Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-996-1005
ALISHER NAVOIYNING "MASNAVIY"SI - TURKIY NOMANING
BETAKROR NAMUNASI
Nafisa Rahmanova
Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada masnaviyning lirik va epik turlari, Alisher Navoiyning masnaviy shaklida Sayyid Hasan Ardasherga yozgan maktubining tarixi, bu masnaviyning ozbek adabiyotida o'rganilishi haqida so'z ketadi. Masnaviy hamd, na't, Sayyid Hasan Ardasher ta'rifi, shoirning yaqinlarini ogohlantirmay shoshilinch Samarqandga ketishining sabablari va xulosa kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan. Baytlarni sharhlash orqali masnaviy atrofidagi bahsli masalalarga oydinlik kiritilgan, shoirning she'riy noma yozishdagi poetik mahoratiga alohida e'tibor berilgan. Navoiyning zamonasidagi siyosiy voqealarga, she'riyat, tariqat, hol, jazba kabi masalalarga munosabati tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: lirik masnaviy, epik masnaviy, hamd, nat, vatanni tashlab ketish sabablari, tariqat, hol, jazba.
ALISHER NAVOI'S "MASNAVIY" IS A UNIQUE EXAMPLE OF A TURKISH NOMA (EPISTOLARY)
ABSTRACT
This paper analyses the lyrical and epic types of masnavi, the history of Alisher Navoi's letter to Sayyid Hasan Ardasher, the study of this masnavi in Uzbek literature. Masnavi includes some parts like Hamd, Na't, Sayyid Hasan Ardasher's description, the reasons for the poet's hasty departure to Samarkand without warning his relatives, and the conclusion. By interpreting the verses, the controversial issues regarding the masnavi are clarified, special attention is paid to the poetic skill of the poet in writing a poetic noma. Navoi's attitude to some issues such as political events of his time, poetry, hol, jazba, were analyzed.
Keywords: lyrical masnavi, epic masnavi, hamd, na't, reasons for leaving the motherland, Sufizm, hol, jazba.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-996-1005
KIRISH
Mumtoz adabiyotimiz tarixida yaratilgan masnaviylarni shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin: 1) lirik masnaviy (shoirning lirik kechinmalari ifoda etiladigan she'r shakli); 2) epik masnaviy yoki doston (sujet asosida quriladigan katta hajmli asar).
„Xazoyin ul - maoniy " kulliyotidan o'rin olgan masnaviy lirik masnaviy bo'lib, „G'aroyib us-sig'ar" devoniga kiritilgan. [1,525-540] Masnaviy aslida noma janriga mansub bo'lganidan "Navoiyning Sayyid Hasan Ardasherga maktubi" deb ham ataladi. Maktub hasbi hol she'riyatning gozal namunasi hisoblanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Navoiy yigitlik davrining besh yilini Samarqandda o'tkazdi. Navoiyshunoslar uning bu shaharga kelishi sababi va nomaning yozilish tarixini turlicha talqin qiladilar. Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond va Xondamir shoirning Samarqandga borish sabablarini ilm o'rganishga intilish bilan bog'laganlar. Bobur esa bu safarni "ixroj" - surgun deb atagan [2,133]. Bunda ham asos bor. 1457-yilda Abulqosim Bobur vafot etadi. Hokimiyat tepasiga Abisaid Mirzo keladi. Husayn Boyqaro taxt uchun kurashga sho'ng'ib ketgan vaqtda Navoiy Mashhadda o'qishini davom ettiradi.1464 - yildagina Hirotga qaytadi, biroq vatanida uni noxushliklar kutayotgan edi. Abusaid Mirzo u bilan taxt talashayotgan Husayn Boyqaroning yaqin kishilarini ta'qib ostiga olgan, shoirning tog'alari Mirsaid Kobuliy va Muhammad Ali G'aribiylarni qatl ettirgan edi. Alisherning ota mulki musodara qilingan, hatto yashash uchun boshpana ham qolmagandi:
Ki bolmoq vatan ichra dushvor edi,
Ko"ngulga jalo daf'i ozor edi.
Boshiga tog' alarining kuni tushishini istamagan Navoiy kutilmaganda Hirotdan ketib qoladi. Uning rejalashtirilmagan safari zamondoshlari va do'stlari o'rtasida og'ir taassurot qoldiradi. Navoiy rasman surgun qilinmagan edi. O'ziga - o'zi podshoning ko'zidan uzoqda turishga hukm chiqargan edi. Samarqand safari haqidagi mish-mishlarga aniqlik kiritish uchun o'zining eng yaqin kishisiga xat yozib, vatandan ketishining sabablarini tushuntirib beradi.
Maktubning qachon yozilgani haqidagi fikrlarda ham har xillik bor. Ayrim mutaxassislar masnaviyni Navoiy Hirotdan Samarqandga jo'nash oldidan yozgan deb hisoblaydilar. Shoir safar oldidan Sayyid Hasan Ardasher bilan xayrlashmoqchi bo'ladi, lekin uni topmagan. So ng ushbu maktubni qoldirgan. Ikkinchi guruh
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-996-1005
muhaqqiqlar, jumladan akademik Vohid Abdullayev [3,4], professor Natan Mallayevlar [4,408], maktubning Samarqandda yozilganini yoqlaydilar. Navoiy Samarqandga siyosiy mahbus sifatida yuborilgani uchun ixrojning dastlabki yillarida juda ko'p qiyinchiliklarga chidashiga to'g'ri keladi. Bu vaqtlarda shoir podshoh Abusaid Mirzoning o'g'illari Sulton Ahmad va Sulton Mahmud Mirzolarning nazorati ostida bo'lgan. Navoiy ustozi, ma'naviy otasi Sayyid Hasan Ardasherga yozgan maktubida moddiy va ma'naviy tomondan tang ahvolda qolganini bayon qilmagan, lekin zakiy Ardasher vaziyatni tushunib, Fazlulloh Abullaysiy hamda Xoja Ahror Valiylarga maktub yo'llab, Alisherga ko'mak berishlarini so'ragan ko'rinadi. Ana shundan keyingina buyuk faqih Fazlulloh Abullaysiy Alisher Navoiyga o'z madrasasidan joy berib, panohiga oladi. Samarqand a'yonlarining Navoiyga munosabati ijobiy tomonga o'zgargan [6,217].
NATIJALAR
Masnaviyni sharhlab o'rganish orqali uning yozilish tarixi va Navoiyning Samarqand "ixroji" sabablariga aniqlik kiritish mumkin. Maktub Hamd va Na't baytlar bilan boshlanadi. Ollohni "Alimeki, yo^qtur bidoyat anga, Azimeki, yo^qtur nihoyat anga " deb uluglaydi. Muqim yashaydiganlarning yo'ldoshi, safarga chiqqan ovoralarning rahbari bo'lgan Zot Navoiyday bir solikni dashtga yo'llab, tavakkalni unga yo'l ozig'i qildi:
Hazar ichra bechoralar yovari,
Safar ichra ovoralar rahbari;
Ne solikkakim, dasht etib jilvagoh,
Tavakkulni aylab anga zodi roh;
Anikim qilib ishqdin yoralig ',
Nasib aylabon anga ovoralig'.
Tavakkul barcha yaxshi - yomon ishlarni Xudodan deb bilish, barcha hollarda va amallarda Allohga suyanish, o'zini bir faoliyat asbobi hisoblash, Xudodan o'zga narsalar ham Xudodan ekaniga chuqur ishonishdir. Inson juda ko'p ishlarga qodir, ammo bu harakatlarning bari Olloh qudrati tufayli ekanini anglashi shart. Xudoning irodasi bizning irodamizga hokimdir.
Bizning irodamizni boshqaruvchi Tangri birovga necha g' urbatlar yuborib, uni bir yerda muqim yashab xor bo'lishga mahkum etsa, boshqalarni el ichra xor qilib,
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 \ ISSUE 11 \ 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-996-1005
yana u eldan qochib ketishga majbur qiladi. Navoiy safar mashaqqatlarini tasvirlar ekan, hech narsa bejizga bo'lmaydi, Olloh safar azoblarini do'zaxdan nishona qilib yaratgan, do'zax ranjini shu yo'l orqali bandalariga eslatib qo'yadi, deb ta'kidlaydi.
Maktubning ilk misralaridan shunday xulosa qilish mumkinki, Navoiy tavakkal qilib safarga chiqqan, Hirot va Samarqand orasidagi bir haftalik yo'lni karvon bilan qiynalib bosib o'tgan.
Mashaqqatli safar kechinmalaridan so'ng o'z otasidek yaqin ko'rgan insoni -Sayyid Hasan Ardasherning sifatlari ta'rif etiladi. Navoiyning yozishicha, Sayyid Hasan Ardasher o'z davrining ilm, adabiyot va tasavvufda eng yetuk kishisi bo'lishi bilan birga qator olijanob insoniy fazilatlarga ham ega shaxs bo'lgan: Jamol ichra tong boshi Nohiddek, Kamol ichra tush vaqti xurshiddek.
Vafo anga pesha, saxo anga fan, Vafovu saxo koni Sayyid Hasan.
Zihe ravzadin xulqung ortuq base, Kelib bog4 qadringda Tubo xase.
Shoir ustozining fazl va kamolotini, vafodorligi va saxiyligini yuksak baholab, uning xulqini jannatdan, qadri bog'ini jannat daraxtlaridan ortiq deb tasvirlaydi. Notinch zamonada Ardasher saroydan uzoqlashib, asosiy vaqtini adabiyotga, ilm-fanga bag'ishlashga harakat qilgan ekan. Shu sababli Navoiy Hirotdan chiqib ketayot- ganida aziz insonini ko'ra olmagan. Vatan va do'stlarni tashlab ketish og'ir. Xayrlash- may ketish undan ham og'ir:
Mangakim, vijodingg^a xursandmen, Janobinga shogirdu farzandmen.
G^ameyetti charxijafopeshadin, Hamul anjumi xorij andeshadin.
Ki bo Imoq vatan ichra dushvor edi, Ko^ngulgajalo daf'i ozor edi.
Safar tushti olim^a beixtiyor, Qazo amrida elga ne ixtiyor.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-996-1005
Bunda Navoiy o'z boshiga g'am-tashvish tushgani, Vatanidan, ya'ni Xurosondan beixtiyor chiqib ketgani, bu yerda qolish dushvor bo' lib qolgani haqida gapiradi. Navoiy Samarqandga ketganda 24—25 yoshlarda bo'lib, bu vaqtda u katta shoir, bilimdon olim sifatida xalq orasida, ilm va adabiyot ahllari o'rtasida keng tanilgan edi. Shuning uchun uning kutilmaganda Hirotdan ketib qolishi zamondoshlari o'rtasida, Hirotda ham, Mashhadda ham og'ir taassurot qoldirdi. Navoiyning do'st va dushmanlari uning «safar»ini turlicha talqin qilganlar.
Ustozi va ma'naviy otasidan "safaringiz qarib vatanga qaytishni mayl qilsangiz, ahbobni may bilan shod qilgan chog'ingizda, meni ham yod aylang" deb o'tinadi. Afsuski, do'stlar shoirning Samarqandga ketishi sababini bilishmaydi: Chu ahvolimdan ahbob ogoh emas, Degaylar hadisekim, dilxoh emas.
Shuning uchun u ulug' do'stiga Xurosondan ketishining asl sabablarini xat orqali batafsil ma'lum qilmoqchi bo'ladi.
Masnaviyda Navoiyning Samarqandga ketishining uchta sababi ko'rsatilgan. 1-sabab: Bir ulkim, chu so^zdindur inson sharif, Chu hayvong^a so^zyo^qtur uldur kasif.
Ko^ngil durji ichra guhar so^zdurur, Bashar gulshanida samar so 'zdurur.
Erur so^zfalakjismining joni ham, Bu zulumotning obi hayvoni ham.
Birinchi sababning ilohiy so'z ta'rifi bilan boshlanishi bejiz emas. Shoirning yozishicha, dunyoda eng mo'tabar, ulug' narsa bu so'zdir. So'z falak jismining jonidir, shuning uchun Iso Masih so'z vositasida o'lik tanni tiriltirdi; so'z zulumotning obi hayvonidir, shu bois o'liklar uning zilolidan jon topadi. El so'zni ulug'lamoqchi bo'lsa, yana unga murojaat qiladi. Navoiyning fikricha, so'z ayniqsa she'riyatda yanada ortiqroq go'zallik, kuch-qudratga, qadr-qimmatga ega bo'ladi: Javohir necha xo^bu dilkash durur, Vale nazm silki aro xush durur.
So'z ichra, ya'ni nasrda aytilgan yolg'onni el pisand etmaydi, lekin nazmda o'zga hol: she'rdagi yolg'onni donolar yuksak qadrlaydilar. Shoirlik qobiliyati Olloh tomonidan yuborilgan ilohiy ne'matdir. Navoiy turkiy tilda qalam tebratishda nodir ekanini shoirona tasvirlash bilan birga «turk nazmi»da ijod etganidan g'urur va
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-996-1005
iftixor tuygularini ifoda etadi. Adabiyotning, xususan turk iy she'riyatning qudratini uluglaydi:
Men ul, menki, to turk bedodidur, Bu til birla to nazm bunyodidur.
Falakko^rmadi men kibi nodire, Nizomiy kibi nazm aro qodire.
Ne nazme der ersam meni dardnok, Ki, har harfi bolg^ay aning durripok.
Tomirida yigitlik qoni josh urayotgan pallada ozida sher yozishga juda katta kuch-qudrat sezayotganini aytadi. Shunday qudratki, agar Firdavsiy oz "Shohnoma"sini 30 yilda yozgan bo'lsa, u oshanday asarni 30 oyda yoza oladi. Nizomiy Ganjaviyning 30 yil sarflab maydonga keltirgan "Xamsa"si uning oldida 2-3 yillik ishdir. Faqat buning uchun vatanida sharoit yoqligidan shikoyat qiladi. Demak, Navoiy Samarqandga, avvalo, ijod qilish uchun osoyishta bir adabiy muhitni izlab kelgan. Akademik V. Abdullayevning fikricha, Samarqand adabiy muhiti Alisher Navoiyni yosh shoirlik maqomidan ustozlikning yuksak darajasiga ko'tarilishiga imkon yaratdi [3,8].
2-sabab: Yana bir bukim — zohir olmish mango, Ki chiqmish Xuroson elidin vafo.
Vafo azm aylarda bolmish magar, Saxou muruvvat anga hamsafar.
Bu uch fe'l chiqqach arodin tamom, Yana bolmish uch fe'l qoyim maqom.
Xuroson notinch, odamlarda vafo yo q. Insoniylik qolmagan, zulm avjida. Vafoning ornini nifoq, saxovat ornini baxillik, muruvvat ornini hasad egallagan. Obod mamlakat ko rimsiz vahshatobodga aylangan, go yo behisht g oyib bo lib, ornida tamug' paydo bolganday. Mamlakat shohi xalq uyini katakdek buzib, tovuq orniga boyoglini otqizib qoygan. Odamlarda kishilikdan nishona yoq, hamma joyda yomonlik hukmron. Yurtni shayton-u devlar egallab olgan: Bolub lomakon sathidin xonlari, Adam mulki bu^doyidin nonlari.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 j ISSUE 11 j 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-996-1005
Qora pul uchun aylabon qatl fan,
Oluktin tamaл aylab ammo kafan.
Birov qo'lga tushsa, "o'g'ri" deb barmog' ini kesmoqqa, bir bedilning boshiga o'lim kelsa, qotilga yordam bermoqqa shoshadilar. Buning ustiga Xuroson ahli Samarqand ahliga zor-u asir bo'lib qolgan. Shuning uchun shoir ahli davlatdan umid qila olmaydi. Bu vatanda ko'ngil orom topadigan bir hujra yo'q. Hatto tasalli beruvchi kishi ham yo'q. Ketaman, desa etagidan tutadigan umr yo'ldoshi, ketsa ayriliqdan eziladigan do'sti yo'q. Nogoh o'lim yoqasidan tutsa, suv berguvchi yaqini
y°'q.
"Sen erdingki, har ishdayorim eding, Ne g^amkim, yetar, g^amgusorim eding", -deya Sayyid Hasan Ardasherga murojaat qiladi. Afsuski, taqdir ularni o'sha damda bir-biridan yiroqda tutdi.
Demak, bu vaqtda Xurosondagi ma'naviy hayot nihoyatda yomonlashib, eldan "vafo, saxo, muruvvat" ketgan, bu uch narsaning o'rnini "nifoq, buxl va hasad" egallagan. Amaldorlar orasida ta'magirlik, ikkiyuzlamachilik, fisq - u fasod avj olgan edi. Zulm va zo'rlik mamlakat osoyishtaligini buzib, kishilarni turli tomonlarga bosh olib ketishga majbur qilayotgan edi.
3-sabab: Samarqandga ketishning yana bir sababi ilm egallashga bo'lgan ma'naviy ehtiyojdir. Navoiyning fikricha, inson "Haq sirrining mahrami" qilib yaratilgan ekan, Ollohni ma'rifat orqali tanishi kerak. Navoiyning yozishicha, Xudoning osmonni ham, yerni ham, jahondagi hamma narsalarni yaratishdan maqsadi insonni yaratish, insonni yaratishdan maqsadi irfon edi. Dunyodagi bor mavjudot inson uchun yaratilgan ekan, demak inson o'z navbatida, g'aflatga berilmasdan, atrofini qurshagan borliqning va bu borliqni yaratganning sirlarini bilishga, ya'ni irfonga intilishi, yashirin xazinalarni ochishga harakat qilishi kerak. Inson esa, uning fikricha, bunga ikki yo'l bilan erishishi mumkin. Biri - o'z harakati bilan, ikkinchisi - shu maqsadga erishgan «murshidi komil» ning etagini mahkam ushlashi bilan. Navoiy bu yo'lda «murshidi komil» bilan ish ko'rishni o'ziga maqbul ko'radi.
Ma'lumki, Tasavvuf ta'limotiga ko'ra, Ollohni tanish ikki yo'l orqali amalga oshiriladi:
1. Haqdan jazba yetishi, ya'ni Olloh yodi bilan o'zligidan bexabar bo'lib yurish, maqomlarni egallamasdan turib, hol martabasiga erishish.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-996-1005
2. Pirga qo'l berib, uning irodasi bilan riyozat chekish va undan so'nggina jazba yetishi, ya'ni tariqatdagi bosqichlarni bosib o'tib hol martabasiga erishish.
Jazba - Haqning bandalariga va bandalarining Haqqa intilishidir. Irodani Ilohga bog'laydigan darddir. U ko'ngilni betoqat etib, faqr-u fano yo'liga yetaklayveradi:
Anga qolmag^ay ham o^zidin xabar, O^zidin nekim, o^zligidin asar.
Jazba qancha kuchli bo'lsa, solik shuncha tez tariqat odobini egallab oladi, qalb ko'zi ochiladi, holga kiradi. Agar jazba yetarli bo'lmasa, ko'zlangan maqsadga erisholmay, yarim yo'lda qolishi mumkin. Jazba tug'ma yoki suluk jarayonida solik qalbiga nozil bo'lishi mumkin [5,22]. Navoiyning fikricha, Sayyid Hasan Ardasher tug'ma jazba tekkan kishilardan edi. Tug'ma faqirligi ko'ringan solikni " majzubi solik", suluk davomida jazba paydo qilgan solikni "soliki majzub" deb nomlaganlar: Alarkim nishoni masolik debon, Burung4ni majzubi solik debon.
Bu birningki, har amri marg^ubdir, Otin solike debki, majzubdur.
Chu avvalgj ish bolmadi dastgir, Ikkinchisidin xo^b emastur guzir.
Alisher Navoiy birinchi yo' lga erishish muyassar bo' lmagach, ikkinchi yo' lni tanlaydi: piri komil topib, o'zini unga topshirishga qaror qiladi. Agar bu niyati amalga oshsa, shuncha ovoraliklar, azob-uqubatlarning mukofotiga - Ollohning visoliga erishadi. Noma oxirida o'z maqsadiga erishish uchun kuchi va imkoni boricha intilajagini aytadi. Bu maqsadiga erishishiga ishonch va umid bildiradi: Urarmen qadam toki, borg^uncha gom, Ki bolg^ay muyassar menga ushbu kom.
Agar bolsa buyolda umrum talaf, Chu bu yoldadur ul ham erur sharaf.
MUHOKAMA
Masnaviyning poetikasiga to'xtaladigan bo'lsak, maktub noma janrining eng go'zal, noyob namunalaridan biri hisoblanadi. Asar boshidan oxirigacha kuchli
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 j ISSUE 11 j 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-996-1005
ehtiros bilan yozilgan. Ohangning silliqligini o'ynoqi vazni ta'minlagan. Masnaviy mutaqoribi musammani mahzuf (yoki maqsur)da yozilgan bo'lib, bu vazn turkiy xalqlarning she'riy tizimi - barmoqning eng faol shakllaridan biri bo'lgan on birlik turkumiga ham miqdor, ham ohang jihatdan uyg'un. Shu sababli misralar ravon o'qiladi va tez yodda qoladi. Safar mashaqqatlari tasvirlangan Hamd qismida tovushlar takrori lirik qahramonning ruhiy holatini ochib berishga xizmat qilgan: Musofirniyoldin kecha gum qilib, Yonig 'a aning qumni qoqum qilib. (q tovushi takrori).
Navoiy tazod san'atidan foydalanib, Ollohning qudrati, karami naqadar cheksiz ekanini ta'kidlaydi:
Ko^ngilsizga mushfiq, kishisizgayor, Umidi yoл q el andin ummidvor.
Sayyid Hasan Ardasherning ta'rif-tavsifida mubolag'a san'ati yetakchilik qilsa, ilohiy so'z ta'rifida tashbeh san'ati yetakchidir. Navoiy Samarqandga safar qilgan vaqtida she'r yozish salohiyati qay darajaga yetganini talmeh, ruju', tajnis, jonlantirish san'atlari orqali juda go'zal ifodalab bergan:
Agarxossa ma'no gar iyhom erur, Aning kunda yuz bayti halvom erur.
Vale ayt deb, kim manga tutdi yuz, Ki, men yuz uchun demadim ikki yuz.
Ne yuz, ne ikki yuzki, bu kilki tez, Atorud bila qilsa zohir sitez,
Aning sayri bir davr oxir bo'la, Falakni latoyifdin etgay to'la.
Xurosondagi siyosiy ahvolni tasvirlar ekan, istiora san'atining imkoniyatlaridan unumli foydalanadi. Bosqinchilarga bo'lgan nafrat-u noroziligini dev, shayton, xazinani sog'inib kelgan ilon, obod o'lkani vayronaga aylantirib, unda hukmronlik qilishni istagan boyo'g'li timsollari orqali ifodalaydi. Tariqatga kirish istagi bayon qilingan baytlarda tasavvufiy atamalar sodda tilda sharhlanadi; suluk, murshidi komil, fano dashti, jazba, majzubi solik, soliki majzub istilohlari qatnashgan uchinchi sabab bayoni boshidan oxiri gacha tanosib san'atiga asoslanadi.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-996-1005
XULOSA
1. Alisher Navoiy "Masnaviy" sarlavhasi bilan "Garoyib us-sig'ar" devoniga kiritgan Sayyid Hasan Ardasherga atalgan maktubini Samarqandda yozgan.
2. Maktubda do'stlari va yaqinlarini ogohlantirmay Samarqandga ketib qolishining uchta sababi berilgan:1) ijod qilishga bo'lgan kuchli istak; 2) yurtning notinchligi;
3) ilm egallashga bo'lgan ma'naviy ehtiyoj.
3. Alisher Navoiy Samarqandga kelgac h, dastlabki vaqtlarda moddiy va ma'naviy qiyinchiliklar ichida yashagan. Sayyid Hasan Ardasherning Fazlulloh Abullaysiy hamda Xoja Ahror Valiylarga maktubidan keyin shoirning hayoti ancha yaxshilangan.
4. Masnaviy orqali Navoiy o'z ijodida birinchi marta ijtimoiy-siyosiy masalalarga jiddiy qo'l urib, o'zaro nizolar tufayli xalq boshiga tushgan mushkulotlarni, davrning ijtimoiy manzarasini haqqoniy tasvirlab berdi.
5. Masnaviy o'sha davrdagi noma janri talablaridan ancha yuqori saviyada yozilgan bo'lib, g'oyaviy-badiiy jihatdan mustaqil liro-epik asar darajasiga ko'tarila olgan.
REFERENCES
1. Навоий А. (1988) Хазойин ул - маоний: Гаройиб ус - сотар. Мукаммал асарлар туплами,3-том (p.616), "Фан"
2. Бобур З. М. (2008) Бобурнома (p.287), "Уцитувчи"
3. Абдуллаев В. (1967) Навоий Самаркандда (p.33), " Билим " .
4. Маллаев Н. (1965) Узбек адабиети тарихи (p.659) , "Уцитувчи ".
5. Комилов, Н. (2009) Тасаввуф. (p.447). «Мовароуннахр».
6. Vohidov R., Eshomqulov H., (2006). O'zbek mumtoz adabiyoti tarixi. O'quv qo'llanma (p.528), O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti.