Научная статья на тему 'MUHAMMAD YUSUF HAYOTI VA IJODIGA BIR NAZAR'

MUHAMMAD YUSUF HAYOTI VA IJODIGA BIR NAZAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1680
121
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shoir / she’r / she’riy to’plam / she’riyat / ijod / “Tanish teraklar” / hayot / iste’dod / tug’ma iste’dod

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Raximova Dilafruz, Xudayberganova Xosiyat Qahramonovna

Mazkur maqolada o’zbek she’riyatining porloq yulduzi, iste’dodli shoir Muhammad Yusufning hayoti va ijodi haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUHAMMAD YUSUF HAYOTI VA IJODIGA BIR NAZAR»

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

MUHAMMAD YUSUF HAYOTI VA IJODIGA BIR NAZAR

*

>

} * : >

Raximova Dilafruz

Xudayberganova Xosiyat Qahramonovna

Xorazm viloyati Urganch tumani 14-son maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari https://doi.org/ 10.5281/zenodo.6719826

ß-<\ > Cj )><#

Annotatsiya. Mazkur maqolada o'zbek she'riyatining porloq yulduzi, iste'dodli shoir Muhammad Yusufning hayoti va ijodi haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: shoir, she'r, she'riy to'plam, she'riyat, ijod, "Tanish teraklar", hayot, iste'dod, tug'ma iste'dod.

> >i > "Koinot qachonlardir bir nuqtaning, bir zarraning portlashidan paydo bo'lgan

deyiladi. Agar shu fikr to'g'ri bo'lsa, poetik so'z, ya'ni she'riyatning mohiyatida

*

hududga sochilib ketgan koinotni to'plab, sidirib yana o'sha nuqtaning ichiga sig'dirish istagi yotadi", - deydi Ramiz Ravshan. Va shoirning zimmasidagi qutlug' vazifa haqida gapirib: "har bir asl shoir tangrini o'z ona tilida tasvirlaydi va haqiqi y

shoir tangri diydorini tilab qushday qanot qoqa-qoqa o'z tilining osmonini kengaytiradi", - deydi. Qushning qanot qoqishidan ohang yaraladi, kuyga aylanadi, so'zga aylanadi. Shu bepoyon osmon qushlarga va shoirlarga armug'on qilindi, deya bejiz aytilmaydi.

O'z so'zi bilan ko'rkli tilimizning pokiza osmonini kengaytirgan shoirlar ko'p. ........ , , , ~ ,

O'zbekning baxti ham shunda. Bugun bu tilda tarannum etib bo'lmaydigan tuyg'u

yoxud tushunchaning o'zi yo'q. Turkiy tilni dag'al va nazmga yaroqsiz deb bilganlarning haddini buyuk Navoiy XV asrdayoq ko'rsatib qo'ygan. XX asr avvalida o'zbek tilida nasriy asar yozishning mushkulligini ro'kach qilganlarni Qodiriy va Cho'lpon nasrdagi betakror so'z nazmi bilan hayratga solgan. Keyingi avlodlar ichida ham badiiy so'zning me'morlari sanalmish katta shoirlar yetishib chiqdi. Demak, muqaddas silsila davom etmoqda va millat turguncha turadi.

O'tgan asrning so'nggi choragida adabiyotimizning pokiza osmonida yo'lchi m yulduzdek porlagan shoir Muhammad Yusuf o'zining sodda va samimiy so'zi, o'zigagina yarashadigan she'riyati bilan el nazariga tushdi. U o'zining qisqagina umrida milliy she'riyat va zamonaviy qo'shiqchilikni yuksaklarga ko'tarilishiga beminnat hissasini qo'sha oldi. Shoir haqida Erkin Vohidov shunday yozgan edi: "Muhammad Yusufni xalqimiz sevib dilida saqlaydi, Vatan kuychisi, Istiqlol kuychisi deb ardoqlaydi, o'zbek eliga ulug' mehr, sadoqat singib ketgan nazokatli, samimiyat to'la she'rlarini qadrlaydi, qo'shiq qilib aytadi. Uning she'riyatini chin

J •<'

v> ¡>

>q ] q )> >

u>,* ^ «KQs

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

ma'noda qanotli she'riyat, yurt osmonida baland parvoz qiluvchi, yuraklarga qanot

- ' - * . — ~ *

berguvchi she'riyat desa bo'ladi"

Xalqimizning sevimli shoiri Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprel kuni Andijon

viloyati Marhamat tumani Qovunchi qishlog'ida tavallud topgan. U Yusuf ota va

3N)

Enaxon ayalarning ikki o'g'il, uch qiz farzandlari ichida erka dilbandi bo'lib ulg'aygan. Noyob iste'dod sohibi bo'lmish Muhammad Yusuf bolalik chog'larida sho'x yigit bo'lib, ko'p narsalarga qiziqqan, yuragida muhabbat, tomirlarida

! \m-

oqayotgan qonning jo'shqinligi uning she'rlarida yaqqol namoyon bo'ladi. Muhammad Yusuf bolalikdan ziyrak, juda qiziquvchan bo'lganligi bois ko'p kitoblarni sevib o'qigan va savollarga javob izlagan. Shu bilan birgalikda Muhammad Yusuf ochiqko'ngil va hayolparast bola bo'lib, sheriyat va adabiyotga mehri juda baland bo'lgan. Bunday mehrni uning qalbida buvijonisi Tursunxon ena uyg'otgan edi. Muhammad Yusuf garchi oddiy dehqon oilasida dunyoga kelgan bo'lsada, o'qish va ishlarida katta muvaffaqiyatlarga erishadi. 1973-yili o'rta maktabni a'lo baholarga tugatib, Reshetov nomidagi Rus tili va adabiyoti Institutiga o'qishga kiradi. 1978-80

yillar oralig'ida harbiy xizmatni o'taydi va bu davrlar shoir uchun mashaqqatli va murakkab tajribali davr bo'ladi, shoir ko'nglida "Ona vatan'' tuyg'usi yanada alangalanadi. Shu tariqa shoirning keng qamrovli ijod faoliyati boshlanadi.

m?

Muhammad Yusufning qalamiga mansub dastlabki kitob 1985-yil nashrdan chiqqan bo'lib, "Tanish teraklar" deb nomlanadi. U qisqa muddat ichida samimiy, xalq dilidan so'zlovchi, xalq kuychisi bo'lganligi bois xalq ko'nglidan qisqa fursat ichida joy ola biladi. Uning "Iltijo","Bulbulga gapim bor"(1987-y.), "Uyqudagi qiz"(1989-y.), "Ko'ngilda bir yor", "Ishq kemasi", "Halima enam allalari"(1991-y.), "Yolg'onchi yor"(1994-y.) "Seni osmonimga olib ketaman"(1998-y.), "Erka kiyik", "O'zingdan qo'ymasin xalqim"(2000-y.), "Saylanma"(2001-2004-yy.), "Ulug'imsan, vatanim", kitoblari chop etilib, ommaga taqdim qilingan. Hech bir kitobxon yo'qki, uning javonidan Muhammad Yusufning kitobi topilmaydigan, hech bir inson yo'qki, uning misralaridan mehr, muhabbat hissin tuymagan! U shunday iste'dotli shoirki, uning har bir she'rida xalqning quvonch-u iztiroblari, orzu va armonlarini madh ettirgan. Shoirning dilga yoqar misralarini hirgoya qilamagan bironta o'zbek farzandi topilmasa kerak. Muhammad Yusuf san'atkorlar ahliga ham katta yutuq keltirgan,

J-jt

o'lmas satrlarni bitgan desak ham mubolag'a bo'lmaydi.

Muhammad Yusuf xalqimizga qilgan fidoyi xizmatlari uchun: 1996-yili "Do'stlik" ordeni; 1998 -yilda "O'zbekiston xalq shoiri" faxriy unvonlariga sazovor bo'lgan. Muhammad Yusuf garchi she'riyatida sodda so'zlardan foydalangan

! !>»

bo'lsada, uning mazmun mohiyatini juda ham boy, chuqur ma'noga ega tarzda yoritib bergan:

Mendan nima qolar,

Ikki misra she'r

u>,* ^ «KQs

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

Ikki sandiq kitob Bir uyum tuproq

Odamlar ortimdan nima desa der

Men seni o'ylayman O'zimdan ko'proq,

Lola, lolajonim, Lolaqizg'aldoq! j J 5Щ. /f

Xalq shoiri Muhammad Yusuf 2001-yil 30-iyulda dunyodan ko'z yumdi. Garchi u vafot etgan bo'lsada, lekin u odamlar yuragida mangu yashaydi, Muhammad Yusuf xalqning qalbidir!...

Shoir ijodi bedorlikka da'vatkor she'riyat. U sevgi, visol, ayriliq, iztirob kabi shaxsiy kechinmalardangina iborat she'riyat emas. Kitobxonni ijtimoiy hayotda faol yashashga, uyg'oqlikka chorlovchi she'riyat. Bir she'rida shunday satrlar bor: Mudroq bosgan dilim, Aytaman bir sir. Tangri uyquni-da Pallada tortar. Uyqu - ham Nasiyaga berilgan umr,

»

m?

Uyqung ortgan sayin Qarzing ham ortar...

> И

Umrning har oni o'lchovli, hatto uyquning ham badali bor. Buni idrok qilgan kitobxon o'z umrini sarhisob qiladi va shoirdan minnatdor bo'ladi.

ж~ Л Л -Г Г* • • Л • • • Л • .Л Л чл Л • Л -, •

Muhammad Yusuf ijodi umuminsoniy qadriyatlarni ulug'lovchi she'riyat

hisoblanadi. Uning she'rlarida insoniyatga aloqadar ezgu xislatlar, savob amallarning tamomi eng baland pardada kuylanadi. Bir mansur she'rida shunday deydi: "Asli inson xoki qo'yilgan hamma joy aziz va muqaddasdir. Bas shunday ekan, odamlar istagan qabr tuprog'ini ko'zlariga surtsin. Bundan kimga jabr." Bu yerda insonning din, e'tiqod, mazhab, irq, millat va rang-ro'yi qanday bo'lishidan qat'i nazar muqaddasligi va uning xoki qo'yilgan tuproqning azizligi tarannum qilinmoqda. Shoir she'rni, tilni ajdodlardan qolgan va avlodlarga bekam bexato yetkazilishi shart J-jt

bo'lgan muqaddas meros deb biladi.

ш

Muhammad Yusuf haqida o'qitishdan maqsad bir shoirning hayoti va ijodini o'rgatishdangina iborat bo'lmasligi kerak. Kamida, Vatanni Muhammad Yusufdek "iddaolar qilmay" sevishni o'rgatishdan, ona tilimizni Muhammad Yusufdek gard

iw-

! И*

yuqtirmay ardoqlashni o'rgatishdan, beqiyos milliy qadriyatlarimizni uningdek anglashni o'rgatishdan iborat bo'lishiga erishmog'imiz lozim.

Xulosa nilib shimi aytishim miimkinki Ьяття imrrn ham vatan ona deya

Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, hamma inson ham vatan, ona deya

, , ......____________ _ •_________• „„,1 1 ,„ , ____

kuylashi mumkin-u, ammo ona yurtni maromiga yetkazib, yurakdan kuylay oladigan,

^ I П>»:

—тг^гя-п -t- с—-и- rt^h ; !>

^дс^а - egg лж

k*

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

xalq dilini biladigan ijodkorgina chin shoir bo'la oladi! Muhammad Yusuf bunga yorqin timsol bo'la oladi deb o'ylayman. Shoir she'rlari orqali odamlarning unitayozgan qadriyatlarimizni, millatimizni asrab avaylashga chorlaydi. Uning she'rlaridagi oddiy obrazlari, ayni paytda munis va qadrdon, tub mohiyati yani ular timsolida shu ona vatan, muqaddas tuproq, shu vatanning azizligi, mo'tabarligi aks ettirilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

>4*

1. https: //tafakkur.net/muhammad-yusuf.haqida

2. Ma'rufjon Yuldoshev. Muhammad Yusufn anglash. 07.07.2020.

3. Muhammad Yusuf. Saylanama. T.: 2005.

4. www.ziyo.uz.

-^fV-liT --^SfV-^Y f.—

50

q >3*

Mt<\')>

«äs

* I • ill*

.J

>

Wr.

>

q > >

wi >

) J

q q

>

q>j{>: >

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

> *

>

q

^ >

q > >

q

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.