat qilish va kitob holiga keltirish hijriy III asr, ya'ni milodning VIII asridan keng avj olgan. Qur'on va hadislarni yod olgan o'tkir muhofazalik kishilar soni tobora kamayib borayotganini ko'rgan olim va ba'zi davlat arboblari ko'p hadislar unitilib ketishidan qo'rqib, ularni kelgusi avlodlar uchun yozib qoldirish zarurligini tushunib etganlar. Ummaviya xalifalaridan Umar ibn -Abdulaziz /717-720/ farmoniga binoan Abdulmalik Ibn Abdulaziz Jurayx, imom Molik Ibn Anas, Ar-Rabi' Ibn Subayx kabi bir qancha allomalar hadislarni jamlab, yozishga urina boshlaganlar, Hijriy III asr , darhaqiqat ilmi hadis uchun oltin davr hisoblanadi. Bu davrda hadis ta'lif etish borasida "musnad", "sahih" va "sunan" deb atalmish turli yo'nalishlar vujudga kelgan. "Musnad" yo'nalishida tasnif etilgan to'plamlarda turli mavzudagi hadislar bir joyda keltirilib, ular hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtiga ko'ra, yoki alifbo tartibida joylashtirilgan. Abdulloh Ibn Muso, Imom Ahmad ibn Hanbalning hadis kitoblari ana shu yo'nalishga mansubdir. "Sahih" yo'nalishiga buyuk muhaddis imom Buxoriy asos solgan. Bu yo'nalishda talif etilgan to'plamlarga faqat to'g'ri ishonarli hadislar kiritilgan. "Sunan" yo'nalishidagi to'plamlarda esa, to'g'ri. Ishonarli hadislar bilan bir qatorda "zaif hadislar ham keltirilgan. Abu Dovud, Abu Iso at-Termiziy, an-Nasoiy, Ibn Mojaning muallafotlari ana shu yo'nalishga mansub. "Movarounnahrda birinchi bo'lib hadis to'plami ta'lif etgan muhaddis - Imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziydir. Bundan tashqari vatandoshlarimizdan Imom Ahmad ibn Hanbal al-Marvaziy, Ishoq ibn Rahovayh al-Marvaziy, Imom al-Haysam ibn Qulayb ash-SHoshiy, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad al-Barakotiy, Ibrohim ibn Ma'qil an-Nasafiy, Na'ima ibn Xammod al-Marvaziy, Hofiz al-Xorazmiy, Jamoluddin an-Nasafiy, Imom Abdulhasan Ahmad ibn Muhammad as-Samarqandiy va boshqalar ham hadis to'plamlari tasnif etishgan. Imomlar imomi va muhaddislar peshvosi bo'lmish, yurtdoshimiz Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy islom

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

O

olamida eng mashhur, nufuzli hadischilardan biri hisoblanadi. Imom Buxoriy o'z ijodi davomida 600 ming hadis to'plab, shulardan 100 ming "sihih" va 200 ming "g'ayri sahih" hadichslarni yod olganlar. Hadis ilmi bobida, islom olamida katta shuhrat qozongan, minglab shogirdlar etishtirgan Imom Buxoriy: "Al-adab al-Mufrad", "Kitob asmo' is-sahoba", "Kitob afol il-ibod", "Kitob bad' il-maxluqot", "Kitob birr il-volidayn", "Ta'rix us siqot va-z-zu'afo min ruvot il-hadis", "Tarix Buxoro", "Kitob ul-sulo-siyot", "Al-Jomi' as-Sag'iyr", "Al Jomi al-kabiyr", "Kitob ul-favoid", "Kitob ul qiroa xalfa-l-imom", "Xulq afol il-ibod", "Kitob ul-kuna", "Kitob ul-vijdon", "Kitob ul musnad al-kabiyr" va boshqa ko'plab kitoblar avtoridir. Imom Buxoriy tomonidan yozilgan "Al Jome' as Sahih" va "al-Adab al-Mufrad" nomli odob-axloq haqidagi hadislar to'plami kitoblari Qur'oni karimdan keyin eng sahih va e'timodli asarlar hisoblanadi. O'zbek xalqimiz bu muhaddislarning odob-axloqga oid yozilgan asarlarini mustaqqillikgacha bo'lgan davrlarda o'qishdan mahrum edi. YUrtimizda mustaqillik sharofati tufayli hadischi muhaddis olimlarning ko'plab asarlari arab tilidan o'zbek tiliga tarjima qilindi va bugungi kunda arab tilidan bexabar keng kitobxonlar ommasi, jumladan o'quvchi yoshlarimiz ham hech qiynalmasdan hadis ilmiga oid asarlarni bemalol o'qib-o'rganishmoqda. Imom Buxoriy va Imom at-Termiziy bobolarimizning odob-axloqli bo'lishga chaqiruvchi hadislari yangi O'zbekiston taraqqiyotida o'quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda va kamol toptirishda nihoyatda katta ahamiyatga ega ekanligini hayotning o'zi ko'rsatib turibdi. Bugungi globallashgan zamonamizda, ins on ongi va qalbi uchun kurash ketayotgan bir paytda bu hadislarni o'qib-o'rganish va ularga amal qilish juda ham muhim va zarurdir.SHuning uchun odob-axloqqa doir hadislarni maktablardan boshlab o'qitib borilsa foydadan xoli bo'lmasdi. Buning uchun ota-onalar va o'qituvchilarning o'zlari ham hadis ilmidan xabardor bo'lishlari ta'lab etiladi. Bundan tashqari hadis ilmini chuqur o'rganish uchun uni bog'cha tarbiyasidan boshlab maktablarga, oliy ta'lim tizimiga joriy etilsa ayni muddao bo'lardi. YAngilanayotgan O'zbekiston jamiyatimiz uchun hadislarning ahamiyati judayam katta. Hech kimga sir emaski mustaqillikgacha bo'lgan davrda bizning yurtimizda dinni qoralab, diniy maktab va madrasalar taqib ostiga olindi. Diniy asarlarni mutlaqo nashrdan chiqarishga ruxsat yo'q edi. Faqat mustaqillik sharofati tufayligina islom dinimizni qayta tiklay boshladik. Unitilib ketayotgan urf-odatlarimiz yana qaytadan tiklana boshladi. Jamiyatimizda erkak va ayollar teng huquqli degan qonunlarimizga asoslanib, deyarli ko'pchilik o'zbek oilalarda er ham, xotin ham davlat muassasalarida ishlashadi. Natijada mana shunday oilalarning ko'pchilligida bolalari ota-ona nazoratidan chetda qolishadi. Ota-ona nazoratida kam bo'lgan bola o'zi xoxlagan ishni xoxlagan paytida qilishi mumkin. Bugungi rivojlangan jamiyatimizda o'g'irlik, birovning molini talash, nashavandlik, giyohvandlik, fohishabozlik va odam o'ldirish kabi illatlarning uchrab turishining tub mohiyati tarbiyaga borib taqaladi.

Scientific Journal Impact Factor

0

Ma'lumki, yoshlar tarbiyasi hamma zamonlarda ham dolzarb va muhim vazifalardan biri bo'lib, muhim ahamiyat kasb etib kelgan. YAngi O'zbekiston taraqiyotida bu masala yanada dolzarb, yanada muhim, hayot-mamot masalalaridan biriga aylanib qoldi. - Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir" degan fikri o'tgan yigirmanchi asrning boshlarida aytilgan bo'lsada, bugungi yangi O'zbekiston taraqqiyotining rivojlanishida millatimiz uchun, o'quvchi yoshlarimiz uchun ham shunchalik muhim va dolzardir Tarbiya qancha mukammal bo'lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi deydi donishmandlar.Tarbiya mukammal bo'lishi uchun esa bu masalada bo'shliq (ma'naviy bo'shliq) paydo bo'lishiga mutlaqo yo'l qo'yib bo'lmaydi. Bugungi kunda ba'zi bir oilalardagi ota-onalarning o'z bolalariga tarbiyada e'tiborsizlik qilgani, yaxshi tarbiya bermagani mana shunday illatlarning sodir bo'lishiga sabab bo'ladi. Bunday illatlar haqida yana ko'plab misollar keltirishimiz mumkin. Milliy ma'naviy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizga yot bo'lgan mana shunday illatlardan batamom xoli bo'lishimiz uchun axloq-odobga oid hadislarni har bir musulmon kishisi o'qib o'rganishi lozim va zarur. Agar biz mana shu odob-axloqga doir hadislarni ta'lim-tarbiya sohasiga kiritib, uni boshlang'ich sinflardanoq o'qitib borishni yo'lga qo'ysak, jamiyatimizda uchrab turadigan o'g'irlik va giyohvandlik, fohishabozlik va odam o'ldirish kabi jinoyatlarning oldi olingan bo'lardi.

Hadislarni maktablardan boshlab o'qitib borishning yana bir ijobiy tomoni shundaki, har bir maktab o'quvchisi o'sib-ulg'ayib voyaga etguncha o'zida insoniy fazilatlarning barchasini qaror toptiradi. O'z-o'zidan ko'rinib turibdiki bobolarimiz Imom Buxoriy va Imom at-Termiziy tomonidan yozib qoldirilgan bu hadisu-shariflarning nechog'li ahamiyatga ega ekanligi va bu hadisu-shariflarni o'qib-o'rganish va ularga amal qilish bugungi biz yashab turgan davrimiz uchun. YAngi O'zbekiston jamiyati uchun suv bilan havodek zarurligini hayotning o'zi ko'rsatib turibdi.

l.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-son farmoni.

2.Mirziyoev SH.M. "Prezident SHavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga va O'zbekiston xalqiga murojaatnomasi" -T: 2020 y.29 dekabr.

3.Axloq-odobga oid hadis namunalari. Toshkent, "Fan" nashriyoti, 1990 yil.

4.Ziyoev T. YUz bir hadis. Toshkent, "Mehnat" nashriyoti-1991 yil.

5. Hadis. Qomuslar bosh tahririyati. Toshkent-1991 yil

6. Imom Ismoil Buxoriy. "Adab durdonalari". Toshkent, "O'zbekiston"-1990

7. Imom at-Termiziy. "SHamoyili Muxammaddiya". Toshkent, "Mehnat"-1991

XULOSA

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.