Научная статья на тему 'MUHAMMAD YUSUF IJODINING MAFTUNKORLIGI'

MUHAMMAD YUSUF IJODINING MAFTUNKORLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
845
64
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
insoniy kechinmalar / she’riyat / lirik tasvir / lirik qahramon / she’riy parcha

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Barno Risqiboyevna Xojimatova

Ushbu maqolada Muhammad Yusufning ijodidagi ba’zi she’rlari haqida va ularning ijodiy yutuqlari haqida fikrlar berilgan. Shoirning ijodi yuksak baholashga loyiq ekanligi aytilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUHAMMAD YUSUF IJODINING MAFTUNKORLIGI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

MUHAMMAD YUSUF IJODINING MAFTUNKORLIGI

Barno Risqiboyevna Xojimatova

Toshkent viloyati Parkent tumani 47- umumiy o'rta ta'lim maktabi ona tili va adabiyot

fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Muhammad Yusufning ijodidagi ba'zi she'rlari haqida va ularning ijodiy yutuqlari haqida fikrlar berilgan. Shoirning ijodi yuksak baholashga loyiq ekanligi aytilgan.

Kalit so'zlar: insoniy kechinmalar, she'riyat, lirik tasvir, lirik qahramon, she'riy parcha

Barcha o'zbek xalqining sevimli shoirlaridan biri bo'lgan Muhammad Yusuf haqida juda ko'p gapirish mumkin. U rostgo'y shoir, halol va pokiza qalb egasi. Shuning uchun ham uning she'riyati butun ma'naviyatga to'la, muhabbat haqida kuylaydimi, bevafo yor haqida qo'shiq to'qiydimi yoki tariximiz, taqdirimiz haqida kuylaydimi hamisha hayotga, haqiqatga hamnafaslik sezilib turadi. Uning she'rlari oddiy, ravon, soddaligi bilan xalq og'zaki ijodiga hamohang ko'rinadi. Shoirning «Mehr qolur» she'rini eslang-a: O'tar inson yaxshi-yomoni, Mehr qolur, muhabbat qolur. Shoir she'riyati ham shunday. Mehringizda, qalbingizda qo'shiq bo'lib qoladi. Ona diyor va istiqlol kuychisi ... Muhammad Yusuf noyob iste'dod egasi, odamlarni mehribon, sofdil, mard va kamtarin inson edi... O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov. Xalqimizning sevimli shoiri Muhammad Yusuf 1954-yil 26- aprel kuni Andijon viloyati Marhamat tumani Qovunchi qishlog'ida tavallud topgan. U Yusuf ota va Enaxon ayalarning ikki o'g'il, uch qiz farzandlari ichida erka dilbandi bo'lib ulg'aygan. Noyob iste'dod sohibi bo'lmish Muhammad Yusuf bolalik chog'larida sho'x yigit bo'lib, ko'p narsalarga qiziqqan, yuragida muhabbat, tomirlarida oqayotgan qonning jo'shqinligi uning she'rlarida yaqqol namoyon bo'ladi. Muhammad Yusuf bolalikdan ziyrak, juda qiziquvchan bo'lganligi bois ko'p kitoblarni sevib o'qigan va savollarga javob izlagan. Shu bilan birgalikda Muhammad Yusuf ochiqko'ngil va hayolparast bola bo'lib, sheriyat va adabiyotga mehri juda baland bo'lgan. Bunday mehrni uning qalbida buvijonisi Tursunxon ena uyg'otgan edi. Muhammad Yusuf garchi oddiy dehqon oilasida dunyoga kelgan bo'lsada, o'qish va ishlarida katta muvaffaqiyatlarga erishadi. 1973-yili o'rta maktabni a'lo baholarga tugatib, Reshetov nomidagi Rus tili va adabiyoti Institutiga o'qishga kiradi. 1978-80 — yillar oralig'ida harbiy xizmatni o'taydi va bu davrlar shoir uchun mashaqqatli va murakkab tajribali davr bo'ladi, shoir ko'nglida ,,Ona vatan'' tuyg'usi yanada alangalanadi.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Muhammad Yusufning "Tunda she'r aytishdik kapalak bilan", deb nomlangan she'rida ham insoniy kechinmalar ziddiyatining tabiat obrazlari vositasida tasvirlab berilganiga guvoh bo'lish mumkin. Yuksak romantik tuyg'ularga boy bu manzarada konfliktga asos bo'luvchi voqe'lik shunday tanlanganki, da'fatan lirik tasvirning majoziyligi unutilib, haqiqiy hayot manzarasi kabi ko'rinadi va lirik qahramonning hassos qalbi bilan tanishtiradi. Manzara shunday boshlanadi. Sokin tun... Kapalak bilan sirlashib, unga dil rozlarini she'rga solib, yalpizni alqab, gulni alqab aytayotgan shoir nogoh bir ilon sudralib kelib ularning sokin suhbatini buzib yubordi. Quyida bu parchani o'qib ko'rishingiz mumkin.

Chaqdi.

Chaqaverdi zahri so'nguncha.

Chaqdi goh bilagim,

Goh yuragimni.

U qancha chaqsa, men tirildim shuncha,

Shuncha eslayverdim kapalagimni!..

Bunda «kapalak» obrazi nozik qalbli, hayotni qalban tushunuvchi, hassos inson obrazi bo'lsa, «ilon» obrazi esa bu noziklikni tushunmaguvchi, go'zallikni ko'ra olmaydigan, qalbi ko'r insonlar ma'nosida qo'llanilgan. Xuddi Shavkat Raxmon lirik qahramoni kabi Muhammad Yusuf lirik qahramoni ham ojiz inson emas. Balki u o'z qalbiga sodiq. U taqdirning achchik "tuhfasi"dan birdan cho'kib qolmaydi, aksincha u azoblarga duch kelavergani sayin maqsadga sari intilaveradi. Ilon kabilarning zahridan ozor cheksada, o'z e'tiqodiga sodiq ("Shuncha eslayverdim kapalagimni").

Qish manzarasi fonidagi insoniy kechinmalarning go'zal ifodasini shoir Muhammad Yusufning «Yangi yil kechasi» she'rida kuzatish mumkin. She'rda qish fasli manzaralari tasvir ob'ekti sifatida tanlangani holda qishning sovuq nafasi, yangi yil oqshomining shukuhi lirik qahramonni chuqur mushohadaga chorlaydi.

Ko'ngil ma'yus tortdi yilning so'nggida,

Bilmam, nimang bilan sexrlading, qor.

Bugun kuppa-kunduz ko'zim o'ngida,

Yana bir yoshimni o'g'irlading, qor.

Qirqinchi qasrimga o'taymi, endi,

Kechagi yoshligim ertakmi endi?..

Real tabiat manzarasi fonidagi shoir lirik qahramonining qarama-qarshi tuyg'ular girdobidagi lirik qiyofasi uning qalb olami bilan ham yaqindan tanishtiradi. Barcha uchun quvonch keltirgan qor va yangi yil bayrami uning uchun o'zgacha ta'sir ko'rsatadi. Chindan ham yangi yil bayramini har yili zo'r shodiyonalar bilan kutib olamizu uning ketidan keladigan umrimizning yana bir yilini yo'qotayotganimizni eslamaymiz ham. Lirik qahramonni kechagi yoshligining tobora ertakka aylanib

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

borayotganligi tashvishga soladi. Biroq u mana shu yangi yilga yetgani uchun ham shukrona keltirib yashaydi. Ollohga ko'rsatgan kuni-yu yetkazgan rizqi uchun shukr qilib yashash ham komillikning bir belgisidir.

Yaxshilar yodi, doimo biz uchun muhim bo'lgan. Muhammad Yusuf o'z ijodini shunday oltin davr bilan bezaganki, she'rlarini o'qib, inson o'zida yo'q quvonch, shodlik va tasavvur imkoniyatlariga ulkan tasannolar aytadi. Uning quyida berilgan she'ri orqali go'yoki o'z umrining qisqaligini bilgan holda yozgandek tuyuladi. O'zi o'lsa o'lar so'zi o'lmaydi, Hamisha barhayot nasl shoirlar. Haqiqiy shoirning qabri bo'lmaydi, Yurakka ko'milar asl shoirlar.

Uning o'zbek she'riyatida tutgan o'rni beqiyos hamda, qoldirgan adabiy meroslari hali ko'p yillar takror-takror aytilib, barchaning yodida qolishi aniq. Muhammad Yusufning izdoshlari va muxlislari uning she'rlaridan ilhom olib yashaydi.

REFERENCES

1. Muhammad Yusuf saboqlari / to'plovchi va hammuallif Sh. Qurbon. - Toshkent: O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2012.

2. Yusuf M. Saylanma. - Toshkent: Sharq, 2005. - B. 275. 5. Yusuf M. Saylanma. -Toshkent: Sharq, 2005. - B. 273.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.