DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-518-522
IMOM BUXORIY ASARLARIDA AXLOQIY TARBIYA HAQIDAGI
G'OYALAR
Maqolada, Imom Buxoriy ma'naviy merosining jahonshumul ahamiyati, hamda alloma asarlarining yoshlar tarbiyasida ijobiy fazilatlarini shakllantirishdagi axloqiy tarbiyaviy ahamiyatga egaligi o'rganilgan.
Kalit so'zlar: Hadis, inson, ma'naviy olam, hadis ilmi, islom, axloqiy tarbiya, axloqan barkamol, yaxshilik, ezgulik, fazilat, meros
The article examines the world significance of Imam Bukhari's spiritual heritage. The author draws attention to the fact that the works of the thinker have a moral and educational value in the formation of positive qualities in the younger generation.
Keywords: hadith, man, spiritual world, hadith science, Islam, moral education, moral harmony, good, goodness, quality, heritage.
Imom al-Buxoriy hadis sultoni 810 yilda Buxoroda tavallud topgan. 10 yoshida boshlab hadislarni yod olib va butun umrini hadis olamiga bag'ishlagan. Mutafakkir hadis ilmi va uning turli tarmoqlarini to'liq o'rganish, hadislarni to'plash maqsadida Hijoz, Misr, Iroq, Xuroson va boshqa shaharlarda yashab inson ma'naviy olami uchun qadrli bo'lgan hadislarni to'plagan.
Imom al- Buxoriy yozgan asarlari sarasiga "Al-Jomi' as-sahih" ("Sahihi Buxoriy"), "Al-adab ul-mufrad" ("Adab durdonalari"), "at-Tarix va al-kabir" (Katta tarix), "Kitob asmo' as-sahoba" ("Sahobalar ismlari kitobi"), "at -Tarix al-avsat" (O'rtacha tarix), "at-Tarix as - sag'ir" (Kichik tarix), "Kitob ar-riqoq" (Nafosat haqida kitob), "Bir al-volidayn" (Ota - ona hurmati), "al- Adab al- mufrad" (Axloq -odob haqidagi hadislar to'plami) va boshqalarni kiritish mumkin. Imom al -Buxoriyning yigirmadan ortiq asarlari hadis ilmining turli sohalari bo'yicha yozilgan bo'lib, ularning har biri o'ziga xos tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Islom ta'limotida Qur'oni Karimdan keyin turadigan
M. X. To'xtayeva
Al Buxoriy universiteti o'qituvchisi
ANNOTASIYA
ABSTRACT
ikkinchi ijtimoiy - siyosiy, axloqiy, huquqiy hujjat hisoblangan
April, 2022
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-518-522
"al-Jomiy as-sahih" asar, dunyoda "Sahih al-Buxoriy" nomi bilan mashhurdir. "Al-Buxoriyning bu asariga kiritilgan ishonchli hadislarning soni takrorlanadiganlari bilan birga 7275 ta bo'lib, takrorlanmaydigan holda esa 4000 hadisdan iborat. [1,28] Bu shoh asar ikki dunyo saodatiga eltuvchi yo'l sifatida qanchadan - qancha nusxalarda dunyoning turli tillariga tarjima qilinmoqda.
Alloma asarlarida axloqiy tarbiyaga oid ta'limotlarining markazida komillik, insonlarning o'zaro mehribon bo'lishlari, bir - birlariga har doim yordam berish, ahil - totuv yashash kerakligi, halol mehnat qilish, yaxshilik, ezgulik g'oyalari yotadi. Imom Buxoriy qalbi pok, iymonli, atrofdagilariga umuman zarar yetkazmaydigan, odamlarga faqat yaxshilik qiladigan va yordam beradigan insonlarnigina axloqan barkamol deb hisoblaydi.
Imom Buxoriy hadislaridan: "Insonlarga yomonlik qilishdan uzoq tur. Zero bu o'zingga sadaqadir". Ya'ni, boshqalarga foydasi tegadigan odam eng yaxshi insondir. Islom insonning manman, xudbin bo'lib, faqat o'z manfaatini o'ylab, ish tutishini ma'qul ko'rmaydi. Alloh boshqalar uchun fidoyi, samimiy va hojatbaror bandalarini qadrlaydi. ( Buxoriy, 2518) [2,6]
Demak, hadisning mohiyati shunga qaratilganki, odamlar bir - biriga faqatgina moddiy narsalar bilan yordam berish emas, balki moddiy va ma'naviy imkoniyatiga qarab muhtojlarga yordam berishi, imkoniyati bo'lmaganida esa birovlarga umuman yomonlik qilmaslik bilan ham birovlarga yaxshilik qilishi e'tirof etilgan.
Albatta, alloma yaxshi amallarni har kishi o'zidan, oilasidan va qarindosh -urug'laridan, so'ngra esa qo'ni - qo'shnisidan boshlashi lozimligini uqtirib o'tadi. "Oltin Silsila. Sahihul Buxoriy" asarining birinchi juz'ida, "Qo'li va tilidan musulmonlar omonda bo'lgan kishi(ning amali)",
degan hadis kiritilgan.[3,132] Albatta, insonlar o'rtasidagi munosabatlarda qo'l bilan til a'zolari asosiy vazifani bajaradi.
Shu asarning ettinchi bobida "O'zi uchun yaxshi ko'rgan narsasini birodariga ham ravo ko'rmaguncha mo'min bo'la olmaydi",
deydilar [3,133]. Bu bilan mutafakkir insonlarni doimo yaxshilikka, ezgu ishlarga da'vat qiladi.
Yaxshilik va ezgulik inson axloqining asosiy fazilatlaridan biridir. Al-Buxoriy barcha insonlar bir - birlari bilan aka-uka, opa -singil va birodar
ekanini alohida qayd etadi. Ular bir-birlari bilan o'zaro
April, 2022
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-518-522
hamjihatlikda, bir - birlarini qo'llab quvvatlab yashashlari lozimligi e'tirof etiladi.
Alloma "Al-Adab al-mufrad" asarida ham inson axloqi odobi, ma'naviy kamolotiga doir hadislarni turli mavzular bo'yicha tasnif qilgan va izohlar bergan. Asarning ilk boblarida ota - ona oldida farzandlik burchlari, ota - onani rozi qilish, ularning haqini ado qilish, ota - ona amriga itoat qilish, ularga yaxshilik qilish, ularni dilini og'ritmaslik, qarindosh - urug'larga mehr - shavqat, rahmdillik, yosh bolalarga, ayollarga mehr - muruvvatli bo'lish, bolalar va kattalar arazlashib, urishib qolganda yarashtirib qo'yish, imorat qurishda va boshqa ishlarda kamtarlik bilan ish tutish, takabburlik va so'kinishning yomonligi, jabr - zulmning yomonligi, rostgo'ylik va yolg'onlik, halol va harom, savob va gunoh ishlar kabi inson ma'naviy hayotiga doir muhim muammolar to'g'risida fikr yuritilgan.
Jumladan, "Kimki rizqi mo'l, umri uzoq bo'lishini istasa, qarindoshlarini ziyorat qilsin (ular bilan munosabatni davom ettirsin)." (Buxoriy, 2986). Hadisi sharifda "silai rahm", ya'ni qarindoshlar bilan rishtalarni mustahkamlash xususida tavsiya bor. "Silai rahm" qarindoshlik rishtalari va mas'uliyatining unitilmasligidir. Qarindoshlar ichida yordam va e'tiborga muhojirlar bo'lsa, ulardan yordamni ayamaslik kerak. Qarindoshlik rishtasini uzish katta gunoh sanaladi. Qarindoshlar bilan yaxshi munosabatda bo'lish rizqning ko'payishi, hayotning osoyishta, quvonch bilan o'tishi va umrning uzoq bo'lishiga sababdir. [4,124]
Al - Buxoriy merosida qo'shnichilik munosabatlariga alohida to'xtalib o'tiladi. Yaxni qo'shnichilik munosabatlari ulug'lanadi va uni rivojlantirish yoqlab chiqiladi.
Hadisdan: Hazrati Oisha onamiz hikoya qiladilar: "Alloh Rasulidan bir kuni: "Yo Rasululloh! Mening ikki qo'shnim bor. Bulardan qaysisiga hadya beray?" deb so'radim. Allohning Rasuli: "Qaysi birining eshigi yaqinroq bo'lsa, o'shanga", deb javob berdilar"" (Buxoriy, "Adab", 78). [4,66]
Bu hadisda qo'shnining haqqi bilan bog'liq qimmatli tavsiya berilgan. Insonning bir emas, bir nechta qo'shnisi bo'lishi aniq. Bularning barchasiga birdek e'tibor berib, sovg'a ulashish juda qiyin. Shunday vaziyatda qanday yo'l tutish kerakligi hadisda ko'rsatilgan. Eng yaqin qo'shniga yaxshilik qilish oqilona tadbirdir. Demak, allomaning inson bu dunyodagi har bir hatti - harakati, o'zida namoyon etgan axloqiy jihatlari uchun oxir - oqibat mukofotlanishi yoki aksincha jazolanishi mumkinligini e'tirof etishi, insonlar o'rtasidagi muruvvat, yaxshilik, mehr - oqibat, ezgulik ravnaqi yo'lidagi da'vatdir.
Umuman olganda, Imom Buxoriy asarlarida: halollik, poklik, ota -onaga hurmat, yaxshilik, birodarlik, do'stlik,
vafodorlik, mehribonlik, saxovatpeshalik, sabr - qanoat, ezgulik,
April, 2022
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-518-522
adolatlilik, hamjihatlik, g'amxo'rlik, kechirimlilik, beozorlik, ilmlilik, insonning axloqiy tarbiyasini shakllantiradigan fazilatlarni kiritadi.
Hasad, manmanlik, behayolik, tajavvuzkorlik, buzg'unchilik, jaholat, g'iybat, nohaqlik, adolatsizlik, xiyonat, tuhmat, adovat, zulm, qotillik, ota - onaga itoatsizlik, iymonsizlik kabi salbiy tuban illatlar qattiq qoralanadi.
Bugungi kunda xalqimiz o'z oldiga qo'ygan buyuk maqsadlarga, ezgu niyatlarga erishish, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlar rejalarning samarasi, avvalambor yuqori malakali, yuksak tafakkurga ega bo'lgan mutaxassislarni tayyorlash, tarbiyalash taraqqiyotimizning asosiy sharti hisoblanadi.
Davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot startegiyasi" to'g'risidagi farmonida[5] belgilangan (7 ta ustivor yo'nalish), "Ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish" yo'nalishida, "Buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur o'rganish va targ'ib etish" maqsadga muvofiqligi, dunyoning nufuzli xalqaro tashkilotlari va ilmiy tadqiqot markazlari, universitetlar bilan hamkorlikda, buyuk ajdodlarimizning boy - ilmiy -ma'naviy merosini keng o'rganish hamda targ'ib qilishga katta e'tibor qaratilayotganligi diqqatga sazovordir.
Bunda asosan, Imom Buxoriy ta'limotlarni o'rganish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida Yangi O'zbekiston yoshlarining ma'naviy barkamol jihatdan kamolotga erishishlari, egallagan bilim va malakalarni o'z faoliyatlarida, jamiyatimiz taraqqiyoti yo'lida to'la namoyon etish imkoniyatiga ega bo'ladigan darajada tarbiyalash muhim vazifalardandir.
Albatta, bu ezgu vazifani ijobiy hal etishda xalqimiz ma'naviy merosining ahamiyati kattadir. Shu sababli ma'naviy merosimizni tiklash, o'rganish va hayotga tatbiq etish, jahon andozalari darajasiga ko'tarishga alohida e'tibor qaratish darkordir.
Xulosa qilganda, Imom al_Buxoriy hadislarining jahonshumul ahamiyati insoniylik, insonparvarlik Vatanga muhabbat haqida tarbiya berishi bilan yosh avlodda ezgulik va go'zallik tuyg'ularini mujassamlashtiradi. Ilm_fanda "Hadis ilmining amiri" deb bir ovozdan tan olingan Imom Ismoil al Buxoriy hadislari mehr_ oqibat, sahiylik, ota_ona va kattalarga omad, yetim_yesirlarga muruvvat, Vatanga muhabbat, mehnatsevarlik, halollik, turli xalqlarning o'zaro do'st, tinch_totuv yashashlari kabi insoniy fazilatlari barkamol avlod uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan.
April, 2022
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-518-522
REFERENCES
1. Buyuk siymolar, allomalar. 1 - kitob, - Toshkent, Fan, 1995
2. 1001 mavzuda 1001 hadis (Sharh va ilovalari bilan) - O'zbekiston, NMIU, 2020 yil
3. Oltin Silsila: 1 -juz.Sahihul Buxoriy - Toshkent, "Hilol - nashr", 2016
4. 1001 mavzuda 1001 hadis (Sharh va ilovalari bilan) - O'zbekiston, NMIU, 2020 yil
5. https://lex.uz/uz/docs/5841063//0'z.Res.Prezidentining Farmoni "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot startegiyasi" to'g'risida.PF - 60 son, 28.01.2022 yil
April, 2022