Научная статья на тему 'IMOM AL-BUXORIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI'

IMOM AL-BUXORIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
8140
582
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Pedagogik qarashlar / Balx / Hirotdagi mutafakkirlar / muhaddis / ilmiy bilimlar / tadqiqotlar / buyuk siymolar.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Nigora Qarshiyevna Ochildiyeva

Ushbu maqolada hadis ilmining taraqqiyot bosqichlarining asoschisi bo‘lmish Imom al-Buxoriyning ilmiy-pedagogik faoliyati, fan va ta'lim tizimiga oid asarlarining mazmun mohiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IMOM AL-BUXORIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI»

IMOM AL-BUXORIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI

Nigora Qarshiyevna Ochildiyeva

Alisher Navoiy nomidagi Ozbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada hadis ilmining taraqqiyot bosqichlarining asoschisi bo'lmish Imom al-Buxoriyning ilmiy-pedagogik faoliyati, fan va ta'lim tizimiga oid asarlarining mazmun mohiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: Pedagogik qarashlar, Balx, Hirotdagi mutafakkirlar, muhaddis, ilmiy bilimlar, tadqiqotlar, buyuk siymolar.

Yurtimizda yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlar o'zlarining bebaho ilmiy-ma'naviy merosi bilan jahon ilm fani taraqqiyotiga munosib hissa qo'shganlar. Ana shunday buyuk siymolar qatorida hadis ilmining sultoni Imom al-Buxoriyni alohida e'tirof etish joizdir.

Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al Buxoriy 810- 870-yillar) islom olamining yirik mutafakkiri. Muhaddislar imomi deb yuritiladi.

Otasi Ismoil o'z davrining yetuk muhaddislaridan, Malik ibn Alasning shogirdi va yaqinlaridan biri bo'lib, tijorat ishlari bilan shug'ullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5—6 yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammad (s.a.v)ning hadislarini o'rganishga va yodlashga kirishadi. Taniqli muhaddislar — Doxiliy, Muhammad ibn Salom Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad Masnadiy va boshqalardan saboq olgan. Azaldan muhaddislar safarga chiqishdan oldin o'z yurtidagi roviylardan birorta ham hadis qoldirmasdan yozib olgan bo'lishi va shundan keyingina boshqa shahar yoki mamlakatga safarga otlanishi mumkin edi. Buxoriy 16 yoshga yetguncha, o'z yurtidagi mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib, xalifalikning turli viloyatlari tomon yo'l oladi. 825 yil Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Makkaga kelib, haj ibodatini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, o'zi Makkada qoladi. Bu yerda faoliyat ko'rsatayotgan olimlarning ilmiy yig'inida qatnashadi. 827 yil Madinaga boradi. Madinadagi mashhur ulamolardan Ibrohim ibn Munzir, Mutrif ibn Abdulloh, Ibrohim ibn Hamza va boshqalar bilan muloqotda bo'lib, ulardan hadislar bo'yicha saboq oladi. Bu vaqtda Rasulullohning sahobalari, sahobalarning izdoshlari turli mamlakatga tarqab ketgan edilar. Shunday sharoitda Muhammad(s.a.v)ning hadislarini to'plash turli shahar va mamlakatlarga borishni taqozo qilar edi. Bir necha tarixchilarning ta'kidlashicha, Imom Buxoriy Hijoz, Makka, Madina, Toif, Jiddaga qilgan safarlari 6 yil davom etgan. So'ng Basra, Kufa va Bag'dodga safar qiladi. Shom

va Misrga o'tadi. Bundan tashqari Xuroson, Marv, Balx, Hirot, Nishopur, Ray, Jibol kabi shaharlarda bo'lib, bu shaharlardagi olimlardan saboq oldi va hadislar to'pladi. Imom Buxoriyning asarlari orasida eng mashhur bo'lgani "Al-jome' as-Sahih"dir. Undan tashqari tarixiy voqealar va shaxslarni chuqur tahlil qiladigan, hadis ilmining asoslaridan bo'lgan ilmlarga oid bir qator o'ta ahamiyatli kitoblar yozdi. Imom Buxoriyning ilmiy ahamiyati yuksak bo'lgan bir nechta asarlar tasnif qildi: «Al-jome' as-sahih», «Al-adab al-mufrad», «At-tarix al-kabir», «At-tarix as-sag'ir», «At-tarix al-avsat», «At-tafsir al-kabir» «Birrul volidayn», «Asmo as-sahoba», «Kunyalar» va boshqalar. Ular orasidagi «Al-jome' as-sahih» asari islom olamida Qur'ondan keyingi eng muhim manba sifatida e'zozlanuvchi manba hisoblanadi. Imom Buxoriyning hadislar to'plash borasidagi qo'ygan shartlari boshqa muhaddislarning shartlaridan ko'ra aniqroq bo'lgani sababli «Al-jome' as-sahih» asari «Eng ishonchli hadislar to'plagan» nomiga sazovor bo'lgan. Muhaddislar hadislarning roviylarini o'zaro uchrashganlari ehtimoli mavjud bo'lsa shunga kifoyalanishgan, ammo Imom Buxoriy eshitgan hadislarining roviylari o'zaro uchrashganini alohida ko'rgan guvohning e'tirofini ham shart qilib qo'ygan. Bunday shart boshqa muhaddislarda uchramaydi. Hofiz ibn Xajar al-Askaloniyning hisobiga ko'ra «Al-jome' as-sahih»dagi hadislarning soni 7397 tani tashkil etadi. Bular orasida takrorsizlari 2602 tani tashkil qiladi. Izohlar, roviylarning ixtilofi va ilovalarni qo'shilsa kitobda keltirilgan hadislar soni 9082 taga yetadi.Aynan Imom Buxoriy tufayli Movarounnahr hududida IX-XII asrlarda ko'plab hadisshunoslik maktablari shakllandi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi. Hozirgi kunda olimning asarlari dunyoning o'nlab tillariga tarjima qilingan va islom dunyosida uning ijodidan ko'plab ilmiy tadqiqotlarda foydalanib kelinadi. Ana shuning o'zidan ham anglash mumkinki Imom al Buxoriy nafaqat diniy balki dunyoviy bilimlar taraqqiyotiga sezilarli tasir o'tkaza olgan. Imom Buxoriyning ijodiy merosi o'zining hajmi, zamonasining diniy va ijtimoiy fanlarini to'la-to'kis qamrab olganligi bilan kishini hayratga soladi. Xorijiy yurtlardagi safardan keyin Buxoroga qaytgach, hadis ilmini targ'ib etishga kirishadi. Ul zotning bu sa'yu ko'shishlari bu vaqtda Buxoroda hisoblanadi. Bu asar Hindiston va Qohirada chop etilgan. Buxoriy yaratgan „Kitob alfavoid" („Foydali ashyolar haqida kitob"), „AlJomi' alkabiyr" („Katta tayanch"), „Xalq afol alibod", („Alloh bandalari ishlarining tabiati"), „AlMusnad alkabiyr" („Katta tayanch"), „Attafsir alkabiyr" („Katta tafsir"), „Kitob alxiba" („Xayrehson haqida kitob") va boshqa asarlarning ba'zilari bizgacha yetib kelmagan, ba'zilari jahonning turli mamlakatlari kutubxonalarida saqlanayotganligi haqida ma'lumotlar bor. Buxoriyning boshqa asarlari orasida „Tafsir al-Qur'on" („Qur'on tafsiri") kitobini ham alohida ta'kidlash kerak. Imom Buxoriy nafaqat yirik olim, balki o'zining go'zal xulq-atvori, odamoxunligi, muruvvatliligi, himmatliligi va beqiyos saxovatliligi bilan boshqalardan tamomila ajralibturgan.

Buxoriy asarlari musulmon dunyosining barcha Madrasa va dorilfununlarida payg'ambar (as) sunnatlari bo'yicha asosiy darslik, qo'llanma hisoblanadi. Jamoat arboblari, olimu ulamolar va din peshvolari Buxoriy asarlariga tayanib ish tutadilar. Istiqlol sharofati bilan Buxoriyning o'lmas merosi elyurti bag'riga qaytdi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Imom alBuxoriy tavalludining hijriyqamariy taqvim bo'yicha 1225 yilligini nishonlash to'g'risida"gi qarori (1997 yil 29 aprel) asosida Buxoriyning ilmiy merosini o'rganish va targ'ib qilish, xotirasini abadiylashtirish borasida katta ishlar qilindi.

REFERENCES

1. Abu Abdulloh idn Ismoil Al-Buxoriy. "Al-adab al-mufrad" - T.: O'zbekiston, 1990

2. Hoshimov K. Nishonova S Pedagogika tarixi. Darslik -T: O'qituvchi, 2005 yil.

3. Mansurov A., Jo'rayev., Lafasov., M Hadis ilmi saboqlari.-T.:1999, Go fur Gulom nashriyoti.

4. Usmonxon Hoji Temurxon o'g'li va Baxtiyor Nabixon O'gli., Imom Al -Buxoriy-Muhaddislar Sultoni. -T.:1999.

5. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

6. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

7. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

8. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

9. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

10. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

11. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

12. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

13. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

14. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 7(6).

15. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

16. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

17. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухдммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.