Научная статья на тему 'IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATLAR O‘QUVCHILARIDA MILLIY VA UMUMINSONIY FAZILATLARNI TARBIYALASHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI'

IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATLAR O‘QUVCHILARIDA MILLIY VA UMUMINSONIY FAZILATLARNI TARBIYALASHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
711
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar / ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilari / oila / ahloqiy madaniyat. / National and universal values / students of specialized boarding schools / family / moral culture.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Usmonova, Matluba Nosirovna

Ushbu maqolada bugungi kunda respublikamizda tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilarida milliy va umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlari haqida fikr ilgari surilgan. Zero, dastlab oilada shakllanadigan milliy va umuminsoniy fazilatlar, bugungi kunda oiladan ajratib o‘qitilayotgan ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarida pedagoglar tomonidan qanday singdirib borilmoqda?

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL OPPORTUNITIES FOR CULTIVATING NATIONAL AND UNIVERSAL QUALITIES IN STUDENTS OF SPECIALIZED BOARDING SCHOOLS

This article focuses on the pedagogical possibilities of cultivating national and universal qualities in students of specialized boarding schools established in the country today. After all, what are the national and universal qualities that are formed in the family, what are being absorbed by teachers in the students of specialized boarding schools, which are taught separately from the family?

Текст научной работы на тему «IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATLAR O‘QUVCHILARIDA MILLIY VA UMUMINSONIY FAZILATLARNI TARBIYALASHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATLAR O'QUVCHILARIDA MILLIY VA UMUMINSONIY FAZILATLARNI TARBIYALASHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

Usmonova Matluba Nosirovna

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarix fani o'qituvchisi, erkin tadqiqotchi, tel:+998909713073,

Ushbu maqolada bugungi kunda respublikamizda tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab-internati o 'quvchilarida milliy va umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlari haqida fikr ilgari surilgan. Zero, dastlab oilada shakllanadigan milliy va umuminsoniy fazilatlar, bugungi kunda oiladan ajratib o 'qitilayotgan ixtisoslashtirilgan maktab-internat o'quvchilarida pedagoglar tomonidan qanday singdirib borilmoqda?

Kalit so'zlar: Milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ixtisoslashtirilgan maktab-internat o 'quvchilari, oila, ahloqiy madaniyat.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ ВОСПИТАНИЯ

НАЦИОНАЛЬНЫХ И ОБЩЕЧЕЛОВЕЧЕСКИХ ДОСТОИНСТВ У УЧАЩИХСЯ СПЕЦИАЛИЗИРОВАННЫХ ШКОЛ-ИНТЕРНАТОВ

Усмонова Матлуба Носировна

Учитель истории в специализированной школе-интернате МВД Республики Узбекистан

АННОТАЦИЯ

В данной статье речь идет о педагогических возможностях воспитания национальных и общечеловеческих качеств у учащихся специализированных школ-интернатов, созданных сегодня в стране. Ведь какие национальные и общечеловеческие качества формируются в семье, что впитывают педагоги в воспитанниках специализированных школ-интернатов, которые обучаются отдельно от семьи?

Ключевые слова: Национальные и общечеловеческие ценности, учащиеся специализированных школ-интернатов, семья, нравственная культура.

E-mail: usmonovamatlubal 0@gmail .com

ANNOTATSIYA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

PEDAGOGICAL OPPORTUNITIES FOR CULTIVATING NATIONAL AND UNIVERSAL QUALITIES IN STUDENTS OF SPECIALIZED

BOARDING SCHOOLS

This article focuses on the pedagogical possibilities of cultivating national and universal qualities in students of specialized boarding schools established in the country today. After all, what are the national and universal qualities that are formed in the family, what are being absorbed by teachers in the students of specialized boarding schools, which are taught separately from the family?

Keywords: National and universal values, students of specialized boarding schools, family, moral culture.

Milliy mustaqillikni yanada mustahkamlash, ajdod-avlodlar vorisiyligini ta'minlash, jahon talablariga mos kadrlar tayyorlash, rivojlangan davlatlar qatorida bo'lishda ta'lim tizimi alohida o'rin kasb etadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 19 iyul 2021-yildagi PQ-5188-sondagi "Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaroriga muvofiq yurtimizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarda ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilarida milliy va umuminsoniy fazilatli qilib tarbiyalash ustuvor masalalardan biri hisoblanadi. Bizga ma'lumki, aynan milliy va umuminsoniy fazilatlarni shaxs ongiga singdirish avvalo oiladan boshlanadi va bunda oila, sulola mafkurasi, bobolar o'giti, otaning shaxsiy ibrati, onaning mehri orqali insondan-insonga, avloddan avlodga o'tadi, bolaning ong va shuurida muhrlanib boradi. Shu no'qtai nazardan qaraganda axloqiy, g'oyaviy tarbiyaviy jihatdan sog'lom bo'lgan oila negizidagi jamiyat va davlat mustahkam bo'ladi. Bunday oilada barkamol shaxs voyaga yetadi, uning his-tuyg'ulari, tushuncha va dunyoqarashida bu fazilatlar aks etadi. Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan har bir hududda tashkil etilayotgan Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o'quvchilari hafta

Usmonova Matluba Nosirovna

Teacher of history at a specialized boarding school of the Minisrty of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan

ABSTRACT

KIRISH

Yangi O 'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi.

Sh.M. Mirziyoyev

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

davomida ta'lim muassasasida ta'lim olmoqda. Ushbu ta'lim muassasa o'quvchilari oila davrasidan uzoqda aksariyat vaqtlarini bilim olish bilan birga tarbiyalanmoqdalar. Aynan ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilarida milliy va umuminsoniy fazilatlarni bugungi kunda pedagoglarimiz qay tarzda olib bormoqdalar? Qanday pedagogik usul va vositalardan foydalanmoqdalar, bu o'z natijasini bermoqdami? Pedagogik jarayon maqsadli tashkil etilgandagina ta'lim jarayonida o'quvchilarning milliy va umuminsoniy qadriyatlarni rivojlantirish uchun sharoit yaratilgan bo'ladi. Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda o'quvchilarning yoshligidan boshlab yaxshi sifatlarini shakllantirib borishga jiddiy e'tibor berish lozim, hayotiy masalalarni hal qilishda pedagogning bilimi, ma'naviyati, o'zini tutishi, yurish-turishi katta ahamiyatga egadir. Ta'lim muassasida yuksak g'oyaviy-tarbiyaviy bilimlarni oshirish orqali bolalarning Vatan tuyg'usi bilan yashash fazilatini, milliy mas'uliyatini shakllantirish mumkin. Ayni shu ma'noda mas'uliyat odamning har bir amali, faoliyati mahsulini to'liq tasavvur qilgan holda, uning o'zi va oilasi uchun nima naf keltirishini anglay olish qobiliyatidir. Mas'uliyatni his qilgan odam o'z ishini doimo puxta rejalashtirib, uning oqibatlarini oldindan tasavvur qila oladi va zarur natijaga erishish uchun butun kuchi va salohiyatini safarbar etishga qodir bo'ladi. Bunga erishishning eng qulay yo'li - avvalo pedagoglarning g'oyaviy bilimlarini oshirish, ularda sog'lom tafakkur va yangi ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdir. Bu esa, ixtisoslashtirilgan maktab-internat pedagoglaridan o'quvchilarning el-yurt oldidagi ma'naviy burchini to'g'ri anglashi, oilaviy munosabatlar doirasida milliy urf-odat va an'analarimizni turmushga singdirishi orqali bolalar ongida milliy g'oyaga mehr-muhabbat uyg'otish, ularni mustaqil fikrlaydigan kishilar qilib tarbiyalashini taqozo etadi.1

Biroq insonlardan birortasi o'z hayotining mazmuni to'g'risida o'ylab ko'rganda ham o'zini avval o'tgan va kelgusi avlodlar bilan bog'lovchi bir bo'g'in sifatida ko'rishi qiyin. Alohida inson umrining qisqa muddatliligi bir-birining o'rnini oluvchi o'zaro bog'langan avlodlarning madaniy-tarixiy birligi bo'lgan insoniyat hayoti bilan taqqoslashni qiyinlashtiradi. Har qanday o'quvchining olamda alohida yashashi sodda bo'lib ko'rinsada, aslida uning tana va psixik tuzilishi, hayot tarzining evolyusiyasidan tortib to uning xulq-odobi nihoyatda uzoq muddatli va murakkabligini kuzatish mumkin. Ayni shu ma'noda, hozirgi vaqtda ixtisoslashtirilgan maktab-internatlardagi o'quvchining hayotiy evolyusiya bilan bir qatorda uning milliy-ahloqiy madaniyatini shakllantirish bugungi kunning dolzarb

1 Nadjimova K.U. Oila tarbiyasida milliy va umuminsoniy axloqiy madaniyatning o'rni:Toshkent arxitektura instituti, monografiya,-Adolat, 2016. 50-bet

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

muommalaridan biridir. "Tarbiya" fani doirasida va tarbiyachi-pedagoglar faoliyati davomida o'quvchilarda milliy va umuminsoniy fazilatlarni axloqiy me'yorlar, qonun-qoidalar yig'indisi sifatida o'rgatilib kelinmoqda. Axloqiy madaniyat -insonning axloq qonunlarini, qoidalarini, me'yorlarini, fazilatlarini bilishi, egallashi va ularga boshqa insonlar bilan bo'lgan munosabatlarda rioya etish darajasi. Axloqiy madaniyatni amaliy axloq deyish mumkin. Oilada shakllangan o'ziga xos axloqiy madaniyat unda muayyan milliy qadriyatlar tizimining shakllanishida muhim asos bo'lib xizmat qiladi. Zero, xalqimiz juda qadim zamonlardanoq oilani muqaddas hisoblab kelganBinobarin, ma'naviy boy, axloqan pok va jismonan sog'lom farzandlarni tarbiyalab, voyaga yetkazish aynan oilada axloqiy madaniyatni qaror toptirish orqali amalga oshiriladi. Yuksak axloqiy madaniyatga egalik kishida ezgulik, yaxshilik, yaratuvchanlik, fidoyilik, sadoqat, mardlik kabi insoniy fazilatlarning shakllanishiga yordam beradi. Ixtisoslashtirilgan maktab-internat o'quvchilari esa yuqorida ta'kidlaganidek oila tomonidan shakllantiriladigan milliy va umuminsoniy fazilat egasi bo'lgan pedagoglar tomonidan olib borilishi lozim. Binobarin, o'zbek farzandi o'zining an'ana va tarixiga binoan o'ziga xos farosat va nafosat sarchashmalaridan bahramand qilib tarbiyalab kelganlar. Bola uchun maktab-internatdagi sog'lom ijtimoiy-ruhiy muhit umuminsoniy va milliy axloqiy qadriyatlar manbaidir.Ijtimoiy muhitdagi milliy va umuminsoniy fazilatlarni chuqurroq singdirish orqali uning shonu sharafi, g'ururi, burch va vazifalarini ko'rsatib beruvchi mezondir. Bu mezon bilan faxrlanish - pirovard oqibatida vatanparvarlik, xalqparvarlik iftixorini yuzaga keltiradi. Maktabda o'zaro xurmat, qat'iy intizom asosida barcha a'zolarning o'z burch va vazifalarini ado etishlari, bir-birlariga nisbatan ezgulik va mehr-oqibat ko'rsatishlari muhim fazilatlardan biri hisoblanadi. 2 Axloqiy madaniyatni qaror toptirishda intizom masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabdagi intizomi - jamiyat va davlat intizomining negizidir. Chunki, maktabida, oilasida intizom tuyg'usi shakllangan kishi davlat va jamiyat ishida ham shu tuyg'u sohibi sifatida xizmat qiladi, davlat qonunlariga chap berishini xayoliga ham keltirmaydi, har bir ishni o'z joyida va o'z vaqtida belgilab, tartib asosida bajaradi. Bunday intizom va tartib bugun xalq va millatning sharafiga aylanadi. Maktab-internatning har bir o'quvchisiga xos axloq va shu asosdagi ichki intizom madaniyati, o'z burchi va mas'uliyatini anglashi bilan birga, ular jamoaviy muhitda o'z o'rnini belgilay olishi, ularni hurmat qila bilishi, Vatan sha'nini sharaflash kabi xislatlarning shakllanishiga yordam beradi.

2 Shodmonova Sh.S. Oilada kichik maktab yoshidagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida axloqiy tarbiyalashning pedagogik asoslari: Ped. fanlari nomzodi... dis. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat ped. un-ti. - Toshkent, 2001. 76-bet.

33

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ixtisoslashtirilgan maktab-internat o'quvchilarida axloqiy madaniyati jamiyat a'zolarining axloqiy jihatdan barkamol rivojlanishiga asos bo'lishi bilan birga, ularning jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy hayotining turli sohalarida faol ishtirokini ta'minlaydi. Milliy-axloqiy madaniyatning tarkibiga quyidagi elementlar: milliy axloqiy urf-odatlar; shaxsning eng yuksak axloqiy fazilatlari; muomala odobi; kiyinish odobi; mehmondo'stlik va ovqatlanish odobi; etiket kiradi. Milliy fazilatlarning muhim elementlaridan biri milliy urf-odatlardir. Uning maqsadi o'quvchilarda eng oliy axloqiy sifatlar, ota-ona hamda oilaning boshqa a'zolari, shuningdek, atrofdagilarga nisbatan adolat, mehr-muhabbat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, vijdon, or-nomus, g'urur, burch, insonparvarlik, mehnatsevarlik, saxovat, to'g'riso'zlik, kamtarlik, muruvvat, intizomni ijtimoiy anglash va hokazolarni shakllantirishdan iboratdir.

Har qanday odam ham umrining bir marta o'tishini va o'zining boshqa imkoniyati yo'qligini inkor qila olmaydi. Bolalikda u odatda o'ynaydi, o'spirinlik va yoshlikda o'qiydi, yetuk yoshlarda ishlaydi va keksayganda qanday imkon topsa, shunday dam oladi. O'zining butun umri davomida u turli-tuman hayotiy vaziyatlarda bo'ladi, o'zini u uchragan vaziyatlarga muvofiq tutadi, duch kelgan qiyinchiliklarni yengishga intiladi, bir necha marta o'zining hayotiy qadriyatlarini baholaydi va qayta bog'laydi, boshqa odamlar bilan muloqotda bo'ladi. Uning hayoti voqealarga to'lib-toshgan, o'zining va boshqalarning qilgan ishlariga to'g'ri keladi, turli masalalar borasida ular bilan munosabatga kirishadi, birlari bilan do'stlashadi, birovini sevadi, oila quradi, o'z bolalarini tarbiyalaydi, xizmat zinalaridan ko'tariladi, o'z ishlarida yutuqlarga erishib, yuqori mansablarga ko'tariladi. Inson o'zining hayotiy dunyosi bilan qorishib ketadi, bu dunyo uning ichki dunyosiga aylanadi, bu yerda u o'zini xo'jayin deb biladi va odatda o'zining istiqboldagi hayoti to'g'risida o'ylagani o'ylagan. Insonga rejalar tuzib, o'zining istiqboldagi hayotini mulohaza qilish xosdir. O'zining kelajagiga befarq qaraydigan odamni topish qiyin. Odatda inson kelajak haqidagi tasavvurlardan uning hayotiy dunyosining holati va istiqboldagi rivoji bevosita yoki bilvosita bog'liq ekanini tushunib yetadi. Bu jarayon umuminsoniy fazilatlar bilan bevosita bog'liq. Ayni shu ma'noda, umuminsoniy fazilatlar ham har bir inson hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy fazilatlar - bu insonning millati, irqi, diniy e'tiqodi, qaysi hunar egasi ekanligi, ijtimoiy kelib chiqishi, jamiyatdagi o'rni, yer yuzining qaysi xududida yashashidan qat'i nazar, axloqiy qoida, me'yorlarga rioya etish, axloqiy fazilatlarga ega bo'lish darajasidir. Umuminsoniy axloqiy fazilatlar tamoyillari quyidagilar: insonparvarlik, vatanparvarlik, millatparvarlik, mehnatsevarlik, jamoatchilik, erkparvarlik, tenglik,

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

hushyorlik, saxovatlilik, izlanuvchanlik, tashabbuskorlik, qonun ustuvorligi, inson haq-huquqlari, turli millat vakillariga hurmat va ular bilan bahamjihat yashash, bag'rikenglik (tolerantlik), ma'rifatparvarlik, o'zga xalqlarning ilg'or tajriba va madaniyatini o'rganish. Insonparvarlik - insonning boshqalarga hurmat, g'amxo'rlik, yordam, mehr-muruvvat ko'rsatishidir. Etika lug'atida gumanizm (insonparvarlik) g'oyalarini birinchi bor Yevropa Uyg'onish davri mutafakkirlari ilgari surganlar, deb yozilgan. Bizning fikrimizcha, insonparvarlik g'oyalari bu davrdan ancha ilgari Sharqda paydo bo'lgan.3 Insonparvarlikning ilk ko'rinishi bu «axloqning oltin qoidasi»dir, ya'ni «o'zingga nimani ravo ko'rsang, boshqalarga ham uni ravo ko'r, o'zingga nimani ravo ko'rmasang boshqalarga ham uni ravo ko'rma» degan axloqiy qoidadir. Insonparvarlikning eng yuksak cho'qqisi altruizm (jo'mardlik) dir. Yevropada bu atamani birinchi bor pozitiv sotsiologiya asoschisi, fransuz Ogyust Kont ilmiy muomalaga kiritgan. Jo'mardlik - insonga g'amxo'rlik, rahmdillik, o'zini xavf-xatarga qo'yib bo'lsa ham boshqalarga yordam ko'rsatish. «Jo'mardlik mohiyatan «oddiy odamlik qobig'idan chiqa bilish», ilohiylik sifatlariga ega bo'lib borish demakdir, bu esa hammaga ham nasib etavermaydi»4 . Umuminsoniy axloqiy madaniyatning barcha tamoyillari insonparvarlikning muayyan ko'rinishlaridir. Bizning fikrimizcha, oila tarbiyasida insonparvarlikni shakllantirish uchun quyidagi usullardan foydalanish kerak: oilada barcha uy yumushlarini birgalikda bajarish, o'zaro bir-biriga yordam, katta avlodning yosh avlodga o'z bilim, tajribasini o'rgatishi, o'zaro moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlash, qariyalarga mehrmuruvvat bilan g'amxo'rlik qilish, oila a'zolarini himoya qilish, qo'ni-qo'shni, mahalladoshlar bilan iliq muomalada bo'lish, saxiy bo'lish, bemorlar, muhtojlar holidan xabar olish, ularga moddiy, ma'naviy yordam ko'rsatish. Vatanparvarlik - insonning o'zi tug'ilib-o'sgan ona Vatani, oilasi, ota-onasi, qarindosh-urug'lari, tabiat, millati, uning urf-odatlari, tili, madaniyatiga mehrmuhabbati, g'amxo'rligi, ularni e'zozlashi, avaylab-asrashi, ravnaqi uchun fidoyi bo'lishi, himoya qilishi va sodiqligidir.5 Vatan tarixini o'rganish, tarixiy davrlarni yod olish, bu davrlarni boshqa davlatlar tarixiy davrlari bilan solishtirib ko'rish; milliy-ma'naviy merosni o'rganish; har bir oilada davlat ramzlari: madhiya, bayroq, gerbning bo'lishi; tabiatni avaylab-asrash, uy-joylarni ko'kalamzorlashtirish, suv, gaz, elektr energiyasini tejash, uy hayvonlarini avaylab-

3 «Aslida insonparvarlik degan ma'noni bildiruvchi «namlulu» so'zi bundan 3-4 ming yillar 1 1 Словарь по этике -M.: 1989. 75 avvalgi Qadimgi Somir mix xatlarida uchraydi»

4 Nadjimova K.U. Oila tarbiyasida milliy va umuminsoniy axloqiy madaniyatning o'rni:Toshkent arxitektura instituti, monografiya,-Adolat, 2016. 89-bet

5 Oila a'zolarida vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish va rivojlantirish uchun quyidagi usullardan Sher A. Axloqshunoslik. - T.: UAJBNT markazi, 2003, 216-b. 2 Shu manba, 229-b.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

asrash, parvarish qilish; o'g'il farzandlarning harbiy xizmatni bajarishlari; barcha oila a'zolarining mahalla to'ymarosimlarida faol ishtirok etishi. Millatparvarlik insonning o'z millatini sevishi, hurmat qilishi, ravnaqi uchun kurashish, fidoyi bo'lishdir. Millatparvarlik insonparvarlik, vatanparvarlikning bir ko'rinishidir. Millatparvar inson milliy g'ururi kuchli, mehr-muruvvatli, o'z millat vakillarini moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlaydigan, kelajagi to'g'risida qayg'uradigan bo'ladi. O'quvchilar tarbiyasida millatparvarlikni, milliy g'ururni shakllantirish usullari: millatning kelib chiqish va rivojlanish tarixini o'rganish, uni jahon tarixi bilan solishtirib ko'rish; milliy urf-odatlarni, an'analarni bilish; milliy adabiyot va san'atni o'rganish; muqaddas kitoblarni mutolaa qilish; umuminsoniy axloqiy madaniyat tamoyillariga rioya etish; boshqa millat vakillari bilan do'st, inoq yashash; boshqa millatlarning iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy, ijtimoiy sohalardagi yutuqlarini tahlil etish va ularni o'z millati rivoji uchun qo'llash. Mehnatsevarlik - insonning o'z iste'dodi, qobiliyatini, layoqatini qo'llab, o'zi uchun va yaqinlari, Vatani, millati ravnaqi uchun mehnat qilishni sevishi, moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirishi, tinimsiz o'z malaka, tajribasini oshirib borishidir. Insonning jamiyatdagi mavqei, o'rni, obro'si, darajasi uning mehnati va mehnatining natijasi orqali belgilanadi.6 Inson aqliy va jismoniy mehnat turini o'z kasb-hunarida, turmush tarzida uyg'unlashtira olsagina, yuksaklikka erishadi. Ixtisoslashtirilgan maktab-internat o'quvchilaridagi mavjud munosabatlar ta'sirida ilk bolalikdan o'z burchiga sodiqlik, vatanparvarlik, qat'iylik, inson qadr-qimmatini anglash kabi yuksak insoniy xislatlar shakllana boradi. Maktab-internatdagi samimiylik, oqilona munosabatlar, iliq psixologik iqlim ta'siri natijasida oila a'zolari kamtarlik, samimiylik, iltifotlilik, yaxshilik, ezgulik, sabrlilik, to'g'rilik, yumshoqlik, dilkashlik, mehribonlik, talabchanlik, vijdonlilik, mas'uliyatlilik, ozodalik, izzat-nafslilik kabi xislatlar axloqiy tarbiya asosida tarkib topadi.

XULOSA

Xulosa o'rnida davlatimiz rahbari tomonidan e'tirof etganlaridek "Yangi O'zbekistonning Uchinchi Renessans davri bunyodkorlari" bo'lmish o'quvchi yoshlarimizni bilimli qilish bilan birgalikda milliy va umuminsoniy fazilatli qilib tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlarini ishlab chiqish lozimdir.

6 Nadjimova K.U. Oila tarbiyasida milliy va umuminsoniy axloqiy madaniyatning o'rni:Toshkent arxitektura instituti, monografiya,-Adolat, 2016. 76-bet

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 19 iyul 2021-yildagi PQ-5188-sondagi "Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori

2. Nadjimova K.U. Oila tarbiyasida milliy va umuminsoniy axloqiy madaniyatning o'rni:Toshkent arxitektura instituti, monografiya,-Adolat, 2016.

3. Oila a'zolarida vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish va rivojlantirish uchun quyidagi usullardan Sher A. Axloqshunoslik. - T.: UAJBNT markazi, 2003

4. Словарь по этике - M.: 1989.

5. Shodmonova Sh.S. Oilada kichik maktab yoshidagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida axloqiy tarbiyalashning pedagogik asoslari: Ped. fanlari nomzodi... dis. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat ped. un-ti. - Toshkent, 2001.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.