Научная статья на тему '“ARBA‟IN” QO„LYOZMALARINING O„ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

“ARBA‟IN” QO„LYOZMALARINING O„ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

481
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qur‟on / hadis / “Arba‟in” qo„lyozma nusxa / ruboiy / odob-axloq / ma‟naviyat / juzv / kulliyot / fond.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Gulrux Maxamedova

Ushbu maqolada “Arba‟in” asarining mavjud 4 qo„lyozma nusxasi tavsifi, Navoiyning hadislar to„plamida keltirilgan axloqiy-tarbiyaviy jihatlar, hamda inson ma‟naviyati, odobi, ma‟rifatining shakllanishida tutgan oʻrni xususida so„z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“ARBA‟IN” QO„LYOZMALARINING O„ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1377-1381

"ARBA'IN" QO'LYOZMALARINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Gulrux Maxamedova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

2-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada "Arba'in" asarining mavjud 4 qo'lyozma nusxasi tavsifi, Navoiyning hadislar to'plamida keltirilgan axloqiy-tarbiyaviy jihatlar, hamda inson ma'naviyati, odobi, ma'rifatining shakllanishida tutgan o'rni xususida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: Qur'on, hadis, "Arba'in" qo'lyozma nusxa, ruboiy, odob-axloq, ma'naviyat, juzv, kulliyot, fond.

KIRISH

Yurtimizda mavjud qo'lyozmalar fondidagi yozma yodgorliklar orasida o'zbek xalqining ulug' shoiri va mutafakkiri, madaniyat va san'at homiysi Alisher Navoiy asarlari salmoqli o'rin egallaydi. Darhaqiqat, Alisher Navoiy hayoti va adabiy merosi besh yarim asr davomida turli millat vakillari bo'lgan adabiyotshunos, sharqshunos, matnshunos olimlar tomonidan jiddiy o'rganilmoqda. Xususan, Alisher Navoiyning diniy ma'rifat va tasavvuf aqidalari bilan sug'orilgan asarlarini qisqartirilmagan, chegaralanmagan holda to'laligicha, xolis o'rganish, hamda o'rgatish borasida jiddiy yutuqlarga erishilmoqda. Xususan, Hazrat Navoiyning tarbiyaviy manba bo'lgan hadislar sharhiga bag'ishlangan "Arba'in" asari asrlar mobaynida ana shunday qimmatli manbalardan biri bo'lib qolmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Islom dini asoslari bilimdoni Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (rahimahulloh) qayd etganlaridek: "Arba'in" "qirqta" degani bo'lib, iste'molda qirqta saylanma hadisdan iborat hadis kitoblariga aytiladi. Ushbu uslubda asar yaratish Islom olamida yaxshi bir an'anaga aylangan. Bunga Nabiy sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadislari asos bo'ladi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Kim ummatimga din ishlari borasida qirqta hadisni muhofaza qilib bersa, Alloh uni Qiyomat kuni faqih qilib tiriltiradi va Qiyomat kuni men unga shafoatchi

Google Scholar

Academic Research, Uzbekistan

Scientific Library of Uzbekistan www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1377-1381

va guvoh bo'laman". Mazkur hadisi sharifda aytilgan va'dadan umid qilib, musulmon shoirlar ham she'riy "Arba'in" lar yozishgan.

Arba'in - (qirq hadis) hadislarning she'riy tarjimasi bo'lib, an'anaviy hamd va na't bilan boshlanadi. "Arba'in" muqqaddima (46 misra), 40 ta hikmatli qit'a (160 misra) va xotima (10 misra)dan iborat. Qit'alar 40 ta qadimiy arabiy hadis (hikmat) mazmunidan kelib chiqib yozilgan. Shu sababli "Arba'in"ning hamma nusxalarida har bir qit'a ustiga mazmunidan foydalanilgan hadis yozib qo'yilgan.

Ad-dunyo mal'unatun va mal'unun ma fiyha illa zikrallohi taolo. Dunyovu har ne andadur mavjud Bo'ldi haq la'nati giriftori. G'ayri haq zikrikim, erur zokir Tengrining rahmati sazovori1.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Musulmon sharqi mumtoz adabiyotida arba'in yozish an'anasi Navoiygacha ham bo'lgan. Arba'in arabcha "arba'" ya'ni, "qirq" so'zidan olingan bo'lib, qirqta mashhur, sahih hadis mazmunini she'riy vaznda, aniqrog'i, bir ruboiyda ifodalash san'atini anglatgan. Bunday asarlar oddiy xalq vakillari hadislar mazmunini oson tushunishi va xotirasida uzoq saqlab qolishi uchun xizmat qilgan. Navoiy zamonida ham butun ulus, xususan, oddiy xalq ommasi arab tilini bilmagan va bu tilda yozilgan manbalarni tushunmagan. Muallif asarda ustozi Abdurrahmon Jomiy "Arba'in" ida keltirilgan hadislarning ayrimlarini olib, ayrimlari o'rniga boshqa hadislarni tanlagan va avval har bir hadisning arabcha matnini keltirib, ketidan uning mazmunini she'riy to'rtlik shaklida ifoda etgan. Bunda hadislar so'zma-so'z tarjima qilinmay, ularning umumiy mazmuni aks ettirilgan. Zero, hadislarni nazmda so'zma-so'z tarjima qilishning umuman imkoni yo'q. Shu bois, muallif avval hadisning matnini berib, ketidan uning umumiy mazmunini badiiy uslubda bayon qilgan. Bu ayrim ulamolarning "yetarli bilimga ega kishilar hadislarning ma'nolarini naql qilishlari mumkin", degan fikrlariga asoslangan ishdir". Navoiy asarning yozilish sababini quyidagicha izohlaydi:

Forsiydonlar aylabon idrok, Oriy erdi bu nafdin atrok. Istadimki, bu xalq ham bori, Bo'lmag'aylar bu nafdin oriy.

1 Arba'in: Qirq hadis sharhi / So'z boshi mualliflari va sharhlovchi: Q.Ahad, O.Mahmud. T. : Adabiyot va san'at, 1995. Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 1378 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1377-1381

Men demakni chu muddao aylab,

л

Ul ijozat berib duo aylab .

Alisher Navoiy o'z asarini Jomiy bilan bir davrda yaratgan bo'lib, Shoir Payg'ambarimiz (s.a.v.)ning hadislarini avval arab tilida beradi va uning tarjimasini she'riy usulda taqdim etadi. "Arba'in" ning asosiy qismi "Sizlardan hech biringiz o'ziga ravo ko'rgan narsasini birodariga ravo ko'rmaguncha, chin mo'min bo'lolmaydi", degan mashhur hadisning navoiyona talqini bilan boshlanadi: Mo'min ermastur, ulki iymondin Ro'zgorida yuz safo ko'rgay. Tokki qardoshiga ravo ko'rmas Har nekim o'ziga ravo ko'rgay.

Tanlangan hadislarning deyarli barchasi komil inson axloqiga oid qarashlarni o'zida aks ettirganini ko'rishimiz mumkin. Bu hadislarda insonlar yaxshilik qilishga chorlanadi, yomon illatlardan qaytariladi, umuman olganda, ular insonning hayot va jamiyatdagi vazifasini anglatadi. Masalan, "Insonlarning eng yaxshisi insonlarga foydasi tegadiganidir", degan hadisni Alisher Navoiy turkiy tilda shunday ifoda etadi:

Xalq aro yaxshiroq, deding, kimdur?

Eshitib, ayla shubha raf andin.

Yaxshiroq bil ani ulus arokim,

"3

Etsa ko'prak ulusqa naf andin .

Ko'rib o'tganimizdek, ushbu sharh orqali insonning ulusga jamiyatga xizmat qilishi ulug'lanyapti. Umuman olganda, "Arba'in" asari insonning ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Bu haqda shoir asarning xotima qismida aytib o'tadi:

Erur ul arba'inning avvali hol,

Ayla bu "Arba'in" bila a'mol.

Alisher Navoiyning "Arba'in"ini o'rganib borar ekanmiz unda, asosan, Islom axloqiga doir hadislar jamlanganining guvohi bo'lib boraveramiz. Shoirning niyati: asar muqaddimasida ta'kidlanganidek, "forsiydonlar idrok aylagan" qirq hadis mohiyatidan turkiyzabonlarni ham bahramand qilish edi. Bu hadislarni she'rga solishda esa barcha shoirlar ularning oson tushunilishini, yodda saqlanilishini ham nazarda tutganlar.

Navoiy asarlaridan ma'naviy ozuqa olishning, ijodiy bahramand bo'lish, uning ajoyib an'analari, ayni chog'da har bir davr badiiy kitobat san'ati va

2 Arba'in: Qirq hadis sharhi / So'z boshi mualliflari va sharhlovchi: Q.Ahad, O.Mahmud. T. : Adabiyot va san'at, 1995.

3 Arba'in / Nashrga tayyorlovchi: Karimbek va Saidbek Hasan; Sharhlovchi A.Rustam. T.: Meros, 1991. Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 1379 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1377-1381

hunarmandchiligining nozik mahsuli bo'lgan qo'lyozmalar asrlar osha jahonning yirik shaharlaridagi qo'lyozma fondlariga to'planib bordi. Ana shunday qo'lyozmalar orasida "Arba'in" asarining ham alohida o'rni bor. Hozirda Navoiy "Arba'in" ining jami 4ta qo'lyozma nusxasi mavjud. Asar 1481-1482 yillarda yozilgan. Qo'lyozmalar fondida Navoiy asarlarinnng kulliyot shaklida ko'chirilgan bitta qo'lyozma to'plami saqlanmoqda. Bundan tashqari kulliyot darajasiga yaqin turuvchi yana to'rtta qo'lyozma to'plam ham bor.

316-inventar raqamli to'plam Alisher Navoiy kulliyotining XIX asrda kitobat bo'lgan noyob nusxasi hisoblanadi. Nusxani Abdurahim ibn Muhammad Fozil Qoshg'ariy 1824-1830 yillarda Koshg'arda tasnif etgan va ko'chirgan. Bu kulliyotga Navoiyning 18 ta asari kiritilgan, jumladan, "Arba'in" asari ham ushbu kulliyotdan o'rin olgan. Kulliyotdagi mavjud 18 ta asarning har birining boshlanishida zarhal lavha mavjud. Ulardan 3 tasi alohida xarakterli bo'lib, kishining e'tiborini tortadi. Bular: "Xazoyin-ul maoniy", "Lison-ut tayr" ning boshlanishidagi har ikki sahifa yaxlit zarvaraq qilingan. "Arba'in" asari esa ziynatlanish jihatdan kulliyotda alohida o'rin egallaydi. Undagi 40 hadisning har biriga alohida doira chizilgan va oltin suvi bilan hallangan. Shuningdek, doiralar ichiga suls xati bilan hadis yozilib, tagiga esa o'sha hadis mazmuni asosida Navoiy yaratgan quyidagi ruboiy berib ketilgan:

Hadis: Xislatani laa yajtami'ani fi mo'minin: al buxlu va su' ul-xulqi. Mazmuni: mo'min kishida ikki xislat jam bo'lmaydi: baxillik va yomon xulqlilik. Mo'min ersang qilib durringni nisor, El bila ravshan o'l nechukkim sham. Negakim, Tengri hech mo'minda Buxlu badxo'yliqni qilmadi jam4.

Ushbu ruboiyni sharhlashga hojat yo'q. Ruboiy mazmuni bugungi kun kishisiga ham ochiq-oydin tushunarli. Mo'min kishi hech qachon yomon xulqli va baxil bo'lmaydi. Aks holda, mo'minlik maqomiga putur yetishi aniq.

Doira va qit'a atroflari rangin qilib bezatilgan. Bir sahifaga to'qqiz doira va to'qqiz qit'a (doiralar uch qatordan, qit'alar olti yo'ldan) joylashgan. Har bir sahifa teksti zarhal jadval ichiga olingan. Har bir ustun bir-biridan ikki yo'lli zarhal chiziq bilan ajratilgan. Har ikki sahifa uchun hoshiyadan yaxlit ko'k ramka tortilgan. Kulliyot o'zining Koshg'ar uslubida ishlangan, dastlabki, karton muqovasiga ega. Muqova yuziga tamg'a va tamg'asimon naqshlar tushirilgan. Kitobning ba'zi

4 Arba'in: Qirq hadis sharhi / So'z boshi mualliflari va sharhlovchi: Q.Ahad, O.Mahmud. T. : Adabiyot va san'at, 1995

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 1380 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1377-1381

varaqlari mutolaa jarayonida uringan va juzv yonida jadval chizig'idan qirqilgan. Varaqlar soni - 692 ta. Tekst o'lchovi - 18x28. Qo'lyozma o'lchovi -30x44.

"Arba'in" ning yana bir qadimiy to'liq nusxasi "Nazm-ul javohir", "Xamsat ul-mutahayyirin" va "Vaqfiya" bilan birgalikda ko'chirilgan va kitobat qilingan. Asarning avvalidan ikki varaq keyinchalik Qo'qon qog'oziga yozib qayta tiklangan. Nusxaning keyinchalik Qo'qon qog'oziga yozib tiklangan 1- va 2-varaqlarida tekst qora siyohda, to'rtliklar ustidagi hadislar qizil siyohda oddiy nasta'liq xatida yozilgan. Asarning 3-6 varaqlaridagi to'rtliklar qora siyoh bilan, hadislar tillorang (zarhal) siyoh bilan Hirot uslubiga xos nafis, chiroyli nasta'liq xatida bitilgan. Tekst har sahifada 15 yo'ldan ikki ustunda joylashgan. Xotimasi bor (10 bayt). Asar oxirida ko'chirilish ta'rixi yo'q. Qo'lyozmaga kirgan boshqa asarlarning so'ngida 1301-yil (milodiy 1884-yil) sanasi yozib qo'yilgan. Qo'lyozmani ochganda o'ng sahifaning tepasiga hadis va chap sahifaga Navoiy to'rtligi joylashgan. To'rtliklar oddiy jadval ichiga olinib, qiyalatib yozilgan. Dastlabki, qalin kartonli muqova. Qo'lyozma yaxshi saqlangan5.

XULOSA

Ko'rib turganimizdek, Navoiy me'rosi mavzu va janrlar bo'yicha turlichadir. Uning asarlari hozirgi kungacha o'zbek adabiyoti rivoji uchun xizmat qilib kelmoqda. Asrlar davomida uning asarlari taqlid va ilhom manbai sifatida qaralmoqda. Shunday ekan, Navoiy ijodi bizning asl adabiyotimiz o'rnagidir. U insonni hamisha komil axloqqa, ezguliklarga chorlaydi, yomonliklardan qaytaradi, ma'naviy falokatlardan ogohlantiradi. Buyuk mutafakkir asarlari yosh-u qari uchun birday foydali. Boshqacha qilib aytganda, ko'ksida milliy faxri bor, o'zbekman degan har bir kishi Navoiyni o'qishi, o'qiganida ham mehr va ixlos bilan o'qishi shart. Navoiyni chuqurroq anglash, uni to'la his qilish uchun asar qo'lyozmasi bilan tanishib chiqishni maslahat beraman.

REFERENCES

1. Arba'in / Nashrga tayyorlovchi: Karimbek va Saidbek Hasan; Sharhlovchi A.Rustam. T.: Meros, 1991.

2. Arba'in: Qirq hadis sharhi / So'z boshi mualliflari va sharhlovchi: Q.Ahad, O.Mahmud. T. : Adabiyot va san'at, 1995.

3. M.Hakimov. Navoiy asarlari qo'lyozmalari tavsifi. T.: Fan,1983.

5 M.Hakimov. Navoiy asarlari qo'lyozmalari tavsifi. T.: Fan,1983. Google Scholar

Academic Research, Uzbekistan 1381

Scientific Library of Uzbekistan www.ares.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.